copirayt | Unsorted

Telegram-канал copirayt - Kopirayting

6571

Oʻzbek tilidagi kopirayting blogi muallif: @copirayter

Subscribe to a channel

Kopirayting

Motivation letter

2022-yil aprel

Kopirayting bo'yicha ilk kursimni e'lon qilganman. Kursda qizlar uchun 10 ta grand o'rni bor edi. Grandda o'qish uchun motivatson xat yozish kerak edi.

O'shanda 70 ga yaqin xatlar kelgan va ularning aksariyati quyidagi azmunda edi:
Assalomu alaykum. Mening ismim .... Til o'rganishga qiynalaman, sohamni topa olmayapman. Sharoitimiz yomon, daromadim kam, talabaman ...


Ha, deyarli hamma xatlarda insonlar noligan edi. Menga, begona insonga dardini to'kib sochgan. hatto, aytilishi kerak bo'lmagan gaplarni

Ammo bir xat esimda qolgan. Uning qisqa mazmuni
Assalamu alaykum. Talabaman, ingliz tilini o'rganib, IELTS sertifikati olganman. Marketingga ozroq qiziqaman, manbalar topib o'qiyman. Oilaviy sharoitimiz yaxshi. Men shunchaki mustaqil o'rganmoqchiman


Shu qiz grand yutgan. Sababi u nolib o'tirmagan. Yutmaganida ham boshqa sohada muvaffaqiyatga erishar edi, deb ishonaman. Chunki hozir shu qiz eng muvaffaqiyatli o'quvchilarimdan biri

Letter'ning talabi: sizga grand kerakligini emas, siz grandga loyiq ekanligingizni ochib berish. Sharoitingizni emas, imkoniyat, potensialingizni ko'rsatib berish

*1-2 ta o'g'il bolalar ham "nega faqat qizlarga?" deb yozgan edi, bu esa boshqa mavzu)

✅️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Kopirayterlar uchun soʻrovnoma

Yuqoridagi postlardan keyin meni qanchalik yomon koʻrib qoldingiz?)

Читать полностью…

Kopirayting

Kopirayting osonmi?

Yoʻq. Nima uchun oshpazlikni oʻrganish uchun shogird tushish kerak. Yillar oʻtishi kerak.

Ammo kopiraytingda kursni bitiriboq yoki kurs davomida pul ishlashni boshlashingiz kerak?
Qaysi asosga koʻra kopirayting eng oson daromad manbai boʻlishi kerak?

Hozir ayrim mif bilan tanishamiz

1. Qoʻshimcha oʻrganib olib, soqqani bosish mumkin

🚫Yoʻq! Har qanday qoʻshimcha faoliyat qoʻshimcha pul keltiradi.
Axir oʻylab koʻring, haftada 6 kun kunida 8 soatdan ishlab, 4 mln oylik olasiz
Lekin ishdan keyin 1-2 soat matn yozib, 500$ topasiz.

Undan koʻra asosiy ishingizdan boʻshab, kuniga 8 soat matn yozing. 1500$ topasiz))

🟢Afsuski, qoida shunday: qoʻshimcha faoliyat qoʻshimcha daromad olib keladi

2. Faqat onlayn ishlasa boʻladi

🚫Yoʻq. Oflayn ishlash yaxshiroq. Va juda koʻp kompaniyalar oflaynga ishchi qidiradi. Siz bolangizni onlayn maktabga bermaysizmi?
Ish beruvchilar ham onlayn kadrlarni yoqtirmaydi

🟢Ha, onlayn ishlasa boʻladi. Lekin doim oflayn ustunroq

3. Kompaniyalar kopirayter izlab yuribdi

🚫Ha, kompaniyalar kopirayter izlab yuribdi. Faqat kreativ, dedlaynga amal qiladigan. Muammolarga matn orqali yechim bera oladigan

🟢Talablardan nolimang. Oʻz ustingizda ishlang. Bilmaysizmi? Oʻrganing

4. Kopiraytingda sizni 300$ maosh kutib turibdi

🚫Yoʻq. Oʻqituvchi 10 yillik tajriba bilan 250$ maosh olganda siz 2 oy kursni oʻqib, 300$ olasizmi?

