12315
• Buxoro davlat universiteti • Бухарский государственный университет • Bukhara state university Buxoro davlat universiteti Matbuot kotibi Otabek Jalolov https://t.me/otabekjalolov1 @BuxDUMatbuotkotibi_bot www.buxdu.uz +998 65 221-29-14 +99865 221-26-85
🕓🕔🕕🕖🕗
☄️📚✅BuxDUda Ilmiy-texnik kengashning 4-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
🔸 Buxoro davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 4-son yig‘ilishi ish rejasiga muvofiq onlayn tarzda (Zoom platformasi orqali) o‘tkazildi.
Kun tartibida bir qator masalalar ko‘rib chiqildi, takliflar bildirildi va Nizom talablariga asosan taqdim etilgan ishlar kengash a’zolari tomonidan tasdiqlandi. Jumladan, Doktorant (DSc), tayanch doktorant (PhD) va mustaqil izlanuvchilarning dissertatsiya mavzularini tasdiqlash, o‘zgartirish va ilmiy rahbar tayinlash masalalari, kafedra professor-o‘qituvchilarining monografiyalarini nashrga tavsiya etish, kafedra professor-o‘qituvchilarini professor va dotsent ilmiy unvonlariga tavsiya etish, belgilangan ish rejasini bajarmagan mustaqil izlanuvchilarni ilmiy rahbar va kafedra qaroriga asosan mustaqil izlanuvchilar safidan chiqarish masalalari ko'rib chiqildi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅BuxDU rektori George Washington University vakili Jeffrey Hunter bilan uchrashdi
🔹 QS Eurasia Forum 2025 doirasida Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov George Washington University (AQSh)ning Graduate Business Admissions bo‘yicha assistent dekanı Jeffrey Hunter bilan uchrashdi.
🔸 Uchrashuvda magistratura ta’limi tizimida qo‘llanilayotgan global yondashuvlar, xalqaro biznes ta’limi standartlari, talabalar almashinuvi, qo‘shma dasturlar va akademik hamkorlik imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
✨ George Washington University kabi dunyodagi nufuzli oliygohlar bilan aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi BuxDUning xalqaro maydondagi mavqeini yanada mustahkamlaydi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅BuxDU rektori Boku davlat universiteti rektori Elchin Babayev bilan uchrashdi
🔹 Toshkentda o‘tayotgan QS Eurasia Forum 2025 doirasida Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov Ozarbayjonning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri - Boku davlat universiteti rektori Elchin Babayev bilan uchrashdi.
🔸 Uchrashuv davomida ikki universitet o‘rtasida akademik hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha qo‘shma loyihalar, talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi kabi masalalar muhokama qilindi.
✨ Tomonlar yaqin istiqbolda o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishib oldilar.
Bizni kuzatishda davom eting:
🕓🕔🕕🕖🕗
☄️📚✅Samarqandda Yo’qolib borayotgan yovvoyi hayvonlar va o‘simliklar turlarining noqonuniy savdosiga qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiya tomonlar konferensiyasining 20-sessiyasi (CITES CoP20) bo‘lib o‘tmoqda.
✅Ushbu tadbir Markaziy Osiyo tarixidagi eng yirik CITES konferensiyasi ekanligi, shuningdek, yubiley sessiya ekanligi bilan ahamiyatlidir. Unda 200 ga yaqin davlatdan 3000 dan ortiq delegatlar va ishtirokchilar qatnashmoqda. CITES CoP20 da xalqaro savdoning flora va fauna vakillariga zararini bartaraf etish, noqonuniy savdoga qarshi kurashning huquqiy asoslarini mustahkamlash, noyob turlarni muhofaza qilishga e’tibor qaratilmoqda.
Ma'lumot uchun, bugungi kunda yovvoyi hayvonlar bilan noqonuniy savdo giyohvand moddalar, qurol-yarog‘ va odam savdosidan keyin to‘rtinchi o‘rinda turadi. 2024-yilgi hisobotga ko‘ra, 162 mamlakatda noqonuniy savdo holatlari aniqlangan, 4 000 dan ortiq o‘simlik va hayvon turiga ta’sir ko‘rsatgan, shundan 3 250 turi CITES ro‘yxatida aks etgan, 13 milliondan ortiq tovar musodara qilingan.
