copirayt | Unsorted

Telegram-канал copirayt - Kopirayting

6571

Oʻzbek tilidagi kopirayting blogi muallif: @copirayter

Subscribe to a channel

Kopirayting

Shu opa toʻgʻri gaplar gaplar aytayapti)

Читать полностью…

Kopirayting

TAF!24'da uchrashguncha
Chiptalar iticket.uz da

*yana kimlar boryapti?

Читать полностью…

Kopirayting

Kreativlik aniq bir narsa emas, u yondashuv

Kunni yaxshi reklama bilan boshladim))
Kreativlikka baho beringlar-chi

Читать полностью…

Kopirayting

Jiddiy qiyofa

Tasavvur qiling, yoshingiz 40 da va 2 mln $ lik kompaniyada marketologsiz. Kimni tanlaysiz @erkatoy_dizayner yoki @dizayner_valiyev?

Nafaqat kopirayting, balki butun sanoatda tashqi qiyofa yetarli rol o'ynaydi (tarmoq profillari, taxalluslar, rasmlar ham shu qatorda) Ammo ko'pchilik o'z egoizmi ortidan muvaffaqiyatni tutib qola olmaydi.

Jiddiyroq aytadigan bo'lsam, jiddiyroq bo'ling. 2 mln $ lik kompaniya marketologiga sizning erkatoyligingiz kerak emas (erkalikni boshqa joyda qilish kerak)))
"Menga shunaqa yoqadi" degan gaplar ham ham jiddiy menejerlar uchun ahamiyatsiz. Ular sizga nima yoqishidan ko'ra, kompaniyaga qanday foyda keltirishingiz bilan ko'proq qiziqadi. Qanchalik noodatiy bo'lmang, oddiy qoidalarga rioya qiling.

Ayrim hollarda siz uchun telefonda gaplashishdan ko'ra messenjer (telegram)da yozishish qulaydir. Ammo HR hech qachon CEO'ning oldiga kirib, "Nomzodga yozishish qulay ekan, sizga Telegram profilini tashlab qo'yaman" demaydi))
Professional bo'lishni istasangiz, moslashing. Onlayn suhbatlar, qo'ng'iroqlar, ofis uchrashuvlari hali ham amalda

Tavsiya: @momaqaymoq_kopirayter, @qirol_dizayner, @qalbinozik_sardor kabi linklardan va shunga o'xshash niklardan voz keching (katta bo'ling)

*qachondir Z avlod CEO'ga aylansa, Telegramda yozishib ishga olishlar bo'lar. Ammo hozircha ko'p narsani kattalar hal qiladi)))

✔️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Til bayrami ham yaqin...

So'nggi paytlarda xalqimizda o'z tiliga muhabbat kuchaymoyda va bundan juda ham xursandman

Biroz avval Yaponamama brendi ijtimoiy tarmoqlarda tanqidlarga uchragan edi.
Obunachilar brendning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida o'zbek tilida kommunikatsiya qilish talabini qo'ygan edi
Va bu ishladi

Yaponamama o'zbek tilini hurmat qilyapti va bu orqali hurmat qozonadi

Shu o'rinda boykotda e'tibor berish kerak bo'lgan jihat: uni tartib bilan o'tkazish kerak. Talabni to'g'ri qo'yish kerak va haqorat qilmaslik kerak (to'g'ridan-to'g'ri so'kish, tahqirlash)
Sababi: siz Qonun bo'yicha o'zbek tilini talab qilsangiz-u, o'zingiz ularni so'kib, boshqa Qonunni buzishingiz to'g'ri emas

Bir muammo: negadir "qovun qovundan rang olmadi". Bu harakatdan keyin Bon! kafelar tarmog'i ham o'zbek tiliga hurmat ko'rsatadi deb o'ylagan edim. Men o'zbek tilida ham kontent yuritmagani uchun BON!'ni boykot qilaman

*iltimos, qaysidir brendga e'tirozingiz bo'lsa, haqoratga qilmasdan murojaat qiling

✔️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Kecha men bilan huquqshunos bogʻlanishini va’da qilishgan edi.

Bugun ertalab administrator bogʻlanib, yana boshidan boshladi

Bir narsaga diqqat qiling

Taxminim: Men qayerdadir raqam qoldirganman. Lekin Target'da emas. Men raqam qoldirgan joy mening raqamimni tarqatgan.