🟢Ish koʻp, ammo talablar ham yuqori

5. Chiroyli matnlar yozish kerak

🚫Yoʻq. CTA, sarlavhadagi adabiy soʻzlar bir tiyinga qimmat.

🟢Matningiz xatolarga toʻla boʻlsin. CTA umuman boʻlmasin. Sarlavha qiziq boʻlmasin.

Matn shunchaki ishlasin. Uni oʻqigan odam taʼsirlabmasin. Uni oʻqigan odam nimadir qilsin: roʻyxatdan oʻtsin, sotib olsin, ulashsin

6. Birinchi daromad = muvaffaqiyat

🚫Yoʻq.

🟢 Doimiy daromad = muvaffaqiyat.
Men bolaligimda 2-3 marta olma sotganman. Men biznesmen boʻlib ketmadim. Siz ham kamida 3-4 oy doimiy daromad qiling. Shunda sohada boʻlasiz. Birinchi muvaffaqiyat shunchaki omad. Oʻsha mijoz sizga yana qayta murojaat qilishi = muvaffaqiyat

Men +1000$ topaman. Ammo meni bunga 4 yilga yaqin umrim ketgan

Toʻgʻri tushuning. Kopirayting (dizayn, SMM va boshqalar) oson pul topish manbai emas. Bu kasb, jiddiy kasb. Siz professional shugʻullansangiz, yaxshi daromad topasiz. Boʻlmasa, yoʻq

Iltimos, eyrofiyadan chiqinglar. Kopiraytingdan fantastika yaratishdan toʻxtanglar.

✅️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Oldin foydali ma’lumotlar, kerakli loyihalar haqida rus tilida gapirib menga oʻxshaganlarni qiynashar edi, endi inglizcha gapirib qiynashayapdi….


Qachan koʻkaraman men😅😅

Читать полностью…

Kopirayting

Hozirda ochiq manbalar orqali kopirayter izlayotganlar kompaniyalar roʻyxati:

• PayMe
• Artel
• Alif
• WE ARE DIGITAL
Toʻliq roʻyxat

Maoshlar: 2,5 mln dan boshlab, 2200€ gacha koʻrsatilgan

✅️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Motivatsiya kerakmi?

Hozirgi avlod ichida "Motivatsiya yetmayapti", "Eng keraklisi — motivatsiya" kabi gaplar ko'p uchraydi

Motivatsiya ko'knoriga o'xshaydi. Zarari ham, foydasi ham


Ko'knori faqatgina juda qattiq shamollaganingizda yordam beradi. Motivatsiya esa qattiq tushkunlikda. Har kunlik motivatsiya zararli. O'rganib qolasiz.

Shu bilan maqolamiz tugadi. Nima foydali ekanini keyingi maqolada o'qiymiz

✅️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Pulli kontent

Esingizda boʻlsa, noyabr oyida pulli kanal ochgan edim. Maʼlum sabablarga koʻra toʻxtatib qoʻyilgan edi


1-iyundan davom ettiramiz. Hozir bepul ulanishingiz mumkin
1-iyundan oylik obuna narxi: 49 000 soʻm

Hozir bepul ulaning va sinab koʻramiz

/channel/+IaxdPYt_WOc0YzBi

Читать полностью…

Kopirayting

O‘zimiznikilar ham bo‘sh kelishmaydi

Cambridge o‘quv markazi taqdim etgan qisqa lekin milliy yondoshilgan kreativ e'tiborni tortmasdan qolmaydi. Axir milliylikka nima yetsin. Hududga moslab o‘ylangani esa yana bir ajoyib tarzda ko‘ringan jihatlardan biri bo‘lgan.

