#tez_kunda
📢 Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalarining bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari hisobga qo'yiladi.
Munisipial, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi uylarida joylashgan xizmat uylarini foydalanishga berish tartibi
📌 Kanalga ulanish
Adliya vazirligining ishchi guruhi Toshkent viloyati hamda Toshkent shahridagi tumanlarda bo'lib FHDY bo'limlari faoliyati bilan tanishdi.
Adliya vazirligi mas'ul boshqarmasi xodimlaridan tashkil topgan ishchi guruhi tomonidan FHDY bo'limlarida fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, xodimlarga xizmat ko'rsatish jarayonida joriy qilingan qulayliklar, bo'limda mavjud arxivlar, ularda hujjatlarni saqlash holati hamda sohada mavjud boshqa muammo va kamchiliklar o'rganildi.
Bunda FHDY bo'limlari tomonidan fuqarolarga ko'rsatiladigan har bir xizmat bosqichma-bosqich kuzatilib, jarayonlarni soddalashtirish hamda raqamlashtirish yuzasidan xodimlarning taklif va mulohazalari eshitildi.
Shunigdek, vazirlik xodimlari tomonidan fuqarolarni uzoq muddatdan buyon qiynab kelayotgan muammolar o'rganilib, joyida hal qilish choralari ko'rildi. Kelgusida FHDY bo'limlari tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlardan masofadan turib foydalanish imkoniyatini yaratish bo'yicha fuqarolarning takliflari tinglandi.
Yakunda bugungi kunda sohada amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar bilan fikr almashilib, sifatli va tezkor xizmat ko'rsatishni yanada takomillashtirish bo'yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.
📌 Kanalga ulanish 🌐 Telegram 🔹Facebook 🔸Bot
🆕 “Adliya-QR” axborot tizimi: fuqarolar uchun yangi qulayliklar!
2025-yildan boshlab Davlat xizmatlari markazlarida fuqarolar uchun “Adliya-QR” axborot tizimi joriy etildi. Ushbu tizim orqali fuqarolar:
🔹 Face-ID orqali ariza ma’lumotlarini tasdiqlash;
🔹 Arizaga tegishli to‘lovlarni amalga oshirish;
🔹 Arizada kiritilgan ma’lumotlar bilan tanishish;
🔹 Xizmat sifatini baholash;
🔹 Ariza natijalarini yuklab olish;
🔹 Zarur ma’lumotlarni markaz xodimi bilan almashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
✅ Bu yangilik quyidagi qulayliklarni yaratadi:
- Fuqarolar vaqtini tejaydi;
- Navbatlar sezilarli darajada kamayadi;
- Xizmat sifati oshadi;
- Ortiqcha xarajatlar qisqaradi.
Davlat xizmatlarini yanada qulay va sifatli qilish yo‘lida ishlashda davom etamiz!
📌 Kanalga ulanish 🌐 Telegram 🔹Facebook 🔸Bot
#muddatlar
🪪 O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi qancha muddatga beriladi?
✅ Bola tug‘ilgandan boshlab 16 yoshga to‘lguniga qadar ID-karta ota-onalar, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga ko‘ra beriladi.
📢 DIQQAT! MUHIM E’LON
📌 21-23 mart kunlari Soliq qo‘mitasi va Kadastr agentligining axborot tizimlarida profilaktik ishlar olib borilishi munosabati bilan ayrim davlat xizmatlaridan foydalanishda vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.
⚠️ Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!
📌 Kanalga ulanish
#adliya_xabari_qashqadaryo
Kitob ulashing ziyo ko'pyadi
Adliya vazirligi tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan ziyo ulash loyihasiga start berildi.
Unda adliya tizimida faoliyat olib boruvchi barcha xodimlar, xususan, adliya bo'limlari, Markazlar, FHDY bo'limlari, Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari, "Madad" byurolari xodimlari, shuningdek ushbu tashkilotlarga kelgan aholi tomonidan Markazlarga ixtiyoriylik asosida kitoblar taqdim etiladi.
Ushbu loyihaga viloyat qo'g'irchoq teatri jamoasi ham o'z hissasini qo'shib, badiiy adabiyotlar taqdim etishdi.
Siz ham ziyo ulashishda o'z hissangizni qo'shing!
📌 Kanalga ulanish
📃Transport vositasining identifikatsiya raqamini shakllantirish
🔹Xizmat nomi:
Transport vositasini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga transport vositasining identifikatsiya raqamini shakllantirish
👫Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik shaxslar
🏢Vakolatli organ(lar):
O‘zbekiston texnik jihatidan tartibga solish agentligi
🗂Xizmatdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
Talab etilmaydi
💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
BHMning 30 baravari
📆 Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:
6 ish kuni.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 127-son qarori
📌 Kanalga ulanish
#muddatlar
💼 Yakka tartibdagi tadbirkorlarni qayta davlat ro'yxatidan o'tkazish muddatlarini bilasizmi?
#Tayinlov
Adliya vaziriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
Prezidentning tegishli qarori bilan Nuʼmon Usmonovich Muxammadiyev adliya vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Nuʼmon Muxammadiyev 1982-yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi. 2003-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 2024-yilda “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.
