Buxoro viloyati hokimligining rasmiy Telegram kanali. Veb-sayt: gov.uz/buxoro Facebook: fb.com/zaripovrasmiy Matbuot kotibi: @olimjuraev Murojaat qiling: (+998) 65-222-22-22, @buxorouzmurojaatbot Manzil: Buxoro sh., Islom Karimov koʻchasi, 5-uy.
📣"Sitorai Moxi xossa" mahallasini ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish bo‘yicha vazifalar belgilandi
📌Batafsil
📌Батафсил
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
📣Viloyat bojxona boshqarmasi boshlig‘ining tadbirkorlar bilan ochiq muloqot shaklidagi navbatdagi sayyor qabuli Buxoro shahrida tashkil etildi
💬Unda hududda faoliyat yuritayotgan yigirmadan ortiq tadbirkorlar ishtirok etib, ularni qiziqtirgan savollarga bevosita javob olish, bojxona yuk operatsiyalariga oid masalalarni mutaxassislar bilan atroflicha muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
⭐️Muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan murojaatlar asosida xorijdan xom ashyo olib kirishda “Bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimining korxona iqtisodiyotiga keltiradigan ijobiy ta’siri, shuningdek, “Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash” tartibining belgilangan qoidalari va ularning afzalliklari xususida atroflicha tushuntirishlar berildi.
⬅️Xususan, “LEICHTER KAMALAK TEXTILIEN” MCHJ rahbari D. Bobojonov tomonidan eksportga mo‘ljallangan ip-kalava mahsulotlarini bojxona hududida yoki undan tashqarida qayta ishlash (ya’ni “reeksport” rejimi) bo‘yicha bildirilgan savolga javoban, O‘zbekiston Respublikasi Prezident tegishli farmoni va Bojxona kodeksiga muvofiq, bunday mahsulotlarga nisbatan belgilangan bojxona yig‘imlari, imtiyozlar, preferensiyalar, shuningdek eksportni qo‘llab-quvvatlash choralarining — jumladan, transport tariflari, subsidiyalar va kompensatsiyalarning — “reeksport” rejimida ham to‘liq tatbiq etilishi alohida ta’kidlandi.
ℹ️Shuningdek, bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammoli vaziyatlarning oldini olish borasida bojxona xodimlari tomonidan amaliy tavsiyalar va maslahatlar berildi, ishtirokchilar esa o‘z tajriba va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.
✅Bunday ochiq muloqotlar tadbirkorlar uchun tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada qulay va samarali tashkil etish, mavjud qonunchilikdagi imkoniyatlardan keng foydalanish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan to‘siqlarni o‘z vaqtida bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
🏘"Sadriddin Ayniy" mahallasi fuqarolari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
✅Buxoro shahridagi "Sadriddin Ayniy" mahalla fuqarolar yig'inida ishsizlik va kambag'allikni qisqartirish, aholi farovonligini oshirish, alohida toifadagi xotin-qizlar va yoshlar, shuningdek, migratsiyadagi fuqarolar bilan manzilli ishlash bo'yicha amalga oshirilgan ishlar doirasida keng qamrovli bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
💬Ko‘rikda viloyatning yetakchi 19 nafar mutaxassisi ishtirok etib, unda jami 140 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
✅Ko‘rik mobaynida aholiga zamonaviy tibbiy xizmatlar taqdim etildi:
🔎Mobil poliklinika;
🔎Proskan rentgenografiya;
🔎Portativ laboratoriya;
🔎Ultratavush (UTT);
🔎EKG tekshiruvlari.
🔎Natijada:
👀16 nafar fuqaro viloyat darajasidagi shifoxonalarga davolanish uchun yo‘naltirildi;
👀2 nafar bemorga rejali operatsiya tavsiya qilindi;
👀Ulardan 1 nafariga Respublika darajasida jarrohlik amaliyoti tavsiya etildi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
📣"Tatlift" kompaniyasi Buxoroda amaliy ishga kirishdi: Loyiha yiliga 2000 dona lift ishlab chiqarishga mo'ljallangan
📌Batafsil
📌Батафсил
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
🖥🖥🖥 Maxsus reportaj
Buxoroda aholiga tibbiy xizmat ko'rsatish sifati oshmoqda
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
#Kun_hikmati
Til – qalbning tarjimoni.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
Prezident Shavkat Mirziyoyev: Farzandlari bilimli, sog‘lom, mard va jasur, doimo oldinga intilib yashaydigan xalq va davlatning kelajagi albatta yorug‘ bo‘ladi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
🖥🖥🖥 Maxsus reportaj
Buxoroda mini-futbol va futbol bo'yicha “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqalarining viloyat bosqichi final bellashuvlari va tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
🖥🖥🖥 Axborot 24
Gʻijduvonga temir yo‘l tarmog‘ini tortish ishlari o‘z nihoyasiga yetkazildi
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
⚡️E’LON!
