#bookitob
«Jallod podshohning yangi tug'ilgan qizlarini birin-ketin o'ldiraveribdi. Birinchisini o'ldiribdi, ikkinchisini... Uchinchi chaqaloqni ham endi o'ldiraman, deganda, jallod chaqaloqning ingragan ovozini eshitibdi. Jallod egilib quloq solsa, chaqaloq gapirayotganmish:
«Borib onamga ayting, mening hayotimni saqlab qolsin, men kelgusida unga yangi saltanat, yangi podsholik in’om etaman».
Hayratga tushgan jallod malikaning qoshiga yuguribdi va eshitgan-ko‘rganlarini unga birma-bir yetkazibdi. Malika podshoga sezdirmasdan, tilga kirgan jigarbandining qoshiga yo‘l olibdi.
Voqeani o‘z ko‘zi bilan ko‘rgach, jallodga «Safar hozirligini ko‘r, sen bilan birga bu yerdan qochamiz», deb ko‘rsatma beribdi.
Shu tariqa, yarim kechasi malika jallod va chaqaloqni olib, yo‘lga tushibdi...
Davomi bor...
p.s Kecha tashlagan ertak davomini yozishni ko'pchilik so'rabdi. Kunda parcha berib boraman.
@Book1tob 🌷
Hozir Akrom Malikning "Halqa" asarini boshladim, 10 bet o'qimasdan juda yaxshi yozilganiga ishondim. Ancha oldin Jangchi asarini o'qigan edim. Bizda ham shunday ayrim turk yozuvchilaridan ko'ra manfaatli kitob yozadigan insonlar borligi quvontirdi.
Kitobxon do'stim, Siz qaysi kitob mutolaasidasiz? 🎈
Gulim!
Senda mujassam bari...
Go'zallik – dunyoni qutqaradi, deyishadi. Go'zallik bizni qalbimizni ham go'zallashtiradi.
@Book1tob 🌷
Yaxshi bir kitob o'qiganimda muallifga choy damlashni xohlab qolaman...
Sizda ham bir finjon choy ustida suhbat qurishni istagan yozuvchingiz bormi? Qaysi yozuvchi?!
(kommentga qoldiring
@Book1tob🌷
https://telegra.ph/Taqriz-qoidalari-07-03
Taqriz qoidalari haqida batafsil yozilgan ekan. Buni faqat taqriz yozadiganlar o'qishi shart emas, siz ham o'qisangiz kerakli kontentni (kanalni) albatta topasiz. Hozirda turli kitob haqida yozadigan kanallar ko'p, lekin ular to'g'ri taqriz yozadimi?! Uni "taqriz" deb atash to'g'rimikan?
Fikrlaringizni kutaman😊
Men va kitob
Insonlar sizni yolg'izlatishi mumkin, lekin kitoblar sizni og'ir damlaringizda ham yoningizda bo'ladi.
Men bir narsani tushundim, siz faqat o'zingiz uchun kitob o'qisangizgina hech qachon zerikmaysiz. Hozirda faqat son, faqat insonlarga maqtanish uchun o'qiyotganlar ham bor. Ular hali nima kerakligini tushunib yetgani yo'q. Siz bilmagan kitoblar juda ko'p, ularni o'qishga umringiz yetmaydi. Shunday ekan, o'z qiziqizishingizga qarab o'qing, son emas, sifat muhim deyishadiku🌚
p.s Rasmda Pablo Pikassoning Kitobxon nomli sur'ati
@Book1tob🌷
Imom Robe Imom Shofiyniiyning qizi Fotima hikoya qiladi:
"Otamga bir kechasi yetmish marta chiroq yoqib berdim..."
Ibn Kasir aytadi:
"Imom Buxoriy kechasi biror narsani eslab qolsa, turib chiroqni yoqar va yozib qo'yar, so'ngra yana yotib uxlardi. Yana eslab qolsa, turib chiroqni yoqib, eslaganini yozgach, uxlardi bu holat yigirma martaga yaqin takrorlanar edi..."
