Kopirayter nimani bilishi kerak?
Oʻzi bilim 2 xil: akademik va ensiklopedik
Akademik bilim — sohangizga oid bilim yaʼni matematik uchun matematika, shifokor uchun kardiologiya va hokazo. Bir soʻz bilan aytganda tirikchiligi oʻtayotgan sohaning bilimi
Ensiklopedik bilim — sohadan tashqari va daromad keltirmaydigan bilim (aslida
daromad keltiradi)
Bu sizning Avstraliya haqida bilimingiz (agar siz geograf boʻlsangiz, bu akademik bilim), chuchuk suv manbalari haqida bilimingiz, ispan raqslari, hind
taomlari, madaniyati haqida bilimlar
Ular sizga hech qachon kerak boʻlmasligi mumkin. Ammo aynan ular dunyoqarashni kengaytiradi. Oʻsha mavzularda suhbat boʻlsa, mum tishlab
qolmaysiz))
Kopirayterda ensiklopedik bilim ham juda katta boʻlishi kerak. Chunki bugun tibbiyot, ertaga qurilish, indinga sayohat haqida yozish kerak boʻlar (akademik
bilim ham boʻlsin, boʻlmasa hammasi bir tiyin)
🚫Eslatma: oʻta tez oʻzgaruvchi narsalar bilim emas.
Mol bozorda qoʻy narxi, Sergelida avtomobil narxi, qaysi artist boshqasiga nima degani, narigisi qanaqa "otvet" qaytargani, qayerda qanday janjal boʻlgani va hokazo (yaʼni oʻzbek tilidagi kontentlarning kamida 50%i foydasiz va bir tiyinga qimmat, bilim olish mumkin emas)
Umringizni bilim olishga sarflang. Zero, bilim – kuch
*biologiya siz uchun ensiklopedik, biolog uchun akademik. 2 ta infoni bilib olib,
biologga aql oʻrgatmang))
✅️@copirayt
Sayt kerakmi?
Kerak
Sayti bor mutaxassis va sayti mutaxassis mijozda sezilarli darajada farqli taassurot qoldiradi
Va nihoyat portfolio qilishni boshladim
*3 ta tilda
Qabul boshlandi
Oʻtgan safargi Kopirayting PRO kursiga qabul yopilganidan soʻng 3 kishi qatnashmoqchi edi
Bu qabulga ulgurasizlar degan umiddamiz
Mentorlar:
• Said Nazrillayev — kopirayter, Lokals
Nurbek Yuldoshev — kopirayter, FCB Artgroup
Roʻyxatdan oʻtish uchun @matnchi_admin ga murojaat qilishingiz mumkin
🚫Qabul soni cheklangan
*bu reklama emas, qabul rostdan cheklangan
Samalyotda uchganingizda doim yetishmaydigan narsa: sizni yaxshiroq suratga oladigan sherik
Jamoa ham xuddi shunaqa: eng yaxshi ishlar orqasida kimdir emas, jamoa turadi
Postga Maslou piramidasini ilova qilmoqchi edim. Ammo insonlarning mustaqil qidirib oʻrganish koʻnikmasiga salbiy taʼsir qilgim kelmadi))
Читать полностью…Hech qachon to’siq qo’ymang
Ayrim savdo nuqtalariga kirganingizda
- Uzr, bizda faqat naqd
- Kartaga o’tkazib bera olasizmi?
- Uzcard qabul qilmaymiz, faqat HUMO
- Biz faqat hisob raqami orqali ishlaymiz, kabi gaplarni eshitamiz
Savdo, servis, marketing jarayonining natijasi mijozlar soni bilan o’lchanadi odatda. Mijozlar esa sizga xizmat, mahsulot, jarayon uchun to’lov qilgan kishilardir
Ya’ni sizga 1000 kishi murojaat qildi va 1 kishi to’lov qildi. Demak, sizda faqat 1 nafar mijoz bor
Mijozlar yo’qotilishining asosiy sabablaridan biri esa to’lov qilish jarayonining murakkabligi
Bu jarayonni optimallashtirish va insonlar uchun qulay qilish kerak. Nafaqat to’lov usulini, balki to’lov vaqtini ham o’ylash kerak.
