buxdu_5tashabbus | Unsorted

Telegram-канал buxdu_5tashabbus - BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING

1375

@buxdu_5_tashabbus_bot - ijodiy ish yuborish, savol va murojatlar uchun @buxdu_5_tashabbus- расмий гуруҳ @buxdu_5tashabbus - расмий канал

Subscribe to a channel

BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING

*2 tashabbus amalda


Xorijiy tillar fakulteti tyutori F.A.Davronova tashabbusi bilan 30-sentabr Buxoro sport majmuasida bo'lib o'tgan FIFA jahon chempionati Fransiya va Paragvay o'rtasidagi uchrashuvga o'z talabalari bilan ishtirok etdi.

Читать полностью…

BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Fuqarolar himoyasining huquqiy kafolatlari yanada mustahkamlanadi


Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-963-son, 20.09.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlarga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi

🔰 Qonunga ko'ra, ayrim qonun hujjatlariga yangi tahrirdagi Konstitutsiyada mustahkamlangan, OAVlarning faoliyati hamda insonning asosiy huquq va erkinliklari bilan bog'liq huquqiy normalar belgilanishini nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilmoqda.

✔️ Shuningdek, “Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida”gi Qonuniga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, qarindoshining sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish va uni o'tash chog'ida fuqarolarning huquqlarini cheklash uchun asos bo'lishi mumkin emasligi belgilanmoqda.

▶️ Bundan tashqari, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida”gi Qonuniga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, tadbirkorlik subyektlari qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va o'z faoliyati yo'nalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqliligi belgilanmoqda.

📌Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/huquqiyaxborot_lotin

Читать полностью…

BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING

#Қалб_гавҳари

Энг ғайритабиий нарса қалбдир. У қаерда жойлашганини ҳеч ким билмайди, аммо унинг оғриғини ҳамма татиб кўрган.

Антон Чехов

Читать полностью…

BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING

📲@BuxDU_5tashabbus


*Ma`rifat_ulashib
*BuxDU
_mehmonlari


Xurshid Davron (1952)

Xurshid Davron (asl ismi: Davronov Xurshid, 1952-yil 20-yanvarda Samarqand shahri yaqinidagi Chordara qishlogʻida tugʻilgan) — oʻzbek shoiri, dramaturgi, tarixchisi, yozuvchisi va tarjimoni. Oʻzbekiston xalq shoiri (1999). Adabiyot sohasida beriladigan Mahmud Koshgʻariy nomidagi Xalqaro mukofot (1989), Xalqaro „Oltin qalam“ mukofoti (2009), Ozarbayjonning „Mikoyil Mushfiq“ mukofoti (2013) bilan taqdirlangan. Oʻzbekiston Respublikası Oliy Majlisining deputati (2000). „Doʻstlik“ ordeni (1997) bilan mukofotlangan. Xurshid Davronning ilk sheʼriy toʻplami ("Sheʼrlarim") nomi bilan 1976-yilda chop etilgan, birinchi kitobi("Qadrdon quyosh") 1979-yilda bosib chiqarilgan. Shundan soʻng shoirning "Shahardagi olma daraxti" (1979),
...
Batafsil
Bizdan uzoqlashmang...
------------------------------------------------
👀Bizni kuzatishda davom eting

Читать полностью…

BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING

📲@BuxDU_5tashabbus


*Ma`rifat_ulashib
*BuxDU
_mehmonlari


Joriy yil 26-noyabr kuni Buxoro davlat universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi adabiy-ma'rifiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Mehmonlarimiz: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmas a'zolari Shodmon Sulaymon ("Shuhrat" medali sohibi), Xurshid Davron (“O‘zbekiston xalq shoiri”),Yangiboy Qo‘chqorov (O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi)

Bunda talabalar o‘rtasida “Munozara” klubida adiblarning hayoti va ijodi borasida debat, adiblar asarlari asosida “Zakovat” intellektual o‘yini, “Mushoira” kechasi, adiblar ishtirokida “Fotosessiya” va    “Gulxan atrofida” ijodiy uchrashuv tashkil etish rejalashtirilgan.
Barcha talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilarni “Ma’rifat ulashib” loyihasida faol bo‘lishga chorlab qolamiz.

