Mashaqqat = Muvaffaqiyat
Har ishda bir qiyinchilik, bir sinov bor. Hech nima o'z-o'zidan bo'lib qolmaydi, agar sizga osonlikcha kelsa bu sizga Allohimning marhamatidir. Lekin ba'zi insonlar mashaqqatsiz kelgan ishlardan qo'rqishadi, negaki hali hammasi oldinda bo'lishi mumkin.
🌱 Nolishdan ko'ra "Allohim nima xayrli ekanini yaxshi biladi" deyish ancha tasalli beradi va "yo'lingda davom et" deya uqtiradi.
t.me/book1tob
Sizda ham shunaqa peshtaxta rasmlari bormi? Misol Azonniki😀
p.s rasm bugun olindi
t.me/Book1tob
O'tgan yili yaxshi marafon tashkillagan edik, bu safar men ham ishtirokchi sifatida qatnashaman. Sizga shartlari ma'qul kelsa, qo'shilib oling. Istalgan kitobni 20 bet o'qisangiz bo'ldi.
Читать полностью…Bir narsani chuqurroq o'rganmoqchi bo‘lsang, xato qilishdan qo‘rqma, uni tuzatib, yaxshiroq o'rganib olasan.
t.me/Book1tob
Davomi...
6. Muqobil variantlarni tanlang: Agar kitob ma'qul kelmasa, xuddi shu mavzuni yorituvchi yoki bir xil turdagi boshqa adabiyotni topishga harakat qiling.
7. O‘qish materialini diversifikatsiya qiling: Agar siz o‘qiyotgan kitoblaringizdan doimo qiymat (foyda) topa olmayotgan bo‘lsangiz, o‘qish materialingizni boshqa uslubda oling. Sizga mos keladigan turli janrlar, mualliflar yoki formatlarda (masalan, maqolalar, podkastlar yoki videolar) o‘rganing.
8. Tavsiyalarni izlang: Do‘stlaringiz, hamkasblaringiz yoki ijtimoiy tarmoqda siz qiziqqan soha bo'yicha "shaxsan ularga foyda keltirgan kitoblar" bo‘yicha tavsiyalar so‘rang.
9. Aniq maqsadlar qo‘ying: Kitobni boshlashdan oldin, undan qanday foyda olishni ko'zlayotganingizni maqsad qiling. Bu diqqatingizni jamlashga yordam beradi.
10. Mulohaza yuriting: O‘qiganingizdan so‘ng, kitobdan o‘rgangan yoki olgan narsalaringiz haqida mulohaza yuritish uchun biroz vaqt ajrating, garchi bu siz kutganingizdek bo‘lmasa ham. Chunki keraksiz deb o'ylagan kitobingizdan ham nimadir foyda olgan bo'lishingiz mumkin.
p.s/ kechikishlar uchun uzr so’rayman, sababi kompyuterim oldimda emasdi.
t.me/book1tob
📈 Kitob o‘qish foyda bermasa, nima qilish kerak?
1. Maqsadlaringizni baholang: Nima uchun dastlab kitobni o‘qishga qaror qilganingiz haqida o‘ylab ko‘ring. Siz bilim olishga, malaka oshirishga, dam olishga yoki ilhom olishga harakat qilyapsizmi? Kitob sizning maqsadlaringizga mos kelishiga ishonch hosil qiling.
2. Imkoniyat bering: Ba'zan yozilgan asarni kitobxon bilan bog‘lanishi uchun vaqt kerak bo‘ladi. To‘xtatishga qaror qilishdan oldin o‘rtacha miqdorni o‘qib, kitobga adolatli baho bering. Eng kamida 20-30 bet.
3. Ko‘zdan kechirish yoki o‘tkazib yuborish: Agar kitob sizning maqsadlaringizga taalluqli bo‘lmagan ma'lumotlarni o‘z ichiga olsa, bo‘limlarni o‘tkazib yuborishingiz yoki ko‘zdan kechirishingiz mumkin. Sizning qiziqishlaringiz yoki ehtiyojlaringizga mos keladigan qismlarga e'tibor qarating.
4. Tadqiqot: Kitobning sharhlari, xulosalari yoki tahlillarini qidirib toping va boshqalar undan nimalar olganligini bilib oling. Bu sizga kitob foydalari yoki kamchiliklarini bilishga yordam berishi mumkin.
