🟦🟦🟦🟦
"Amerika Qo'shma Shtatlarining Mustaqillik Deklaratsiyasi" deb nomlangan birinchi elektron kitob 1971-yilda Maykl S. Xart tomonidan yaratilgan. O'shandan beri elektron kitoblar nashriyot sanoatini o'zgartirdi.
Sizga elektron kitob o’qish yoqadimi?
@buvaydaakm1
#iqtibos
Ko‘ngillari tusaganda kelishadi, xohlaganda ketishadi. Seni ikkinchi oʻringa qoʻyishadi. Atrofida sendan-da yaqini boʻlsa, seni eslamaydi. Hech kimi qolmaganda yana senga qaytadi va sen yana uni qabul qilasan, shundaymi? Senga ko‘ngli tusaganda qoʻngʻiroq qilib, izlab qolishlariga izn berma.
©Mirach Chag‘ri Oqtosh - Hayot yutqazgan joyingdan boshlanar
@buvaydaakm1
Иш топиб кунига минглаб одамлар ишга жойлашаётган канални топдик!
/channel/+9jfo1dwwCnZjNmFi
Ўзбекистоннинг энг йирик Компаниялари элон берувчи жой шу канал экан!
Ойликлар 3 МЛН дан 25 МЛН гача!
Билиб олиш учун каналга уланинг:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
/channel/+9jfo1dwwCnZjNmFi
ISH BILGANDAN GAP BILGIN
(Ba'zi yoshlarga moydek yoqadigan hangoma)
Tiqilinch trolleybusda ketayotgan kampir o'rindiqda mudrab o'tirgan yigitchaga yalindi:
— Men birpas o'tiray, jon bolam. Oyoqlarim qaqshab ketayapti.
Yigitcha ko'zini yarim ochib so'radi:
— Yoshligingizda o'zingizdan kattalarga joy berganmisiz, buvijon?
— Albatta, — dedi kampir inqillab. — Yoshi ulug’larni ko'rsam, darrov joy bo'shatib, tik turib ketaverardim!
Yigitcha ko'zini qayta yumib oldi.
— Oyog'ingiz shuning uchun og’riydi-da, buvi!
#DaftarHoshiyasidagiBitiklar
@buvaydaakm1
Yoʻl yoʻlakay kitob oʻqiymiz – Telegraph
https://telegra.ph/Yo%CA%BBl-yo%CA%BBlakay-kitob-o%CA%BBqiymiz-12-18
Assalomu alaykum xurmatli kasbdoshlar menga A Navoiyning Saddi Iskandariy dostonidagi Shoh va gado xikoyasi kk iltimos elektroni boʻlsa tashlab bering
Читать полностью…#bilasizmi
Leonardo da Vinchining ilmiy yozmalari to'plami bo'lgan “Lester kodeksi” dunyodagi eng qimmat kitob nomiga ega. Uni Bill Geyts 30 million dollarga sotib olgan.
@buvaydaakm1
Bog'i va kutubxonasi bor odamning hamma narsasi bor.
#MarcusCicero
Sizning ham shaxsiy kutubxonangiz bormi?
#assalomu alaykum!
@buvaydaakm1
Hayotni tushunishni xohlasang yozilgan va aytilayotganlarga ishonishni bas qil, balki kuzat va his et.
©️Anton Chexov
@buvaydaakm1
ТАШҚАРИДА ЁМҒИР
Тундаги ёмғирдан илҳомланиб.
Мана.
Яна шаррос ёғмоқда ёмғир,
Деразам ортида тинмай шивирлар.
Тун эса қаронғи, шабода ғир-ғир,
Ойнагимга келиб чертиб урилар.
Ташқарида ёмғир, шабода нечун,
Сокин тун оромин бузмоқ керакми?
Декабр ойида на мунча ёмғир,
Ёмғирдан заминга туфҳа,безакми?
Коинот.
Ер,осмон,инсон, табиат,
Узвий боғланишган бир-бири билан.
Ёмғирсиз чўл бўлар,инсонла бўстон,
Чаманзор яратгай инсон қўл билан.
Ташқарида ёмғир,шивирлар тинмай,
Сокин тун оромин бузар шабода.
Тин олиб тўхташдан ҳали дарак йўқ,
Кунлар келиб ёмғир тутади бода*.
Деразамни очиб, бўлдимда амин,
Ёмғир сувларидан кўлаббо ҳар ён.
Бағрини ёмғирга очганча замин,
Қондириб нафсини олмоқда ором...
