Bugun 21-avgust 2023-yil, dushanba.
👉 BAYRAMLAR:
🇺🇳 Xalqaro Terrorizm qurbonlarini Xotiralash va qadrlash kuni.
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇦🇹 Latviya - Konstitutsiyaviy qonun qabul qilingan kun.
🇷🇺 Rossiya - Ofitserlar kuni.
🇵🇭 Filippin - Ninoy Aquino kuni.
🇲🇦 Marokash - Yoshlar kuni.
🇺🇸 AQSh - Keksa fuqarolar kuni.
👉 VOQEALAR:
- 1192 - Yaponiyada imperator hokimiyati syogun - bosh qo'mondon hokimiyati bilan almashtirildi.
- 1393 - Amir Temur Bag‘dod sultonligini zabt etish uchun harbiy yurish boshladi.
- 1745 - Pyotr III va Yekaterina II ning nikoh marosimi bo‘lib o‘tdi.
- 1770 - Jeyms Kuk Avstraliyani Buyuk Britaniya mulki deb eʻlon qildi.
- 1825 - Odessada qadimgi davr muzeyi ochildi.
- 1831 - AQShda Nat Tyorner qo'zg'oloni boshlandi
- 1877 - Turk armiyasining Shipkaga hujumi boshlandi.
- 1911 - «Mona Liza» asari oʻgʻirlandi.
- 1916 - Peru o‘z betarafligini e'lon qildi.
- 1917 - Toshkent shahar dumasi Toshkentda universitet tashkil etish haqida qaror qabul qildi.
- 1932 - Venetsiyada birinchi xalqaro kinofestival bo'lib o'tdi.
- 1948 - Angliya Isroilning BMTga kirishiga veto qo'yishini e'lon qildi.
- 1957 - Tarixdagi birinchi “Р-7” qit’alararo ballistik raketasi yaratildi.
- 1959 - Gavayi AQSh ning 50-shtati maqomini oldi.
- 1968 - Varshava shartnomasi tashkilotining qo'shinlari Chexoslovakiyaga kiritildi.
- 1989 - “Voyager 2” tadqiqot zondi Neptun sayyorasining yo'ldoshi Triton tasvirini oldi.
- 1991 - SSSR da davlat toʻntarishga urinish barbod boʻldi.
- 1991 - Latviya o'z mustaqilligini tiklaganini e'lon qildi.
- 1993 - "Mars Observer" kosmik kemasi noma'lum sabablarga ko'ra yo'qolgan.
- 2004 - Aslan Masxadov boshchiligidagi chechen ayirmachilari Grozniyni egallab olishga harakat qilishdi.
👉 TAVALLUDLAR:
- 1165 - Filipp II (1223) - Fransiya qiroli (1180-1223).
- 1698 - Juzeppe Gvarneri (1744) - Italiyalik skripkachi.
- 1765 - Vilgelm IV (1837) - Angliya qiroli (1830-1837).
- 1826 - Karl Gegenbaur (1903) - nemis zoologi, qiyosiy anatomiya evolyutsion yo'nalishining asoschilaridan biri.
- 1926 - Mirahmedov Sodiq (1988) - genetik-seleksioner olim, Vasxnil akademigi (1976), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1976).
- 1935 - Yuriy Entin - shoir, "Uchquduq" qo'shig'i mualliflaridan biri.
- 1948 - Afzal Rafiqov - aktyor, Oʻzbekiston xalq artisti (2000).
- 1949 - Shahnoza Moʻminova - kulol, zamonaviy kulollik sanʼatining taniqli namoyandasi.
- 1954 - Igor Kistanov - balet artisti, Oʻzbekiston xalq artisti (1998).
- 1963 - Muhammad VI - Marokashning hozirgi qiroli .
- 1973 - Nikolay Valuev - og'ir vazn toifasidagi rossiyalik professional bokschi.
- 1973 - Sergey Brin - kelib chiqishi isroillik Amerika tadbirkori, hisoblash texnikasi, axborot texnologiyalari, iqtisod sohasida xizmat koʻrsatgan olim, milliarder, Google qidiruv xizmatining asoschilaridan biri.
- 1984 - Alize Jakote - Alizée taxallusi ostida taniqli fransuz qoʻshiqchisi, raqqosa va ovoz aktrisasi.
- 1986 - Useyn Bolt - yamaykalik yengil atletikachi, 8 karra Olimpiya chempioni, 11 karra jahon chempioni
- 1988 - Shahnoza Otaboyeva - xonanda.