🟦🟦🟦
☄️📚✅Buxoro davlat universitetida Oliy ta’limdan keyingi ta’lim izlanuvchilari uchun malakaviy imtihonlar bo‘lib o‘tdi
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida faoliyat olib borayotgan izlanuvchilar uchun Buxoro davlat universitetida chet tili — nemis, ingliz va fransuz tillari, shuningdek mutaxassislik va maxsus fanlar bo‘yicha malakaviy imtihonlar bo‘lib o‘tdi.
Imtihon jarayonlari belgilangan tartib asosida, adolat va shaffoflik tamoyillariga to‘liq rioya qilingan holda tashkil etildi. Unda izlanuvchilarning kasbiy tayyorgarligi, ilmiy kompetensiyalari va mustaqil tadqiqot olib borish ko‘nikmalari har tomonlama baholab chiqildi.
🔸 Mazkur imtihonlar Oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichida tadqiqotchilarning keyingi ilmiy faoliyatini samarali davom ettirishlari uchun muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐 BuxDU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 Youtube
🕓🕔🕕🕖🕗
☄️📚✅ Olis va chekka hududlardagi yoshlarni oliy ta’limga qiziqtirish, ularni OTMlarga jalb etish targ‘ibot ishlari davom etmoqda
🔺 O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2025-yil 30-maydagi 27/1-378-son topshirig‘iga muvofiq respublikaning olis, chekka hududidagi yoshlarni oliy ta’limga qiziqtirish, ularni respublika oliy ta’lim muassasalariga jalb qilish yuzasidan vazifasi belgilangan.
🔹 Shu doirada Universitet rahbariyati tomonidan tashkil etilgan doimiy faoliyat yuritadigan ishchi guruh a’zolari olis va chekka xududdagi yoshlarga OTMlarga o‘qishning afzalliklari, abituriyentlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, ta’lim yo‘nalishlari va ta’lim shakllari, universitetda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar uchun joriy qilingan “Ta’lim krediti” turlari, o‘zlashtirish ko‘rsatgichlari yuqori bo‘lgan talabalarga taqdim etilayotgan ta’lim grantlari, davlat stipendiyalari, talabalar turar joylarida joylashtirish imkoniyatlari, ijarada turuvchi talabalarga ijara haqqining bir qismini qoplab berilishi to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐 BuxDU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 Youtube
🟦🟦🟦
☄️📚✅ Buxoro davlat universiteti Differensial tenglamalar kafedrasi dotsenti, fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) J.Z. Nuriddinov tomonidan “Oliy matematika” nomli darslik chop etildi.
🔹 Ushbu darslik oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan talabalar, yosh tadqiqotchilar va matematikaga qiziquvchi mutaxassislar uchun muhim o‘quv-metodik manba bo‘lib xizmat qiladi.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐 BuxDU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 Youtube
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅AQShning Syracuse universitetidagi o’zbekistonlik talabalar bilan muloqot
✅Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov Syracuse universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashib, ularning o‘qish jarayoni, ilmiy izlanishlari va kelgusi rejalarini batafsil o‘rgandi.
💠Uchrashuv chog‘ida, xususan, Oyatillo Nuraliev Davlat siyosati va boshqaruvi yo‘nalishida Humphrey Fellowship dasturi bo‘yicha tahsil olayotgani qayd etildi. “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali Syracuse universitetida o‘qiyotgan Samijonov Nurmuhammad — Xalqaro munosabatlar yo‘nalishida magistratura bosqichida tahsil olmoqda. Rektor yoshlarning akademik natijalari, ilmiy izlanishlari va erishayotgan yutuqlari bilan yaqindan tanishdi.
