book1tob | Unsorted

Telegram-канал book1tob - Bookitob

-

Hayot – ilm, ilm – daryo, osonmas unda suzmoq, Kerakdir unga bilimdan kema qurmoq... 🗃️Aloqa uchun: @Book1tob_aloqaBot [Mualliflik huquqiga amal qiling]

Subscribe to a channel

Bookitob

Bugun kitob va uyqu haqida gaplashamizmi? Kitob o'qisa, uyqusi keladiganlar bormi?

Читать полностью…

Bookitob

Ushbu sayt sizga sog'lom uyqu vaqtini hisoblab beradi. Buning uchun siz faqat nechida uyquga yotishingizni kiritsangiz kifoya. 😉

LINK 👉 sleepyti.me

Читать полностью…

Bookitob

Yangi kitob va ...

Qizlarjon kitobini ancha vaqtdan beri olishni niyat qilardim. Alhamdulillah, bugunga nasib qilgan ekan. Hozir o'qishni boshlayman va xulosalarimni sizlarga bo'lishaman.

p.s Ishim biram ko'p, lekin mutolaa qilgim kelsa ayb mendamas:) (rasmdagi men emas)

Читать полностью…

Bookitob

Ko‘p kitob o‘qiy olmasangiz ham sara kitoblarni o‘qishga harakat qiling.

Читать полностью…

Bookitob

https://play.google.com/store/apps/details?id=zikr.arabic.uz.zikrlar

Foydali #dastur

Читать полностью…

Bookitob

https://youtu.be/0d2KQ2EioiA

Foydali #Podcast

Читать полностью…

Bookitob

@YoshKitobxon2023_bot


Yosh kitobxon tanlovi haqida eshitmagan kitobxon bo'lmasa kerak. Ushbu botni 10 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan tanlov qatnashchilari uchun, balki barcha kitobxonlar uchun qildim. Botni tayyorlashga ko'p vaqt sarflamadim, shunchaki tinchlik va sabr kerak bo'ldi, xolos.

Sizga foydali bo'lsa xursand bo'laman, kamchiliklar uchun uzr. Shaxsiy botimga yozsangiz albatta bartaraf etiladi.

@kitobgrafiya kanalidan kitobxon do'stlaringizga ulashashishingiz mumkin.

Читать полностью…

Bookitob

#birgalikda_mutolaa

Fikrlar uchun: @Book1tob_aloqaBot

O‘zim ham hozir o‘qimoqchiman🫣

Qani kim birinchi o'qib tugatadi?

Читать полностью…

Bookitob

Kimsasiz orolda qolgan Ro‘binzo‘n og‘a Qaysi kitobni o‘qisin? deb savol qo‘yildi.

Ko‘plar Tavrot, Injil va Qur’on kabi kitoblarni o‘qisin dedi. "Kapital" "Urush va Tinchlik" "Qirol Lir" kitoblarini o‘qish tavsiya qilindi. Ro‘binzon og‘a bo‘lsa "Menga kema yasash bo‘yicha instruksiya yozilgan kitob bering" debdi. Qissadan hissa shuki: Tomga chiqmoqchi  bo‘lganga narvon,  qorong‘ida o‘tirganga fonarik kerak. Oltin izlovchiga esa belkurak lozim. Iqtisodiy va texnologik islohot zarur bo‘lib turgan bizning mamlakatga faqatgina ilmli avlodlar kerak.

🔪chopildi

@Book1tob

Читать полностью…

Bookitob

O'zing sevgan ishni qilish yanada yoqimli...

SMM kursining birinchi darsidayoq ustozimiz praktika qilish uchun loyiha tanlashimizni vazifa bergandi, men hech ikkilanmay kitob do'konini tanladim.
📚Shu qisqa vaqt ichida kitob sohasiga chuqur kirib borayapman. Misol, kitobxonlar bilan ajoyib intervyular, raqobatchilar tahlili, auditoriyani o'rganish va h.k.

@Book1tob

Читать полностью…

Bookitob

Agar....

