copirayt | Unsorted

Telegram-канал copirayt - Kopirayting

6571

Oʻzbek tilidagi kopirayting blogi muallif: @copirayter

Subscribe to a channel

Kopirayting

Telegram eng kuchli kommunikatsion kanallardan biri

Durov kelib-ketdi, TON ham yaqinda integratsiya qilinsa kerak

Shu o'rinda Telegram kanal yuritayotganlar uchun ajoyib layfxak: men Harvestly botini sinab ko'rdim.

U sun'iy intellektga integratsiya qilibgan. Bitta harakat bilan kontent, tahlil va reklama uchun hamma turdagi instrumetlarni olish mumkin.

Asosiy funksiyalari bepul. Telegram blog yuritadiganlar uchun juda qulay. Yurita olmayotganlar uchun ham))

Sinab ko'rishni tavsiya qilaman @HarvestlyBot

Читать полностью…

Kopirayting

Va’da qilingan “Mac”

Koʻp hollarda insonlar tashqi koʻrinishingiz, ishlatadigan gadjetlaringizga qarab muomala qilishadi va bundan qanday qochish mumkin?


Mac’
dan boshlay qolamiz.
Birinchi savol: Bizga Mac nega kerak?
1. Ishlatish uchun
2. Oʻzingizni qimmatroq mutaxassis koʻrsatish uchun

1. Ishlatish uchun Mac juda qulay noutbuk, faqat qimmat narxini hisobga olmaganda. Agar siz iPhone ishlatsangiz, Mac toʻgʻriroq tanlov

2. Qimmat mutaxassis boʻlish uchun Mac olish notoʻgʻri emas.

Ammo har qanday holatda xaridning samaradorligini hisoblay olish kerak. Xoʻsh, 700$ ga Mac oldingiz, oʻsha 700$ ni necha oyda topasiz (Mac bilan). Agar 6 oy yoki undan kam boʻlsa, olsa boʻladi.

Endi qanday Mac olish kerak?

Mac'niyam turi rosa koʻp: Air, Pro, 13, 14, 16, Intel, M1, M2, M3, M1Pro, M2Pro, M1Max, M2Max va hooooookazo

Avvalo Intel (i3, i5, i7) chiplarni unutamiz. Unutgan boʻlsak, davom etamiz

💻Boshlovchi kopirayterlar uchun eng yaxshi tanlov: MacBook Air M1 8/256 GB
Bu 2020-yilda chiqqan model. Ammo yana 5-6 yil aktual boʻlib turadi.

M2, M3? 200$ qoʻshib M2 Air ham olish mumkin, ammo farqi unchalik katta emas. Yana 150$ va M3 Air.

Diqqat! Hech qachon M3 Air olmang. Shunchaki sentabrda M4 chiqadi)))
*M2 Air ham yaxshi variant

Agar maqtanish uchun olayotgan boʻlsangiz: M1 Air
Chunki koʻpchilik M1-4ni farqiga bormaydi. “Olmacha”si bormi, bor. Tamom!

💻Dizaynerlar uchun eng yaxshi tanlov: MacBook Pro M1Pro 16/512 GB

Avvalo hammasi budjetdan kelib chiqadi. Ammo M1Pro hali “qotgani” yoʻq. 14” yoki 16” olish oʻz istagingiz. Buni tavsiya qilib boʻlmaydi, qulayini olavering

Endi yangi yoki “б/у”?

Bu ham budjetdan kelib chiqadi. Ammo koʻp tanishlarim “б/у”ni afzal koʻrishadi. Chunki qutini ochish hissiyoti uchun 150$ qoʻshimcha toʻlov qilish…

Ishlatilgani yaxshi chiqmasa-chi?
Shuning uchun kafolatli joydan olish kerak.
🔋Diqqat! Ishlatilgan Mac'ning maksimal sikl soni 60-70 tadan koʻp boʻlsa, yaxshirogʻini qarayvering.

