book1tob | Unsorted

Telegram-канал book1tob - Bookitob

-

Hayot – ilm, ilm – daryo, osonmas unda suzmoq, Kerakdir unga bilimdan kema qurmoq... 🗃️Aloqa uchun: @Book1tob_aloqaBot [Mualliflik huquqiga amal qiling]

Subscribe to a channel

Bookitob

Shunchaki siz xohlagan maqsadingizga yaqinlashtiradigan hamma narsani o'rganing.

Читать полностью…

Bookitob

Inson go'zalligi qosh va ko'z bilan emas, iymon darajasi bilan o'lchanadi. Kimning iymoni kuchli bo'lsa u hammadan go'zaldir.

Читать полностью…

Bookitob

Shaxdam qadam tashlab, u yoqdan bu yo'qqa bemaqsad aylanib yurgandan ko'ra, aniq maqsad bilan to‘g‘ri yo‘lda oqsoqlanib ketmoq yaxshidir.

Avgustin

Читать полностью…

Bookitob

Ikki narsaning qadrini qo‘ldan ketmay tushunish qiyin: biri – sog‘liq, ikkinchisi esa yoshlikdir.

Hazrat Ali

Читать полностью…

Bookitob

Ilm boylikdan ustundir. Chunki boylikni sen qo'riqlaysan, ilm esa seni himoya qiladi.

Hazrati Ali

Читать полностью…

Bookitob

Mehr shunday tilki, uni kar ham eshitadi, ko'r ham o'qiy oladi.

Mark Tven

Читать полностью…

Bookitob

Ming yil o‘qisam va mendan: "Nimani bilasan?" deya so‘rashsa, javob beraman: "Haddimni bilaman!"

© Jaloliddin Rumiy

Читать полностью…

Bookitob

8-martni kutib o'tirish kerak ekanmi? Har kuni ular e'zozlanishga arziydilar-ku!

Ayolga baxt bering, saodat bering,
Demang, yuribdi-ku kulib jilmayib.
Ayol kulib turib o‘lishi mumkin,
Dunyoni olishi mumkin jilmayib.
Ayolga baxt bering, saodat bering,
Gar ko‘zlari kulib tursa-da,
Bo‘g‘zining ostida necha ming hasrat,
Oy yuzlari kulib tursa-da,
Ko‘nglini ko‘taring hech bo‘lmaganda,
Qo‘lini silashga sharofat toping.
Yig‘lab turganida hech bo‘lmaganda,
Yoshini artishga muruvvat toping.
Nogoh yerga tushsa oppoq ro‘moli
Bosib o‘tmaslikka shafoat toping,
Chaqaloq yalagan etaklarini
Toza deb aytishga adolat toping.
Ayolga baxt bering, saodat bering,
Demang yuribdi-ku kulib, jilmayib.
Ayol kulib turib o‘lishi mumkin.
Dunyoni olishi mumkin jilmayib.
Ayolga baxt bering, saodat bering.
Illohi nur toping, hidoyat toping.
Illohi baxt bergan ayol yonidan.
Baxtiyor o‘tmoqqa inoyat toping.
Illohi qalqonsiz, illoh ko‘rg‘onsiz,
G‘iybatlar yirtmasin ko‘ylakkinasin,
Illohi hushyorsiz, illoh bedorsiz.
Itlar tishlamasin yurakkinasin.
Ayolga baxt bering, saodat bering .
Tog‘ qimirlab, toshlar so‘zga kirsa-da,
Ayolga baxt bering, saodat bering .
Oltmishga kirsa-da, yuzga kirsa-da.


#sher
@book1tob

Читать полностью…

Bookitob

Vazifalar qilish uchun tayyorgarlik ☕️
Jami 55 ta xolos ekan 🥹

Bajarilgan ishlar haqida kanalga tashlab turaman

Читать полностью…

Bookitob

Ko'ngilga kechsa, ko'zga tushsa har shay,
Erur andin munazzah Xoliqu Hayy.

Farishtalar, nabiylar yetmadilar,
Bo'yinsundilaru fikr etmadilar.

Vale fikr et Xudoning qudratiga,
Ajoyib ishlariga, san'atiga.

So'fi Olloyor

Читать полностью…

Bookitob

Hammani rozi qilmoqchimisiz?

Unda bu videoni ko'ring)

Читать полностью…

Bookitob

2024-yilning 4-kitobi tugadi.

