buxdu_fizmat | Unsorted

Telegram-канал buxdu_fizmat - FIZ-MAT Fakulteti | Rasmiy Kanal

-

Yuqori sifat va rivojlanish sari! Ushbu kanalning asosiy maqsadi Buxoro Davlat Universiteti Fizika-Matematika fakultetining Xalqaro miqyosda o'z o'rniga ega bo'la oladigan kadrlar tayyorlashga o'z hissasini qo'shish. Murojaat uchun : @BuxDu_Ittifoq

Subscribe to a channel

FIZ-MAT Fakulteti | Rasmiy Kanal

DIQQAT! DIQQAT!

🔰“IQTIDORLI TALABALAR OLTIN FONDI”ga a'zo bo'lmoqchimisiz❓ Unda tanlovda ishtirok eting.

🔰Tanlovda:
- Buxoro davlat universitetining barcha bosqich kunduzgi va kechki bakalavr talabalar;
-1-bosqich magistlar ishtirok etishi mumkin.

📍TANLOV SHARTLARI:
- talabgorlar talabalik davrida yutuqlarga erishgan bo'lishi lozim;

- tanlov ishtirokchilari erishgan yutuqlari to'g'risida
NAMUNAga asosan portfoliosini shakllantirishi va ro'yxatdan o’tish qismida portfoliosini yuklashi kerak.

- talabgorlarning portfoliolari texnik ekspertizadan o'tkaziladi va hujjatlari qabul qilingan talabgorlarga suhbat jarayonlari haqida xabar beriladi.


🔰Tanlovda ishtirok etish istagida bo’lgan talabgorlar quyidagi havola orqali ro’yxatdan o’tishlari va portfoliolarini yuklashlari lozim: HAVOLA

❗️Hujjatlar 2024-yilning 21-yanvar kuniga qadar qabul qilinadi.

❗️Suhbat jarayonlari 2024-yil yanvar oyi yakuniga qadar o'tkaziladi.

🔰Tanlov g’oliblariga tantanali ravishda “Iqtidorli talabalar oltin fondi” a’zolik guvohnomasi va ko‘krak nishoni topshiriladi.

Murojaat uchun tel: 97 305 6220 (U.M. Xalikova)

Читать полностью…

FIZ-MAT Fakulteti | Rasmiy Kanal

https://telegra.ph/Buxoro-davlat-universiteti-Fizika-matematika-fakulteti-01-12

Читать полностью…

FIZ-MAT Fakulteti | Rasmiy Kanal

#LIVE
#Vatanparvarlik_oyligi

🇺🇿14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "Vatanparvar" shiori ostida Buxoro davlat universiteti boshlangʻich tashkiloti tashabbusi bilan harbiy sport musobaqasi tashkil etildi.

✨Yoshlarga vatanparvarlik tuyg'ularini singdirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda Buxoro viloyatidagi 11 ta Oliy taʼlim muassasalaridan talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

📌Jarayonlardan lavhalar.

@BDU_Yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

FIZ-MAT Fakulteti | Rasmiy Kanal

#BuxDU #Harbiy_vatanparvarlik_oyligi

🔰 Hurmatli O'zbekiston Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o'tab, Qo'mondonlik tavsiyanomasiga asosan talabalikka qabul qilingan talabalar DIQQATIGA❗️

"Harbiy vatanparvarlik oyligi" doirasida Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan O'zbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro viloyat Kengashi hamda Buxoro davlat Pedagogika institutining Harbiy ta'lim fakulteti hamkorligida tashkil etilayotgan "VATANPARVAR" harbiy sport musobaqasini e'lon qiladi.

Musobaqa 3 bosqichdan iborat:👇

1️⃣-bosqich sun'iy to'siqlardan vaqt reglamentiga amal qilgan holda o'tish (1 balldan 10 ballgacha);

2️⃣-bosqich turnikda tortilish (1 balldan 10 ballgacha);

3️⃣-bosqich avtomatni vaqtga sochib-yig'ish (1 balldan 10 ballgacha) baholanadi.

Murojaat uchun: @Shahboz_Hasanov

G'OLIBLAR DIPLOM VA ESDALIK SOVG'ALAR BILAN TAQDIRLANADI.

