cosmetology_uzb | Unsorted

Telegram-канал cosmetology_uzb - KOSMETOLOGIYA 🐚

82

Kosmetologiyada qo‘llaniladigan zamonaviy, shu bilan birga tabiiy usullardan bahramand bo‘ling! O‘zingizga qancha e‘tibor bersangiz shuncha go‘zal bo‘lasiz! Manzilimiz: @cosmetology_uzb Reklama uchun: @tibbiy_reklama

Subscribe to a channel

KOSMETOLOGIYA 🐚

👩‍🦳Sochning erta oqarishi qarilikdan emas, salomatlikda muammo borligini ko‘rsatadi

❗️— Masalan, ba’zida 19-20, 20-25 yoshli insonlarning ham sochlariga oq oralashi mumkin.

Bu esa, qarilikdan emas, insoning salomatligida muammo borligini ko‘rsatadi. Ayrim hollarda esa, vitaminlar yetishmovchiligi, sochni sifatsiz yuvish vositalaridan foydalanilishi ham sochlar oqarishiga sabab bo‘lishi mumkin.

@COSMETOLOGY_UZB

Читать полностью…

KOSMETOLOGIYA 🐚

❓Юз териси кўчиши нима сабабдан содир бўлади?

🔸Тери пўстлоғи кўчиши қуруқлик белгисидир. Эпидермиснинг юқори ҳужайраларида намлик етишмайди, у соғлом ҳужайраларга йўл очиш учун нобуд бўлади ва кўчади.

❓Нима учун бундай содир бўлади?

☀️Қуёш. Ултрабинафша нурлари эластин ва коллаген моддаларини йўқотиб, тери ҳужайраларини ўлдиради. Кейин эса тери қуруқлашади. Бундан сақланиш учун қишда ҳам қуёшдан сақловчи кремлардан фойдаланинг.

🧴Мос келмайдиган косметика. Эпидермисга таркибида алкогол ва ёғли терига мўлжалланган қаттиқ ювиш воситалари бўлган косметика таъсир кўрсатади. Кундалик фойдаланадиган крем танлаётанда спирт ва кислоталарсиз бўлишига аҳамият беринг.

❄️Совуқлик.Ҳарорат ва ҳаво намлигининг пастлиги тери юқори қатламлари қуришига сабаб бўлади. Эпидермисни совуқдан ҳимоя қилиш учун кўчага чиқишдан олдин ёғли ва озиқлантирувчи кремлардан фойдаланинг.

🚿Иссиқ сув. Душ, ҳаммом, сауна, буғ ҳаммоми ёки шунчаки иссиқ сув билан ювиниш тери тешикларини кенгайтиради. Шунинг учун терида жуда кўп намлик йўқотилади.

🤧Аллергик реакциялар. Масалан, совуққа. Бундай аллергиянинг одатий аломати дерматитдир: терининг очиқ жойларида, хусусан, юзда шилимшиқ ва қичишадиган доғлар пайдо бўлади. Бу кремнинг таркибий қисмларига реакция бўлиши мумкин.

💆🏻‍♀️Айрим тери касалликлари. Атопик дерматит (экзема) ёки тошбақа касаллиги каби баъзи бир тери касалликлари бўлган одамларнинг териси қуруқ бўлади.



@COSMETOLOGY_UZB

Читать полностью…

KOSMETOLOGIYA 🐚

📌Husnbuzarli yuzni parvarishlash haqida

👩🏻‍🦰 Husnbuzar qanday turda bo‘lsa ham, bunda yuz terisini davolash kerak. Husnbuzarlarni davolash va terini parvarish qilish bir xil narsa emas.

🚿Tozalash vositalari. Tozalovchi vosita bilan kuniga ikki marta namlangan yuz va boshqa husnbuzar joylarini yumshoq massaj qiling, so‘ng yaxshilab yuvib tashlang.

🚫Umumiy sochiqdan foydalanmang. Bir marta ishlatiladigan salfetkalarni ishlating. Yoki kichkina ro‘molcha to‘plamini sotib oling, ularni issiq suvda yuving, quritib dazmollang.

💆‍♀️Skrablardan yengil husnbuzarlar uchun va haftada bir martadan ko‘p bo‘lmagan holda foydalaning.

🧼Dush geli va sovunlarni kuniga bir marta yumshoq mato bilan surting. Matoni faqat suv bilan namlang.

@COSMETOLOGY_UZB

Читать полностью…

KOSMETOLOGIYA 🐚

Yael Adler: Terida qanday sirlar yashiringan. Hayotimizni belgilab beruvchi 2 kvadrat metr maydonga ega soha...

Inson terisi — tashqi dunyo signallarini tanamizga uzatuvchi va qo‘zg‘atuvchilarga o‘z vaqtida javob berishga ko‘maklashuvchi a’zo. Teri — a’lo darajadagi yordamchi, lekin ikki metrlik maydonga ega bo‘lgan bu hudud bakteriyalar, zamburug‘lar va viruslarga qulay makon sanaladi.

Terimiz nechog‘li muhim vazifani bajarishini hattoki tasavvur qila olmaymiz va shunga yarasha unga keraklicha e’tibor bermaymiz va g‘amxo‘rlik qilmaymiz. Kitoblar unga bo‘lgan munosabatimizni tubdan o‘zgartirishimiz kerakligiga undaydi.

@COSMETOLOGY_UZB

Читать полностью…

KOSMETOLOGIYA 🐚

Ozish istagida bo‘lganlar uchun yetti maslahat

1. Ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga astoydil kirishgan bo‘lsangiz, moddalar almashinuviga halaqit bermang. Avvalo taomlangandan so‘ng shirinlik yeyish odatidan voz keching. Shirinilikxo‘rlikni tushlikkacha bemalol bajarishingiz mumkin. Ammo undan keyin og‘zingizga «qulf» solganingiz ma’qul.

2. Ertalab nonushtagacha bir stakan qaynatib tindirilgan yoki ma’danli suv iching. Suv teri hujayralarini namlantirib, keksayish alomatlarini sekinlashtiradi. Shu bilan birga ichaklardagi tiqinlarni haydaydi.

3. Taomnomangizda olti turdagi mahsulot, albatta, bo‘lishi kerak. Bular: shirin, nordon, achchiq, sho‘r, chuchuk va taxir ta’mli yeguliklar. Ana shunda organizm o‘ziga kerakli bo‘lgan vitaminlarni qabul qiloladi.

4. 200 gr suyuq asalga yarimta limon sharbati, 1 osh qoshiq yanchilgan zanjabil kukunini aralashtirib qo‘ying. So‘ng ushbu aralashmani har kuni nahorga yarim choy qoshiqdan qabul qilasiz. Asal tanaga quvvat bersa, zanjabil immunitetni mustahkamlaydi.

5. Ovqat vaqti suyuqlik ichmang. Taomlanishdan 20 daqiqa oldin yoki keyin choy ichish maqsadga muvofiqdir.

6. Kechki soat oltidan so‘ng yengil hazm bo‘luvchi taomlar iste’mol qilishini lozim. Agar uyquga yotishgacha ochiqsangiz, bodom, mayiz yoki yashil olma yeyishingiz mumkin. Yotishdan oldin esa bir stakan sut yoki qatiq ichishga odatlaning.

7. Uyquga yotishdan oldin terini oziqlantiruvchi krem bilan qo‘l-oyoq va qorin sohasini yengil uqalang. Muolaja so‘ngida terini asta chimdib olsangiz ham bo‘ladi. Bu terida qon aylanishini yaxshilaydi.

@cosmetology_uzb

Читать полностью…

KOSMETOLOGIYA 🐚

Teridagi chandiq va dog‘larni ketqazish usullari

Tanamizning biror qismida kuyishdan qolgan dog‘lar dam-badam o‘sha ma’shum kunni eslatadi. Ular tufayli tashqi ko‘rinishidan qoniqmay, o‘ziga ishonchi pasayib borayotgan kishilar ham oramizda, afsuski, kam emas… Bugun zamonaviy tibbiyotda dog‘ va chandiqlarni bartaraf etishning bir qancha yo‘llari topilgan bo‘lib, ular haqida oliy toifali shifokor, dermato-kosmetolog ma’lumot berdi.

Nega chandiqlar kattalashadi?

Yuqori haroratda kuyish natijasida terida chandiq yoki izlar paydo bo‘ladi. Teri ustki qavatining tuzilishi buzilsa-da, uning ostidagi mushaklar hamon o‘z faoliyatini bajaraveradi. Teri ostidagi tomirlarda tinimsiz qon aylanishi terini ozuqaviy moddalar bilan oziqlantirib, to‘yintirib boradi. Buning oqibatida esa chandiqning o‘lchami kattalashib ketishi mumkin. Odatda hajmida kattalashayotgan chandiqlarni bo‘yin atrofi, ko‘krak qismi, yelka, bo‘yin va iyakda uchratish mumkin. Ammo kichik yoshdagi bolalarning tanasidagi har bir chandiq kattalashish xususiyatiga ega.

Mustaqil davolanish samaralimi?

Kuyish natijasida terida qolgan izlarni uy sharoitida davolash mumkin, lekin bu bilan chandiq butunlay tuzaladi deb o‘ylash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Dorixona peshtaxtalarida chandiqlarga qarshi bir qancha surtmalarni topish mumkin. Belgilangan muddat davomida yo‘riqnomaga to‘liq amal qilib foydalinilganda umumiy holatning ko‘pi bilan 15 % ga yaxshilanishiga erishish imkoni bor.

Jarrohlik amaliyoti

Umumiy anesteziya ta’sirida o‘tkaziladigan jarrohlik amaliyoti yordamida husnga soya solib turgan izlardan bir umrga halos bo‘lish imkoniyati mavjud. Xo‘sh, tig‘ tegizish yordamida bajariladigan muolaja kimlarga tavsiya etiladi? Katta ko‘lamda terining shikastlanishi, chandiqlarning o‘sishi va harakatlanishga halal berishidan azoblanayotgan bemorlarga jarrohlik amaliyoti buyurilishi mumkin. Jarroh operatsiya qilishdan avval chandiq va uning atrofidagi terini yaxshilab o‘rganadi. Amaliyot chog‘i chandiq to‘qimalari olib tashlanib, kosmetik chok tushiriladi. Natijada, katta chandiq o‘rnida sezilar-sezilmas chok izi qoladi. Biroq bunday natijani ko‘rish uchun biroz sabr qilishga to‘g‘ri keladi. Ungacha esa ko‘pi bilan olti oy davomida shifokor buyurgan malhamlarni chok ustiga surtib yurish tavsiya etiladi.

Taxminiy narxi: jarohatning kattaligi va teri qavatida joylashgan chuqurligiga qarab belgilanadi.

Lazer yordamida silliqlash

Kosmetolog shifokor lazer nurini taratuvchi asbob yordamida chandiq to‘qimalarini qavatma-qavat olib tashlaydi. Muolaja so‘ngida yoqimsiz iz o‘rnida yangi va sog‘lom teri paydo bo‘ladi. Muolajani boshlashdan avval terining shikastlangan qismiga og‘riq qoldiruvchi dori yuborilgani bois bemorlar bezovtalanmaydi. Lazer nuri yordamida silliqlashdan keyin terida qizarish, shish va og‘riq sezilishi mumkin. Aslo tashvishlanmang, bu belgilar 10 kun ichida yo‘qoladi. Muolaja necha seansda o‘tkazilishini esa shifokor belgilaydi. Amaliyotdan so‘ng yangi teri yallig‘lanishini oldini oladigan va qon aylanishini yaxshilaydigan bir qancha dorilar tavsiya etilishi mumkin.

Taxminiy narxi: jarohatning kattaligi va teri qavatida joylashgan chuqurligiga qarab belgilanadi.

Davomi
⤵️⤵️⤵️

Читать полностью…

KOSMETOLOGIYA 🐚

⚡️Talablarga binoan!

Pardoz vositalarisiz go‘zal bo‘lish sirlari

Biz har kuni pardoz qilishga odatlanganmiz. Ammo kundalik pardozlar tufayli terimiz yaxshi nafas ololmaydi. Natijada unda turli muammolar — husnbuzar va ajinlar yuzaga kela boshlaydi. Shu sabab ko‘pchilik qizlar ko‘chaga pardozsiz chiqolmay qoladi. «Hordiq plyus» nashri tomonidan taqdim etilgan quyidagi usullar esa pardozsiz ham yaxshi ko‘rinishga yordam beradi.

Chiroyli va toza yuz terisi. Ko‘p hollarda pardozdan yuzdagi nuqsonlarni yashirish maqsadida ham foydalanamiz. Pardoz bilan ham, pardozsiz ham chiroyli ko‘rinishni istasangiz, eng avvalo, yuz terisining salomatligi haqida qayg‘urishingiz darkor. Bunda asosiy e’tibor to‘g‘ri ovqatlanishga qaratilishi lozim. Shu bois ovqatlanish ratsionidan zararli mahsulotlarni hamda spirtli ichimliklarni olib tashlash va noma’qul odatlar (yuzni burishtirish, qashish, qo‘l bilan hadeb yuzni ushlash) ni yo‘qotish talab etiladi. Kuniga 1,5-2 litr suv ichishni unutmaslik kerak. Bundan tashqari, yuz terisini oziqlantiruvchi va namlantiruvchi kremlar bilan siylab turish ham juda muhim.

Qoshlar — ko‘zlar gardishi. Chiroyli qosh-ko‘zlarni ajoyib ramkaga solingan suratga o‘xshatish mumkin. Tabiiy chiroyli qoshlar pardozsiz ham chiroyli ko‘rinishga yordam beradi. Hozirda qoramtir va qalin qoshlar urfda. Qoshlarni ingichka terib olishga oshiqmang. Bundan tashqari, qosh qancha ingichka terilgan bo‘lsa, odam shuncha yoshi kattaroq ko‘rinadi.

Yaxshi uyqu. Yaxshi uyqu nafaqat salomatlik va tetiklik, balki go‘zallikning ham garovi. Agar uyquga to‘ymagan bo‘lsangiz, pardozsiz ko‘chaga chiqish noqulaylik tug‘diradi. To‘yib uxlab olgan vaqtingizda yuzingizdan nur taralib turishi shubhasiz. Ana o‘shanda ko‘chaga pardozsiz chiqishingiz mumkin bo‘ladi.

Lablar parvarishi. Lablar yuzimizning eng muhim qismlaridan biridir. Ammo ko‘pchilik lablarni parvarishlashni unutadi. Shu bois lablarga e’tibor berish va ular uchun maxsus kosmetik vositalardan yoki uy sharoitida tayyorlangan niqoblardan foydalangan ma’qul.

Ko‘zlar va kipriklar. Kipriklar ham parvarishga muhtoj. Kanakunjut moyi esa ularning qalinroq va uzunroq bo‘lishiga yordam beradi. Shu bois har kuni kipriklarga kanakunjut moyidan surtishga odatlansangiz, tez orada ularning uzunlashganini ko‘rasiz.

@cosmetology_uzb

Читать полностью…

KOSMETOLOGIYA 🐚

👩‍🦰Bugun qaysi go‘zallik saloniga kirmang “piling”, “botoks”, “mezoterapiya” xizmatlariga ko‘zingiz tushadi. Mutaxassis sifatida yuzga shu usulda “ishlov” berishlariga qanday qaraysiz?

— Aholi orasida kosmetologik xizmatlar keng tarqalishi kuzatilmoqda.

Bu muolajalar, so‘zsiz, mutaxassislar tomonidan bajarilishi zarur va maxsus muolajalar in’yeksiyalar, botulotoksin yoki neyronoks, mezoterapevtik muolajalar, pilinglar aniq ko‘rsatmalar asosida, tavsiyalarga ko‘ra bajarilishi shart.

Kosmetologik muolajalar malakali mutaxassislar tomonidan qat’iyan nazorat bilan maxsus sharoitda o‘tkazilishi kerak. Tanlangan mahsulotlarda davlat sertifikati bo‘lishi zarur.

Kosmetologik muolajalarni aynan yoshiga, terining holatiga qarab, mutaxassis tanlaydi va tavsiya qiladi. To‘g‘ri tanlangan tibbiy kosmetologik muolajalar terini go‘zallashtiradi va yoshartiradi.

@COSMETOLOGY_UZB

Читать полностью…

KOSMETOLOGIYA 🐚

#botoks

Botulotoksin - bu Clostridium botulinum bakteriyasining hayot faoliyati mahsuli hisoblangan oqsilli neyrotoksin (neyrotoksin - bu nerv tolasini falajlovchi zahar). Bu bakteriya ko‘pchilikka tanish bo‘lib, buzilgan, qopqog‘i ko‘tarilgan konserva mahsulotlarida bo‘ladi, bunday mahsulotni iste‘mol qilgan odam BOTULIZM kasalligiga chalinadi. Botulizm og‘ir nevrologik shikastlanish bilan kechuvchi kasalllik bo‘lib, vaqtida yordam ko‘rsatilmagan har qanday bemor hayotdan ko‘z yumadi. Bunday og‘ir zaharlanishni aynan kosmetologiyada qo‘laniluvchi botulotoksin yuzaga keltiradi va u fanga ma‘lum eng kuchli tabiiy zaharlardan biridir.

Tabiiyki, undan kosmetologik maqsadlarda foydalanish uchun ko‘rsatmalar bilan birga o‘ta qat‘iy qarshi ko‘rsatmalar ham bor.

Xursand bo‘ladigan joyi shuki, zamonaviy yoshartiruvchi muolajalarda xavfsiz botulotoksin qo‘llaniladi. U bosh miya po‘stlog‘idan faqat yuzning ma‘lum qismiga keluvchi impulslarni bloklab, qolgan to‘qimalarga zararli ta‘sir ko‘rsatmaydi.

@COSMETOLOGY_UZB

Читать полностью…

KOSMETOLOGIYA 🐚

👩‍🦰👩‍🦰👩‍🦰

Yuz terisida muammolar paydo bo‘lishining 5 sababi 🖐

@cosmetology_uzb

Читать полностью…

KOSMETOLOGIYA 🐚

Akne? - Qovurilgan ovqat mumkinmi!🍗

Qanchalik jozibali ko‘rinmasin, ammo yog‘li ovqat va shokoladdan tiyilish sizni husnbuzardan xalos eta olmaydi. Bugungi tibbiy ma’lumotlarda biz iste’mol qiladigan ovqat bilan akne yoki husnbuzar paydo bo‘lishi o‘rtasida aloqa borligiga ishora yo‘q.

Garchi sog‘liq uchun qovurilgan taom va shirinliklardan chetroq yurish foydali bo‘lsa-da, bu teringiz holatini yaxshila olmaydi. Ba’zi kosmetik vositalar, terlash va yuqori namlik aknedagi holatni yanada yomonlashtirishi mumkin.

Sizni husnbuzar bezovta qilsa, dermatologga murojaat qiling-da, bemalol shokolad yeyavering.

@COSMETOLOGY_UZB

Читать полностью…

KOSMETOLOGIYA 🐚

Yassi oyoqlik — beziyon kasallik emas.

