copirayt | Unsorted

Telegram-канал copirayt - Kopirayting

6571

Oʻzbek tilidagi kopirayting blogi muallif: @copirayter

Subscribe to a channel

Kopirayting

Endi kech))

Saylov targʻibotlariga koʻzim tushdi. Na art bor, na kreativ

Читать полностью…

Kopirayting

Ertaga kechga kanalda bepul dars oʻtamiz

Qaysi mavzu sizga maqul?

Читать полностью…

Kopirayting

Senior bo'lish uchun talablar

Hamma shunaqa deydi: Kuchli mutaxassis bo'lsang, ish seni izlaydi. Ammo kuchlilarga qo'yiladigan talablar ham anchagina...

Bu talablar barchamizga yod bo'lib ketgan: til bilish, kompyuter ko'nikmalari, kreativlik...
Bularning qay biri muhimroq?

Keling, seniorlikka qarab yo'l xaritasini tuzamiz

1. Til o'rganing
Bor e'tiborni til o'rganishga qaratmasdan, sekin, ammo davomli tarzda til o'rganing. Til o'rganishda filmlar ko'ring, yengilroq kitoblar o'qing, she'rlar yodlang.

2. Soha bo'yicha bilimlar
3 ta quyonni 8 ta o'q bilan urishni istamasangiz, til o'rganishda marketing haqida filmlar ko'ring. Shunda o'q va vaqt tejaladi
*quyonlarni tejash shart emas

3. HH va Linkedin
Bu 2 platformada albatta bo'lishingiz kerak. Linkedin'da "katta bola"larga do'stlik yuboring, izohlar yozing. Sigiringiz egiz tug'sa ham ulashib boring. HH'ni esa to'ldirib qo'ying (to'liq to'ldirib qo'ying)

4. Qo'shimcha bilimlar
UX/UI ni bazaviy darajada o'rganib qo'ying, dizaynni ham. Oz-oz montajni ham o'rganing.
*Kopirayter eng kamida Figma'da ishlay olishi kerak

5. Blog yuritish
O'qituvchi dars o'tib o'rganganidek, siz ham blog yuriting. Tarjimalar va tajribalarni ulashib boring.

Bu 5 ta bosqichni 5 oyga bo'ling. 1-bosqichni 1-oktabrdan boshlang, 1-noyabrdan 2-bosqichni qo'shing va hokazo

6. Resursni to'g'ri ishlating.
YouTube'da Million, mittivayn, mol bozor, moshina bozor, ko'pkari, ko'k jiguli, masonlar, Kaniza, o'rmonda uy quradigan 2 ta malayziyalik odamcha, Ronalduni gollarini ko'rib o'tirmang
Bu bosqichni hozirdan boshlash mumkin.

Keyingi mavzu nima haqida bo'lishini istaysiz?

✔️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Lokals - 3x Gold, 3x Bronze
Sintez - 2x Gold, 2x Silver, 1 Bronze
605 - 1 Silver
Bellissimo - 2x Bronze

Tabriklayman

Читать полностью…

Kopirayting

Lokals - GOLD

Читать полностью…

Kopirayting

Sintez - Bronze

Читать полностью…

Kopirayting

Jolbors'ni natijalari e'lon qilinyapti

https://www.youtube.com/live/Ag7f_bKXE3I

Читать полностью…

Kopirayting

Bugun qabulga yozilganlarga boʻlib toʻlash narxini ham chegirmada qilib beramiz

Murojaat uchun: @kopirayting_pro

Читать полностью…

Kopirayting

Kim SMMdan chiqmoqchi?

SMM kopirayting qizgʻin va talab koʻp yoʻnalish. Ammo “katta kalibr”da ishlash yaxshiroq


Yuqoridagi rasmdan boshlay qolay. Taniqli kompaniya uchun kreativ kampaniya. Ketgan vaqt: 2 kun. (2 kun oʻylab, 2 soat ishlaganman, desam toʻgʻriroq). Boshqa bir kopmaniya uchun 400$ ga slogan, 400$ ga TOV ishlab chiqqan edim.