Tanlov 11.01.2024 kuni soat 14.00 da BuxDPI Harbiy ta'lim fakultetida o'tkaziladi.

@buxdu_uz

Читать полностью…

FIZ-MAT Fakulteti | Rasmiy Kanal

📣DIQQAT E'LON

🇺🇿O'zbekiston Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o'tab, Qo'mondonlik tavsiyanomasiga asosan Buxoro viloyatidagi oliy ta'lim muassasalariga to'lov-kontrakt asosida kunduzgi ta'lim shaklida talabalikka tavsiya etilgan talabalar diqqatiga!

⏱ Joriy yilning 10-yanvar kuni soat 10:00 da universitetning katta yig'ingohiga tyutoringiz hamda fakultet koordinatori bilan kelishingiz so'raladi.

📌 Yig'ilishda "Yoshlar ittifoqi tomonidan kontraktni 35% ini to'lash shartlari"dagi o'zgarishlar haqida batafsil ma'lumot beriladi.

✍️ Murojaat uchun: @Shahboz_Hasanov

📲 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo'ling va do'stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube

Читать полностью…

FIZ-MAT Fakulteti | Rasmiy Kanal

#BuxDU_yoshlar_ittifoqi

🎗Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti tomonidan talaba-yoshlar uchun ushbu hafta davomida qanday loyihalar tayyorlanmoqda?

📌 Batafsil infografikada👆

📲 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo'ling va do'stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube

Читать полностью…

FIZ-MAT Fakulteti | Rasmiy Kanal

#onlayn_zakovat

🏢 BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI YOSHLAR ITTIFOQI BOSHLANG‘ICH TASHKILOTI TALABALARNING QISHKI TA'TIL VAQTINI MAZMUNLI O'TKAZISH VA TALABA-YOSHLARNING INTELLEKTUAL SALOHIYATINI OSHIRISH MAQSADIDA ONLAYN ZAKOVAT INTELLEKTUAL OʻYININI E'LON QILADI!

📌 Onlayn Zakovat intellektual oʻyinida barcha talaba va oʻqituvchilar ishtirok etishi mumkin.

⚡️ Onlayn Zakovat intellektual o'yini @BDU_yoshlar_ittifoqi kanalida o‘tkaziladi.

Musobaqada ishtirok etmoqchi bo‘lgan talaba-yoshlar @Amonov_N profiliga murojaat qilishlari mumkin.

Bugungi oʻyin bugun, 4-yanvar 21:00 da boshlanadi 🎯

🏆 Musobaqa 4 kun davomida o‘tkaziladi. 4 kunlik natijalarga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Faol ishtirok etgan talabalarga online sertifikatlar taqdim etiladi.

📲 BuxDU Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling va do‘stlarga ham ulashing:

Telegram | buxduyoshlarittifoqi">YouTube | Instagram l Facebook

Читать полностью…

FIZ-MAT Fakulteti | Rasmiy Kanal

🔋DIQQAT ONLINE VIKTORINA!


🇺🇿O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro viloyati Kengashi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan "YANGI KONSTITUTSIYA BILIMDONI" online viktorinasi tashkil etiladi.

🏆Bilimdonlar tashkilotchilar tomonidan munosib rag'batlantirilishi ko'zda tutilgan.


Viktorina online test shaklida @buxoroyoshlari_yi rasmiy sahifamizda 8-dekabr soat 19:00 da start oladi.


📌ESLATMA!!!!!!!!

💣Viktorina 30ta test savolidan iborat bo'lib 30 daqiqa vaqt beriladi.


📱Bizdan uzoqlashmang!

Читать полностью…

FIZ-MAT Fakulteti | Rasmiy Kanal

#Rektor_tabrigi

⚡️⚡️⚡️BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI REKTORI OBIDJON XAMIDOVNING O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING 31 YILLIGI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI

🇺🇿Batafsil

@buxdurektori
@buxdu_uz

Читать полностью…

FIZ-MAT Fakulteti | Rasmiy Kanal

#BuxDU_yangiliklari
#Mening_konstitutsiyam

Qomusimiz qabul qilingan sana munosabati bilan "Konstitutsiya – adolat tantanasi" tadbiri doirasida kitoblar ko`rgazmasi hamda Tasviriy san’at yо‘nalishi ijodkor talaba-yoshlarining shaxsiy ijodiy ishlar ko`rgazmasi bo`lib o`tmoqda.

