You Tube sahifasida joylangan xazinani sizga bo'lishyapman. Ko'pchilik do'stlarim menga tavsiya qilishdi, men esa sizlarga. Kitobxon do'stim, dunyoqarashingiz faqat kitob o'qish orqali emas, qaysi resurs orqali bo'lsa-da boyishi mumkin.
Podcastning bu galgi sonida:
Rizq va barakaning koʻpaytirish omillari;
Rizq va barakaning faqi;
Ayol va erkak oʻrtasida moliyaviy munosabatlar qanday boʻlishi kerakligi;
Havas rizqni koʻpaytiradimi?
Havas va hasadning farqi?
Hasad risqni kesadimi?
Dunyoviy va diniy ilmning farqi nimadaligi;
Inson oʻzining imkoniyatlaridan foydalanmasligi barakani kamaytirishi kabi savol va tushunchalarga javob topasiz.
https://youtu.be/6kuzTwCXXFM
O’lsangiz qabringiz ustiga kelib, hatm qiladigan darajada yaxshi ko’radigan do’stlaringiz bormi?
Читать полностью…Ushbu kitob haqida video yoki taqriz bo'lishini xohlaysizlarmi?😇 (hozir o‘qiyapman "Ijtimoiy odoblar" kitobini, video haqida esa rejalar booor)
Читать полностью…#kitobsevar qizaloq🚀
Sinfdoshim bilan suhbat (yo'lda ko'rishib qoldik)
- Shahnoza qiziz rossa kitobni olishga urinyapti, qaren
- Ha o'zi shunaqa, qo‘li telefon bilan kitob tursa, kitobni tanlaydi.
- Zo‘rku, o‘qituvchi bo‘ladi shekillida (kamina o‘ziga tegishtirdi)
...
p.s Orada "rasmli qattiq kitoblar bor, yana haligi biz yoshligimizda ingliz tilida o'rganadigan meva, hayvonlar kartochkalari bor, olib bersangiz bo‘larkan" deb maslahatcha ham berib qo‘ydim.
🌌Shu qizaloqni sog‘ bo‘lsin, olima qiz bo‘lsin deb bir duo qilib qo'yinglar...(yuragida muammo bor)
Shunaqa gaplar bizning qishlaqda]
- O‘qi, gulim, sen faqat o‘qi... Ertaga o‘zingdan-da ilmli bo‘lgan ummatni tarbiyalashing kerak...
Qo‘lingdan ko‘p narsa keladi, charchadim dema, eplay olmayman dema. Sen barini uddalaysan. Seni bu yo‘lda qo‘llaguvchi Robbing bor, shuni unutma...
Qizimning maqtov yorlig‘i yoxud vaqtida anglagan xatom
Qizim endigina to‘rt yoshdan o‘tgan bo‘lsa-da, fe’li juda og‘ir edi. Doimo jim yurardi. Sal gapga xafa bo‘lardi. Biror narsa so‘rasangiz, zarda bilan javob qaytarardi. To‘g‘ri, bolalar ruhiyatida gohida shunday o‘zgarishlar ham ko‘zga tashlanadi. Lekin bu ancha keyin-o‘smirlik yoshlarida kuzatiladigan holat.
Qizimning bunday bo‘lib qolgani haqida uzoq o‘yladim. Oxiri buning sababi o‘zim ekanligimni bildim. Men ko‘pincha u bilan gaplashganimda uni pastga urardim. Uning yutuqlarini e’tirof etish o‘rniga, uning muvaffiqiyatlariga oddiy holatdek, o‘zi aslida shunday bo‘lishi ham kerak-da degan ma’noda yondashardim. Ayb ish qilib qo‘yganda yoki biror buyurgan vazifamni bajara olmagan damlarida xali go‘dak bo‘lishiga qaramay qattiq-qattiq koyib, uni bir ishni eplolmaydiganga chiqarardim. Kezi kelganda turmush yoki ishimdagi tashvishlar tufayli asabim buzilgani uchun qizimni urib yoki haqorat qilib boshqalarning alamini undan olardim.
O‘ylab qarasam, hamma muammo qizimda emas, o‘zimda ekan. Men o‘z beparvoligim sabab qizimni ruhan sindirib qo‘ygan ekanman. Tarbiyada yo‘l qo‘ygan xatolarim uchun Alloh taologa tavba qildim. Allohga shukrki, bu muammoni xali kech bo‘lmasidan bartaraf etishimga O‘zi tavfiq berdi.