Nima deysiz, ushbu rolik uchadimi yoki ... "Ha nafasni issiq qiling, ozimiznikilar albatta uchishadi" deysizmi?

Читать полностью…

Kopirayting

Reklama: 1001-daraja

Murad Buildings'ni izlayapsizmi? Golden House'dan turarjoy tanlang


Avvaliga qaysidir maqola yonida "Golden House" reklamasiga ko'zim tushdi. Qiziqib ochib ko'rdim. Keyin esa Google'ga "Murad Buildings" deb yozgan edim.

Rasmdagi reklama chiqib keldi

✅️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Joylar toʻlib bormoqda

Barcha tariflar uchun 10% chegirma elon qilamiz
Amal qilish muddati: 15-may 23:59 gacha

Roʻyxatdan oʻtish uchun @kopirayting_pro ga murojaat qilishingiz mumkin

Читать полностью…

Kopirayting

Kreativ ishlab chiqish

Batafsil: https://matnchi.wixsite.com/matn/uz/post/kreativ-ishlab-chiqish

Читать полностью…

Kopirayting

Haftada 6 kun ish, ammo ish 5 kun)

FCB Artgroup'da format ajoyib Haftada 6 kun ish (shanba kuni tushlikkacha)
Ammo 5 kun ishlaymiz


Qanday qilib?)
Har shanba mehmon spikerlar tomonidan darslar boʻladi. Baʼzan 1 nafar, baʼzan esa 2 nafar spikerdan 2 ta dars. Ayrim darslarni pullik kurslardan ham topa olmaysiz

✈️ FCBArtgroup.uz

Jamoada ishlash yaxshi, yaxshi jamoada ishlash esa undan ham yaxshi

✅️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Taqdimot

Kursga ro'yxatdan o'tish uchun @matnchi_admin'ga murojaat qilishingiz mumkin

Читать полностью…

Kopirayting

Sayt boʻyicha fikrlar, takliflar, tanqidlar, tavsiya va maslahatlar

"Biz tanqid va fikrlarga ochildik"))

Читать полностью…

Kopirayting

Kopirayting PRO yangilandi

Gʻoya dizayndan kuchliroq


Oddiy misol: "Nike"ning mashhur boʻlishida logotipdan koʻra "Just do it"ning roli kattaroq

Eng kuchli va mashhur kopirayterlar esa matn emas, gʻoya ustida koʻproq ishlaydi

Endi asosiy mavzuga qaytsak.
Kopirayting PRO kursida reklama gʻoyasi bloki qoʻshildi. Taqdimot 9-may payshanba kuni soat 20:00 da boʻlib oʻtadi

Kurs spikerlari:
Said Nazrillayev — kopirayter, Lokals.uz

Nurbek Yuldoshev — kopirayter, FCBArtgroup.uz

Taqdimot davomida ishtirokchilarga maxsus sovgʻalar ham mavjud. Oʻtkazib yubormang

✅️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

🚫Qabul tugashiga 5 kun qoldi

Roʻyxatdan oʻtish uchun @kopirayting_pro'ga murojaat qilishingiz mumkin

Читать полностью…

Kopirayting

Uyda oʻtirib, qoʻziqorindek bir xil matnlar yozib, 6 oy uzluksiz 250$ dan koʻp topgan kopirayterlar bordir

Ammo ular hamma uchun oʻrnak emas

Ayni shunaqa kopirayterlar nechta? 5 ta? Yoki 10 tami?
Mayli, 50 ta deylik. Ular umumiy kopirayterlarning 5 % i ham emas.

