Kreativlik aniq bir narsa emas, u yondashuv
Kunni yaxshi reklama bilan boshladim))
Kreativlikka baho beringlar-chi
Jiddiy qiyofa
Tasavvur qiling, yoshingiz 40 da va 2 mln $ lik kompaniyada marketologsiz. Kimni tanlaysiz @erkatoy_dizayner yoki @dizayner_valiyev?
Nafaqat kopirayting, balki butun sanoatda tashqi qiyofa yetarli rol o'ynaydi (tarmoq profillari, taxalluslar, rasmlar ham shu qatorda) Ammo ko'pchilik o'z egoizmi ortidan muvaffaqiyatni tutib qola olmaydi.
Jiddiyroq aytadigan bo'lsam, jiddiyroq bo'ling. 2 mln $ lik kompaniya marketologiga sizning erkatoyligingiz kerak emas (erkalikni boshqa joyda qilish kerak)))
"Menga shunaqa yoqadi" degan gaplar ham ham jiddiy menejerlar uchun ahamiyatsiz. Ular sizga nima yoqishidan ko'ra, kompaniyaga qanday foyda keltirishingiz bilan ko'proq qiziqadi. Qanchalik noodatiy bo'lmang, oddiy qoidalarga rioya qiling.
Ayrim hollarda siz uchun telefonda gaplashishdan ko'ra messenjer (telegram)da yozishish qulaydir. Ammo HR hech qachon CEO'ning oldiga kirib, "Nomzodga yozishish qulay ekan, sizga Telegram profilini tashlab qo'yaman" demaydi))
Professional bo'lishni istasangiz, moslashing. Onlayn suhbatlar, qo'ng'iroqlar, ofis uchrashuvlari hali ham amalda
Tavsiya: @momaqaymoq_kopirayter, @qirol_dizayner, @qalbinozik_sardor kabi linklardan va shunga o'xshash niklardan voz keching (katta bo'ling)
*qachondir Z avlod CEO'ga aylansa, Telegramda yozishib ishga olishlar bo'lar. Ammo hozircha ko'p narsani kattalar hal qiladi)))
✔️@copirayt
Til bayrami ham yaqin...
So'nggi paytlarda xalqimizda o'z tiliga muhabbat kuchaymoyda va bundan juda ham xursandman
Biroz avval Yaponamama brendi ijtimoiy tarmoqlarda tanqidlarga uchragan edi.
Obunachilar brendning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida o'zbek tilida kommunikatsiya qilish talabini qo'ygan edi
Va bu ishladi
Yaponamama o'zbek tilini hurmat qilyapti va bu orqali hurmat qozonadi
Shu o'rinda boykotda e'tibor berish kerak bo'lgan jihat: uni tartib bilan o'tkazish kerak. Talabni to'g'ri qo'yish kerak va haqorat qilmaslik kerak (to'g'ridan-to'g'ri so'kish, tahqirlash)
Sababi: siz Qonun bo'yicha o'zbek tilini talab qilsangiz-u, o'zingiz ularni so'kib, boshqa Qonunni buzishingiz to'g'ri emas
Bir muammo: negadir "qovun qovundan rang olmadi". Bu harakatdan keyin Bon! kafelar tarmog'i ham o'zbek tiliga hurmat ko'rsatadi deb o'ylagan edim. Men o'zbek tilida ham kontent yuritmagani uchun BON!'ni boykot qilaman
*iltimos, qaysidir brendga e'tirozingiz bo'lsa, haqoratga qilmasdan murojaat qiling
✔️@copirayt
Kecha men bilan huquqshunos bogʻlanishini va’da qilishgan edi.
Bugun ertalab administrator bogʻlanib, yana boshidan boshladi
Bir narsaga diqqat qiling
Taxminim: Men qayerdadir raqam qoldirganman. Lekin Target'da emas. Men raqam qoldirgan joy mening raqamimni tarqatgan.
Muammo shuki, ular raqamni faqat Targetga emas, boshqalarga ham tarqataveradi. Men ayni kim raqamimni tarqatayotganini bilmoqchiman
Moskvada yashaganimda bir marta internet orqali raqam qoldirganman va bu eng katta xato boʻlgan
Har kuni 1-3 marta qoʻngʻiroq qilishadi. Universitet, klinika, oʻquv markaz, quruvchilar, aviakassalar, yana yuzlab xizmatlar, mahsulotlar taklifi boʻlaveradi. SMSlar kelaveradi, qoʻngʻiroqlar boʻlaveradi.
Bizda ham boshlanadi bu yaqinda
Telefon raqami – shaxsiy ma’lumot
Bizda shaxsiy ma’lumotlarni tarqatish odatiy holdek, ammo bu toʻgʻrimi?
Hozirgina menga Target xususiy maktabidan qoʻngʻiroq boʻldi va qayta bogʻlanishni aytishdi.
Qayta bogʻlanib, mening raqamimni qayerdan olishganini soʻradim. Operator qiz, farzandlarim bor/yoʻqligi va yoshim bilan qiziqdi. Men aytmadim va maktab huquqshunosi bilan bogʻlashni aytdim. Qoʻngʻiroq qilishar ekan
Bizda ayrim “uddabron” marketologlar bor. Telefon raqamlari bazasini sotib olishadi. Ularga ham boshqa uddabron sotadi. Eslatib qoʻyay, bu marketing emas. Bu jinoyat
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 461-moddasiga ko‘ra, shaxsning shaxsiy yoki oilaviy sirini tashkil etuvchi shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uning roziligisiz qonunga xilof ravishda yig‘ish yoki tarqatish bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bugun 12:30 da hh.uz da profilni to'g'ri va to'liq to'ldirish, ish topish bo'yicha jonli efida videodars bo'ladi.