Bir varoqni qo‘limga olib, unga qizimning barcha fazilatlari, ko‘zga ko‘ringan, maqtasa arzigulik jihatlarini yozdim. Masalan, ukasini yaxshi ko‘rishi, mehribonligi, odobli ekani, o‘rtoqlarini kamsitmasligi, hech kimni haqorat qilmasligi, mehmondo‘stligi, saxiyligi, tartibli ekani, ozodaligi va shu kabi boshqa jihatlarini yozib chiqdim. Keyin varoqni mehmonxonamizning to‘riga ko‘zga ko‘rinadigan qilib osib qo‘ydim.
Dadasi ishdan qaytganlarida qizimni chaqirib, varoqqa yozganlarimni ikkovlariga o‘qib berdim. Qizimning fazilatlarini qog‘ozdan birma-bir o‘qir ekanman, shu palladagi uning xursandchiligini ko‘rsangiz edi! U shodligidan qanot chiqarib uchib ketadiganday edi go‘yo!
Shundan keyin qizim ancha o‘zgardi. Albatta ijobiy tarafga. Yuzidagi doimgi tundlik tabassumga almashdi. Gaplaridagi zarda ohangi yo‘qoldi.
Shundan keyin qachon uyimizga mehmon kelsa, qizim mehmonning qo‘lidan ushlab mehmonxonaga olib kirar va “Keling, sizga onam men haqimda yozganlarini ko‘rsataman” deb o‘z quvonchini izhor qilardi. Men ham Allohning fazli ila o‘z xatoyimni vaqtida anglab, uni tuzata olganimdan xursand edim.
📚Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu’tining "Farzand tarbiyasidan 700 ta saboq" kitobidan #iqtibos
Assalomu alaykum kitobxon do’stlar salomatmisiz?
Biroz kanalimizda tanaffus bo’ldi. Buning o’ziga yarasha sabablari bor albatta. Sizga yangiliklar tayyorlab qo’yganman👌🏻😉
Kim biz bilan? Xabarni ko’rganlar aktivlikni ko’rsatib «❤️» belgisini qoldirib yuborsangiz…👇
Bu dunyo - bozor. Undan kim nima olgisi kelsa oladi, ko'ngliga kelganini qiladi. Boradigan so'nggi manzilimiz esa ohirat! U yerda olgan narsalarimiz tiyin tiyinigacha (yashirin narsalar ham Allohga a'yon) hisob-kitob qilinadi.
Menimcha siz ham nima o'ylayotganimni bildingiz shekilli.
Allohim dilimga solibdi, ushbu hayotiy hikoyani sizlarga aynan hozir bo'lishgim keldi. Bu kimnidir hayotidan yoki qaysidir kitobdan parchalar emas)
Kuchim boricha gapirishga harakat qildim: "rumolim". Yana ikki uch marta takrorlashimdan keyin doktor tushundida, rumolini beringlar dedi. Alhamdulillah men uchun Allohimning qimmatli hadiyasi ham keldi...
Читать полностью…Nafas yetmas, oyoq-qo'llar harakatsiz bo'lgani bilan hamma hammasini eshitib turardim. Oldin kinolarda ranimatsiyada yotgan odamning yaqinlariga "Sizni eshityapti" deyishar edi, qaysidir yaqin insoni yig'lab ichidagilarni aytib, uni yaxshi ko'rishini qayta-qayta aytganda esa qo'llar tiriklik nishonasini berar edi.
Tashqaridan onamning tez yordamga dod solayotgani eshitilardi.
Ilm olishda biroz qiynaldim, biroz xorlandim, tilagim hosil bo'lgach, azizu mukarram bo'ldim.
Abdulloh ibn Abbos
Antiqa kitob javonlari ekan. Noyoblikka qiziquvchilar uchun go'zal tanlov👍
p.s rasm Facebookdan olindi, sizga ham ilindim
@Book1tob 🌷
😥 Ilm olish sirlari
1. 👍 Qibla tomonga qarab dars qiling. Qibla tomonga qarab dars qilsangiz, olgan bilimingiz ziyoda va barakali bo'ladi.
2. 🙂Maqsad qo'ying. Dars qilishga yoki kitob o'qishga o'tirganingizda o'z oldingizga maqsad qo'ying. Uni yakunlamaguncha o'rningizdan turmang.
