copirayt | Unsorted

Telegram-канал copirayt - Kopirayting

6571

Oʻzbek tilidagi kopirayting blogi muallif: @copirayter

Subscribe to a channel

Kopirayting

Va nihoyat

Kopirayter, jurnalist, marketologlar kutgan tarjima: Пиши, сокращай kitobi o'zbek tiliga tarjima qilinibdi va Asaxiy'da sotuvda bor

Narxi: 80 000 soʻm ekan

Xarid uchun link:
bu oʻsha link

@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Kopirayting PRO kursimizda "Reklama psixologiyasi" moduli bor

Ko'pchilik kopirayterlar shablonga judayam bog'lanib qolgan. Yangi auditoriya bilan ishlashga, ularni tushunishga qiynaladi.

Lekin ular kurslarda o'qib bo'lgan. Shu tufayli yechim bermoqchiman. Aynan shu modulda o'qishni istaganlar uchun mini kurs.
Davomiyligi 2 hafta.

Diqqat! Bu yerda boshqa kopirayting bilimlari berilmaydi va 0 dan boshlamoqchi bo'lganlar uchun to'g'ri kelmaydi.

Faqat ish tajribasi mavjud bo'lgan kopirayterlar uchun

1-avgustdan boshlanadi
Narxi: 800 000 soʻm


Ro'yxatdan o'tmoqchi bo'lsangiz, @kopirayting_pro'ga murojaat qilishingiz mumkin

Читать полностью…

Kopirayting

Assalamu alaykum hurmatli obunachilar

Kopirayting kitobi haqida fikrlarni bilmoqchi edim

*izohlar negativ va pozitivlarga, "qanaqa kitob?" degan savollarga to'lib ketadi, deb o'ylayman))

Читать полностью…

Kopirayting

Telegram Ads

Sizlarda ham Telegram kanallarda reklama chiqib qoladimi? Ayni shu bo'yicha 2 tajribani aytib bermoqchiman

1. 12$ ga 203 ta obunachi olish mumkin (bir kishi 0,06 $ dan)
2. 3280$ ga esa 1135 ta obunachi olish mumkin (bir kishi 2,89$ dan)

Ikkinchi holatda har bir obunachi 48 barobar qimmatroqqa tushgan

Ikkalasi ham real keys. Agar siz ham ikkinchi holatga tushishni istamasangiz, tinchgina mutaxassisga murojaat qilib qo'yavering. O'zim ham ishonadigan va 30 dan ortiq loyihalar bilan ishlagan kam sonli mutaxassislardan

✅️Telegram Ads bo'yicha murojaat qilaverasizlar: @tg_ads_menejer

Читать полностью…

Kopirayting

#podkast
MacBro marketing direktori, strateg, analitik Shokhzod Ruzmetov (@ansoff_marketing) bilan suhbat audiosi.

Audio montaj qilinmagan.

Format shunaqa)

@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Taymer shart emas))

Play market yoki AppStore'ga pomodoro deb yozib koʻring)

Читать полностью…

Kopirayting

Onlayn market va marketpleysning farqi nimada?

Читать полностью…

Kopirayting

Sovet davri yaxshi edi?

Ba’zan avlodlar orasida bahslar paydo boʻladi. Kattaroq yoshdagilar “Sovet davrida hamma narsa yaxshi edi. Gugurt 1 tiyin edi” deb argument keltiradi


EVOS, rahmat senga. Endi bizda ham hozir yaxshi ekanligiga argument bor))

*reklama homiysi: Toshkent metropoliteni)

✅️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Telegram eng kuchli kommunikatsion kanallardan biri

Durov kelib-ketdi, TON ham yaqinda integratsiya qilinsa kerak

Shu o'rinda Telegram kanal yuritayotganlar uchun ajoyib layfxak: men Harvestly botini sinab ko'rdim.

U sun'iy intellektga integratsiya qilibgan. Bitta harakat bilan kontent, tahlil va reklama uchun hamma turdagi instrumetlarni olish mumkin.

