buxdu_uz | Unsorted

Telegram-канал buxdu_uz - BuxDU •БухГУ •BukhSU

12315

• Buxoro davlat universiteti • Бухарский государственный университет • Bukhara state university Buxoro davlat universiteti Matbuot kotibi Otabek Jalolov https://t.me/otabekjalolov1 @BuxDUMatbuotkotibi_bot www.buxdu.uz +998 65 221-29-14 +99865 221-26-85

Subscribe to a channel

BuxDU •БухГУ •BukhSU

#tanlov #natija

🇺🇿 “Islohotlar bilimdoni” respublika ko‘rik-tanlovining 2025-yilgi respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi!

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida 27-28-noyabr kunlari “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli respublika ilmiy-maʼrifiy ko‘rik-tanlovi final bosqichining yakuniy 2-sharti bo‘lib o‘tdi. Unda saralangan 50 nafar ishtirokchi o‘z taqdimotlarini o‘tkazdilar.

☝️Nomzodlarni baholashda ularning notiqlik mahorati, islohotlar mohiyatini izchil tushuntira olishi, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi amaliy ishlari va shaxsiy tashabbuslari, shuningdek, berilgan savollarga to‘g‘ri va asosli javob berishi asosiy mezon bo‘ldi.

Har bir nominatsiya bo‘yicha taqdimotlar yakunlanishi bilanoq Hakamlar hayʼati tomonidan yakuniy natijalar hamda g‘oliblar e‘lon qilindi (g‘oliblar ro‘yxati yuqoridagi rasmda ko‘rsatilgan). Final bosqichida qatnashgan barcha ishtirokchilariga Vazirlikning tashakkurnomalari topshirildi.

Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan I, II va III darajali diplom hamda mos ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 45, 40 da 35 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

BuxDU •БухГУ •BukhSU

🕓🕔🕕🕖🕗

☄️📚“Islohotlar bilimdoni – 2025” respublika bosqichida BuxDU talabasi faxrli o‘rin egalladi!

🔴 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli respublika ilmiy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovi final bosqichining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda respublika bo‘yicha saralangan 50 nafar ishtirokchi o‘z taqdimotlari bilan qatnashdi.

Nomzodlar notiqlik mahorati, islohotlar mohiyatini chuqur yoritishi, ma’naviy-ma’rifiy faoliyati, shaxsiy tashabbuslari va savollarga asosli javob berishiga ko‘ra baholandi. Tanlov natijalariga ko‘ra, Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti talabasi Halimova Nilufar “Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi” (Talabalar uchun) nominatsiyasida Respublika bosqichida faxrli 3-o‘rinni egalladi! G‘oliblar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining diplomlari hamda BHMning mos ravishda 45, 40 va 35 barobari miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.


🫥 BuxDU jamoasi nomidan Halimova Nilufarni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐  BuxDU.uz | Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 📹 Youtube

Читать полностью…

BuxDU •БухГУ •BukhSU

📣 Oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti doktorantlari va tayanch doktorantlar diqqatiga!

Sizlarni Oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti huzurida har chorshanba kuni an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Ilm-fan va innovatsiyalar kuni” doirasidagi navbatdagi ilmiy-amaliy seminarga taklif etamiz.

Mazkur seminar doktorantlar, tayanch doktorantlar va ilmiy rahbarlar uchun ilmiy-tadqiqot metodologiyasi, tajriba-sinov jarayonlari hamda huquqiy-me’yoriy asoslar bo‘yicha keng qamrovli ma’lumot berishga qaratilgan.

Seminar ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirish, doktorlik dissertatsiyasining tajriba-sinov bo‘limlarini ilmiy talablar asosida rasmiylashtirish, metodologik yondashuvlarni to‘g‘ri tanlash va amaliyotga joriy etish bo‘yicha zarur ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.

👨‍🏫 Seminar ma’ruzachilari va mavzular


1️⃣ O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, s.f.f.d.(PhD), professor Jumayev Rustam G‘aniyevich
Mavzu: “Tadqiqot metodologiyasi va tajriba-sinov ishlarini rasmiylashtirish”

Ma’ruzada quyidagi masalalar yoritiladi:

1.1. Ilmiy tajriba-sinov dizayni: rejalashtirish, o‘tkazish va tahlil

Empirik tadqiqot modellarini tanlash

Kontingent va nazorat guruhlarini shakllantirish

Tajriba jarayonida statistik yondashuvlar

Natijalarni ilmiy talablarga muvofiq tahlil qilish

1.2. Doktorlik dissertatsiyalari uchun ilmiy eksperimentni rasmiylashtirish

Tajriba-sinov bo‘limi tuzilishi

Jadval, grafik va diagrammalarni rasmiylashtirish me’yorlari

Tajriba natijalarini ilmiy tahlil qilish talablari

2️⃣ BuxDU professori, p.f.d (DSc) Hamroyev Alijon Ro‘ziqulovich
Mavzu: “Oliy ta’lim tizimining huquqiy asoslari hamda metodologik va ilmiy tadqiqot faoliyatiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar”

