daryo_live | Unsorted

Telegram-канал daryo_live - Daryo — LIVE

77776

“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali Reklama — http://dy.uz/Z07tA Tahririyat — @daryo_livebot Rasmiy kanal – @daryo Rasmiy kirill – @daryo_kirill Lifestyle – @daryo_lotin Sport – @daryo_sport24 Pul — @daryo_pul

Subscribe to a channel

Daryo — LIVE

Yunusoboddagi “dom”larning birida yongʻin sodir boʻldi

Yong‘in-qutqaruv texnikalari etilgan manzilga soat 22:16 da yetib borib, yong’in soat soat 22:24 da o’chirilgan. Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo’q.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

О‘zbekiston Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bо‘yicha qо‘mitasi raisi lavozimiga Qaxramon Sariyev qayta tayinlandi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Samarqandda noqonuniy qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida 2,7 mlrd so‘m zarar yetkazildi

Yig‘ilgan hujjatlar huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga yuborildi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

AQSHning Nyu-Jersi shtatida Amerika-Turkiston assotsiatsiyasi tomonidan AQSHdagi o‘zbekistonliklar uchun iftorlik tadbiri o‘tkazildi

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

O‘zbekistonda yosh rahbarlarning yillik TOP-40 reytingi e’lon qilindi

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

So‘nggi kunlarda Istanbul shahrida turli norozilik namoyishlari va ommaviy yig‘ilishlar o‘tkazilayotgani sababli Bosh konsulxona Turkiyadagi o‘zbekistonliklarni ehtiyotkorlikka chaqirdi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Rossiya va AQSH vakillarining muzokaralari 24-mart kuni Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadi

Bu haqda Putin yordamchisi Yuriy Ushakov xabar berdi.

Rossiya delegatsiyasiga senator Georgiy Karasin va FXX direktori maslahatchisi Sergey Beseda rahbarlik qiladi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Ayni vaqtda Toshkent yoʻllarida 8–10 ballik tirbandliklar kuzatilmoqda

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

🌸 Navro‘z bayrami munosabati bilan “Daryo” Telegram kanalida yutuqli tanlov o‘tkazilmoqda

Omadli obunachilarimizdan 5 nafari elektrosamokat (2 ta), quloqchin, smart soat va mini pech yutib olishlari mumkin. Shuningdek, ularga 6 oylik Telegram Premium ham sovg‘a qilinadi.

⏳G‘oliblar nomi 21-mart kuni soat 20:00 da ma’lum bo’ladi.

❗️ Tanlovda qatnashish uchun hech narsa qilishingiz shart emas. @Daryo kanaliga obuna ekanligingiz kifoya. Bu xabarni yaqinlaringizga ham ulashing.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Shavkat Mirziyoyev Bektemir tumanida davlat tashkilotlari va jamoatchilik vakillari bilan birga yangi boqqa ko‘chat ekdi

Mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar bilan samimiy muloqot bo‘ldi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Bektemir tumaniga tashrifi chog‘ida Iykota mahallasida bo‘lib, qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

❗️O‘zbekistonning 9 ta viloyatida 23—27-mart kunlari sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

Fuqarolardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘raldi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Dunyoning eng baxtli davlatlari e’lon qilindi

Finlyandiya ketma-ket sakkizinchi bor dunyodagi eng baxtli davlat deb topildi. World Happiness Report 2025 reytingida O‘zbekiston 53-o‘rinni (6 pog‘ona pastladi) egalladi. Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarini ko‘rsatkichi quyidagicha:

🇰🇿 Qozog‘iston 43-o‘rin (6 daraja yuqoriladi)
🇰🇬 Qirg‘iziston 75-o‘rin (o‘zgarishsiz qoldi)
🇹🇯 Tojikiston 90-o‘rin (2 pog‘ona yuqoriladi)

Afg‘oniston esa eng baxtsiz davlat (147-o‘rin) deb topilgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

⚽️ “Bunyodkor” stadioni atrofidagi yo‘llar vaqtincha yopiladi

O‘zbekiston va Qirg’iziston terma jamoalari o’rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tishi munosabati bilan suratda ko‘rsatilgan ko‘chalarda 20-mart kuni 17:00 dan 23:30 gacha avtotransport vositalari harakati cheklanadi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Shavkat Mirziyoyev milliy mahsulotlarini brendga aylantirish, ularni tashqi bozorlarda tanishtirish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

JCH—2026 saralashi. O‘zbekiston Qirg‘izistonni minimal hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston MTJ 16 ochko bilan guruhdagi 2-o‘rinni mustahkamlab oldi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegarada Sanoat kooperatsiyasi markazini tashkil etish uchun 50 million dollar ajratishi mumkin

Markazning umumiy maydoni 100 gektar etib belgilangan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

🏆 JCH—2026 3-saralash bosqichi

🇺🇿Oʻzbekiston 🆚 Qirg‘iz Respublikasi 🇰🇬 0:0

Shomurodov 11 metrlik jarimadan foydalana olmagan vaziyat

Aʼzo boʻling 👉 @Daryo_Sport24

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Trampning maxsus vakili Ukrainada o‘t ochishni to‘liq to‘xtatish mumkin bo‘lgan muddatlarni aytdi

Stiv Uitkoffga ko‘ra, bu mart oyining oxiri – aprel oyining boshida sodir bo‘lishi mumkin.

O‘ylaymanki, biz Ukrainada o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishga bir necha haftadan keyin erisha olamiz, dedi u.


Bundan tashqari, Uitkoff Putin va Trampning uchrashuvi Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tishi mumkinligini aytdi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Rossiyada avtobus haydovchisi jamoat transportini to‘xtatib, Vladivostok markazida namoz o‘qiy boshladi

Shundan so‘ng haydovchi politsiyaga olib ketilgan, unga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilgan.