@kitobgrafiya

Читать полностью…

Bookitob

#bolalar

10-15 yoshdagi bolalar uchun KITOBGRAFIYA dan tavsiyalar:

1. “Bilmasvoy” (Nikolay Nosov)
2. “Matilda” (Roald Dal)
3. “O‘n besh yoshli kapitan” (Jyul Vern)
4. “Ostin-ustin” (Jyul Vern)
5. “G‘aroyib bolalar” (Aziz Nesin)
6. “Uzunpaypoq Peppi” (Astrid Lindgren)
7. “Oskar va pushti xonim” (E.E.Shmitt)
8. “Kapitan Grant bolalari” (Jyul Vern)
9. “Alisa ko‘zguorti mamlakatida” (Lyuis Kerrol)
10. “Kichkina shahzoda” (A.Ekzyuperi)
11. “Tom Soyer va uning sarguzashtlari” (Mark Tven)

p.s Bolalar uchun ensklopediyalar juda ham qiziq.

Yuqoridagilardan qaysi bir(lar)ini o‘qigansiz?

@kitobgrafiya

Читать полностью…

Bookitob

Fikrlar jangi juda qiziq ketmoqda. Xo'sh kimda yana qanday fikrlar bor?

Rostan, hamma bolani birdaniga qamrab olish mumkinmi?
Xo'p, alohida shug'illanish uchun o'qituvchida vaqt, energiya, bilim yetadimi?
Farzandingizda (kelajakda) kitobga mehrni qanday uyg'otmoqchisiz yoki uyg'otayapsiz?


Izohda

Читать полностью…

Bookitob

Bugungi kunda kitob oʻqish urf boʻlyapdi.Hamma trendda turgan asarlarni oʻqishga qiziqishyapdi.Mani oʻzim ham kitob oʻqiydigan uni sevadigan kitobxon doʻstlarim boʻlishini juda orzu qilaman.Yoshini ahamiyati yoʻq.Muhimi mani oʻzimdek fikrlasa oʻylasa boʻldi.Man kitob oʻqmaydigan kitob oʻqisa uyqusi keladigan pulini hamma narsaga sarflashi mn lekin kitobga emas shunaqa odamlarni qanday qilib kitoblar oʻqishga qiziqish uygʻotish mn ligi haqida har doim izlanaman.Nima qilsak ular manqurtdek telefon oʻynab bekor oʻtirmaydiyu kitob oʻqiydi.Shu haqda tinimsiz izlanyapman. Oʻquvchilarim pul topishga qiziqishadi.Ilm olishga kitob oʻqishga qiziqishmaydi.Qiziqqanlari juda ozchilik.19 oʻquvchiga rahbar boʻlsam shundan 9-10 qiziqadi ular ham qiz bolalar,oʻgʻil bolalar kitobga qarashmaydi ham hatto.Sinf rahbar qobiliyatli boʻlsa har qanday bolani qiziqtirib oʻziga oʻxshatib izidan ergashtira olishi kk.Man tarbiyasini yaxshi beryapman.Lekin shu zamonaviy telefonga haddan ziyod qiziqqan bolalarni kitob oʻqita olmayapmanda