Ya’ni sizda 2 nafar xodim bo’lsa, ular birga tushlik qilmasin. 12-13 biri, 13-14 da ikkinchisi. Shu tariqa siz mijozlarga eng og’riqli jarayonni oson va yengil tarzda o’tkazishiga yordam berasiz
🚫Unutmang!
Mijozda sotib olish yoki olmaslikdan boshqa tanlov ham bor: raqobatchidan sotib olish
*kassa oldidagi uzun navbat mahsulot yaxshiligi emas, servis yomonligining alomati
✅️@copirayt
Subyektivning yangi muallifi
Jamshidxon aka biroz avval "Subyektiv" loyihasidan ketganini e'lon qilgan edi.
Hammada haqli savol tug'ildi: Endi kim "Subyektiv"ga kim mualliflik qiladi?
Javob: Sardorbek Usmoniy
Hozirgina Sardorbek aka o'z Facebook sahifasida quyidagi postni qoldirdi:
Doʻstlar, Facebook’ga qaytganim oʻzim uchun yangilik boʻlgan boʻlsa, sizlar uchun ham bir mas’uliyatli xabarim bor: endigi faoliyatimni Kun.uz’ning “Subyektiv” loyihasida muallif sifatida davom ettiradigan boʻldim.
Bu qarorga kelishimiz oson boʻlmadi. Chunki “Subyektiv” deganda barcha, eng avvalo, Jamshidxonni tasavvur qilardi. Loyiha jamiyatdagi eng ogʻriqli masalalarni eng sifatli tarzda ommaga yetkazib, yangi “media daraja” yarata oldi. Jamoadagilar sevimlilarga aylanishdi.
Jamshidxon bugun loyihadan ketganini e’lon qildi. U endi yangi yoʻnalishda ijod qiladi. “Subyektiv” ham davom etadi. Shu oʻrinda har ikki mualliflar sizlarning qoʻllab-quvvatlovingizga ehtiyojimiz bor. Hamkasbimning yangi loyihasida ham, “Subyektiv”ning yangi sonlarida ham siz azizlarni koʻrishni istaymiz.
Sifatli, manfaatli va foydali kontentlar qilishda davom etamiz!
Yana bir tavsiya:
Saidning blogidagi oxirgi postni o’qinglar va imkoniyatdan foydalaning
Sababi: Said yomon tavsiya bermaydi va 605 o’sish uchun eng TOP agentliklardan biri
Diqqat menga kopirayterlar kerak
Talablar oddiy:
- Kopirayting bo’yicha blog yuritishingiz kerak (250-1000 obunachi)
- Kopirayting orqali 400$ + daromad qilishingiz
- 3 dan ortiq loyihada ishlagan bo’lishingiz kerak
- hozir ham aynan kopirayter bo’lib ishlashingiz kerak
@copirayter’ga murojaat qiling
*blog va portfolio bilan
🚫Bu vakansiya emas, boshqa manfaatli loyiha uchun
✅️@copirayt
#podkast
Alisher Rustamov bilan suhbat audiosi
Mavzu: Servis
Audio montaj qilinmagan
Format shunaqa)
✅️@copirayt
Qani obunachilar)
Hamma uxlagan paytda kanalga ovoz beramiz)
Ertalabgacha ovoz yigʻib, postni oʻchirib qoʻyamiz))
/channel/boost/copirayt
"Дух бетон" boʻlishi kerak
Koʻpchilik "bilim – muvaffaqiyat kaliti" deb hisoblaydi. Ishga joylashish, ish, karyera qurish uchun bilimlar yaʼni "hard skills" yetarli deb oʻylaydi
Xoʻsh, aslida ham shundaymi?
Aslida bunday emas. Muvaffaqiyat koʻp hollarda "soft skills" ortidan keladi. Agarda faoliyatimiz bevosita insonlar bilan bogʻliq boʻlsa
Rasmda
Xayrli kun. Menda ertaga siz bilan suhbat belgilangan edi. Aniq ayta olamanki, men undan oʻtaman. Ikkimizning ham qimmatli vaqtimizni tejash maqsadida men birdan boʻlajak rahbariyatim bilan suhbat belgilasak boʻladimi?
Sizga bu uchun oldindan rahmat aytmoqchiman
Matnni qanday tilda yozish kerak?
