buvaydaakm | Unsorted

Telegram-канал buvaydaakm - Buvayda Axborot-kutubxona markazi

696

KITOB ÓQIMAGAN MILLATNING HAM, INSONNING HAM KELAJAGI YÓQ! SH. MIRZIYOYEV

Subscribe to a channel

Buvayda Axborot-kutubxona markazi

#kun_tarixi
#Buvayda_AKM

Читать полностью…

Buvayda Axborot-kutubxona markazi

#kun_tarixi
#Buvayda_AKM

Читать полностью…

Buvayda Axborot-kutubxona markazi

#Qisqa_hikoya
#Buvayda_AKM
#Mo‘jizaga_ishoning

Qadimda bir kichik qishloqda Shohrux degan bolakay yashardi. U to‘polonchi, sho‘x, har kuni ko‘zining tagi ko‘karib kelardi. Qish kunlarining birida Shohrux o‘rtoqlari bilan tortishib qoldi. U o‘rtoqlariga “Qorbobo faqat ertaklarda bo‘ladi”, – deb qichqirar edi. So‘ngra o‘rtoqlariga Qorboboning yo‘qligini ishontirish uchun hech kimga aytmasdan ularni uzoq o‘rmonga boshlabdi.

Shohrux va uning o‘rtoqlari uzoq yo‘l yurib o‘rmon ichidagi bir kulbani ko‘rib qolishdi. Kulbani oldiga borib, derazadan mo‘ralashdi. Derazada ayoz solgan naqshlar ko‘p bo‘lgani uchun ular hech narsani ko‘ra olishmadi. Bolalar sovuqdan qaltirab kulbaning eshigini ochishga urinishdi. Eshik go‘yo ochilgisi kelmay yopilaverdi. “Kim bor uyda?” – deb so‘rashdi. Derazadan bir nuroniy yuzli, soqoli uzun chol qarab dedi: – “Faqatgina mo‘jizaga ishonganlar bu kulbaga kira olishadi”. Shu payt Shohruxning hamma o‘rtoqlari xursand bo‘lib kulbaga kirishdi va salomlashishdi. Chunki ular qorboboga ishonishar edi. Shohrux ham kirmoqchi edi, ammo eshik uni ichkariga qo‘ymadi. So‘ngra Shohrux jahl bilan ortga qaytmoqchi bo‘ldi. Ammo qancha urinmasin, ortiga ham qayta olmadi.

Bir-ikki soatdan so‘ng eshik taqilladi. Chol eshikni ochsa, Shohruh sovuqdan qaltirab turganmish: “M.. mm.. men ham endi mo‘jizaga ishonaman, – debdi past ovozda. Qorbobo Shohruxni uyiga kiritibdi. Ular biroz suhbatlashgach Qorbobo bolalarni uylariga chanada olib borib qo‘ydi.

Yangi yil tongida Shohrux va uning do‘stlariga uylarida sovg‘alarni qorbobo ulashdi. Shohruh shu kundayoq hammaga bu hikoyani aytib beradigan bo‘ldi. Hozirda Shohrux ertakchi bobo bo‘lgan. “Har qanday mo‘jiza eshik ortida bo‘ladi”.

@AKT_mutaxassisi👆

Читать полностью…

Buvayda Axborot-kutubxona markazi

#motivatsiya

🌿Bu zaminda bir marta yashaysan...

Shunday ekan, xatoga yoʻl qoʻysang uzr soʻra, shod boʻlsang mamnuniyat izhor qil, odamlarga goʻzal xulq bilan muomalada boʻl. Kim goʻzal xulqi bilan ziynatlansa, uning xushboʻy isi tuproq ostida ham ufurib turadi.

🍀Bugun hayotingizdagi eng baxtli unutilmas kun boʻlsin!!!

