copirayt | Unsorted

Telegram-канал copirayt - Kopirayting

6571

Oʻzbek tilidagi kopirayting blogi muallif: @copirayter

Subscribe to a channel

Kopirayting

Musiqa yoki yo'l: qay biridan foyda?

Odatda haydovchilar uzoq yo'lda uxlab qolishi mumkin. Buning oldini olish uchun yo'l chetiga mayda to'siqlar qilinadi. G'ildirak ularga tegishi bilan titrash (vibratsiya) hosil bo'ladi.

Shu joyiga kreativlik yordam beradi. Videoda Vengriya yo'llari

Ana, yo'l ham musiqani rivojlanishiga yordam bera oladi))

*uxlatadigan musiqa emas bu, rul va mashinaga kuchli vibratsiya beradi

✅️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Bugun men ko'rgan eng zo'r rasm 🔥

Читать полностью…

Kopirayting

Makro'da yaxshi odamlar ishlar ekan))

Vaziyatdan chiqib ketishga: 5 baho)

Читать полностью…

Kopirayting

Makro rebrendingi haqida yozgan edik

Ularga aniq kopirayter kerak

Endi Korzinka bilan marketing oʻyinini tasavvur qilyapman:
– Tabriklaymiz, Makro, - debdi Korzinka
– Lorem ipsum, lorem ipsum


Manba: @vsebudethorosho

@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Demak, boshladik

O'zbek tili kuniga tayyorgarlik uchun ajoyib loyihaga qo'shilmoqchimisiz?

Loyihaning qisqacha maqsadi: Eng ko'p tarqalgan reklama e'lonlarini o'zbek tiliga o'girish va ularni bosmaxonalarga ulashish

Hozir sal boshqacharoq: poligrafiyalar bizneslarga chiqarib beradigan shablonlar rus tilida (kserokopiya, salon krasoti, apteka). Poligrafiyalar uchun o'zbekcha shablonlar ishlab chiqish

Kim loyihaga volontyor sifatida qo'shilmoqchi bo'lsa, @ozbektilikuni guruhiga qo'shilishi mumkin

Bizga dizaynerlar, kopirayterlar, loyiha menejerlari kerak. Bundan tashqari loyihaning ommalashishiga yordam beruvchilarga ham yo'q demaymiz

Qani, boshladik

😎@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Eng kuchli skill: muomala

Z avlod o'zini "introvert" deb atashni o'rganib olgan. Aslida ham shundaymi?

Oxirgi paytdagi kuzatuvlarim asosida menda bir fikr shakllandi. Yangi avlod (2000-yildan keyingilar) odamlar bilan muomala qilishni bilmaydi. Bu ayb emas. Chunki sabablar bor

Oxirgi yillarda internetning tezlashishi, smartfonlarni arzonlashuvi ayni shunga olib keldi. Odamlar ko'proq ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar orqali suhbatlashmoqda.


Ammo HR bilan suhbatga kelganda o'zining aniq rejalarini ayta olmaydi. Ba'zida o'zini tanishtira olmaydi.

Yechim: o'quv markazlari, kurslar o'quvchilarga muomalani, o'z xizmatini sotishni o'rgatishi shart.

Yuqorida ancha tajribali kishining achchiq gaplari bor

@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Xoʻsh, chellenj nima boʻldi?

Bir necha kun avval “100 kun ertalab yugurish” chellenjini boshlagan edim. Natijalar allaqachon koʻrina boshladi


1-2 kunlar ancha yengil oʻtdi. Ammo 3-kundan oʻzgarishlar sezila boshladi.

Eng katta oʻzgarish: uyqu rejimi qayta tiklandi. 22:30 da uxlab qolyapman))

Qolgan yangiliklar bilan instagramda tanishishingiz mumkin

Obuna boʻlib, kuzatib borishni tavsiya qilaman. 10-kundan boshlab kopirayter va kontentmeykerlar uchun ham foydali ma’lumotlar qoʻshib boraman

4 kunlik natijalar

https://www.instagram.com/reel/C-33QnGIVAM/?igsh=amRqdGw3cGZlMmxv

Читать полностью…

Kopirayting

1-kun

https://www.instagram.com/reel/C-wHSJZIu9K/?igsh=MTZnNzA2dW81NnRwaQ==

Читать полностью…

Kopirayting

Sayt=Sayt
Yaxshi sayt=Kontent
Zo'r sayt=Kontent+SEO


SEO o'zi nima?
Google yoki Yandexga kirdingiz. "Ingliz tili kursi" deb yozdingiz. Eng birinchi chiqqan saytda SEO yaxshi ishlangan. Demak, SEO qidiruv tizimlarida (Google, Yandex, Safari..) saytingiz yuqoriroqda chiqishini ta'minlash.

