#lavhalar
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida "Kitobxon onalar" klubining navbatdagi onlayn hamda oflayn tarzda davra suhbati bolib otdi.
Tadbirda Buvayda tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari ZOOM platformasi orqali ishtirok etishdi.
Assalomu alaykum hurmatli mutaxasislar Dunyoning ishlari Utkir Hoshimov kitobining pdf kk edi iltimos tashlab bering
Читать полностью…#TABRIK
#Buvayda_AKM
Dunyo bir bog'dir, mevasi inson,
Insonning mag'izi e'tiqod-iymon.
Iymonga quvvatdir xur-u salovot,
Ahli islom shodligi HAYIT muborak!
Buvayda tumani Axborot-kutubxona jamoasi barcha vatandoshlarimizni Qurbon hayiti bilan muborakbod etadi.
Sizga va oila a’zolaringizga avvalo sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, tilaymiz!😊
#kitob_tavsiya
📚"Qulayotgan tog‘lar "
✍️ Chingiz Aytmatov
📝 Chingiz Aytmatov hayotining oxirgi yillarida «Qulayotgan tog‘lar» «Mangu qayliq» deb atalgan romanini yozdi. Unda bozor iqtisodiga o‘tayotgan, shiddat bilan globallashuv jarayonlariga kirib borayotgan hozirgi dunyoning ma’naviy-iqtisodiy muammolarini Qirg‘iziston, Markaziy Osiyo voqeligi, odamlar taqdiri, turmushi, ongida ro‘y berayotgan keskin, og‘riqli o‘zgarishlarga chambarchas holda yoritdi.
📌 Tabiat, jamiyat, inson taqdirida yuz berayotgan rang-barang hodisalarni butun fojialari bilan birga yaxlit tasvirladi. Asar buyuk adib va donishmandning avlodlarga so‘nggi vasiyatiday o‘qiladi.
📌 Zullisonayn adib bu romanini rus tilida yozdi. U 2007-yilda Peterburgda nashr etildi. O‘zbek tiliga shu nashrdan tarjima qilindi.
26-iyun Xalqaro kechirim so‘rash kuni
Kechirim so‘rash
Qurbon hayitiga ham
xos fasilat.
Kimni xafa qilgan bo‘lsam,
Bag‘ri dilin tilgan bo‘lsam,
O‘zimni "Bek" bilgan bo‘lsam,
Do‘stlar meni kechiringlar.
Aytgandirman noo‘rin so‘z,
Boqqandirman olaytib ko‘z,
Ketgandirman yo burib yuz,
Do‘stlar meni kechiringlar.
Qovog‘imni uygandirman,
Tuzday ezib tuygandirman,
O‘zgalarni suygandirman,
Do‘stlar meni kechiringlar.
Yo‘llarimga intizorsiz,
Mehrimga ham balki zorsiz,
Yurgandirman e’tiborsiz,
Do‘stlar meni kechiringlar.
Balki yuzsiz g‘iybatchiman,
Ig‘vogar yo tuhmatchiman,
Ayirmachi, millatchiman,
Do‘stlar meni kechiringlar.
Balki so‘zi shakardirman,
Tili achchiq, zahardirman,
Ilondirman, ajdardirman,
Do‘stlar meni kechiringlar.
Balki xudbin, joxildirman,
O‘ta ketgan baxildirman,
O‘y-u fikri "pul, pul"dirman,
Do‘stlar meni kechiringlar.
Balki sudxo‘r, firibgarman,
Yo lafzi yo‘q bir rahbarman,
Yoxud xalqni ko‘p aldarman,
Do‘stlar meni kechiringlar.
Balki amal zo‘r qilgandir,
Boylik o‘jar, o‘r qilgandir,
Ko‘zlarimni ko‘r qilgandir,
Do‘stlar meni kechiringlar.
Quyrug‘i yo‘q tozidirman,
Kimni erka g‘ozidirman,
Kimning qo‘lda sozidirman,
Do‘stlar meni kechiringlar.
Balki qora yo oqdirman,
Shirin zabon "maddoh"dirman,
Oqibatdan uzoqdirman,
Do‘stlar meni kechiringlar.
El dardini o‘ylamasdan,
Miskanlarni qo‘llamasdan,
Yurgandirman yayrab maston,
Do‘stlar meni kechiringlar.
Qancha dovon, qir oshganman,
Balki yo‘ldan adashganman,
Kim bilandir talashganman,
Do‘stlar meni kechiringlar.
Bu oy nurli, sehrli oy,
Sahovatli, mehrli oy,
Shukrli oy - uzrli oy,
Do‘stlar meni kechiringlar.
Balki qancha gunohim bor,
Bo‘lgandirman iblisga yor,
Be ayb bir Parvardigor,
Do‘stlar meni kechiringlar.