Asosiy funksiyalari bepul. Telegram blog yuritadiganlar uchun juda qulay. Yurita olmayotganlar uchun ham))

Sinab ko'rishni tavsiya qilaman @HarvestlyBot

Читать полностью…

Kopirayting

Audiochatlar qaytdi

Navbatdagi mehmonimiz: Shohzodbek Ruzmetov

Ta'lim: MDIS in Tashkent

Marketing va biznes menedjmentda 7 yildan oshiq tajribaga ega.
10 ortiq brendlar bilan ishlagan. Ulr orasida, MacBro, RomaPizza, Basalt Uzbekistan, AvaTrade, automaster.uz kabi loyihalar mavjud

Marketing, brend strategiya va analitika bo'yicha Pro. Bir jamoada ishlash jarayonida amin bo'lganman)

Yaqindan blog yuritishni boshladi: @ansoff_marketing

Mavzu: Strategiya va pozitsiyalanish
Shanba 21:00 da @copirayt'da uchrashamiz

Читать полностью…

Kopirayting

Telegram eng kuchli kommunikatsion kanallardan biri

Durov kelib-ketdi, TON ham yaqinda integratsiya qilinsa kerak

Shu o'rinda Telegram kanal yuritayotganlar uchun ajoyib layfxak: men Harvestly botini sinab ko'rdim.

U sun'iy intellektga integratsiya qilibgan. Bitta harakat bilan kontent, tahlil va reklama uchun hamma turdagi instrumetlarni olish mumkin.

Asosiy funksiyalari bepul. Telegram blog yuritadiganlar uchun juda qulay. Yurita olmayotganlar uchun ham))

Sinab ko'rishni tavsiya qilaman @HarvestlyBot

Читать полностью…

Kopirayting

Va’da qilingan “Mac”

Koʻp hollarda insonlar tashqi koʻrinishingiz, ishlatadigan gadjetlaringizga qarab muomala qilishadi va bundan qanday qochish mumkin?


Mac’
dan boshlay qolamiz.
Birinchi savol: Bizga Mac nega kerak?
1. Ishlatish uchun
2. Oʻzingizni qimmatroq mutaxassis koʻrsatish uchun

1. Ishlatish uchun Mac juda qulay noutbuk, faqat qimmat narxini hisobga olmaganda. Agar siz iPhone ishlatsangiz, Mac toʻgʻriroq tanlov

2. Qimmat mutaxassis boʻlish uchun Mac olish notoʻgʻri emas.

Ammo har qanday holatda xaridning samaradorligini hisoblay olish kerak. Xoʻsh, 700$ ga Mac oldingiz, oʻsha 700$ ni necha oyda topasiz (Mac bilan). Agar 6 oy yoki undan kam boʻlsa, olsa boʻladi.

Endi qanday Mac olish kerak?

Mac'niyam turi rosa koʻp: Air, Pro, 13, 14, 16, Intel, M1, M2, M3, M1Pro, M2Pro, M1Max, M2Max va hooooookazo

Avvalo Intel (i3, i5, i7) chiplarni unutamiz. Unutgan boʻlsak, davom etamiz

💻Boshlovchi kopirayterlar uchun eng yaxshi tanlov: MacBook Air M1 8/256 GB
Bu 2020-yilda chiqqan model. Ammo yana 5-6 yil aktual boʻlib turadi.

M2, M3? 200$ qoʻshib M2 Air ham olish mumkin, ammo farqi unchalik katta emas. Yana 150$ va M3 Air.

Diqqat! Hech qachon M3 Air olmang. Shunchaki sentabrda M4 chiqadi)))
*M2 Air ham yaxshi variant

Agar maqtanish uchun olayotgan boʻlsangiz: M1 Air
Chunki koʻpchilik M1-4ni farqiga bormaydi. “Olmacha”si bormi, bor. Tamom!

💻Dizaynerlar uchun eng yaxshi tanlov: MacBook Pro M1Pro 16/512 GB

Avvalo hammasi budjetdan kelib chiqadi. Ammo M1Pro hali “qotgani” yoʻq. 14” yoki 16” olish oʻz istagingiz. Buni tavsiya qilib boʻlmaydi, qulayini olavering

Endi yangi yoki “б/у”?

Bu ham budjetdan kelib chiqadi. Ammo koʻp tanishlarim “б/у”ni afzal koʻrishadi. Chunki qutini ochish hissiyoti uchun 150$ qoʻshimcha toʻlov qilish…

Ishlatilgani yaxshi chiqmasa-chi?
Shuning uchun kafolatli joydan olish kerak.
🔋Diqqat! Ishlatilgan Mac'ning maksimal sikl soni 60-70 tadan koʻp boʻlsa, yaxshirogʻini qarayvering.