Xatib Bag'dodiy aytadi:
"Darsning eng yaxshisi tun vaqtidagisidir. Salaf ulamolarimiz ko'plari shunday qilar edi. Ularning ko'plari xuftondan keyin darslarini boshlab, gohida bomdodning azonini eshitmaguncha turmasdilar..."
Ulug'lar shunday bo'lishgan...
Har qanday holatda ham, ilm olishdan seni to'sadigan bir ta'yinli sabab topa olmassan..!
Book1tob 🌷
#mutolaada
Bolalarni kitobga o'rgatish kerak. Toki ular ishchi kuchi bo'lib emas, ongli, katta jamiyatning bilag'on a'zolari bo'lib yetishsinlar. Ularning hozirgi turish-turmushi faqat jismoniy mehnatdan boshqaga yaramaydigan qilib qo'yadi.
"Jimjitlik"|Said Ahmad
Book1tob🌷
#book_review
Oisha (roziyallohu anho)
Din yo'lida jonidan kechib, umrlarining ohirigacha Haq deya kurashgan, islom dinini Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan sof holda yetkazishga intilgan mo'minlarning onalari, ahli bayt vakillari va ulardan keyingi barcha ulamoyu fuzalolarga Parvardigorning rahmatlari yog'ilsin.
Oisha roziyallohu anho onamiz islom hazrati Abu Bakr Siddiq r.a va Ummu Ruvmon binti Amr r.a ning oilasida tavallud topgan. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga Xadicha onamiz vafotidan so'ng turmushga chiqadilar.
Oisha onamiz o‘zlari haqida shunday degandilar:
— Rasululloh mendan boshqa bokira ayolga uylanmadilar;
— Alloh taolo Qur’onda oyati bilan mening pok ekanligimga Shohidlik bergan.
— Jabroil alayhissalom mening suratimni Rasulullohga ko‘rsatib: “Bu sizning dunyo va oxiratdagi jufti halolingizdir!» — deb aytgan;
— Rasululloh mening hujramda men uxlab yotgan vaqtimda namoz o‘qir edilar:
— Rasulullohga ayollari ichida mening yotog‘imda oyat nozil bo‘lar edi;
— Rasululloh mening otam bilan birga Hijrat qilgandilar;
— Rasululloh mening quchog‘imda vafot etdilar;
— Rasululloh mening navbatim kuni olamdan o‘tdilar;
— Rasululloh mening hujramga dafn qilinadilar.
Yuqoridagi Oisha onamiz o'zi haqida aytgan voqealar kitobda to'la-to'kis bayon etilgan.
Ko'pchilikka ma'lumki, hadis Qur'oni Karimdan keyingi ikkinchi manba hisoblanadi. Oisha onamiz eng ko'p hadis rivoyat qilgan sahobalar ichida beshinchi o'rinda turadi, Payg'ambarimiz s.a.v dan jami bo'lib 2210 ta hadis rivoyat qilganlar.
Oisha onamiz hayot yo'llari haqidagi ushbu kitob ilm va ma'rifat, xalollik va ezgulik haqida hikoya qiladi. O'qishni tavsiya qilib qolaman.
p.s Qo'limdagi kitob muqovasi chiroyli tanlangani, varaqlari qattiq va sifatli, harflari katta shriftda yozilgani bilan kishini o'ziga tortadi.
@Book1tob🍃
#mutolaada
🔰 Jamoaning me'yoriy xulq-atvori yakka shaxsning yaxshiroq xulq-atvorini chetga surib qo'yadi. Ko'p hollarda biz o'zimiz haq bo'lgandan ko'ra omma bilan nohaq bo'lishni afzal ko'ramiz.
🔰 Yomon odatlardan qutulishning eng samarali usuli bu unga turtki bo'ladigan signallar bilan kamroq to'qnash kelishdir.
🔰 Insonning har bir harakati ortida qayta aloqa halqasi yotadi: urunib ko'rish, omadsizlikka uchrash, xulosa chiqarish va yangi usulni sinab ko'rish. Tajriba ortib borgani sari keraksiz harakatlar kamayib boradi, foydali harakatlar esa kuchayib boradi. Buning natijasida odat shakllanadi.