Tadbirlar 26-noyabr kuni soat 9:00 dan boshlanadi.

Bizdan uzoqlashmang...
------------------------------------------------
👀Bizni kuzatishda davom eting

Читать полностью…

BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING

✅Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti talabalarining “Assalom Buxoro” ko‘rsatuvi bayram sonidagi chiqishi

Читать полностью…

BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING

Бухоро давлат университети Франция олий таълим муассасалари билан яқин ҳамкорлик алоқаларини ўрнатган. Шунингдек, туризм ва меҳмондўстлик йўналишида жаҳонда 11-ўринда, Францияда эса 1-ўринда турувчи “Vatel” меҳмонхона ва ва туризм бизнес мактабининг Марказий Осиёдаги ягона филиали ҳам айнан Бухоро давлат университетида фаолият кўрсатиб келмоқда....

Зариф Комилов, Тоҳиржон Истатов (сурат),
ЎзА мухбирлари


👉Batafsil: https://uza.uz/uz/posts/filipp-diallo-buxoro-davlat-universitetida-boldi_641105

Читать полностью…

BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING

#1_октября_День_Учителей_и_Наставников

«Низкий Вам поклон, дорогие учителя и наставники!»

С уважением студенты 3-го курса Филологического факультета БухГУ.

Тьютор: Нигора Сафарова

Yoritildi youtube
Yoritildi facebook

Читать полностью…

BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING

​​​​.      УСТОЗГА  ЭҲТИРОМ 
хайкали  ҳақида биласизми?

Қорақалпоғистон Республикаси Элликқалъа тумани марказида  “Устозга эҳтиром” ҳайкали бор. Ҳар йили 1 октябр – Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан кенг омма ушбу ёдгорликка ташриф буюриб, пойига гуллар қўяди. Муаллима ҳурматига ўрнатилган ушбу эсдалик бутун Ўзбекистонда ягона бўлиб, унинг яратилиш тарихи бор.

2001 йилда “Бўстон”да марҳум хонанда Отажон Худойшукуровнинг ижодига бағишланган катта тадбир ўтказилади. Унга Абдулла Орипов, Эркин Воҳидов, Омон Матчон, Усмон Азим, Муҳаммад Юсуф, Матназар Абдулҳаким, Ошиқ Эркин каби ижодкорлар ташриф буюради. Шоирлар кетма-кет гўзал шеърлари билан йиғилганларни хушнуд қиларди.

Шеър ўқиш навбати хоразмлик шоир Матназар Абдулҳакимга етиб келади. Шоир минбарга чиқиб бироз ўйланиб туради-да, биринчи ўқитувчимга бағишланган шеъримни айтиб бермоқчиман, дейди.

У “Дарсдан сўнг” номли шеърини ўқиган пайтида залда йиғламаган киши қолмайди. Шеър таъсиридан ҳамманинг юраклари ларзага келган эди.

Шеърнинг қисқача мазмуни қуйдагича:

Воқеа олис қишлоқларнинг бирида юз берган. Битта муаллима узоқ қир ошиб, мактабга қатнаб, болаларга дарс ўтар эди. Бир куни у ўқувчиларга иншо ёздиради. Бутун синфдан 7 нафар ўқувчи иншо ёзмай қолади. Муаллима эртага албатта ёзиб келинг, бугун сизлараман, деб койийди. Қолган ўқувчиларнинг дафтарларини йиғиб олиб уйига қайтмоқчи бўлади. Қараса, кун кеч бўлиб қолибди. Ҳар куни келиб олиб кетадиган турмуш ўртоғи эса бугун келмаган. Ҳамкасблари “бугунча бизникида қолинг, кун кеч бўлиб кетди” деб қистаса ҳам у йўлга чиқади. Йўлда кетаётиб турли ўйлар келади: нимага эри келмади экан-а? Кўнгли совудими экан, деб ваҳимага тушади. Ёки ўғлим хасталаниб қолдимикан? Ундан баттар юрагини ваҳима босади.

Нима бўлса ҳам уйга тезроқ етай деб, ўнқирми, чўнқирми, ўрми, қирми, қарамасдан шошилиб кетар эди. Бир пайт ортидан бир қора шарпа эргашиб келаётгандай туюлади. Не кўз билан кўрсин-ки, изига оч қашқир тушган экан. Эсига қашқирнинг оловдан қўрқиши келади ва қўлтиқлаб келаётган дафтарларни ёқа бошлайди. Дафтарни ёққанда қашқир ҳам тўхтайди. Ўзи ҳам юрагини босиб олади.