Diqqat! Hamma tavsiyalar windows'dan mac'ca oʻtayotganlar uchun. Ishlatib yurganlar oʻzi biladi)

🍎Mac'ni qayerdan olamiz? Ishonchli joylar bormi?
Ha, bor. @macstore_uz Oʻzim doim shu joydan olaman. Meni aytsangiz, kelishtirib berishadi

✅️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Ba’zan rus tilidan oʻzbek tiliga tarjima qiladigan kopirayterlar yuborgan matnni shunchaki tushunmasdan copy/paste qiladiganlar ham uchrab turadi.

“Sarlavha” nima ekanligini bilmay, bosib yuborishgan masalan. Kopirayter kontekstni ham soʻrab, oʻzbek tilini tushunmaydiganlarga tushuntirishi zarur.

Yangilanish / UPD: sarlavha toʻgʻrilanibdi

#MarketingvaPR

@mirzo_zominiy

Читать полностью…

Kopirayting

Ushbu matn 2 ta sun'iy intellekt yordamida yozildi
1. ChatGPT yordamida yozildi
2. Tilmoch yordamida tarjima qilindi

Tilmoch - haqiqiy tarjimon!

Tahrirchi.uz matnlarni turli tillarga sifatli va aniq tarjima qilishni ta’minlaydigan yangi onlayn tarjimon ishga tushirilishini e’lon qiladi. Ushbu xizmat professionallar va tilni mukammal egallashga intilayotgan barcha uchun yaratilgan.

Tahrirchi sayti quyidagilarni taklif qiladi:

- Ko‘plab tillarga tezkor tarjimalar.

- Kontekstni tushunadigan intellektual algoritmlar.

- Foydalanish uchun qulay interfeys.

Tahrirchi matnlaringiz asl ma’no va uslubni saqlagan holda yuqori aniqlik bilan tarjima qilinishini kafolatlaydi.

Yangi tarjimon bilan Tahrirchi (https://tahrirchi.uz/translator) saytida tanishing va uning afzalliklarini bugunoq baholang!

Ishning sifatini ko'rib turibsiz)
Google translate emas, Tilmoch ishlating (chunki 2 barobar aniqroq)

@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Hozir hamma juma namozidan qaytib Telegram'ga bir qaraydi

Ba’zi qaydlar yozdim: /channel/becyudashev/122

Foydali boʻladi deb oʻylayman

Читать полностью…

Kopirayting

Avval kasallikni sotishadi, keyin salomatlikni)

Hozir 2008-yilda chiqqan filmni ko'ryapman. U yerda ajoyib nativ reklamaga ko'zim tushdi:

Menga energetik ichimliklar yoqadi. Bu to'g'ri ovqatlanish desa ham bo'ladi. Ular organizmni tozalaydi


Oradan yillar o'tib ularning "zararli" ekanini bilib oldik)))

Avval burger va chips sotiladi. Keyin sport zal)

Читать полностью…

Kopirayting

Kanalda kopirayterlar bormi?

Bir pog'ona yuqoriga chiqishni istaysizmi? Soat 20:30 da ajoyib yangilik bo'ladi

Читать полностью…

Kopirayting

Kreativlik = yechim + originallik

Choyga asal solgandan keyin aralashtirish uchun qoshiq kerak boʻladi. Qoshiq = muammo

Likopchada esa kreativ yechim

✅️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

E’tiborga olinmaydigan qoʻpol xato

Yirik brendlarda bu xatolar koʻp kuzatiladi. Avval reklama rus tilida yoziladi. Keyin esa oʻzbekchaga “tarjima” qilinadi


Avval 2 ta format bilan tanishib olaylik
1. Onlayn market – bu faqatgina bir sotuvchiga ega sotuv platformasi. U yerga boshqa sotuvchilar qoʻshila olmaydi
M: Asaxiy, BeMarket, KorzinkaGO, Safia, Texnomart, Idea…

2. Marketpleys — bu koʻp sotuvchilarga ega sotuv platformasi. U yerda istagan kishi oʻz mahsulotini sota oladi
M: Uzum, Sello, Alif, OLX…

Mediapark ilova ishlab chiqibdi. Yuklab olib, tanishdim. Xuddi Texnomart, Idea'niki kabi onlayn market va unda xarid qilish mumkin

Reklama bannerida esa: savdo qiling. Bu marketpleyslar uchun mos banner, marketlar uchun emas

Toʻgʻri variant: onlayn xarid qiling

✅️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Ustoz networking yaxshi ekan.