Agar siz telegram yoki instagram uchun postlar, senariylar yozishdan charchagan boʻlsangiz, katta maydonga qadam qoʻyish vaqti kelgan. Balki 50 mingga matn yozish joningizga tekkandir…

Said Nazrillayev va men 3,5 oy davomida faqatgina 15 kishiga Kopiraytingni PRO darajada oʻrganishiga koʻmaklashamiz.

Odatda kopirayterlarda 2 xil maqsad boʻladi: mashhur boʻlish va “soqqani bosish”

Agar mashhur boʻlmoqchi boʻlsangiz, kurs ayni siz uchun. Biz shaxsiy brend qurishni ham oʻrgatamiz.

Agar soqqani bosmoqchi boʻlsangiz:
PR maqola: 50-300$
Slogan: 50-500$
TOV va pozitsiya: 150-1000$
Xorijiy reklama kampaniyalarini oʻzbekchalashtirish: 200-2000$

Tanlov sizda. Yoki reelslarga senariy yozishda davom etasiz, yoki kopirayter boʻlasiz

Kursda 7 ta joy qolgan. 15 kishi olinadi.

Kurs narxi: 1-oktabrgacha 300$

Boʻlib toʻlashga 120$ dan 3 oy

Murojaat uchun: @kopirayting_pro

Читать полностью…

Kopirayting

Salom payme

Читать полностью…

Kopirayting

Qimmat kopirayting

Toyota kompaniyasi 2023-yilda birgina Corolla modelining 845 963 donasini iste'molchilarga yetkazib bergan. Bugatti esa atigi 589 dona avtomobil sotgan...


Kopirayting yo'nalishlarini ham shunga qiyoslash mumkin. SMM matnlariga talab ko'p, ammo arzon. Sloganlar, kreativ kampaniyalar esa bir necha yuz barobar qimmatroq turadi

Hozir siz bilan "eng qimmat" kopirayting yo'nalishlarini ko'rib chiqamiz

1. Konversion kopirayting
Konversion kopirayting foydalanuvchilarni aniq harakatlarga undaydigan matnlar yaratishga qaratilgan: xarid qilish, obuna bo‘lish, ro‘yxatdan o‘tish va hokazo. Bunday matnlar maqsadli auditoriyani chuqur tahlil qilishni, samarali harakatga undovchi chaqiriqlar (CTA) tuzishni va qaror qabul qilishning psixologik jihatlarini aniq tushunishni talab etadi.
Misol: lendinglar, sotuvchi sahifalar, sotuvchi xatlar (email marketing), reklama kampaniyalari.
Nega qimmat: Yaxshi yozilgan matnlar kompaniyaning sotuvi va daromadini sezilarli darajada oshirganligi sababli

2. Texnik kopirayting
Texnik kopirayting IT, tibbiyot, muhandislik va moliya kabi murakkab va ixtisoslashgan mavzularda matnlar yozishni o‘z ichiga oladi. U muayyan sohada chuqur bilimga ega bo‘lishni, murakkab ma’lumotlarni tushunarli va aniq matnlarga aylantira olish qobiliyatini talab qiladi.
Misol: Mahsulotlar bo‘yicha yo‘riqnomalar, foydalanuvchi qo‘llanmalari, texnik maqolalar, white paper’lar.
Nega qimmat: Mavzuni nafaqat chuqur tushunadigan, balki maqsadli auditoriyaga bilimlarni samarali yetkazib bera oladigan yuqori malakali mutaxassislarni talab etadi.

