davxizmat | Unsorted

Telegram-канал davxizmat - Davlat xizmatlari yangiliklari

49922

Subscribe to a channel

Davlat xizmatlari yangiliklari

#Bilasizmi

Madaniy boyliklarni ochiq savdoga (auksionga) taqdim etishni kelishish

Talabgor ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ariza yuboradi.

👫Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik va jismoniy shaxslar.

🏢Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi.

💳Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori
: Yig‘im undirilmaydi.

💰Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im: BHMning 1 baravari.

🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 5 ish kuni.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: Cheklanmagan.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

Davlat xizmatlari orqali “O’z-o’zini band qilgan shaxslarni ro’yxatdan o’tkazish" tartibidan xabardormisiz?

Batafsil videorolikda....

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

#Davlat_xizmatlari

Kemalarni roʻyxatga olish uchun arizani endi
my.gov.uz orqali ham topshirish mumkin

Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilgan monitoring davomida Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasida kemalarni roʻyxatga olish va texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ariza berish imkoniyati mavjud emasligi aniqlandi.

Adliya vazirligi tomonidan Transport vazirligiga aniqlangan kamchilikni bartaraf etish hamda mazkur xizmatni YIDXP orqali joriy etish boʻyicha taqdimnoma kiritildi. Shuningdek, qonunchilikda belgilangan talablarga rioya etilmaganligi uchun Transport nazorati inspeksiyasining mansabdor shaxsi maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Natijada, Adliya vazirligining aralashuvi bilan daryo transporti sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatishda yangi qulaylik joriy etildi.

Endilikda kemani roʻyxatga olish, qayta roʻyxatga olish va texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun arizalarni:
➖Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz);
➖Transport boshqarmalari yoki Transport vazirligining rasmiy veb-sayti orqali topshirish mumkin.

❗️Adliya vazirligi monitoring faoliyatini davom ettirib, boshqa sohalarda ham davlat xizmatlarini takomillashtirishga koʻmaklashmoqda.

Maʼlumot uchun: Transport nazorati inspeksiyasining maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda kemalar soni 262 tani tashkil etadi (2024-yil 1-yanvar holatiga). 2023-yilda foydalanishda boʻlgan 113 ta kema texnik koʻrikdan oʻtkazilgan, 12 ta kema roʻyxatga, 5 ta kema qayta roʻyxatga olingan.

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

🚀 Biologik va kimyoviy mahsulotlar uchun ruxsatnoma olish endi tez va qulay!

🖥 Endi ushbu ruxsatnomani olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki “Litsenziya” axborot tizimi orqali murojaat qilish mumkin bo'ladi.

Ruxsatnoma talab qilinadigan mahsulotlar:
▫️Biologik aktiv moddalar (vitaminlar, dori tarkibidagi moddalar);
▫️Yangi kimyoviy moddalar (sanoat va ilmiy ishlanmalar uchun);
▫️Oziq-ovqat qo‘shimchalari (ta’m va foydalilikni oshiruvchi moddalar);
▫️Biologik vositalar va materiallar (maxsus laboratoriya mahsulotlari);
▫️Polimer va plastik massalar (plastik mahsulotlar va o‘ramlar);
▫️Parfyumeriya va kosmetika mahsulotlari (atirlar, krem va boshqa kosmetika vositalari).

⏱️ Ariza ko‘rib chiqish muddati: 15 ish kuni.

💡Tezkor va qulay xizmatdan foydalanib, biznesingizni rivojlantiring!🌟

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

🚀 Biznesni "15 daqiqada" boshlang!


🆕 Adliya vazirligi tomonidan yangi loyihaga qo'l urildi!

🔸 Biznesni "15 daqiqada" boshlash tamoyili asosida tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yhatidan o‘tkazish jarayonida boshqa davlat xizmatlaridan kompozit shaklda foydalanish imkoniyati yaratilmoqda.
🔸 Endilikda, fuqarolar yakka tartibdagi tadbirkor (YaTT) sifatida Davlat xizmatlari markazlarida ro‘yxatdan o‘tish bilan bir vaqtda, tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish uchun vakolatli organga xabarnoma yuborish imkoniyati yaratildi.

✔️ Bunda, alohida ariza topshirish va ma'lumotlar taqdim qilish talab etilmaydi.

⚡️ Bu kabi qulayliklarni yaratish bosqichma-bosqish davom ettiriladi!

🔥 Tez va oson biznes boshlash imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

Faoliyat turini o‘zgartirish endi yanada qulay:

Agar yuridik shaxsga aloqador boshqa o‘zgarishlar bo‘lmasa, faqat asosiy faoliyat turini o‘zgartirish xizmatidan foydalanishingiz mumkin.