5. Chetga surib qo‘ying: Kitob hali ham sizga foyda bermayotgan bo‘lsa, uni bir chetga surib qo‘yganingiz ma'qul. Har bir boshlagan kitobingizni oxiriga yetkazishingiz shart emas. Sizning vaqtingiz qimmatlidir, shuning uchun sizga ko‘proq qiymat beradigan adabiyotlar mutolaasiga kirishing.
Davomi bor... 50 ta reaksiyadan so'ng😉
t.me/Book1tob
#bolakay
Barini bilamiz, lekin hech nima qilmaymiz. O‘zbek bolalar adabiyoti ochiq yaraga o‘xshaydi — davosini ko‘pchilik biladiyu, amalda harakat sezilmaydi.
*nashriyotga tegishli, balki uyingizdagi kutubxonaga ham
t.me/Book1tob
Xullas yigit judayam koʻp kitob oʻqir ekan. Buni boshida bilib olganingiz yaxshi.
Qiz: "Tugʻilgan kunimga nima sovgʻa qilmoqchisiz?"
Yigit: "Sen uchun bu judayam foydali boʻlishiga ishonaman, molxonani".
Qiz: "Sizdan buni kutmagan edim, menga shuni, molxonani ravo koʻrasizmi?! Qanaqa hayot bu. Ortiq biz birga emasmiz, xayr".
Yigit oʻrindiqda oʻzi qolib, Jorj Oruell kitobda nimani xato yozgan edi ekan deb oʻylanib qolaverdi.
Bugun "Molxona" haqida gaplashamizmi?
t.me/Book1tob
#bolakay
Bolasiga qanday manbalar bilan ishlash, uni saralash, tahlil qilish, yolg‘onini rostdan ajratish ko‘nikmasini o‘rgatolmaydigan ota-ona ko‘p. Internetdagi son-sanoqsiz, chig‘iriqdan o‘tmagan axborotni bolaga shundayligicha beradiganlar ham topiladi. O‘g‘il-qizni hayotga tayyorlash, ongli shaxs qilib o‘stirishda tajriba va tarbiyadan tashqari yaxshi, zalvarli kitoblarni o‘qish-uqish zarur. “Bolalar adabiyoti nega kerak?”, degan savol ortiqcha aslida. Chunki bola odamlardan topolmagani, ota-onasi, ustozi o‘rgatmaganini kitobdan oladi, dunyoga munosabatini sevimli ertak qahramonlari, roman-qissalardagi kechinmalar, sarguzashtlar orqali shakllantiradi.
"Qizlarjon"dan ko'ra "Ey, o'g'lim"da ko'p narsa o'rgangan edim.
Tushungan tushundi:)
Tushirib qoldirilgan so'zni izohda yozing.
#bugun soat: 6:00
Sahar payti yomg'ir shig'alab yog'ishi, barglarning to'kilishi kuz kelayotganidan darak bermoqda.
O'zbekistonda yomg'ir ko'p yog'ishi va shamol kuchli bo'lishidan svet o'chib qolishi tabiiy hol.
Doimgiday telefoningni ham zaryadi o'chay deyapti.
Bunaqa paytda kitob mutolaasidan boshqa qanday foydali ish ham qilarding.
O'qiyverasan... o'qiyverasan... har 50 betda 5 daqiqa dam olasan va yana o'qishda davom etasan.
Shu bilan kitob tugadi; Svet yondi; Tashqarida muzlab o'tirmasdan uyga kir.
t.me/book1tob
Eng to’g’ri qaror
Yaxshi kayfiyatda boshlagan suhbatlarim foydali o’tyapti.
Yomon kayfiyatda boshlasam uzoqqa bormayapti. Maqsadga erishilmayapti.
Yaxshi kayfiyatda yozilgan postlar foydali bo’lyapti.
Yomon kayfiyatda yozilganlari mahalla gazetasidan ham zerikarli chiqayapti.
Yaxshi kayfiyatda kitob o’qisam o’rganyapman.
Yomon kayfiyatda o’qisam - uxlab qolyapman.
Falokat, kutilmagan muammo, boshqalarning xatolari - ko’p ishlar ta’sir doiramizdan tashqarida. Boshqara olmaymiz.
Yaxshi kayfiyatda bo’lishimizni esa boshqara olamiz. Boshqara oladiganlarimiz ichida hayotimizga eng katta ta’sir qiladigan qaror - kayfiyatimiz haqidagi qaror.