Ommaviy axborot vakillari, jurnalist va blogerlar diqqatiga!
Barchangizni bugun, 22-iyun kuni soat 19.00 da Buxoro shahri “Gulchorbog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusi bilan maxsus manzilli dastur doirasida qurib bitkazilgan 250 o‘rinli “Buxoro” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohining tantanali ochilish marosimiga taklif etamiz.
Manzil: Buxoro shahri, “Gulchorbog‘” mahalla fuqarolar yig‘ini (Mo‘ljal: Viloyat kardiologiya markazi)
Izoh: Oromgohga borib-kelish uchun maxsus transport ajratilgan va u soat 18.00da viloyat hokimligi binosi oldidan manzilga jo‘naydi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: (+99894-129-35-36 Dilshod To‘ymurodov)
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
#sayyor_qabul
#Shofirkon_tumani
#inson_qadri_uchun
📍Avval xabar berganimizdek, bugun, 21-iyun kuni viloyat hokimi Botir Zaripov Shofirkon tumanidagi "Temirchi" mahalla fuqarolar yig'ini hududidagi 24-umumta'lim maktabi bog'ida aholi vakillari bilan muloqot qilib, odamlarning orzu-istaklari, talab va ehtiyojlarini o‘rganish, ularga imkon qadar ko‘mak berish, mavjud muammolarga o‘z joyida yechim topish maqsadida navbatdagi ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
⌛️Unda nafaqat Shofirkon tumani aholisi, balki viloyatimizning barcha hududlaridan kelgan fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar bilan ishtirok etishdi.
💬Sayyor qabulda 165 nafar fuqarolar murojaati birma-bir tinglandi. Xususan, fuqarolarning kommunal soha, ishsizlikni bartaraf etish, davolanish, ishga joylashish, moddiy yordam, tadbirkorlik, qurilish va arxitektura, yer va uy-joy ajratish, sud-huquq masalalari atroflicha o‘rganildi.
✅Murojaatchilarning 90 nafarga yaqini shaxsan viloyat hokimi bilan yuzma-yuz uchrashib, muammolarini bildirdi.
❗️Fuqarolardan o‘zlarini qiynayotgan muammolardan tashqari ko‘pchilik manfaatiga xizmat qiladigan maktab va bog‘chalar qurish, yo‘llarni ta’mirlash, elektr energiyasi va ichimlik suv ta’minoti bo‘yicha ko‘plab murojaatlar tushgan.
🗣Shu joyning o‘zida hal etish imkoni bo‘lgan murojaatlar yuzasidan talablar qanoatlantirildi. Batafsil o‘rganishni taqozo etadigan dolzarb masalalarni hal etish yuzasidan yechimini topish vakolatiga ega bo‘lgan mutasaddi korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlariga aniq muddat belgilanib, qat’iy nazoratga olingan holda topshiriqlar berildi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
⚡️“Havzi-nav” mahallasida chevar Nargiza Bozorova oʻz tikuv sexiga ega boʻldi
👉Batafsil
👉Батафсил
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️Qorovulbozor: Jarqoqda “Muborak Zarbuloq” fermer xoʻjaligida moʻl hosil yetishtirilmoqda
👉Batafsil
👉Батафсил
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️Jondor: "Pochchoyi" mahallasida ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari amalga oshirilmoqda
Aholi uchun qulaylik yaratish, ichki infratuzilmani yaxshilash maqsadida Tashabbusli budjet 2025-yilning 1-mavsumida g‘olib deb topilgan takliflar doirasida yo‘lsozlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Jumladan, tumandagi "Pochchoyi" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Pochchoyi qishlog'idagi ichki yo‘llar 3,134 metr masofada asfalt qilinmoqda. Mazkur loyihani "BAHODIR CHAROS DILROZ" MChJ amalga oshirmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 1338,8 million so‘mni tashkil etadi.