Kopirayting – kasb. Uyda oʻtirib, jimjimador matnlar yozib, soqqani bosish emas

Yana bir narsa: 1-2 kishi misolida hech narsa oʻzgarmaydi

Mana, Sukerberg universitetni tashlab ketib, muvaffaqiyatga erishdi.
Lekin universitetni tashlab ketgan hamma muvaffaqiyatga erishdimi?
Dell, HP, Toshiba, Google, Yandex, Tesla, BYD, Amazon egalari universitetni bitirgan


1 kishini misol qilib olmang. Umumiy fonga qarang

Читать полностью…

Kopirayting

Oldindan uzr, ammo haqiqat shu

Читать полностью…

Kopirayting

Sun'iy intellekt sababli bizga ish qolmaydi

Hozir sizga eng keng tarqalgan 2 ta xabarni aytaman

1. Tez orada AI SMM menejer, marketolog, kopirayter, dizaynerlarni bozordan siqib chiqaradi

2. Dunyoni masonlar boshqaradi


Photoshop rassomlarni yo'q qila olmadi. Robotlar injenerlarni, kompyuter matematiklarni, plastik va metal kulollarni yo'q qila olmadi

Doimo hal qiluvchi o'rinda inson turadi.

Mana, Open AI (Chat GPT) kompaniyasi SMM menejer izlab yuribdi. Sizdan talab qilinadigan yagona narsa: professional bo'lish

✅️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Kopirayter bo‘lishni istaysizmi?

Unda o‘z ustingizda ishlang, kitoblar o‘qing, bloglarni kuzatib boring

Ammo professional kopirayter bo‘lishni istasangiz siz uchun imkoniyat bor

Nurbek Yuldoshev va Said Nazrillayevdan Kopirayting PRO kursi

Kursda nafaqat yozish, balki kreativlar, tadqiqotlar, sotuv, shaxsiy brend UX/IU kopirayting kabi takrorlanmas mavzular o‘tiladi

Shuningdek, 3 ta mehmon spikerlar tomonidan qo‘shimcha darslar o‘tib beriladi

Kurs hozirda SMM kopirayting bilan shug‘ullanayotganlar va kopiraytingni 0 dan boshlamoqchi bo‘lganlar uchun to‘liq mos keladi

Ish topish-chi?
Kurs davomida va kursdan so‘ng 3 oy davomida ishga joylashish va ish jarayonida qo‘llab quvvatlanasiz!

🕒Eslatib o'tamiz, 25-maygacha barcha tariflar uchun chegirmalar mavjud:
Start — 199$ 240$
Pro — 259$ 300$
VIP — 449$ 480$

Oʻz oʻrningizni band qilish va kursni chegirma narxida xarid qilish uchun 50$ boshlangʻich toʻlov qilish yetarli.

🟢Qolgan toʻlovni qismlarga boʻlib toʻlash mumkin

Hoziroq o'z o'rningizni band qiling va professional kopirayting tomon ilk qadamni tashlang. Chunki oʻrinlar cheklangan

Kursga ro‘yxatdan o‘tish uchun @kopirayting_pro akkauntiga murojaat qiling

✅️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Ish topish kerak emas?

Marketing faqatgina yangi mijozlar topish emas. Mavjud mijozlarni brendga sodiqligini oshirish hamdir


Frilanserlar doimo ish izlab yurishadi va ularda ofis kopirayterlariga nisbatan ustunlik mavjud

Agar siz ofisda ishlaydigan kopirayter boʻlsangiz, ishdan boʻshash sababini soʻrashadi va sobiq kompaniyangizning HR direktori bilan ham gaplashib koʻrishadi


Demak, frilanserlarga osonroq. Xoʻsh, nega unda ish izlashadi?

Frilanserlardagi eng katta kamchilik: ish sifati

Mijoz keldi, ish bitdi, pul olindi. Tamom.
Yaxshi kopirayter mijoz bilan keyin ham aloqa oʻrnatib turadi va ishining natijasi bilan qiziqadi. Va keyinchalik doimiy hamkorlikka erishadi
*va keyin ish izlab yurmaydi

Men notoʻgʻri gapirdim?
Kopiraytingni "matn yozish" desak, u chiroyli matnlar yozish emas. Ishlaydigan matnlar yozish

Agar siz mijozdan ishingiz natijasini soʻramasangiz, qayerdan bilasiz u effekt bergan yoki yoʻqligini?
Va oʻzingizga qanday baho berasiz? Siz ishlaydigan matnlar yozasizmi? Yoki chiroyli ammo foydasiz matnlar?

