Soat 21:00 da @copypraktikum da bepul darslar boshlanadi
Hoziroq obuna boʻlib qoʻying
*kun davom etadi.
#podkast
Audio podkastlar qaytdi)
Har qanday biznes jarayoni servissiz oʻtmaydi. Oʻzbekistonda esa ayni servis sohasida kadrlar yetarli emas
Navbatdagi mehmonimiz: Alisher aka Rustamov
• SERVIS bo‘yicha 18 yillik tajribaga ega mutaxassis
• Tadbirkor, konsultant, ijodkor
• Armani Group, Alfred Dunhill, Jimmy Choo, Texnomart kabi kompaniyalarda ishlagan.
Podkast juma kuni soat 20:00 da @copirayt telegram kanalida boʻlib oʻtadi
Mavzu: Servis
*kompaniyalarning sotuv menejerlari uchun ayni muddao
Alisher akaga savollaringizni ushbu post izohida qoldiring
🚫sotuvni oʻrganmoqchi boʻlganlarga yuborib qoʻying
✅️@copirayt
Bepul dars! Okeymi?)
Bozorda kopirayterlar qancha ko'paysa, qolganlarga ish qolmaydi
Lekin bunaqa emas! Bozorda kopirayterlar qancha ko'paysa, filtr shuncha yaxshiroq ishlaydi. Professionallar shuncha ko'payadi. Muloqot, muhokama qilish uchun do'stlar paydo bo'ladi. Junoir'lar middle bo'ladi, middle'lar senior
😂Va eng asosiysi: kopirayting bozori shakllanadi
Ammo ko'pchilikda qo'rquv bor: Men kopirayter bo'la olamanmi?
Balki oshga qalampir qo'shilgandir ya'ni ta'tib ko'rmasdan bir narsa deyish qiyin. Axir oldingizda butun bir faoliyat, soha turganda
Sizga "tatib ko'rish" imkonini beramiz. Marafon emas, master klass emas,chellenj emas
Shunchaki bepul darslar! 4 kun
Bepul darslar uchun @copypraktikum kanaliga ulanib oling.
Ushbu xabarni 10 kishiga yuboring 😅
Va 2 soatdan keyin ular sizga rahmat aytadi yoki aytmaydi, farqi yo'q
@copirayt - sizning kopirayter do'stingiz
Va nihoyat
Blog uchun rubrikalar ishlab chiqdim)
#tahlil — marketing tarixidagi eng yaxshi reklamalarni kopirayting jihatidan tahlil qilamiz
#kreativ — SMS xabarnomalar, UX kopirayting, bannerlar uchun kreativ gʻoyalar berib boramiz (ulardan foydalanish bepul, faqat muallif ruxsati olinsa, yetarli)
#tadqiqot — kopirayting, kontent marketing boʻyicha tadqiqotlar
#podkast — podkastlar qaytadi)
reklama, kopirayting, marketing mutaxassislari ishtirokida audiopodkastlar
Sizda yana qanday takliflar bor?
Oʻzingizga mosini topish oson (emas)
Biz qayerdadir yoki majburan ishlaymiz yoki maza qilib sevimli mashgʻulotimiz bilan shugʻullanamiz...
Yaʼni Ronaldu futbol oʻynab pul topadi, bu uning ishi. Ammo yaxshi koʻrgan ishi. Qachonki insonlar oʻz sevimli mashgʻulotini oʻz kasbiga aylantira olsa, ish va hayot darajasi faqatgina oʻsadi
Sizda sevimli mashgʻulot bormi? Ammo u talab qilinadigan joyni topa olmayapsizmi?
Yechim: @qamaruz
Istang oʻzingiz uchun, istang yaqinlaringiz uchun ish topish uchun eng qulay variant.
Doimiy kuzatib borishni tavsiya qilaman. Axir omadli lahzalar doim biz kutmagan vaqtda keladi
Foydali
Microcopy'larda CTA muhim rol o'ynaydi. Aytaylik, ilovalarda
Microcopy yordamida biz odamlarga kerakli joyga borishga yordam berishimiz mumkin.