Muammo shuki, ular raqamni faqat Targetga emas, boshqalarga ham tarqataveradi. Men ayni kim raqamimni tarqatayotganini bilmoqchiman

Moskvada yashaganimda bir marta internet orqali raqam qoldirganman va bu eng katta xato boʻlgan

Har kuni 1-3 marta qoʻngʻiroq qilishadi. Universitet, klinika, oʻquv markaz, quruvchilar, aviakassalar, yana yuzlab xizmatlar, mahsulotlar taklifi boʻlaveradi. SMSlar kelaveradi, qoʻngʻiroqlar boʻlaveradi.


Bizda ham boshlanadi bu yaqinda

Читать полностью…

Kopirayting

Telefon raqami – shaxsiy ma’lumot

Bizda shaxsiy ma’lumotlarni tarqatish odatiy holdek, ammo bu toʻgʻrimi?

Hozirgina menga Target xususiy maktabidan qoʻngʻiroq boʻldi va qayta bogʻlanishni aytishdi.

Qayta bogʻlanib, mening raqamimni qayerdan olishganini soʻradim. Operator qiz, farzandlarim bor/yoʻqligi va yoshim bilan qiziqdi. Men aytmadim va maktab huquqshunosi bilan bogʻlashni aytdim. Qoʻngʻiroq qilishar ekan

Bizda ayrim “uddabron” marketologlar bor. Telefon raqamlari bazasini sotib olishadi. Ularga ham boshqa uddabron sotadi. Eslatib qoʻyay, bu marketing emas. Bu jinoyat

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 461-moddasiga ko‘ra, shaxsning shaxsiy yoki oilaviy sirini tashkil etuvchi shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uning roziligisiz qonunga xilof ravishda yig‘ish yoki tarqatish bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.


Men Target maktabi reklamasini 2 yilcha avval, adashmasam, Chilonzor metroda koʻrgan edim, boʻldi. Raqam ham, ariza ham qoldirmaganman.

Huquqshunosdan aniqlashtirib olaman endi

✅️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Bugun 12:30 da hh.uz da profilni to'g'ri va to'liq to'ldirish, ish topish bo'yicha jonli efida videodars bo'ladi.

*yozib olinmaydi

Telefonni 12:30 da jiringlaydigan qilib qo'ying

✔️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Maqsad?

iPhone 16 olishdan maqsadingiz nima? Yoki qimmat brendlardan kiyinishdan maqsad nima?

Yashashdan maqsad nima?

Shu videoni ko'ring, ko'p narsa o'zgaradi
https://youtu.be/pl1r_CC6BMk?si=ta02DibyfVP4Kj7Z

Читать полностью…

Kopirayting

Yangi rubrika o'ylab topdik

GURUNG))

Taassurotlar?)

✔️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Endi kech))

Saylov targʻibotlariga koʻzim tushdi. Na art bor, na kreativ

Читать полностью…

Kopirayting

Ertaga kechga kanalda bepul dars oʻtamiz

Qaysi mavzu sizga maqul?

Читать полностью…

Kopirayting

Senior bo'lish uchun talablar

Hamma shunaqa deydi: Kuchli mutaxassis bo'lsang, ish seni izlaydi. Ammo kuchlilarga qo'yiladigan talablar ham anchagina...

Bu talablar barchamizga yod bo'lib ketgan: til bilish, kompyuter ko'nikmalari, kreativlik...
Bularning qay biri muhimroq?

Keling, seniorlikka qarab yo'l xaritasini tuzamiz

1. Til o'rganing
Bor e'tiborni til o'rganishga qaratmasdan, sekin, ammo davomli tarzda til o'rganing. Til o'rganishda filmlar ko'ring, yengilroq kitoblar o'qing, she'rlar yodlang.

2. Soha bo'yicha bilimlar
3 ta quyonni 8 ta o'q bilan urishni istamasangiz, til o'rganishda marketing haqida filmlar ko'ring. Shunda o'q va vaqt tejaladi
*quyonlarni tejash shart emas

3. HH va Linkedin
Bu 2 platformada albatta bo'lishingiz kerak. Linkedin'da "katta bola"larga do'stlik yuboring, izohlar yozing. Sigiringiz egiz tug'sa ham ulashib boring. HH'ni esa to'ldirib qo'ying (to'liq to'ldirib qo'ying)

4. Qo'shimcha bilimlar
UX/UI ni bazaviy darajada o'rganib qo'ying, dizaynni ham. Oz-oz montajni ham o'rganing.
*Kopirayter eng kamida Figma'da ishlay olishi kerak