*kopirayter sifatida mijozlardagi kamchiliklarni yozishim kerak edi, ammo kopirayterlarda ham ayb yetarlicha

✅️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Kopirayterlar va dizaynerlar doim haq?
*SMM menejerlar ham)

Odatda frilansda ishlashda muammolar paydo boʻlib turadi va bu holat koʻp yuzaga kelmoqda


Ikki tomon ham bir-birini ayblaydi va oʻzini aybsiz sifatida koʻrsatishga harakat qiladi.

Ayni holatda yagona tavsiya: ziddiyatga bormang va shunchaki shartnoma asosida ishlang

Shartnoma namunasini esa quyidagi maqola soʻnggida olishingiz mumkin

Maqola uchun link: https://matnchi.wixsite.com/matn/uz/post/frilansda-ishlash-mojarolar-va-ularning-sabablari

✅️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Reklama vazifasi

1. Miyada brend, mahsulotga nisbatan pozitiv (iliqlik) uygʻotishdir

2. Kampaniya tarzida ommalashtirish.

Jarayon qanday roʻy beradi?

Biz bilganlarimizga ishonamiz. Bilmaganinizdan qoʻrqamiz


Avtobus, Instagram'da reels koʻrib ketyapsiz. "Rozmetov" kolbasa videosi chiqdi. Video bolalik xotiralaringizni esga soldi
Pozitiv: +1
Maʼlumot: +1


Avtobusdan tushdingiz, bekatda "Rozmetov" banneri turibdi
Pozitiv: +2
Maʼlumot: +2


Qaysidir doʻstingiz ayni shu reklama haqida gapirdi
Pozitiv: +3
Maʼlumot: +3


Nihoyat Korzinka'ga kirdingiz va kolbasa qatorida turibsiz. Sizda:
Rozmetov haqida 3 ta pozitiv va 3 ta maʼlumot bor

Siz uni tanlaysiz. Chunki qolganlar begona

Reklama vazifasi esa ayni inson onggida brend haqida pozitiv tasavvur yaratish va uni maʼlumotlar bilan boyitish

✅️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Yaqinda ajoyib post boʻladi

Rasmda Sergey Kim aka, kopirayter. Koʻp narsa oʻrganyapman

Читать полностью…

Kopirayting

mp3=mp4

Odatda audio mp3 formatda boʻladi
Ammo mp4 (video) formatdagi audiolar ham bor


Qanday qilib?
Shunchaki eshiting)
Video formatni esa miyamiz generatsiya qilib oladi

*trendlardan foydalanish kerak 😸

✅️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Kopirayter dizaynni bilishi shartmi?

Bu juda murakkab savol. Ayrim hollarda "Yo‘q, shart emas" degan javobni eshitamiz


Aslida esa bilishi shart

Nega?
Kopirayter yozgan matn nafaqat video yoki audio, balki ko‘p hollarda dizayn orqali auditoriyaga yetkaziladi.

Bu o‘rinda siz qaysi matn asosiy, qaysi yordamchi matn ekani, ularning dizayndagi taxminiy joylashuvi haqida bilishingiz lozim

Undan tashqari taqdimotlar, UX/UI kopiraytingda dizaynerlik ko‘nikmalari sizga katta yordam beradi

Dizayn haqida tasavvuringizni oshirish uchun esa 8 yillik tajribaga ega brend dizayner Jahongir aka G‘ulomov blogini kuzatib borishni tavsiya qilaman: /channel/gulomovdesignblog

Blogda dizayn elementlari, uslublar sodda tilda yoritiladi 

✅️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Kopirayter bo‘lishni istaysizmi?