Diqqat! Hamma tavsiyalar windows'dan mac'ca oʻtayotganlar uchun. Ishlatib yurganlar oʻzi biladi)

🍎Mac'ni qayerdan olamiz? Ishonchli joylar bormi?
Ha, bor. @macstore_uz Oʻzim doim shu joydan olaman. Meni aytsangiz, kelishtirib berishadi

✅️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Ba’zan rus tilidan oʻzbek tiliga tarjima qiladigan kopirayterlar yuborgan matnni shunchaki tushunmasdan copy/paste qiladiganlar ham uchrab turadi.

“Sarlavha” nima ekanligini bilmay, bosib yuborishgan masalan. Kopirayter kontekstni ham soʻrab, oʻzbek tilini tushunmaydiganlarga tushuntirishi zarur.

Yangilanish / UPD: sarlavha toʻgʻrilanibdi

#MarketingvaPR

@mirzo_zominiy

Читать полностью…

Kopirayting

Ushbu matn 2 ta sun'iy intellekt yordamida yozildi
1. ChatGPT yordamida yozildi
2. Tilmoch yordamida tarjima qilindi

Tilmoch - haqiqiy tarjimon!

Tahrirchi.uz matnlarni turli tillarga sifatli va aniq tarjima qilishni ta’minlaydigan yangi onlayn tarjimon ishga tushirilishini e’lon qiladi. Ushbu xizmat professionallar va tilni mukammal egallashga intilayotgan barcha uchun yaratilgan.

Tahrirchi sayti quyidagilarni taklif qiladi:

- Ko‘plab tillarga tezkor tarjimalar.

- Kontekstni tushunadigan intellektual algoritmlar.

- Foydalanish uchun qulay interfeys.

Tahrirchi matnlaringiz asl ma’no va uslubni saqlagan holda yuqori aniqlik bilan tarjima qilinishini kafolatlaydi.

Yangi tarjimon bilan Tahrirchi (https://tahrirchi.uz/translator) saytida tanishing va uning afzalliklarini bugunoq baholang!

Ishning sifatini ko'rib turibsiz)
Google translate emas, Tilmoch ishlating (chunki 2 barobar aniqroq)

@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Hozir hamma juma namozidan qaytib Telegram'ga bir qaraydi

Ba’zi qaydlar yozdim: /channel/becyudashev/122

Foydali boʻladi deb oʻylayman

Читать полностью…

Kopirayting

Bu kitobni to'liq o'qib chiqing va siz junoir kopirayter bo'lasiz

- O'zbek tilida kopirayting bo'yicha kitoblar bormi?
- Men rus tilini bilmayman, o'zbekchasi yo'qmi?
- Qayerdan ma'lumot olsam bo'ladi?
O'zbekcha... Ruscha bilmayman... Qayerda... Nega... Bormi...


Bor! Yuqoridagilar 3-4 yil davomida takrorlangan jumlalar

O'zbek tilida esa kopirayting bo'yicha birorta adabiyot yo'q edi. 2024-yil boshida 3 yillik maqolalarimni to'plab, qo'llanma shakliga keltirgan edim. Mana hozirgina yana bir marta qayta ko'rib chiqib, blogimga yuklayapman. Blogingizda ulashsangiz, xursand boʻlar edim

*Bemalol tarqatishingiz, chop etishingiz mumkin. Ammo kimgadir sotmang))

@CutePagesuz'ga murojaat qilsangiz, chop etib beradi

✅️@copirayt - sizning kopirayter do'stingiz

Читать полностью…

Kopirayting

MicroCopy

90-95 % ilovalarni ochishingiz bilan "Davom etish uchun tilni tanlang" buyrug'i chiqadi


O'zi nega buyruq chiqishi kerak? Nega shart ham "Davom etish uchun"

Balki
- Siz uchun qaysi tildagi muloqot qulay?
- Ilovada o'zingizga qulay tilni tanlang
- Siz bilan qaysi tilda muloqot qilamiz?)
- Siz bilan qaysi tilda gaplashamiz?
kabi variantlar yaxshiroqdir