Изоҳ; Бода-(араб тилида)-май,вино,шароб,спиртли ичимлик.
Қўқон. 11/12/223 йил.
Турсуной Мелибаева Ҳидоят.
O‘qish
"Bugun insonlar "o‘qishga vaqt yo‘q" deydigan bo‘lishdi. Ular bilmaydilarki, vaqtni o‘qish beradi.
Taajjublanmang! Inson tajribalaridan bir narsani o‘rganadi. Bu haqdir. Ammo insonning umri qisqa. Bilish uchun hamma narsani tajriba qilib ko‘rishga vaqti yetmaydi. O‘rganishning eng afzal yo‘li boshqalarning tajribasidan foydalanishdir. Bu esa o‘qish orqali bo‘ladi!".
- Shayx Ali Tantoviy
@buvaydaakm1
Ўзбекистонда 2020-2023 йилларда коррупцияга қарши курашиш бўйича амалга оширилган ишлар ҳақида
Telegram | YouTube
ЯНГИ ЙИЛ ТЕЗРОҚ КЕЛ
Янги йил тезроқ кел,кутмоқда жаҳон,
Тинчлик деб аталмиш совға олиб кел.
Уруш эмас тинчлик,тин олсин бўрон,
Ер юзига эзгу, шуур олиб кел.
Янги йил тезроқ кел,шодлик олиб кел,
Шодликла қувонсин ҳар битта бола.
Инсонлар қалбига сочилса меҳр,
Меҳр қўшиғини куйлар ҳар она.
Янги йил тезроқ кел,кулсин болалар,
Қорбобо қорқизни етаклаб келсин.
Жаҳон саҳнасида барча болалар,
Тинчлик қўшиғини қалбига туйсин.
Ер юзида энди бўлмасин уруш,
Уруш деган жаллод раҳна солмасин.
Онадан,Ватандан болани тортиб,
Зулматнинг қарига ташлаб кетмасин.
Янги йил тезроқ кел,ернинг юзига,
Қор кўрпа тўшаб кел,кўрсин болалар.
Қорбобо,қорқиздан тўлдириб қучоқ,
Тинчлик совғасини олсин болалар.
Қўқон.20/12/2022
Турсуной Мелибаева Хидоят.
#Xoʻrlanganlar_va_haqoratlanganlar
Ba’zan nihoyatda mehribon, ammo ko‘ngli bo‘sh kishilar o‘zlarining muruvvatli bo‘lishlariga qaramay, boshga tushgan g‘am-kulfatdan qattiq iztirobga kelib, qanday bo‘lsa ham buning zahrini birovga, hech gunohi bo‘lmagan, aksariyat o‘ziga eng yaqin kishiga sochib, uni bekordan-bekorga xafa qilishadi. Masalan, ayollar ba’zan hech narsadan hech narsa yo‘q, o‘zlarini bebaxt va xo‘rlangan odam deb hisoblashga ehtiyoj sezadilar. Shunga o‘xshagan asablari mustahkam, xotinlar kabi zaif bo‘lmagan ko‘p erkaklar ham shu jihatdan ayollarga o‘xshab ketishadi.
- Fyodor Dostoyevskiy: «Xoʻrlanganlar va haqoratlanganlar»
@buvaydaakm1
#bilasizmi ?
"Bookworm" atamasi dastlab kitoblar bilan oziqlanadigan hasharotlarni nazarda tutgan. Vaqt o'tishi bilan u o'qishni yaxshi ko'radigan va ko'p vaqtini kitoblar bilan o'tkazadigan odamlarning ramziga aylanadi.
Bizning kanalda ham “bookworm” lar bormi?🌝
@buvaydaakm1
БОЗОР.
Бу дунё бир бозор хамма
харидор
Хамма харидору бу дунё
бозор
Бозорсиз у"тмайди йу"к" кун
бебозор
Хамма савдогару хамма
харидор
Кимлардур бахт олар
к"увончи чексиз
Бахтик"аролар бор бозори
касод
Иймонини сотар дунёда
тенгсиз
Бир пулга арзимас матохга
нахот
К"изинга харидор совчилар
к"атор
К"ийналмасин дея бойрог"ига
сот
Фарзанди нок"обил йу"к"
номус ва ор
Бозордан к"айтмагин су"нгра
солиб дод.