Овулга етай деб қолганда муаллимда дафтар тугайди, қашқирда эса тоқат…

Агар шу куни 7 нафар ўқувчи иншони ёзиб топширганда эди, муаллим омон қолармиди?

Эртасига муаллимнинг жанозасида бутун халқ йиғлайди, ҳаммадан баттар етти нафар ўқувчи, жумладан улардан бири шеърдаги қаҳрамон ҳам ўксиб йиғлайди.

Тадбирда ўқилган ушбу шеърдан ўша пайтдаги туман ҳокими Неъматулла Худайбергенов ҳам жуда таъсирланади ва устозга ҳайкал ўрнатиш ғоясини айтди.

Шундай қилиб “Устозга эҳтиром” ҳайкали 2003 йил бунёд этилди

Читать полностью…

BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING

#Табрик

Муқимий номидаги Ўзбекистон давлат мусиқали театри ижодкорларидан...
                             

Читать полностью…

BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING

🌟 Bayramingiz bilan, aziz ustozlar! 🌟

Sizning mehnatingiz, sabringiz bilan bizning kelajagimiz yorug'! Har bir darsingiz bilan bizning qalbimizga ilm nurini solasiz va hayot yo'limizni yoritasiz. Bugun — sizni nafaqat hurmat qilish, balki sizning fidokorona mehnatingizni yuksak qadrlash kuni.

O'zingiz xohlagan sharoitda, $1 ming maosh bilan ishlash nasib qilsin. Millat bolalarini ilmli qilishdek mashaqqatdan charchamang.

Читать полностью…

BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING

#Qutlov

⚡️ 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni!

🔰 Barcha ustozlarimizni ushbu muborak kun bilan samimiy qutlab qolamiz. Bayramingiz muborak aziz ustozlar!

Читать полностью…

BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING

#Sharaf_sizga_olqish_sizga_aziz_ustozlar

   Joriy yilning 30-sentabr sanasida Filologiya fakulteti dekani Q.R.To'xsanov, Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari T.A.Rajabov boshchiligida fakultet tyutorlari K.K.Zulfiyeva va N.L.Safarovalar tashabbusi bilan "1-oktabr O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan tashkil etilgan "Sharaf sizga, olqish sizga aziz ustozlar!" nomli ma'naviy-ma'rifiy musiqali bayram dasturidan tayyorlangan videorolik

    Tyutor: K.K.Zulfiyeva

Yoritildi youtube
Yoritildi facebook

Читать полностью…

BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING

​​Oddiy muallim

Qadri bilinadi endi menga goh,
Olis maktabimni, o‘sha behasham.
Navoiyku bizga ustozdir, biroq,
Kimdir o‘qitganku Navoiyni ham.
Shunday ulug‘ zotga harf o‘rgatgan kim?-
Oddiy muallimda, oddiy muallim.
Tuproqdek xokisor,bezovtv jonlar,
Ammo qanoatda tog‘dek ulug‘vor.
Hatto Temurdayin sohibqironlar,
Pirim,deb etagin tutgan zotlar bor.
Qaysar jahongirga yo‘l ko‘rsatgan kim?-
Oddiy muallimda,oddiy muallim.
Yo‘qdan Beruniylar binolar etgan,
Mashrabni mashhuri dunyolar etgan,
Husaynni ibn Sinolar etgan,
Abdulloning tilin burrolar etgan,
Ilon o‘ynatgandek so‘z o‘ynatgan kim?-
Oddiy muallimda, oddiy muallim.
Ammo hayotning nish-sanchiqlaridan
Qoqinsa ko‘targan qo‘ltiqlaridan.
Otadek kuyungan g‘ussaga botsa,
Boladek quvongan yutuqlaridan.
Uyquda shogirdin o‘ylab yotgan kim?-
Oddiy muallimda, oddiy muallim.
Ulfat ko‘pu ammo bir do‘sti hamroh,
Halim topolmadim undan halimroq.
Qancha ustoz ko‘rdim, qancha oliygoh,
Olim topolmadim, undan olimroq.
Bola yuragimda bebaho tilsim,
Oddiy muallimda, oddiy muallim.
Yuzga kiraman men Xudo xohlasa,
Yuz yildan keyin bir mo‘min o‘rtog‘im
Ko‘zlarimni yopsa, jag‘im bog‘lasa,
Faqat bir insondan bo‘ladi qarzim-
Oddiy muallimdan, oddiy muallim!