Jamoamizdan boʻshab ketgan matketolog qizni kursdoshi kopirayter izlayotgan ekan tavsiya qilipti.


Kim kimni tavsiya qilganini tushunmadimu, olgan xulosam: Hammayoq tanish-bilish)))

Networking muhim

Читать полностью…

Kopirayting

Pomodoro

Nega doim bizga vaqt yetmaydi? Boshqalar dam olish, sayohatga qanday qilib vaqt ajratadi? Taym menejment yoki vaqt boshqaruvi nima?

Koʻpchiligimizda yod boʻlib ketgan, ammo odatga aylanmagan bir usul bor: pomidor

Hammasi oʻtgan shanbadan boshlandi. FCB'da doimgidek master klass. Spiker mnemonika boʻyicha trener Shoxrux aka. Pomidorni qoʻllash, uni tashlab qoʻyish, miya ishlashi haqida dars boʻldi. Miyam shu onda oʻyladi: buni deyarli 60% ini bilasan-ku. Keyin “Xoʻsh, bilaman. Keyin-chi?” degan savolda toʻxtadim


Seshanba kuni Baseus'dan taymer oldim. Endi miyamdagi “qora kuchlar” uchun bahona yoʻq. Taymer bor, vazifa bor, olma sharbati bor

35 daqiqada 2 oydan beri yakunlanmagan vazifani yakunlab, tasdiqlash uchun yubordim. Ya’ni vaqt ortib qoldi.

Endi bilmaganlar uchun ilm, bilganlar uchun esa (ular biladi, amal qilish qoldi xolos)

Pomidor usuli
Yoningizga shakarsiz shirinlik (yoki siz yaxshi koʻradigan yegulik) va taymerni qoʻyasiz. Taymerni 25 daqiqaga toʻgʻrilaysiz va hamma ijtimoiy tarmoqlarni “беззвук”ka tiqasiz. Chalgʻitadigan hech narsa qolmasin.

25 daqiqa ishlaysiz. Keyin shirinlikni yeysiz va ozroq jismoniy harakat qilasiz. Bularga 5 daqiqa ketadi. Keyin ikkinchi 25 daqiqalik, shirinlik, 5 daqiqa dam, uchinchi 25 daqiqalik

Vaqt tartibi bunaqa:
25-5-25-5-25-30 (katta tanaffus)

Nega shirinlik kerak?
25 daqiqadan keyin miyadagi “qora kuchlar” qoʻzgʻolon qila boshlaydi. Ularning maqsadi: instagram'da reels koʻrib, ishlamay yotish. Ularni aldash kerak. “Qara, atigi 10 daqiqa qoldi. Keyin shirinlik yeysan” desangiz, u 25 daqiqalik mehnatning mukofotini kutib, kuchliroq ishlaydi.

Faqat koʻp yemang, miyada “ochlik, toʻymaganlik” hissi qolishi kerak. Shunda u ikkinchi shirinlik uchun yana 25 daqiqa ishlaydi.

Menda bu ish berdi. Ammo miyam uni majburlab ishlatayotganimni sezib qoldi. Hozir yana aldab ishlatyapman, oʻrgatib olishga 5-10 kun ketsa kerak

Pomidor qoidasi: ish vaqtida hech narsaga chalgʻimang. Miya sal chalgʻishni kutadi. Unga bu imkonni bermang.

Men tarixda kam sonli insonlar qatori bilgan narsamni qoʻllab koʻrdim va natija “yorvoreyshn”

*sizlar 2 ta foyda oldingiz
1. Pomidor usuli
2. Storytelling yozish)

Endi boshlayotganlar 15 daqiqadan boshlasa boʻladi. Ikkinchi haftada 20, uchinchi hafta 25 qilib olasiz. 30 daqiqaga chiqarmang

Pomidorning eng zoʻr tarafi: 5 daqiqalik dam tugayotganda miya jangga kirishini biladi va toʻliq tayyorlanadi. Bor energiya ishga yoʻnaladi

*taymer reklamasi homiysi ofisdagi liftni tuzatayotgan (toʻxtamasdan perforator ishlatayotgan) bratlar


✅️@copirayt – qandaydir motivatsiyali gap joyi

Читать полностью…

Kopirayting

Tinkoff oʻzbek tilida yozayotgan bir vaqtda Mediapark oddiy bannerni “eplab tarjima qila” olmasligi…

Batafsil keyinroq

Читать полностью…

Kopirayting

CTA kerakmi?