🎙Uchrashuvlarda shuningdek Mirjahon Turdiyevning faoliyati ham muhokama qilindi. U O‘zbekiston va bir qator xorijiy davlatlarda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ijtimoiy adolat va inson huquqlarini himoya qilish borasida katta amaliy tajribaga ega. Mirjahon BMT, JICA, USAID va boshqa xalqaro tashkilotlarda rahbarlik hamda maslahatchilik lavozimlarida ishlagan, hozirda Markaziy Osiyo va Kavkaz Talabalar Ittifoqi Prezidenti sifatida faoliyat yuritadi. 2020-yilda esa Syracuse universitetida xilma-xillik va inklyuziyani rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun La Fuerza Community Enhancement Award bilan taqdirlangan. Suhbat davomida rektor va Mirjahon Turdiyev o‘rtasida AQSHdagi ilg‘or kurslarni Buxoroda tashkil etish, o‘quv jarayoniga zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish va hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
BuxDU delegatsiyasining ushbu uchrashuvlari universitetning xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish va ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Bizni kuzatishda davom eting:
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti doktorantlari va tayanch doktorantlar diqqatiga! 🎓
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti huzurida har chorshanba kuni an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Ilm-fan va innovatsiyalar kuni” doirasidagi navbatdagi ilmiy-amaliy seminarga sizlarni taklif etamiz. 🧪📘
👨🏫 Seminar ma’ruzachisi: i.f.n., dotsent Jo‘rayev Abror Turobovich
📚 Mavzu: “Xorijiy ilmiy stajirovkalar — oliy ta’limdan keyingi ta’lim samaradorligini oshirish omili sifatida”
Seminarda quyidagi yo‘nalishlar yoritiladi:
• 🌐 Xorijiy ilmiy stajirovkalarning mazmuni, maqsadi va afzalliklari
• 📝 Erasmus+, DAAD, Fulbright kabi xalqaro dasturlarga ariza topshirish tartibi
• 🤝 Xorijiy ilmiy rahbar topish va ular bilan samarali ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish usullari
• 🎓 Xorijiy oliy ta’lim muassasalarida ilmiy faoliyatni tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar
• 📈 Stajirovkalar natijalarini ilmiy izlanishlar sifatini oshirishga yo‘naltirish mexanizmlari
• 📄 Hujjatlar bilan ishlash, avtoreferat uchun taqriz va tavsiyanoma olish bo‘yicha zarur ko‘nikmalar
Shuningdek, seminarda 2-bosqich tayanch doktoranti Bozorov Vahobiddin Nuriddinovich
“Ilmiy faoliyatda etik tamoyillar va mas’uliyat” mavzusida amaliy tavsiyalar beradi. ⚖️🧭
📅 O‘tkazilish vaqti: 26 noyabr, soat 15:00
📍 Joy: Bosh bino, katta majlislar zali 🏛
Seminar davomida:
• 🌏 Xorijiy stajirovkalar imkoniyatlari bilan tanishasiz
• 💡 Muvaffaqiyatli tajriba almashishning samarali yo‘llarini bilib olasiz
📣 Barcha doktorantlarni ushbu muhim va foydali seminarda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐 BuxDU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 Youtube
📢 E’LON!
🔴 “Biz yoshlar - Korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir.
Tadbir davomida:
✔️ Korrupsiyaning ijtimoiy oqibatlari va himoyalanish madaniyati;
✔️ Musiqiy chiqishlar;
✔️ Talabalar o'rtasida fikr-mulohazalar almashinuvi;
✔️ Teatrlashtirilgan sahna ko'rinishlaridan bahramand bo'lasiz.
📅 Sana: 25.11.2025
🕒 Vaqti: 13:00
📍 Manzil: BuxDU faollar zali
Tadbirga barcha professor o'qituvchilar va talabalar taklif etiladi❗️
Halollik – kelajagimiz poydevori! 🇺🇿
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐 BuxDU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 Youtube
📢 E’LON
🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yoshlarni milliy va umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy va ma’naviy qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimiz, milliy san’atimiz bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “YURTIM QADRIYATLARI” ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi.