@AKT_mutaxassisi

Читать полностью…

Buvayda Axborot-kutubxona markazi

Bonu Mamajonova - Bolam | Бону Мамажонова - Болам (sher 2021)

Читать полностью…

Buvayda Axborot-kutubxona markazi

#Iqtibos

Kayfiyatim yoʻq edi, degan gapga ishonmang. Insonga nisbatan haqiqiy munosabat kayfiyat yoki sharoitga bogʻliq emas.

©Virjiniya Vulf 

t.me/Buvaydaakm1

Читать полностью…

Buvayda Axborot-kutubxona markazi

#motivatsiya
#Baxt_nima????
#Buvayda_AKM

-Baxt bu olayotgan nafasing, his qilayotgan qalbing, tanangni sog‘ligi baxt aslida.....

🍀Baxtli boʻlish barchamizning hayotdagi maqsadimiz. Baxtiyorlikka intilish qanchalik xudbinlik boʻlib koʻrinmasin, har bir inson baxtga munosib.

🍀Koʻpchilik baxt, bu – xohlaganimizga erishish va ehtiyojlarimizni qondirish, deb hisoblar ekan. Ammo izlanishlar chinakam baxtiyorlik hissi insonda nimanidir olish bilan emas, boshqalarga berish bilan tugʻilishini koʻrsatmoqda.

🍀Shu sababli ham, yaxshilik va baxtiyorlik bir-biriga uzviy boʻlib, yaxshilik qiluvchi odamlar boshqalardan koʻra oʻzlarini koʻproq baxtli his qilar ekanlar.

t.me/Buvaydaakm1

Читать полностью…

Buvayda Axborot-kutubxona markazi

#O'chmas_umir_yo'llari
#Buvayda_AKM

Bugun ham Axborot-kutubxona  markazi  hodimlari Buvayda tumani Yog‘du ko'chasida yashovchi Rasulqori hofiz Mamadaliyevning qizi Rohatoy Mamadaliyevaning honadonida bo‘lishdi. Rohatoy aya bilan dildan suhbatlashishdi. Rohatoy aya otasi haqidagi barcha hotiralari bilan o‘rtoqlashdi. Rasmlari va o'zlari haqida ma‘lumot berdi. Ijodkor haqida qancha gapirsak shuncha oz. Farzandlari va nabiralari ham bobosining izidan ketayotganini ko'rib biz ham juda quvondik. Hurmatli kitobxonlar bizni kuzatishda davom eting yaqin kunlarda Rasulqori hofiz Mamadaliyevning oilasi bilan farzandlari bilan yana bundanda kengroq davra suhbati o'tkazamiz. Siz azizlarga manzur bo‘ladi degan umiddamiz.

Читать полностью…

Buvayda Axborot-kutubxona markazi

#Buvayda_AKM
#sevimli_yozyvchi
#SAID_AHMAD_hayoti_va_ijodiga_bag‘ishlangan

Читать полностью…

Buvayda Axborot-kutubxona markazi

#kunkishisi

Bugun 10-iyun - Said Ahmadning tug'ilgan kuni

🔹 Said Ahmad (Husanxoʻjayev Saidahmad) 1920-yil 10-iyunda tug‘ilgan.
🔹 Oʻzbekiston xalq yozuvchisi. “Tortiq”, “Er yurak”, “Fargʻona hikoyalari”, “Choʻl burguti”, “Choʻl oqshomlari”, “Odam va boʻron” kabi hikoyalar toʻplamlari chop etilgan.
🔹 “Ufq” trilogiyasi, “Jimjitlik” romani, “Kelinlar qoʻzgʻoloni”, “Kuyov” komediyalari adib ijodida alohida oʻrin tutadi.
🔹 Bundan tashqari “Xandon pista”, “Bir oʻpich bahosi” hajviy toʻplamlari, “Yoʻqotganlarim va topganlarim”, “Qorakoʻz majnun”, “Kiprikda qolgan tong” kitoblari oʻquvchilar mehrini qozongan.
🔹 2005-yil 5-dekabrda Toshkentd shahrida vafot etgan.
🔹 2013-yil 10-iyun kuni Toshkent shahrida Said Ahmad va uning rafiqasi shoira Saida Zunnunova xotirasiga bagʻishlangan haykal-kompozitsiya ochildi.