Professor quyidagi yo‘nalishlarda amaliy tavsiyalar beradi:

Oliy ta’limni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar

Ilmiy tadqiqot faoliyatida amal qilinadigan standartlar

Dissertatsiyaga oid me’yoriy talablardagi yangiliklar

Ilmiy loyihalar, grantlar va ekspertiza tartiblari haqida ma’lumot

📝 Seminar davomida ishtirokchilarga taqdim etiladi:
Ilmiy-tadqiqot metodologiyasining zamonaviy yondashuvlari
Namunaviy tajriba-sinov loyihalari
Rasmiylashtirish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar
Savol-javoblar va individual maslahatlar

📅 O‘tkazilish vaqti: 3-dekabr
⏰ Vaqt: 15:00
📍 Manzil: Bosh bino, katta majlislar zali


📣 Hurmatli doktorantlar!

Ushbu seminar sizning ilmiy faoliyatingiz sifatini oshirish, dissertatsiya tadqiqotlarini puxta tashkil etish va rasmiylashtirishda muhim ko‘nikmalarni shakllantirish uchun katta imkoniyat yaratadi.

Barcha doktorantlar va tayanch doktorantlarni mazmunan boy, amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan seminarda faol ishtirok etishga taklif etamiz.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐  BuxDU.uz | Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 📹 Youtube

Читать полностью…

BuxDU •БухГУ •BukhSU

🏆 O‘zbekiston kubogi

Erkaklar va ayollar o'yinlar jadvali va guruhlari

Joriy yilning 1-8 dekabr kunlari poytaxt Toshkent shahrida voleybol sport turi bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida "O'zbekiston kubogi" musobaqasiga start berildi. 40 ga yaqin jamoalar o'rtasida BuxDU voleybolchi o'g'il va qizlari ham qatnashadilar.

Voleybolchi yigit va qizlarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐  BuxDU.uz | Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 📹 Youtube

Читать полностью…

BuxDU •БухГУ •BukhSU

🕓🕔🕕🕖🕗

☄️📚 FAO loyihasi doirasida BuxDU professor-o‘qituvchilari uchun seminar-trening o‘tkazildi

❄️ Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va Qishloq xo‘jaligi (FAO) tashkilotining “O‘zbekistonning qurg‘oqchilikka uchragan ekotizimlarida yaylovlar va o‘rmonlarni barqaror boshqarish” loyihasi doirasida Buxoro viloyati Jondor tumanida seminar-trening tashkil etildi. Tadbirda Buxoro davlat universiteti Agronomiya va tuproqshunoslik kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etib, mavzu bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitdilar hamda yangi ilmiy-amaliy yondashuvlarni o‘zlashtirdilar.

🫥 Seminarning ikkinchi kuni dala o‘quv mashg‘ulotlari bilan davom etishi rejalashtirilgan. Loyiha doirasida, shuningdek, Buxoro davlat universiteti olimlari bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma imzolash yuzasidan kelishuvga erishildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐  BuxDU.uz | Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 📹 Youtube

Читать полностью…

BuxDU •БухГУ •BukhSU

🕓🕔🕕🕖🕗

☄️📚BuxDU vakillari nufuzli xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etmoqda

💠 Joriy yilning 27-29-noyabr kunlari Toshkent shahridagi “Central Asian Expo Uzbekistan” (CAEx) ko‘rgazmalar saroyida an’anaviy “Ipak yo‘lida turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi boʻlib oʻtmoqda. Ushbu yirik anjuman mamlakatimiz va xalqaro miqyosdagi turizm sohasi vakillarini, ekspertlarni hamda investorlarni bir maydonga jamladi.

☯️ Mazkur nufuzli yarmarkada Buxoro davlat universiteti vakillari ham faol ishtirok etmoqda. Jumladan, Iqtisodiyot va turizm fakulteti “Turizm va mehmonxona xoʻjaligi” kafedrasi mudiri Kamol Yuldashev hamda oʻqituvchi Erkin Farmonov sohadagi so‘nggi tendensiyalar, innovatsiyalar va xalqaro hamkorlik imkoniyatlari bilan tanishmoqdalar.

🎓Quvonarlisi, yarmarka doirasida universitetimizning bitiruvchilari ham o‘z faoliyatlarini muvaffaqiyatli namoyish etishmoqda. Bu BuxDUda turizm yo‘nalishida berilayotgan ta’lim sifati va kadrlar salohiyatining yorqin dalilidir. Ushbu yarmarka universitetimiz uchun turizm sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.