📊 Tanlov 4 bosqichda o‘tkaziladi:
1️⃣ Fakultetlararo bosqich
2️⃣ Hududiy bosqich
3️⃣ Yarim final bosqichi
4️⃣ Final bosqichi
⚡️ Tanlovda jamoalar 3 ta shart bo‘yicha bellashadilar:
🔵 1-shart: Milliy an’ana, qadriyat va urf-odatlar
🔵 2-shart: Kompozitsion musiqiy chiqishlar
🔵 3-shart: Jadidlar jasorati — millatimiz faxri
⚠️ Tanlovning 1 — fakultetlararo bosqichi 2025-yil 4-dekabr kuni soat 10:00 da Bosh yig‘ingohda bo‘lib o‘tadi.
🌐 Tanlov NIZOMI: 👉 /channel/BuxDU_Tanlovlar/1680
⁉️ Savollar uchun:
Klub va to‘garaklar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi sektor bosh mutaxassisi N. Axmedova
📞 +998 88 080-39-08
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐 BuxDU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 Youtube
KELAJAKKA QADAM MARKAZI
Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarini ishga joylashtirishiga ko’maklashuvchi «Kelajakka qadam» Markazi rasmiy kanali
Telegram: /channel/nbu_kelajakkaqadam
Facebook: https://www.facebook.com/nbukelajakkaqadam
Youtube: KelajakkaQadamMarkazi" rel="nofollow">https://www.youtube.com/@KelajakkaQadamMarkazi
Instagram: https://www.instagram.com/nbu_kelajakkaqadam/
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐 BuxDU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 Youtube
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅Ommaviy axborot vositalari va sun’iy intellekt: BuxDU olimi global muhokamada ishtirok etdi
✅Buxoro davlat universiteti Rus tili va adabiyot kafedrasi dotsenti F.R. Murtazayeva Rossiya Xalqlar Do‘stligi Universitetida (RUDN) “Tarjimonning sun’iy intellekt davridagi lingvokultural muvofiqligi va media savodxonligi” mavzusida ilmiy ma’ruza o‘qidi. Ma’ruzada u mashina tarjimasi kengayib borayotgan sharoitda inson-tarjimonning madaniy sezgirlik, media savodxonlik va xabarning lingvokultural mazmunini to‘liq yetkazish qobiliyati hali ham asosiy omil bo‘lib qolayotganini ta’kidladi. Mutaxassisga ko‘ra, aniq, mazmunan to‘g‘ri va madaniy jihatdan mos tarjima qilishda inson faktorining o‘rni o‘zgarmas darajada muhimdir.
💠Dotsent Murtazayeva shuningdek, 16-Butunrossiya “Ko‘pqutbli dunyoda ommaviy axborot vositalari: muammolar va istiqbollar” nomli yirik ilmiy konferensiyada ham faol ishtirok etdi. An’anaviy va masofaviy shaklda tashkil etilgan mazkur anjumanda turli mamlakatlardan kelgan mutaxassislar OAVning zamonaviy tendensiyalari va axborot texnologiyalari rivojida yuzaga kelayotgan yangi chaqiriqlarni muhokama qildilar. Konferensiyada “OAV va sun’iy intellekt: o‘zaro ta’sir muammolari” yo‘nalishi markaziy mavzulardan biri bo‘ldi.
📶RUDNga amalga oshirilgan ilmiy stajirovka davomida F.R. Murtazayeva xorijliklarga rus tilini o‘qitishga ixtisoslashgan professor-o‘qituvchilar bilan professional aloqa o‘rnatdi, profil darslar jarayonini o‘rgandi va qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida tajriba almashdi.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐 BuxDU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 Youtube
🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅BuxDU magistranti Shamsiqamar Sharipova xalqaro tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi
🔵Buxoro davlat universiteti rahbariyati va magistratura bo‘limi tashabbusi bilan ilmiy izlanishlarini faol davom ettirayotgan 70230104 – Adabiyotshunoslik: rus adabiyoti yo‘nalishi 2-bosqich magistranti Sharipova Shamsiqamar Intizor qizi Avstriyaning Vena shahrida o‘tkazilgan nufuzli Peter Drucker Challenge xalqaro tanlovida yuqori natija qayd etib, g‘olib deb topildi. U tanlovda O‘rta Osiyo va Yevroosiyo bosh ambassodori sifatida ishtirok etib, mintaqa nomidan munosib qatnashdi.