O'zi u nega kerak?
Siz biror marta Google'da chiqqan 17-saytga kirganmisiz? Deyarli hamma 1-5 saytlarga kiradi. Shuning uchun saytingiz yuqorida chiqishi juda muhim.

Avval kopirayting haqida bloglar bo'lmas edi. Hozir esa SEO bo'yicha 1 ta blog bor. Qo'shilib olishni tavsiya qilaman

/channel/nodir

Читать полностью…

Kopirayting

Tongda ajoyib fikrlar keladi-da

Tez orada Oliy Majlis, viloyat, shahar, tuman kengashlari deputatligi uchun saylovlar boʻladi


Tashviqot esa doimgidek: katta plakatlar chiqarib, maktab, mahalla guzarlari, odam gavjum joylarga yopishtirib chiqiladi. Falon ming nusxa flayerlar chiqariladi

Ertalab xayolimga ajoyib gʻoya keldi. Aslida deputatlikka nomzodini qoʻyganlar uchun 4 kishi yetarli: SMM menejer, mobilograf, kopirayter, targetolog.

Boʻldi

Saylov dasturi boʻyicha 4-5 ta rolikni zoʻr qilib olib, target yoqilsa yetarli. Bu uyma-uy yurishdan arzonroq, osonroq va samaraliroq

Zamonga moslashish kerak
. Saylovchilarning asosiy qismi yoshlar va oʻrta yoshlilar boʻlsa, axir. PR kampaniya faqat televideniya va gazeta emas-ku

Deputat boʻla olmasangiz ham sizni xalq taniydi.

*deputatlikka nomzodlar boʻlsa, murojaat qilaversizlar))

✅️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Hojiakbar'dan ajoyib kontent)

Activist ijtimoiy tajriba o'tkazib ko'ribdi. Natijasi esa ajoyib)

Shaxsiy kuztuvlarim natijasi: 50 % holatda pora so'ralsa, qolgan 50 % holatda biz taklif qilamiz.
Bunaqa qilib:
– Bir ilojini qilaylik, rozi qilamiz
– Bitta iltimos bor edi
– Sizniyam tsuhunamiz, bizniyam tushuning
– Falon qarindoshimiz salom aytib yubordi
– Falonchini jiyani edim
– Bitkazsa bo'lar...

Ha, ko'p hollarda biz taklif qilamiz. Keyin ko'chaga chiqib tomoq yirtamiz: Hamma joy korrupsiya

Hamma shunaqa qilayotgani siz ha qilishingiz kerakligini anglatmaydi. Shu joyiga o'qituvchilardan iqtibos: Hamma o'zini tomdan tashlasa, ))

✅️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

FCB talantlarni izlayapti

Siz "Katta bo'lsam, “креативщик” bo'laman" deb niyat qilgansiz va bu yo'lda haliyam izlanyapsizmi? Bu imkoniyat ayni siz uchun
Biz kreativlar tanlovini o'tkazamiz va ulardan eng yaxshisini ishga olamiz.