Hozir bitta joyga kontent joyladim (CTAsiz).

Savol bunaqa edi: Siz qay birini tanlaysiz?
Mantiqqa ko'ra obunachilar o'z javobini izohda qoldirishi kerak edi. 48 kishi ko'rdi, 0 ta izoh.

Keyin kontentga CTA qo'shib o'zgartirib qo'ydim.
Bunaqa: Siz qay birini tanlaysiz? Izohlarda qoldiring

Natija: yana +13 ta ko'rish va +5 ta izoh

CTA ishlaydi))

Izohda siz ham o'z tajribangiz bilan o'rtoqlashing

@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Shunaqa backend'da yurgan marketologlar ancha kuchli boʻladi
Blog: @ansoff_marketing

*backend – orqa koʻcha, koʻzdan panada

Читать полностью…

Kopirayting

Bir tavsiya

Insonlarni sohangizga qiziqtirmoqchi boʻlsangiz, “Yoshligimda qiynalganman, keyin muvaffaqiyatga erishdim” kabi gaplarni gapirmang

Talaba boʻlganlarni koʻpchiligi ofisiant ham boʻlgan, quruvchi ham, yuk tashuvchi ham boʻlgan. Bu normal

Yigit kishi “Qurilishda ishlaganman” desa, gʻalati-da

Shunchaki avval rizq oʻsha yerdan boʻlgan, endi bu yerdan

*rasmda men: Moskva metropolitenidagi qaysidir bekat

✅️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Motivatsiya 1 tiyinga qimmat

Inc. ma'lumot berishicha, 92% inson boshlagan ishini oxiriga yetkazmaydi

Bu degani kitob o'qishni, kurs ko'rishni, sport bilan shug'ullanishni yoki boshqa turdagi ahamiyatga ega ishlarni qilishni boshlaganlarning 92% shunchaki yarmida, balki boshidayoq to'xtab qoladi


Nima uchunligi qiziq bo'lsa kerak)

"Inson bir ishni davom ettirishi uchun rag'bat kerak (reward)".

• Kitob o'qishni boshladingiz. Natija ko'rmayapsiz, to'xtatasiz.
• Sport bilan shug'ullanishni boshladingiz. Natija yo'qmi, to'xtatasiz.
• Kursga qatnashishni boshladingiz. Natija yana o'sha. Tugadi.

Lekin bir narsani hisobga olmaysiz. Compaund effect (Rasmga qarang!) Hech qaysi ishni boshlab, o'zingiz xohlagan natijaga qisqa muddatda erisha olmaysiz.

Gorizontal o'qda qilayotgan mehnatingiz miqdorining shu ishga sarflaydigan vaqtingizga nisbati tasvirlangan.
Har qanday ishda boshida qilingan harakat va sarflagan vaqtning natijasi juda kichik bo'ladi.

Vaqt o'tgani sari qilingan harakat va sarflangan vaqtga nisbatan natija kattalashib boraveradi.

Bir nuqtaga yetganda (Big momentum) shu kichik harakatlar va vaqt yig'ilib 2x, 3x, 10x, ... natija berishni boshlaydi.

Endi kam vaqt va harakat evaziga juda katta natijalar kelishni boshlaydi. Gym'ga davomli chiqadigan, kitobni davomli o'qiydigan va davomli investitsiya qiladigan tanishlaringizdan so'rang!

Turli sohalarda Big momentum'ga erishish turlicha vaqt talab qiladi. Muhimi natija ko'rinmasada, kichik va davomli qadamlar bilan davom etish

Huddi shu o'qqa katta natijalar beradigan Compaund effect, o'z o'rnida negativ ta'sir ham qilishi mumkin.

Doimiy fast-food yeydigan, doimiy chekadigan, doimiy spirtli ichimlik ichadigan tanishlaringizni kuzating!
Boshida yuqoridagilarning ta'siri sezilmasligi mumkin, lekin Big momentum'ga yetganda 2x, 3x, 10x, ... zarar keltirishni boshlaydi.