Misol: yuqoridagi rasmda parol noto'g'ri ekanligi ma'lum bo'lgandan keyin foydalanuvchiga ilovada qolish uchun sabab berish kerak.
"OK" - mahvum va negativ buyruq, keyingi qadam noma'lum.
"Qayta urinish" ham yaxshi emas. Chunki foydalanuvchi o'z parolini tamoman unutib qo'ygan bo'lsa, bu buyruq foydasiz.
Bunday holda, "Qayta urinish" va "Parolni tiklash" kabi foydali CTA'larni taklif qiling.
Kopirayting rivojlanyaptimi?
Bir soʻz bilan: ha
Bozor juda kattaligi hisobiga doim kopirayterlar yetishmayotgandek tuyuladi, ammo 3 yil oldin kopirayterlar deyarli yoʻq edi. Hozir ularning katta-kichik guruhlari, hamjamiyatlari "профсоюз"lari bor.
Bu albatta kishini xursand qiladi. Daraja jihatidan ham oʻsish bor. Avvallari kopirayting "imlo xatosiz yozish" edi, hozir unda texnikalar, omillar koʻp. Chiroyli emas, foydali matn yozish qoidasiga koʻpchilik amal qilyapti
Bloglar ham koʻpaygan.
Xullas, avvalgidan ancha yaxshi
Kurs dasturiga ozroq oʻzgartirish kiritildi
• STANDART tarifida faqat videodarslar
• PRO taʼrifida videodarslar+kuratorlar
• VIP taʼrifida jonli darslar va ustozlar nazorati
Oʻzingizga maʼqul taʼrifni tanlab, 50$ toʻlov bilan joy band qilishni tavsiya qilamiz. Oʻtgan safar 4 kishi ulgura olmagan edi
Kurs haqida barcha maʼlumotlar @copypraktikum kanalida berib boriladi
*VIP taʼrifida 10 ta joy bor
Nega oʻzbek tilidagi qahva haqidagi barcha reklamalarda qahvaning taʼmi asosiy rolda?
Balki insonlar yoqimli taʼm bilan birga oʻzlarini professional baristadek his qilishni istar...
Xususiy sektorda 372 000 nafar kadr yetishmaydi
Aynan qaysi soha va va nima sababdan yetishmasligini rasmlardan bilib olishingiz mumkin
#hadya
Ramazon oyi munosabati bilan kopirayting bo'yicha bitta bepul konsultatsiya olishingiz mumkin
😂Konsultatsiya kichik, o'rta, yirik bizneslar uchun mo'ljallangan
*Kopiraytingda karyera qurmoqchi bo'lganlar uchun keyinroq alohida hadya bor
Murojaat uchun: @copirayter akkauntiga biznesingiz nomi va faoliyati haqida qisqacha xabar qoldiring
"Shu o'zimni qo'limmi?" deb turgan joyim
Reklama homiysi: @macbrouz)
*MacBro'da ishlayman
Tezlik va kuch muhim emas
Eng muhimi — davomiylik
Siz ingliz tilini o’rganmoqchisiz yoki Instagramda blog yuritmoqchisiz. Muvaffaqiyatga ta’sir qiluvchi eng katta omil — davomiylik
Kuniga 5 soat dars qilmang, 5 kun 1 soatdan dars qiling. Tana va miya ortiqcha bosimni yoqtirmaydi. Unga zaharni sekin berib borish kerak, boshida kamroq, keyin dozani ko’paytirasiz va qaysidir vaqtda oltin oraliqni topasiz.
Agar miya yoki tana birdan katta bosimga uchrasa, undan chiqish yo’lini izlaydi (shuning uchun «ertaga boshlayman» atamasi mavjud)
Bu esa tabiiy instinkt.
Vaqtni qanday o’tkazish kerak?