Читать полностью…

Buvayda Axborot-kutubxona markazi

Хар кимни жуфтидан қўймасин!

Сайраган ҳар қуш ҳам Булбул бўлмайди.
Севдим деган билан Кўнгил тўлмайди.
Бегона ҳеч қачон Сингил бўлмайди.
Ҳар кимни жуфтидан Қўймасин Аллоҳ.

Ўзгадан ёрингиз Меҳрин изламанг.
Вақтинча хушомад Сеҳрин кўзламанг.
Сени севдим дея Ёлғон сўзламанг.
Хар кимни жуфтидан Қўймасин Аллох.

Хар ким тақдирига Битилгани бор.
Кимлардур бир фарзанд Тирноғига зор.
Сизга шу неъматни Ҳадя қилган ёр.
Хар кимни жуфтидан Қўймасин Аллоҳ.

Оила муқаддас Поёни йўқдур.
Вафодор бўлсангиз Кўнгиллар тўқдур.
Ҳиёнат йўллари Беаёв чўқдур.
Ҳар кимни жуфтидан Қўймасин Аллох.

Топган тутганингиз Тўйга буюсин.
Кулбами кошона Уйга буюрсин.
Сиздан оилангиз Жабр кўрмасин.
Хар кимни жуфтидан Қўймасин Аллоҳ.

/channel/Buvaydaakm

Читать полностью…

Buvayda Axborot-kutubxona markazi

КУТИЛМАГАН, АММО ҲАҚ БЎЛГАН ҚАСОС.

Бир киши қассоб бўлиб ишларди. Тонгдан олдин жонлиқларни сўяр, қуёш чиққанда дўконини очар,
куни шундай ўтарди. Кунларнинг бирида шомдан кейин уйига қайтаркан, эшикни қоқмасидан олдин, қоронғу, панароқ жойда қичқириқ эшитди. Шошилганча ўша ерга борди. Қараса, бир одамни пичоқлаб кетишибди. Қассоб пичоқни ундан суғириб
олди. Ёрдам бериш мақсадида у одамни кўтарди.
Унинг танасидан селдек оқаётган қон уст - бошини булади. Бир неча дақиқа у вафот этди. Ҳеч қанча
ўтмай оломон йиғилди. Қассобнинг қўлидаги пичоқни кўриб уни қотилга чиқаришди. Қўлга олинди. Маҳкамада суд бўлиб ўтди. Уни ўлимга ҳукм
қилишди.
Ўлим ижро этиладиган жойга келтирилганда у бор овози билан бақириб деби:
- Эй халойиқ, Аллоҳга қасам, мен бу одамни ўлдирмадим. Аммо, бундан йигирма йил олдин бир
инсоннинг ҳаётига зомин бўлганман. Мен одамларни
у соҳилдан бу соҳилга элтувчи қайиқчи эдим. Бир куни қайиғимга бир гўзал қиз онаси билан бирга ўтирди. Унга маҳлиё бўлдим. Орадан икки - уч кун
ўтиб яна келишди. Уни тез - тез кўрадиган бўлдим. Нигоҳларимиз тўқнаш келар, бир - биримизга илиқ туйғулар пайдо бўлганди. Совчи қўйдим. Отаси фақирлигим сабаб менга қизини муносиб кўрмади. У қиз ва онасини қайтиб қайиғимга ўтказмади. Уни умуман кўрмадим.
Орадан чамаси уч йил ўтди. Бир куни қайиғимга ёш аёл бир ярим, икки ёшли гўдак билан ўтирди. Қайиқ эшкагини эшарканман, тўсатдан кўзим у аёлга тушди.
Ҳа, бу ўша, менинг маҳбубам эди. Хурсанд бўлиб кетдим.
- Қани аҳдга вафо, мени эсладингми? - дедим.
- У кўзларимга қарамай, мен турмушга чиқдим. Бу менинг ўғлим - деди.
Аламим, ҳасадим келиб кетди. Ғафлат кўзларимни қоплади. Унга яқинлашдим. У қичқириб:
- Аллоҳдан қўрқинг! - деди. Ўзини ҳимоялашни бошлади. Боласи ҳам йиғлай бошлади. Кўзларим
болачага тушди - ю уни забт кўтариб дедим: - Айтганимга хўп, дегин, бўлмаса боланг ўлади!
Боланинг бошини сувга тиқдим. У типирчилай бошлади. Сўнг чиқардим. Аёл қўли билан кўзларини юмиб олар, лекин иффатсизликка рози бўлмасди.
Охирги бор ундан сўрадим, рози бўлмади. Боласининг бошини оёқ - қўллари ҳаракатсиз қолиб, жони узилгунига қадар сувга тиқдим. Жасадини сувга отдим. Навбат аёлга келганди. Уни ҳам рўмолини ечиб сочидан ушлаб бошини сувга тиқдим. Шу зайлда
қийнаб ўлдирдим. Сувга улоқтирдим. Бу ишимни ҳеч ким, бирор зоғ кўрмади.
Вақтлар ўтди, ҳеч ким аёл ва болани суриштириб келмади.
Ўзимга ўзим жазодан қутилдим деган эдим ушанда.
Лекин, кўриб турган Яратгувчи ҳаммасидан хабардор экан.
Мана кўриб турганингиздек барибир жазоми оляпман.
Бегуноҳ кишиларни умрига зомин бўлган эдим. Бегуноҳ бўла туриб ўлдирилябман.
Ўлим ижросини кўргани келган одамлар йиғлашди.
Сўнг у қатл қилинди.
Эй азизлар! Нима қилсангиз қилаверинг, барибир
ўзизга қайтади.
Ҳоҳ яхшилик, ҳоҳ ёмонлик.