Xulosa: sabr, intizom va qatʼiyat
*motivatsiya esa 1 tiyinga qimmat

👍@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Osh bilan Cola zo'r ketadi

Zaharlashning eng yaxshi yo'li: yillar davomida oz miqdorda zaharlab borishdir


Marketingda eng muvaffaqiyatli yurish: mahsulotingizni madaniyatning bir qismiga aylantirishdir

Xo'sh, bu qanday ro'y beradi?
Sizga baxtli va zavqli lahzalarni ko'rsatishadi. M: oila davrasida palov yeyish. Bu kimga yoqmaydi? Albatta, ko'pchilikka yoqadi. Reklamada esa shuni tasvirlashadi. Baxtli kun, oila, palov + Cola

Cola qayerdan keldi?
Ular shunchaki siz kutadigan va sog'inadigan lahzalarga Colani qo'shib reklama qilishadi. Endi miyadagi baxtli kun tasvirida Cola ham bor. Shu tasvirni yillar davomida ko'raverganingizdan keyin u ongostiga o'tadi. Tamom!

Ongosti — miyaning boshqarib bo'lmas qismi. Endi siz uyda palov qilish uchun bozorlik qilayotganingizda miyangiz avtomatik tarzda "Cola ham olish kerak" deydi

Kompaniyalar esa o'z mahsulotlarini shu tariqa ommalashtirishadi.

Qaysidir to'yda "Brilliant ko'zli uzuk va kelin ko'ylak bo'lmaydi" deb ko'ring-chi? Sizni kamida "toshbo'ron" qilishadi

Aslida brilliant ko'zli uzuk De Beers Consolidated Mines Limited olmos kompaniyasi uchun N. W. Ayer marketing agentligi tomonidan ishlab chiqilgan kompaniya edi


Brendlar shu tariqa o'z mahsulotlarini omma madaniyatining bir qismiga aylantirishadi. Insonlar esa "Aslida shunaqa bo'lishi kerak" deb o'rganib qolishadi

*aslida palov bilan ko'k choy eng yaxshisi. Sovuqlik va issiqlik mo'tadillashadi

👍@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Boshlovchilar uchun eng yaxshi variant: MacBook Air M1 8/256 B/U

Kopiraytingga aloqador va aloqasi boʻlmagan mavzu: qanaqa Mac olish kerak?

20:00 da batafsil

*rasmda Tahrirchi.uz tilmochi va Google Translate'dan chellenj)

Siz ham Tahrirchi va Google'da testlar oʻtkazib, skrinshotlarni izohlarda qoldiring))

Читать полностью…

Kopirayting

O‘z xizmatingizni munosib narxda sota olasizmi?
Mijozni qayerdan va qanday topishni bilasizmi?

Oramizda o'z ishining ustalari bo'lmish kopirayter, targetolog, SMM mutaxassislari borligi quvonarli.

Lekin ko'plari mijozni qayerdan topishni bilmaydi, yoki xizmatlarini juda arzon sotadi.

Bozorda frilanser mehnatini munosib narxlanishi uchun:
— O'z mini-produktingizni shakllantirishingiz, uning foyda va xususiyatlarini ochib, to'g'ri taqdim eta olishingiz;

— Portfolio va brif ishlab chiqishingiz;

— Mehnatingizga munosib narx qo'ya bilishingiz;

— Va, albatta, sovuq mijozlarda faoliyatingizga nisbatan qiziqish uyg'ota olishingiz kerak.

Aynan shu muammolarni yechib, arzon ishlovchi mutaxassislar safidan chiqishni istaysizmi?

Unda sizni SMM va Marketing professionallari tomonidan uyushtirilgan 14 kunlik Workshopda qatnashishga taklif qilamiz.

WORKSHOP dasturi bilan tanishish uchun jamoliddin_13/XUBtuJSJg0n">BOSING!

Shoshiling! Joylar cheklangan!

Читать полностью…

Kopirayting

Bemalol (bu soʻzga yana qaytamiz)

Bizda (agetligimizda emas, Oʻzbekistonda) kopirayting boʻyicha muammolar koʻoʻoʻoʻp

Qaysidir kompaniyada matnlar avval rus tilida yozilib, keyin oʻzbekchaga Google Translate qilinadi. Boshqasida esa toʻgʻridan-toʻgʻri tarjima qilinadi

Bu katta xato. Chunki oʻzbekzabon va rusiyzabon insonlarning dunyoqarash ham turlicha

Ilovalarda esa bu muammo yaqqol koʻrinadi

Ayni holatlarda kompaniyalarning marketing boʻlimiga kopirayting boʻyicha konsultatsiya kerak boʻladi

Shu payt bemalol (qaytdik) @copirayter yoki @nazrillayev'ga murojaat qilishingiz mumkin

*rasmni mavzuga aloqadorligi 60/100

✅️@copirayter

Читать полностью…
Subscribe to a channel