3. 📱Chalg'ituvchi omillarni cheklang. Darsni hech kim sizni chalg'itmaydigan joyda qiling. Telefoningizni o'chirib qo'ying va bor diqqatingizni ilm olishga qarating.
4. 📖O'tirgan holda dars qiling. Hech qachon yotgan xolatingizda kitob o'qimang, dars qilmang. Chunki uxlab qolish extimolingiz juda yuqori.
@book1tob
Sayohatlar haqida sizlarga aytmabman-ku🥺
Zominda bir hafta dam olib keldim, doimgidek katta sumkada ikkita kitob bor edi. Birisi sovg'aga va birisi mutolaa uchun. Toshkentga bordim, u yoqdan Sirdaryo osha Jizzaxga yo‘l oldik. Nimaga dam olasiz kampirsho deb yurmelar, Agentlik tomonidan 2 kishi jo‘natildik. Mehribonlik uyidagi 130 ta bolalar kelishdi, har kuni har xil treninglar, mashg'ulotlar, sport o'yinlari tashkillandi. Xullas hammasi Mashaalloh bo'ldi.
Eng go‘zal lahzalar esa, bomdod vaqtida bo‘ldi. Har kuni toza havoda, qushlar (qarg'alar ham bor) hamohangligida, tog'lar guvohligida o‘zing va Alloh bilan qolish... bariga Alhamdulillah 🥳
Zomindagi eng baland toqqa 4 soatda chiqdik, lekin tushish 45 daqiqa bo‘ldi😃
🥳 Bunchalik kitobni sog'inmagandim. Bilaman, ish, o‘qish, vazifa va hujjat ishlarim ko‘p. Lekin qalbimni bir chetida kitob o‘qimasam bo'lmaydigan holga yetdim. Umuman kitob qo'lga olganim yo‘q deyishim noto'g'ri, har kuni oldimda xoh inglizcha, xoh o'zbekcha kitob bo‘ladi (o‘qisam, o‘qimasam)
Barchasi xayrli bo‘ladi, inshaalloh 😇
Bu kichik yoshdagilar va shu bilan bir qatorda o'z jiyanlarim uchun ham (diqqat bilan o'qing)
Shunchaki erta-yu kech uxlash yoki instagram/tik-tokda keraksiz videolar ko'rish/joylash, trendlarga taqlid qilib, o'zini reklama qilish, ortiqcha darajada do'stlar ila keraksiz suhbatlarda bo'lish faqatgina vaqtingizni oladi xolos.
Bu hammasi juda tezlikda o'tib ketadi. Instagram/tik-tok trendlari ham, bu yoshligingiz ham. Men ham yoshligimda ancha vaqtimni behuda o'tkazdim. Va hozir bu uchun juda afsuslanaman. Siz agar xozirdan harakat qilsangiz, Alloh izni ila juda go'zal natijalarga erisha olasiz. O'zingiz sevgan kasb egasi bo'la olasiz, chet ellarda ta'lim olib, sayohat ham qila olasiz.
Faqat bu uchun biroz irodali bo'lish, hamma qilayaptiyu deb har narsani qilavermaslik va qat'iyat ila ilm olishingiz kerak. Ayniqsa tengdoshlaringiz orasida ko'p bo'luvchi yigit-qiz munosabatlariga kirisha ko'rmang. U juda xatarli yo'ldir. Sizni ilmdan, maqsadlaringizdan to'sadi. Siz go'zal xulqli, keng fikrli, taqvoli, saviyali, har bir gapi foydali, ilmli va o'z kasbini mutaxassisi bo'lgan yigit-qizlar bo'lishingiz lozim.
Hozir vaqtini behuda o'tkazayotgan, sizni tilingizda aytganda "ko'cha" o'rtolaringiz sizga juda zo'r ko'rinishi mumkin. Lekin bir necha yildan keyin ko'rasiz-ki, ular hayotda hech nimaga erishmagan biri o'laroq qolishadi. U trendlarga e'tibor qaratmang. Siz ilmni oling. Chunki ilm insonni faqatgina yuksakka olib chiqadi. Bu hammasini shaxsan o'zim hayotimda ko'rdim va yetarlicha xulosalar oldim.