U osteoxondroz, artrit, umurtqa suyagining qiyshayishi, tizzalarda og‘riq, varikoz kasalligi va hatto oqsoqlanishga ham sabab bo‘lishi mumkin. Eng avvalo, yassi tovonlikdan umurtqa pog‘onasi va tayanch-harakat aʼzolari aziyat chekadi.

@COSMETOLOGY_UZB

Читать полностью…

KOSMETOLOGIYA 🐚

#botoks

Natija qancha vaqt saqlanadi?

Vrachlar tajribasi aytadiki, yuz uchun botoks 3 oydan 6 oygacha saqlanadi. Ko‘pchilikda effektning davomiyligi bemorning yoshiga va teri holatiga bog‘liq.

Botulotoksinning effekti qayerda qancha vaqt saqlanadi?

✅ Lablar, og‘iz burchagi - 4-12 oy.
✅ Ko‘z chetidagi "G‘oz" panjalari, qosh usti yoylari - 3-6 oy.
✅ Chaynov bezlari sohasi, yonoqlar - 6 oygacha.
✅ Burun-lab burmalari - 2-6 oy.

Bu muddatlar tugagach terida yana muskullar harakatiga bog‘liq ajinlar paydo bo‘ladi va botoks amaliyotini o‘tkazish mumkin. Buni vrach-kosmetolog hal qiladi.

@COSMETOLOGY_UZB

Читать полностью…

KOSMETOLOGIYA 🐚

ODDIY HUSNBUZAR (AKNE VULGARIS)

Jinsiy balog‘at yoshidagi yoshlarning eng katta muammolaridan biri bu - husnbuzar.

Husnbuzar(Akne) - soch xaltasi va yog‘ bezlarining yiringli yallig‘lanishi.

Buning asosiy sababi balog‘at yoshidagi yuqori gormonal(ayniqsa androgenlar) faollikdir.

Husnbuzarning eng oddiy davosi bu - salitsil kislotaning 1% li eritmasini yoki 2 %li mazini kuniga 2-3 marta yuzga surishdir.

Muallif: Doctor Muxtorov

@cosmetology_uzb

Читать полностью…

KOSMETOLOGIYA 🐚

Yuzingiz terisi quruq bo‘lsa nima qilish kerak?

Quruq yuz terisi uchun qanday niqoblar bor?

Maqolani o‘qish...

@cosmetology_uzb

Читать полностью…

KOSMETOLOGIYA 🐚

Қишда юз терисини қандай парвариш қилиш мумкин?

💧Кўп
миқдорда сув ичинг. Инсон танаси ўртача 70 фоиз сувдан иборат. Тананинг сув мувозанатини сақламасдан, унинг нормал ишлашини тасаввур қилиш мумкин эмас. Кунига камида 1 стакан сув ичинг.

🥗Овқатланиш тартибига риоя қилинг. Соғлом ва мувозанатли овқатланиш терининг ҳолатига катта таъсир кўрсатади, шунинг учун ҳаддан ташқари ёғли овқатлар ва шакар кўп бўлган овқатлардан сақланинг.

💊Витаминлар ҳақида унутманг. Қишда танада витаминлар етишмаслиги сезиларли кузатилади. Қуёш нурлари танқис бўлган қишда D витаминига эҳтиёж кучаяди. Бу витаминни озиқ-овқатлар: қўзиқорин, балиқ ёғи, жигар ва бошқалардан олиш мумкин.

👩🏻‍🦰Терингиз туридан қатъи назар универсал маслаҳатларга эътибор беринг: қиш учун сувли крем ўрнига ёғли, қуюқроқ ва тўйинган кремни танлашингиз керак.

❄️Агар совуқда кўчада узоқ вақт юрсангиз, совуқ об-ҳаво учун мўлжалланган колд-кремдан фойдаланишингиз керак.



@COSMETOLOGY_UZB

Читать полностью…

KOSMETOLOGIYA 🐚

Semirishni istaganlar uchun diyetolog maslahati

Semirish yoki ozish istagida bo‘lganlar shifokor mutaxassislar ko‘rigidan o‘tib, ozib ketish (semirish)ning sabablarini o‘rganiladi. Tashxis qo‘yishda kishining vazni, bo‘yi, yoshi, nima ish bilan shug‘ullanishi, nasliyati ham muhim. Ozg‘inlik nasliy ham bo‘lishi mumkin, bunaqalar har qancha ovqat tanavvul qilsalar ham semira olmaydilar. Xalqda bunday odamlarni “chayir” deyishadi. Qolaversa bu biror bir kasallikning belgisi bo‘lish ehtimoli ham bor. Surunkali oshqozon ichak kasalliklari, endokrin bezlar tizimining buzilishi, yoki tanadagi turli gilmentlar (gijja va shunga o‘xshash) sababidan ham bo‘lishi mumkin. Shu bois mutaxassis shifokor nazoratidan o‘tish maqsadga muvofiq. U tashxis qo‘ygach, kasallikdan kelib chiqqan holda bemorga parhez va davolash muolajalarini tavsiya qiladi.
Noma‘qul ish bilan shug‘ullanish ham odam fiziologiyasiga ta’sir qiladi. Kun davomida jismoniy mehnat bilan shug‘ullanish yoki ovqat yeyish tartibining buzilishi (ayniqsa talabalarda) ozg‘inlikka sabab bo‘lishi mumkin. Asablar charchashi oqibatida ham odam ozib ketadi.

Semirish uchun…

Taomning to‘la hazm bo‘lishi uchun ishtaha muhim. Chunki ishtahani tananing ovqatga bo‘lgan talabi deyish mumkin. Taomlarda ham o‘simlik va ham hayvonot yog‘lari, go‘sht bo‘lishiga ahamiyat berish, yengil hazm bo‘luvchi ovqatlar tanavvul qilish lozim. Kechki taom uyquga yotishdan kamida 2 soat avval yeyilishi kerak. Yotishdan avval ochlik his qilsangiz sut va sutli mahsulotlar (qatiq, kefir, yogurt, tvorog) yeyish foydadan holi bo‘lmaydi.

Bir sutka davomidagi taom tanovuli (hajmi suv bilan birga 3 litrgacha) 5‑6 martaga taqsimlanib, oz‑ozdan iste’mol qilinishi lozim. Ovqat ratsioniga turli meva, sabzavotlar va asal mahsulotlarini qo‘shish ham foydali. U tanani vitaminlarga boyitadi va ishtahani ochadi.

Tana vaznini ko‘tarish uchun oqsil va B guruhi (B1, B2, B3, B5, B6, B9, B12, B15) vitaminlarga boy bo‘lgan xamirturush eritmalarini (pivnыye drojji) qabul qilish ayni muddao. Xamirturush eritmalarini dorixonalardan olish mumkin.

Vazningizni orttirishda ham ma’lum qoidalarga rioya qiling. Oz vaqt ichida ko‘p vazn orttirishning salomatlik uchun zarari bor. Parhezga ahamiyat bering. Vazn orttirish uchun esa to‘g‘ri va tartibli ovqatlaning.
Ishtahani ochadigan narsalar iste’mol qiling. Masalan, ovqatdan avval meva sharbati yoki gazli suv iching.
Kuniga 6 marta ovqatlaning. To‘yimli nonushta, tushlik va kechki ovqat tanovuli orasida, ikkinchi nonushta, ikkinchi tushlik ham qilib, meva‑cheva yeb oling.

Ko‘proq suyuqlik iching. Turli sharbatlar, sutli mahsulotlar kaloriyaga boy va tanani to‘yintiradi. Kuniga 1.5‑2 litr suyuqlik iching.

Xamir ovqatlar, turli shirinliklar, makaron va non mahsulotlari ham vazn oshiradi. Kaloriyaga boy mahsulotlar sirasiga oq non, jo‘xori, kartoshka, qaymoq, qora shokolad va go‘sht kiradi.
Maxsus vitaminlar qabul qiling. Hozirgi kunda dorixonalarda kalsiy, proteinlar va uglevodlarga boy multivitamin darmondorilar mavjud. Faqat ularni qabul qilishdan avval mutaxassis shifokor bilan maslahatlashing.

Tanani chiniqtiruvchi sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullaning. Aks holda iste’mol qilayotgan kaloriyalar bo‘ksa va qorinda yig‘ilib, qomatingizni xunuklashtirib qo‘yishi mumkin.

Yuqorida keltirilgan fikrlar diyetologiyaning umumiy, ko‘pchilikka to‘g‘ri keladigan tavsiyalariga kiradi. Ma’lum bir odamga ovqatlanish yuzasidan kerakli tavsiyalarni berish uchun esa talabgorni ko‘rikdan o‘tkazish kerak bo‘ladi. Kerakli ma’lumotlar yig‘ilgach, lozim topilgan tavsiyalarni berish mumkin.

@COSMETOLOGY_UZB

Читать полностью…

KOSMETOLOGIYA 🐚

https://telegra.ph/5-byuti-sirlar-Uehls-malikasi-Dianadan-09-29

Читать полностью…

KOSMETOLOGIYA 🐚

Yuzning plastik operatsiyasi

O‘rta asrlarda, Leonardo da Vinchi, Durer kabi buyuk rassomlar birinchi bo‘lib inson yuzi uchun estetik standartlarni belgilab chiqishga va ularni yuzning taxlil model sifatida qullashga muvaffaq bo‘lishgan. Yuzning vertikal va gorizontal proyeksiyasining ideal nisbati matematik ifodasi 4:3 teng (da Vinchi). Shuningdek, yuzning uch mutanosib ravishda teng (yuqori, o‘rta va pastki) qismlari belgilangan. Burun esa yuz arxitekturasida markaz deb hisoblangan.

Yosh o‘tishi sayin, inson yumshoq to‘qimalarining elastik xususiyatlari pasayishi natijasida tashqi ko‘rinish ham o‘zgaradi. Bu o‘z navbatida qoshlarni «tushib qolishi», ko‘zlar yonida «g‘oz oyoqchalari» deb ataluvchi ajinlar, «qopchalar», lablarning burchaklari yonida «marionetka» chiziqlari kabi o‘zgarishlar shakllanishi bilan namoyon bo‘ladi.
Nisbatan yoshroq (35-40 yoshda) yuz uchun asosi yuqoriga qaragan uchburchakka yaqinlashgan shakl xos bo‘ladi, katta yoshdagi (40 yoshdan keyin) yuzning shakli esa yumshoq to‘qimalar yanada pastga siljishi natijasida vertikal yo‘naltirilgan to‘rtburchakni ko‘proq eslatadigan shaklga yaqinlashadi.

Mazkur plastik amaliyot bemor chehrasiga yoshroq ifoda berish, shuningdek «toliqib qolgan» ko‘rinishdan xalos etish maqsadida bajariladi.

Yuz plastikasining (yuz tortilishi) turlari

Yuzning korreksiya qilishga mo‘ljallangan qismlariga nisbatan yuqori, o‘rta va pastki zonalarning tortilishi farqlanadi. Yuzning yuqori qismining tortilishi ko‘proq nisbatan yoshroq bemorlarda bajariladi, yoshi kattaroq bo‘lgan bemorlarda esa o‘rta va pastki uchtan biri tortilishi talab etiladi. Ko‘pincha mazkur amaliyot qovoqlarni plastikasi bilan birgalikda o‘tkazilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bundan tashqari, kompleks yondashuv ham muhim deb hisoblanadi va ba’zan plastika davomida lipofilling bajarilishi mumkin.

Endoskopik usul ko‘pincha quyidagi quyidaga hollarda amalga oshiriladi:

✅qoshlarning «osilib qolishi » mavjud bo‘lsa;

✅yuzda «g‘oz oyoqchalari» mavjudligi;

✅yuz uchun «charchagan» ko‘rinish xos;

✅peshona va qoshlari o‘rtasida ajinlar mavjudligi;

✅Shuningdek, endoskopik nazorat yordamida, yuz korreksiyasi davomida alohida bosqichlarini bajarilishida foydalanish mumkin.

Amaliyot o‘tkazilishidan oldin bemor uchun qanday ma’lumot foydali bo‘lishi mumkin?

Yuz plastikasi (shu jumladan, endoskopik plastikasi ham) umumiy og‘riqsizlantirish yani umumiy narkoz yordamida o‘tkaziladi. Face-lifting operatsiyasi odatda 3-4 soat davom etadi.

Yuz plastikasidan so‘ng kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar va holatlar:

Yuz shishlari, odatda, operatsiyadan keyin paydo bo‘lib, operatsiyadan keyin bir necha hafta davomida qaytishi kuzatiladi

O‘rtacha darajada bo‘lgan gematomalar odatda ko‘pchilik bemorlarda ma’lum vaqt davomida qaytadi

Operatsiyadan keyingi chandiqlar. Ular tabiiy teri burmalari va boshning soch bilan qoplangan joylarda qolgani tufayli odatda ko‘rinmas bo‘ladi.

Teri sezuvchanligini kamayishi ham vaqtinchalik bo‘ladi

Amaliyotdan so‘nggi davr

Bir oy muddat davomida, bo‘yinda faol harakatlarni (yuz pastki qismining korreksiya qilinganidan so‘ng) qilmaslik tavsiya qilinadi.

Qanday holatlarda yuzning plastik operatsiyasi tavsiya etilmaydi?

Yuz plastik operatsiyasi quyidagi holatlarda tavsiya qilinmaydi:

❌Infeksion kasalliklar aniqlangan holatlarda

❌Og‘ir somatik patologiya aniqlangan holatlarda

❌Endokrin tizimining kasalliklari aniqlangan holatlarda

❌Qon ivishi buzulishida

❌Qandli diabet kasalligida

❌Keloidozga moyillik aniqlangan holatlarda.

@cosmetology_uzb

Читать полностью…

KOSMETOLOGIYA 🐚

⤵️⤵️⤵️

Teridagi chandiq va dog‘larni ketqazish usullari (Davomi)

Mikrodermabraziya va kimyoviy piling

Lazerli silliqlashga o‘xshash muolaja bo‘lib, teriga kamroq shikast yetkaziladi. Chunki bunda chandiqqa qarshi lazer nuri emas, balki alyuminiy oksidining kukuni kurashadi. Kimyoviy pilingda esa bir qancha kiyoviy kislotalar (glikol, retinol va fenol)dan foydalanib, teriga ishlov beriladi. Odatda bu ikki muolaja chuqur bo‘lmagan chandiqlarga nisbatan qo‘llaniladi. Kimyoviy moddalar ta’sirida terining ustki qismi ko‘chib tushadi, o‘rniga esa yangisi chiqadi.

Krioterapiya

Kuyishdan qolgan dog‘larni ketkazishning eng og‘riqsiz usuli. Krioterapiya muolajasida suyuq azotdan foydalaniladi. U chandiq to‘qimalariga tekkan zahoti ularni kuydirib tashlaydi. Bu texnologiya kuygandan so‘ng ko‘p vaqt o‘tmay bajarilsa, natijasi kutilgandan ham a’lo darajada bo‘ladi.

Ba’zan shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra chandiqdan butunlay va tez xalos bo‘lish uchun yuqorida tavsif berilgan muolajalarning bir nechtasini birgalikda olib borish buyurilishi mumkin.

@cosmetology_uzb

Читать полностью…

KOSMETOLOGIYA 🐚

​​Homiladorlik davrida yuzga dog‘ tushishining sababi nima?

Asosiy sabab bu homilador ayolning organizmidagi gormonal o‘zgarishlardir. Gormonlar ta’siri ostida terida melanin moddasi ko‘payib dog‘lar paydo bo‘ladi.

Shuning uchun dog‘lar nafaqat homiladorlik paytida balki organizmda gormonal o‘zgarishlar yuz berganda ham tushadi, masalan gormonal kontraseptivlardan foydalanish, abort, hayz kelish davrining buzilishi va hokazo. Bunday dog‘lar melazma deb ataladi. Odatda, melazmalar homiladorlikdan so‘ng, birinchi hayz kelishi bilan organizmning gormonal holati to‘g‘irlanganda yo‘qolib ketadi. Lekin gormonal holat yaxshilanib dog‘lar yo‘qolmasa, demak, bu xloazma dog‘i paydo bo‘lganidan dalolat beradi.

Dog‘ tushish ehtimoli quyidagi holatlarda oshadi:

Nasliy moyillik, ayol terisining rangi to‘qligi, terida yallig‘lanishning mavjudligi, oshqozon-ichak kasaliklarining mavjudligi.

Quyoshdan ehtiyot bo‘ling!

Teriga dog‘ tushuruvchi melanin moddasi quyosh nurlari ostida yanada ko‘payish imkoniyati katta. Shuning uchun odatda dog‘ bahor-yoz faslida kuz-qish fasliga nisbatan ko‘proq tushadi.

Shuning uchun:

▪️Bahor-yoz fasllarida homilador ayol, albatta, quyosh nurlariga qarshi kremdan foydalanishi zarur;
▪️Kremning quyoshdan saqlash kuchi kamida SPF35 ga teng bo‘lishi va ultrabinafsha nurlaridan saqlay olishi lozim (krem idishida yozilgan bo‘ladi);
▪️Agar quyosh nurlari ostida uzoq vaqt bo‘lish kerak bo‘lsa, kremni bir necha bor qayta surib turish lozim;
▪️Ayrim moddalar teridagi melanin moddasini kuchaytirish imkoniyatiga ega. Masalan, dengiz bo‘yida apelsin yeganingizda u teringizga sachrasa, o‘sha joylarga dog‘ tushib qolishi mumkin.
▪️Agar teringizga dog‘ tushganini sezsangiz, u bilan kurashishga shoshilmang. Vaqt o‘tib o‘zi ketib qolish ehtimoli katta.

Dog‘larni kosmetologik uslublar bilan ketkazish yo‘llari quyidagilardan iborat:

▪️Yuzni oqartiradigan kremlar. Bunday kremlar tarkibida melanin moddasini yo‘q qiluvchi moddalar mavjud. Teringizga mos bo‘lgan kremni topib, ishlatib yuring, dog‘lar ancha bilinmay qoladi.
▪️ELOS protsedurasi - bunda teriga chiroq yoki elektrik ta’sir qilinadi va dog‘lar bilinmay ketadi.
▪️Lazer - teridagi melanin moddasini ishlab chiqaruvchi melanotsidlarni ko‘payishini yo‘q qiladi, dog‘lar kamayib yo‘q bo‘lib ketadi.

Terini oqartirish uchun tabiiy niqoblardan ham foydalansa bo‘ladi:

🔹Bodringli niqob: bodringni qirg‘ichdan chiqarib, ozgina smetana qo‘shiladi va 1 choy qoshiq limon sharbati bilan aralashtiriladi. Terining dog‘ tushgan joylariga 15 daqiqaga qo‘yiladi. Bunday niqobni haftada 1-2 martagacha qilsa bo‘ladi.
🔹Greypfrut sharbati: greypfrut sharbatini siqib, yuz terisiga tamponda suriladi. Yigirma daqiqadan so‘ng yuvib tashlanadi.
🔹Petrushka sharbati: dog‘ tushgan joylarni petrushka sharbati bilan kuniga 3 mahal artiladi.

@cosmetology_uzb

Читать полностью…

KOSMETOLOGIYA 🐚

👩‍🦰Yuz sohasiga dog‘ tushishi, husnbuzar yoki toshma chiqishi o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi

❗️- Yuz sohasiga dog‘ tushishi, husnbuzar yoki toshma chiqishi o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi. Odatda mazkur holat bir qator omillar bilan taxmin qilinadi.

Jumladan:

🔸Gormonal balans muvozanati o‘zgarishi (ko‘pincha homilador ayollarda, yuz, bo‘yin va qorin sohasiga dog‘ tushishi bilan kuzatiladi);

🔸Peshob ajratish yo‘li hamda jigardagi o‘zgarishlardagi teri pigmentasiyasi (qo‘l kafti yuzasidagi mayda dog‘lar, yuz yonoqlariga yoyilgani);

🔸Qalqonsimon bez faoliyatidagi o‘zgarishlar, siydik qopi yallig‘lanishi, avitaminoz ham dog‘ yuzaga keltirishi mumkin (peshona ikki chakkasi, qo‘l kafti yoki oyoqdagi dog‘);

🔸Quyoshda uzoq vaqt toblanish melanin sintezini faollashtiradi. Bu esa asosan yuzda dog‘ paydo bo‘lishiga olib keladi (yonoq, burun atrofidagi dog‘, kurakdagi mayda sepkil);

🔸Stress va asabiylik. Ma’lumotlarga ko‘ra asabiy kishilarda dog‘ paydo bo‘lishi ko‘proq kuzatiladi (bo‘yin sohasi, quloq atrofida yuzaga kelgan dog‘lar);

🔸Tashqi muhit ta’siri, ish faoliyati kimyoviy moddalar bilan bog‘liq bo‘lsa, noto‘g‘ri tanlangan pardoz vositalari, o‘rinsiz bajarilgan kosmetik muolajalar ham dog‘ tushishiga olib keladi.

@COSMETOLOGY_UZB

Читать полностью…

KOSMETOLOGIYA 🐚

👩‍🦰Yuz sohasiga dog‘ tushishi, husnbuzar yoki toshma chiqishi o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi

❗️- Yuz sohasiga dog‘ tushishi, husnbuzar yoki toshma chiqishi o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi. Odatda mazkur holat bir qator omillar bilan taxmin qilinadi.

Jumladan:

🔸Gormonal balans muvozanati o‘zgarishi (ko‘pincha homilador ayollarda, yuz, bo‘yin va qorin sohasiga dog‘ tushishi bilan kuzatiladi);

🔸Peshob ajratish yo‘li hamda jigardagi o‘zgarishlardagi teri pigmentasiyasi (qo‘l kafti yuzasidagi mayda dog‘lar, yuz yonoqlariga yoyilgani);

🔸Qalqonsimon bez faoliyatidagi o‘zgarishlar, siydik qopi yallig‘lanishi, avitaminoz ham dog‘ yuzaga keltirishi mumkin (peshona ikki chakkasi, qo‘l kafti yoki oyoqdagi dog‘);

🔸Quyoshda uzoq vaqt toblanish melanin sintezini faollashtiradi. Bu esa asosan yuzda dog‘ paydo bo‘lishiga olib keladi (yonoq, burun atrofidagi dog‘, kurakdagi mayda sepkil);

🔸Stress va asabiylik. Ma’lumotlarga ko‘ra asabiy kishilarda dog‘ paydo bo‘lishi ko‘proq kuzatiladi (bo‘yin sohasi, quloq atrofida yuzaga kelgan dog‘lar);

🔸Tashqi muhit ta’siri, ish faoliyati kimyoviy moddalar bilan bog‘liq bo‘lsa, noto‘g‘ri tanlangan pardoz vositalari, o‘rinsiz bajarilgan kosmetik muolajalar ham dog‘ tushishiga olib keladi.

@COSMETOLOGY_UZB

Читать полностью…

KOSMETOLOGIYA 🐚

👩‍🦰 Yuz terisida muammolar paydo bo‘lishining 5 sababi...

Qanday odatlar terida muammo kuzatilishiga olib keladi? Quyida ushbu savolga javob beramiz.

🖐 Yuzga qo‘l bilan tegish

Qo‘l mikroblarning koni hisoblangani sabab ham yuzga tegish tavsiya qilinmaydi. Chunki buning oqibatida yuzda yallig‘lanish, toshma va husnbuzarlar paydo bo‘lishi mumkin.

☀️ Quyosh nuridan saqlovchi vositalardan foydalanmaslik

Ko‘pchilik bulutli havoda quyoshdan saqlovchi krem surtishning keragi yo‘q deb o‘ylaydi. Aslida esa bulut orqali o‘tgan quyosh nuri ham teriga ta’sir o‘tkazadi. Bundan tashqari, jazirama kunlarda quyoshda toblanishda ham e’tiborli bo‘lish, oshirib yubormaslik kerak. Chunki terining erta qarishi, ajin tushishi kuzatilishi mumkin. Shuni inobatga olgan holda quyoshdan saqlovchi shlyapa yoki kepka kiyish, SPF kremdan foydalanishni kanda qilmaslik tavsiya qilinadi.

🧏‍♀ Piling qilmaslik

Yuzning o‘lik teri hujayralari tozalanib turmasligi nosog‘lom ko‘rinishga sababchi bo‘ladi. Yuz poralarining ochilishi, tozalanishi esa yuzni tiniq va sog‘lom ko‘rsatadi.

🍱 Taomnomaga e’tiborsizlik

Har qanday iste’mol qilingan mahsulot salomatlikka, xususan, tashqi ko‘rinishga ta’sir etmay qolmaydi. Teringiz sog‘lom va chiroyli ko‘rinishini istasangiz oq un va shakarli mahsulotlarni ratsioningizdan qisqartiring, spirtli ichimliklardan voz keching va ko‘proq suyuqlik iching.

🚬 Zararli odatlar

Ichish, chekish va boshqa har qanday zararli odat tashqi ko‘rinishda aks etib, yoshga nisbatan katta va nosog‘lom ko‘rinishga sababchi bo‘ladi. Eng avvalo salomatlik, shuningdek, tashqi ko‘rinishingiz uchun ham bunday odatlarni tashlab, to‘g‘ri turmush tarziga rioya qiling, sport bilan shug‘ullaning.

@cosmetology_uzb

Читать полностью…

KOSMETOLOGIYA 🐚

Nima uchun insonlar qariydi?

Hujayralar bo‘linish yo‘li orqali ko‘payadi. Inson organizmida zararlangan hujayralar bo‘lib, ular bo‘linish chog‘ida o‘z nuqsonlarini yangilariga uzatadi. Shu tariqa zararlangan hujayralar to‘planib boraveradi, bu esa erta qarishga hamda turli kasalliklarga olib keladi.