#BuxDU #Turizm #Xalqaro_yarmarka #TITF #Hamkorlik #Iqtisodiyot_va_turizm

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐  BuxDU.uz | Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 📹 Youtube

Читать полностью…

BuxDU •БухГУ •BukhSU

🕓🕔🕕🕖🕗

☄️📚 BuxDU “Robots and me” robototexnika markazining “Robokidz_Future” jamoasi Singapurda o‘tayotgan WRO International Final 2025 musobaqasida ilk bor O‘zbekiston nomidan ishtirok etmoqda

🧊 Buxoro davlat universiteti huzuridagi “Robots and me” robototexnika markazining “Robokidz_Future” jamoasi Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari kafedrasi o'qituvchisi Ergashev Navro'z boshchiligida 26–28 noyabr kunlari Singapurdagi Sands Expo & Convention Centreda bo‘lib o‘tayotgan WRO International Final 2025 (World Robot Olympiad) musobaqasida ilk bor O‘zbekiston nomidan qatnashmoqda.

⚙️ Ushbu nufuzli xalqaro olimpiada robototexnika sohasidagi dunyoning eng kuchli jamoalarini birlashtiradi. “Robokidz_Future” jamoasining final bosqichiga qadar yetib kelgani — yosh texnologlarning bilim, innovatsion fikrlash va mehnatining yuksak natijasidir.

🇺🇿 Jamoamiz O‘zbekiston sharafini xalqaro maydonda munosib himoya qilmoqda.

BuxDU jamoasi ularga katta omad tilaydi!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐  BuxDU.uz | Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 📹 Youtube

Читать полностью…

BuxDU •БухГУ •BukhSU

Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Olimpiadasining tantanali ochilishida ishtirok etdi. Marosimdan so‘ng davlatimiz rahbari shaxmatchimiz Javohir Sindarov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Президент Шавкат Мирзиёев принял участие в торжественном открытии Президентской Олимпиады. После церемонии глава нашего государства поговорил по телефону с шахматистом Жавохиром Синдаровым.

#Mirziyoyev #marosim #sport #Olimpiada

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

BuxDU •БухГУ •BukhSU

🕓🕔🕕🕖🕗

☄️📚Talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida istirohat bog'lari hamda madaniy ko'ngilochar joylariga sayohatlar tashkil etilmoqda

🖼️BuxDU tyutorlari boshchiligida talabalar bilan Buxoroning madaniy ko'ngilochar joylariga, istirohat bog'lari hamda tabiat qo'yniga sayohatlari tashkil etib kelinmoqda. Bu sayohatlar talabalar uchun nafaqat dam olish, balki yangi bilimlar olish, shahar madaniyati va tarixi bilan tanishish imkonini beradi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐  BuxDU.uz | Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 📹 Youtube

Читать полностью…

BuxDU •БухГУ •BukhSU

🕓🕔🕕🕖🕗 🟦🟦🟦

☄️📚 Buxoroda dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati yakuniga yetdi

🔹 Buxoro davlat universitetining “Universal” sport saroyida uch kun davom etgan dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati o‘z nihoyasiga yetdi. Mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan iqtidorli sportchi yigit-qizlar musobaqaning barcha vazn toifalarida o‘z mahoratini namoyon etib, faxrli o‘rinlar uchun kurash olib bordilar.

🔸 Chempionatda O‘zbekiston iftixori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy, kurash bo‘yicha jahon chempioni Kamol Murodov, Dzyudo bo‘yicha jahon chempioni Abdullo Tangriyev kabi yurtimizning faxrli sportchilari ham ishtirok etdilar. Shuningdek, Jismoniy tarbiya va sport fakulteti dekani A.Sh. Inoyatov tashabbusi bilan chempionlar bilan davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida yosh sportchilarga motivatsion maslahatlar berildi, sportning rivojlanishi borasida fikr almashildi.

🔸 Mazkur chempionat sportchilarimizning mahoratini oshirish, yangi iste’dodlarni kashf etish va yurtimizda dzyudo sportining ommalashuviga xizmat qildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐  BuxDU.uz | Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 📹 Youtube

Читать полностью…

BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦 Azamat Sharipov (BuxDU bosh murabbiyi):

Juda qiyin o'yin bo'ldi. Shunday bo'lishi aniq ham edi. Bizda o'yinga har tomonlama yaxshi tayyorgarlik ko'rildi. Lekin bunday o'yinlarda yutib chiqish uchun futbolchilikning matonati va xohishi ham muhim rol o'ynaydi. Bugun shu narsa bizga ustunlik berdi. Barcha futbolchilarga bugungi o'yin uchun rahmat aytaman. Buxoro xalqi ular bilan faxrlansa arziydi.

Shu fursatdan foydalanib, bizga shunday natijalarga erishishimiz uchun o'z yordamini ayamay kelayotgan Buxoro davlat universiteti rektoriga va klubimiz rahbarlariga jamoa nomidan kattakon rahmat aytaman. Finalda ham g'alaba qozonib ularni yuzini yorug' qilish niyatidamiz.