- 1988 - Robert Levandovski - polshalik futbolchi.
BIZ BILAN QOLING!
"Ikki daqiqalik fikr" mashqi.
“Ikki daqiqalik fikr” diqqatni jamlash uchun foydali mashq hisoblanadi.
Qo’lingizdagi soatning daqiqani ko’rsatuvchi belgisiga ikki daqiqa qarab turasiz va
hech narsani o’ylamaysiz. Avvaliga hayolingiz boshqa narsalarga chalg’iydi, lekin
taxminan 21 kunlik mashqlardan so’ng diqqatingizni osonlik bilan jamlay olasiz.
Muvaffaqiyat yo’lida zarur bo’lgan muhim sifatlardan biri, uzoq muddat davomida
diqqatni jamlay olish qobiliyatidir. Diqqatni jamlash mushaklarini rivojlantirsangiz, hech qanday vazifa siz uchun mushkullik tug’dirmaydi.
@buvaydaakm1
#assalomu_alaykum
Dushanba tonggi muborak!
Kuningiz sermazmun va hissiyotlarga boy bòlsin
@buvaydaakm1 da qoling
#motivatsiya
🌿Sen baxtli yashash uchun, hayotdan zavqlanish, orzularga erishish va gʻolib boʻlish uchun dunyoga kelgansan! Unutma, toki tirik ekansan taslim boʻlishga haqqing yoʻq.
📚Misrda “Oʻtkan kunlar” romani arab tiliga tarjima qilinadi
Misrning Ayn Shams universiteti professori, yozuvchi, tarjimon Muhammad al-Jibali Abdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” romanini arab tiliga tarjima qilishga kirishdi.
☝️Muhammad al-Jibalining aytishicha, nihoyatda boy adabiy merosga ega oʻzbek adabiyoti durdonalari xorijiy tillarga tarjima qilinmagani uni ajablantirgan. Professor “Oʻtkan kunlar” romanining arab tiliga tarjima qilinishi, nafaqat Misr, balki butun arab dunyosida iliq kutib olinishiga ishonch bildirgan. Bu oʻzbek madaniyati, mintaqa tarixi, oʻzbekona odob-axloq bilan Yaqin Sharq xalqlarini yaqindan tanitishga misli koʻrilmagan darajada hissa qoʻshadi.
Romandagi oʻzbekona ruhni aks ettirish, tarjima sifatini oshirish maqsadida tarjima muallifiga mamlakatning Misrdagi elchixonasi madaniy masalalar boʻyicha attashesi Otabek Alimov, hozirgi paytda Qohirada istiqomat qilayotgan oʻzbekistonliklar Husan Abdumajidov, Saudiya Arabistonida yashab tahsil olgan yozuvchi va tarjimon Said Mahmud Kosoniy va boshqalar koʻmaklashmoqda. Asardagi baʼzi arab imlosida (eski oʻzbek yozuvi) bitilgan atamalarni asl holida saqlab qolish uchun romanning ilk nusxasi Abdulla Qodiriyning nabiralari tomonidan taqdim etilgan.
“Oʻtkan kunlar”ning arab tiliga tarjimasi romanning 100-yilligi arafasida 2024-yili tayyor boʻlishi va mintaqadagi eng yirik va nufuzli 55-Qohira xalqaro kitob yarmarkasida taqdim etilishi rejalashtirilmoqda
@buvaydaakm1
Hayotingizdagi quvonchli holatlarni hamisha eng avvalo ota-onangiz bilan bo'lishing. Biror ishda sizga ko'mak, maslahat kerak bo'lsa ham, avvalo, ota-onangizga murojaat qiling.
©️G'iyosiddin Yusuf (Ota-onamni yaxshi ko'raman) kitobidan
@buvaydaakm1
👀 Mandat qachon chiqarkin?
Goh yig‘ladik, goh kuldik,
Toqatni ham toq qildik,
Soniya o‘tar yildek,
Mandat qachon chiqarkin?
SMSlar mum yutgan,
Click bizni unutgan,
Bizlar intiqib kutgan
Mandat qachon chiqarkin?
Mandat bugun chiqarmish,
Yo‘g‘ey indin chiqarmish,
Hamma yoq emish-emish,
Mandat qachon chiqarkin?
Juftimni toq etdi-ey,
Toqatim toq etdi-ey,
Uff, cho‘zilib ketdi-ey,
Mandat qachon chiqarkin?