Yaxshi kayfiyatda bo’lishni tanlang. Qolgani o’zi kelaveradi.
© azizrakhimov_blog
#new
Rauf Parfi haqida ko'p narsa bilmayman, bilganim yaxshi shoir ekanligi xolos. Bugun kitob do'koniga kirib qaysi kitobni sotib olsam ekan deb 2 marotaba aylandim. So'ngra soni 1 yoki 2 donadan turgan kitoblarga ko'zim tushdi va varoqlay boshladim. Har birini qo'limga olib, istagan betimni ochib she'rdan parchalar o'qidim ( ichimda "yaxshi, yaxshi yozilibdi", "obbo oldim-kuydimdan nariga o'tmabdiyu", "zo'r uslubda yozilganga o'xshaydi, ammo buni yaxshi tushunmasam kerak" deb o'ylardim ). Xullas ohirgi qarorim Rauf Parfi bo'ldi, negaki "yangilar" doim ham men istaganday chiqmaydi. Ikkinchi sabab esa Akademnashr tomonidan chop etilgani bo'ldi.
Ohirgi marta qaysi kitobni xarid qildingiz?
t.me/book1tob
Assalomu alaykum va rohmatullohu va barakatuh
Kitobxonlar uzoq muddatli tanaffusdan soʻng biz yana qaytdik:
Shartlar juda oddiy 👇
~1 Roʻyhatdan oʻtasiz (ism-familiya)
~2 1-sentyabrdan guruh Istagan kitobingizni o'qishni boshlaysiz
~3 Har kuni kamida 20 bet kitob o'qilishi shart!
~4 Kitob nomi va o'qilgan bet nazorat qilinadi
~5 3 kun kitob o'qimagan ishtirokchi chetlashtiriladi.
/channel/kitob_marafon1
#iqtibos
Moliyaviy bilimsiz, ko'rimsiz maqsadli, pulni qanday ishlatishni bilmaydigan yoshlar xarajatlari daromadlariga nisbatan ko'p bo'lgan bu dunyo bilan yuzma-yuz chiqishga hali tayyor emaslar.
*kitobdan
t.me/book1tob
1000 ta odamga 26 ta kitob
Sizningcha, nega bu statistika yildan yilga kamaymoqda?
p.s Bugun muammolar haqida gaplashamiz shekilli
t.me/Book1tob
#taqriz
"Molxona" | Jorj Oruel
Mohir hikoyachi va inson tabiatini sinchkovlik bilan kuzatuvchi Jorj Oruell "Molxona" asarida yana bir bor jamiyatning qorong'u tomonlarini chuqur o'rganadi. Bir so'z bilan aytganda, Sobiq Sovet Ittifoqi mustabid tuzumining g‘aroyib “o‘yinlari” asar mazmuniga singdirib yuborilgan.
Oruellning yozish uslubi ham hayajonli, ham kuchli. U hayvonlar fermasining shafqatsizligi va baxtsizligini yaqqol aks ettiradi, o'quvchilarni o'z vaqtida tutun bosgan osmon va yer haydash mashinalari birlashib, abadiy qorong'ulik muhitini yaratadigan joyga olib boradi. Uning fermadagi zulmkor muhit haqidagi ta'riflari shunchalik seziladiki, deyarli bu qabihliklarni tatib ko'rish va umidsizlik yukini his qilish mumkin.
"Molxona" dagi asar syujetining rivojlanishi ayniqsa diqqatga sazovordir. Oruell shafqatsiz kapitalizm oldida insoniyat eroziyasini mohirona tasvirlab, shaxslar va ularning munosabatlariga olib keladigan halokatli zararni ta'kidlaydi. Ushbu mavzular, garchi o'tmishda ildiz otgan bo'lsa-da, zamonaviy dunyoda ham hanuzgacha dolzarb hisoblanadi.
Asar qahramonlari - oddiy hayvonlar. Lekin ularni "oddiy" deb atash mushkul, sababi ularda ramziylik yashirin, siz va jamiyat orasida bo'lib turadigan o'xshashliklar yashirin.
Ushbu asarni o'qish davomida 2 ta makonni his qildim: asar boshida - SSSR davlati rahbarlari, o'rtasida - hayvonlar fermasiga achinish va ohirida yana sovet tuzumiga qaytish.
Xo'sh, asar qahramonlari haqida yana nima deyish mumkin?