📲 /channel/birinchiligauzb

Читать полностью…

BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚 Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fakultetlararo chet tillar kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Karimov Rustam Abdurasulovich hamda filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Ochilova Mexriniso Razokovna tomonidan hammualliflikda yaratilgan Advancad upper nomli o'quv qo'llanma nashr etildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐  BuxDU.uz | Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 📹 Youtube

Читать полностью…

BuxDU •БухГУ •BukhSU

🕓🕔🕕🕖🕗

☄️📚“Kitobxonlar davrasi” klubida jadidchilikka bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

🔴 Buxoro davlat universitetining “Kitobxonlar davrasi” klubi faol talabalari hamda Islom tarixi, manbashunosligi va falsafa kafedrasi dotsenti M.Raxmonova , Axborot-resurs markazi direktori A.Qilichev ishtirokida “Jadidlar — milliy o‘zligimiz ko‘zgusi, hozirgi davlatchiligimiz va maorifimiz tamal toshini qo‘ygan qahramonlarimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir avvalida dotsent Raxmonova M. tomonidan buyuk jadid mutafakkir Abdurauf Fitrat hayoti, ijodi va ilmiy merosiga bag‘ishlangan tadqiqotlardan tayyorlangan videorolik namoyish etildi. Talabalar Fitratning ma’rifiy faoliyati va milliy uyg‘onishdagi o‘rni borasida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Davra suhbati erkin muloqot tarzida, savol-javoblar va fikr almashuvlar bilan boy tarzda o‘tdi. Talabalar jadidlar merosi, ularning davlatchiligimiz va ta’lim tizimidagi o‘rni haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.


Bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar yoshlar qalbida vatanparvarlik, milliy o‘zlikni anglash, yurt taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐  BuxDU.uz | Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 📹 Youtube

Читать полностью…

BuxDU •БухГУ •BukhSU

#Tabriklaymiz 🟦🟦

☄️📚 Xamroyev Behruz Xalimovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi!

Xamroyev Behruz Xalimovich Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/27.09.2024.Ped.72.10 raqamli bir martalik Ilmiy kengash yig'ilishida 13.00.04 - Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi hamda 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosliklari bo‘yicha “Sport o‘yinlarining tarixiy genezisi va zamonaviy takomillashuvidagi ahamiyati” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

🎉 Dissertant Xamroyev Behruz Xalimovich hamda ilmiy rahbarini muvaffaqiyat bilan universitet jamoasi nomidan tabriklaymiz!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐  BuxDU.uz | Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 📹 Youtube

Читать полностью…

BuxDU •БухГУ •BukhSU

🔈❗️❗️❗️❗️❗️

☄️👍 Buxoro davlat universiteti Bandlik va karyera bo'limi va "Kelajakka qadam" markazi 2025-yilning 27-noyabr kuni katta faollar zalida bitiruvchi talabalar uchun tadbir tashkil etiladi. Tadbir davomida talabalarga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining:

🔵 PQ-61-son – bitiruvchilar bandligini ta'minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar
🔵 PQ-328-son (PQ-61-son qaroriga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risidagi) mazmun-mohiyati bo'yicha batafsil tushuntirishlar beriladi.

📊 Mehnat bozorida bitiruvchilarni qo'llab-quvvatlash, ishga joylashish mexanizmlarini takomillashtirish va amaliy yordam ko'rsatish shuningdek faol tadbirkorlar tomonidan muhim ma'lumotlar beriladi.

🔖 🌟🌟 Tadbir davomida, shuningdek:
🫥 "O'zmilliybank" AJ tomonidan bitiruvchilarga taqdim etilayotgan imtiyozli kreditlar;
🫥 Imtiyozli kreditlarni rasmiylashtirish tartibi, talab qilinadigan hujjatlar;
🫥 Kreditdan samarali foydalanish bo'yicha amaliy tavsiyalar batafsil yoritiladi;
🫥 Tadbirkorlar tomonidan tavsiyalar beriladi.

📍 Manzil: Buxoro davlat universiteti bosh binosi, katta faollar zali
🕓 Boshlanish vaqti: 10:00 (27.11.2025)

‼️ Tadbirda bitiruvchi talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari va kelajakdagi kasbiy yo'nalishlari bo'yicha muhim ma'lumot va ko'rsatmalarga ega bo'lishlari mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐  BuxDU.uz | Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 📹 Youtube

Читать полностью…

BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦 🟦🟦

📣 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi yoshlarni milliy va umuminsoniy, ijtimoiy axloqiy, madaniy va ma’naviy qadriyatlarimiz, an’ana, urf-odat, milliy san’atimiz bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “YURTIM QADRIYATLARI” koʻrik-tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlov 4-bosqichda o'tkaziladi:

I- fakultetlararo bosqichi
II-hududiy bosqichi
III- yarim final bosqichi
IV- final bosqichi


Tanlovda jamoalar oʻzaro 3 ta shart boʻyicha bellashadilar:

➡️ 1-sharti: Milliy an’ana, qadriyat va urf odatlar
➡️ 2-shart: “Kompozitsion musiqiy chiqishlar”
➡️ 3-shart : Jadidlar jasorati - millatimiz faxri