@Book1tob
#Today (bugun bo'lgan voqea)
«Men odammanmi?»
Bugungi kun quyoshli boshlandi, lekin tushlikdan so'ng yomg'ir yog'di. Men uyga qaytayotganimda yomg'ir quyayotgan edi, mashinaga chiqsam, 2 ta chol ham bor ekan. Ikki nuroniy inson suhbatini yo'lbo'yi tinglab keldim🙈 Ular TV da efirga uzatilayotgan «Yor-yor» ko'rsatuvi haqida bahslashishdi va eng qizig'i ikkisi ham qisman haq edi. Birinchisi ko'rsatuvni kuzatib borar va bu yaxshi ish deya maqtardi (ikki insonni birga qilish, yolg'izlikdan qutqarish haqida gapirdi, 450 dan oshiq to'y bo'libdi) Ikkinchisi esa ko'rsatuvni ko'rmagan va uni yaxshi ish emas deyar edi (u yerga yaxshi insonlar bormasligi, to'yi bo'lgan insonlarni nechtasi baxtliligi, u yerga qanday insonlar borishi haqida gapirdi) Ikkinchisi gapini isbotlash uchun bahsda bir hikoya aytib berdi:«Uzoq o'tmishda bir faylasuf bo'lgan, uning birgina xizmatkori bor ekan. Xizmatkor xo'jayini nima desa bajarar ekanu, xo'jayinidan doim «sen qachon odam bo'lasan» deb gap eshitarkan. Bir kuni xizmatkor toqati tog' bo'lib, «Nega menga doim qachon odam bo'lasan deysiz, nima sizga men hayvonmanmi?» debdi. Faylasuf uni tog' cho'qqisiga olib chiqibdi, va nima ko'rayotganini so'rabdi. Xizmatkor odamlarni ko'rayotganini aytibdi, faylasuf unga sallasani kiydirgandan so'ng turli hayvonlar to'ng'iz, tulki, eshak, ilon, chayon kabi hayvonlarni ko'rib hayratga tushibdi. Xizmatkor faylasufdan keyin kechirim so'rabdi». Siz ham meni Yaxshi odam bormaydi deganimni tushunmadingiz, dedi chol. Birinchi chol yana gap bergisi kelmay «Qanaqasiga odam to'ng'iz,eshak bo'lishi mumkin, tavbaaa?» dedi. Ikkinchisi «Inson ichganda to'ng'izga o'xshab dumalab yotadiku» dedi.
Rosti ularning bahsi atrofdagilarga kulgi bo'lib tuyulishi mumkin, ammo unda go'zal hikmatlar yashiringan edi. «Insonni hayot o'zi tarbiyalaydi», biz ham hayot deb atalmish kitobdan o'rganadiganlarimiz hali serobdir. Salla kiyganda xizmatkor odamlarni ham ko'rgan, faqat juda kam. Biz ham chin odammizmi? Men o'zimga shu savolni berdim) Avvaliga kim haqligiga kichik aqlim yetmadi, keyingi gaplardan Ikkinchi boboni hurmat qildim. Chunki bobo undan keyin sukutda ketdi, birinchi bobo esa tinmay gapirib, bir nimalar deb ketdi🎈Bu esa menga yoqmadi. Men gapirishini emas, gap mazmunini aytmoqdaman...
Xullas, Shunday kun uchun Rahmat Hayot!
Book1tob
🗞Kichik tanlovimiz tugadi.
Matn davomi👇
Zamonaviy texnologiyalarning ko‘p funksiyaliligi ularning ham ijobiy, ham salbiy tarafidir. Telefondan ko‘p maqsadlarda foydalanish mumkin, shu sababdan u biz uchun qimmatli. Biroq boshqa tomondan, uni aniq bir odat bilan bog‘lash qiyin bo‘ladi. Barchamiz ish samaradorligini oshirishni istaymiz, ammo miyamiz smartfonni qo‘lga olganda ish bilan shug‘ullanishdan tashqari ijtimoiy tarmoqlarga kirish, elektron xatlarni tekshirish va video o‘yinlar o‘ynashga ham ko‘nikib qolgan. Natijada miyamiz bor e’tiborni ishga qaratish o‘rniga telefondan bir-biriga qarama-qarshi signallar qabul qiladi.