Ilovadagi matnlar va dizayn qanchalik samimiy bo'lsa, insonlar shunchalik bog'lanib qolishadi o'sha ilovaga
Masalan, PayMe. Komissiya eng yuqori ilovalardan biri. Paynet esa eng kam komissiya oluvchi ilovalardan. Ammo insonlar ko'proq PayMe'ni ma'qul ko'rishadi
Katta komissiya evaziga yaxshi interfeys va qulaylik sotib olishadi

👍@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

#yumor
Majburiy mehnatga qarshi bo'lish yaxshi. Ammo bolalarda nima ayb)

@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

“Qishloqqa borib, toza havoda dam olib kelasiz-da” deganlar 5 daqiqa beda oʻrishga qarashib yuborsin))

Читать полностью…

Kopirayting

Marketing muammoni yechadimi?

Aslida marketing insonlarning muammolari va ogʻriqlariga yechim berishi kerak. Ular uchun yangi muammolarni paydo qilishi emas


Cross-marketing degan tushuncha bor: bizneslar bir-birini mijozlar bilan ta’minlaydi

Eng yaxshi misol:
“Alfa” sport tovarlari doʻkonidan xarid qilsangiz, “Betta” fitnes zalida chegirmaga ega boʻlasiz
• “Betta” fitnes zaliga qatnovchilar uchun “Alfa”da tovarlarga chegirma

Ya’ni bizneslar bir-biri bilan hamjihatlikda yangi mijozlar oqimiga ega boʻladi
Ammo…

Bizning hayot siklimiz bu oqimda toʻgʻri suza olishi kerak. Nega?
• Yoshligimizda bizga shakarli ichimliklarni “tiqishtirishadi”, fast-food’larni maqtashadi. Bizni zararli mahsulotlar bilan obdon boqib, semirtirib olishgach, sogʻlom ovqatlanishni “sotishadi” (taxminan 30-40 yoshimizda)

• Bizga avvaliga tana uchun zararli energetik mahsulotlarni “tavsiya qilishadi”. Umrimizning ikkinchi yarmi esa kardiolog huzurida oʻtib ketadi

• Boshida sifatsiz ta’limni zoʻr qilib koʻrsatishadi. Keyin esa “sohangizni oʻzgartirmoqchimisiz?”, “qachongacha oylikka ishlab yurasiz?”…

Albatta, fast-foodlarning sportzali yoki energetiklarning kardiolog bilan shartnomasi yoʻq. Ammo bu sikl mavjud va bu boshqarilmaydigan cross-marketing

Tavsiya: shakarli, gazli energetik yoki ichimliklar ichmang. Doimiy badantarbiya qiling. Har bir ishingizni aql bilan qiling. Oqibatini oʻylang

Har bir narsani kamida bir marta factcheck qiling, tekshirib koʻring!

Hayotingizni taxminiy rejasini tuzib oling va shu yoʻlda astoydil harakat qiling.

Boshqaruvsiz cross-marketing qurboni boʻlmang

✅️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Qachon bizdayam boʻladi?

Dunyo ancha oldinda. Ba’zi texnologiya, yangilik va tizimlarni koʻrib, xayolimizdan bitta gap oʻtadi: Qachon bizda ham boʻlar ekan?


UpWork, Fiverr, TopTal kabi xalqaro frilanserlik platformalari bor, ammo milliy platforma qachon boʻladi?

Aslida bizda koʻp narsa bor, faqat biz izlab koʻrmaymiz. Masalan TeamWork.uz, adashmasam, 3-4 yildan beri bor. Oʻsha yerda ish topishingiz mumkin. Tavsiya qilaman


*hh, Linkedin, OLX kabi platformalarda ham ish topish mumkin

✅️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Kursga qabul yopildi

Читать полностью…

Kopirayting

Telegram yordamida oson pul topishni tekinga oʻrgataman:
1. Telegramga kirasiz
2. Har xil “coin va kombatlarni” oʻchirasiz
3. Telegramdan chiqasiz va hh.uz ga oʻtib, ish izlaysiz!

