Boshlang'ich maktab o'quvchisini o'yindan uzish yoki o'ynashga to'sqinlik qilish noto'g'ri. Bu bolani ta'limdan sovutishning eng qisqa yo'lidir. Maktabga kirgan bola endi o'ynamasligi kerak degani emas. Bola hali ham o'yin davrida ekanini unutmang.
t.me/bolalarpsixologi
Birinchi sinf o'quvchilarini yuqori kayfiyatda dars boshlashi uchun quvnoq salomlashuv.
t.me/bolalarpsixologi
Farzandlaringizni jasoratlantiring. Ularga motivatsiya bering. Agar shunday qilsangiz:
-o'rtangizda ko'prik barpo etiladi
-ularning o'ziga bo'lgan ishonchi va o'zini hurmat qilishi ortadi.
Ularning hush yoqadigan, taqdirlashga loyiq tomonlarini toping. Bu haqida o'zlariga so'zlab bering. Ular amalga oshirgan har bir ijobiy ishni maqtang. Chunki nafaqat bolalar balki kattalar ham maqtalish, sevilish, qadrlanish, hurmat qilinishi uchun harakat qiladilar. O'ziga ishongan insonlargina yuksak ishlarni amalga oshira oladilar.
t.me/bolalarpsixologi
Bolaning ruhiy barkamolligi sevimli bo'lish va o'ynashdir.
(Atalay Yo'rikog'lu)
O'yin bolaning rivojlanishi va shaxsiyati shakllanishi uchun mehrdan keyingi eng muhim ruhiy ozuqa hisoblanadi. Mehr-muhabbatdan holi bolalik bo'lmaganidek, o'yinsiz bolalikni ham tasavvur qilib bo'lmaydi.
t.me/bolalarpsixologi
Bolalar 7-8 yoshga to'lguncha hazilni tushunmaydilar, hazilni xuddi o'zlariga tajovuz qilinayotgandek qabul qiladilar. Kattalar menga yomonlik qilishni xohlaydi deb o'ylaydilar. O'zlarini xo'rlangandek his qiladilar. Farzandingizni hazil qilish mumkin bo'lgan vosita deb bilmang. Aks holda ishonchini yo'qotib qo'yishingiz mumkin.
t.me/bolalarpsixologi
Farzandlaringizni har qanday kamchiligi yoki qobiliyatsizligi sabab ayblab, masxara qilmasligingiz, masxara qilishlariga imkon bermasligingiz kerak. Ayniqsa, begonalar oldida. Ishoning, bu qilgan ishingiz sababli farzandingizning kelajagi uchun katta zarar qilgan bo'lasiz. Bu qilmishingiz natijasida introvert, sizga nisbatan nafrati kuchli va sizdan uzoq farzandlarni tarbiyalaysiz.
t.me/bolalarpsixologi
"Katta odam kichiklarga nisbatan munosabati qanday ekanligi bilan kattaligini isbotlaydi."
(Charli)
Farzandingiz jaxl qilsa siz ham unga o'chakishib baqirishingiz, zarda qilsa gapirmay qo'yishingiz unga nisbatan o'zingizni yoshboladek tutayotganingizni bildiradi.
Siz katta ekanligingizni unutmang.
t.me/bolalarpsixologi
"Taqdirlanib, ma'qul ko'rilib tarbiyalangan bolalar doim tanqid qilinadigan bolalarga qaraganda ko'proq baxtli, yanada iqtidorli va itoatkor bo'lishadi."
(Zig Ziglar )
Taqdirlash bolalarning o'zini yaxshi his qilishini ta'minlaydigan va ularni harakatga keltirgan, ishtiyoq uyg'otadigan eng muhim kuch sanaladi.
t.me/bolalarpsixologi