Avval o’zingiz bilan gaplashib oling. 1, 5, 10 yillik reja tuzing. Keyin unga olib boradigan yo’llarni toping. Buni hech kim yo’q joyda yoki ustoz ko’magida qilish mumkin
Demak, yo’llar topildi. Endi «qurbaqani qaynatish» kerak. ya’ni miyangiz va tanangizni maqsad yo’liga sekin moslang. Nafs istaklarini (dam olish, o’yin-kulgi, bekorchilik) bosqichma-bosqich cheklang.
Vaqt o’tib ketaveradi. Aslida ideal bo’yicha har br lahzani mazmunli va foydali o’tkazish kerak. Biz esa uni 1/3 qismini mazmunli o’tkazishni eplasak ham katta gap
Izohlarda oxirgi 5 yilda o’zingiz erishgan va muvaffaqiyat deyish mumkin bo’lgan natijalarni yozib keting
*agar qurbaqani qaynoq suvga solinsa, u chiqishga harakat qiladi. Ammo uni sovuq suvga solib, keyin suvni sekin qaynatsangiz, u buni his qilmay o’ladi
✅️@copirayt
Blog yurituvchilar uchun
Aslida blog yuritish qiyin emas.
Eng qiyini — blogni manfaatli yuritish
Telegram bloglarining Instabloglardan farqi ham shunda. Telegramda mualliflar auditoriyani hurmat qiladi.
Sababi Instagram tanlovsiz kontent. Yaʼni kontent ketma-ketligini siz tanlay olmaysiz. Yoqsa, koʻrasiz yoki yoʻq. Obunani oʻchirish ham qiyinroq. Chunki kontentmeyker yoqmasa, keyingi kontentga oʻtish oson. Shu sababli obunani oʻchirmaydi koʻpchilik
Telegramda esa tanlov bor. Siz faqat obuna boʻlganlaringizni oʻqiysiz. Oʻqiganda ham batafsil oʻqiysiz. Yoqmasa kanaldan chiqib ketasiz, tamom. Muallif obunachi yoʻqotadi.
Ayni shu sababdan ham Telegram auditoriyasi sifatli, mualliflar esa oʻz obunachilarini hurmat qiladi
Xulosa: post qoʻyish kerakligi uchun post qoʻymang
Ayni shu kontent auditoriyaga manfaat berishi uchun post qoʻying
*buni terminlar bilan marketing tilida yozish ham mumkin edi. Ammo eng yaxshi matn — tushunarli matn
✅️@copirayt
Filtr yoxud XXI asrdagi eng noyob ko'nikma
- Aytmoqchi bo'lganim 100% to'g'rimi?
- Bu borada bilim va tajribam bormi? yoki shunchaki fikrmi?
- Bu fikrim kimgadir foydali bo'ladimi?
- O'zi umuman bu fikrni nega aytmoqchiman?
- Buni gapirishim oxiratimga qanday ta'sir qiladi?
Aytmoqchi bo'lgan har bir jumlamizni shu filtrdan o'tkaza boshlasak, gaplarimizning 99.9% i ichimizda qoladi.
To'g'ri qiyin. Lekin natija shunga arziydi:
1. Eng muhim ko'nikma — tinglashni o'rganasiz.
2. Eshitganingizni tahlil qilishni, to'g'ri savollar berishni o'rganasiz.
3. Gaplaringiz oldingidan ma'noliroq va foydaliroq bo'la boshlaydi.
4. Til bilan sodir etiladigan gunohlardan saqlanasiz.
5. Aslida qanchalar kam narsa bilishingizni tushunib yetasiz.
6. Gaplaringiz tarozida og'irlik bosa boshlaydi. Insonlar sizni diqqat bilan tinglashni boshlaydi.
"Dono inson gapiradigan gapi borligi uchun gapiradi; Axmoq esa nimadir deyishi kerakligi uchun." — kimligini bilmadim, lekin yaxshi eslatma!
@matn_ustasi
Suhbatlashing
Microcopy'larni yozishda e'tiborga olish kerak bo'lgan eng muhim narsalardan biri - siz yozadigan so'zlar aslida mijoz bilan suhbatdir. Bu qanchalik haqiqiy, iliq va insoniy bo'lsa, mijozlarda shunchalik yaxshi taassurot qoldiradi
Bu ovozli suhbat uchun ba'zi maslahatlar:
Ovoz chiqarib aytmaydigan (suhbatda ishlatilmaydigan) narsalarni yozmang:
🚫Bog'lanmoqchi bo‘lgan telefon raqamini kiriting
🟢Qaysi raqamga qo‘ng‘iroq qilmoqchisiz?