Tanlov 2 bosqichda bo'lib o'tadi

1-bosqich. Onlayn tanlov

Tez orada Bla Bla bank yangi omonat turini taqdim etmoqchi. U boshqa banklardan hech qaysi tarafi bilan ajralib turmaydi. Shunchaki oddiy omonat

Vazifa:
1. Omonat uchun nom va kreativ tashviqot kampaniyasi ishlab chiqish

Ishlarni 8-avgust 23:59 gacha @copirayter manziliga 2 ta tilda yuborish kerak (uzb/rus. faqat rus yoki faqat o'zbek tilidagi ishlar qabul qilinmaydi)

2-bosqich. Praktikum
1-bosqichdan o'tgan 5 kishi FCB Artgroup'da oflayn 1 haftalik praktikumda ishtirok etadi va yakunda 1 kishi FCB'da qoladi
Barcha praktikum ishtirokchilariga sertifikat beriladi

*har qanday savollar bo'yicha avvalo Google, keyin YouTube yoki @copirayter'ga murojaat qilish mumkin

Ha, aytgancha, vaqt ketdi

✅️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Mana “ertaga” keldi

Kim kreativ boʻladi oladi?
Koʻproq reklama, kampaniyalar koʻrgan odam. Koʻproq kuzatgan odam. Koʻproq bilgan odam


Kreativlik tugʻma boʻladimi?
Har xil. Lekin kreativlikni rivojlantirganlar umumiy “креативщик”larning 90% boʻlsa kerak

Siz “креативщик” boʻla olasizmi?
• Ha, albatta
Koʻchada har kuni bannerlarni koʻrasizmi? Koʻrasiz
• Televizor koʻrayotganingizda oʻrtasida reklama qoʻyilaveradimi? Ha
• Instagram lentasidan ham reklamalar chiqaveradimi? Ha

Koʻrdingiz, sizda hammasi bor)
Endi bemalol harakat qilib koʻring

✅️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Bizda boʻsh oʻrindiq bor

FCBga kopirayter, bizga tushlik paytida sherik kerak))

Onlayn yoʻq, oylikni kelishiladi. Ofis Toshkentda

Talablar ham oddiy)
3 ta til bilsin (oʻz, rus, eng)
Savodi ham joyida boʻlsin
Bir narsalar oʻylab topa olsin
Oʻzbeklarni tushunsin

+998901766133 | +998781207475 (10:00–19:00 gacha telefon qiling)

Читать полностью…

Kopirayting

Hozir hamma Ilyaxovni o'qiyaptimi?

Yoz va qisqartir...





Balki bizda hammasi boshqachadir. Moskvada yashagan vaqtimdan misol. Ikkita rus uchrashib qoldi.

- Salom
- Salom, qalaysan?
- Yaxshi, ishlaring qalay?
- Yaxshi, ko'rushguncha
- Sog' bo'l

Ular shoshmayotgan oddiy insonlar


Ko'chada ikkita o'zbek ko'rishib qolsa
- Eeee, assalamu alaykum aka, ko'rinmaysiz? Yo'qlay ham demaysiz. O'zingiz tinchmi, yangamlar, jiyanlar hammasi salomatmi...
- Vaalaykum assalom. O'zingizdan so'rasak, uy ichilar yaxshimi? Hamma omonmi? O'tgan oy o'g'ilchangizni ko'rgan edim, polvon qalay hozir?
- Haaaa, Abdullajonmi?...
- ...
- ...




Biz ko'p gapirishni, detallarigacha bilishni yaxshi ko'ramiz. Bizning genimiz boshqa.

Endi shunga qarab yozaverasizlar matnni. Ilyaxov to'g'ri aytgan: yoz va qisqartir. Lekin madaniy kod'dan chiqmagan holda

✅️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Kecha “Durov chiqdi” desam, 3-4 kishi “fake” dedi. Keyin ularni koʻngli ogʻrimasin deb postni oʻchirgan edim)

Pavel rostdan chiqdi

Men esa 100 kunlik chellenjni 13-kuniga keldim

https://www.instagram.com/nurbekyuldoshiy?igsh=MTQ0bHFodHRkNjg3cQ%3D%3D&utm_source=qr

Читать полностью…

Kopirayting

“Har kuni…” yoki “… har kuni”

Oʻzbek tili juda ham nozik til. Ayniqsa, qochirimlar, “kosa tagida nimkosa” gaplarga boy. Til imkoniyatlaridan toʻgʻri foydalana olish esa mahorat


Tilimizda bitta soʻzning oʻrni almashishi bilan ma’no sezilarli oʻzgarishi mumkin.