O'zingizga yoqqan iqtibosni komentariyada qoldiring.
t.me/Book1tob
#bilarmidingiz
“Bi-bi-si”ning eng yaxshi bolalar kitoblari ro‘yxatining kuchli o‘nligidan quyidagi asarlar o‘rin olgan:
1. Moris Sendak. “Where the Wild Things Are” (o‘zbek tiliga tarjima qilinmagan);
2. Lyuis Kerroll. “Alisa mo‘’jizalar olamida”;
3. Astrid Lindgren. “Uzunpaypoq Peppi”;
4. Antuan de Sent-Ekzyuperi. “Kichkina shahzoda”;
5. J.R. Tolkin. “Hobbit”;
6. Filip Pulman. “Northern Lights” (o‘zbek tiliga tarjima qilimagan);
7. Klayv Steyplz Lyuis. “Arslon, jodugar va kiyim javoni”;
8. Alan Miln. “Vinni Pux”;
9. Elvin Bruks Uayt. “Charlotte's Web” (o‘zbek tiliga tarjima qilinmagan);
10. Roald Dal. “Matilda”.
Umumiy ro‘yxatda esa “Shum bola” 73-o‘rinni egallagan. Hech bo'lmasa kinosini ko'rib qo'ying 👇
Ko'rish
t.me/Book1tob
#bolakay #suhbat
— Bolaning kitobxon bo‘lishi ko‘p hollarda ota-onaga bog‘liq. Lekin muhitning ham ta’siri bor. Nemislar mittivoylarini qanday qilib kitobxonga aylantira olishadi?
— Germaniyadagi ota-onalarning farzandiga olib beradigan birinchi o‘yinchog‘i ko‘pincha kitob bo‘ladi. Chunki bu yerda kitobning qadri baland va ko‘p o‘qiladi. Ota-ona erta yoshdanoq bolasiga suratli kitoblarni muntazam o‘qib beradi, rasmlarini birga tomosha qiladi. Bola hali yoshiga to‘lmay kitob taniydi, endi tili chiqayotganining so‘z boyligi sevimli asaridagi dialoglar bilan boyiydi.
Beparvolik immunitetini hosil qilish
Telefoningizni har 15 daqiqada tekshiravermaslik, ya'ni "beparvolik immunitetini" hosil qilish hamda muhim ishlarga fokus qilish bugungi dunyodagi muvaffaqiyat uchun kerakli eng muhim skill deyish mumkin.
Yengil choralar
➡️ Telefoningizdan 2-3 ta juda muhim ilovadan tashqari barcha ilovalarda badgelarni (ilova chetida turadigan qizil rangdagi sonlar) o'chirib qo'ying. Bu kabi badge turgan holatda odamlar uni ochib ko'rmaguncha tinch tura olmaydi. Qanday qilishni pastda link qoldiraman
Samsung | Xiaomi | iPhone
➡️ Muhim bo'lmagan ilovalarda umuman notificationlarni o'chirib qo'ying. Shu narsa o'ziyoq o'sha ilovadan foydalanishni ancha kamaytiradi. Tepadagi havolalardan buniyam qanday qilishni bilib olsangiz bo'ladi
➡️ Ish/O'qish paytida telefoningizni boshqa xonada qoldiring. Internet va lug'atlar uchun noutbukdan foydalaning va unga iloji boricha ijtimoiy tarmoqlarni o'rnatmang
O'rtacha choralar
➡️ Screen timeni o'lchovchi ilovalar ishlating. iPhone'da bu narsa oldindan bor. Samsung va Xiaomi yangi versiyalaridan boshlab qo'shilibdi
Samsung | Xiaomi | iPhone
➡️ Screen time bir kunda 3 soatdan oshsa demak buni kamaytirish haqida jiddiy o'ylab ko'rishingiz kerak. Eng ko'p vaqtingizi olayotgan ilovalar yoki kategoriyalarga 2 soatdan ko'p bo'lmagan cheklov qo'ying
➡️ Ilovalarni berkitib qo'ying. Bunda ilova menuda ko'rinmaydi, lekin to'liq o'chib ham ketmaydi. Kerak paytda ochib ishlatish mumkin bo'ladi. Bu o'sha ilova ko'zingizga yanayam kamroq tashlanishiga yordam beradi.