Tadbir mobaynida Buxoro davlat universiteti talaba-yoshlari o`rtasida arqon tortish, tosh ko`tarish kabi sport musobaqalari ham o`tkazildi. Talabalar o`zaro kuch sinashishdi.


📲 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube

Читать полностью…

FIZ-MAT Fakulteti | Rasmiy Kanal

#BuxDU_yangiliklari
#Mening_konstitutsiyam

🇺🇿 Konstitutsiya – adolat tantanasi
!

Konstitutsiya mamlakatimiz mustaqilligining huquqiy poydevori, inson huquq va erkinliklarining kafolati, birdamlik zanjiri, tenglik mezonidir. Davlatning erkin va adolatli fuqarolik jamiyatiga asoslangan demokratik davlat bo‘lishida Konstitutsiyaning ahamiyati cheksiz.

Ayni paytda BuxDUda qomusimiz qabul qilingan sana munosabati bilan “Konstitutsiya – adolat tantanasi” mavzusida tadbir bo`lib o`tmoqda. Tadbirda barcha BuxDU prorektorlari jamoa hamda talaba-yoshlarni samimiy istaklar bilan qutlash asnosida O`zbekistonimiz tinchligi va rivoji bardavom bo`lsin, deya ezgu tilaklar bildirishdi.

📲 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube

Читать полностью…

FIZ-MAT Fakulteti | Rasmiy Kanal

#BuxDU_yoshlar_ittifoqi

✅ Buxoro davlat universiteti kitobxon talabalari bizning loyihamiz davom etadi!

🚀  Kitobxonlarimizni bir joyga jamlaydigan "Zukko kitobxon" tanlovining qishki mavsumiga start berilmoqda.

⚡️ Ushbu tanlovda yoshidan qat'iy nazar barcha talabalar ishtirok etishi mumkin.

💥Loyihada ishtirok etish qonun-qoidalari, hamda rag'batlantirish to'g'risida ma'lumotlarni ushbu havola orqali bilib olishingiz mumkin👇
https://is.gd/Osh40B

Tavsiya etilgan kitoblar ro'yxati👇

👉"Choliqushi" Rashot Nuri Guntekin
👉"Mening Dog'istonim" Rasul Hamzatov
👉 "Ikki karra ikki besh" Oʻtkir Hoshimov

☎️ Siz ham ishtirok etmoqchimisiz? @jurnalist010803 orqali hoziroq ro'yxatdan o'ting!

🗒 Ro'yxatdan o'tish muddati:
👉13.12.2023 yil

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt | YouTube

Читать полностью…

FIZ-MAT Fakulteti | Rasmiy Kanal

📢📢DIQQAT! DIQQAT!

🥳 Fizika-matematika fakultetining bilimga chanqoq, zukko, intiluvchan talaba-yoshlari

🧠 Fakultetda "Zakovat klubi" doirasida qishgi mavsum o'yinlariga start beriladi.

💭 Turnirda ishtirok etish uchun 6 kishilik jamoa tuzing va ro'yxatdan o'ting👇

✅ Ro'yxatdan o'tish uchun:  @tolibjon_kurbonboyev ga murojaat qilishingiz mumkin.

❗️Turnir nizomi, o'yin vaqti, savollar tartibi va boshqa qoidalari BuxDU_Zakovat_klubi kanalida yoritib boriladi.

♻️Qishgi mavsum fakultet ligasi o'yinlari 06.12.2023 dan boshlab har haftaning chorshanba kuni soat 16:00 da boshlanadi.

🔰Qishgi mavsum o'yinlarining qiziqarli tomoni shundaki barcha fakultetlarda bir vaqtda boshlanib savollar ham bir vaqtda o'qiladi.

🤝Fakultet ligasining haftalik o'yinlarida yuqori ball to'plagan 1 ta jamoa payshanba kuni o'tkaziladigan universitet ligasi o'yinlariga ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritadi.