Masalan:
1. Nurbek Samarqandga ham bordi
2. Nurbek ham Samarqandga bordi

Birinchi gapda men Samarqandgacha boshqa shaharlarda ham boʻlganimni anglang mumkin. Ikkinchi gapda esa mendan tashqari yana kimdir Samarqandga borgani ma’lum.

“Ham” soʻzining oʻrni almashishi ma’noni ancha oʻzgartirib yuboradi

Endi Makro'ga qaytsak, “Biz har kuni qoʻshnilarni kutamiz”

Men tushungan ma’no: Makro har kuni qoʻshnilarni kutadi. Boshqalarni-chi? Masalan, tasodifiy yoʻlovchilarni kutmaydimi?

Biz qoʻshnilarni har kuni kutamiz
Bu biroz boshqacha ma’no beradi va xaridorlar safi faqat qoʻshnilardan iborat boʻlishiga ishora qilmaydi

✅️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Makrodan uzoqlashmaymiz)

Читать полностью…

Kopirayting

Siz menejer, kopirayter yoki dizayner bo'lmasdan turib ham bizga yordam bera olasiz

Loyihaga eng yengil tarzda yordam berish imkoni mavjud

Agar hozir ko'chada bo'lsangiz, o'zbek va rus tillarida aralashtitib yozilgan reklama lavhalarini suratga oling

So'ngra ushbu post izohiga qoldiring

Читать полностью…

Kopirayting

Ijtimoiy loyiha: Hammani 21-oktabr "O'zbek tili kuni" bilan tabriklayman

Ajoyib-a, 2 oy avval tabriklash)
Xo'sh, 21-oktabr kuni hamma o'zbek tilini hurmat qilib qoladimi?

Hozir ajoyib tajribaga ko'zim tushib qoldi:

Birinchi kun:
-"Soboy"mi?
-Olib ketishga...

Ikkinchi kun:
-"Soboy"gami?
-Olib ketishga...

Qaysidir bir kun:
-"Soboy"... haligi, olib ketishgami?
-Ha, olib ketishga.


Ko'rdingizmi? Bir kunda hech narsa o'zgarib qolmaydi. O'zgarishlar esa o'zimizdan boshlanadi. Kelinglar, hozirdan boshlab o'zbek tilini hurmat qilishni boshlaymiz.

Yana bir murojaat: bosma reklama va chop etish bilan shug'ullanuvchilarga!
Sizga kelgan mijozlarga andoza (shablon) asosida reklama chiqarib berasiz va bu andozalarda ko'p narsa rus tilida (kserokopiya, remont, apteka).

O'sha mijozga hech bo'lmasa 1 marta o'zbek tilida reklama chiqarishni maslahat berib ko'ring. Sizdagi andozalarni o'zbek tiliga o'girib berishni biz zimmamizga olamiz.

Volontyorlik harakatiga qoʻshilmoqchi boʻlganlar + qoldirsin

Qo'llab-quvvatlaysizlar degan umiddaman

Читать полностью…

Kopirayting

Kurs uchun joy band qilish allaqachon boshlangan.
Endi boʻsh joylar soni 16 ta emas

Batafsil ma’lumot uchun @kopirayting_pro

Читать полностью…

Kopirayting

2-kun

Laqqa baliqlarni koʻrib qoldim. Ertaga yugurishga qarmoq olib chiqaman)))

https://www.instagram.com/reel/C-yr4lhIasr/?igsh=MWxzMW5oZjk3eGNudA==

Читать полностью…

Kopirayting

Intizom…

Ertadan boshlayman…
Avval mikrofon olay…
Shu oy tugasin…
Maoshimni olay, albatta boshlayman…

Rostini aytay: hozir yoki hech qachon


Biz qaysidir ishni boshlamoqchi boʻlsak, doim boshlamaslik uchun sabab topa olamiz. Oʻzimda ham ingliz tilini qayta boshlash, ertalab yugurish, kitob oʻqish kabi mashgʻulotlarni odatga aylantirish uchun koʻp harakat boʻlgan

Ammo oxirgi kunlar ish samaradorligim tushib keta boshladi. Va buni boshlashga qaror qildim

Inson mashgʻulotni odatga aylantirishi uchun 21 kundan 40 kungacha muddat ketadi. Men esa 100 kun sinab koʻrmoqchiman