Читать полностью…

Bookitob

​​Muallif: Ahadquli Xolmuhammad o‘g‘li
Kitob nomi: Haqiqiy omad kaliti yoxud Savdogarlar ustozi (2-qism)
Iqtibos: Har kimning Holiqdan umidi bo‘lsa, maxluqdan hurmat istamaydi.
Qisqacha asar haqida
Mo‘jazgina ushbu risola buyuk olim, solih inson, muazzam Hadisi sharif roviysi, zo‘r tojir (savdogar), tengsiz jangchi – qahramon, solih do‘st Abdulloh ibn Muborak haqida yozilgan. U haqidagi hikoyalar yaqin do‘sti Abdussalom tomonidan hikoya qilinadi. Shuningdek, kitobda keltirilgan ko‘plab ma’lumotlar yo‘qolgan kundalikning topilgan parchalaridan havola qilingan.
Asar mazmuni haqida
Ikkinchi qismdan quyidagilarni chuqurroq anglashingiz yoki men kabi bilib olishingiz mumkin:
- Boylikning nafi va boy bo‘lishdagi hikmatlar;
- Jo‘mardlikning benazir namunalari;
- Til o‘rganishning nozik jihatlari;
- Sheriklikdan bir qancha namunalar;
- Tirojatchi bo‘lishning foydalari;
- Safar, sayohat qilishning ming bir foydalari;
- Sarmoya (investitsiya)ning oltin qoidalari va h.k
Asardagi voqealar turli joylardan (Shosh, Nishopur, Vizantiya, Furot, Buxoro va h.k) hikoya qilinadi. U yerlarning tabiati bilan birga, ilmga oshno kishilarining go‘zal xulqi sizni hayron qoldiradi. Buyuk olim Abdulloh ibn Muborak shaharlardagi ilm majlislarida ko‘plab savollarga javob beradi, har bir berilgan javob esa kitobxonni mulohazaga chorlaydi.
Asardagi eng yoqqan jumla “qo‘rqoqlik umrni uzaytirmaydi, botirlik umrni qisqartirmaydi” bo‘ldi, negaki bu jumlalar haqida ko‘p o‘yladim.
Kitobning ezgu mohiyatidan kelib chiqadigan bo‘lsam, ushbu risolani har bir yosh, har bir tadbirkor, har bir soha yetakchisi, har bir ota-ona o‘qishi lozim.

@Book1tob

Читать полностью…

Bookitob

🐈 kitob bo'lsada mazzada-a?

Читать полностью…

Bookitob

Dars qilayotgan paytda oldimizga turli shirinliklar, yeguliklar qo'yib olamiz. Dastlab bu bizga ma'lum energiya, kayfiyat beradigandek tuyiladi. Afsuski, bu vaqt o'tgan sari uyquni, holdan toyishni keltirib chiqaradi. Kitobni esa keyinroq o'qingiz kelib qoladi. Shuning uchun oldingizda oddiy suv turgani ma'qul.

Читать полностью…

Bookitob

Peekaboo_Kidz" rel="nofollow">https://www.youtube.com/@Peekaboo_Kidz

Ushbu YouTube sahifasini ingliz tilini basic' darajada bilsangiz ham ko'rishga arziydi. Farzandingiz uchun "katta ensklopediya" ga aylanasiz.

Читать полностью…

Bookitob

/channel/+95pvxzklx4dmMGMy

Faqat qizlar uchun foydali telegram #sahifa

Читать полностью…

Bookitob

102tv" rel="nofollow">https://www.youtube.com/@102tv

Foydali You tube #kanal

Читать полностью…

Bookitob

Ko‘p sirlar ochilmoqda

Читать полностью…

Bookitob

Juzeppe Kortega hech narsa kerakmasdi, ammo u qizni gapga solib, kasalxona haqida kengroq ma’lumot surishtirishga tushdi. Shu yoʻsinda u bu klinikaning gʻalati bir oʻziga xosligidan xabardor boʻldi. Mijozlarni bu yerda kasalligining ogʻir-engilligiga qarab qavatlarga taqsimlashar ekan. Eng yuqori, yettinchi qavat dardi hammadan ham yengillar uchun moʻljallangan. Oltinchi qavatga dardi unchalik ogʻir boʻlmasa-da, har holda uncha-muncha xavotirli tomoni borlar yotqiziladi. Beshinchi qavatda esa ahvoli ruhiyasi ancha ogʻir boʻlganlar davolanardilar, shu tariqa — qavatma-qavat tushilaveradi. Ikkinchi qavatda kasali juda ogʻir shoʻrliklar yotar edi. Birinchi qavatda esa — endi dunyodan ilinji batamom uzilganlar, tuzalishidan umid yoʻqlar...

Sizga savol: Juzeppe Korte nechinchi qavatda yotgan edi?

Читать полностью…

Bookitob

✍️ Trendlar biz uchun mutloq muhim bo’lmagan narsalarni, muhim qilib ishontiradi.