Muhammad Yusuf

Читать полностью…

BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING

⚡️Ustozlarga Prezident sovg'asi uy-joy beriladi

Har yili “Yil o‘qituvchisi” tanlovi o‘tkazilib, 208 ta tuman va shahardan g‘olib bo‘lgan o‘qituvchilarga Prezident sovg‘asi sifatida uy-joy beriladi.

"Nima uchun o‘qituvchilarga uy beryapmiz, chunki bu eng to‘g‘ri yo‘l", — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Читать полностью…

BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Fuqarolar himoyasining huquqiy kafolatlari yanada mustahkamlanadi


Manba: O'RQ-963-son, 20.09.2024 y.

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/huquqiyaxborot_lotin

Читать полностью…

BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING

O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida

20.09.2024-yil
O‘RQ-963-son


Havola: https://lex.uz/docs/7108715

👀Bizni kuzatishda davom eting!
@MANAVIYATLIINSONLAR   |📲Rasmiy kanali

OBUNA BO‘LING:
👉📲Telegram  - @MANAVIYATLIINSONLAR
👉📲Telegram  -  @BuxDU_5tashabbus

Читать полностью…

BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING

📲@BuxDU_5tashabbus


*Ma`rifat_ulashib
*BuxDU
_mehmonlari


Yangiboy
Qo‘chqorov (1958)

Yangiboy Qo‘chqorov 1958 yil Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanida tug‘ilgan. Toshkent Qishloq xo‘jalik instituti(hozirgi Agrar universitet)da o‘qigan. «Turkiston», «Qishloq hayoti», «Xalq so‘zi», «XXI asr» gazetalarida ishlagan. Ayni kunda «Pravda Vostoka» va «Jamiyat» gazetalarida muxbir vazifasida faoliyat ko‘rsatmoqda. Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist. 2012 yilda chop etilgan «Jayhun bo‘lib oqqan so‘z» nomli kitobida 50 mumtoz va hozirgi zamon qoraqalpoq shoirlaridan qilgan tarjimalari, 40 adib hamda shoirlarimiz haqidagi esse, etyudlari berilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi
Bizdan uzoqlashmang...
------------------------------------------------
👀Bizni kuzatishda davom eting

Читать полностью…

BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING

📲@BuxDU_5tashabbus


*Ma`rifat_ulashib
*BuxDU
_mehmonlari


Shodmon SULAYMON (1975)


Shodmon Sulaymon 1975-yilda Buxoroda tug‘ilgan. Buxoro davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakultetini tugatgan. Filologiya fanlari nomzodi. “Xosiyatli kun”, “Kuz xayoli”, “Tug‘ilgan kun”, “Men baxtli yaraldim”, “Odamning soyasi”, “Otamning ayvoni” kabi she’riy va nasriy kitoblari; “Qaynoq qum kengliklarida”, “She’riy san’atlar sehri”, “Adabiyot nazariyasiga oid tushunchalar”, “Adabiyotshunoslik atamalarining qisqacha izohli lug‘ati”, “Mutolaa shukuhi”, “Adabiy Buxoro: kecha va bugun” singari ilmiy risolalari nashr etilgan. “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Bizdan uzoqlashmang...
------------------------------------------------
👀Bizni kuzatishda davom eting

Читать полностью…

BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING

📲@BuxDU_5tashabbus


*Ma`rifat_ulashib
*BuxDU
_mehmonlari


КАТТА ТАНАФФУС

Аудитория. Йигирма уч қиз –
Йигирма уч кўзлари мунчоқ.
Шеърнинг ўтлиғ тўфонларига
Ҳайрат ила очади қучоқ.

Аудитория. Йигирма уч қиз –
Ён-атрофга боқади сергак.
Далли шоир муаллим дарси
Туюлади мисоли эртак.