🖼️Mazkur tanlovga 80 davlatdan 800 ga yaqin esse taqdim etilgan bo‘lib, Shamsiqamar Sharipova dunyoning markazlardan chetda joylashgan hududlarida ta’lim loyihalarini yaratish zarurati va uning global ahamiyatiga bag‘ishlangan ilmiy-analitik essesi bilan ajralib turdi. Uning ilmiy yondashuvi, mavzuni chuqur tahlil qilishi va dolzarb g‘oyalarni ilgari surishi xalqaro hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi.
Tanlov g‘olibi sifatida Shamsiqamar Sharopova 2000 yevro pul mukofoti, Harvard Business Review jurnaliga 1 yillik bepul obunaga ega bo'ldi. Ushbu yutuq nafaqat Shamsiqamar Sharipova uchun, balki Buxoro davlat universiteti ilmiy salohiyati va xalqaro maydondagi obro‘si uchun ham muhim e’tirof bo‘lib xizmat qiladi. Bu g‘alaba yosh olimlarimizning jahon miqyosidagi tanlovlarda munosib ishtirok etish salohiyatini yana bir bor tasdiqladi.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐 BuxDU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 Youtube
🔷 CHIG‘ATOY — BUXDU 🟦
🟢 https://youtu.be/UMl-UY0VYrw
1️⃣ Toshkentda shahrida Birinchi liga pley-off bosqich o’yinlari o’tkazilmoqda.
O'zbekiston Chempioni nomi uchun kurashayotgan 👏Buxoro davlat universiteti jamoasi bugun yarim final doirasida “Do’stlik” klubiga qarshi bahs olib boradi.
Vakillarimizga mazkur uchrashuvda omad va zafarlar yor bo’lishini tilab qolamiz!
26-noyabr soat 14:30
Odil Ahmedov FA stadioni
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐 BuxDU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 Youtube
🕓🕔🕕🕖🕗
☄️📚✅BuxDUda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi
✅Buxoro davlat universiteti Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakultetida 25-noyabrdan 10-dekabrgacha mamlakat bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik” aksiyasi doirasida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.
🟡Tadbirda Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Buxoro viloyat hududiy markazi psixologi D. Saidjanova, yuristkonsult Q. Yuldashova, Buxoro tuman IIB XP HQMB katta inspektori, podpolkovnik L. P. Muxsinova, Buxoro viloyat IIB TQX TQKB xodimi, kapitan H. Hayitova ishtirok etdi.
Uchrashuv fakultet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari I. R. Barakayev, Xotin-qizlar ishlari bo‘yicha dekan maslahatchisi M. Tog‘ayeva, tyutorlar hamda talabalar bilan hamkorlikda tashkil etildi.
🖼️Davra suhbati davomida ayollarga nisbatan sodir bo‘layotgan turli shakldagi tazyiq va zo‘ravonlikning mazmun-mohiyati, jinsiy, jismoniy, iqtisodiy, ruhiy va kiber zo‘ravonlik tushunchalari, ulardan himoyalanish mexanizmlari, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollarga beriladigan himoya orderi, viloyatda tashkil etilgan reabilitatsiya markazlari faoliyati va ularda ko‘rsatiladigan xizmatlar kabi masalalar bo‘yicha mutaxassislar tomonidan batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini oshirish, ularni har qanday zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan profilaktik faoliyatni kuchaytirishga xizmat qildi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅BuxDU rektori Obidjon Xamidov QS asoschisi Nunzio Quacquarelli bilan uchrashdi
🔹 Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov QS Eurasia Forum 2025 doirasida QS Quacquarelli Symonds asoschisi va prezidenti Nunzio Quacquarelli bilan uchrashdi.
🔸 Uchrashuv davomida universitetning xalqaro reytinglardagi mavqeini oshirish, QS indikatorlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish hamda global ta’lim maydonida BuxDUning o‘rnini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
✨ Nunzio Quacquarelli BuxDUning xalqaro standartlarga mos ravishda rivojlanish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.
Bizni kuzatishda davom eting:
💙💙💙
🚀Buxoro davlat universiteti talabalarining startap g'oyalarini rivojlantirish maqsadida tashkil qilingan startap klubi inkubatsiya dasturining 2-mavsumiga start berildi!