Bunda:
▪️Hujjat talab qilinmaydi.
▪️Ma’lumotlar real vaqt rejimida avtomatik o‘zgaradi.
▪️Avval yuklangan hujjatlar reyestrda saqlanadi.
▪️Davlat boji belgilangan tartibda undiriladi.
▪️Arizangiz DХMga kelib tushmaydi, avtomatik yakunlanadi.

❗️Yangi qulaylikdan birdarcha.uz platformasi orqali foydalanish mumkin

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

Davlat xizmatlari orqali “Avtotransport sug’urtasi amal qilish muddatini tekshirish” tartibidan xabardormisiz?

Batafsil videorolikda....

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

Hududlarda davlat xizmatlarini ko'rsatish samaradorligi va tadbirkorlarga yaratilayotgan sharoitlar o'rganilmoqda

Adliya vaziri o'rinbosari Xudoyor Meliyev xizmat safari bilan Andijon viloyatida bo'lib, joylarga chiqqan holda aholi va tadbirkorlar muammolari hamda adliya organlari tomonidan ko'rsatilayotgan xizmatlarni tahlil qildi.

Xususan, vazir o'rinbosari tomonidan Asaka tumanida tadbirkorlar bilan manzilli muloqotlar o'tkazilib, tekstil mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi “Asakatekstil” MChJ hamda avtotransport vositalari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi "ADM Eleсtriсs" MChJ faoliyati yuzasidan soliq, kommunal xizmatlar hamda eksport hajmini oshirish bilan bog'liq muammolarning huquqiy yechimi muhokama qilindi.

Shuningdek, Marhamat tumani "Rohat" mahallasida qurilayotgan "Mingtepa" gidro elektrostansiyasidagi tadbirkorlar va investorlar bilan o'tkazilgan muloqot davomida loyihani amalga oshirishda yuzaga kelayotgan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma‘muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas‘uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida"gi Farmonida (PF-80-son, 24.05.2024-y.) belgilangan vazifalar yuzasidan Andijon viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, tizimli huquqiy muammolarni aniqlash hamda bartaraf etish ishlari yuzasidan ko'rsatmalar berildi.

Shu bilan birgalikda, Andijon viloyat davlat arxivi, Asaka tuman adliya bo'limi, Davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY bo'limlari faoliyati bilan tanishilib, yangi joriy etilgan xizmatlar samaradorligi o'rganildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

🚀 Davlat xizmatlarini soddalashtirish davom etmoqda!


❗️18-dekabr kuni Adliya vazirligi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakillari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig'ilishda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko'rsatilayotgan xizmatlardan foydalanish qadamlarini yanada qulay va samarali qilish masalalari muhokama qilindi.

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

#Adliya_xabari

Davlat xizmatlari va sunʼiy intellekt


Davlat xizmatlari sohasida amalga oshirilgan ishlar, kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan matbuot anjumanida adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev tizimga sunʼiy intellekt texnologiyalarni joriy etish, jarayonlarni optimallashtirishda uning imkoniyatlaridan foydalanish masalalari to'g'risidagi savolga javob berdi.

📌 Kanalga ulanish

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

#Bilasizmi

Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini litsenziyalash

Talabgor yoki uning nomidan ish yuritish vakolatiga ega bo‘lgan shaxs o‘z elektron raqamli imzosidan foydalangan holda (jismoniy shaxslar uchun ERI o‘rniga Mobil-ID tizimidan ham foydalanish mumkin) litsenziya olish uchun “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)da ro‘yxatdan o‘tadi hamda faoliyatning litsenziyalanadigan turini, shu jumladan, har bir kichik turini tanlab, elektron shaklda ariza to‘ldiradi.

👫Ariza beruvchilar toifasi:
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti yuridik shaxslar va O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy muassasasi bo‘lgan norezident yuridik shaxslar.

🏢Litsenziyalovchi organ:
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi.

💳Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori
: BHMning 1 baravari.

💰Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: BHMning 10 baravari.

🗓Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: 7 ish kuni.

Litsenziyaning amal qilish muddati: Cheklanmagan.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

#Bilasizmi

Ixtisoslashgan so‘yish korxonalarida hayvonlarni so‘yish, hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni ishlab chiqarish, saqlash hamda sotish uchun ruxsatnoma olish kerakligidan xabardormisiz?

Talabgor yoki uning nomidan ish yuritish vakolatiga ega bo‘lgan shaxslar elektron raqamli imzosidan foydalangan holda (jismoniy shaxslar uchun ERI o‘rniga Mobil-ID tizimidan ham foydalanish mumkin) ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ariza yuboradi.

👫Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor.

🏢Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari.

💳Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori
: BHMning 1 baravari.

💰Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im: Yig‘im undirilmaydi.

🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 7 ish kuni.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: 5 yil (ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddatini uzaytirishga yo‘l qo‘yiladi).