HURMATLI JAMOALAR BUKUN SOAT 16:00 DA QISHKI MAVSUM BIRINCHI O'YINGA START BERAMIZ


@BDU_yoshlar_ittifoqi
@BuxDu_FizMat

Читать полностью…

FIZ-MAT Fakulteti | Rasmiy Kanal

#Sport_yangiliklari

🏀 Buxoro davlat universiteti talaba-yoshlari o`rtasida 8-dekabr konstitutsiyamizning 31 yilligiga bag`ishlangan basketbol (qizlar) sport turi musobaqasi bo`lib o`tadi.👆

📅Sana: 6-dekabr soat 14:00 da
🏛Manzil: BuxDU sport zali

📲
BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube

Читать полностью…

FIZ-MAT Fakulteti | Rasmiy Kanal

📢📢DIQQAT! DIQQAT!

🥳 Fizika-matematika fakultetining bilimga chanqoq, zukko, intiluvchan talaba-yoshlari

🧠 Fakultetda "Zakovat klubi" doirasida qishgi mavsum o'yinlariga start beriladi.

💭 Turnirda ishtirok etish uchun 6 kishilik jamoa tuzing va ro'yxatdan o'ting👇

✅ Ro'yxatdan o'tish uchun:  @tolibjon_kurbonboyev ga murojaat qilishingiz mumkin.

❗️Turnir nizomi, o'yin vaqti, savollar tartibi va boshqa qoidalari BuxDU_Zakovat_klubi kanalida yoritib boriladi.

♻️Qishgi mavsum fakultet ligasi o'yinlari 06.12.2023 dan boshlab har haftaning chorshanba kuni soat 16:00 da boshlanadi.

🔰Qishgi mavsum o'yinlarining qiziqarli tomoni shundaki barcha fakultetlarda bir vaqtda boshlanib savollar ham bir vaqtda o'qiladi.

🤝Fakultet ligasining haftalik o'yinlarida yuqori ball to'plagan 1 ta jamoa payshanba kuni o'tkaziladigan universitet ligasi o'yinlariga ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritadi.

@BDU_yoshlar_ittifoqi
@BuxDu_FizMat

Читать полностью…

FIZ-MAT Fakulteti | Rasmiy Kanal

#BuxDU #Harbiy_vatanparvarlik_oyligi

Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan Yoshlar ittifoqi Buxoro viloyat Kengashi hamda BuxDPI Harbiy ta'lim fakulteti hamkorligida "VATANPARVAR" harbiy sport musobaqasi tashkil etildi.


⚡️Musobaqa 3 bosqichda olib borildi.👇

1️⃣-bosqich sun'iy to'siqlardan vaqt reglamentiga amal qilgan holda o'tish (1 balldan 10 ballgacha);

2️⃣-bosqich turnikda tortilish (1 balldan 10 ballgacha);

3️⃣-bosqich avtomatni vaqtga sochib-yig'ish (1 balldan 10 ballgacha) baholandi.

🔥Musobaqa natijalariga ko'ra ishtirokchilar quyidagi natijalarni qo'lga kiritdi:👇

🥇-o'rin Ubaydov Umid (BuxTRBI);
🥈-o'rin Murodov Jonibek (BuxDU);
🥉-o'rin Boboxonov Anil (BuxDU).

🏆G'oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

📲 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo'ling va do'stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube

Читать полностью…

FIZ-MAT Fakulteti | Rasmiy Kanal

#Diqqat_elon #Vatanparvarlik_oyligi

Barcha talaba-yoshlar diqqatiga!

Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tashabbusi bilan Yoshlar ittifoqi Buxoro viloyat Kengashi hamda Osiyo xalqaro universiteti bilan hamkorlikda sportning "Street workaut"  musobaqasi o'tkazilishini e'lon qilamiz!

❗️Musobaqa 3 ta sport turi bo'yicha quyidagi yo'nalishlarda o'tkaziladi:

1️⃣ Turnik tortilish;
2️⃣ Arm wrestling o'yini;
3️⃣ Brus tortilish


📍Musobaqa yuqoridagi tartibga asosan, 12.01.2024 yil, soat 11:30 da, Yoshlar markazi yon tomonida bo'lib o'tadi.