Tanlovning 1-fakultetlararo bosqichi 2025 yil 4-dekabr soat 10.00da BuxDU bosh yig'ingohda bo'lib o'tadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐  BuxDU.uz | Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 📹 Youtube

Читать полностью…

BuxDU •БухГУ •BukhSU

🕓🕔🕕🕖🕗

☄️📚 Buxoro davlat universiteti kutubxonasida “Eko-zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

🫥 Buxoro davlat universiteti kutubxonasida Iqtisodiyot va turizm fakulteti Yashil iqtisodiyot va agrobiznes kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda Bioiqtisodiyot magistraturasi talabalari tomonidan “Eko-zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

🌐 Ushbu intellektual bahsda 1-, 2- va 3-kurs talabalari tomonidan tuzilgan “Logistika”, “Legion” va “Sarmap” jamoalari ishtirok etdi. Musobaqa yuqori faollik va qizg‘in bahslarga boy tarzda o‘tdi. Yakunda “Logistika” jamoasi 1-o‘rinni egallab, jamoa a’zolari badiiy kitoblar bilan taqdirlandi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐  BuxDU.uz | Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 📹 Youtube

Читать полностью…

BuxDU •БухГУ •BukhSU

#Konstitutsiya_33

Qonun oldida tenglik – jamiyat taraqqiyotining asosiy mezoni

O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.

Bu prinsip – jamiyatda ijtimoiy barqarorlik, totuvlik va fuqarolar o‘rtasida o‘zaro hurmatni ta’minlaydigan eng muhim konstitutsiyaviy qoidalardan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19-moddasi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

BuxDU •БухГУ •BukhSU

🕓🕔🕕🕖🕗

☄️📚 BuxDU va FPT Japan Academy hamkorligida yangi bosqich!

🫥 Buxoro davlat universiteti Axborot texnologiyalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Eshankulov H.I., Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari kafedrasi mudiri Nazarov Sh.E. hamda 16 dan ortiq davlatlarda filiallarga ega, dunyoning Top 100 Global Service Provider kompaniyalari qatoriga kiruvchi FPT Japan Academy vakillari o‘rtasida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida bir qator yo‘nalishlarda hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi, jumladan, BuxDUda FPT Japan Academyning rasmiy filialini ochish, talabalar uchun IT Club tashkil etish, iqtidorli yoshlarni dasturlash ko‘nikmalariga asosan ishga qabul qilish imkoniyatlarini kengaytirish, qo‘shma loyihalar va o‘quv dasturlarini yo‘lga qo‘yish.

Mazkur hamkorlik BuxDU talabalariga sun’iy intellekt, dasturlash va ilg‘or IT texnologiyalari bo‘yicha chuqur amaliy bilim olish, xalqaro tajriba bilan tanishish hamda yirik kompaniyalarda ish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun muhim zamin yaratadi.


⚙️ Ushbu tashabbus BuxDUda axborot texnologiyalari sohasida yangi imkoniyatlar eshigini ochadi!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐  BuxDU.uz | Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 📹 Youtube

Читать полностью…

BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

☄️📚BuxDU va Malayziya universitetlari o‘rtasida yangi qo‘shma loyihalar muhokama qilinmoqda

Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunosligi kafedrasining bir guruh professor-o‘qituvchilari — D.I. Xodjayeva, M.B. Axmedova, G.P. Nazarova va Z.T. Safarova Malayziyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida xizmat safari bilan bo‘lib turishibdi.

Ma’lumot uchun, safar davom etayotgan Malayziya Milliy universiteti — University Kebangsaan Malaysia (UKM) QS World University reytingida 126-o‘rinni egallaydi.

Xizmat safarining asosiy maqsadi — O‘zbekiston va Malayziya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining Malayziyadagi elchixonasi ko‘magida Cyberjaya University (QS 951–1000) hamda Putra Malaysia University (QS 134) kabi nufuzli ta’lim maskanlarida uchrashuvlar o‘tkazishdir. Uchrashuvlar doirasida BuxDU bilan:
talabalar almashinuvi dasturlari,
o‘qituvchilar malaka oshirish kurslari,
yozgi va qishki maktablarni tashkil etish,
innovatsion va amaliy loyihalarni birgalikda amalga oshirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinmoqda.