Xulosalar bilan haliroq bo'lishaman:)

Читать полностью…

Bookitob

Uzundan uzun murakkab so'zlar emas, balki qisqa va oson so'zlarni ishlatadigan insonlar bilan gaplashish maroqliroq, masalan, "Tushlikka nima deysan?"

- Vinni Pux

Читать полностью…

Bookitob

Allohim qalb ko'zimizni munavvar qilsin...

Читать полностью…

Bookitob

Kitob javoni olaman deganlar uchun maxsus 🎈

Читать полностью…

Bookitob

Lider bo'lish bu amal emas, xarakterdir.

Читать полностью…

Bookitob

Ko‘zni yumgil, ko‘zga aylansin ko‘ngil..

Rumiy

Читать полностью…

Bookitob

Odamlarni risoladagidek chiroyli yashashiga monelik qilayotgan narsa vaqtning yetishmayotganligi emas, balki vaqtning isrof etilayotganidir.

Mariy Robert

Читать полностью…

Bookitob

Oxirgi paytlarda ko'pchilik anglab yetishi kerak bo'lgan insaytlar:

1. Hind kinolarini hammasiyam kopeykamas.

2. O'zbekistonda bloggerlar - doktorlardan boyroq.

3. Tez ko'tarilib ketishing uchun yo juda aqlli bo'lishing kerak, yo juda ahmoq. Lekin bu jamiyatda aqllilar - "aql o'rgatuvchi" sifatida ko'riladi, ahmoqlarga esa sig'iniladi.

4. Bitta oilada bitta ota ishlab bir oyda o'rtacha 3-4 mln topadi itdek ishlab sovuqda, 14 yoshli vayner 1 sutkaga $1000 ga story qo'yib pul topadi.

5. Kafkani 2 ta kitobini o'qib qo'yib, "Alkimyogaram kitobmi" deydigan odamlardan nariroq yurish kerak.

6. Senga yoqmagan narsa - kimgadir yoqishini normal qabul qilish kerak, sen axlat tashlagan oddiy ariq yoki ko'ldan kimdir suv ichadi.

7. Qayerga borsang ham qayerdan chiqqaningni unutmasliging kerak.

8. Hozir hayotingda mavjud barcha ixtiro, qulayliklar - kimdir ularni yaratmagunicha "imkonsiz" bo'lgan. Sengacha imkonsiz bo'lganlar haqida o'yla endi.

9. Ba'zilar senga muvaffaqqiyat tilashadi, lekin o'zlaridan muvafaqqiyatliroq bo'lib ketishingni istashmaydi.

10. O'zingda bor narsalarni qadrlash, o'zingni boringcha qabul qilish - o'zingga qilishing mumkin bo'lgan eng oliy darajadagi yaxshiliging bo'ladi.

11. Hech narsa osonlashmaydi, sen kuchlilashib boraverasan. Va shunisi bilan hikoyang qiziqarli tus olishda davom etadi.

12. Oson kelyaptimi hammasi? Qo'rq.
Qiyinchilik ko'pmi? Rohatlan.

13. Yangi nimadir o'rgandingmi, qolganlargayam o'rgat:)

@yupiterlik

Читать полностью…

Bookitob

«Meni aytyapti» degan rasm chiqdi.

Читать полностью…

Bookitob

Tajriba shafqatsiz bir o‘qituvchidir. U avval imtihon qiladi. Darsni esa keyin o‘rgatadi)

Читать полностью…

Bookitob

Ramazon muborak!

Bu oy har birimizga barokatli va savobli oylardan bo'lsin, qilgan gunohlarimizga kafforat bo'ladigan amallarga sababchi qilsin Allohim. U Zot qaytargan ishlardan o'zi saqlasin. Iymonimiz butun bo'lsin...

Читать полностью…

Bookitob

✅ 39 ta

Kofe foyda berdi, umuman uyqim kelmadiyaa. Boshlanishida Pomodoro'ni yoqib oldim, keyin tanaffus qilmasdan dars qilaqoldim. O'z irodamni sinash yoqyapti:)

Bugun tugatmasam bo'lmaydi 🌚

P.s/ soat 1:00 da edit qilyapman, ishlanadigan masalalar qoldi, ularni ertalab turib qilaman inshaalloh

Читать полностью…

Bookitob

Sovg'a olish qanday yaxshi, ayniqsa u kitob bo'lsa 🤩

Читать полностью…

Bookitob

Siz bolangizga jim o'tirishni o'rgating, vaqti kelgach, gapirishni o'zi o'rganib oladi.