❓Sizda g'oya bormi?
❓Amalga oshirishda yetarli bilim va malakaga ega bo'lmoqchimisiz?
🟦🟦🟦
☄️📚✅Buxoro davlat universitetining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori boshchiligida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Buxoro davlat universitetida yoshlar masalalari, tarbiyaviy ishlar va ma’naviy-ma’rifiy faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishga fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari, tyutorlar hamda mas’ul xodimlar qatnashdi.
Unda talabalar bilan ishlash jarayonidagi dolzarb masalalar, profilaktik tadbirlar samaradorligi, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar sifati va ularning qamrovini kengaytirish bo‘yicha vazifalar muhokama qilindi. Shuningdek, fakultetlardagi ichki tartib-intizom, talabalarning murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoya, xotin-qizlar masalalari hamda yoshlar o‘rtasida sog‘lom muhitni shakllantirishga oid masalalar bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilish davomida mas’ullarga kelgusi haftalar uchun aniq topshiriqlar belgilandi.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐 BuxDU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 Youtube
📺📺 #xalq_so'zi
✅Buxoro amirining avtomashinasi
#Buxoro_davlat_universiteti Arxeologiya va Buxoro tarixi kafedrasi professori, tarix fanlari doktori Shodmon Hayitovning "Xalq so'zi" gazetasida “Buxoro amirining avtomashinasi” hamda "Yurtimizda parvoz qilgan ilk samolyot" mavzusidagi maqolalari chop etildi.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐 BuxDU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 Youtube
🕓🕔🕕🕖🕗 🟦🟦🟦
☄️📚✅Buxoroda kattalar o‘rtasidagi dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston chempionati start oldi
🥋 Kecha, Buxoro davlat universitetining “Universal” sport saroyida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati boshlandi. Uch kun davom etadigan musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan kelgan jami 451 nafar dzyudochi (312 erkak, 139 ayol) 14 ta vazn toifasida medallar uchun kurashmoqda.
🧠 Dasturning birinchi kuni doirasida erkaklar: -60 kg, -66 kg, ayollar: -48 kg, -52 kg, -57 kg vazn toifalarida bahslar bo'lib o‘tdi. Saralash janglari soat 10:00, final bellashuvlari esa 17:00 da boshlanishi belgilangan. Shuningdek, chempionatning tantanali ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.
💠 Buxoro davlat universiteti talabalari ham musobaqani jonli ravishda tomosha qilib, sportchilarni faol qo‘llab-quvvatlashdi.
✨ BuxDU jamoasi barcha ishtirokchilarga omad tilaydi!
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐 BuxDU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 Youtube
🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅ BIZ LOQAYD BOʻLMASLIGIMIZ KERAK BOʻLGAN SANA — 25-NOYABR "XOTIN-QIZLARGA NISBATAN ZOʻRAVONLIKKA BARHAM BERISH XALQARO KUNI"
Zo‘ravonlik nafaqat kaltaklashdan iborat, balki ayolga jismoniy, jinsiy yoki ruhiy zarar yetkazadigan, shu jumladan tahdid, majburlash va ozodlikdan mahrum qilishni o‘z ichiga olgan har qanday harakatni qamrab oladi.
Tashvishli statistika:
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi har uch ayoldan biri hayoti davomida jismoniy yoki jinsiy zo‘ravonlikka duch keladi.
Zo‘ravonlik ko‘p qirrali:
Jismoniy: kaltaklash, jarohat yetkazish.
Jinsiy: majburlash, tajovuzkor harakatlar.
Ruhiy (psixologik): tahdidlar, kamsitishlar, nazorat, yakkalatib qo‘yish.
Iqtisodiy: mablag‘dan mahrum qilish, ishlashni taqiqlash.
O‘zbekistonda ayollarni himoya qilishga qaratilgan muhim qadam: 2019 yilda «Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilingan. Bu xavfsiz muhit yaratish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun poydevordir.
Bir ayol, ona va olim sifatida men, F.R. Murtazayeva, to‘liq ishonch bilan ayta olamanki: yaratilgan huquqiy baza va davlatning sa’y-harakatlari tufayli men doimo o‘zimni himoyalangan his qilaman.