Eslatma:  Street Workaut musobaqasida Buxoro viloyatidagi barcha oliy ta'lim muassasalari talabalari ishtirok etishi mumkin.

🏆G'oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadi.

💪Sport - barchamizni, jismonan yanada kuchli va sog'lom bo'lishimiz uchun xizmat qiladi.

@BDU_yoshlar_ittifoqi‌‌

Читать полностью…

FIZ-MAT Fakulteti | Rasmiy Kanal

#BuxDU_yangiliklari

Biz yoshlar berilgan ishonchni albatta oqlaymiz!

Hozirgi kunda yurtimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, yurtboshimiz tomonidan 2024-yil “ Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinganligi bunga yaqqol misoldir. Qolaversa, barcha o‘zbekistonlik yoshlar kabi meni ham birdek quvontirdi. Biz yoshlarga kuch va shijoat bag‘ishladi, desam xato qilmagan bo‘laman.

📌 Batafsil:


📲 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo'ling va do'stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube

Читать полностью…

FIZ-MAT Fakulteti | Rasmiy Kanal

#BuxDU_yoshlar_ittifoqi
#BuxDU_Party

⚡️Siz aziz talaba-yoshlarga yuqori kayfiyat bag‘ishlash maqsadida...

Buxoro davlat universiteti yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan tashkil etiladigan "BuxDU party" kechki ko'ngilochar konsert dasturida sizlarni kutib qolamiz!

Konsert dasturida:
✍️  Qiziqarli viktorina va o'yinlar;
🎭  "Quvnoqlar va zukkolar" jamoalarining chiqishlari;
🎤 Xushovoz, talantli yoshlarimiz ishtirokida kuy-qo'shiqlar

🏢 Manzil: BuxDU talabalar turar joyi foyesi
Soat: 19:30
📆 Sana: 09.01.2024

📲 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo'ling va do'stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube

Читать полностью…

FIZ-MAT Fakulteti | Rasmiy Kanal

#BuxDU #Harbiy_Vatanparvarlik_oyligi

🇺🇿Buxoro davlat universitetida harbiy vatanparvarlik oyligi doirasida Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo'yicha boshqarmasi hamda Buxoro viloyatida mavjud kuch tuzilmalari bilan hamkorlikda vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi.

✍️Yoshlarga vatanparvarlik tuyg'ularini singdirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo'shinlari faxriysi, iste'fodagi podpolkovnik E.E.Axmedov hamda Mudofaa vazirligi huzuridagi jamoatchilik Kengashi mutaxassisi S.B.Majidov so'zga chiqib, bugungi kunda talaba-yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar haqida aytib, hammani kelayotgan bayram bilan tabrikladi.

Harbiy orkestr jamoasining vatanparvarlik ruhidagi kuy va qo'shiqlari yoshlarga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi.

🔹Tadbirdan so'ng tashrif buyurgan mehmonlar hamda talaba-yoshlar universitet muzeyiga tashrif buyurib, ko'hna va navqiron universitetimizning boy o'tmishi, ustozlarimiz qoldirgan ma'naviy boyliklar, yuz yilliklardan hikoya qilib turgan jozibali, betakror inshootlarning yaratilish tarixi haqida ko'plab ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

🔹Bu kabi tadbirlar talaba-yoshlar qalbida o'tmishga hurmat, Vatanga sadoqat tuyg'ularini oshirib, ularni boy tarixiy madaniyatimizni qadrlashga va ularni asrab-avaylashga o'rgatadi.

@buxdu_uz

Читать полностью…

FIZ-MAT Fakulteti | Rasmiy Kanal

🔰BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI TALABALARINING QISHKI TA'TIL VAQTINI MAZMUNLI O'TKAZISH MAQSADIDA ONLAYN FAN OLIMPIADALARINI E'LON QILADI

🔰Onlayn fan olimpiadalarida kunduzgi, kechki, sirtqi, qo'shma ta'lim dasturlarining barcha bosqichida tahsil oluvchi talabalar ishtirok etishi mumkin.