Xizmat safari davomida professor-o‘qituvchilar Malayziya oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan akademik jarayonlarda, ilmiy workshoplar, amaliy mashg‘ulotlar va ma’ruzalarda ishtirok etishlari rejalashtirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐  BuxDU.uz | Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 📹 Youtube

Читать полностью…

BuxDU •БухГУ •BukhSU

🕓🕔🕕🕖🕗

☄️📚“Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish, terrorizm va ekstremistik oqimlar tuzog‘iga tushmaslik, giyohvandlik va OITSga qarshi kurashish” mavzusida targ‘ibot tadbiri

Buxoro davlat universiteti Fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakulteti professor-o‘qituvchilari, tyutorlari va talabalar ishtirokida “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish, terrorizm va ekstremistik oqimlar tuzog‘iga tushmaslik, giyohvandlik va OITSga qarshi kurashish” mavzusida profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda Buxoro viloyat IIB Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimasi, kapitan H. Hayitova, Buxoro viloyati IIB TQX TQKB xodimi P. Sadullayev, viloyat IIB TQXJQB xodimasi, kapitan G. Rajabova, texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimi, kapitan J. Islomov, Fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakultetida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari K.H. Qobilovlar ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik, huquqbuzarlik, terroristik va ekstremistik oqimlarning xatarli oqibatlari, giyohvandlikning zararli ta’siri hamda OITSga qarshi kurashish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Tadbir talabalarda ogohlik va mas’uliyatni oshirishga, shuningdek, zararli oqimlar va raqamli makondagi xavflardan himoyalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berishga qaratildi.


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐  BuxDU.uz | Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 📹 Youtube

Читать полностью…

BuxDU •БухГУ •BukhSU

Butun yurtimiz yoshlarini olimpiya harakatining ezgu g‘oyalari asosida birlashtirgan, eng iqtidorlilarni aniqlash va katta sportga yo‘naltirishga qaratilgan mutlaqo yangi tizim – Prezident Olimpiadasiga start berildi.

Дан старт Президентской Олимпиаде – принципиально новой системе, объединившей молодежь всей страны на основе благородных идей олимпийского движения, призванной выявить самых одаренных и направить их в большой спорт.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

BuxDU •БухГУ •BukhSU

🕓🕔🕕🕖🕗

☄️📚BuxDUda “Yangi O‘zbekiston yoshlari korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaydi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakultetida mazkur sana doirasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaydi” mavzusiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga ko‘rsatadigan zararli ta’siri, uning iqtisodiy va ijtimoiy hayotga soladigan salbiy ta’siri yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Ayniqsa, yoshlar orasida korrupsiyaga qarshi ong va madaniyatni shakllantirish, halollik tamoyillarini mustahkamlashning muhimligi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, talabalarning badiiy va musiqiy chiqishlari namoyish etilib, mavzuning mazmun-mohiyati san’at vositasida yanada chuqur yoritildi. Tadbir doirasida maxsus videorolik taqdim etilib, unda real hayotdan olingan korrupsion holatlar va ularning oqibatlari misollar orqali ko‘rsatib berildi.


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐  BuxDU.uz | Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 📹 Youtube

Читать полностью…

BuxDU •БухГУ •BukhSU

#Tabriklaymiz 🟦🟦 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

☄️📚Buxoro davlat universitetida birinchi xorijlik mustaqil tadqiqotchi o’z dissertatsiyani himoya qildi.

2022-yilda Buxoro davlat universitetiga qabul qilingan Turkmanistonlik mustaqil tadqiqotchi Azamat Orunbayev 2025-yil 21-noyabrda o’zining “Talabalarning jismoniy va psixologik tayyorgarligini oshirish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilib, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi.

🎉 Dissertant Azamat Orunbayev hamda ilmiy rahbarini muvaffaqiyat bilan universitet jamoasi nomidan tabriklaymiz!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐  BuxDU.uz | Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 📹 Youtube

Читать полностью…

BuxDU •БухГУ •BukhSU

🕓🕔🕕🕖🕗

☄️📚 Filologiya fakultetida “Jurnalistika tendensiyalari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

🔹 Buxoro davlat universiteti Filologiya fakultetida Buxoro viloyati Jurnalistlar uyushmasi raisi Gulshoda Ibrohimova tomonidan “Jurnalistika tendensiyalari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Tadbir davomida jurnalistika sohasida yuz berayotgan zamonaviy o‘zgarishlar, dolzarb yo‘nalishlar, media savodxonlik, xolis axborot tarqatish tamoyillari hamda yosh jurnalistlar uchun muhim bo‘lgan kasbiy kompetensiyalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Seminar-treningda Filologiya fakultetining jurnalistika yo‘nalishi talabalari faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashdi. Tadbir yakunida faol qatnashgan talabalarga Buxoro viloyati Yoshlar ishlari agentligi tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Ushbu seminar-trening jurnalistika yo‘nalishida tahsil olayotgan yoshlarning kasbiy mahoratini oshirishga xizmat qildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐  BuxDU.uz | Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 📹 Youtube

Читать полностью…

BuxDU •БухГУ •BukhSU

🕓🕔🕕🕖🕗

☄️📚“Ilm-fan va innovatsiyalar kuni” doirasida navbatdagi ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

26-noyabr kuni Oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti huzurida “Ilm-fan va innovatsiyalar kuni” doirasidagi navbatdagi ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda doktorantlar va tayanch doktorantlar hamda tegishli bo‘lim va departamentlar vakillari faol ishtirok etdilar.