/channel/Buvaydaakm

Читать полностью…

Buvayda Axborot-kutubxona markazi

🌿Xabaringiz bormi?!
Sizning dardlar va gʻamlar ila xarob boʻlgan vayrona koʻnglingizda, Haqning yashirin bir xazinasi bor...
Aqlingizni yigʻingda, ushbu vayron boʻlgan koʻnglingiz koʻchasini, hatto Bogʻdod shahri bilan ham alishtirmang..!
☘️Allohga qasam-ki, sizning ushbu birgina qorongʻu kechangiz, yuzlab kunduzdan yaxshiroqdir. Kechani bermang, kunduzni izlamang..
Ikki dunyoda ham Allohdan boshqa davlat yoʻq... Sizning har nimangiz boʻlsa, aslo Undan boshqasiga bera koʻrmang... Boringizni ham yoʻgʻingizni ham, faqatgina Unga bering...

— Rumiy

Читать полностью…

Buvayda Axborot-kutubxona markazi

#Beruniyni_anglaymiz

Читать полностью…

Buvayda Axborot-kutubxona markazi

Yoz o'tmoqda soz... – Telegraph
https://telegra.ph/Yoz-otmoqda-soz-06-09-7

Читать полностью…

Buvayda Axborot-kutubxona markazi

11-iyun "Butunjahon sklerozga qarshi kurash kuni"