Gapimni esa o'sha mashhur gap bilan yakunlamoqchiman: Coin'chi tanishlarga jo'natib qo'yamiz)

✅️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

15 daqiqadan keyin Kopirayting boʻyicha birinchi bepul dars boʻladi

/channel/+m6SNKFVcfrpjOWUy

Читать полностью…

Kopirayting

Rebrending

Avvalroq "Marketing bo'limi" aytgan edi. Hozirgina Said ham aytdi

Marketing nima qilish bilan birga nima qilmaslik kerakligini ham bilishdir.

Rebrending qilmoqchimisiz?
Nima qilishingizni bilmadim, ammo aniq bunaqa qilmang!)

- Qanaqa?
- Bunaqa)

Читать полностью…

Kopirayting

Motivatsiya 1 tiyinga qimmat

Inc. ma'lumot berishicha, 92% inson boshlagan ishini oxiriga yetkazmaydi

Bu degani kitob o'qishni, kurs ko'rishni, sport bilan shug'ullanishni yoki boshqa turdagi ahamiyatga ega ishlarni qilishni boshlaganlarning 92% shunchaki yarmida, balki boshidayoq to'xtab qoladi


Nima uchunligi qiziq bo'lsa kerak)

"Inson bir ishni davom ettirishi uchun rag'bat kerak (reward)".

• Kitob o'qishni boshladingiz. Natija ko'rmayapsiz, to'xtatasiz.
• Sport bilan shug'ullanishni boshladingiz. Natija yo'qmi, to'xtatasiz.
• Kursga qatnashishni boshladingiz. Natija yana o'sha. Tugadi.

Lekin bir narsani hisobga olmaysiz. Compaund effect (Rasmga qarang!) Hech qaysi ishni boshlab, o'zingiz xohlagan natijaga qisqa muddatda erisha olmaysiz.

Gorizontal o'qda qilayotgan mehnatingiz miqdorining shu ishga sarflaydigan vaqtingizga nisbati tasvirlangan.
Har qanday ishda boshida qilingan harakat va sarflagan vaqtning natijasi juda kichik bo'ladi.

Vaqt o'tgani sari qilingan harakat va sarflangan vaqtga nisbatan natija kattalashib boraveradi.

Bir nuqtaga yetganda (Big momentum) shu kichik harakatlar va vaqt yig'ilib 2x, 3x, 10x, ... natija berishni boshlaydi.

Endi kam vaqt va harakat evaziga juda katta natijalar kelishni boshlaydi. Gym'ga davomli chiqadigan, kitobni davomli o'qiydigan va davomli investitsiya qiladigan tanishlaringizdan so'rang!

Turli sohalarda Big momentum'ga erishish turlicha vaqt talab qiladi. Muhimi natija ko'rinmasada, kichik va davomli qadamlar bilan davom etish

Huddi shu o'qqa katta natijalar beradigan Compaund effect, o'z o'rnida negativ ta'sir ham qilishi mumkin.

Doimiy fast-food yeydigan, doimiy chekadigan, doimiy spirtli ichimlik ichadigan tanishlaringizni kuzating!
Boshida yuqoridagilarning ta'siri sezilmasligi mumkin, lekin Big momentum'ga yetganda 2x, 3x, 10x, ... zarar keltirishni boshlaydi.

Xulosa: sabr, intizom va qatʼiyat
*motivatsiya esa 1 tiyinga qimmat

👍@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Osh bilan Cola zo'r ketadi

Zaharlashning eng yaxshi yo'li: yillar davomida oz miqdorda zaharlab borishdir


Marketingda eng muvaffaqiyatli yurish: mahsulotingizni madaniyatning bir qismiga aylantirishdir

Xo'sh, bu qanday ro'y beradi?
Sizga baxtli va zavqli lahzalarni ko'rsatishadi. M: oila davrasida palov yeyish. Bu kimga yoqmaydi? Albatta, ko'pchilikka yoqadi. Reklamada esa shuni tasvirlashadi. Baxtli kun, oila, palov + Cola

Cola qayerdan keldi?
Ular shunchaki siz kutadigan va sog'inadigan lahzalarga Colani qo'shib reklama qilishadi. Endi miyadagi baxtli kun tasvirida Cola ham bor. Shu tasvirni yillar davomida ko'raverganingizdan keyin u ongostiga o'tadi. Tamom!