*yozib olinmaydi
Telefonni 12:30 da jiringlaydigan qilib qo'ying
✔️@copirayt
Maqsad?
iPhone 16 olishdan maqsadingiz nima? Yoki qimmat brendlardan kiyinishdan maqsad nima?
Yashashdan maqsad nima?
Shu videoni ko'ring, ko'p narsa o'zgaradi
https://youtu.be/pl1r_CC6BMk?si=ta02DibyfVP4Kj7Z
Qayerdan ish topsa boʻladi?
Hh, Linkedin va Telegram kanallar der edim. Endi bu javob sal oʻzgaradi. Endi faqat kopirayterlar uchun ish oʻrinlari joylanadigan kanal bor
Ish kerakmi? @copywriter_market'dan topsangiz boʻladi
Shaxsiy kimdir savol bilan murojaat qiladi
Qaraysan, juda dolzarb boʻlmasa ham mavjud muammo. Buni anchadan beri oʻylab yurgan boʻlasan, post qilib batafsil javob yozasan
Odamlarga tushunarli boʻlsin deb boʻsh linklar bilan yozasan. Keyin bitta bekorchi hamma linkka kanal ochib chiqadi. Kanaliga boʻlsa ancha tarbiyasiz gaplar yozadi. Linkni oʻzgartirib qoʻyasan, uyam erinmay oʻzgartiradi.
Oʻsha bekorchiga savolim: linklarni oldida @ ni olib qoʻysam, nima boʻladi?
Agar kishi yaxshi, rivojlangan jamiyatda yashashni istasa, oʻsha jamiyatga foyda bilan hissa qoʻshsin. Bu qoʻlidan kelmasa, zarar va halaqit bermasin
*oʻsha link oʻzgardi. Yana kanalni oʻzgartirsa, @ ni olib qoʻyaman
Kontent va ijtimoiy tarmoqlar uchun
Ushbu taqdimot global bozorlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ingliz tilida ko‘plab misollar va tadqiqotlar bilan to‘ldirilgan.
Ba’zi misollar bizning mahalliy kontekstga mos kelmasligi mumkin, ammo ular bizga media sanoatning qayerga qarab ketayotganini ko‘rsatadi.
Bu global ko‘rinish bizni yangiliklarga ilhomlantirib, o‘z hududimizning ehtiyojlariga mos ravishda raqobatbardosh bo‘lishga yordam beradi.
Umumiy xulosa: ushbu trendlar bilan hamnafas bo‘lish raqamli dunyoda temada bo‘lib qolishning kalitidir.
Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
TAF! Shortlisti e’lon qilindi
16 ta yoʻnalish boʻyicha 91 ta ish TAF Shortlist'iga kirdi.
*ayrim ishlar 2 va undan koʻp yoʻnalishda kirgan
Roʻyxat bilan tanishing
https://tafkonkurs-2024.marketing.uz/#shortlist
Said aka til haqida post yozdi
Izohlardagi 90-95 % kishi ko'zimga tilimizni sevadigan bo'lib ko'rindi. Ammo...
Ammo yana bir omil bor. O'zbekistonning savdo aylanmasida (siyosatga berilmaylik) MDH davlarlarining ulushi juda katta. MDHdagi o'zaro til esa rus tili. Ishxonamizda ko'p gruzinlar bor, ularda ham nafrat yetarli. Ammo u o'zbek tilini bilmaydi, men gruzin tilini. Ruscha gaplashamiz.
Mening fikrim: rus tilini o'rganib, MDHdagi katta kompaniyalarda hal qiluvchi lavozimlarga qadar chiqish kerak. Shunda o'zimiz uchun foydali nimadir qila olamiz. Yandex: O'zbekistondagi eng katta tarmoqlardan biri. TOP managementga kirish uchun rus tilini bilish kerak. O'sha joygacha yetib bormasangiz, qanday qilib o'z manfaatimiz uchun xizmat qila olasiz
M: Hindiston, Britaniyaning sobiq mustamlakasi. Hindlar "faqat hind tili" demayapti. Ingliz tili orqali dunyoning TOP 10 kompaniyasida Gen. Directorgacha yetib boryapti. Til bilish hech qachon sizni xor qilmaydi.
Yana bir achchiq haqiqat
Ancha avval ko'chalardagi lavhalarni o'zbekchalashtirish uchun loyiha boshlagan edik. Hamma qo'llab-quvvatlashini aytdi, lekin harakat bo'lmadi.
Agar haqiqatdan o'zbek tilini sevsangiz, rus tili aralashgan lavhalarni (banner) suratga olib, shu post izohida qoldiring! Gapdan amalga o'tish vaqti keldi
*200 ta lavha suratini yig'sak, loyiha boshlanadi
✔️@copirayt
Kelasi safar 2 kishi oʻtkazamiz. Video ham yozib olinadi va YouTube'ga joylab boriladi
Ikkinchi boshlovchi uchun kimni taklif qilasizlar?
*dizayner boʻlsa, yaxshiroq edi
19:00 da jonli efir. Kreativ, karyera, brend qurish, beda o'rish bo'yicha barcha savollarga javob beramiz
Savollarni shu post izohida qoldiring