Abdusalom Azizov O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashiga o‘tkazildi
Azizov avvalroq DXX raisligidan bo’shatilgani ma’lum bo’lgan edi.
Batafsil — https://daryo.uz/VJuX48qJ
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
Ukraina Jahon bankidan qariyb 5 milliard dollar oladi
Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan buyon Kiyev faqat byudjet xarajatlari uchun ittifoqchilaridan 100 milliard dollardan ortiq mablag‘ olgan.
Batafsil — https://daryo.uz/VQD94UAM
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
Bahodir Qurbonov O‘zbekiston DXXning yangi raisi etib tayinlandi
U 2019-yil 11-fevraldan beri O‘zbekiston mudofaa vaziri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Batafsil — https://daryo.uz/VGfKN1bW
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
Shavkat Mirziyoyev Yangihayot tumanidagi “Xushnud” mahallasida bo‘lib, aholi hayoti, hududdagi o‘zgarishlar bilan tanishdi
“Bugun kelishimizdan maqsad qabul qilayotgan qarorlarimiz natijasini, odamlar hayotini ko‘rish. Xuddi bu tumandagiday, har bir hududni rivojlantirish, odamlarga qulayliklarni va ish joylarini ko‘paytirishga harakat qilayapmiz”, deydi davlat rahbari.
Batafsil — https://daryo.uz/V72ZJxiG
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
Livanda 900 mingga yaqin odam janglar tufayli uylarini tark etdi — BMT
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Livan bo‘ylab ko‘chirilganlar uchun 1173 ta vaqtinchalik boshpana mavjud bo‘lib, ulardan 975 tasi to‘liq band.
Batafsil — https://daryo.uz/VS2wJFkT
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
Propan narxi keskin oshib ketgani yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi
“Propan narxi oxirgi oylar davomida ikki barobarga qimmatlashgan bo‘lib, bu holat ko‘plab iste’molchilar uchun iqtisodiy-ijtimoiy muammolar keltirib chiqarmoqda”, deyiladi “Adolat” partiyasi matbuot xizmati xabarida.
Batafsil — https://daryo.uz/Vy2Az5UU
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
NATO bosh kotibi Donald Tramp bilan uchrashdi
Tomonlar “alyans oldida turgan global xavfsizlik masalalarini” muhokama qildilar, deb xabar berdi NATO matbuot kotibi.
Batafsil — https://daryo.uz/V8rp1KVw
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
Toshkentda 2 balli zilzila sodir bo‘ldi
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha, zilzila epimarkazi Qirg‘izistonda joylashgan.
Batafsil — https://daryo.uz/VSnG5IEn
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
Yaponiya hukumati Bosh vazirning mol-mulki haqidagi ma’lumotlarni oshkor qildi
Sigeru Isiba jami boyligi bo‘yicha hukumatda 12-o‘rinni egallab turibdi.
Batafsil — https://daryo.uz/VVuy2s1Q
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
Yaponiyada odamlar uchun mo‘ljallangan “kir mashinasi” yaratildi (foto)
Sun’iy intellekt foydalanuvchining holatini tahlil qiladi va uning dam olishi uchun tinchlantiruvchi tasvirlarni ekranda namoyish qiladi.
Batafsil — https://daryo.uz/VtC8khaf
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
Medvedev: "Tramp Ukraina mojarosiga barham berishi mumkin"
“Biz saylangan prezident Tramp pragmatik shaxs ekanligini yaxshi bilamiz. U mazkur mojaroga imkon qadar tezroq barham berishini omma oldida aytib, va’da bergan. Tramp bu ishni amalga oshira oladi, chunki barcha yechimlar Vashingtonda bor", dedi Medvedev.
Batafsil — https://daryo.uz/V9qAEaOx
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Belarus yetakchisi 2020-yilgi prezidentlik saylovidan keyingi norozilik namoyishlari chog‘ida kuzatilgan keng ko‘lamli internet uzilishi ham uning buyrug‘i bilan amalga oshirilganini ta’kidladi.
Batafsil — https://daryo.uz/VBDATbjL
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
“Daryo” dayjesti: 22-noyabrning eng muhim xabarlari
🔹 Toshkentda uy-joylarning investitsion daromadliligi pasaymoqda
🔹 O‘zbekistonda hayvonot va o‘simlik dunyosi muhofazasi kuchaytiriladi
🔹 DXX to‘rt kishidan 12 ming dollarni firibgarlik bilan olgan shaxsni ushladi
🔹 Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi Kabul Dusovga chora ko‘rildi
🔹 Taksi haydovchilari litsenziyasi ikki barobarga qimmatlashdi
🔹 Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan kaltaklandi
Batafsil — https://daryo.uz/VdnHNgW2
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
Qirg‘iziston hukumati: Issiqko‘l xavf ostida
Qirg‘iziston Bosh vazirining ta’kidlashicha, Issiqko‘l bilan mavjud muammoni hal qilish maqsadida hukumat Qozog‘iston va O‘zbekistondan yordam so‘rashni rejalashtirmoqda.
Batafsil — https://daryo.uz/VdgN83NV
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lish jarayonidagi keyingi qadamlarni muhokama qildi
Shuningdek, davlat boshqaruvida kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Batafsil — https://daryo.uz/VQmQp2l2
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
Finlyandiyada uchuvchilarning ish tashlashi sababli 300 ga yaqin reys bekor qilindi
Parvozlarni bekor qilish oqibatlari aviakompaniyaning qariyb 33 ming nafar mijoziga ta’sir ko‘rsatadi.
Batafsil — https://daryo.uz/VdnKVcO5
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
Yevroparlament rahbari Kiyevga TAURUS raketalarini yetkazib berishga chaqirdi
Roberta Metsola, shuningdek, ukrainalik askarlarga zudlik bilan yordam kerakligini qayd etdi.
Batafsil — https://daryo.uz/V7nXUHDH
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati rahbari Abdusalom Azizov lavozimidan bo‘shatildi
Azizov 2019-yil fevralidan buyon mazkur lavozimda ishlab kelayotgandi.
Batafsil — https://daryo.uz/VGrUYMZE
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
AFP: Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Hisobotga ko‘ra, hozirda Rossiyaning qariyb 800 kvadrat kilometr maydoni ukrainlar nazorati ostida qolmoqda.
Batafsil — https://daryo.uz/VcD2RJSO
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi “Yangihayot” industrial texnoparkida bo‘ldi
Mazkur texnopark uchun 110 gektar maydon ajratilgan bo‘lib, hozirda bu yerda 101 million dollarlik 8 ta korxona ishga tushirilgan, 520 ta ish o‘rni yaratilgan.
Batafsil — https://daryo.uz/VyhS7lQp
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
Shavkat Mirziyoyev Yangihayot tumanida barpo etilayotgan “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasida bo‘ldi
Hudud iqtisodiyotida katta o‘ringa ega bo‘lishi kutilayotgan majmua maydoni 764 gektar. Bu yerda oziq-ovqat, qurilish materiallari, elektrotexnika, mashinasozlik va kimyo sanoati kabi yo‘nalishlarda 1 milliard 375 million dollarlik 47 ta loyiha joylashtiriladi.
Batafsil — https://daryo.uz/V8SRnivk
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
“YTTB Yangi O‘zbekistonda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlaydi” — Liliana de Sa Kirxknopf
YTTB shu kunga qadar O‘zbekiston bilan hamkorlikda jami 164 ta loyihani amalga oshirgan. Umumiy loyihalar portfelining 52 foizi xususiy sektor hissasiga to‘g‘ri keladi.
Batafsil — https://daryo.uz/VSqtHnAR
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
“Har bir xonadon, har bir korxona tabiatni asrashga hissa qo‘shishi kerak” — Shavkat Mirziyoyev
Prezident “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barpo etilayotgan yangi bog‘ga ko‘chat ekdi.
Batafsil — https://daryo.uz/VSx9cqWU
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
21-noyabr kuni Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Gallantni hibsga olishga order bergandi.
Batafsil — https://daryo.uz/VVVscpAY
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda sanoat korxonalari soni qanchaga ko‘paygan?
2020-yilda sanoat korxonalari soni 86 652 tani tashkil qilgan bo‘lsa, 2024-yilga kelib bu ko‘rsatkich 113 979 taga yetgan.
Batafsil — https://daryo.uz/VtDP5duy
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
Kanadalik shifokorlar Maskning Neuralink miya tadqiqoti uchun olti nafar ko‘ngillilarni qidirmoqda
Neuralink avvalroq Kanada SSVdan odamlarda sinov o‘tkazish uchun ruxsat olganini qayd etgandi.
Batafsil — https://daryo.uz/VBqA3tOf
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
2024-yil gumanitar xodimlar uchun eng halokatli yil bo‘ldi — BMT
“2024-yil dunyodagi eng qiyin sharoitlarda ishlaydigan gumanitar xodimlarning 281 nafari halok bo‘lgan”, dedi BMT Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi vakili Yens Lerke.
Batafsil — https://daryo.uz/VBEA6js9
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Qayd etilishicha, hujum “Falastin-2” gipertovushli ballistik raketasi yordamida muffaqiyatli amalga oshirilgan.
Batafsil — https://daryo.uz/Vdh9MLUj
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
O‘zbekiston maktablarida har yetti o‘quvchidan bittasi zo‘ravonlik yoki bezorilikka guvoh bo‘lgani aytildi
MHTI ekspertlari tomonidan maktablarda bulling yoki bezorilik o‘quvchilarning akademik yutuqlariga qanday taʼsir qilishi o‘rganildi.
Batafsil — https://daryo.uz/VdxzB219
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
Isroildagi urush o‘n minglab falastinliklarni hayotdan olib ketdi. Afsuski ularning katta qismi — bolalar.
Hozirda Isroil hujumlari sabab 17 400 dan ortiq bola halok bo‘ldi.
Mazkur videoda o‘ldirilgan bolalardan ba’zilarining ismlari alifbo tartibida keltirilib, ulardan qanchasi hayotdan barvaqt ko‘z yumgani haqida ma’lumot beriladi.
👉 Obuna bo‘ling - @daryo