Арзондур бозорда мехр
ок"ибат
Ота оналар бор унга харидор
Фарзандлар бермайди уларга
нахот
Шунчалар бемехр бу"лдими
бозор
Дунёда чак"к"ондур нафснинг
бозори
Тиллаю кумушга харидорлар
ку"п
Хаммаси у"ткинчи тугар
бозори
Ортидан к"олади мол дунё
ту"п ту"п
К"ог"оз бозорида к"алам сайр
этар
Неча неча мисра шеьр
битмок" учун
Ахад Нурон шеьрин насия
этар
Ку"нгил бозорига хуш ёк"мок"
учун.
АХАД НУРОН.
🟦🟦🟦🟦
Kitoblarni qayta o'qish foydali tajriba bo'lishi mumkin. Bu o'quvchilarga yangi ma'no qatlamlarini kashf qilish, ilgari o'tkazib yuborilgan tafsilotlarni payqash va tanish hikoyalarda tasalli topish imkonini beradi.
Biron kitobni qayta o’qiganmisiz?
@buvaydaakm1
Dunyoning ishlari doim shoshilinch. Odatdagidek tik turgancha nonushta qilayotgan edim. Onam odatdagidek qistardi:
- O‘tirsang-chi, bolam. Birpas o‘tirgin.
- Bo’ldi, ketdim.
- Shoshma, bolam. - Onam ko‘zimga odatdagidan boshqacha, qandaydir mung bilan termildi. - Gap bor.
Tipirchilab soatga qaradim: hali yoqilg‘i olish kerak, ishga borish kerak, keyin nashriyotga o‘tish...
- Nima edi?
Onam ko‘zimga hamon ma’yus termilib o‘tirardi.
- Suratga tushaylik, - dedi to‘satdan. Ajablandim.
- Nega?
- Yaqinda men olaman. Onam bu gapni xuddi: «Qo‘shninikiga chiqib kelaman», degandek ohangda aytdi. Kulib yubordim.
- Qo’ysangiz-chi, oyi.
Shunday dedim-da, chiqdim ketdim.
Oradan ikki hafta o‘tdi-yu... Kechalari uyg‘onib
ketaman. O’ylayman: sen nomard, sen ahmoq nimaga, nimaga o‘shanda kulding? Suratga tushishga vaqting yo‘qmidi? Kerak bo’lsa topasan-ku! Kitob uchun, jurnal uchun, ish ustida, bog‘da, ko'chada... Nima, sen kino yulduzmisan? Jahonshumul shaxsmisan? Ana, bir dasta surating yotibdi. Har xil. Har yerda... Faqat... Onang bilan tushgan surating yo‘q!
P.S. Onangizni qadrlang.
#Dunyoning_Ishlari
@buvaydaakm1
☝️Taniqli shaxslar tavsiya qiladilar
📚 Yurtimizning mashhur san'atkorlari, davlat va jamoat arboblari, yozuvchi, shoirlari o‘zlari erishgan yutuqlariga sabab - kitobga bo‘lgan mexr, mutolaaga ajratilgan vaqt deb biladilar. O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yil davomida o‘tkazib kelinayotgan chelenjda kutubxonaga tashrif buyurgan san'atkoru ijodkor, yozuvchiyu shoirlar, siyosatchiyu sportchilar o‘zlari sevib mutolaa qilgan kitoblarni yosh avlodlarga tavsiya kiladilar.
📖 Ushbu tavsiya etilgan kitoblar yoshlarga hayotiy bilim egallash va to‘g‘ri qaror qabul qilishda dono maslahatchi va sodiq do‘st bo‘ladi degan umiddamiz.
Mazkur chelenjni Bosh vazir o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi rahbari Zulayho Mahkamova, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhamedova va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira Sharifa Salimovalar davom ettirdilar.
Hazil-mutoyiba tuyg’usiga ega odamning jiddiyligi, jiddiy odamning jiddiyligidan yuz karra jiddiyroqdir.
©️Anton Chexov
@buvaydaakm1
BILASIZMI?
Tsundoku - bu yaponcha atama bo'lib, kitoblarni sotib olish, lekin ularni o'qimaslik odatini anglatadi. Ya’ni kitoblarni bir kun kelib o'qish niyatida yig'ishni anglatadi.
Sizda ham shunday odat bormi?
@buvaydaakm1
Koinotdagi eng qudratli kuch bu inson ruhidir. Uni o'stiring, tarbiyalang va u sizni buyuklikka yo'naltirsin.
#AlbertEynshteyn
Kuningiz sermazmun va maroqli òtsin. @buvaydaakm1 da qoling
Bu kitobni har bir inson oʻqishi kerak – Telegraph
https://telegra.ph/Bu-kitobni-har-bir-inson-o%CA%BBqishi-kerak-11-10