🔰Onlayn olimpiada quyidagi fanlar bo'yicha o'tkaziladi:
-matematika
-informatika
-fizika
-biologiya
-kimyo
-O'zbekiston tarixi
-O'zbekistonning yangi tarixi
-ingliz tili
-fransuz tili
-nemis tili


🔰Onlayn olimpiada jarayonlari uniwork.buxdu.uz platformasi orqali o'tkaziladi. Olimpiadada ishtirok etish uchun quyidagi yo'riqnoma bilan tanishing. YO'RIQNOMA

🔰Olimpiadada ishtirok etmoqchi bo'lsangiz quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'ting👉HAVOLA

❗️Olimpiada jarayonlari 2024-yilning 5-6-yanvar kunlari soat 8:00 dan 17:00 gacha davom etadi. Bir talaba istagan bir nechta fanlar bo'yicha olimpiadada ishtirok etishi mumkin.

🏆Olimpiada g'oliblari olimpiada NIZOMIga muvofiq Talabalarni taqdirlash marosimida diplom hamda pul mukofoti bilan taqdirlanadi

IMKONIYATNI QO'LDAN CHIQARMANG

Читать полностью…

FIZ-MAT Fakulteti | Rasmiy Kanal

🎓Fazliddinov Diyorbek o'quv markazimizga qabul boshlandi:

🔭FIZIKA, 🧮MATEMATIKA,
🧪KIMYO
, 🔬BIOLOGIYA,
🇬🇧INGLIZ TILI, 🇷🇺RUS TILI,
🇺🇿ONA TILI VA ADABIYOT,

🗿TARIX

👨‍💻ONLINE kurs 100.000 so'm
👨‍🏫OFFLINE kurs 250.000 so'm

✅Haftada 3 kun📆2 soatdan  o'tiladi.

INDIVIDUAL(har bir o'quvchi bilan alohida) shug'ullanamiz✅


Natijaga 100🔤 kafolat beramiz
Kurs oxirida sertifikat ham beriladi.

📍Manzil: Buxoro shahar
     🥳Buxoro davlat universiteti
🚀📞
+998945452582

Читать полностью…

FIZ-MAT Fakulteti | Rasmiy Kanal

#Tabriknoma
#Meningkonstitutsiyam

Qadrli yurtdoshlar, aziz ustoz va talaba-oʻquvchilar!

Sizni baxtimiz qomusi — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz!

Samimiyat ila,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi
___

Дорогие соотечественники, преподаватели и студенты!

От всей души поздравляем вас с 31-й годовщиной принятия Конституции Республики Узбекистан!

Искренне ваш,
Коллектив Министерства высшего образования, науки и инноваций


Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

Читать полностью…

FIZ-MAT Fakulteti | Rasmiy Kanal

🗣 Assalomu alaykum qadrli bilimga oshufta, zukko talabalar !

🔵 Uzoq kutilgan onlardan so`ng Buxoro davlat universiteti yoshlar ittifoqi Zakovat klubi siz aziz bilimdonlarga ajoyib yangilik hozirlab qo`ygan

🤵‍♂️ Zakovat intellektual o’yini Rektor kubogi qishki mavsum bahslari boshlanadi.

🗓️ O`yinlar o`tkazilish kuni : 7-dekabr soat 16:30da
📍 O`tkazilish joyi : 1-bino 104 xona

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

FIZ-MAT Fakulteti | Rasmiy Kanal

#BuxDU_yangiliklari
#Mening_konstitutsiyam

🔰Konstitutsiya – adolat tantanasi
!

Tadbir mobaynida “Mening Konstitutsiyam 31 yoshda” shiori ostida “Mening Konstitusiyam va davlat tilim” mavzusida o`tkazilgan diktantlar tanlovi hamda olimpiadalarda yuqori natija ko`rsatgan talaba-yoshlar taqdirlanishdi.

📲 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube

Читать полностью…

FIZ-MAT Fakulteti | Rasmiy Kanal

#BuxDU_yangiliklari
#Mening_konstitutsiyam

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi jamoasi tomonidan tayyorlangan bayram tabrigi.