Amurbo‘yi diniy yig‘ini raisi Ramil Kilmuxametov haydovchining bunday harakatlariga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini aytdi. Shuningdek, u haydovchi bilan tarbiyaviy suhbat o‘tkazilishini ta’kidladi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev telefon orqali muloqotda bir-birini va ikki mamlakatning birodar xalqlarini Navro‘z bilan qutladi

Davlat rahbarlari bo‘lajak oliy va yuqori darajadagi ikki tomonlama uchrashuvlar va ko‘p tomonlama sammitlar rejasini ko‘rib chiqdi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Shavkat Mirziyoyev Bektemir tumani Rohat mahallasiga tashrif buyurib, bayram saylida qatnashdi

“Mahallangizdagi obodlikni, odamlarning kayfiyatini ko‘rib, mamnun bo‘ldim. Vaqti bilan barcha tumanlardagi imkoniyatlarni oshiramiz. Buning uchun eng asosiysi – tinchlik-ahillik kerak. Ilgari chegaralarimizda vaziyat qanday edi? Vazminlik bilan, siyosiy iroda bilan hamma masalalarga yechim topayapmiz. Barcha ishlarni quyi tizimda tashkil qilganimiz uchun 10 mingga yaqin mahallaning holati yaqqol namoyon. “Mahalla yettiligi” orqali xonadonga yetib borilayapti. Odamlarning daromadini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish, yoshlar siyosatida hali ishlarimiz ko‘p. Shuning uchun ta’limga, o‘g‘il-qizlarni o‘qitishga katta e’tibor berishimiz kerak. Yoshlari bilimli va ma’naviyatli  jamiyat, albatta, farovonlikka erishadi”, – dedi prezident.


@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Bugungi kunda tez tibbiy yordam tizimida 2 857 ta tibbiy brigada faoliyat yuritib, 3 100 dan ziyod avtotransport vositasi aholiga sifatli xizmat ko‘rsatmoqda.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

🚑 O‘zbekistonda endi tez tibbiy yordam xizmatida elektromobillardan ham foydalaniladi

Taqdim etilgan elektromobillar Respublika tez tibbiy yordam markazining 10 ta hududiy filiali o‘rtasida taqsimlanib, tizimda tajriba tariqasida foydalaniladi hamda uning natijalari bo‘yicha zarur takliflar ishlab chiqiladi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Bektemir tumanida davlat byudjeti hisobidan 358-umumta’lim maktabi qurildi. Prezident ushbu yangi muassasani ko‘zdan kechirdi.

Pedagoglar bilan muloqot chog‘ida bolalarning qobiliyatini to‘g‘ri shakllantirish, kasbiy ta’limni rivojlantirib, bitiruvchilarni kasb-hunarli qilib hayotga yo‘llash muhimligi ta’kidlandi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

O‘zbekistonda dollar kursi uch kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarildi

🇺🇸 dollar 12 940,58 soʻm (+14,07)
🇪🇺 yevro 14 044,41 soʻm (-48,07)
🇷🇺 rubl 153,22 soʻm (-2,78)

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

🇮🇱 Isroil prezidenti Qozog‘istonga tashrif buyuradi

Prezident Isxak Gersog qozog‘istonlik hamkasbi Qosim-Jo‘mart To‘qayevni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi. Suhbat davomida Isroil prezidenti bir yil ichida Qozog‘istonga tashrif buyurishi ma’lum bo‘ldi.

Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirishni, manfaatli aloqalarni yuqori darajada qo‘llab-quvvatlashni muhokama qilgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

🎞 Rossiyada turk seriallarini demografiyaga salbiy ta’siri uchun taqiqlash talab qilindi

Xabarga ko‘ra, bunday seriallarda “noreal erkak obrazi” tasvirlanadi, natijada ayollar erkaklardan seriallardagi noreal xatti-harakatlarni kutadi.

Turk seriallari ayollarimiz uchun olib borilayotgan mafkuraviy urushning bir qismi, deydi “Rossiya faxriylari” harakati rahbari Ildar Rezayev.


Harakat “buzg‘unchi targ‘ibot” tushunchasini qonun darajasida belgilashni taklif qildi va Davlat Dumasi, Roskomnadzor, Rossiya Madaniyat vazirligiga so‘rov yubordi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

High Town City majmuasida yana zamonaviy uy-joylar quriladi

Uy-joylar loyihasi taqdimotiga ko‘ra, 1 500 ta xonadondan iborat 28 ta ko‘p qavatli uy bunyod etiladi. Majmua hovlisi avtomobillar uchun yopiq va yashil hudud bo‘ladi. Bolalar bog‘chasi, o‘yin maydonchasi, tennis korti, yerosti avtoturargoh tashkil etiladi. Majmua hududi to‘liq Wi-Fi bilan qamrab olinadi hamda binolarda shovqinsiz liftlar o‘rnatiladi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

🔴 Jonli efir boshlandi!

“Daryo” hafta tahlili: Jahon siyosatidagi asosiy qadamlar

Asosiy mavzular:
— Donald Trampning Vladimir Putin bilan muloqoti;
— AQSH va Ukraina rahbarlari o‘rtasidagi telefon qo‘ng‘irog‘i
— Turkiya nega Ukrainani qo‘llamoqda;
— Isroilning G‘azodagi harbiy operatsiyalari

🎙 Ekspertlarimiz siyosatshunoslar Ravshan G‘oziyev va Muxtor Nazirovlar bo‘ladi.

📹 JONLI EFIR

Читать полностью…
Subscribe to a channel