Ongosti — miyaning boshqarib bo'lmas qismi. Endi siz uyda palov qilish uchun bozorlik qilayotganingizda miyangiz avtomatik tarzda "Cola ham olish kerak" deydi

Kompaniyalar esa o'z mahsulotlarini shu tariqa ommalashtirishadi.

Qaysidir to'yda "Brilliant ko'zli uzuk va kelin ko'ylak bo'lmaydi" deb ko'ring-chi? Sizni kamida "toshbo'ron" qilishadi

Aslida brilliant ko'zli uzuk De Beers Consolidated Mines Limited olmos kompaniyasi uchun N. W. Ayer marketing agentligi tomonidan ishlab chiqilgan kompaniya edi


Brendlar shu tariqa o'z mahsulotlarini omma madaniyatining bir qismiga aylantirishadi. Insonlar esa "Aslida shunaqa bo'lishi kerak" deb o'rganib qolishadi

*aslida palov bilan ko'k choy eng yaxshisi. Sovuqlik va issiqlik mo'tadillashadi

👍@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Boshlovchilar uchun eng yaxshi variant: MacBook Air M1 8/256 B/U

Kopiraytingga aloqador va aloqasi boʻlmagan mavzu: qanaqa Mac olish kerak?

20:00 da batafsil

*rasmda Tahrirchi.uz tilmochi va Google Translate'dan chellenj)

Siz ham Tahrirchi va Google'da testlar oʻtkazib, skrinshotlarni izohlarda qoldiring))

Читать полностью…

Kopirayting

O‘z xizmatingizni munosib narxda sota olasizmi?
Mijozni qayerdan va qanday topishni bilasizmi?

Oramizda o'z ishining ustalari bo'lmish kopirayter, targetolog, SMM mutaxassislari borligi quvonarli.

Lekin ko'plari mijozni qayerdan topishni bilmaydi, yoki xizmatlarini juda arzon sotadi.

Bozorda frilanser mehnatini munosib narxlanishi uchun:
— O'z mini-produktingizni shakllantirishingiz, uning foyda va xususiyatlarini ochib, to'g'ri taqdim eta olishingiz;

— Portfolio va brif ishlab chiqishingiz;

— Mehnatingizga munosib narx qo'ya bilishingiz;

— Va, albatta, sovuq mijozlarda faoliyatingizga nisbatan qiziqish uyg'ota olishingiz kerak.

Aynan shu muammolarni yechib, arzon ishlovchi mutaxassislar safidan chiqishni istaysizmi?

Unda sizni SMM va Marketing professionallari tomonidan uyushtirilgan 14 kunlik Workshopda qatnashishga taklif qilamiz.

WORKSHOP dasturi bilan tanishish uchun jamoliddin_13/XUBtuJSJg0n">BOSING!

Shoshiling! Joylar cheklangan!

Читать полностью…

Kopirayting

Bemalol (bu soʻzga yana qaytamiz)

Bizda (agetligimizda emas, Oʻzbekistonda) kopirayting boʻyicha muammolar koʻoʻoʻoʻp

Qaysidir kompaniyada matnlar avval rus tilida yozilib, keyin oʻzbekchaga Google Translate qilinadi. Boshqasida esa toʻgʻridan-toʻgʻri tarjima qilinadi

Bu katta xato. Chunki oʻzbekzabon va rusiyzabon insonlarning dunyoqarash ham turlicha

Ilovalarda esa bu muammo yaqqol koʻrinadi

Ayni holatlarda kompaniyalarning marketing boʻlimiga kopirayting boʻyicha konsultatsiya kerak boʻladi

Shu payt bemalol (qaytdik) @copirayter yoki @nazrillayev'ga murojaat qilishingiz mumkin