100 kun:
- ertalab yugurish
- 20 bet kitob oʻqish
- ishim haqida kunlik ma’lumot berib borish

Ammo. Men oʻzimni bunga majburlashim uchun mas’uliyatni orttirmoqchiman. Ya’ni buni hammaning koʻz oʻnggida qilish (shunda ichimdagi “men”da ham motivatsiya paydo boʻladi)

Bu uchun alohida instagram sahifasi ochdim.
Obuna boʻlib, qoʻllab-quvvatlab turasizlar degan umiddaman

Quyidagi instagram havolasi

https://www.instagram.com/nurbekyuldoshiy?igsh=MTQ0bHFodHRkNjg3cQ%3D%3D&utm_source=qr

Читать полностью…

Kopirayting

Marketing…

Avvallari u boʻlmagan, 10 yil avval hech kim marketing haqida gapirmas edi.

Ammo taxminan 5-6 yil avval hammasi oʻzgardi. Bizda birdan marketing paydo boʻldi.

Hozir esa hamma marketing haqida gapiryapti.

Hamma?

Ha, hamma) Ammo ular ichida saralanganlari ham bor.

Qyidagi havolani bitta, undan keyingi koʻk rangli tugmachani bitta bosish orqali saralangan manbalarga ega boʻlasiz

Qani, ketdik. Go, go))

Mana bu havola

Читать полностью…

Kopirayting

Endi Flavis va Royal haqida yozaman yaxshisi

Avvalgi post oʻchirildi.

Sababi: siz “men oʻz fikrimni bildirdim” deyishingiz mumkin. Kanalimdagi har bir izoh uchun men javob beraman. Shunchaki rebrending taraflama baho kutgan edim.

Читать полностью…

Kopirayting

Kopirayting PRO

Darslar 1-oktabrdan boshlanadi va 3,5 oy davom etadi:

Kurs bloglari:
Fundamental kopirayting
Sotuv psixologiyasi
PR va strategiya
Kreativ kopirayting
Digital qism
Brend va sotuv

Faqat 16 kishi olinadi

Kurs narxi: 360/480$
*1-oktabrgacha 300/420$

3 ga bo'lib to'lash mumkin

Kimlar uchun?
- Juniordan yuqoriga chiqmoqchi bo'lgan kopirayterlar
- Yosh jurnalistlar
- PR menejerlar
- Va portfoliosi bor boshqalar

Murojaat uchun: @kopirayting_pro

Читать полностью…

Kopirayting

Bu reklama to'g'risidagi qonun

Raqobat qo'mitasining so'nggi paytdagi faollilgini hisobga olib, o'qib qo'yish foydali

Yana bir jihat:

6-moddada shunaqa bandlar bor

O‘zbekiston Respublikasi hududida reklama O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida tarqatiladi.

Reklamaning boshqa tillardagi tarjimasi matni harfining o‘lchami O‘zbekiston Respublikasi davlat tilidagi reklama matni harfining o‘lchamidan kichik bo‘lishi kerak.


Ha do'stlar, qonunlarda bizchalik Vatanni sevuvchilar kam bo'lsa kerak)

✅️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Sogʻligimda ozroq muammo boʻlgani uchun shaxsiyda koʻpchilikka javob bera olmayapman

Ertadan hammasi joyida boʻladi, nasib

Читать полностью…

Kopirayting

Ikkinchi oʻrin oldinda

Bordi, pistoletni oldi. Bitta qo'lini cho'ntakka tiqvolib, "Mana senlarga" dedi-yu otdi

Yoshligimizda gap bo'lar edi:
– Oyga birinchi kim chiqqan?
– Armstrong.
– Ikkinchi bo'lib-chi?
– Bilmadim
– Ana, ikkinchilarni hech kim eslamaydi. Doim birinchi bo'l


Suratdagi kishi ikkinchi o'rinni oldi. Birinchi o'rinni kim oldi? Hech kim qiziqmadi ham

Aytishlaricha, uni Turkiyada 3 ta reklama shartnomasi kutib turibdi))

Turklar PR'ni boplaydi lekin

Читать полностью…

Kopirayting

mads

WorkSHop

Читать полностью…
Subscribe to a channel