🏷 Ishtirokchilar soni ko'p bo'lmasada, bir insonni g'olib deb topishimiz kerak🥳 G'olibamizni esa kitob qo'liga yetib borgandan so'ng bilib olamiz. Hali bunday tanlovlar albatta yana bo'ladi. Ishtirok etganlarga tashakkur!
Book1tob🎗
#asardan🌸
Agar boshqa millionlab yulduzlarda uchramaydigan bir gulni yaxshi ko'rsang, shuning o'zi ham kifoya: osmonga boqqaning zamon o'zingni baxtiyor his etasan. „Olislarda, qaydadir mening ham gulim bor“, deb shivirlasang bas — ko'ksing tog'dek yuksalib ketadi.
@Book1tob
#bookitob
«Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bitta podshox bo‘lgan ekan. Juda chiroyli podsho ekan. Dovyurak podsho ekan, Vaqti-soati yetib, podsho uylanibdi, Nikoh kechasi munajjimlar yulduzlarga qarab fol ochishibdi va podshoga ayolidan qiz ko‘rishi mumkin emasligini, aks holda, vaqti kelib qizi uni sharmandai sharmisor qilishi mumkinligini bashorat qilishibdi. Lekin baxtga qarshi xotini faqat qiz tug'averibdi. Podsho esa har gal qiz tug‘ilishi bilan uni jallodga topshirishni va o‘ldirishni buyuraveribdi!»
...Ertakning kutilmagan davomi bor... Davomini qiziqsangiz kitobdan o'qing, albatta🌷
Ushbu qo'limdagi „Ayol qismatidan qissalar“ kitobida Sharqning uch mamlakatida ayol zotiga, ayol qismatiga bo'lgan munosabatlar tasvirlangan.
Kitobdan joy olgan asarlar:
1. «Oltin qafas asirasi yoxud arab malikasi kechinmalari» (Jin P. Sesson)
2. «Sotilgan kelin iztiroblari» (Samim Ali)
3. «Sabr toshi» (Atiq Rahimiy)
Kitobda berilgan birinchi asar (Oltin qafas asirasi) ni o'qidim. Unda asilzoda xonadonda yashovchi arab ayolining iztiroblari to'la-to'kis tasvirlangan. Asar qahramoni real shaxs. Sultona «men tug'ilgan mamlakatda inson taqdiri uning jinsiga qarab belgilanadi» deb boshlaydi.
p.s Men davomini keyinroq o'qisam kerak, chunki yaqinda o'qigan kitobim ham xuddi shu mavzularda edi)
Siz ushbu kitobni o'qidingizmi?
@Book1tob🌷
#book_review
„Men Malalaman“ | Malala Yusufzoy
Ushbu asar muallifi 17 yoshida Nobel mukofotiga sazovor bo'lgan. Xo'sh, u qanday qilib bunday darajaga erishdi?
Malala ismi Afg'onistonning buyuk ayol qahramoni – mayvandlik Malalay sharafiga qo'yilgan. Afg'oniston ko'p yillardan beri britaniyaliklar bilan jang qilib kelgan. Malalay qishloqdagi ayollarni hamroh qilib, jangda yaralangan askarlarga yordam bergan. Urush vaqti afg'on erkaklari mag'lub bo'layotganiga chidab tura olmagan jasur qiz bayroqni yulib olib, qo'shin ichida mardonavor baland ko'taradi. Malalay jangda o'q zarbidan xalok bo'lgan bo'lsada, uning jasurligi va so'zlari erkaklarni ruhlantirib yuborgan hamda ular g'alaba qozongan.
Malala tug'ilganda bobosi "Malala - g'amli ism" deb izoh bergan, lekin otasi uni ko'rishi bilan Malala buyuk inson bo'lishiga ishongan. Ziyovuddin
Yusufzoy o'qimishli, o'z fikrida qat'iy turadigan inson edi. U Xushal maktabini ochadi. Malalani ham o'zi kabi tarbiyalaydi.
