copirayt | Unsorted

Telegram-канал copirayt - Kopirayting

6571

Oʻzbek tilidagi kopirayting blogi muallif: @copirayter

Subscribe to a channel

Kopirayting

Kimlar keldi?)

Кто пришел?)

Читать полностью…

Kopirayting

Fail Nights'ga kimlar boradi?

Читать полностью…

Kopirayting

Kopirayting kursi bepul boʻlishi kerakmi?

Oʻtgan yillar davomida kopiraytingni oʻrgandim, ishladim, oʻrgatdim. Lekin doimo bitta maqsadim boʻlgan: YouTube'ga bepul darsliklar joylab borish. Bu hozircha amalga oshmadi, ammo…

Ammo yaxshirogʻi amalga oshdi.
Hissiyot bilan yozishni yomon koʻraman. Chunki u sovuq aqlni toʻsadi. EdFix platformasi bilan hamkorlikda toʻliq bepul kopirayting kursini taqdim etamiz
Bu bizning xohishimiz emas, sizning xohishingiz

Bepul kurs: onlayn kopirayting kursi
*sotib olish tugmasidan hayron boʻlmang. Kurs bepul

Kimga istasangiz ulashing, ukangiz, yaqiningiz, tanishingiz. “Sen uchun bepul kurs topdim” deyishdan tortinmang. Ular meni emas, sizni, sizning harakatlaringizni qadrlashadi

@copirayt— sizning kopirayter doʻstingiz

Читать полностью…

Kopirayting

Telegram Ads chiqdi – balo chiqdi)

Yaqin-yaqingacha target kanallari faqat Facebook Ads bilan cheklangan edi (Tik-tok adsni deyarli hech kim ishlatmaydi)

Lekin Telegram oʻz Ads'i bilan bozorni ozgina oʻzgartirib yubordi. Avvaliga kanallarda reklama uchun taqdim etilgan xizmat endi profil, botlar uchun ham taqdim etildi

Targetologlar endi buni ham oʻrganishi kerak. Lekin bozor sizni va targetologingizni kutib turmaydi. Menda bitta xolis tavsiya bor: @tg_ads_menejer

Ismi Jamoliddin, ishlagan brendlarini har kuni koʻchada koʻramiz, koʻrasiz

Telegram Ads haqida blog ham yuritadi: @tgads_haqida

Xizmat boʻlsa, oʻziga, ma’lumot kerak boʻlsa, kanaliga qarayverasizlar

*2000€ depozit olib ads yoqadiganlardan koʻra yaxshiroq natija qilib bergan bizga

@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Men payme'dan ketmadim

Shunchaki ish hajmi va kelajak rejalar katta. Hozir ayni matnlar bilan 7 kishi ishlaydi))

Va yana kopirayter izlayapmiz))

Читать полностью…

Kopirayting

Tez orada SMM kopirayting boʻyicha toʻliq bepul kurs taqdim etiladi

Читать полностью…

Kopirayting

Kontentlarga hissiyot kerak

Hozirgi multiklarda ham koʻproq action bor, hissiyot yoʻq

Yoshligimizdagi multiklarda odamgarchilik boʻlar edi
*kamida quyongarchilik, ayiqgarchilik boʻlar edi))

@yelvizakda

Читать полностью…

Kopirayting

Uchrashuv boʻyicha fikrlar, qolib ketgan savollar boʻlsa, izohlarda kutaman

Читать полностью…

Kopirayting

O'zbekcha kreativ haqida gaplashaylik)

🎯 Marketing olamida mijozlarni jalb qilish, ularda qiziqish uyg'otish va brendga ishonchini oshirishda kopirayting muhim ahamiyatga ega. Qanday qilb, kreativ mantlar yozish orqali yuqoridagi kabi natijalarga erishish mumkin?

Ushbu savolga bu hafta bo'ladigan master-klassda javob yozishingiz mumkin.