Har yili may oyining oxirgi chorshanbasida dunyoning ko'plab mamlakatlarida Butunjahon sklerozga qarshi kurash kuni yoki Butunjahon skleroz kasalligi kuni nishonlanadi.
U 2009-yilda Xalqaro skleroz jamiyatlari federatsiyasi tashabbusi bilan kasallik, uning oldini olish va davolash haqida ma’lumot tarqatish, shuningdek, Ko‘p sklerozga qarshi Global Harakat doirasida milliy va mintaqaviy tashkilotlarning sa’y-harakatlarini birlashtirish maqsadida tashkil etilgan.
Ko'p skleroz - surunkali otoimmün kasallik bo'lib, miya va orqa miya nerv tolalariga ta'sir qiladi. Bu markaziy asab tizimining eng og'ir kasalliklaridan biri bo'lib, nogironlikka olib keladi. Ko'p sklerozning alomatlari xilma-xil va ko'p bo'lib, eng keng tarqalganlari orasida loyqa ko'rish, mushaklarning kuchsizligi, muvofiqlashtirish yoki xotira bilan bog'liq muammolar va surunkali charchoq. Bundan tashqari, ular asta-sekin o'sib boradi yoki paroksismal ko'rinadi.
Bugungi sana nafaqat og'ir tashxis bilan yashayotgan odamlarni eslash, balki o'z vaqtida tashxis qo'yish, muntazam tekshiruvlar va o'z sog'lig'iga g'amxo'rlik qilish muhimligi haqida gapirish imkoniyatidir.
Kun doirasida ko‘plab mamlakatlarda tibbiyot, jamoat va xayriya tashkilotlari aholini ushbu kasallik va uning haqiqiy oqibatlari haqida xabardor qilish maqsadida turli tadbirlar o‘tkazmoqda, ushbu masala bo‘yicha tibbiy forumlar, ma’rifiy ma’ruzalar va ilmiy-amaliy konferensiyalar, tashxis qo‘yish va tashxislash usullari bo‘yicha o‘tkazilmoqda. kasallikni davolash. Xayriya tadbirlari kasallikdan aziyat chekkanlar va ularning oila a’zolari uchun mablag‘ yig‘ish maqsadida o‘tkaziladi.

@AKT_mutaxassisi👆

Читать полностью…

Buvayda Axborot-kutubxona markazi

#Sheriyat_gulshani
#Buvayda_AKM

CHIDAYSAN, BOLAM

Jismimni ko‘tarib turibdi tuproq,
Yerning ustidaman, yo‘q zarra nolam.
O‘zi chorlar bir kun bag‘riga, biroq
Mensiz qolganingda chidaysan, bolam.

Hay dunyo, o‘zingni bir pulga sotding,
Kalava topding-u uchin yo‘qotding.
Men kabi oxiri g‘aflatda qotding,
Mensiz qolganingda chidaysan, bolam.

Inson ezgulikdan topgay farog‘at,
Nima zarur unga zulmu qabohat.
Kimdir urishtirib, qilgaydir rohat,
Mensiz qolganingda chidaysan, bolam.

Yerni ham, ko‘kni ham ayladim tavof,
Lekin hech biridan chiqmadi javob.
Bo‘g‘zimda «Nega?» deb qotdi bir xitob,
Mensiz qolganingda chidaysan, bolam.

Dunyoga boqmadim men aslo yovdek,
Goho to‘ssa hamki yo‘limni g‘ovdek.
Har holda gaplashdik ikki soqovdek,
Mensiz qolganingda chidaysan, bolam.

30.03.2015 y.
A.Oripov

@AKT_mutaxassisi👆

Читать полностью…

Buvayda Axborot-kutubxona markazi

#XAYRLI TONG!
#Buvayda_AKM

☀️ Assalomu alaykum! Yakshanba tongi muborak bo‘lsin!

Bugungi boshlanayotgan yangi kuningiz fayzli va barokatli bo‘lsin! Siz va yaqinlaringizni yaxshi kayfiyat aslo tark etmasin!


👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
t.me/Buvaydaakm1

Читать полностью…

Buvayda Axborot-kutubxona markazi

#Qisqa_hikoya
#Dunyoni_o‘zgartirmang

Qadim-qadim zamonda obod diyorni boshqargan bir qirol bo‘lgan ekan. Kunlarning birida u mamlakatning olis manzillaridan biriga yo‘l olibdi. Qirol avvallari bunchalik uzoq yo‘l yurmagani va yo‘llar o‘nqir-cho‘nqir bo‘lganligi sababli oyoqlari zirqirab og‘ribdi. Sayohatga chiqqaniga pushaymon bo‘lgan qirol mamlakatdagi barcha yo‘llarni mo‘yna bilan qoplashni buyuribdi......