Dastlab, Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimida sifat samaradorlik va izlanuvchilar monitoringi natijalari yuzasidan Buxoro davlat universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Samiyev Kamoliddin A’zamovich va Ilmiy tadqiqot va innovatsiyalarni rivojlantirish departamenti boshlig‘i O.S.Qahhorov so‘zga chiqdi. Ular universitetda olib borilayotgan ilmiy faoliyatning joriy holati, doktorantlarning ilmiy natijalari, dissertatsiya tadqiqotlari monitoringi va yillik ilmiy rejalarning bajarilishi bo‘yicha statistik ma’lumotlarni taqdim etdilar.

Tadbirga kirish jarayonida davomat FASE ID elektron tizimi orqali qayd etildi. Axborot tizimi bo‘yicha rektor maslahatchisi H.I. Eshonqulov mazkur tizimning hozirgi imkoniyatlari va joriy etilayotgan modernizatsiya ishlari haqida ma’lumot berdi. U FASE ID tizimi yordamida seminar va dars mashg‘ulotlaridagi ishtirok real vaqt rejimida nazorat qilinishi, QR-kod asosidagi identifikatsiya, mobil ilova bilan integratsiya hamda avtomatik hisobot shakllantirish kabi funksiyalarning joriy etilgani haqida to‘xtalib o‘tdi.

Seminarning amaliy qismida Xalqaro hamkorlik bo`yicha prorektor, i.f.n., dotsent Jo‘rayev Abror TurobovichXorijiy ilmiy stajirovkalar - oliy ta’limdan keyingi ta’lim samaradorligini oshirish omili sifatida” mavzusida ma’ruza qildi. Unda xorijiy ilmiy stajirovkalar mazmuni, maqsadi, afzalliklari, shuningdek Erasmus+, DAAD, Fulbright kabi xalqaro dasturlarga ariza topshirish tartibi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Ma’ruzachi xorijiy ilmiy rahbar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ilmiy faoliyatni xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tashkil etish hamda stajirovka natijalarini ilmiy izlanishlarga samarali yo‘naltirish bo‘yicha tavsiyalarni taqdim etdi.

Shuningdek, 2-bosqich tayanch doktoranti Bozorov Vahobiddin Nuriddinovich “Ilmiy faoliyatda etik tamoyillar va mas’uliyat” mavzusida amaliy tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdi. U ilmiy tadqiqot olib borishda etik normalarga rioya qilish, mas’uliyatli yondashuv va akademik halollik tamoyillarining ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdi.

Seminar davomida ishtirokchilar xorijiy stajirovkalar imkoniyatlari, ilmiy hamkorlik shakllari, ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish mexanizmlari hamda etik talablarga oid zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐  BuxDU.uz | Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 📹 Youtube

Читать полностью…

BuxDU •БухГУ •BukhSU

🕓🕔🕕🕖🕗🟦🟦🟦

☄️📚BUXORO DAVLAT UNIVERSITETIDA SHOIR CHORSHAM RO‘ZIYEVNING 70 YILLIK YUBILEYI NISHONLANDI

Buxoro davlat universiteti faollar yig'ingohida Buxoro viloyat hokimligi BuxDU hamda O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyat bo'limi hamkorligida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoir Chorsham Ro‘ziyevning 70 yillik yubileyi keng nishonlandi. Tadbirga adabiyot ixlosmandlari, talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda universitet rahbariyati tashrif buyurdi.

🖼️Yubiley tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyat bo‘limi rahbari Shodmon Sulaymonov, Buxoro davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori, “Do‘stlik” ordeni sohibasi Darmonoy O‘rayeva, viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Akbar Rustamov, BuxDU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Dilshod Yavmutov so‘zga chiqib, shoirning adabiyotimiz rivojiga qo‘shgan hissasini e’tirof etdilar hamda yubiley munosabati bilan BuxDU rektori Obidjon Xamidovning tabrik so‘zlarini bildirdilar. Shuningdek, Buxoro davlat universiteti jamoasi nomidan Chorsham Ro‘ziyevga esdalik sovg'asi topshirildi.

🎤Tadbir davomida pedagog-xodimlar va talabalar tomonidan shoirning asarlari ijro etildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi, she’rlaridan namunalar jonli tarzda o‘qildi. Mazkur ijodiy uchrashuv Buxoro davlat universiteti adabiy muhitini yanada boyitdi hamda yosh avlodni badiiy merosga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐  BuxDU.uz | Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 📹 Youtube

Читать полностью…

BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚BuxDUda sirtqi ta’lim talabalari bilan samimiy muloqot: prorektor R.G‘. Jumayev uchrashuvi

Buxoro davlat universiteti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori R.G‘. Jumayev G‘ijduvon tumani Soktare mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi o‘quv binosida tahsil olayotgan sirtqi ta’lim yo‘nalishlari talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida prorektor mamlakatimizda ta’lim tizimini modernizatsiya qilish borasida olib borilayotgan islohotlar, ayniqsa, sirtqi ta’lim talabalariga yaratilayotgan zamonaviy shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, o‘quv jarayonini sifatli tashkil etish, talabalarning bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar alohida ta’kidlandi.