Savollar bering
Savollar jarayonda suhbat hissini yaratadi: xuddi kimdir savol bersa, ikkinchisi javob beradi
Passiv emas, faol ovozdan foydalaning:
🚫Toʻlov turini tanlang
🟢Qaysi to'lov turi siz uchun qulay?
🟢Qanday qilib toʻlashni xohlaysiz?
Birlashtiruvchi, bog'lovchi qo'shimchalarni ishlating:
🚫Buyurtma tafsilotlari
🟢Buyurtmangiz tafsilotlari
*nega insonlar bir ilovadan ko'ra boshqasini afzal ko'radi? Sababini yuqorida keltirib o'tdim
✅️@copirayt
VC yoki Medium'ga oʻxshash oʻzbek tilida nimadir boʻlsa, yaxshi boʻlardi
Avvalroq lenta.uz bor edi. Yopilib ketdi
"Uzum monopol" deysizlar))
Yanvar oyida tovar aylanmasi
Uzum: 122,5 mlrd
Alif Moliya: 272,5 mlrd
*har ikkala kompaniya kopirayter izlayapti
Bir doʻstimni blogi
Dasturlash: @otzoon_dev || Matematika: @otzoon_xy
YouTube: https://youtube.com/channel/UCE7jGQO1vxge3AHhOrQBV0A
Xolis tavsiya
Dasturlash va matematikaga qiziqadiganlarga ulashib qoʻying
Kopirayting PRO kursi uchun qabul boshlandi
Oʻz joyingizni band qilish uchun @copirayter'ga yozing
2 ta maqola
Kopirayting PRO kursi va kopiraytingda karyera haqida 2 ta maqolani bitta postga joylamoqchiman
1-maqola: Bunisi oxirgisi
• Taʼlim sohasida men eng koʻp uchratgan birinchi holat: Bu oxirgi kurs, oxirgi qabul!
• Ikkinchi eng koʻp kuzatiladigan holat: Ha, mayli. Iltimos qilishgani uchun yana bitta guruh qabul qilinadi
Kopirayting PRO bilan bunaqa boʻlmaydi. Qachonki, "Kurs oʻtmaymiz" desak, kurs oʻtmaymiz. Oxirgi qabul oxirgisi boʻladi
Said Nazrillayev bilan rejamizda birgalikda yana 3-4 ta guruhni oʻqitish bor. Qabul ham 3-4 oyda bir marta boʻladi. Albatta, loyiha, ishlarlar koʻpayib ketmasa
2-maqola: Kim erta boshlasa, manzilga ertaroq boradi
Kecha hafta menga UzCard osh taklif qildi. Ammo mening doimiy ish joyim bor
Kimdir kursni bitirib, UzCard'ga ishga kirishi mumkin. Chunki hozir gigantlarda (Uzcard, PayMe, Mikrokreditbank, Korzinka GO, Artel, EVOS, Uzum, ...) ham kopirayter yetishmaydi.
Bir tarafdan xorij brendlari (Zara, Nike, Massimo Dutti, ...) Toshkentda koʻpaymoqda va ular oʻzbek tilini tanlashmoqda
Shuning uchun ertaroq oʻqib olish foydali boʻladi.
Maqsad: kurs oʻtish emas, koʻproq va foydaliroq bilim ulashish
✅️@copirayt
Keyingi qabul
Kopirayting PRO kursi uchun navbatdagi qabul may oyida boshlanadi. Darslar yozda, 3 oy boʻlib oʻtadi
*joylar soni cheklangan boʻladi
Narxlar eski tarif atrofida
Saharlik va iftorlik vaqtlari
Alloh taolo Ramazon oyida gunohlarimizni kechirsin. Ibodatimizni qabul qilsin