#hikmat

Читать полностью…

Bookitob

#haqida
⭐️ 10/7

Toni Sheyning “Baxtni yetkazish: milliard dollarlik internet do‘kon tarixi” tadbirkorlik ruhi, korporativ madaniyat va biznesdagi baxtning kuchi haqidagi jozibali ertakdir. Zappos kompaniyasining sobiq bosh direktori Shey o'zining onlayn poyafzal sotuvini tashkil etishidan tortib, Amazon tomonidan milliard dollardan ko'proqqa sotib olinishigacha bo'lgan sayohati haqida gapirib beradi.

Asar anekdotlar va shaxsiy tajribalar orqali tashkilot ichida ham, mijozlar uchun ham baxtga ustuvorlik berish qanday qilib uzoq muddatli muvaffaqiyatga olib kelishi mumkinligini ko'rsatadi. U munosabatlar o'rnatish, jamoa tuyg'usini rivojlantirish va xodimlarni o'zlari bo'lishga undaydigan ish joyini yaratish muhimligini ta'kidlaydi.

“Baxtni yetkazish” bu nafaqat Sheyning tadbirkorlik yo‘li haqidagi xotira kitobi, balki biznes yuritishning yangi usuli – odamlarni foydadan ko‘ra qadrlaydigan va muvaffaqiyatning asosiy tarkibiy qismi baxt ekanligiga ishonadigan manifestdir.

Tavsiya qilinadi: tadbirkor, ish boshqaruvchi, marketolog, biznes trener va o'z ishini boshlash uchun ilhom izlayotganlar uchun.

t.me/Book1tob

Читать полностью…

Bookitob

Har kimning zabt etmoqchi bo'lgan o'z Everest cho'qqisi bor.

- Xyu Makleod

Читать полностью…

Bookitob

Doimgiday shuncha harakat qilsam ham dars vaqtidan 10 daqiqa o'tganda yetib bordim, mashina ham aksiga olib men boradigan manzildan 300 metr uzoqda to'xtadi va "Voy darsim boshlandida tog'a, ozgina kech qolsam ancha narsadan qolib ketaman" deb xafa bo'lib ketdim. Endi yurayotsam "o'tiring, sizni tashlab qo'yaman" degan ovoz keldi...

Navbatma-navbat o'tilgan darsni tolibalardan tekshirish boshlandi, yuragimda esa "ustoz kitobimni ko'rib nima derkin" degan hayajon aralash qo'rquv bor edi. Menga navbat keldi.
— Iye, kitobingiz qani?
— Qarindoshimga berib yubordim ustoz, ularga rostan mendan ko'ra ko'proq kerak ekan. Yangisi bo'lsa pulini beraman.
— Pulingiz shunchalik ko'pmi? Hamma meni eshitsin, siz noto'g'ri ish qilibsiz. Sizga omonat qilib berilgan narsani ruxsatsiz berib yuborish yaxshi emas. Biz shu oddiy narsalarni deb katta gunoh qilayotganimizni bilmaymiz. Masalan, o'qishga kelgan toliblar bemalol telefonlarini zaryadga suqib qo'yishadi, axir u ham birovning mulki-ku! (mag'zini o'zingiz tushundingiz)

O'sha zahoti yaxshi ish qilmaganimni bildim va yig'lab darsdan chiqib ketdim.

Qilayotgan ishlarimiz bizning nazarimizda "to'g'ri" bo'lishi mumkin, ammo shariy jihatdan xatoligiga nazar tashlashimiz kerak.


t.me/Book1tob

Читать полностью…

Bookitob

Zo'r kreativ video bo'libdi, qaniydi shunaqa bo'lsa 🥹

Читать полностью…

Bookitob

Jamiyat va madaniyatimiz bizni fikrlashdan to'xtatib, ko'p pul ko'proq baxt va muvaffaqiyat keltiradi, degan fikrni ongimizga qanchalar oson singdirayotgani, chinakam baxt esa aslida shunchaki hayotdan zavqlanish ekanligi haqida o'ylardim...

Читать полностью…
Subscribe to a channel