Begi DO‘ST.
✍️ Britaniyalik yozuvchi Jorj Oruell antiutopiya janridagi asarlari bilan mashhur. "1984", "Molxona" asarlari jahon xazinasidagi eng zo‘r asarlardandir.
📌 E’tibor qilganmisiz Oruellning asarlariga murojaat hech qachon to‘xtamaydi. Aktuallik juda yuqori bo‘lgani uchundir? Quyida Jorj Oruell asarlaridagi iqtiboslar bilan tanishing:
💬 Agar sen ozchilik ichida bo‘lsang, yoki yolg‘iz o‘zing bo‘lsang - bu sening aqlsiz ekaningni bildirmaydi.
💬 O‘tmishni nazorat qilgan - kelajakni nazorat qiladi, hozirni nazorat qilgan - o‘tmishni nazorat qiladi.
💬 Odamlarni baxtni asosiy maqsadga aylantirmasa o‘zini baxtli his qiladi.
💬 Insonlari ojiz va notavon, ozodlik va haqiqatdan qo‘rqsa, demak ular kuchli hukmronlik va yolg‘on qurboni bo‘lgan.
💬 Erkinlik - ikki karra ikkini to‘rt deya olishdir.
💬 Barcha hayvonlar tengdir. Lekin ba’zilari boshqalardan ko‘ra ko‘proq teng.
TILGA KO'CHGAN MISRALAR – Telegraph
https://telegra.ph/TILGA-KOCHGAN-MISRALAR-06-26
#kun_tarixi
💉26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni 😭
Har yili 26-iyunda Xalqaro narkotik moddalarni suiiste'mol qilish va ularning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kuni nishonlanadi. Bu kun giyohvand moddalarni suiiste'mol qilish va noqonuniy savdosi, shuningdek, giyohvand moddalarning odamlar, oilalar va jamiyatlarga olib kelishi mumkin bo'lgan zararli ta'siri haqida xabardorlikni oshirishga bag'ishlangan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi ushbu kunni 1987-yilda giyohvand moddalarni suiiste'mol qilish va giyohvand moddalarning noqonuniy savdosiga qarshi global harakatni ilgari surish uchun ta'sis etdi.
Xalqaro narkotik moddalarni suiiste'mol qilish va ularning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kunining asosiy maqsadi giyohvandlik xavfi haqida xabardorlikni oshirish.
Keling, jamiyatimizdan giyohvandlik butunlay yo'q qilingan kelajak sari birgalikda harakat qilaylik.
Ozoringda
Ko'zyoshlarim sizib-sizib daryo bo'lsa,
Roziman-e azob berib ko'ngling to'lsa
Eslarmisan mendek g'arib agar o'lsa,
Jonim mening, ozoringda sinayverma.
Baxt senda-ku, shiringina xumorimsan,
Meni qishga tashlab ketgan bahorimsan,
Ishonchimsan lekin pinhon gumonimsan,
Jonim mening, ozoringda sinayverma.
Sen olovsan bag'ringda voh kuydiryapsan
Quchganim cho'g' lovillatib suydiryapsan
Muhabbatning dardlarini tuydiryapsan
Jonim mening, ozoringda sinayverma.
Seni sevgan yuragimga rahming kelsin,
Kuyuk bag'rim sovutguchi shamol yelsin
Endi bizday oshiqlarni kim deb bilsin,
Jonim mening, ozoringda sinayverma.
Qo'limdan tut baxtlar tomon ketay izlab,
Qalbimni xun qilma endi dardli bo'zlab,
Bilolmadim, yashayapsan neni ko'zlab,
Jonim mening, ozoringda sinayverma.
Sabrim tugal, ozoringda sinayverma.
✍Sug'diyona
#lavhalar
BUVAYDA TUMANIDAGI PONSOD MFYGA QARASHLI 24-DMTTDA AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI TOMONIDAN "KITOBXON ONALAR KUNI" TADBIRI O'TKAZILDI....
#Qutlov
✅Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi Ixtisoslashgan fond va majburiy nushalarni saqlash xizmati rahbari Ro'ziyeva Fazila Muxtarovna "Shuhrat" medali bilan taqdirlandilar.
💐Mukofotlar muborak bo'lsin, yutuqlaringiz bardavom bo'lsin, xalqimizga xizmat qilishdan hech qachon charchamang!
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
E'LON
Buvayda tumani Axborot-kutubxona markazida Qurbon hayiti munosabati bilan 28-29-30-iyun hamda 1-2- iyul kunlari dam olish kunlari hisoblanadi va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilmaydi.
3-iyul dushanba kunidan kitobxonlarga anʼanaviy tarzda xizmat koʻrsatish davom ettiriladi.