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

#Bilasizmi

Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish uchun ruxsatnoma

Talabgor yoki uning nomidan ish yuritish vakolatiga ega bo‘lgan shaxslar elektron raqamli imzosidan foydalangan holda (jismoniy shaxslar uchun ERI o‘rniga Mobil-ID tizimidan ham foydalanish mumkin) ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ariza yuboradi.

👫Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik va jismoniy shaxslar.

🏢Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi.

💳Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori
: BHMning 30 foizi miqdorida.

💰Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: daraxt va butalarning alohida xususiyatlaridan kelib chiqib belgilanadi.

🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 5 ish kuni.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: Ruxsatnoma berilgan yilning 31-dekabriga qadar.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

#Yangilik

Hakamlik sudi sudyalarini ro'yxatdan o'tkazish va tarkibini o'zgartirish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza berish mumkin!


🏢Vakolatli organ:
Adliya vazirligi.

📌Kerak bo'ladigan hujjatlar:
▫️ yuridik shaxsning vakolatli organi tomonidan doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi tashkil etish to‘g‘risida qabul qilingan qarori nusxasi;
▫️ yuridik shaxsning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi nizomi va ish tartibi nusxasi;
▫️ hakamlik sudyalari ro‘yxati;
▫️ vakilning vakolatini tasdiqlaydigan hujjat (ishonchnoma).

🗓 Xizmatni ko'rsatish muddati 15 kun

💰Xizmat bepul ko'rsatiladi

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

#Bilasizmi

Aholi va tadbirkorlik subyektlaridan:

🔺 Pensiya va nafaqa miqdori haqida ma’lumot;
🔺 Pensiya va nafaqa oluvchilar ro‘yxatida bor-yo‘qligi haqida ma’lumot;
🔺 Ish stajini tasdiqlovchi hujjatlar;
🔺 Ish haqi va stajini tasdiqlovchi arxiv ma’lumotnomasi;
🔺 O‘qiganlikni tasdiqlovchi arxiv ma’lumotnomasini talab qilish bekor qilingan.

Asos: 📜 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son Farmoni.

💡 Yodda tuting!
Sizdan ushbu turdagi hujjatlar va ma'lumotnomalar talab qilinsa, Adliya vazirligining "1148" ishonch raqamlariga murojaat qiling!

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

🔰Bir marta murojaat qilish orqali barcha hujjatlarni tez va oson rasmiylashtiring!


Endilikda bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni rasmiylashtirishda:

🏢 Davlatga tegishli bino yoki inshootni bir yildan kam bo‘lmagan muddatga ijaraga berish va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

📜 “E-auksion” elektron savdo platformasida ko‘chmas mulk ob’yektlarini sotish va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

Давлат хизматлари соҳасидаги сўнгги янгиликлар ва енгилликлар маълум қилинди

Ўзбекистонда давлат хизматларини кўрсатишда бюрократизм, сансалорлик ва бошқа маъмурий тўсиқларни бартараф этиш, эскирган ва замон талабларига мос келмайдиган тартиб-таомилларни тубдан қисқартиришга қаратилган тизимли ишлар амалга оширилмоқда.

👉 https://kun.uz/kr/52482810

Kun.uz расмий канали

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

❗️Davlat xizmatlaridan foydalanish yanada osonlashadi

“O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi hukumat qarori (847-son, 18.12.2024 y.) qabul qilindi.

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

#Bilasizmi

Ko‘priklar va tunnellarni loyihalashtirish, qurish va ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalash

Talabgor yoki uning nomidan ish yuritish vakolatiga ega bo‘lgan shaxs o‘z elektron raqamli imzosidan foydalangan holda (jismoniy shaxslar uchun ERI o‘rniga Mobil-ID tizimidan ham foydalanish mumkin) litsenziya olish uchun “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)da ro‘yxatdan o‘tadi hamda faoliyatning litsenziyalanadigan turini, shu jumladan, har bir kichik turini tanlab, elektron shaklda ariza to‘ldiradi.

👫Ariza beruvchilar toifasi:
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslar va chet el yuridik shaxslari (doimiy muassasasi mavjud bo‘lgan).

🏢Litsenziyalovchi organ:
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi.

💳Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori
: BHMning 1 baravari.

💰Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: BHMning 5 baravari.

🗓Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: 10 ish kuni.

Litsenziyaning amal qilish muddati: Cheklanmagan.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

❗️ Davlat xizmatlarida muhim yangilik! 💥


🆕 Suv, gaz va elektr energiyasi hisoblagichini qiyoslashdan o'tkazish uchun qayg‘urmang!📍

⚡️ Endilikda, ushbu hisoblagichlar vakolatli organlar tomonidan tashabbus asosida qiyoslashdan o'tkaziladi.