Spikerlar:

Said Nazrullayev — Lokals CA senior kopirayteri
Nurbek Yuldoshev — "Payme" kopirayteri
Sherzod Temirov — 605 agency kopirayteri

🗓 23-noyabr, shanba, 14:30
🙋‍♂️ Barcha uchun ochiq
📍 «Najot Ta'lim», Chilonzor filiali
💎 Ishtirok uchun: 4 XP

👉 Master-klassda qatnashish

🔗 «Najot Ta'lim» ilovasi orqali ro'yxatdan o'tish

najottalim.uz | 78-888-9-888

Читать полностью…

Kopirayting

Tezroq qor haqida kontent qilinglar))

@yelvizakda

Читать полностью…

Kopirayting

Hamma ishni oʻz mutaxassisidan oʻrgangan ma’qul

Menga zapusk boʻyicha yozib turishadi. Hozirgi kopirayting kursimizda ham 3 nafar zapuskda ishlaydiganlar oʻqishmoqda

Umumiy olganda zapusk boʻyicha sanoqli mutaxassislarnigina tavsiya qila olaman.
Ulardan biri:
• Husan Mamasaidovning prodyuseri
• 300 000$ lik rekordga ega Hojiakbar Kasimov

Hojiakbar aka 5 kunlik Marafon qilyapti ekanlar va toʻliq BEPUL formatda

Qatnashish uchun esa yopiq kanalga qoʻshilish talab qilinadi.

10-14 noyabr kunlari kanalda

• toʻgʻri strategiya tuzish
• cust dev analizi
• ekspert bilan ishlash
• sotuv voronkasi qurish
• trafik olib kelish va boshqarish kabilarni chuqurroq oʻrganishingiz mumkin

Boshlanishiga atigi 2 kun qoldi. Kanal linkini quyida qoldiraman

Yopiq kanal: /channel/+IYAYKlhijuhhNTEy

Читать полностью…

Kopirayting

Kopirayter bo'lsangiz, Jimmy Vardy'dek bo'ling

Hech qachon kech emas
23 yoshida tom ma'noda futbolga kirib kelgan

Qayerdan boshlash muhim emas
Bungacha zavodda ishlagan va quyi ligada o'ynagan

Futbolda nochor oilalardan chiqqan ko'plab qahramonlar bor. Ammo ular bolaligidayoq taqdirini futbol bilan bog'lab bo'lgan. Vardy hammasiga matonat bilan erishgan. Eng yuqori darajaga chiqqanida ham Lester'dan ketmagan.

✔️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Qishloqqa borsam, shunaqa ishlarni qilaman. Moskvada ham dam olish kunlarida ishga chiqib turardik…

Bularning barchasi majburlikdan emas. Shunchaki biror kun trening oʻtsam, aytib berish uchun)

Читать полностью…

Kopirayting

Ajoyib voqea))

Oltin to'pni Manchester City va Ispaniya termasi yarimhimoyachisi Rodri (Rodrigo Ernandez) oldi

Vinisius'ning muxlislari esa tomosha ko'rsatishmoqda))

Ular barcha Rodrigolarni haqorat qilib chiqishmoqda:
- «Atletiko» futbolchilari Rodrigo de Paul va Rodrigo Rikelmi
- «Tottenhem» yarimhimoyachisi Rodrigo Bentankur
- «Portu» futbolchisi Rodrigo Mora de Karvalyu'lar shunchaki yemagan somsasi uchun pul to'layapti)

Eng qizig'i «Real»dagi boshqa braziliyalik Rodrigo Goesga ham haqorat qilinmoqda

Ro'yxatda Ronalduning xotini Jorjina Rodriges ham bor.
*menimcha muxlislar "eri tanish-bilish qilib olib bergan" deb o'ylashgan shekilli))

Amerikalik qo‘shiqchi va aktrisa Oliviya Rodrigo futbolga aloqasi bo'lmasa ham haqorat qilinmoqda))

Omad faqatgina Xames Rodrigesga kulib boqdi. Ayrimlar uni tabriklamoqda

Ma'lumot uchun: asl Rodri'ning Instagram sahifasi yo'q ekan

Futbol odamlarni bunchalik jinni qiladi deb o'ylamas edim
*Rodrini bilmadim, lekin Vinisius TOP oʻyinchi emas)

😎@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Tahrirchi'da ajoyib Sayqalchi bor))

Xullas, aytmasa bo'lmaydigan yangiliklar bor
- Sayqalchida 2 kunlik limit 20 000 belgi edi. Endi 1 kunda 15 000 belgi
- Limitdan oshiqcha har bir belgi 1 so'm edi. Endi 0.8 so'm

Uy qimmatlashyapti, Tahrirchi arzonlashyapti))

Foydalaninglar: tahrirchi.uz/translator

Читать полностью…

Kopirayting

Ba’zan kreativlik shart emas
Shunchaki hamma joyda boʻlish yetarli

Asaxiy oxirgi bir yilda katta fokusni aynan smartfonlarga qaratdi. Maqsad smartfon sotuvini ham tezroq, qulayroq va arzonroq qilish.

Natija: 3-dekabrdayoq (hali yil tugamasdan) smartfon sotuvi o'tgan yilga nisbatan 4x ga oshgan.

Agar maqsad foyda boʻlsa
Olamshumul kreativ bir martada keltiradigan foydani strategiyalar uzoq vaqtda keltiradi. Lekin keyin ham oʻsha “temp”ni ushlab turadi

Xulosa: Karam sotasizmi? “Karam” deb yozib qoʻying, yetadi.
Asosiy funksional texnik matnni oʻzgartirmang. Katta karam maketini osib qoʻysangiz boʻladi lekin)

*oʻzi kreativ foyda keltirish uchun qilinmaydi)

@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Menga qarab “Siz bilan birga boshlaganlar uy, mashina oldi. Siz qachon olasiz?” deyishsa

Читать полностью…

Kopirayting

SEED kreativ agentligi O‘zbekistonga kelmoqda!

Toshkentda ilk bor - Fail Nights! - seedalmaty agentligi va creativity.days platformasidan yangi tadbir, unda kreativlar, marketologlar, tadbirkorlar, TOP menejerlar va boshqa muvaffaqiyatli insonlar o‘zining xatolari haqida aytib beradilar.

Xatolar - barchani birlashtiruvchi narsa va Fail Nights tadbirida siz ularga mutaxassislar ko‘zi bilan qarashingiz mumkin!

Spikerlar:
🔥 Nail Muratov - Seed Kazakhstan agentligi kreativ direktori
🔥 Karen Gevorkyan - formascope Armenia hammuassisi va badiiy rahbari
🔥 Adilet Abish - qozoq rejissyori, klipmeykeri va hujjatli filmlar ijodkori
🔥 Nodira Shermatova - TBC Uzbekistan marketing direktori

Nima uchun borish kerak?
🔸Boshqalarning xatolaridan saboq olish uchun
🔸Muvaffaqiyatsizliklar muvaffaqiyatga erishish yo‘lining bir qismi ekanligini ko‘rish uchun
🔸Mutaxassislar va hamfikrlar bilan aloqalar o‘rnatish uchun

🗓 Qachon? 13-dekabr, juma kuni, soat 19:00 da
📍 Qayerda? INTERNATIONAL Hotel Tashkent, Amir Temur shoh ko‘chasi, 107-A

🎟 Chiptalarni havola orqali sotib olishingiz mumkin!

Читать полностью…

Kopirayting

100 mln so'mgacha bonuslar, Turkiyada lyuks mehmonxonalarda dam olish, Apple texnikalari, farzandlarnigiz uchun Britaniya diplomi bilan bepul ta'lim...

Bularning evaziga siz shunchaki ishlashingiz kerak.
Talablar:
PR, jurnalistika, marketing va turdosh sohalar bo'yicha oliy ma'lumot
PR sohasida 3-5 yillik tajriba
Rus va o'zbek tillarida professionallik

Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti PR menejer izlamoqda. To'liq talablarni esa ushbu havola orqali bilib olishingiz mumkin

Бонусы до 100 млн сумов, отдых в люксовых отелях Турции, техника Apple, бесплатное образование с британским дипломом для ваших детей...

Взамен от вас требуется просто работать.
Требования:
Высшее образование в сфере PR, журналистики, маркетинга и смежных областях
3-5 лет опыта работы в сфере PR
Профессиональное владение русским и узбекским языками

Университет цифровой экономики и агротехнологий ищет PR-менеджера. С полным перечнем требований можно ознакомиться по данной ссылке

@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Agar jamoada hech kim oʻzbek tilini bilmasa, nima boʻladi?

-gacha XY% dan oldinga chiqib qoladi

50% gacha – До 50%

@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Longridlar qanday yoziladi?

Blog uchun longrid (uzuun maqola) yozish doim ham oson kechmaydi

Avvalo mavzu tanlanadi. Masalan, hozir menda 2 ta mavzu bor: Oʻzbekistonda tadqiqot qilish osonmi? va Kreativ doim kerakmi?

Birinchi mavzu 2 oycha avval tanlangan, ikkinchisi 1 haftacha avval. Keyin bloknotni olasiz va oʻzingiz uchun qisqa ma’lumotlar yozib borasiz

Oxirida barcha ma’lumotlar toʻplanadi va maqola hosil boʻladi. Bu uchun esa ilhom kerak))

Maqola miya va bloknotda yetilib boradi va bir kun pishadi. Natijada ajoyib maqola yuzaga keladi

Siz longridlarni qanday yozasiz?

@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

- Bu original Adibasmi?
- Ha-ha, 100 % original

)

Читать полностью…

Kopirayting

Bugun 14:30 da Najot Ta'limda

Ro'yxatdan o'tish
Manzil: Chilonzor filiali

Читать полностью…

Kopirayting

UX/UI matnlar

Rus tilida Оформить fe'li bor.

Men ko'rgan 60-70 % ilovalardagi pulli xizmatlarga ulanish uchun shu fe'l ishlatiladi. Uning muqobillari ham mavjud: Подписаться, Подключение

Bu kontekstdan, xizmat turi, davomiyligidan kelib chiqib belgilanadi. Оформить fe'li eng yaxshi variant

O'zbek tilida Оформить fe'li Rasmiylashtirish deb tarjima qilinadi. Rus tilidagi eng qulay variant o'zbek tilida eng noqulay tarjimaga aylanadi

Agar Оформить tugmacha (кнопка, button) bo'lsa, Ulash yoki Ulanish deb ishlatish kerak. Obuna bo'lish varianti ham mos keladi

UX/UI da hech qachon tarjima qilmang. Shunchaki o'sha buyruq yoki tugmani bosganda nima bo'lishini aniqlang va shuni yozing

*UX/UI bo'lmagan matnlar, huquqiy hujjatlar umuman boshqa mavzu

@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

CTA nima uchun kerak?

CTA bilan yuborilgan xatlarda bosish(klik)lar soni 371 foizga va sotuvlar 1617 foizga ko'proq bo'ladi. (WordStream)

Creative MMS ma’lumotlariga ko‘ra:
- CTAlar birinchi sahifada konversiyalarni 80% ga oshiradi
- Tegishli va to‘g‘ri joylashtirilganda daromad 83% ga oshadi
- Sayt va mahsulotga obuna bo‘lish 34% ga oshadi

Grow & Convert ba’zi CTA joylashuvlari uchun sahifadagi konversiya darajasini quyidagicha baholaydi:
- Yon panel: 0,5 - 1,5%
- Umumiy, post oxirida: 0,5 - 1,5%
- Qalqib chiquvchi oynalar: 1 - 8%
- Slayderlar va panellar: 1 - 5%
- Kirish sahifalari: 10 - 25%
- Xususiyatlar bloki: 3 - 9%
- Navigatsiya paneli: turlicha

Brafton o'z mijozi uchun tegishli va to‘g‘ri joylashgan CTAlarga e’tibor qaratgan holda dizayn o‘zgarishlarini amalga oshirgan.
- Maqola shablonlariga CTA tugmalarini qo‘shish bir oy ichida daromad 83% ga oshgan.
- Elektron tijorat konversiya darajasi chorakma-chorak 22 foizga oshgan.
- Blog o‘quvchilarining o‘rtacha buyurtma qiymati chorakma-chorak 49% ga oshgan.

Social Times o‘z elektron xatlariga ijtimoiy tarmoqlarda ulashish tugmalarini qo‘shganda, natijada bosishlar chastotasi (CTR) 158% ga oshgan.
CTR - bu reklamangiz oladigan bosishlar sonining reklama ko‘rsatilgan soniga nisbati hisoblanadi.

Ulashing!

@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

TOV nima?

Doim misol bilan tushuntirish osonroq

Manzara nma divotti, nimala dp tashavotti. A obunachila, manzarani jinnisimi?


Shu TOV

✔️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Doim 50 % avvaldan oling va qaytarib bermang

Ish jarayonida har xil holat bo'ladi. Ba'zan TZ to'liq bo'lmaydi, ba'zan ish chala bo'ladi. Ammo mijozning ham, mutaxassisning ham vaqti birdek qadrli

Yaqinda bir ish oldim. Men bilan mijozni o'rtasida 2 kishi bor.
Men - menejer - mijozning do'sti (menejerning boshlig'i) - mijoz.
Shunaqa sxema, xullas)
Doim 50 % oldindan to'lov asosida ishlayman. Buni men bilan ishlagan ko'pchilik yaxshi biladi. Bu safar ham xuddi shunaqa bo'ldi. Naming uchun 50 % oldindan to'lov oldim.

TZni mijoz boshliqqa aytgan, boshliq jamoaga, xullas mengacha qancha narsa yetib keldi, aniq bilmayman. Lekin tasavvur bor TZ bo'yicha. 3 ta variant topshirdim. Va mijozga yoqmabdi. Argumentlar bor, ammo to'liq emas. Men mijozni o'zi bilan hech bo'lmasa, Zoom qilishni aytdim. Yo'q.

Hozir yana 3 ta nom topshirdim: katta ehtimol bilan yoqmasa kerak.

Bu voqeadan olinadigan xulosalar:
1. Doim 50 % oldindan to'lov oling

2. Mijoz bilan to'g'ridan-to'g'ri gaplashing
Shunda u nima istayotganini aniq bila olasiz. Bo'lmasa, o'rtada fikrlar yo'qolib ketadi. Ayrim hollarda mijozdan gilam olinib, sizgacha "dastro'molcha" kelishi mumkin

3. Agar mijoz "Yoqmadi", "Tanishlardan so'rab ko'ray-chi", "Xotinim nima der ekan" kabi gaplarni aytsa, pulni qaytarib bermaslikka kelishing

Bugundan boshlab shartlar o'zgardi:
1. 50 % oldindan to'lov
2. Agar ish yoqish/yoqmasligi kayfiyatga qarasa, olingan to'lov qaytarilmaydi

Nega qaytarilmaydi?
Nom topish, uni pozitsiyaga moslash, taqdimot qilish...
Bularning barchasi vaqt va energiya talab qiladi. Ish jarayonida bular sarflab bo'lingan.

*agar shu shartlar bilan ishlasangiz, mijoz ham o'ylab, aql bilan muomala qiladi

✔️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Sizda vazifa bor: mashinani 0 dan boshlab yig'ish

Ammo vazifa oddiy emas. Siz g'ildirak uchun rezinani 0 dan kashf qilishingiz kerak. Dvigatelni ham, o'rindiqlarni ham...