📲 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo'ling:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt | YouTube

Читать полностью…

FIZ-MAT Fakulteti | Rasmiy Kanal

#tuğilgan_kun
#tabriklaymiz

🥳 Bugun 6-dekabr sanasida tavallud ayyomini nishonlayotgan Fizika-matematika fakultetida tahsil oluvchi:

🎉 Shamsiyeva Gulasal Jo'rayevna 1-1MAT-21
🎉 Ibodova Sabina Mirzohid qizi 1-4FIZ-21
🎉 Habibov Azizbek Kozimovich 1-3MAT-22
🎉 Ro'ziyeva Dilnura Sayidjonovna 1-1MEX-23

guruh talabasini fakultet jamoasi nomidan tabriklaymiz. Ularning o'qish va ishlariga omad hamda muvaffaqiyatlar tilab qolamiz! Hayot yo‘llari hamisha yorug‘ hamda ravon bo‘lishiga tilakdoshmiz. Doimo yaqinlaringiz ardog‘ida bo‘ling. Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin

🪷🌿🪷🌿🪷🌿🪷🌿🪷🌿🪷🌿🪷🌿

@BuxDU_FizMat

Читать полностью…

FIZ-MAT Fakulteti | Rasmiy Kanal

#BuxDU_yoshlar_ittifoqi

🏛 Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan yangi "Konstitutsiya va yoshlar"  mavzusida tanlov e'lon qilamiz!

⚡️Tanlov universitet talabalari ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

☑️ Yo‘nalishlar

📷 "Konstitutsiya va yoshlar " mavzusida "Eng yaxshi videorolik"

🎤"Konstitutsiya va yoshlar " mavzusida "Eng yaxshi audio nutq"


🛑 Vaqt chegaralgan aziz, talaba-yoshlar

Muddat: 5-dekabrdan 8-dekabrgacha 

📩 Murojaat uchun: @jurnalist010803

🎗Tanlov ishtirokchilari ijodiy ishlarning sifatiga qarab diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

📲 BuxDU Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling va do‘stlarga ham ulashing:

Telegram | buxduyoshlarittifoqi">YouTube | Instagram l Facebook

Читать полностью…

FIZ-MAT Fakulteti | Rasmiy Kanal

🟥🟥🟥5️⃣5️⃣5️⃣
😀Buxoro davlat universitetida tahsil olayotgan xotin-qizlar o'rtasida “Ayollar biznesiga birinchi qadam” tanlovi start olmoqda!

👑Tanlov doirasida universitetda tahsil olayotgan barcha xotin-qizlar  muayyan bir tadbirkorlik faoliyatiga qaratilgan loyihalari bilan ishtirok etishlari mumkin!

✔️Tanlovda ishtirokchilar taqdimot bilan ishtirok etishlari lozim. Loyihalar taqdimoti (10 ta slayddan oshmagan holda) pptx yoki pdf formatda erkin holatda shakllantiriladi.
Loyihalarni  ro'yxatga olish 2023-yil 25-dekabr soat 12-00 ga qadar davom etadi.

🏆Tanlov yakunida g'olib deb topilgan loyihalar quyidagi tartibda rag'batlantiriladi:

💰1-o'rin uchun (BHMning 3 barobari)
💰2-o'rin uchun (BHMning 2 barobari)
💰3-o'rin uchun (BHMning 1 barobari) miqdorida rag'batlantiriladi!
💬“Ayollar biznesiga birinchi qadam” tanlovida ishtirok etmoqchi bo'lgan talabalar quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tishlari lozim.
🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢
↪️Ro'yxatdan o'tish havolasi
🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢
🖥"Ayollar biznesiga birinchi qadam" tanlovi nizomi bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin
Tanlov nizomi👈

👩‍💻Murojaat uchun:
📱tel: +998 94 305 09 27

Читать полностью…

FIZ-MAT Fakulteti | Rasmiy Kanal

ушбу талабалар ижара шартномалари буйича ариздларизни бугундан кечиктирмасдан келтириб Убайдуллоевга топширишингизни сўраймиз аризани етказмаган талабаларга декабрь ойи учун тулов берилмаслигини билдирамиз

Читать полностью…
Subscribe to a channel