Javob chiqmasdan oldin,
Hamma bo‘ladi "folbin",
"Fol ochmaysanmi?", Yolqin,
Mandat qachon chiqarkin?
Yurak ham taka-puka,
Hayeee boriga baraka,
Ayting, DTM aka,
Mandat qachon chiqarkin?
© ✍️ Yolqin Muqimov
#Biz_tavsiya_etamiz!
📚 “Zulmat ichra nur” (qissa)
✍️ Mirkarim Osim
📝 Hazrat Alisher Navoiy hayotidan hikoya qiluvchi bu asar samimiyligi, badiiy pishiqligi bilan ahamiyatlidir.
📌 Bolaligidan tortib to umrining oxirigacha - hayot yo‘li, shodligi, qayg‘usi, orzuyu armoni ta’sirli qilib tasvirlangan.
📌 Aziz o‘quvchi, kitob sizga manzur bo‘lishiga ishonamiz!
Hikoya: "Onasini ranjitgan farzand"
Aziz yoshlar, bilib-bilmay onamizni gohida ko'nglini ranjitib qo'yamiz. Aslida esa ona-bu jannat kaliti, bu dunyodagi muvaffaqiyatlarimiz sababchisidir. Onalarimizni e'zozlaylik.
Tinglab zavqlaning🎧
🥳Kuningizni yaxshi musiqa bilan boshlang bu sizning kayfiyatingiz uchun eng zo'r mativatsiya😁
#Buvayda_akm
#hayrli_tong
Assalomu alaykum suyuklilarimiz bizni qadrdon kitobhonlarimiz!
Barchamizga tong hayrli bölsin
Qalbingiz quyoshday doim porlab tursin😊
Kun davomida bizni kuztib boring👇📲
t.me/Buvaydaakm1
📝TONGGI TILAKLAR.
Erta tongda do‘stlarim,
Qaynoqqina salomlar,
Sizga ezgu tilaklar,
Tilagim bor odamlar.
Omon bo‘ling har doim,
Dunyo turguncha turing,
Yig‘lamang siz hech qachon,
Doim jilmaying, kuling.
Yuzingizni tabassum,
Tark etmasin sahar, kech,
Doim izzatda bo‘ling,
Faqrlikka tushmang hech.
Topganingiz to‘y bo‘lsin,
So‘yganingiz qo‘chqor qo‘y,
Qalbingizda imon-u,
Chehrangiz ochsin chiroy.
Mehrlarga yo‘g‘rilib,
Oqil bo‘lsin zamonlar,
Muhabbatning bog‘ida,
Gullamasin tikonlar.
Kunduz porlasin quyosh,
Tunda oy-yu,yulduzlar,
Yigitlar bo‘lsin kuyov,
Kelin bo‘lsin oy qizlar.
Quvnab,quvonchga sig‘may,
O‘ynisinlar bolalar,
Otalar dard ko‘rmasin,
Yig‘lamasin onalar.
Ravnaq topib har go‘sha,
Diyorimiz gullasin,
Yurtimizni ilohim,
Alloh o‘zi qo‘llasin.
Qalblar quvonchga to‘lsin,
Har soniya,har onda,
Hamma baxtiyor bo‘lsin,
Go‘zal O‘ZBEKISTONDA.
Maqsadga erishish uchun hamma narsani qiling!
Oʻsish - bu omon qolish mexanizmi, shuning uchun ham yuqori choʻqqiga erishish uchun siz haqiqatan ham koʻp mehnat qilishingiz kerak. Yoshga, tashqi va ichki omillarga qaramay, toʻsiqlarda toʻxtab qolmaslik, mumkin boʻlgan va imkonsiz boʻlgan hamma narsani qilish muhimdir.
Amansio Ortega hayoti davomida har bir kasbni sinab koʻrdi : u pollar va dastgohlarni yuvdi, arzon tovarlarni sotdi, mijozlar bilan muloqot qildi. Biroq, bu harakatlarning har biri uning kuchli va bardoshli shaxsga aylanish uchun kichik, ammo zarur qadam edi. U hech qachon pulni oʻz maqsadi deb hisoblamagan va shu sababli boshqalarning va begonalarning fikri haqida qaygʻurmagan. Yaxshilikka intiling, oʻtkinchi toʻsiqlar oldida taslim boʻlmang!