*rasmni mavzuga aloqadorligi 60/100

✅️@copirayter

Читать полностью…

Kopirayting

Ilovadan chiqishda ham 2 ta buyruq bo'ladi:
"Bekor qilish" va "Chiqish"

Shuni "Chiqmayman" va "Chiqaman" qilib qo'yaylik)

Читать полностью…

Kopirayting

Ertaga soat 20:45 da kanaldagi barcha obunachilarga “49 000 soʻm” tarqatiladi

Читать полностью…

Kopirayting

Balki shablondan chiqish kerakdir

MacBro call-sentrida Sanjar ismli sotuv menejeri boʻlar edi. U hech qachon sotmagan. Shunchaki odamga oʻxshab gaplashgan.

Allo, assalamu alaykum hurmatli mijoz. MacBro sotuv menejeri Sanjar. Ismingizni bilsam boʻladimi?


Suhbat sizningcha keyin qan davom etgan?

Xurshid oka, qarang, oʻzi sizga Mac nima uchun kerak? Qanaqa programmalarda ishlaysiz oka?…

…Oka, bu variant ham yaxshiyu, lekin undanam yaxshisi bor. Siz Mac Pro M1 Pro'ni bitta koʻring. “Мощный компьютер” oka…


U odamlarga skriptni oʻqib bermas edi va hammadan koʻp sotar edi. Insonlarga robotlar emas, insonlar kerak. Maslahat beradigan, hazillashadigan, samimiy gaplashadigan

IP-telefoniya oʻrnatayotganda avtojavob skriptlarni ham maksimum insoniylashtiring

✅️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Eng katta muammo — yoza
olmaslik

Yoki matn yozish uchun 7 ta qadam
Cho‘zib o‘tirmaymiz, muammoning yechimi bilan batafsil tanishing:

1. Yozayotgan mavzuda mutaxassis bo‘ling
Ma’lumot yetarli emasmi? Google, Яндекс yordamidan foydalaning, izlaning.
Mavzu haqida tasavvur hosil qiling

2. Potentsial mijozni o‘rganing
U nimani xohlaydi? Ularning hayotida asosiy tendensiyalar, trendlar nima? Bu haqida ma’lumot qidiring.

3. Jozibador sarlavhalardan foydalaning

4. Matnni yozing
Mukammallik yaratishga urinmang. Barcha ma’lumotni qog‘ozga yoki Word sahifasiga to‘kib tashlang. Xatolar va chalkash fikrlar bo‘lsa ham, mayli.

5. Tahrirlang
Ortiqcha gaplar, jumlalar, so‘zlarni olib tashlang. Xatolarni tuzating.

6. Matnni unuting
Matnni kamida 3 soatga qoldiring, boshqa mashg‘ulotga chalg‘ing. Undan dam oling.

7. Qayta tahrirlang
Endi siz barcha xatolarni ko‘rasiz. Va uni o‘qish uchun kimgadir berishingiz mumkin.

✅️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

YouTube’dagi muqova muhimmi?

YouTube videolari uchun nafaqat sarlavha, balki muqovalar ancha muhim


Sarlavha SEO uchun ishlaydi va video nima haqida ekanini aytishi kerak. Ammo undan avval muqova koʻriladi

Ha, biz rasmlarni avval koʻrib yozuvlarni keyin oʻqiymiz
Xoʻsh, muqovaning aynan nimasi muhim?

Men bilganim: muqovani almashtirish orqali koʻrishlar sonini 2-10x gacha oshirish mumkin.

Batafsilroq aytsak…






Men dizayn haqida batafsil ayta olmayman. Hamma ishni oʻz mutaxassisi aytgani ma’qul!
Muqova dizayni boʻyicha Oʻzbekistondagi TOP dizaynerlardan biri Jasurbek Hasanov blogida YouTube, Instagram uchun muqova haqida batafsil bilib olsangiz boʻladi: @khasanovjasurbek

*xolis tavsiya

Читать полностью…

Kopirayting

Rus yoki o'zbek tili?