Matn yozmang. Shunchaki tasavvur qiling: maqsadli auditoriyadan bir yoki bir necha kishi qarshingizda turibdi
Shunchaki ularga gapirib bering. Bo’ldi
His tuyg’u, taktika, muammolar… Hech qaysi kerakmas. Shunchaki qarshingizdagi odam kimligini biling va unga so’zlab bering
U bolami? Ertaknamo gapiring
Tengdoshingizga hazil qiling
Katta odamga jiddiy gapiring. (agar brend pozitsiyasi katta yoshli odam bo’lsa, u sizga tengdosh bo’ladi)
Ayni shunda reklamaning jonli tili paydo bo’ladi.
*bo’laveradi demang, odamlarga samimiy tarzda gapiring, yetarli
✅️@copirayt
Shu film telegramda tarqalib ketdi
Meni kitobimni kimdir tarqatib yuborishiga qarshi boʻlganman va bu ishni ham qoralayman.
Iltimos, mualliflik huquqini hurmat qilaylik.
Film ajoyib, yigʻlab koʻriladigan film. Ammo muallif ruxsatisiz, oʻgʻrincha koʻriladigan kino emas
Iltimos, filmni tarqatmang
*filmni qaysidir "aqlli oʻgʻri" kinoteatrda yashirincha smartfonida tasvirga olgan
MacBro menga nima berdi?
Oxirgi 6 oy davomida MacBro'da kopirayter boʻlib ishladim
MacBro oʻzi nima?
MacBro — Oʻzbekistondagi eng yirik Apple distributori. Toshkent shahrida 4 ta filialiga ega. Oʻz ichiga brostore.uz internet magazini va BroService servis markazini ham oladi.
⭐️6 oy davomida mijozlar uchun turli aksiyalar oʻtkazdik, turli brendlar bilan hamkorlik qildik. Mijozlarimizga Turkiya sayohati uchun kuponlar berdik
*kuponlar hali ham beriladi va oʻz ichiga
- Turkiyada mehmonxona
- nonushta
- gid
- ichki transport xarajatlarini qoplab beradi
Siz bilet olsangiz, boʻldi
⭐️YouTube'dagi MacBro texnoblogi orqali Apple'ning eng oxirgi texnikalarini sifatli "obzor"qildik
*Apple Vision Pro'ning ilk oʻzbek tilidagi videosini biz oldik va bunday batafsil video hali ham oʻzbek tilida yoʻq
⭐️Oʻzbekistonda ilk bor Apple texnikalari uchun 1 yillik sugʻurtani joriy etdik
*Doim birinchisi boʻlishga harakat qildik va boshqalar doim bizdan koʻchirishdi))
⭐️BroNasiya boʻlib toʻlash tizimini takomillashtirdik. Hozir ham ishonch bilan ayta olaman:
"4 ga boʻlish toʻlang" tarifi boʻyicha butun Oʻzbekiston boʻylab eng arzon narx bizda
*foydalanib qoling, tarif qachon yopilishi nomaʼlum
**ZoodPay orqali ham 30-aprelgacha shourumga tashrif buyurib, eng arzon narxda boʻlib toʻlashga oling
Va doim bor kuchimiz bilan shiorimizga amal qilishga harakat qildik
MacBro — mijozlar uchun
MacBro menga kuchli jamoaning, Apple madaniyatining bir qismi boʻlish imkonini berdi
✅️@copirayt
Yuksak maʼnaviyat — yengilmas kuch
Maslou piramidasi boʻyicha insonga eng avvalo moddiyat va xavfsizlik muhim (oziq-ovqat, kiyim, boshpana)
Ammo maʼnaviy ehtiyojlar qanchalik muhim?
Keling, ushbu savolga javob berib oʻtamiz
Insonning moddiy ehtiyojlari qongandan keyin u maʼnaviy ehtiyojlarni qondirish uchun manba yoki vosita izlay boshlaydi. Yaʼni kayf, maza qilishni, rohatlanishni istaydi.