5. Blog yuritish
O'qituvchi dars o'tib o'rganganidek, siz ham blog yuriting. Tarjimalar va tajribalarni ulashib boring.

Bu 5 ta bosqichni 5 oyga bo'ling. 1-bosqichni 1-oktabrdan boshlang, 1-noyabrdan 2-bosqichni qo'shing va hokazo

6. Resursni to'g'ri ishlating.
YouTube'da Million, mittivayn, mol bozor, moshina bozor, ko'pkari, ko'k jiguli, masonlar, Kaniza, o'rmonda uy quradigan 2 ta malayziyalik odamcha, Ronalduni gollarini ko'rib o'tirmang
Bu bosqichni hozirdan boshlash mumkin.

Keyingi mavzu nima haqida bo'lishini istaysiz?

✔️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Lokals - 3x Gold, 3x Bronze
Sintez - 2x Gold, 2x Silver, 1 Bronze
605 - 1 Silver
Bellissimo - 2x Bronze

Tabriklayman

Читать полностью…

Kopirayting

Lokals - GOLD

Читать полностью…

Kopirayting

Diqqat, yoʻqlamani boshlaymiz
Kimlar kelgan?)

Читать полностью…

Kopirayting

Qayerdan ish topsa boʻladi?

Hh, Linkedin va Telegram kanallar der edim. Endi bu javob sal oʻzgaradi. Endi faqat kopirayterlar uchun ish oʻrinlari joylanadigan kanal bor

Ish kerakmi? @copywriter_market'dan topsangiz boʻladi

Читать полностью…

Kopirayting

Shaxsiy kimdir savol bilan murojaat qiladi

Qaraysan, juda dolzarb boʻlmasa ham mavjud muammo. Buni anchadan beri oʻylab yurgan boʻlasan, post qilib batafsil javob yozasan

Odamlarga tushunarli boʻlsin deb boʻsh linklar bilan yozasan. Keyin bitta bekorchi hamma linkka kanal ochib chiqadi. Kanaliga boʻlsa ancha tarbiyasiz gaplar yozadi. Linkni oʻzgartirib qoʻyasan, uyam erinmay oʻzgartiradi.

Oʻsha bekorchiga savolim: linklarni oldida @ ni olib qoʻysam, nima boʻladi?

Agar kishi yaxshi, rivojlangan jamiyatda yashashni istasa, oʻsha jamiyatga foyda bilan hissa qoʻshsin. Bu qoʻlidan kelmasa, zarar va halaqit bermasin

*oʻsha link oʻzgardi. Yana kanalni oʻzgartirsa, @ ni olib qoʻyaman

Читать полностью…

Kopirayting

Kontent va ijtimoiy tarmoqlar uchun

Ushbu taqdimot global bozorlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ingliz tilida ko‘plab misollar va tadqiqotlar bilan to‘ldirilgan.

Ba’zi misollar bizning mahalliy kontekstga mos kelmasligi mumkin, ammo ular bizga media sanoatning qayerga qarab ketayotganini ko‘rsatadi.

Bu global ko‘rinish bizni yangiliklarga ilhomlantirib, o‘z hududimizning ehtiyojlariga mos ravishda raqobatbardosh bo‘lishga yordam beradi.

Umumiy xulosa: ushbu trendlar bilan hamnafas bo‘lish raqamli dunyoda temada bo‘lib qolishning kalitidir.

Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi

Читать полностью…

Kopirayting

TAF! Shortlisti e’lon qilindi

16 ta yoʻnalish boʻyicha 91 ta ish TAF Shortlist'iga kirdi.
*ayrim ishlar 2 va undan koʻp yoʻnalishda kirgan

Roʻyxat bilan tanishing

https://tafkonkurs-2024.marketing.uz/#shortlist

Читать полностью…

Kopirayting

Tugadi

Endi kurs oʻtilmaydi

Читать полностью…

Kopirayting

Said aka til haqida post yozdi

Izohlardagi 90-95 % kishi ko'zimga tilimizni sevadigan bo'lib ko'rindi. Ammo...

Ammo yana bir omil bor. O'zbekistonning savdo aylanmasida (siyosatga berilmaylik) MDH davlarlarining ulushi juda katta. MDHdagi o'zaro til esa rus tili. Ishxonamizda ko'p gruzinlar bor, ularda ham nafrat yetarli. Ammo u o'zbek tilini bilmaydi, men gruzin tilini. Ruscha gaplashamiz.

