"Ota-ona agar farzandining muammosini eshitmasa, u ham ota-ona topgan yechimga quloq solishni istamaydi" (Zig Ziglar)
Bolani tinglash uning har bir istagini amalga oshirishni bildirmaydi. Tinglash o'sha paytda muammosini so'zlagan kishini tinchlantirish, uni anglash deganidir.
Bola so'zlayotganda o'zini diqqat bilan tinglayotganini ko'rib:
-So'zlashuv qobilyati, so'z boyligi oshadi. Fikrini bemalol ifodalay oladi.
-Bola dardi muammosini xatti-harakati bilan ko'rsatish o'rniga (janjallashish, yig'lash, to'polon qilish) so'z bilan ifodalab xotirjam bo'ladi.
-O'zini tushunganlarini his qilgan bola o'zini yanada xotirjam va ishonchli his qilgani singari muammolarini ham aytgan holda hal qiladi.
-Bola bilan ota-onasi o'rtasida yana bir yaqinlik paydo bo'ladi. Bola ular bilan maslahatlashib ish ko'radi. Ularga ishonadi.
So'zlari tinglangan bola ota-onasining ham so'zlarini tinglay boshlaydi.
t.me/bolalarpsixologi
Hamma ham o'zini tinglaydigan insonni izlaydi. (Herbert N.Kasson)
Bola bilan gaplashing, uning ham so'zlashiga imkon bering, tinglang. Sizga so'zlab bermoqchi bo'lganda bu ishni keyinroqqa surmang.
Muhabbatning birinchi vazifasi tinglashdir. Farzandingizga bo'lgan muhabbatingizni his qildiring.
t.me/bolalarpsixologi
"Taqdirlanib, ma'qul ko'rilib tarbiyalangan bolalar doim tanqid qilinadigan bolalarga qaraganda ko'proq baxtli, yanada iqtidorli va itoatkor bo'lishadi."
(Zig Ziglar )
Taqdirlash bolalarning o'zini yaxshi his qilishini ta'minlaydigan va ularni harakatga keltirgan, ishtiyoq uyg'otadigan eng muhim kuch sanaladi.
t.me/bolalarpsixologi