Kasallik vaqtida ko‘pchilik hujayralarning yashash muddati keskin qisqaradi: ular bakteriya va viruslar bilan kurashda nobud bo‘ladi. Qanchalik “nuqsonli” hujayralar ko‘p bo‘lsa, shunchalik hujayralarning nobud bo‘lish jarayoni yangilarining paydo bo‘lishi ustidan ustunlikka ega bo‘laveradi.

@COSMETOLOGY_UZB

Читать полностью…

KOSMETOLOGIYA 🐚

Sepkilni yo‘qotish mumkinmi?

Sepkillarning kelib chiqishi irsiyat bilan bog‘liq. Oddiy niqoblar yordamida ulardan qutulib bo‘lmasa-da, doimiy parvarish orqali rangini oqartirib, ko‘zga kamroq tashlanuvchi holatga erishish mumkin.

Sepkil 25 yoshgacha ko‘payadi va ­rangi ham to‘qlashadi. 30 yoshdan keyin esa, aksincha rangi oqaradi, lekin miqdori o‘zgarmay qolaveradi. Qizig‘i, 40 yoshdan so‘ng ular umuman yo‘q bo‘lib ketishi ham mumkin.

Sepkil ko‘payishining oldini olish uchun terini parvarishlash zarur. Quyosh nuri sepkillarning ko‘payishiga asosiy sabab bo‘ladi. Ulardan himoyalanish uchun bahor va yozda soyabon, shlyapadan foydalanish mumkin. Mart oyidan boshlab terini parvarish qilish, ultrabinafsha nurlari ta’siridan himoyalash kerak. Ko‘chaga chiqishdan oldin kosmetik vositalar (krem, upa)dan foydalangan ma’qul. Yuz terisi kremni tez shimadi, salqinlik oladi. Afsuski, krem 6 soatdan keyin o‘z ta’sirini yo‘qota boshlaydi va uni qayta surtish ehtiyoji tug‘iladi.

Mayda dog‘larni kamaytirish uchun tabiiy niqoblar

Bu mayda dog‘larni kamaytirishni yoki rangini oqartirishni istaganlarga bir qancha niqoblar tavsiya etiladi. Shulardan biri — bodringli niqob. Uni tayyorlash uchun uch oshqoshiq bodring urug‘iga teng miqdorda asal qo‘shiladi va bir kun davomida qorong‘ida saqlanadi.

Bir oshqoshiq suvga qatiq, qaynoq qora choy yoki limon, yerqalampir (xren), petrushka, momaqaymoq sharbatidan birining teng miqdorda aralashmasidan tayyorlangan niqob ham yaxshi ta’sir qiladi.

Shuningdek, bir oshqoshiqdan qaymoq va tvorog aralashmasidan tay­yorlangan niqob ham bu borada yordam beradi. Bu aralashmaga vodorod perekisini ham qo‘shish mumkin.

Yuzga achchiq anor suvi surtilsa, sepkilni kamaytiradi. Yog‘li teri uchun bir oshqoshiq anor suvini besh oshqoshiq suvga aralashtirib surtish maqsadga muvofiq.

Navbatdagi niqobni tayyorlash uchun bir dona tuxum oqini ko‘pirtirib, bir oshqoshiq limon sharbati, glitserin, 100 gramm atir bilan aralashtiriladi. Bu niqobni uyqudan oldin surtish tavsiya etiladi.

Limon sharbati 100 gramm asal bilan aralashtiriladi va doka sochiqqa ushbu massadan solinib, sepkil toshgan joyga qo‘yiladi. Ushbu muolaja 15-20 kun davomida qilinsa, kutilgan natijaga erishish mumkin.

Yarim oshqoshiqdan piyoz va do‘lana suvining ko‘pirtirilgan bir dona tuxum oqi bilan aralashmasidan tay­yorlangan niqob yuzning sepkilli qismiga paxta bilan kuniga ikki mahal surtiladi. Shu bilan birga yangi piyozning suvida yuzni yuvish ham sepkilni kamaytirishga katta yordam beradi.
Yuqoridagi niqoblar yuzda 15 daqiqa turgach yuvilib, oziqlantiruvchi krem surtiladi. Ulardan foydalanayotganda yuz terisida allergiya bor-yo‘qligiga e’tibor berish kerak.

@cosmetology_uzb

Читать полностью…

KOSMETOLOGIYA 🐚

Terida oq dog‘lar paydo bo‘lishi bilan kechuvchi kasallik - vitiligo haqida to‘laroq bilib oling.

@cosmetology_uzb

Maqolani o‘qish...

Читать полностью…

KOSMETOLOGIYA 🐚

#kasallik

Pyodermiya - terining yiringli yallig‘lanish kasalliklarining umumiy nomi bo‘lib, terida turli xildagi yiringli toshmalar toshishi bilan xarakterlanadi.

Ko‘p uchraydigan turlari:
✅ streptodermiyalar;
✅ stafilodermiyalar.

Davosi:
1. Antibiotiklar;
2. Mahalliy antiseptiklar;
3. Tozalikka rioya qilish.

IZOH: O‘smirlarning asosiy muammosi bo‘lgan ugri (akne) lar ham pyodermiyalar guruhiga kiradi. Davosi esa biroz boshqacha.

@cosmetology_uzb

Читать полностью…

KOSMETOLOGIYA 🐚

#botoks

Yuzdagi botoks muolajasi o‘tkaziladigan nuqtalar:

💜 Peshona sohasi;
💗 Qosh usti sohasi;
💙 Qoshlar o‘rtasidagi soha;
💚 Ko‘z tashqi burchagi sohasi;
💛 Burun suyanchig‘i sohasi;
❤️ Og‘iz burchagini pastga tushiruvchi mushak 🙁 sohasi.

❗️Bulardan tashqari yuzning boshqa qismiga botoks qilish mumkin emas!!!

@COSMETOLOGY_UZB

Читать полностью…

KOSMETOLOGIYA 🐚

Yassioyoqlik nima?

Yassioyoqlik
– bu oyoq yuzining ko‘ndalang va bo‘ylama arkalari balandligining pasayishi orqali namoyon bo‘luvchi bir nechta shakl o‘zgarishining umumiy nomlanishidir.

Oyoq yuzining arkasi uch xil elementdan tarkib topadi:
👣 Suyaklar
👣 Paylar
👣 Mushaklar

Ulardagi o‘zgarishlar yassioyoqlikning rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

@COSMETOLOGY_UZB

Читать полностью…
Subscribe to a channel