✅ Yangi tartib qanday bo'ladi?
Davriy qiyoslashdan o'tkazish muddatidan 3 oy oldin vakolatli organ xodimlari tomonidan hisoblagichlar olib ketiladi va qiyoslashdan o‘tkazilib, qayta o‘rnatib beriladi.

📌 Ma'lumot uchun, proaktiv davlat xizmati – jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarisiz, vakolatli organlar tashabbusi bilan ko'rsatiladigan xizmatlar.


Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-son qarori

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

Muhim yangilik!

❗️Ko'chmas mulkka huqularni rasmiylashtirishda endi bir marta murojaat qilsangiz, ko'chmas mulkingiz bilan bog‘liq barcha hujjatlar bir joyda hal qilinadi.

Ushbu xizmatlardan biri:
🏡 Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish va shu manzilda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro'yxatga qo‘yish;

📜 Ko'chmas mulk ijarasi yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish va manzilingizni vaqtinchalik yashash joyi sifatida rasmiylashtirish.

🔺Ushbu yengilliklardan foydalanish, o'z huquqlaringizni tez va oson himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘ling!

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

🚀 Davlat xizmatlarini soddalashtirish davom etmoqda!

❗️19-dekabr kuni Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar va Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi vakillari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu gal mehnat sohasidagi xizmatlarni yanada qulay va samarali qilish masalalari muhokama qilindi.

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

Davlat xizmatlarini baholash uchun yangi imkoniyat.

Fuqarolarning davlat xizmatlaridan qoniqish darajasi va ularning qo‘shimcha fikr va e’tirozlarini olishning yana bir muqobil vositasi ishga tushirildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

#Yangilik

Endi Avtotransport vositasini xavfli yuklarni tashishga qo‘yish to‘g‘risidagi guvohnoma olish uchun "Litsenziya" AT orqali ariza berish mumkin!


🏢Vakolatli organ:
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati

🗓 Xizmatni ko'rsatish muddati 10 ish kuni

💰Xizmat bepul ko'rsatiladi

📃 Guvohnoma 6 oy muddatga beriladi.

📌Ma'lumot uchun:
Xavfli yuklar – o‘ziga xos xossalari va xususiyatlari tufayli muayyan omillar mavjud bo‘lgani taqdirda tashish, yuk ortish-tushirish ishlari jarayonida tashilayotgan yuklar, texnika vositalari, qurilmalar, bino va inshootlar, boshqa obyektlarning portlashi, yonishi yoki shikastlanishiga, shuningdek odamlar hayoti va sog‘lig‘iga, atrof muhitga zarar yetkazilishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan moddalar, materiallar, buyumlar, chiqindilar.

▫️Bunda, agar yo‘nalishning uzunligi 400 kilometrdan ortiq bo‘lsa yoki tashish kechasi amalga oshirilsa, xavfli yuklarni tashiydigan avtotransport vositalarining bir haydovchi bilan harakatlanishi taqiqlanadi.
▫️Qish vaqtida tog‘ sharoitlarida xavfli yuklarni tashishda yukni tashuvchilar avtotransport vositalarini protektorning qishki shinalari bilan butlashlari kerak.


Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

Sayyor xizmat avtobusida qanday xizmatlar ko'rsatiladi?

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

✅ Bilasizmi, yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini olish va almashtirish uchun Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish mumkin.

📍 Bugungi kunda ushbu imkoniyat respublika bo‘yicha 104 ta Davlat xizmatlari markazida mavjud!

Batafsil ro‘yxatni va yaqin markazni havola orqali topishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

Infokioskalardan foydalanish uchun videoqo'llanma...

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

🚀 Davlat xizmatlarini soddalashtirish davom etmoqda!


❗️11-dekabr kuni Adliya vazirligi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakillari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu gal maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi xizmatlarni yanada qulay va samarali qilish masalalari muhokama qilindi.

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

⚡️ Quvvati 20 kVtdan ortiq obyektlar uchun xizmat ishga tushdi!

Endi energiya yetkazib berish loyihalarini kelishish uchun xulosa olish oson va tezkor.

📌 Xizmatdan qanday foydalaniladi?
- Davlat xizmatlari markazlari;
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz);
- “Litsenziya” AT platformasi.

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

Davlat xizmatlarining asosiy tamoyillaridan biri

Davlat xizmatlari ko‘rsatishda har bir fuqaroning murojaati alohida e’tibor va yondashuvga loyiq. DXM xodimlari uchun asosiy qoidalardan biri esa: 👇

Murojaatchi doimo haqdir!
DXM xodimlari har qanday holatda murojaatchining savolini to‘g‘ri shakllantirishda yordam beradi va unga malakali javob qaytaradi.


📢 Unutmang!
Biz sizning qulayligingiz uchun ishlaymiz

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…
Subscribe to a channel