XX asrda Pokistonda tolibonlar harakati avj oladi. Tolibonlar yetakchisi Fayzullohning „Mulla radiosi“ da o'z nutqini bayon etishi bilan sodda xalqning ishonchiga kirib boradi. Ayrim odamlar Fayzullohni „Islom Robin Gudi“ deb atay boshlaydi. Ularning maqsadlaridan biri qizlarning ta'lim olishiga qaratilgan edi. Hamma ayol-qizlar paranjida yurishga majbur etiladi. Ularning yovuz maqsadiga qarshi Malala kurashadi. Dastlab boshqa taxallus bilan Svatdagi holatlar haqida internetga o'z fikrlarini joylaydi, chunki uning ismi yozilganda o'zi uchun katta xavf tug'dirardi. 12 yoshli qizaloqning TV dagi nutqi ko'pchilikni e'tiboriga tushadi. „Dunyoda ikkita kuch bor: biri qilich, biri qalam“, Malala shu qalamni ishga soladi. Qo'rquv Svat xalqining hamrohiga aylanadi, Malala ham bir kun uni o'ldirishlarini hayol qiladi. O'sha payt: „Xo'p, meni otib tashla, ammo, avval, so'zlarimga diqqat qil. Sen qilayotgan ish xato. Men senga shaxsan qarshi emasman, shunchaki, har bir qizning maktabga borishini xohlayman, xolos" deyishini o'ylaydi.
Pokistonda o'ziga xos an'analar mavjud edi. Ular haqida bilish uchun pushtunlar qanday xalqligini bilish kifoya:
– oilada qiz farzand dunyoga kelsa, qayg'uli voqea sifatida kutib olinadi
– mehmonlarning tashrifi ularga bir qancha noqulayliklar tug'dirsa ham, har doim iliqlik bilan kutib olishga majbur
– pushtunlar nafaqat qaynatilgan guruch iste'mol qiladigan odamlar, balki dasturxonga tushgan guruchlarni terib yeydigan qushlar va chumolilar ham biz uchun ibodat qilishadi, degan gapga ishonishadi
– sharmandalik - pushtun erkaklari eshitishni ham xohlamaydigan so'z
– sochiga oq oralagan keksalarning ibodatlari Allohga tezroq yetib borishiga ishonishadi.
Pokistonda bo'lib o'tgan voqealar Afg'onistondan qolishmasligi barchaga ayon bo'lsa kerak. Malala Yusufzoy yosh bo'lishiga qaramay, qizlar ta'lim olishi uchun kurashadi. Asar so'ngida „Tik turib ta'lim olgan va tolibonlar tomonidan xo'rlangan qizaloqning“ hikoyasi edi, deb tugaydi.
Hayotiy qissa o'tgan yili Ahror Sharif tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilingan. Siz ham o'qib ko'rganmisiz? Yoki o'qimoqchimisiz? Shunday avtobiografik asarlardan qaysilarini bilasiz?
@Book1tob
#bu_kun
Darsda o'qituvchimiz hayolimizga kelgan beshta so'zni yozishni aytdi. Men Kitob, gul, tosh, aql, sevgi so'zlarini yozdim. Keyin o'qituvchimiz, endi shu so'zlarni qatnashtirib matn yozishimizni aytdi. Quyida men qisqa vaqt ichida yozgan matnimni sizlarga bo'lishmoqchiman.
Gul va tosh
Toshlar bilan to'la makonda ham, bir gul yoki maysa bo'lishi mumkin. Bizning hayotimizni shu gul va toshga qiyos qilgulikdir. Chunki mayda toshlarga qoqilishimiz tabiiy, lekin uning ketidan gul kabi ko'ngilga xush yoquvchi lahzalar bo'ladi.