@AKT_mutaxassisi

Читать полностью…

Buvayda Axborot-kutubxona markazi

📘 Hurmatli kitobxonlar! 📘

Bugun biz sizga sevimli jurnalimiz - Infolib haqida gapirib bermoqchimiz. Agar siz axborot, texnologiya va yangi g'oyalarga ishtiyoqli bo'lsangiz, unda siz to'g'ri joyga keldingiz.

🔹INFOLIB axborot-kutubxona madaniy-ma’rifiy, ilmiy-ommabop jurnal bo‘lib, u sizga eng so‘nggi va dolzarb yangiliklarni yetkazishga intiladi. Biz doimo ishlanmalarni kuzatib boramiz va atrofimizdagi dunyo qanday o'zgarib borayotgani haqida to'liq tasavvurga ega bo'lish uchun ilg'or texnologiyalarni tadqiq qilamiz.

🔹 INFOLIB, shuningdek, fikr va tajriba almashish uchun platformadir. Biz kitobxonlarimizni jurnal hayotida faol ishtirok etishga taklif qilamiz. Siz o'z fikrlaringiz va sharhlaringizni baham ko'rishingiz, savollar berishingiz va hatto maqolalaringizni nashr qilish uchun taklif qilishingiz mumkin. Birgalikda biz dinamik va o'zaro ta'sir qiluvchi hamjamiyatni yaratamiz. Bizga qo'shiling va Infolibning ajoyib dunyosiga sho'ng'ing!

Bizning yangiliklarimizni kuzatib boring.

Читать полностью…

Buvayda Axborot-kutubxona markazi

#Iqtibos

Baʼzan bizni tinglashlari uchun jim boʻlishimiz lozim. Baʼzan eslashlari uchun gʻoyib boʻlishimizga toʻgʻri keladi.

©Rey Bredberi

t.me/Buvaydaakm1

Читать полностью…

Buvayda Axborot-kutubxona markazi

O'chmas umir yo'llari – Telegraph
https://telegra.ph/Ochmas-umir-yollari-06-10

Читать полностью…

Buvayda Axborot-kutubxona markazi

Said Ahmad hayoti va ijodi – Telegraph
https://telegra.ph/Said-Ahmad-hayoti-va-ijodi-06-10-3

Читать полностью…

Buvayda Axborot-kutubxona markazi

#Kutubxonachidan_tavsiya
📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚
✍S. AXMAD
📚UFQ
📖''Ufq'' trilogiyasi O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekiston Qaxramoni Said Axmad ijodida alohida o‘rin tutadi. Trilogiyada XX asr o‘rtalarida xalq boshiga tushgan urush musibatlari, hijron alamlari, odamlar ko‘ksidagi armonlar yozuvchi iste'dodiga xos ehtiros, zo‘r ilhom bilan aks ettirilgan.
Asarda Nizomjon, Ikromjon, Jannat, Azizxon, Dildor, Asrora kabi teran, xalqchil, yorqin milliy obrazlar yaratilgan.
Aziz kitobxon! Ushbu kitobni maroq bilan o‘qiysiz degan umiddamiz.