Siz hozir o'qing. Qimmatli vaqtingizni qiymati yo'q narsalarga ketkazmang... Hech bir narsa o'z-o'zidan kelmaydi. Faqatgina ilm sizni yuksak darajalarga ko'taradi. Qolganlari esa vaqtinchalik
@bonusayyidd
Sabohiddin Alining "Ichimizdagi shayton" mutolaasi yakunlanay deb qoldi. Talabalar haqidagi fikrlarida oʻzim bilan umumiylik koʻrdim. Aniqroq aytganda, isyonkor talabalar haqida.
Maktab oʻquvchilari ham, talabalar ham ustozdan qoʻrqmaslikni, oʻrni kelganda uni bir pulga olmaslikni, izza qilishni jasorat deb bilishadi. Ayniqsa, oʻzlarini sal bilimli deb hisoblashsa va ustozning bilimi haminqadar boʻlsa uni hurmat qilmaslik kerak deb hisoblashadi. Bilimi yoʻq, nohaq ustozga boʻysunmaslikni adolat deb hisoblashadi. Shu xususiyatlari tufayli oʻzlarini tizimga boʻysungan boshqa talabalardan va oʻshanaqa ustozlardan ustun deb bilishadi.
Lekin bu isyonkorlik, bu vajohat, bu adolatparvarlik ishga kirgach butunlay yoʻqoladi. Endi yo oilasini boqish uchun tishini tishiga qoʻyadi, yo boshliqning koʻziga yomon koʻrinishdan qoʻrqadi, yo mansabda koʻtarilish uchun jim yuradi, yoki shunchaki taslim boʻladi. Universitetdagi ustozdan ming barobar ahmoq odamlarning ahmoqona topshiriqlarini gʻing demay bajaradi, eng qoʻpol haqoratlarga chidaydi, eng nohaq tizimning bir parchasiga aylanadi.
Maktabda, universitetda, o biz qanday edik! Ikki ogʻiz gap bilan domlani izza qilishlar, har toʻgʻri-notoʻgʻri gapiga luqma tashlab qoʻyishlar, eshikni qarsillatib yopib chiqib ketishlar, bezrayib gap qaytarishlar... Ya'ni yoshlarning jasorati oʻzi jamiyatda eng xor boʻlayotgan, hamma tashkilot tomonidan ezilayotgan, roʻzgʻorim oʻtsin deb yurgan oʻqituvchilargagina yetadi. Bunday talabalar men adolatsizlikka hech qachon chidolmayman deb koʻkrak keradi. Hali shunaqa chidaysan deydigan odam yoʻq. Boʻlsa ham quloq solishmaydi.
Oʻqituvchi ahmoq boʻladimi, goʻl boʻladimi, nohaq boʻladimi, u tizimning eng kichik murvati. Kimgadir norozilik bildirmoqchi boʻlsangiz, kimnidir ayblash kerak boʻlsa bu shu tizimning tepasidagilardir. Dunyo tarixida, jahonda va bir vaqtlar bizda ham talabalar juda katta kuch edi, ular hisoblashish shart boʻlgan qatlam edi. Hozirgi talabalar esa qoʻy, ular hatto umuminsoniy masalalar nari tursin, ayni paytdagi milliy muammolar haqida ham bosh qotirmaydi. Jamiyatda oʻz oʻrni yoʻq, umummilliy masalalarga oʻzini tegishli his etmaydi, masʼuliyat his etmaydi. Ming-minglab talabalarni oʻqishmish-oʻqishmasmish deb xohlagancha oʻyin qilish mumkin. Eng jasur talabalar esa nari borsa oʻqituvchiga yoki universitet rahbariyatiga boʻysunmaslik bilan xarakterlanadi. Ular qarshi chiqqan muammolar ham juda mayda. Nimayam deymiz, har bir millat oʻziga loyiq boshqaruvchi tomonidan boshqariladi.
©salimov_blogi
P.s Bu asarni o'zbekchasi ham boooor, olib o'qinglar
@Book1tob
Kitob hadya qilgan insonlarni qadrlash
Yaxshi ko‘rgan insoningizni qadrlashingizning, unga g‘amxo‘rlik qilishingizning eng afzal yo‘li — bu unga oxirati uchun foydali bo‘lgan kitob hadya qilishingizdir. Siz hadya qilgan kitobni o‘qib chiqishi uning oxirat kunidagi azobdan qutilishiga, jannatda darajasi yuksalishiga, Allohning roziligini topishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Imom Buxoriy «Adabul mufrad»da Abu Hurayra roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «O‘zaro hadya ulashinglar oralaringizda muhabbat paydo bo‘ladi», deganlar.