R.G‘. Jumayev talabalardan dars mashg‘ulotlarida muntazam ishtirok etish, odob-axloq me’yorlari va universitetning ichki tartib-qoidalariga qat’iy rioya qilish zarurligini uqtirdi.

Muloqot jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, ta’lim sifatini yanada oshirish, dars jarayonlarini samarali tashkil etish bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar.


Mazkur uchrashuv sirtqi ta’lim talabalari bilan samarali muloqotni mustahkamlash, ularning o‘quv jarayoni va ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirishga xizmat qildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐  BuxDU.uz | Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 📹 Youtube

Читать полностью…

BuxDU •БухГУ •BukhSU

#volleybol 🟦🟦🟦 🟦🟦

☄️📚 HURMATLI PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR VA ISHCHI-XODIMLAR! 🌟

Universitetimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoa o‘rtasida do‘stona muhitni yanada mustahkamlash maqsadida navbatdagi sport tadbirini tashkil etmoqdamiz. Faol ishtirok, yaxshi kayfiyat va maroqli dam olish — aynan sizlar uchun!

📣 Shu munosabat bilan sizni voleybol uchrashuviga taklif etamiz!

📆 Sana: 27-noyabr
⏰ Vaqt: 17:30
📍 Joy: Buxoro davlat universiteti voleybol sport zali


🏐 Ushbu sport uchrashuvi nafaqat jismoniy faollik, balki muloqot, o‘zaro hurmat va jamoaviy birlikni kuchaytirish uchun ham ajoyib imkoniyatdir.

⛹️‍♂️ Faollik – salomatlik garovi!
Barchangizni ushbu sportona muhitda birgalikda ishtirok etishga chorlaymiz.

Marhamat, faol ishtirokingizni kutib qolamiz! ✨


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐  BuxDU.uz | Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 📹 Youtube

Читать полностью…

BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦🟦

☄️📚 Talaba-qizlarning xavfsizligini ta’minlash, huquqiy va psixologik qo‘llab-quvvatlash bugunning dolzarb vazifasidir

Zamonaviy ijtimoiy taraqqiyotning ajralmas tarkibiy qismi sifatida ayollarning xavfsizligi, huquqlari va sha’ni himoyasini ta’minlash global hamjamiyat oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir. Shu munosabat bilan 25-noyabrning Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan “Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni” sifatida e’lon qilinishi gender tenglik, insoniylik tamoyillari va ayollarning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash jarayonida ulkan ahamiyat kasb etadi.

Ushbu sana o‘z mazmun-mohiyati bilan nafaqat jismoniy, balki psixologik, iqtisodiy va ijtimoiy zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurashishda jiddiy choralar ko‘rish zarurligini yodga soladi. Mazkur masala O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi uchun ham nihoyatda dolzarb bo‘lib, ayniqsa, Buxoro davlat universitetida tahsil olayotgan qizlar hayoti, ta’lim jarayoni va ijtimoiy faoliyatida muhim o‘rin tutadi. Talaba-qizlar – jamiyatning intellektual salohiyatini shakllantiruvchi, kelajak olimlari, pedagoglar, iqtisodchilar va yetakchi ayollardir. Ularning ruhiy farovonligi, xavfsizligi va o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon etishlari mamlakatning kelajak taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liqdir.

Oliy ta’lim muhitida zo‘ravonlik ko‘plab ko‘rinishlarda kuzatilishi mumkin: psixologik bosim, kamsitish, ijtimoiy stereotiplar, ortiqcha nazorat, internet orqali nojo‘ya murojaatlar va hatto iqtisodiy cheklovlar. Bunday omillar talaba-qizlarning o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasiga, ilmiy faoliyatdagi ishtirokiga hamda shaxsiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Buxoro davlat universiteti misolida ushbu masalaning dolzarbligi quyidagi yo‘nalishlarda yaqqol namoyon bo‘ladi: talaba-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish. Zo‘ravonlikning huquqiy ta’rifi, himoya orderlari, murojaat qilish mexanizmlari haqida to‘liq ma’lumot berish muhim ahamiyatga ega.

Xulosa qilib aytganda, Buxoro davlat universitetida tahsil olayotgan talaba-qizlarning xavfsizligini ta’minlash, huquqiy va psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimini mustahkamlash, shuningdek, gender tenglik tamoyillarini chuqur qaror toptirish yo‘lida muhim targ‘ibot va tahliliy kun sifatida ahamiyat kasb etadi. Xotin-qizlarning sha’ni, qadr-qimmati va daxlsizligi kafolatlangan ta’lim muhitini yaratish esa oliy ta’lim tizimining asosiy ustuvor vazifalaridan biridir.


Mirova Dilfuza Sayfullayevna
BuxDU Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi yetakchi mutaxassisi


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐  BuxDU.uz | Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 📹 Youtube

Читать полностью…
Subscribe to a channel