Och odamdan farqli ravishda toʻq odam ovqatni tanlaydi: Samarqand osh emas, choyxona palov buyurtma qiladi va hokazo
Xoʻsh, nega tanlaydi? Axir ikkalasi ham toʻqlik hissini beradi-ku
Insonga toʻqlikdan tashqari rohatlanish ham kerak. U choyxona palov yesa, toʻyishdan tashqari maza ham qiladi
*och odam atamasi "asosiy umri ochlikda oʻtadigan" maʼnosida
Endi ikkinchi savol tugʻiladi: Xoʻsh, inson faqat oʻz tanlovidan rohatlansa, mahsulot sifati rol oʻynamaydimi?
Ayni shu oʻrinda marketingning asl maʼnosi yuzaga chiqadi: siz rohatlanishni vaʼda qiling va vaʼdangizni bajaring. Ma'naviy kutilmalarni moddiyat bilan tasdiqlab qoʻying
Masalan, Mersedes oʻz mijozlariga hashamat va qulaylikni vaʼda qiladi va buning ustidan chiqadi.
Yaʼni insonlarning hislariga taʼsir qilish kerak va ular kutgan narsani berish kerak
Raqobat muhitida kim insonlarning maʼnaviy ehtiyojlarini qondira olsa, FunClub, uni hinoya qiladigan mijozlar "armiyasi"ni paydo qiladi va sevimli brendga aylana oladi
🚫Ammo insonlarning hislari bilan oʻynashib, vaʼdasining ustidan chiqmagan brendlar shunchaki jarga qulaydi
*kitobni oʻqish shart emas))
✅️@copirayt
Oramizdagi insonlar
Doim O’zbekistondagi eng TOP mutaxassislar bilan suhbat qilar edik
Endi esa oramizdagi insonlar bilan suhbat qilmoqchimiz. Chunki ular kopiraytingda allaqachon o’z karyerasini boshlab bo’lgan
Tanishing, navbatdagi podkast mehmonlari:
Bahodir Mexriddin — @doppili_kopirayter
Sherzod Temirov — @matn_ustasi
Fayiza Rohmatulloh — @copywriter_market
Gulshoda Oripova — @kichkinaning_blogi
Mavzu: Kopirayter bo’lish qiyinmi?
Podkast shanba kuni soat 19:40 da @copirayt kanalida bo’lib o’tadi
O’zingizga qiziqarli bo’lgan savollarni qoldirishingiz mumkin
✅️@copirayt
Yangi hafta, yangi manzil
Keyingi hafta Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoda kreativ boʻyicha oʻz oʻrniga ega boʻlgan manzilda ish boshlayman, nasib
Assalom, FCBArtgroup
Portfolio ustida ishlayapman
Ungacha ishlarni kanalga joylab turaman
/channel/matnchi_group
Uzr, ko’pchilik noto’g’ri tushunibdi
Sizda hozir
- Kopirayting bo’yicha blog bo’lishi (250-1000 obunachi)
- Kopirayting orqali 400$ + daromad qilishingiz kerak
Reklama qaysi tilda yoziladi?
Yirik brendlar (Zara, Massimo Dutti kabi) O'zbekiston bozoriga kirishi bilan kommunikatsiyani o'zbek tilida olib bora boshladi. Ammo o'zimizning ayrim "milliy" brendlar hali ham "o'zbek tilini bilmaydi"
Xo'sh, reklamalar qaysidir tilda yozilishi majburiymi?
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING REKLAMA TO‘G‘RISIDA QONUNI
6-modda. Reklama tili
• O‘zbekiston Respublikasi hududida reklama O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida tarqatiladi.
Reklama mazmunining tarjimasi quyidagi talablarga rioya etgan holda boshqa tillarda takror berilishi mumkin:
• reklama mazmunining boshqa tillardagi tarjimasi matni uning O‘zbekiston Respublikasi davlat tilidagi asosiy ma’nosini buzib ko‘rsatmasligi kerak;
• tashqi reklama orqali joylashtiriladigan reklamaning boshqa tillardagi tarjimasi matni O‘zbekiston Respublikasi davlat tilidagi reklama matnining pastki qismida gorizontal holda joylashtirilishi va umumiy reklama maydonining qirq foizidan oshmasligi kerak;
• reklamaning boshqa tillardagi tarjimasi matni harfining o‘lchami O‘zbekiston Respublikasi davlat tilidagi reklama matni harfining o‘lchamidan kichik bo‘lishi kerak;
• tele- va radiokanallarda, shuningdek bosma nashrlarda tarqatiladigan reklamaning boshqa tillardagi tarjimasi har kungi umumiy reklama hajmining yigirma foizidan oshmasligi kerak.