Bizning umumiy vazifamiz — nafaqat huquqiy normalarga qat’iy rioya qilish, balki zo‘ravonliksiz, xavfsiz va adolatli muhit yaratilishiga faol ko‘maklashishdir. Faqat birgalikdagi sa’y-harakatlar bilangina biz zo‘ravonlik holatlarini kamaytirishimiz va undan jabr ko‘rganlarga samarali yordam berishimiz mumkin.
🟦🟦🟦
☄️📚✅Buxoro viloyat prokuraturasi tomonidan Yurisprudensiya talabalari uchun Xalqaro huquq fanidan ochiq ma’ruza o‘tkazildi
Buxoro viloyat prokurori tomonidan 2025-yil 21-noyabr kuni tasdiqlangan “Prokuratura xodimlari tomonidan oliy ta’lim muassasalari talabalarining nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lagan holda mustahkamlash, zarur kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish va ularni prokuratura organlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish bo‘yicha” dasturiga muvofiq, bugun Tarix va yuridik fakultetining 3-kurs Yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan Xalqaro huquq fanidan ochiq ma’ruza tashkil etildi.
Ushbu ma’ruza talabalarga nazariy bilimlarni real huquqiy jarayonlar bilan bog‘lash, xalqaro huquq normalari, ularning milliy qonunchilikdagi o‘rni, shuningdek, prokuratura organlarining xalqaro masalalardagi faoliyati haqida amaliy tushuncha berishga qaratildi.
Ma’ruza davomida prokuratura vakillari xalqaro-huquqiy hujjatlar, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikning huquqiy asoslari va dolzarb global huquqiy jarayonlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etishdi. Talabalar esa o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etishdi.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐 BuxDU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 Youtube
👾 Markaz mutaxassislari tomonidan @Cyberqalqonbot ga kelib tushgan 5500 ga yaqin havola va ilovalar tekshirildi.
Eng ko'p tarqalgan virusli ilovalar quyidagicha:
🔴toydan vide0(2025).apk
🔴 TAYYAB BONUS.apk
🔴 МИБЖаримаТизими.apk
🔴 VIDEO_0383_99_02844.apk
🔴 Toy videoalbomi.apk
Yuqorida keltirilgan shubhali ilovlarning barchasi hozirda bloklangan.
✅@Cyberqalqonbot orqali kelgusidagi jabr va zararlarning oldini oling!
🌐Website | 📝Telegram | 🌐Facebook | 📹csecuz">Youtube
🕓🕔🕕🕖🕗
☄️📚✅Ishchi guruh tomonidan hududlarda olib borilayotgan o‘rganishlar doirasida navbatdagi tashrif Kogon tumaniga amalga oshirildi.
Tashrif davomida yangi barpo etilgan Yoshlar markazi faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Markazda yaratilgan shart-sharoitlar, yoshlar bilan ishlash tizimi hamda amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha mutasaddilar tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Mazkur jarayonlarda “Qizlar ovozi” Buxoro viloyati klubi vakillari ham faol ishtirok etdi. Xususan, xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi kotibi Nosirova Nodirabegim Nodirovna yoshlar faolligini oshirish, qizlarning jamiyatdagi o‘rni va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga oid taklif va mulohazalarini bildirdi.
Shu bilan birga, Buxoro davlat universiteti vakillari ham tadbirda faol qatnashdi. Jumladan, Pulatova Rayhon Akbarovna — “Qizlar ovozi” Buxoro viloyati koordinatori, “IT va media yo‘nalishi” bo‘yicha mas’ul hamda universitetning Xorijiy tillar fakulteti Yoshlar akademiyasi lideri, shuningdek, Dilnavoz To‘xtayeva — “Qizlar ovozi”ning jurnalistika yo‘nalishi bo‘yicha viloyat koordinatori ishtirok etib, o‘z yo‘nalishlaridagi dolzarb masalalar xususida fikr almashdilar.