Аудитория. Йигирма уч қиз –
Табиатнинг асира насли.
Юрагига нақшлаб қўймиш
Йигирма уч ботирнинг расмин.

Аудитория. Йигирма уч қиз –
Шеър тинглайди хаёлга толиб.
Ўтиб кетар катта танаффус –
Шеър ҳар қандай ҳавасдан ғолиб.

Аудитория. Йигирма уч қиз –
Кўклам бўлиб унган тонгларим.
Ғазаб, нафрат, ишқни ўргатдим,
Рози бўлинг, сингилжонларим.

Аудитория. Йигирма уч қиз...
Хаёллари кетди-ку қочиб.
Тургил, худо хайрингни берсин,
Эшикни ёп, Гулноз “Хос Ҳожиб”!

Аудитория. Йигирма уч қиз,
Йигирма уч қисмат домида.
Ашъор сўраб йўқлармикинсиз
Мангу танаффуслар шомида...

Шодмон СУЛАЙМОН

Читать полностью…

BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING

📲@BuxDU_5tashabbus

#BuxDU_Chellendj_davom_etadi
#Ustozlarga_tazimdamiz

    Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti tyutori Sh. N. Oripovaga biriktirilgan 6-1 Uzb 23 guruhi talabasi  G'ulomova Shaxinabonuning Ustozlarga_tazimdamiz chellenji uchun tayyorlagan videoroligi

Tyutor: Sh. N. Oripova

Yoritildi youtube
Yoritildi facebook

Читать полностью…

BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING

#Ustozlarga_tazimdamiz

USTOZLAR

Odam harfni kashf qilgan kuni
Yorug‘ bo‘ldi zim-ziyo tuni,
Muallim deb bildilar uni,
Ulug‘lardan ulug‘dir Ustoz....

Muallif: Laylo SHaripova

"Ustozlar" mavzusida 5-1Yuris24 guruh talabalari tomonidan tayyorlangan videorolik.

Tyutor: T.M.Aslonova

Yoritildi youtube
Yoritildi facebook

Читать полностью…

BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING

Шеърга қўйилган ҳайкал.

Хоразмлик шоирнинг “Дарсдан сўнг” номли шеьрига ҳайкал қўйилганини билармидингиз?

Нақадар маъноли ва мазмунли шеър, албатта тингланг.

Читать полностью…

BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING

💐МИННАТДОРМАН, УСТОЗИМ!

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

Читать полностью…

BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING

1 октябрь – Ўқитувчи ва мураббийлар куни! 🎉

Ушбу кун муносабати билан юртимиздаги барча ўқитувчи ва мураббийларни чин дилдан самимий муборакбод этамиз!

Aзиз Устозлар, илм йўлидаги шижоатингиз, метин иродангиз, тоғдек сабрингиз, билим уммонидаги сабоғингиз доимо сарбаланд бўлсин! Сиҳат-саломатлик, оилавий хотиржамлик, тинчлик ва фаровон ҳаёт ҳамиша ҳамроҳингиз бўлсин!

Касб байрамингиз муборак бўлсин ҳурматли устозлар!

Читать полностью…

BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING

📱 Uyg‘oniboq, telefonni qo‘lga olmang!

▫️Mobil telefon ekranidan keladigan ko‘k nurlanish ko‘pincha uyqusizlikka olib keladi.

Agar ertalabdan telefonga uzoq vaqt tikilib turilsa, bu tashvishlanish darajasini oshiradi.

📲 Ertalab esa, aksincha, samarali ishlarga tayyorlanishning ayni vaqti, shuning uchun telefondan uzoqroq bo'lish kerak.

Читать полностью…

BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING

*4_tashabbus_amalda

30-sentabr kuni Filologiya fakulteti tyutori N.L.Safarova Pedagogika kafedrasi dotsenti, p.f.f.d. (PhD) M.A.Jumayeva bilan hamkorlikda 6-1mam22 guruh talabalari ishtirokida Kitobxonlik soati tashkil etildi.
Talabalar bilan Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" hamda Chingiz Aytmatovning "Asrga tatigulik kun" asarlari tahlil qilindi.