3. Brend kopiraytingi
Brend kopiraytingi brendlar uchun o‘ziga xos ovoz va uslublarni ishlab chiqish, shiorlar, missiya va qarashlarni yaratishni o‘z ichiga oladi. Bu matnlar brend bilan uzoq muddatli assotsiatsiyalarni shakllantirishga yordam beradi, maqsadli auditoriya nigohida uning o‘ziga xosligi va qadriyatlarini gavdalantiradi.
Misol: shiorlar, kompaniya missiyalari, brend xabarlari, reklama kampaniyalari.
Nega qimmat: Brending nafaqat ijodkorlikni, balki strategik qarashni ham talab qiladi, chunki bu matnlar uzoq yillar davomida brendning idrok etilishini shakllantirishi mumkin.

Bundan tashqari adaptatsiyalar ham anchagina qimmat turadi. Masalan, xorijiy brendlarning reklama kompaniyalarini "o'zbekchalashtirish".
*bu tarjimadan farqli ish

Bu kabi ishlarni zimmangizga olish uchun Bugatti va Toyota muhandislari darajasidagi farqni anglash yetarli

✔️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Lokals va Saidni tabriklayman

Читать полностью…

Kopirayting

Qashqadaryo. Chiroqchi tumani. Respublikamizda eng birinchi tarvuz pishadigan joydagi reklama

Chiroqchining odamlari sodda, chapani odamlar. Ularga qochirim gaplarni yozish kerak emas

Tarvuz uchun esa suv kerak. Suv yer ostidan olinadi, oqova emas. Buning uchun esa suv nasosi kerak

Chiroqchi. Tarvuz. Suv. Nasos
Kerakli joydagi kerakli reklama

✅️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Hammaga salom do'stlar!

Biz We Digital agentligidagi AIM laboratory uchun sun'iy intellekt sohasini o'rganish qiziqishi yuqori bo'lgan bir dona grafik dizayner izlamoqdamiz, oz-moz vizual bo'yicha bilimlar bo'lsa nur ustiga a'lo nur bo'lardi. Sun'iy intellekt bo'yicha bilimlarni ish davomida professional jamoa yordamida o'rganib boriladi.

Aytgancha tekinga ishchi qidirishdan yiroqmiz, shunchaki sun'iy intellekt bo'yicha loyihalar ko'paygani uchun bizda kadrlarga ehtiyoj o'sib boryapti, shu sababdan bozorda bunday tayyor kadrlar yo'qligini bilgan holda, kadrlarni bosqichma-bosqich shogirdlik usuli orqali o'zimiz yetishtirmoqchimiz.

Dizayn sohasiga qo'shimcha sifatida sun'iy intellekni o'rganish uchun jiddiy kirishmoqchi bo'lganlar uchun yaxshi taklif: professional jamoa, rasmiy ish joyi, kelishilgan maosh hamda eng muhimi 5/2 ish rejimi)

Siz biz bilan o'zingizga yetarli maosh, deyarli hech qayerda o'rgatilmaydigan bilimlar va katta tajriba orttirishingiz mumkin(dangasa bo'lmasangiz, albatta)

Iltimos, sizni qanday ma'suliyatli ish kutayotganini his qilgan holda o'zingiz haqingizda @manabuyoqqa ma'lumot berishingizni so'raymiz!

Do'stlar yana bir alohida gap, biz kompyuterni ochishni ham bilmaydigan, texnik taraflama sust bo'lgan kadrlar izlamayapmiz, agar tajribali kadr bo'lsangiz shunga yarasha maosh beriladi

Repost qadrlanadi*

Читать полностью…

Kopirayting

Payme bilan yangi o'quv yili uchun tabriknomalar (открытки) ishlab chiqdik

Allaqachon Payme ilovasida
Tez orada esa maktablarda

👍@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Kreativ kreativ kreativ

Hammamizga kreativ yetishmaydi. Ammo uni qayerdan olish mumkin?

Kreativlikning klassik ta’rifi shunday: muammoni nostandart yo‘l bilan hal qiluvchi original g‘oya


Sal e’tiborni jamlaymiz. Original gʻoya…

Original…

Original…

Oʻzbekiston uchun kreativ qilish uchun oʻzbeklarni oʻrganaylik
Original oʻzbek qanday boʻladi?
Yigit doʻppi kiygan, qiz atlas koʻylakda?! Yigitni yelkasida ketmon, qizni qoʻlida kashta!?

Yoʻq, bu “original” Oʻzbekiston 24 xolos

Original oʻzbek soat 12:00 ga aytilgan joyga 12:40 da keladi. Original oʻzbek asabiy. Original oʻzbek ekologiya va sogʻlom turmush-tarzi bilan qiziqmaydi. Original oʻzbek jamoat transportida kattalar, ayollarga joy bermay qoʻyganiga ancha boʻlgan. Original oʻzbekda mehr, samimiylik juda kam qolgan

Kreativ gʻoyalar esa ayni oʻsha original oʻzbeklarning original hayotini koʻrsatib berishi kerak

Onasini emsin! Aytamizmi? Ha! Mana kreativ, 605 buni koʻrsatib berdi.
Yaqinlarimizga qoʻngʻiroq qilmaymiz, FCB Tashkent buni koʻrsatib berdi.
Indamashmasa, haykalni boʻyniga reklama osamiz. LOKALS buni koʻrsatib berdi
Milliylik deb Yevropaga intilamiz. Sintez buni koʻrsatib berdi

Kreativ uzoqda, ofis yoki qir-adirda emas. Kreativ ayni hozir va shu yerda. Bizda, ichimizda. Boshimizni smartfondan koʻtarib, atrofga qarasak, hammayoq kreativ

✅️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Shu filmni tavsiya qilaman

Nike Air: katta sakrash

Nike qay tariqa bozor ulushi o'zidan 2-3 barobar katta bo'lgan Converse'ni sotib olgani, Jordan tarixi

Читать полностью…

Kopirayting

payme'da insonlar hayotini yengillashtiramiz

2000+ mutaxassis ishlaydigan kompaniyada ish jarayoni
*rasmda ofisning 1/20 qismi

Читать полностью…

Kopirayting

605 Agency - (hozir bilib kelaman)

Читать полностью…

Kopirayting

Lokals - Bronze

Читать полностью…

Kopirayting

Sintez - GOLD

Читать полностью…

Kopirayting

Mentorlik

Doim kurs oʻtishni toʻxtatish haqida oʻylar edim. Oxirgi 6 ta frilans ishimning 3 tasi marketing agentliklar (Kiev, Moskva, Toshkent) bilan boʻldi. Shunda bildim: dars oʻtish koʻp vaqt oladi. Xalqaro agentliklar bilan ishlash esa har tomonlama “oʻstiradi”

Said bilan ham koʻp gaplashganmiz buni. Katta ehtimol bilan jonli darslarni toʻxtatamiz. Balki videodarslar boʻlar, balki YouTube uchun bepul kontentlar qilarmiz, noma’lum

Keyingi manzil: Cr. Dr. ga chiqish

Hozirgacha Said Nazrillayev bilan birgalikdagi kursimizni 2 ta guruhi tugadi. Quyida 1-guruh oʻquvchilari va ular hozirda ishlayotgan sohasi

2-guruh natijalarini ham yaqinda ulashamiz

Читать полностью…

Kopirayting

#EVENT

Bu yil 21- va 22-sentabr kunlari Red Jolbors Markaziy Osiyo kommunikatsiyalar festivali bo'lib o'tadi.

Unda O'zbekistondan jami 42 ta ish bir nechta yo'nalishlarda ishtirok etmoqda. Jamoamiz bilan sizga qulay bo'lishi uchun barcha O'zbekistondan qatnashayotgan ishlarni bitta creo.uzbek/redjolbors2024">maqolada jamladik.

creo.uzbek/redjolbors2024">Maqola bilan tanishib chiqing. Sizningcha, qaysi ishlar bu yilgi festivalda g'oliblar ro'yxatidan joy oladi? Izohlarda o'z fikringizni yozib qoldiring.

Instagram sahifamizga ham a’zo bo‘ling va TG kanalimizda nashr etilmagan eksklyuziv ma’lumotlarga ega bo‘ling.