Uchrashuv davomida yoshlar bilan ishlash sifatini oshirish, ularning bandligini ta’minlash, iqtidorli yoshlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish, hamda mahallalarda yoshlar siyosatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir masalalar muhokama qilindi. O‘rganishlar yakunida belgilangan vazifalar yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐 BuxDU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 Youtube
🕓🕔🕕🕖🕗
☄️📚✅Samarqand viloyati maktablari bo‘ylab robosmart.uz platformasi taqdimoti davom etmoqda!
Bugungi targ‘ibot seminarida robosmart.uz platformasi asosida amaliy o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
O‘quvchilar LEGO, Arduino va virtual robototexnika simulyatorlarida mashqlar bajarib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar. Mashgʻulotlarni Axborot tizimlari va raqamli texnologiyalar kafedrasi professor-oʻqituvchilari G.Y.Boʻronova, Z.M.Adizova, Mi,A.Halimova tomonidan qiziqarli topshiriqlar asosida amalga oshirildi.
🔍 O‘quvchilar natijalari asosida platformaning samaradorligi baholandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, robosmart.uz o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash, muammo yechish va algoritmik yondashuvni shakllantirishda yuqori samara bermoqda.
✨ robosmart.uz — yangi avlod muhandislari uchun yaratilgan innovatsion virtual ta’lim maydoni!
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐 BuxDU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 Youtube
🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅BuxDU talabalari Sankt-Peterburgdagi nufuzli “Qishki universitet – 2024” xalqaro dasturida ishtirok etmoqda
2024-yil 23-noyabrdan 7-dekabrgacha Buxoro davlat universitetining Fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakulteti talabalari Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilayotgan “Qishki universitet” (Winter University of Engineering Sciences) xalqaro loyihasida faol ishtirok etmoqda.
Mazkur loyiha yosh muhandislar va texnik yo‘nalish talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, innovatsion fikrlashni rivojlantirish, ilmiy izlanishlar olib borish, zamonaviy texnologiyalarni chuqur o‘rganish hamda global muhitda tajriba orttirishga qaratilgan.
Ushbu nufuzli dasturda Buxoro davlat universitetidan quyidagi iqtidorli talabalar qatnashmoqda:
F. Xolov — Axborot tizimlari va texnologiyalari ta’lim yo‘nalishi, 3-bosqich talabasi
R. Safarov — Elektronika va asbobsozlik ta’lim yo‘nalishi, 3-bosqich talabasi
A. Samadov — Amaliy matematika ta’lim yo‘nalishi, 3-bosqich talabasi
“Qishki universitet” dasturi Sankt-Peterburgdagi mashhur Peter Birinchi nomidagi Politexnika universiteti (SPbPU) bazasida tashkil etilgan bo‘lib, u nazariy mashg‘ulotlar, amaliy laboratoriya ishlari, treninglar hamda xalqaro loyihalardan iborat boy o‘quv dasturini qamrab oladi.
Loyiha ishtirokchilari muhandislik sohasidagi zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha fanlar, kouching darslari, loyiha ishlari va texnik treninglarda faol qatnashib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashmoqda.
🟦🟦🟦🟦
Buxoro davlat universitetining 🟦 BuxDU futbol klubi Birinchi liga 1/4 final bosqichida Toshkentning “Chig’atoy” klubini ishonchli hisobda mag’lub etdi.
Muhammadiyevdan Hat-trick! Natijada BuxDU jamoasi PRO liga yo’llanmasini naqd qildi. Endi Birinchi ligada O’zbekiston chempioni nomi uchun kurashadi!
1️⃣Birinchi liga. Chorak final
🔷 CHIG'ATOY 1:3 BUXDU 🟦
⚽️ Sohib Muhammadiyev, 31 (0:1), Sohib Muhammadiyev, 76 (0:2), Sohib Muhammadiyev, 81 (0:3), Amza Ibragimov, 88 (1:3)
1️⃣ 23-24 noyabr kunlari Toshkentda shahrida Birinchi liga chorak final bosqich o’yinlari o’tkaziladi.
Bugun 👏Buxoro davlat universiteti jamoasi 1/4 final doirasida
🔵 “Chig’atoy” vakillariga qarshi bahs olib boradi.
💬Telegram | 📹Instagram
📹YouTube