Samsung | Xiaomi | iPhone
Ekstrimal choralar
➡️ iPhone ishlatsangiz Focus rejimidan foydalaning. Ayniqsa Work rejimini ma'lum soatlarda (9:00-15:00 oralig'i masalan) avtomatik yonadigan qilib qo'yish juda foyda beradi. U vaqt oralig'ida faqat ma'lum ilovalar sizga eslatma yubora oladi. Agar ishingiz Telegramga bog'liq bo'lsa, faqat ish uchun alohida akkaunt ochib u yerda hech qanday kanalga obuna bo'lmang
➡️ Yangi versiyadagi Samsung va Xiaomi ishlatsangiz yaqinda qo'shilgan yuqoridagi kabi Focus rejimini ishlating
Samsung | Xiaomi
➡️ Eskiroq versiyadagi Xiaomi ishlatsangiz Second Space (Ikkinchi Muhit) funksiyasini yoqib ish paytida unga o'tib oling
➡️ Yuqoridagi choralardan keyin ham biror ilovalarda juda ko'p vaqt o'tkazayotgan bo'lsangiz va u ishga oid bo'lmasa uni shunchaki o'chirib tashlang
➡️ Ilovani o'chirib tashlab bo'lmaydigan bo'lsa qo'shimcha ilovalar orqali ularni to'liq disable qilib qo'ying. iPhoneda bu muammo yo'q. Android telefonlarda (masalan YouTube, Chrome kabi ilovalar uchun) ushbu usulni ishlatishingiz mumkin
Eng asosiy qoidalar
🗑 Agar siz content creator yoki bloger bo'lmasangiz Facebook, Instagram, TikTok va Twitter kabi ilovalarni umuman o'chirib yuboring. Hayotingiz ularsiz ham davom etadi, ishoning. Hech qanday o'zgarishsiz davom etadi
😒 Telegramdagi stories qismiga shunchaki e'tibor bermaslikni odat qiling. U yerda kimdir yoki reklama qo'ygan bo'ladi yoki shaxsiy hayotini ko'rsatayotgan bo'ladi. Hech kim sizga muhim xabarini story orqali yubormaydi
❗️ Juda shoshilinch tarzda sizga aloqaga chiqmoqchi odam sizga qong'iroq qiladi. Telegramdan yozib qo'yib kutib o'tirmaydi. Telegramda sizga qong'iroq qilishni aniq bloklash kerak odamlardan tashqari hamma uchun ochib qo'yavering
🆕 Muhim yangiliklarni birinchilardan eshitishingiz har doim ham shart emas. Shu darajada muhim bo'lsa kimdir aytadi, albatta.
O'qish uchun tavsiya etiladigan kitoblar
🖋 Samaradorlikning 21 yo'li — Brian Tracy
🖋 Deep Work — Cal Newport
🖋 Beparvolik nozik san'ati — Mark Menson
🖋 Atom odatlar — James Clear
🖋 Digital Minimalism — Cal Newport
Albatta ko'rish kerak bo'lgan video
🎤 The Reality of Human Beings
#time_management
© musayev_blogi
t.me/Book1tob
Farg'onada shunday joy bor ekanu, bilmay yurgan ekanmiz.
Bu yashilliklarni ko'rib, ekologiyani qanchalik asrashimiz muhimligini tushundim. Ertaga farzandlarimiz qanday hayotda yashashini istasak, shunga yarasha hozirdan harakat qilishimiz kerak.
🍀 t.me/Book1tob
#bolakay
Bola yoshligidan kitob o'qishi ko‘plab foyda keltiradi, ammo quyida ularning asosiy beshtasi bilan tanishasiz:
1. Nutqni rivojlantirish: O‘qish bolaning so‘z boyligini, til ko‘nikmalarini va tushunish qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi.
2. Kognitiv rivojlanish: Bu bolaning tasavvurini, tanqidiy fikrlashni va muammoni hal qilish qobiliyatini rivojlantiradi.
3. Bog'lanish va hissiy aloqa: Birgalikda o'qish bola va ota-ona o'rtasida kuchli hissiy aloqani mustahkamlaydi.
4. Ilmiy muvaffaqiyat: Muntazam o‘qish ilmiy samaradorlikni oshirishi va ilm olishiga umrbod muhabbat uyg‘otishi mumkin.
5. Ijtimoiy va hissiy qobiliyatlar: Hikoyalar ko'pincha kerakli hayotiy saboqlar va his-tuyg'ularni beradi, bolalarga o'z his-tuyg'ularini yaxshiroq tushunish va ifoda etishga yordam beradi.
t.me/book1tob