Shuningdek, ushbu mahallaga qarashli Arabxona qishlog‘i hududidagi ichki yo‘llarni 3 286 metr masofada asfaltlash ishlari ham boshlandi. Ushbu ishlar "GRAND NUR YO'L QURILISH" MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Mazkur yo‘lsozlik ishlari ham 1340,5 million so‘m miqdorida moliyalashtirilmoqda.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️Buxoroda Xitoy tajribasi asosida mebelsozlik sanoati rivojlantiriladi
👉Batafsil
👉Батафсил
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
#Xalqaro_hamkorlik
📣"ENOZ" kompaniyasi rahbari Buxorodagi maktablarida bo'ldi
🎓Koreyaning sun’iy intellekt texnologiyalari asosida ta’limga oid kontentlar yaratishga ixtisoslashgan "ENOZ" kompaniyasi rahbari Park Chang Hong Buxoro shahridagi 42-umumta’lim maktabi hamda Prezident maktablarida bo‘lib, ushbu ta’lim muassasalari faoliyati, innovasion yondashuvlari va loyihalari bilan yaqindan tanishdi.
💬Uchrashuv chog‘ida kompaniya rahbari "ENOZ" tomonidan ishlab chiqilayotgan zamonaviy ta’limiy kontentlar va platformalar taqdimotini o‘tkazdi. Ta’lim resurslari o‘quvchilarga nafaqat sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘zlashtirish, balki zamonaviy kasb va ko‘nikmalarni egallash imkonini berishi ta’kidlandi.
➡️Taqdimot davomida "ENOZ" rahbari ushbu maktablar bilan hamkorlik qilishga katta qiziqish bildirdi hamda istalgan paytda amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.
👀Yangi o‘quv yilidan kompaniya hamkorligida 42-umumta’lim maktabida sun’iy intellekt yordamida ta’limi kontent yaratiladigan maxsus xona tashkil etilib, qiziquvchi o‘quvchilarga bu yerda maxsus mashg‘ulotlar olib borilishi kelishib olindi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
📣Kogon shahri: Dilfuza Ergasheva chorvachilikdan, Feruza Egamberdiyeva tikuvchilikdan oilasiga daromad kirityapti
📌Batafsil
📌Батафсил
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
🖥🖥🖥 Maxsus reportaj
“Dolzarb 90 kunlik“ doirasida buxorolik yoshlar boʻsh vaqtini unumli oʻtkazmoqda
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
🗣️Buxorolik gʻallakorlar ulkan mehnat gʻalabasiga erishdi
👉Batafsil
👉Батафсил
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
#ob_havo
💥O‘zgidromet 2-5-iyul kunlari havo haroratining anomal darajada ko‘tarilib ketishi bilan bog‘liq shtorm ogohlantirish xabarini e’lon qildi
🟢Joriy yilning 2-5-iyul kunlari mamlakatimiz hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda.
🟢2-iyul kuni respublika shimolida, janubida va cho‘l hududlarida, 3-5-iyulda hududning katta qismida havo harorati 40-43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 44-46 darajagacha ko‘tariladi.
🟢Respublika bo‘yicha shamol tezligi 13-18 m/sgacha, 3-5-iyulda ayrim joylarda ba’zida 20-25 m/sgacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
⚡️Tungi Buxoro hayratlari
Tohir Istatov fotolavhasi
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
🗣️Ob-havoning injiqliklari hamda masofalarning uzoqligiga qaramay, og'itmaliklar o'z vaqtida suyultirilgan gaz bilan ta'minlanmoqda
👉Batafsil
✍️ "Hududgaz Buxoro" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
🗣️Buxoroda kambag'allik va tenglikni baholash boʻyicha hududiy maslahatlashuv seminari boʻlib oʻtdi
👉Batafsil
👉Батафсил
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
⚡️Buxorodagi maktablarda kasb markazlari faoliyat yuritmoqda
Ta’til kunlarida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularga zamonaviy va milliy kasblarni o‘rgatish maqsadida Buxoro viloyatining barcha shahar va tumanlaridagi maktablarda “Dolzarb 90 kunlik” doirasida kasb markazlari faoliyat yuritmoqda:
🔹 Buxoro shahar 4-maktab;
🔹 Kogon shahar 9-maktab;
🔹 Buxoro tuman 18-maktab;
🔹 Vobkent tuman 8-maktab;
🔹 Jondor tuman 21-maktab;
🔹 Kogon tuman 11-maktab;
🔹 Olot tuman 35-maktab;
🔹 Peshku tuman 1-maktab;
🔹 Romitan tuman 1-maktab;
🔹 Shofirkon tuman 11-maktab;
🔹 Qorako‘l tuman 53-maktab;
🔹 Qorovulbozor tuman 4-maktab;
🔹 Gʻijduvon tumani 60-maktab.