Mening fikrim: rus tilini o'rganib, MDHdagi katta kompaniyalarda hal qiluvchi lavozimlarga qadar chiqish kerak. Shunda o'zimiz uchun foydali nimadir qila olamiz. Yandex: O'zbekistondagi eng katta tarmoqlardan biri. TOP managementga kirish uchun rus tilini bilish kerak. O'sha joygacha yetib bormasangiz, qanday qilib o'z manfaatimiz uchun xizmat qila olasiz

M: Hindiston, Britaniyaning sobiq mustamlakasi. Hindlar "faqat hind tili" demayapti. Ingliz tili orqali dunyoning TOP 10 kompaniyasida Gen. Directorgacha yetib boryapti. Til bilish hech qachon sizni xor qilmaydi.

Yana bir achchiq haqiqat
Ancha avval ko'chalardagi lavhalarni o'zbekchalashtirish uchun loyiha boshlagan edik. Hamma qo'llab-quvvatlashini aytdi, lekin harakat bo'lmadi.

Agar haqiqatdan o'zbek tilini sevsangiz, rus tili aralashgan lavhalarni (banner) suratga olib, shu post izohida qoldiring! Gapdan amalga o'tish vaqti keldi

*200 ta lavha suratini yig'sak, loyiha boshlanadi

✔️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Mana, bugun ustozlar kuni ekan...)

Читать полностью…

Kopirayting

Kelasi safar 2 kishi oʻtkazamiz. Video ham yozib olinadi va YouTube'ga joylab boriladi

Ikkinchi boshlovchi uchun kimni taklif qilasizlar?
*dizayner boʻlsa, yaxshiroq edi

Читать полностью…

Kopirayting

19:00 da jonli efir. Kreativ, karyera, brend qurish, beda o'rish bo'yicha barcha savollarga javob beramiz

Savollarni shu post izohida qoldiring

Читать полностью…

Kopirayting

Kreativ kreativ kreativ

Hammamizga kreativ yetishmaydi. Ammo uni qayerdan olish mumkin?

Kreativlikning klassik ta’rifi shunday: muammoni nostandart yo‘l bilan hal qiluvchi original g‘oya


Sal e’tiborni jamlaymiz. Original gʻoya…

Original…

Original…

Oʻzbekiston uchun kreativ qilish uchun oʻzbeklarni oʻrganaylik
Original oʻzbek qanday boʻladi?
Yigit doʻppi kiygan, qiz atlas koʻylakda?! Yigitni yelkasida ketmon, qizni qoʻlida kashta!?

Yoʻq, bu “original” Oʻzbekiston 24 xolos

Original oʻzbek soat 12:00 ga aytilgan joyga 12:40 da keladi. Original oʻzbek asabiy. Original oʻzbek ekologiya va sogʻlom turmush-tarzi bilan qiziqmaydi. Original oʻzbek jamoat transportida kattalar, ayollarga joy bermay qoʻyganiga ancha boʻlgan. Original oʻzbekda mehr, samimiylik juda kam qolgan

Kreativ gʻoyalar esa ayni oʻsha original oʻzbeklarning original hayotini koʻrsatib berishi kerak

Onasini emsin! Aytamizmi? Ha! Mana kreativ, 605 buni koʻrsatib berdi.
Yaqinlarimizga qoʻngʻiroq qilmaymiz, FCB Tashkent buni koʻrsatib berdi.
Indamashmasa, haykalni boʻyniga reklama osamiz. LOKALS buni koʻrsatib berdi
Milliylik deb Yevropaga intilamiz. Sintez buni koʻrsatib berdi

Kreativ uzoqda, ofis yoki qir-adirda emas. Kreativ ayni hozir va shu yerda. Bizda, ichimizda. Boshimizni smartfondan koʻtarib, atrofga qarasak, hammayoq kreativ

✅️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Shu filmni tavsiya qilaman

Nike Air: katta sakrash

Nike qay tariqa bozor ulushi o'zidan 2-3 barobar katta bo'lgan Converse'ni sotib olgani, Jordan tarixi

Читать полностью…

Kopirayting

payme'da insonlar hayotini yengillashtiramiz

2000+ mutaxassis ishlaydigan kompaniyada ish jarayoni
*rasmda ofisning 1/20 qismi

Читать полностью…

Kopirayting

605 Agency - (hozir bilib kelaman)

Читать полностью…

Kopirayting

Lokals - Bronze

Читать полностью…
Subscribe to a channel