Ishga olish talablarida "Rus tilini bilish kerak" degan jumlaga ko'zimiz tushadi. Ammo o'zbek tili-chi?

Katta kompaniyalarning eng katta kamchiligi: rus tili talabini o'zbek tilidan yuqori qo'yilishi

Yuqoriga reklamadan nimani tushunish kerakligi bilmadim.

Taxminiy holat bunaqa bo'lgan: ular rus tilini biladigan kopirayter ishga olishgan, ammo undan "O'zbek tilini bilasizmi?" deb so'rashmagan. Keyin reklama kampaniyasi rus tilida ishlab chiqilgan (ko'p kompaniyalarda muloqot rus tilida)
Endi kampaniyani o'zbek segmentiga moslashtirish (!) kerak. Kopirayter nima qilgan?

Albatta, Google Translate

Agar LOOOK marketing bo'limi bu reklamani asoslab bera olsa, postni o'chiraman)

Aslida rus tilidan o'zbek tiliga tarjima emas, adaptatsiya qilish kerak. Bo'lmasa, sizning banneringiz metrodagi joy uchun yaxshigina pul to'lab, foyda keltirmasdan turadi.

Kim reklamadan nimani tushundi?
"Meniki LOOOK tanqid qilish xohlamaydi. Meniki to'g'ri reklama xohlaydi"

✅️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

2025-yil 1-yanvardan bukmekerlikka ruxsat beriladi

Shu sababli xalqaro bukmekerlik kompaniyalari Oʻzbekiston bilan jiddiy qiziqyapti

Ular siz oʻylagandan ham ancha koʻp toʻlaydi. Lekin ishlashni maslahat bermayman

Читать полностью…

Kopirayting

The Paradox of choice
Tanlov Paradoksi haqida eshitganmisiz?


Barri Shvortz 2004-yilda Tanlov Paradoksi deb nomlangan o’ta qiziqarli hodisani kashf etdi.

U oziq ovqat bozorida stol ustida murabbo qo’yib sotishni boshladi. Ba'zi kunlarda 6 xil murabbo, boshqa kunlarda 24 xil murabbo bor edi.

Natijalar esa judayam hayratlanarli.

24 xil murabbo tanlovi xaridorlarning 60 foizini o'ziga jalb qilgan, ammo atigi 3 foizi xarid qiladi. 6 xil murabbo tanlovini taklif qilinganda, dastlab xaridorlar kamroq (40%) jalb qilingan bo'lsa-da, ancha yuqoriroq 30% xaridor murabbo sotib olishdi. Bu shuni ko'rsatadiki, ko'proq xilma-xillik ko'proq e'tiborni jalb qilishi mumkin bo'lsa-da, bu ko'proq sotuvga olib kelmaydi.

Tadqiqotga ko’ra haddan tashqari ko’p variantlar, xaridorni chalg’itadi. Chegaralangan variantlar taklif qilinganda, xaridorlar qaror qabul qilish ehtimoli ko'proq bo'lib, o'z tanloviga ishonch hosil qilishi osonlashadi.

Xulosa qilib aytganda, takliflaringizni soddalashtirish haqida o'ylab ko'ring.

Miqdordan ko'ra sifatga e'tibor qarating va mijozlarga ishonchliroq qaror qabul qilishlariga yordam berish uchun mahsulotlaringizni ehtiyotkorlik taqdim eting.

Tanlovlarni cheklash orqali siz nafaqat xarid jarayonini soddalashtirasiz, balki mijozlarning umumiy qoniqishini ham oshirasiz. Unutmangki, Kamroq aslida ko’proq bo’lishi mumkin.

Habibjon Homidov

✅️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

🚫Qabul tugashiga 3 kun qoldi

Roʻyxatdan oʻtish uchun @kopirayting_pro'ga murojaat qilishingiz mumkin

Читать полностью…

Kopirayting

🚫Qabul tugashiga 5 kun qoldi

Roʻyxatdan oʻtish uchun @kopirayting_pro'ga murojaat qilishingiz mumkin

Читать полностью…
Subscribe to a channel