Unda o‘z ustingizda ishlang, kitoblar o‘qing, bloglarni kuzatib boring

Ammo professional kopirayter bo‘lishni istasangiz siz uchun imkoniyat bor

Nurbek Yuldoshev va Said Nazrillayevdan Kopirayting PRO kursi

Kursda nafaqat yozish, balki kreativlar, tadqiqotlar, sotuv, shaxsiy brend UX/IU kopirayting kabi takrorlanmas mavzular o‘tiladi

Shuningdek, 3 ta mehmon spikerlar tomonidan qo‘shimcha darslar o‘tib beriladi

Kurs hozirda SMM kopirayting bilan shug‘ullanayotganlar va kopiraytingni 0 dan boshlamoqchi bo‘lganlar uchun to‘liq mos keladi

Ish topish-chi?
Kurs davomida va kursdan so‘ng 3 oy davomida ishga joylashish va ish jarayonida qo‘llab quvvatlanasiz!

Eslatib o'tamiz, hozirda barcha tariflar uchun chegirmalar mavjud. Hoziroq o'z o'rningizni band qiling va professional kopirayting tomon ilk qadamni tashlang

Kursga ro‘yxatdan o‘tish uchun @kopirayting_pro akkauntiga murojaat qiling.

Qabul soni cheklangan


✅️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

@matnchi_admin

Читать полностью…

Kopirayting

Kontent reja

Ba’zida Instagram’ni to‘ldirish uchungina post qo‘yiladi. Oqibatda natijalar barqaror bo‘lmaydi. Buning oldini olish uchun kontent reja kerak bo‘ladi


Xo‘sh, kontent reja qanday tuziladi va uni tuzishda nimalarga e’tibor berish kerak?

Anchadan beri platforma haqida aytayotgan edim. Platformaga maqolalarni 3 ta tilda joylayapman

Ayni kontent reja boʻyicha qisqa va aniq maqola yozdim. Va siz uchun oson boʻlsin deb, kontent reja shablonini ham joylab qoʻydim.

Quyidagi link orqali siz kontent reja tuzish boʻyicha maqolani oʻqishingiz va maqola soʻnggida kontent reja shablonini yuklab olishingiz mumkin

Maqolani oʻqish

*sayt toʻliq bitmagan, kamchiliklari koʻp

✅️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Android yaxshimi yoki iOS?

Ko‘pchilik bu savolga "Albatta iOS" deb javob beradi. Toki, haqiqiy Android’ni ishlatib ko‘rmaguncha

Samsung, Xiaomi, Honor, Oppo, Vivo...
Bularning barchasi Android’da ishlaydi. Aniqrog‘i, ikkilamchi Android’da. Odatda Google kompaniyasi o‘z smartfonlari uchun Android’ning yangi versiyasini ishlab chiqadi. Qolganlar esa uni o‘z smartfoniga moslash uchun ozroq qayta ishlaydi. demak, eng yaxshi Android dasturi Google’ning Google Pixel smartfonlarida bo‘ladi

Ishontirib ayta olamanki, Google Pixel kamera bo‘yicha iPhonedan ancha ustun. Ayniqsa, Pixel 8 Pro foto bo‘yicha 24 Ultra’dan ham kuchli. Oʻzim ham iPhone yoki Samsung emas, Pixel olmoqchiman

Endi savol paydo bo‘ladi: O‘sha Google Pixelni qayerdan topsa bo‘ladi?

Do‘stlarimiz aynan Pixel smartfonlari, ular uchun g‘iloflar va boshqa aksessuarlar bilan shug‘ullanishadi. Sizga ham haqiqiy kamerafon kerak bo‘lsa, hoziroq ushbu kanalga obuna bo‘ling

*aytgancha, ularda doimiy chegirmalar bo‘lib turadi


/channel/SmartphoneUz

Читать полностью…
Subscribe to a channel