Agar sizga kimdur shariatimizga oid kitob hadya qilsa, demak u inson sizning taqdiringizga befarq emas ekan.
Hammamiz bilamiz, inson o‘zi yaxshi ko‘rgan narsani yaxshi ko‘rgan insoniga ham ravo ko‘radi va o‘zining oxirati uchun qanday qayg‘ursa, yaxshi ko‘rgan insoni uchun ham xuddi shunday qayg‘uradi. Allohga haqiqiy iymon keltirgan, bir birini Alloh uchun yaxshi ko‘rgan ikkita mo‘minning muomalasi shunday bo‘ladi.
Buxoriy va Muslim Anas roziyallohu anhudan qilishgan rivoyatda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Hech biringiz o‘zi uchun yaxshi ko‘rgan narsani birodariga ham ravo ko‘rmagunicha (komil) mo‘min bo‘la olmaydi», deganlar.
Va yana ikkovlari Nu’mon ibn Bashir roziyallohu anhudan qilishgan rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: «Mo‘minlarning o‘zaro rahm qilishlari, do‘stliklari va mehribonchiliklarida xuddi bir tanadek ekanini ko‘rasan. Biror a’zo xastalansa, tananing qolgan joylari bedorlik va isitmalash bilan unga hamdard bo‘ladi».
Shuning uchun birodarlar bir birimizga Allohga yaqinlashtiradigan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini o‘rgatadigan, oxiratimiz uchun foydali bo‘ladigan kitoblar hadya qilaylik va bizga kitob hadya qilgan insonlarni qadrlaylik.
Muhammad Ali Muhammad Yusuf
👉🏻 Manba: @islomuz
@Book1tob
Men tirikmanmi? Ha yana hayotga qaytibman-ku! Yana bir imkonni olibman-ku!
Endi nima qilaman?!
Tez yordam ham yetib keldi, yorug' mashina ichida sun'iy nafas olib yotardim. Bir narsa hayolimga keldi, butun vujudim titraganini his qildim. Axir, boshiimda rumolim yo'qku!!!
Читать полностью…Ba'zan dunyoni ishini yelkamizga yuklab olamiz, bilmaymizki Allohim "Bo'l" degan ishlargina bo'lishini. Shunaqa ko'p ishlarni yuklab oladiganlardan biri menman. Men uchun hayot shunisi bilan qiziq (edii). O'sha kun... O'sha kun ham ishlarim juda ko'p edi.
...Bir o'limdan qayttim. Qorong'u jarlik o'rtasida ketayotgan mahalim ota-onamning Allohga faryodi yetib borganini his qildim. (Ko'zimda yosh bilan yozmoqdaman) Tilim kalimaga kelmagan mahal, butun vujudim bilan "La ilaha illaloh" ni ayttim, boshqa hech narsa qo'limdan kelmasdi. Men uchun eng katta ish, eng katta baxt ham shu edi, aslida.
@Book1tob
“Peshqadamlar Karvoni” loyihasi tomonidan tavsiya etilgan 50 ta kitob.
📲 Telefonda ko‘rish uchun mo‘ljallangan formatda lotin yozuvida.
@Peshqadamlar_Karvoni
#bu_qiziq🤓
KITOBLAR HAQIDA O‘ZGACHA FAKTLAR
🔴Ba'zi yozuvchilar hech kim uni bezovta qilmasligi yoki boshqa ayrim sabablar bilan qamoqxonada kitob yozishni reja qilishgan.
👉Qamoqda yozish rejasi tuzilgan kitoblar orasida Servantesning «Don Kixot», Jon Banyanning «Avliyoning sayohati», Oskar Uayldning «Qamoqdagi istig‘for», Nikolo Makiavellining «Hukmdor» asarlari mavjud.
🔴Hamma zerikarli kitobdan qochadi, ammo u...
👉Italiyalik Rio Kozelli eng zerikarli kitoblarni to‘playdi. Uning kolleksiyasi 10000 jilddan iborat. Bir omadsiz italyan shoiri kitobi Kozelli kolleksiyasidan o‘rin olganini bilgandan so‘ng, o‘zini o‘zi o‘ldirishiga bir baxya qolgan...
Ana shunaqa!🙃
❓Sizda shunday kolleksiya bo‘lganida, qaysi kitoblar bilan uni to‘ldirgan bo‘lardingiz?
@Book1tob🌷