O‘quvchilarga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berilmoqda:
– tikuvchilik;
– ganch ishlari ustasi;
– qandolatchilik;
– kompyuter operatori;
– internet marketing;
– fotomuharrir (Photoshop);
– duradgorlik;
– veb-dizayner;
– mebel ishlari ustasi;
– erkaklar sartaroshi.
Har bir maktabda taqdim etilayotgan kurslar yo‘nalishi farq qilishi mumkin. Shu sababli ota-onalarga kerakli ma’lumotlarni aniqlashtirish uchun bevosita maktablarga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Aziz yoshlar, kelajagingiz sari ilk qadamingizni bugundan boshlang!
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
#Kun_hikmati
Barcha buyuk o‘zgarishlar kichik odimlardan boshlanadi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
🖥🖥🖥 Yangi davr
Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari haqida
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
#IstiqlolTV
Kogon: Ta'limda "Dolzarb 90 kun" tadbirlari
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️Vobkent: gʻoʻza parvarishida “baliq sirti” tarzidagi kultivator ishlovi hosil nobudgarchiligiga “qalqon”
👉Batafsil
👉Батафсил
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️Jondor: “Oytugʻdi” va “Ibn Sino” MFY larida qariyb 6 kilometr ichki yoʻl asfaltlashtirilmoqda
👉Batafsil
👉Батафсил
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
#xalqaro_aloqalar
⚡️“Next Field International” kompaniyasi vakillari Buxoroda
Jahonning yetakchi xalqaro prodyuserlik kompaniyalaridan biri Next Field International joriy yilning 16-18-iyun kunlari ko‘hna va hamisha navqiron Buxoro shahriga tashrif buyurdi.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad — Buxoroning diqqatga sazovor joylari va betakror tarixiy muhitini tasvirga olish orqali viloyatning turizm salohiyatini xalqaro maydonda targ‘ib etish.
Qadimiy Buxoro asrlar davomida yaxshi saqlanib qolgan “eski shahar”qismi bilan mashhur bo‘lib, Next Field vakillari tomonidan “tayyor suratga olish maydonchasi” sifatida e’tirof etildi. Kompaniya bosh prodyuserlari Robert Mora va Nikita Makarenko, shuningdek bosh direktor Stanislav Solovkin shaharning eng mashhur diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurishdi. Jumladan, “Ark” qo‘rg‘oni, “Labi Hovuz” ansambli, “Poyi Kalon” majmuasi, Ismoil Somoniy maqbarasi hamda Chashmai Ayub kabi qator madaniy meros obyektlari, shuningdek, hunarmandchilik markazlari ularning diqqat markazida bo‘ldi.
Tashrif davomida delegatsiya O‘zbekistonning AQShdagi elchisi janob Furqat Siddiqov bilan ham uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Amerika tomoshabinlari uchun qiziqarli bo‘lishi mumkin bo‘lgan hujjatli filmlar, jumladan turizm mavzusidagi loyihalar muhokama qilindi. Elchi Siddiqov ushbu tashabbusni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi va Buxoroni xalqaro maydonda targ‘ib qilish muhimligini ta’kidladi.
Shuningdek, delegatsiya Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari janob Jalol Arashov bilan uchrashib, shaharning betakror kino muhitini yuqori baholadi. Tomonlar xalqaro kino va teleloyihalarni Buxoroga jalb etish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olishdi.
Ma’lumot uchun, mazkur tashrif O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Turizm qo‘mitasi ko‘magida tashkil etildi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube