copirayt | Unsorted

Telegram-канал copirayt - Kopirayting

6571

Oʻzbek tilidagi kopirayting blogi muallif: @copirayter

Subscribe to a channel

Kopirayting

Oʻqish osonmi?

Har birimiz maktabda oʻqiganmiz. Va oʻqituvchilar sinfdagi deyarli hammaga bir xil bilim beradi.
(biror kimni qulogʻiga shivirlab, qoʻshimcha narsa oʻrgatmasa kerak)
Lekin maktabni bitirganimizda hammaning bilimi har xil darajada boʻladi.

Toʻgʻri bu yerda bir nechta omillar bor:
• qoʻshimcha darslar
• irsiyat, genetik jihat
• ota-ona nazorati va hokazo

Lekin eng katta omil: mustaqil izlanish koʻnikmasi!

Oʻzbekistonda yashagan paytimda koʻp kuzatardim. Bolalar Ronalduning nechta va qaysi markadagi mashinasi borligini bilishadi, lekin DNK (Dezoksiribonuklein kislota) nimaligini bilmaydi.
7-sinf oʻquvchisi karra jadvalini bilmasligidan uyalmaydi, ammo TikTokda har kuni kamida 2 soat "oʻtiradi"

Kopirayting, dizayn, SMM, marketing kurslari ham xuddi shunaqa. Kimdir hozir 1 100 $ maosh olyapti, kimdir esa "kurs yaxshi emas" deb xulosa qilgan.

100 ga yaqin shogirdlarimning 15-20 nafari yaxshi maosh olib, faoliyat yurityapti. Qolganlar esa moʻjizani kutishda davom etmoqda...

*odatda 35-40 % oʻquvchilar vazifalarni toʻliq bajarmaydi va aybni oʻzidan soqit qilishga urinadi

Men ham oʻzimni toʻliq raqobat muhitida hisoblayman. Har kuni kamida 2 ta maqola oʻqiyman.

Yodda tuting! Fundamental bilimlar juda zarur va kurslar sizga aynan fundamental bilimlarni beradi. Qolgani esa oʻzingizga bogʻliq

@copirayt — sizning kopirayter doʻstingiz

Читать полностью…
Subscribe to a channel