©Amansio Ortega
Manba: TheDailyuz
@buvaydaakm1
Sevganlaring uchun joningdan kechish oson, lekin ular uchun yashashga – ko‘p yillar davomida deyarli har kuni o‘lib-tirilishga – haqiqiy ishqni totganlargina qodirdir...
©️Ravshan Abdullao'g'li (Relslar uzra yotgan odam) kitobidan
@buvaydaakm1
🔴Uchta narsa hech qachon qaytib kelmaydi:
— Vaqt — Aytilgan soʻz — Imkoniyat
🔴Uch narsani yoʻqotib boʻlmaydi:
— Tinchlik — Umid — Gʻurur
🔴Uch narsa qadrli:
— Sevgi — Ishonch — Halollik
🔴Uch narsa oʻtkinchi:
— Mansab — Omad — Barqarorlik
🔴Uch narsa odamni qandayligini aniqlaydi:
— Mehnat — Toʻgʻrilik — Erishilgan natija
🔴Uch narsa odamni harob qiladi:
— Kibr — Harom — Zulm
🔴Uchta gapni aytish qiyin:
— Seni sevaman — Kechir — Yordam ber
🤓Assalomu alaykum aziz kitobxonlar!
erta tong bilan aqlimızni ozgina charxlab olamazmı🤔 unda sizlarni #QUIZ_SAVOLAR📝 kutmoqda👇
Balog'at yoshida qiz va o'g'il bolalar o'rtasiga ko'zga ko'rinmas parda tushadi. Bu parda bir so'z bilan aytganda hayo va ibo pardasidir. Pardaning arqog'i mehr, sadoqat, oqibat va muruvvat iplaridan to'qiladi.
©️Erkin Malik (Jannat kaliti) kitobidan
@buvaydaakm1
#kun_tarixi
Monomentalist, rassom Chingiz Ahmarov 1912-yil 18-avgust kuni Troisk shahrida hozirgi Chelyabinsk viloyatida tavallud topgan.
🟦🟦🟦🟦
Bugun 18-avgust haftaning juma kuni. Ushbu kundagi muhim voqealar bilan tanishing.
🌍Geliy kashf qilingan kun (1868).
🗣Fridrix fon Rixtgofen Buyuk ipak yoʻli atamasini ilk bor qoʻlladi (1877).
🗣Usmon mushafi Ufadan Toshkentga olib kelindi (1924).
🗣Toshkent metropoliteni birinchi (“Chilonzor”) yo'lining ikkinchi uchastkasi (3 bekat) foydalanishga topshirildi (1980).
🔵Ingliz matematiki, uning sharafiga Teylor qatori berilgan Bruk Teylor tavalud topgan (1685).
🔵Birinchi Jahon urushini boshlagan Avstriya imperiyasi imperatori va Vengriya qiroli Frans Iosif I tavalud topgan (1830).
O‘zingizni o‘stiring!
🥗 Siz yaxshi va sog‘lom ovqat iste’mol qilasizmi? Tana sog‘lom bo‘ladi.
🏃 Siz tez-tez mashq qilasizmi? Mushaklar kuchli va kuchli bo‘ladi.
💵 Siz oqilona investitsiya qilyapsizmi? Boylik paydo bo‘ladi va to‘planadi.
☘️Derazadagi gulni sug‘orish kerakmi? U o‘sadi.
🧘 O‘zingizni ham ma’naviy jihatdan oziqlantiryapsizmi? O‘qish, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish, ilm olish uchun kerakli harakatlar qilish orqali o‘zingizni o‘stirasiz.
Аччиқ хақиқат...
Онамнинг бир кўзи ожиз эди. Бир кўз билан кўрарди.
Шунинг учун уни ёмон кўрардим. Чунки онамнинг кўрлигидан уялардим.
Тирикчилик учун онам мактабда ошпазлик қиларди. Бошланғич синфда ўқирдим ўша кезларди. Бир куни онам мени кўргани синфимизга келди. Унга кўзим тушган заҳоти уятдан ерга кириб кетгулик бўлдим. Қайси юз билан менга кўринди экан? Онамга нафрат билан бир қарадим-да, синфдан қочиб чиқдим. Эртаси куни бир синфдошим устимдан кулди: “Онанг бир кўз!” Уятдан ўлгиларим келди. Онамни мактабдан йўқолишини истадим. Ўша куни онамнинг ёнига бориб:
— Мени болаларга масхара қилдириб қўйганингиздан кўра ўлганингиз яхши эмасми?- дедим.