Tyutor: Nigora Safarova

Yoritildi instagram
Yoritildi facebook

Читать полностью…

BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING

​​TO‘G‘RI CHIZIQ

Birinchi o‘qituvchim
Dilbaroy OXUNOVAga

Bolalikni qo‘msab kezaman tunda,
Yulduzlar nuriga belanar xayol.
Kulib kelaverar qarshimdan shunda
Munavvar bir ayol, dilbar bir ayol.
U – Siz…
Xotiralar asta jonlanar:
Sinf. Bo‘yoq hidi. O‘ttiz polapon.
Bu – men. Mehribon qo‘l boshimni silar:
“Chiziqdan chiqmasdan yozing, Iqboljon!”
Opa, xotiradir u kunlar, opa,
Opa, u kunlarga bugun intiqman.
Bugun xatolarim qilmasmi xafa,
Chiqib ketmadimmi to‘g‘ri chiziqdan?!
Opa, qoliplardan zerikkanman xo‘b,
Daftar chizig‘ining yo‘rig‘i boshqa.
Opa, bu dunyoning chiziqlari ko‘p,
Lekin hammasi ham eltmas Quyoshga.
Mehringiz sog‘inib kezaman tunda,
Chiroqlar nuriga belanar xayol.
Kulib kelaverar qarshimdan shunda
Munavvar bir ayol, dilbar bir ayol.
U – Siz…
Eski surat asta jonlanar:
Sinf. Kitob hidi. O‘ttiz polapon.
Bu – men. Mehribon qo‘l boshimni silar:
“Chiziqdan chiqmasdan yozing, Iqboljon!”

Iqbol Mirzo

Читать полностью…

BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING

* * *
Билим боғига боғбонсиз, муаллимлар,
Шараф тоқига нарвонсиз, муаллимлар.

Ҳаёт порлоқдир илму маърифат бирлан,
Чароғсиз ҳам чароғбонсиз, муаллимлар.

Синолар кашф этиб кетган синоатлар,
Башар дардига дармон – Сиз, муаллимлар.

Заковат кемасига Берунийнинг ҳам
Ўзингиз илк уммонсиз, муаллимлар.

Жаҳон осмонига Султон Улуғбекни
Узатган илк осмонсиз, муаллимлар.

Навоий қайдин олмиш нуктадонликни?
Зариф ҳам жонли девон – Сиз, муаллимлар.

Билим – мангу хазон бўлмас зироатдир,
Ўзингиз мангу деҳқонсиз, муаллимлар.

Жаҳолатдин қутулгай бир куни олам,
Метин қўрғону посбонсиз, муаллимлар.

Гулу чечакларингиздир ўғил-қизлар,
Туну кун сиз нигоҳбонсиз, муаллимлар.

Улуғсиз, хоксору камтариндирсиз,
Дилу жонсиз, қадрдонсиз, муаллимлар.

Буюк устоз – Ватандир, ота юрт асли,
Она юрт, Ўзбекистонсиз, муаллимлар.

Сирожиддин САЙЙИД

Читать полностью…

BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING

❗️
Prezidentning taʼlim sohasi vakillari bilan muloqotida qanday masalalar ilgari surildi?

➡️ Kelgusi oʻquv yilidan xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini berish yoʻlga qoʻyiladi.
➡️ Menejerlik sertifikatiga ega boʻlgan bogʻcha mudiralari uchun har oyda 30 foizgacha qoʻshimcha ustama toʻlanadi.
➡️ Kelgusi 4 yilda 200 ta xususiy bogʻcha qurilib, yangi 30 mingta oʻrin yaratiladi.
➡️ Andijon va Buxoro shaharlaridagi pedagogika kollejlarida pedagogik taʼlim klasterlari tashkil etiladi.
➡️ Nufuzli xalqaro olimpiadada oltin medal olgan oʻquvchiga – 170 million soʻm, kumush medalga – 102 million soʻm, bronza medal uchun – 68 million soʻm mukofot puli beriladi.
➡️ Pedagogika yoʻnalishidagi oliygohlarda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar uchun Abdulla Avloniy nomidagi stipendiya tashkil etiladi.
➡️ “Turon” teatrining ijobiy tajribasi asosida maktablarda “Iqtidor” havaskorlar badiiy jamoalarini tashkil qilinadi.

Читать полностью…
Subscribe to a channel