Mening sevgiga boy lahzalarimning bari kitoblar olamidadir. 🌚
Siz ham sinab ko'ring)
@Book1tob🌷
#mutolaadan
"Dilini topmabsan-da?.." - Bu so‘zni Sizif sas chiqarmay, o‘zi ham eshitmaydigan ovozda shivirlab aytdi ichida. Favqulodda ustaboshi sangtarosh safdan bir qadam oldinga chiqib chuqur ta’zim bajo keltirdi. Sizif to‘xtadi.
- A’lo hazrat, shunday xarsanglar uchraydiki, ularda na dil, na yurak, na qalb topiladi. Xudoyim ularni ushbu ne’matlardan benasib etgan bo‘lsa ajabmas...
Sizifning chehrasi ochildi, bosh chayqadi.
- Dili, tili topilmaydigan xarsang yo‘q olamda, sizlarni sharmanda qilgan bu xarsangning dili ham, qalbi ham, mana, mening qo‘limda!
"Donishmand Sizif" | Xurshid Do'stmuhammad
Book1tob 🌷
Qalb - bir latif jism bo‘lib,uni faqat qalb ko‘zi bilan ko‘rish mumkin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh.
@Book1tob🌷
Sizni kutayotgan Kitob
Haaa o'ylanmang, sizni ham kutayotgan Kitoblar bor.
Hozirgi kunda kitob o'qishni odat qilib olgan, hayotini kitobsiz tasavvur qilolmaydigan kitobxo'rlar bor. Aksincha, kitobdan 5 metr, balki 5 kilometr uzoqda insonlar ham topiladi. Xo'sh kitobga yaqinlashayotgan odam qanday kitoblarni tanlaydi deb o'ylaysiz? Hajmi kichik, muqovasi kishini o'ziga tortadigan, Trendda yoki biror tanlovga qo'yilgan kitobni o'qishni boshlaydi. Oddiy misol qilib, "Ba'zilar olisdan sevarlar", "Imomning maneken qizi", "To'siqlarga qaramay sevdik" kabi asarlarni keltirish mumkin. Ba'zi aqllilar esa o'zi uchun saviyasi past deb bilgan yoki unday asarlardan zerikkan bo'lsa, o'qiyotgan insonni ko'rib ensasini (Shuni ham o'qiydimi?, Buni o'qib nima qilasan?) qotiradi. O'qiydi, bemalol o'qisin, chunki u uchun shuni o'qish maroqlidir. Qo'liga Dostoyevskiy, Tolstoy, Stendal kabi yozuvchilarning asarlarini beringchi, o'qirmikan? U ham payti kelib, siz kabi klassik asarlarni o'qishni boshlaydi, sizni darajangizga yetadi.
Men bu postni qo'yishimga sabab, hech kimni ustidan kulmang, aql o'rgatishga shoshilmang. Aqlli inson gapirishdan oldin, yaxshilab mulohaza qilmog'i lozim, nima deysiz?!
MEN
Men talaba bo'lganimdan so'ng, kanal ochdim. Vaqt o'tib kitobga oid tanlov tashkilladim. (Asarni o'qiydi va 10 ta savol beriladi) Obunachilarim aytilgan kitobni o'qib, kattadan katta rahmat aytishdi, yig'lab ham xabar jo'natishdi. Eng qizig'i, o'zim kitobni hali o'qimagan edim. Tanlovga bir kun qolganda kitobni o'qib (o'zim ham yig'ladim) savollar tuzdim. Keling ko'p kuttirmay kitob nomini aytay, bu Omina Shenliko'g'lining "Imomning maneken qizi" asari edi. 3 ta o'ringa kitob bermoqchi edim, Allohning karami kengligini qarangki Homiy ham o'zi topib keldi. Tanlov tugadi, asaxiyga buyurtma qilmoqchi bo'lib yozdim. Asaxiy kitob do'koni esa ularning nomidan sovg'a bo'lishini aytdi. Xullas, men ham shu tariqa kitoblar ichiga sho'ng'idim...🙃
.
.
Unutmang, kitob Biz bilgan va bilmagan dunyolarga yetaklaydi.