📱 Telegram    📱 Instagram

Читать полностью…

Kopirayting

FCB dagi 4 oy

BroStore'dan keyin FCB Artgroup Tashkent'da ishladim. Bu kabi kuchli jamoalar sizni nafaqat kuchli mutaxassis, balki shaxs sifatida rivojlanishingizga ham katta hissa qoʻshadi.

Oʻzbekistonning eng kuchli agentliklaridan birida oʻtgan 4 oy men uchun katta maktab boʻldi. Kreativ direktor Shoxrux aka, kopirayter Sergey aka va boshqalarga katta rahmat aytmoqchiman. Oʻylaymanki, hali yoʻllarimiz koʻp tutashadi

Читать полностью…

Kopirayting

Dadamga “Marketing bilan shugʻullanadigan kishi xalq hayotini tushunishi kerak” degan edim)

Читать полностью…

Kopirayting

14 kun qoldi

15 kishi qabul qilinadi, keyin “bir ilojini qilib” ham qabul qila olmaymiz)

Читать полностью…

Kopirayting

Etni junjiktiradigan kuzgi sovuq…
Chigirtkalar ovozi, yer isi, tiniq osmon

Haqiqiy dam olish

Читать полностью…

Kopirayting

20 kun va sanoqli joy qoldi

Читать полностью…

Kopirayting

GenZ uchun voronka

AIDA endi ishlamaydi.

Eslaymiz. Hozirgacha AIDA qanday ishlar edi?

1. Attention - E’tibor
2. Interest - Qiziqish
3. Desire - Istak
4. Action - Harakat


Ammo kontentning tezlashuvi, fokusning pasayuvi va lidlarning qimmatlashuvi (buni targetologlar tasdiqlashi mumkin) jarayonida bizga yangi sxema kerak bo'yapti

Endi biz zumerlar (Z avlod) bozorda asosiy xaridorga aylanishini kunma-kun kutayotgan bir paytda, "Brand New" savdo sxemasi ishlahni boshlayapti.

Xo'sh, bu nima?
1. Community - Hamjamiyat
2. Inspiration - Ilhom
3. Exploration - Kashfiyot
4. Loyalty - Sodiqlik

Eng boshida hech qanday bilim, ma'lumot, xabardorlik yo‘q, savdoga undovchi hech qanday turtki yo‘q. Faqatgina brend qadriyatlarini baham ko‘radigan hamjamiyat mavjud.

Bu qanday ishlaydi?
1. Brend va uning qadriyatlarini shakllantirish
1.1. Biz ularni standart POEM modeli bo‘yicha ommaga yetkazamiz, ammo bilimni oshirish o‘rniga hamjamiyatni shakllantiramiz. Samsung haqida hamma biladi, lekin hamma ham Samsung hamjamiyatining bir qismi emas, shuning uchun ham hamma *Apple olishni istaydi.

2. Odamlarga ilhom beramiz. Mahsulot/xizmatimiz yordamida hayot, odatlar va uslub qanday o‘zgarayotganini ko‘rsatamiz.

3. Bu qanday ishlashini batafsil tushuntiramiz va ko'rsatamiz. Aynan shu yerda qamrov va kontentga jalb qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

4. Sinab ko'rish, test imkoniyatini beramiz. Bu bilan insonlarning brendga sodiqligini oshirish uchun bor kuchimizni sarflaymiz.

*Chunki iPhone'chilar "qabila"si mavjud. Aslida Apple "injiq" va noqulay, Samsung texnik jihatdan Apple'dan ustun bo'lsa-da, hamma "olma"ga "o'tirib qolgan"

✔️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Faqat 15 kishi, kopiraytingda professional darajaga chiqishni istaganlar uchun

Kopirayter tanishlaringizga yuborib qoʻying

*yana 2 ta joy band qilindi

Murojaat uchun: @kopirayting_pro

Читать полностью…
Subscribe to a channel