Онам жавоб бермай, ерга тикилди. Гапларимни бир сония ҳам ўйламадим. Чунки қаттиқ ғазаб ва нафратда эдим.
Унинг изтироблари мени қизиқтирмасди.
Онам билан бир уйда яшашни истамадим. Шунинг учун кўп ҳаракат қилдим ва Сингапурга ўқишга кирдим. Кейин уйландим. Ўзим уй олдим. Фарзандларим бўлди. Бир кун онам мени кўргани келди. Неча йилдирки мени кўрмаган эди, ҳатто невараларини ҳам танимасди, табиийки.
Эшикка яқинлашганида болаларим уни кўриб кулиб юборишди. Онамга:
— Уйимга келиб болаларимни қўрқитишга қандай ҳаддингиз сиғди? Тез бу ердан кетинг!- деб бақирдим. Бунга жавобан онам паст товушда:
— Айбга буюрманг, янглиш манзилга келдим, чоғи?- деди ва кўздан ғойиб бўлди.
Бир куни мактабни тугатиб кетган собиқ ўқувчилар йиғилишаётгани сабабидан таклифнома олдим. Рафиқамга иш бўйича сафарга чиқаётганимни баҳона қилиб, йиғилишга кетдим. Тадбирдан кейин қизиқиш важидан эски уйимизга кирдим. Онам бироз хаста экан.
Негадир шу пайтга қадар ҳис этмаганим – ўкинч туйдим қалбимда. Шўрлик онам мени кўриб соппа-соғ одамдек ўрнидан “даст” этиб турди. Айланиб-ўргилиб бурчакда турган эски сандиғидан ширинликлар олиб, дастурхон ёзди. Мен уялаётганмидим ёхуд раҳмим келса-да, ҳануз онамнинг бир кўзлигидан ирганаётганмидим, хуллас аллақандай бегоналик бор эди ўртамизда.
— Сени кўрмай ўлиб кетаман, деб ўйлагандим,- дея гап бошлади онам, бир кўзидан ёш оқиб.- Дийдоринг армоним бўладими, дея ҳар куни сенга мактублар битардим. Шукур, бугун эшигимдан ўзинг кириб келдинг...
Онам шундай дея менга таом тайёрлаш учун ошхонага ўтиб кетди. Ўрнимдан туриб болалигим ўтган уйнинг уёқ-буёғини кўздан кечира бошладим. Кўзим онамнинг ёстиғи тагидан кўриниб турган қоғоз тахламига тушди. Назаримда улар менга ёзилгна хатлар эди. қизиқиш устунлик қилиб, бир хат жилдни очиб ичидаги хатни ўқишга тутиндим:
“Энг севикли ўғлим, ҳамиша сени ўйлайман, сени соғинаман,- дея бошлаганди мактуб.- Сингапурга бориб болаларингни қўрқитганим учун хижолатдаман. Собиқ ўқувчилар йиғилиши тадбирига келишингни эшитиб жуда ҳам севиндим.
Аммо сени кўриш учун ётоқдан қўзғала оламанми-йўқми, билмайман. Улғайганингда сенинг уялишинга сабаб бўлганимдан афсусдаман. Биласанми, болам, кичкиналигингда фалокат юз бериб, бир кўзингни йўқотдинг. Она бўла туриб сени бир кўз билан улғайишинга жимгина қараб туролмасдим. Бунга тоқатим етмасди, зотан. Шунинг учун сенга ўз кўзимни бердим. Бу кўз билан менинг ўрнимда кўради, деб сен билан шу қадар ғурурланиб юрдимки, асти қўявер, болам. Сени яхши кўриб, дуоларида бахтингни, умрингни сўраб қолувчи онанг...
Мен адо бўлгандим. Адойи тамом эдим. Оёқларимдан мадор қочди. Қандай қилиб ошхонага ўтганимни, онамни бағримга босганимни билмай қолдим. “Мени кечиринг, онажон” дедиму ўзимни онамнинг оёқлари остига ташладим. Инсонманми мен ҳам?!..
Турк тилидан Умида таржимаcи
/channel/Buvaydaakm
😄 Tongni tabassum bilan boshlang!
😊 Chunki kulgi bizni jozibador qiladi;
💪 Kulgi immunitetni oshiradi;
🎙 Tabassum qilayotganingizda qon bosimingiz normallashadi;
👥 Kulgi atrofdagilar sizni ijobiy inson sifatida bilishlariga yordam beradi
🌅 Shunday ekan, nega yangi tongni tabassumsiz boshlash kerak?