Ushbu modda birinchi va ikkinchi qismlarining amal qilishi:
• faqat chet tillarda e’lon qilinadigan bosma nashrlarda va noshirlik mahsulotining boshqa turlarida joylashtiriladigan reklamaga;
• ko‘rsatuvni (eshittirishni) chet tillarda amalga oshiruvchi ommaviy axborot vositalarining tele-radio-video-kinoxronikal dasturlarini namoyish etish (eshittirish) jarayonida joylashtiriladigan reklamaga;
• internet jahon axborot tarmog‘idagi materiallarni faqat chet tillarda joylashtiradigan veb-saytlarning axborot resurslariga joylashtiriladigan reklamaga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari), bosma usulda terilgan bo‘g‘inli belgilar (logotiplar) asli qaysi tilda bo‘lsa, shu tilda keltirilishi mumkin.
Статья 6. Язык рекламы
На территории Республики Узбекистан реклама распространяется на государственном языке Республики Узбекистан.
Перевод содержания рекламы может быть продублирован на других языках при соблюдении следующих требований:
• текст перевода содержания рекламы на других языках не должен искажать ее основной смысл на государственном языке Республики Узбекистан;
• текст перевода рекламы на других языках, размещаемой посредством внешней рекламы, должен быть размещен горизонтально на нижней части текста рекламы на государственном языке Республики Узбекистан и не должен превышать сорока процентов общей площади рекламы;
• размер шрифта текста перевода рекламы на других языках должен быть меньше размера шрифта текста рекламы на государственном языке Республики Узбекистан;
• перевод рекламы на других языках, распространяемых на теле- и радиоканалах, а также в печатных изданиях, не должен превышать двадцати процентов от ежедневного общего объема рекламы.
Действие частей первой и второй настоящей статьи не распространяется на рекламу, размещаемую в:
• печатных изданиях и иных видах издательской продукции, публикуемых исключительно на иностранных языках;
• ходе трансляции теле-, радио-, видео-, кинохроникальных программ и иных материалов средств массовой информации, осуществляющих вещание на иностранных языках;
• информационных ресурсах веб-сайтов во всемирной информационной сети Интернет, размещающих материалы исключительно на иностранных языках.
Зарегистрированные в установленном порядке товарные знаки (знаки обслуживания), слоговые литеры в типографском наборе (логотипы) могут приводиться на языке оригинала.
Savollar uchun post
Eslatib o'taman, 2 soatdan keyin
• SERVIS bo‘yicha 18 yillik tajribaga ega mutaxassis
• Tadbirkor, konsultant, ijodkor
• Armani Group, Alfred Dunhill, Jimmy Choo, Texnomart brendlarida ishlagan Alisher aka Rustamov bilan audio podkast bo'ladi
Mavzu: Servis
Savollaringizni ushbu post izohida qoldiring
#tahlil
Coca Cola vs Pepsi: Helloun janggi
Pepsi va Coca-Cola ikkalasi ham gazlangan ichimliklar bilan mashhur. Ularning tarafdorlari va aksincha nafratlanuvchilari bor. Kompaniyalar esa doim iste'molchilarning e'tibori va sevgisi uchun bir-biri bilan raqobatlashadi
Bu raqobat marketing olamiga ajoyib kreativlarni taqdim etib kelmoqda.
Hozir esa 2013-yildagi Helloun janggi haqida gaplashamiz
Helloun bayrami kelishi bilan Pepsi shov-shuv ko'tarish, o'z brendiga e'tiborni jalb qilish va Coca-Cola'ni masxara qilish uchun ijtimoiy media kampaniyasini o'tkazdi:
We wish you a scary Halloween!
Sizga dahshatli Helloun tilaymiz!
Everybody wants to be a hero!
Hamma qahramon bo'lishni xohlaydi!
Iltimos, kursdan keyin "dunyoni oʻzgartirib yuborish"ga harakat qilmang))
*kurs bepul va 4 kun davom etadi