💐 🟥🟥🟥 💐
📣 Hurmatli jurnalistlar, axborot xizmati xodimlari, bloger va noshirlar!
🌺 Sizlarni 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbdan tabriklaymiz.
🌷Sizlarga mustahkam sog‘lik, o‘tkir qalam, kasbiy faoliyatingizda ulkan yutuqlar tilaymiz. Xonadonlaringizdan qut-baraka arimasin.
🏐 Xalqimizni xolis va haqqoniy axborot bilan ta’minlashdek mas’uliyatli vazifangizda kuch-quvvat yor bo‘lsin!
#Iqtibos
Seni so'rashadi... "O'ldi" deymi, yoki "Qaytadi" deymi? Aslida ikkisi ham imkonsiz emasmi? Chunki bilaman, zinhor qaytmaysan va yana shuni bilamanki, sen men uchun aslo o'lmaysan!
©️Patrik Jeyn
📚 Oslodagi Daykman jamoat kutubxonasi
🔵Bunday kutubxonalardan Oslo shahrida 20 dan ortiq bor, lekin rasmdagisi 2020-yilda ishga tushirilgan, go‘zal me’moriy yodgorlik desa ham bo‘ladi. Kutubxona 2021-yil dunyoning eng yaxshi kutubxonasi bo‘lgan.
🔴Kutubxona doimo gavjum, binoga istalgan odam bemalol kirishi, aylanishi mumkin. Sizni eshikda na militsiya xodimi, na kutubxona xodimlari tekshiradi. Kitoblardan foydalanish uchun esa ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi. Kutubxonadan ertalab soat 7:00 dan kech 23:00 gacha foydalanish mumkin.
🔵Kutubxonada yaxshi oshxona bor, printer, fotokopiya, 3D-printerlari bor. Kutubxonadan foydalanish tekin, lekin materiallar uchun, masalan, printer uchun ozgina to‘lash kerak bo‘ladi. Daykman kutubxonalarini jamoat kovorking markazi desa ham bo‘ladi. Faqat joy topib, o‘tirishga ulgursangiz bo‘ldi.
#Эълон
#бугун
Бувайда туманида ёшлар сайли
Бугун, 26-июнь куни кеч соат 19:00 да Бувайда тумани Додхо маҳалласига қарашли "Файз бинокор" маҳалласида "Янги Ўзбекистон ёшлари, бирлашайлик!" шиори остида ёшлар сайли ўтказилади.
Унда эстрадамизнинг энг машҳур санъаткорлари - Ўзбекистонда хизмат кўрсатган халқ артистлари Яхёбек Мўминов, Муҳсинбек Мўминов, Жўрабек Қодиров ва бошқа кўплаб санъаткорлар иштирок этадилар.
Барча тумандошларни мазкур фестивалга таклиф этамиз.
Манзил: Додхо маҳалласида жойлашган "Файз бинокор" маҳалласи ("Yangiqo‘rg‘on sity")
Мўлжал: Педагогика коллежи
Дўстларингизга юборинг 👉
Uluģimsan, yagonamsan, gòzal Vatanim – Telegraph
https://telegra.ph/Ulu%C4%A3imsan-yagonamsan-g%C3%B2zal-Vatanim-06-26
Farg’ona viloyatida eng yaxshi faoliyat olib borayotgan tuman va shahar hokimiga ovoz bering.
✍️Ovoz berish bu yerda
ovozlar 27 iyun soat 20:00ga qadar qabul qilinadi.
✅Obuna boʻling👉/channel/LiveTv_uz
#Iqtibos
Agar kimdur jim boʻlishini istasangiz, birinchi boʻlib oʻzingiz ovozingizni oʻchiring.
©️Annaeus Seneka
#motivatsiya
🌿Ba'zi xiyonatlar soddalik sabab kelmaydi, qadrsizlikdan, o‘z qadrini anglamaganlikdan, o‘zini haddan tashqari qurbon qilganlikdan keladi....
P/S: Sizga o‘zligini qurbon qilmaganlar oldida yer qadar egilmang! Keting va keching. Shunday mag‘rur keting-ki, bu ketishni qaytishi yo‘qligini doim his qilib turishsin!
#biz_tavsiya_etamiz
🎧 Audio kitob
📚 Asar nomi: Ayrilmas do‘stlar (0+) (rus xalq ertagi)
⚙️ Janr: ertak
🔢 Qismlar soni - 1 ta
📖 Har qanday vaziyatda boshqalarning mehnatini hurmat qilish lozim. Agar o‘zing ish boshlagan bo‘lsang, uni shunday bajarginki, toki boshqalar sening ishingdan hamisha qoniqish hosil qilsin.
❗️"Ayrilmas do‘stlar" audioertagimizda shu xususda so‘z boradi.