Buning imkoni yo'q. Ammo nega insoniyat rivojlandi?

O'zgalarning tajribasini o'zlashtirgani va o'z tajribasini boshqalarga ulashgani uchun

Shunday tajribalar yig'ilgan bloglardan birini tavsiya qilaman: @cashvertising_abdulhamid

Kanalda marketing bo'yicha sinalgan tajribalar bilan tanishishingiz mumkin

Obuna bo'lib, manfaat olasiz degan umiddaman

Читать полностью…

Kopirayting

Bir kitobda yozilishicha:

Miyamizda ko'pincha 2 ta yo'l bo'ladi: bajarish yoki bajarmaslik
Bajarish ham o'z o'rnida 2 ga bo'linadi: oxirigacha bajarish va qisman bajarish

Agar matnning 30 %i o'qilsa, matn to'liq o'qilish ehtimoli baland
*87 % holda deb ketsam ishonarli chiqar edi, ammo buni qilmadim.

Demak, bizning vazifamiz ilk 30 % matnni imkon qadar qiziqarli va e'tiborni tortadigan qilib yozish.

Yana bir jihat. Hozirda informatsiya juda ko'pligi uchun miya matnni o'qishdan ko'ra, uni skaner qilishga moslashgan (evolyutsiya). Bu jarayonda matnni jozibador qismlar bilan boyitish muhim ahamiyatga ega. Ya'ni matnni diagonal bo'ylab yorqin ma'lumot, so'z, raqamlar bilan to'ldiring


Kitobni tugatib, yana yozaman

@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Marketolog sifatida, korxonada strategik g'oyalarni qachon amalga oshirmoqchisiz?

Agar hozirgi holatda davom etsangiz, bu hech qachon bo'lmasligi mumkin!


Misol tariqasida o'zimni keltiraman!So'nggi 5 yilda ko'p narsani o'rgandim, lekin hammasini faqat korxona uchun qilgan ekanman:
• Yangi sotuvchilarni ishga moslashtirish uchun sotuv texnikalarini o'rganib chiqdim.
• Dizaynni yaxshilash uchun Rossiyadagi kurslarga qatnashdim.
• SMM mutaxassisi ketgan taqdirda ham korxonamga foyda keltirish uchun o'zim bilim oldim.
• Mobilografiyani o'rganib, kurslarga qatnashdim.
• Kopirayterlik va ssenariy yozishni o’rganish kerak deb, bir qancha kitob o’qidim.

Lekin bularning hammasi korxona uchun ekanligini va u operatsion ish ekanligini keyin angladim. O'z karyeram uchun hech qanday reja tuzmagan ekanman.

Siz bu xatoni takrorlamang! Strategik fikrlang va amalda qo'llang.

Shu sabab, hozirda o'z tajribam asosida funksional xizmatlar produktlarini ishlab chiqib, ularni siz kabi hamkasblarga yetkazmoqdaman.

Ohirgi 10 kun ichida:
• 5 ta kuchli kopirayterlardan jamoa tuzdim.
• 10 dan ortiq Instagram sahifalarini audit qildik.
• Reels videolar uchun ssenariylar yozishni boshladik — asosiy maqsad marketologlarning vaqtini tejash uchun.

Korxona uchun ishlayveraman deb, o'z kelajagingizni unutmasligingiz kerak.

Agar sahifangiz auditi yoki Reels ssenariylari kerak bo'lsa, hoziroq bog'laning: @abdualimov_aa

Audit uchun faqat 5 ta sahifa qabul qilamiz.

Ssenariylarni o'zim yozaman desangiz, sahifamizga obuna bo'lib, uslublarni o'rganishingiz mumkin: @abloguz

Читать полностью…
Subscribe to a channel