Tonirovkali qora mashina, Fransiyadan keltirilgan parfyum, avtomat darvozali ikki qavatli uy, baland osmono'par bino ostidagi fotosuratlar. Bularning barchasi yo'qolib qolgan odam uchun illuziya va maqsadlar yaratadi.

Inson esa bu maqsadlar ortidan yuguradi. Qaysidirlariga erishadi va darhol illuziya u uchun yangi maqsadlar aniqlab beradi. Birinchi Gentra, keyin esa Mersedes Benz.

Shu bilan yosh qirqqa yaqinlashganda, u boshqa birovning yugurish marofinida qatnashganligini va marafon tashkilotchilari aslida yugurishda ishtirok ham etmaganligini tushinib yetadi.

Vaqt esa o'tkazib yuborildi, onasi qarib, farzandlari ulg'ayganini va maqsadlar aslida boshqacha ekanligini anglay boshlaydi.

O’z hayotingizni yashang. Maqsadlarni saralab olish, maqsadlar qo’yishdan muhim.

abdusattor

Читать полностью…

Bookitob

Bir kun,
boshqacha bo'ladi hammasi,
boshqacha aylanar dunyolar,  rostim,
Ungacha kulmayman,
bu  kunlarimga
Ravo ko'rmagayman kulgu  ovozin...
Bir kuni chinorlar gullaydi  vaqtli,
Ko'kka singib ketar adoqsiz  tuman.
Bugunga aylangan ertalar  haqqi,
Men unda yig'lashni  bilmayman.
Xudo yorlaqagan yo'llarim bordir,
Bir kun parvoz qilar qanotsiz jussam.
Meni kuzakda ham topa olmaysan,
Sendan yuz buraman, azizim g'ussa.

Aziz Nur

Читать полностью…

Bookitob

🌙 Qurbon Hayit ayyomi barchamizga muborak bo'lsin!

Sizga eng yaxshi tilaklar hamroh bo'lsin, hayitda qilgan ehson-u savoblaringizdan Alloh rozi bo'lsin 🤲


@Book1tob

Читать полностью…

Bookitob

manaaaa shuuncha kitoblar keldi

Читать полностью…

Bookitob

#bolalar

YOSH BOLANI VA ESI PASTNI MUHOKAMA QILMAYDILAR

✍️ Har bir bola fitrati, aqli, ruhiyati, qalbi bilan hamohanglikda o'z olamiga ega va boshqalardan farqli hisoblanadi.

🔺 Ushbu maqolamni sizlar bilan bo’lishmoqdaman. Umid qilamanki, foydali bo’ladi.

p.s\ Qachongacha tarbiya borasida yaponlar-u xitoylarni, Yevropa-yu Amerikani maqtashimiz kerak?!
Ulg’ayib, o’z o’rnini topayotgan yoshga ekalogik tarbiya, jinsiy tarbiya, axloqiy tarbiya va boshqa tarbiyalardan so’z ochishning nima keragi bor?
Iltimos, o’zgarishni o’zingizdan boshlang. O’zingiz bajarmay turib, farzandingizdan biror ishni qat’iy talab qilishingiz noto’g’ri, farzandingiz boshqalar kabi “zo’r, aqlli” bo’lishini istashingiz ham notog’ri!

@kitobgrafiya

Читать полностью…

Bookitob

Har bir bolaga aloxida yondashish kerak deb o'ylayman va har biri uchun unga qiziq bo'lgan kitobni tafsiya qilish va kitoblarda aslida instagram youtube lardan ko'ra ko'proq ma'lumot olish munkunligini va ular juda qiziqarli ekanligini "amalda" ko'rsatish kerak. Sinfdagi eng sho'x eng dangasa bollardan boshlasez ham bo'ladi))

Читать полностью…

Bookitob

Endi postlarni @kitobgrafiya kanalidan bemalol yuklab olishingiz, jo'natishingiz, komment yozishingiz mumkin.

Ulanib oling:)

Читать полностью…

Bookitob

Ilmning avvali niyat, so'ngra anglamoq, keyin amal qilmoq, keyin muhofaza etmoq va ohiri uni yoymoqdir.

Читать полностью…
Subscribe to a channel