Читать полностью…

Buvayda Axborot-kutubxona markazi

🌿Sizga aytsam... Odam bolasi yaralibdi-ki, ertangi kun ishonchi, orzu-umidlari bilan nafas oladi. Shu orzu-umidlar bois qalbida Ishq olovi lovillaydi. Siz biron marta umidsiz kishini, uning koʻzlarini koʻrganmisiz?!
Uning koʻzlari soʻnik, uning koʻzlarida gʻam-alam. Sizning koʻzlaringiz hech qachon unga uxshamasin doimo porlab tursin!
🌿 Sizga aytsam. Odam bolasiga suv va havo qanchalik zarur bulsa, shirin soʻz ham shunchalik zarurdir. Birgina shirin suz bilan inson kalbi togʻlar kabi yuksalishini bilasizmi?! Sizning ham aytar soʻzlaringiz doimo samimiy boʻlsin!
🌿 Sizga aytsam... Odam bolasi qalbidagi Rabbim bergan Muhabbat tuygʻulari sabab bir-biriga intilib yashaydi. Oʻzi har doim koʻrib, suhbatlashib, lekin, qadrini sezmay yurgan yaqinlarini bexosdan uch kun koʻrmay qolsa sogʻina boshlaydi. Oʻz xayotida ularning qanchalik oʻrni borligini seza boshlaydi. Ana shu maʼsum Sogʻinch hissi sizni, bizni hech qachon tark etmasin! Doimo ezgu tilaklar bilan bir-birimizni sogʻinib yashaylik!

Читать полностью…

Buvayda Axborot-kutubxona markazi

ТОПИЛАДИ

Дўстлар билинг ҳар замон,
Тилло, зар топилади,
Қулаб тушгани ҳар он,
Ўра- жар топилади.

Оқмасин кўз ёшимиз,
Ҳалолу,пок ошимиз,
Омон бўлса бошимиз,
Дўппилар топилади.

Олам аро ягона,
Борлигидир -шукрона,
Топилмас ота -она,
Дўсту, ёр топилади.

Не етсин саҳийликка,
Ҳасиснинг иши чикка,
Илинсанг яхшиликка,
Ёзда қор топилади.

Излаган топар имкон,
Омонат танларда жон,
Топилмас билинг инсон,
Бошқа ҳар топилади.

🖋 Хуршид Карим.


/channel/Buvaydaakm

Читать полностью…

Buvayda Axborot-kutubxona markazi

🌹АССАЛОМУ АЛАЙКУМ!🌹

🌹🌹ХАЙРЛИ ТОНГ🌹🌹


💐Бошлаб олган янги кунингиз муборак бўлсин! Ҳар бир эзгу ишларингизда Аллоҳ Ёр ва Ёрдамчингиз бўлсин!

🌺Тонгимиз - яхшилик билан бошлансин, хонадонларимиздан тинчлик тотувлик, барака аримасин.

🌸Бу кунда Аллоҳ дуоларимизни ижобат, фарзандларимизга салоҳият, ибодатларимизга гўзаллик, ризқимизга барака берсин!🤲

💐 Хонадонингизни файзу-барокат тарк этмасин!🤲

/channel/Buvaydaakm

Читать полностью…

Buvayda Axborot-kutubxona markazi

#hayot_falsafasi
#Buvayda_AKM

🌿Odamlardan farishtalikni talab qilmang...

☘️Chunki bu dunyoda ojiz bandalar yashaydi farishtalar emas... Har birimiz adashamiz, xato qilamiz, bilib bilmay kimnidir koʻngliga ozor beramiz....

☘️Lekin koʻnglimizga ozor bergan oʻsha yomonni ham, qandaydir bir yaxshi xislati.....biz uchun eng mukammal boʻlgan insonni ham bir yomon odati boʻladi...

☘️Bizga ozorlarni eslab yurmasligimiz uchun Unutish va Kechirish tuygʻulari berilgan... Agar kechira olmasak demak biz ham yaxshi odam emasmiz.....

🌱Shunday ekan yomon odamlar yoʻq... shunchaki yomon odatlar bor xalos....
🌱Yaqinlaringizdan va doʻstu yoringizdan kichkina yomon odati uchun voz kechmang... kechiring... unuting!...

Читать полностью…

Buvayda Axborot-kutubxona markazi

#tilga_ko'chgan_misralar
#Ko'nglim_yaproqlari
#Mohichehra_Mamatqulova
#Otam_va_Onam
#Buvayda_AKM

Читать полностью…

Buvayda Axborot-kutubxona markazi

SAVOL-JAVOB – Telegraph
https://telegra.ph/SAVOL-JAVOB-06-09

Читать полностью…
Subscribe to a channel