Book1tob 🌷
Navro'z - bahor bayrami, fors va turkiy xalqlardagi yangi yilning birinchi kuni. O'z nomi bilan ham "yangi kun" va ertaga 1401-yil kirib keladi. Kecha va kunduz tenglashgan kunda (martnıng 20, 21 va yoki 22-da) boshlanadi. Eron, shuningdek, Markaziy Osiyo va Kavkazda navroʻz 21-mart kuni, Qozogʻistonda esa, 22-martda nishonlanadi. Xullas, Navro'z Bizning bayram🌸Muboraklar🎈
@Book1tob🌷
🍃Ey hasad! Sen tufayli kibru havosi aqlini va shuurini ko‘r qilgan, vujudini yovvoyi hasad va kin chirmagan kimsalarning ozoridan birorta ham mashhur olim yoki obid chetda qolmagan.
🍃Ey hasad! Sen qandayin yovuz va iflos balosanki, qancha insonlarga tuzalmas zarar yetkazasan, orom-lazzatlardan maxrum qilasan.
🍃Hayotlarini izdan chiqarib, g‘urbat va shaqovatga aylantirasan.
🍃Qanchalab bandalarni xaq yo‘ldan adashtirasan, din va e’tiqodlarini buzasan, ikki dunyo saodatidan mahrum qilasan.
🍃Sen tufayli yer yuzida ulkan jinoyatlar, og‘ir zulmlar, yomonlik va gunohlar yuzaga keladi.
🍃La’nati shayton Odamga bo‘lgan hasadi tufayli unga sajda qilishdan bosh tortib, Allohning g‘azabiga uchradi va qiyomatgacha la’natlar ichra qoldi...
p.s/Rasm sevimli 1-"G" sinfda olindi.
@Book1tob🍀
#book_review
„Atom одатлар“ | Jeyms Klir
Kitoblarni qancha ko'p o'qiganingiz sari boshqa dunyoga qadam qo'ya boshlaysiz, u sizni siz bilgan va bilmagan dunyolarga yetaklab ketadi. Sizda yaxshi fikr uyg'otgan kitob, yillar o'tib ayrim qarashlaringizni o'zgartirib yuborishi mumkin. Men ham 2 yil oldin o'qigan kitobimni hozir o'qiganimda unchalik hayrat uyg'otmaydi, chunki men ikki yil oldingi men emasman.
"Atom odatlar" asari ham hozir menda yangi bilim, kuch, odatlarni shakllantirishimga yordam berdi. Keyinchalik kitobni qayta o'qisam boshqa ko'nikma shakllantirishimga yordam beradi, deb o'ylayman.
Kitob nima haqida?
Nomi atom va odat so'zlaridan iborat, atom bu o'ta kichik miqdordagi modda; Odat esa doimiy ravishda bajariladigan harakat. Atom odatlar - bu kattaroq tizimning bir qismi bo'lgan mayda odatlardir. Atomlar molekulalarning tarkibiy qismi bo'lgani kabi atom odatlar ham katta natijalarning tarkibiy qismidir. Katta natijaga erishish uchun esa maqsad aniq bo'lishi kerak. Nemis faylasufi Fridrix Nitshening "Hayotda yashashdan maqsadi bo'lgan odam har qanday qiyinchilikka bardosh bera oladi", degan mashhur iborasi bor. Kitobda aynan biz e'tibordan chetda qoldiradigan mayda odatlarni qanday qilib kunda takrorlashga erishishimiz, yaxshi odatlarni qanday do'st deb bilishimizu, yomon odatlarni o'z-o'zidan dushmanga aylanishi haqida yozilgan.
Quyida siz tanishishingiz mumkin bo'lgan jihat(mavzu)larni qisqacha sanab o'taman:
1. Odatlar bizga nima uchun kerak?
2. Yaxshi odatlarni shakllantirishning to'rt oddiy bosqichi;
3. Yomon odatlardan qanday xalos bo'lish mumkin?
4. Juftlash orqali odatlarni jozibadorlashtirish;
5. Muhitning ahamiyati;
6. Irsiyat nimalarga sabab
7. Muvaffaqiyat yo'lidagi eng katta to'siq Zerikish haqida;
8. Qiyinchiliklardan so'ng muvaffaqiyatga erishgan jamoa va insonlar hayoti;
9. Chiziqli (yo'nalishli) rasmlar orqali mavzuni osonroq tushuntirish;
10. Bundan tashqari kitobda hayotiy formulalar keltirgan. Misol: Men VAQT va Joyda ISHni bajaraman.
Uyum paradoksi nomli qadimgi yunon masali bor. Unda kichik harakatni yetarlicha takrorlash qanday natijalarga olib kelishi mumkinligini haqida so'z boradi. Uning ko'plab variantlaridan biri quyidagicha: bir tanga odamni boy qila oladimi? Agar bir kishiga bir uyum tanga bersak ham uni boy deb hisoblamagan bo'lar edim. Biroq uyumga yana bitta tanga qo'shsak-chi? Yana bitta? Yana bitta? Ma'lum bir vaqt keladiki, agar bitta tanga insonni boy qila olmasa, u hech qachon boy bo'la olmaydi, degan xulosaga kelinadi.
Atom odatlar haqida ham shunday deyish mumkin.
Book1tob
* * *
Sen bilmagan dunyolar ham bor,
sendan olis,
yurakdan olis.
Gullab yotar to'rt mavsum bahor,
qishdan olis,
kuzakdan olis.
Seni tanimagan baxtlar bisyordir,
sen xabar olmagan orzular serob.
Ko'nglingdan tortqilab yurganlar bari
g'amlaring sarobdir,
sitamlar sarob.
Seni yetaklagan dardlar lahzalik,
lahzalik, dilingni qayg'u o'kinchi.
Bu toshli, tikanli yo'llar adoqli,
sabr qil,
o'tkinchi,
bari o'tkinchi...
Seni kutgan dunyolar ham bor,
g'amdan olis,
armondan olis...
©Aziz Nur
Book1tob
•Zamonaviy texnologiyalarning ko'p funksiyaliligi ularning ham ijobiy,ham salbiy tarafidir...
•Negaki har bir jihatda alida ijobiy va salbiy taraflar mavjud.
•Zamonaviy texnologiyalar insoniyat uchun hozirgi kunda hayotining misli ko'rinmagan ajralmas-zarur qismiga aylanib ulgurgan.Funksiyalaridan to'laqonli va to'g'ri maqsadda foydalanmog'imiz hamda uning keltirib chiqaradigan salbiy oqibatlaridan saqlanmog'imiz darkor.
•Aytaylik bizni uzog'imizni yaqin qiluvchi ijtimoiy tarmoqlarda yangiliklar, jahonhamjamiyatidagi o'zgarishlarni bevosita kuzatib borishimiz mumkin,lekin bu kabi tarmoqlarda biz uchun mutalqo foyda bermaydigan,aksincha miyyamizga yomon ta'sir etuvchi omillar ham yo'q emas.
•Bizga nima kerakligini,va u kabi (nobopliklar,axmoqgarchiliklar)ga qimmatbaho vaqtimizni sarf etmasligimiz.Bunday narsalar uchun bizda aks ta'sir(reaksiyamiz)bo'lishi kerak!!
•Va yana ayta olamanki, zamonaviy texnologiyalardan qanday,qaysi maqsadda foydalanish bizning ma'naviyatimizga bog'liq!
G'olibimiz Javoblari
Ahmadjonova tabriklayman😊
Сиз ўша самимий қалби покиза,
Мен учун доимо зўр кадрдонсиз.
Иймон эътикоди ҳар недан устун,
Юзлари фариштали, нурли инсонсиз.
Жума айёмингиз қутлуғ бўлсин,
Қаддингиз ва қадрингиз баланд бўлсин.
Дунёда энг бахтлилар қаторида бўлинг...
Сиз энг яхши инсонсиз ишонинг..
@Book1tob 🕊
Ko'pchilik tanlovdagi gap davomini botga yubormoqda❌
Post tagidagi kommentga qoldiring!
📚 Bugun sovg'a uchun kitob tanlayman, sizlarga yoqadi degan umiddaman. Faollashaylik👏 Shartlar juda oddiy-ku
Book1tob