Mehnat faoliyatini 2004-yilda Adliya vazirligi Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi katta maslahatchi lavozimida boshlagan. Keyinchalik mazkur boshqarmada yetakchi va bosh maslahatchi boʻlgan. 2009–2013-yillarda Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari sifatida faoliyatini davom ettirgan.
2016–2023-yillarda Adliya vazirligi tizimida turli lavozimlarda ishlagan. Shu jumladan, Adliya vazirligi Davlat xizmatlari koʻrsatishni muvofiqlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi boshligʻi hamda Davlat xizmatlari agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari boʻlgan.
Tayinlovga qadar (2023-yildan) Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat koʻrsatgan.
📌 Kanalga ulanish
#qonunchilikdagi_yangiliklar
📣 Shaxsning ishtirokisiz yoki xabarisiz kredit bitimi rasmiylashtirishning oldini olish imkoniyatlari mustahkamlanmoqda!
#Bilasizmi
❓Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma yuborish tartibini bilasizmi?
✅ Xabarnoma yuborish uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) murojaat qiladilar.
🏬 Xabarnomani qabul qiluvchi organ: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi.
💰Xabarnoma yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori.
📌 Kanalga ulanish
👨💻 Davlat xizmatlari markazlari faoliyatining asosiy tamoyillaridan biri: davlat xizmatini ko‘rsatish uchun shaxsan javobgarlik.
🆕 Ovchililik guvohnomasini olish yanada oson!
🔔Davlat xizmatlari yagona reyestrining (ro‘yxat raqami 3467, 2023-yil 27-oktabr) dolzarbligi ta'minlanmoqda!
#Bilasizmi
📄Idoraviy notarial arxivlar tomonidan arxiv ma’lumotnomalarini berish tartibidan xabardormisiz?
👫Davlat xizmatidan foydalanish uchun Jismoniy shaxslar Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladilar.
🏛Vakolatli organ: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlar.
💰Xizmat uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
🔹notarial rasmiylashtirilgan hujjatlarning dublikatini berish uchun — BHMning 5 foizi miqdorida;
🔹notarial harakatlarni ro‘yxatga olish reyestr kitobidan ko‘chirma berish uchun — BHMning 5 foizi miqdorida;
🔹arxiv hujjatlaridan nusxalar berish uchun — BHMning 2 foizi miqdorida;
🔹arxiv ma’lumotnomalari berish uchun — BHMning 1 foizi miqdorida.
⏰Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 1-5 ish kuni.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-son qarori.
Telegram | Facebook | Bot
#Bilasizmi
Xo‘jalik jamiyatining to‘lovga qobiliyatsizligi (bankrotligi) to‘g‘risida ma’lumotnoma olish mumkinligidan xabardormisiz?
👫Davlat xizmatidan foydalanish uchun Jismoniy va yuridik shaxslar Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladilar.
🏛Vakolatli organ: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi.
💰Xizmat bepul ko‘rsatiladi.
⏰Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: real vaqt rejimida
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-son qarori.
📌 Kanalga ulanish Telegram | Facebook | Bot
#Bilasizmi
Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarida amalga oshiriladigan ishlarning loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha xulosa berish
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)da ro‘yxatdan o‘tadi.
👫Xulosa olishni so‘rab murojaat qiladigan shaxslar toifasi: Jismoniy va yuridik shaxslar.
🏢Xulosani berishga vakolatli organ(lar): Madaniy meros agentligining Ilmiy-ekspert kengashi.
💳Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 1 baravari.
Xulosa berganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
▫️moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir ishlarni loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha ekspertizadan o‘tkazish uchun — loyiha-smeta hujjatidagi miqdorning 1 foizi;
▫️moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari va ularning qo‘riqlanadigan tegralarida yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya va boshqa xo‘jalik ishlarini o‘tkazishga oid loyihalarni ko‘rib chiqish uchun — respublika toifasidagi obyektlar uchun — BHMning 10 baravari; mahalliy toifadagi obyektlar uchun — BHMning 5 baravari;
▫️alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda, shu jumladan, Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda bino va inshootlarni qurish yoki ularni buzish bo‘yicha loyihalarni ko‘rib chiqish uchun — yuridik shaxslar uchun — BHMning 20 baravari; jismoniy shaxslar uchun — BHMning 1 baravari.
🗓Xulosa berish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish muddati: 30 ish kuni.
⏳Xulosaning amal qilish muddati: Cheklanmagan.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 169-son qarori.
📌 Kanalga ulanish 🌐 Telegram 🔹Facebook 🔸Bot
#Bilasizmi
🕋“Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faoliyati uchun litsenziya olish tartibini bilasizmi?
👫Ariza beruvchilar toifasi: yuridik shaxslar.
🏢Litsenziyalovchi organ: O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi
💳Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari.
💰Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari.
⏰Arizani ko‘rib chiqish muddati: hujjatlar qabul qilish yakunlangan kundan boshlab 30 kun davomida.
⏳Litsenziyaning amal qilish muddati: cheklanmagan.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-oktabrdagi 668-son qarori. |
📌 Kanalga ulanish 🌐 Telegram 🔹Facebook 🔸Bot
Elektr, gaz va suv hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish vakolatli organlar tashabbusi asosida (proaktiv shaklda) amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-dekabrdagi 847-son qarori bilan Hukumatning 2019-yil 20-avgustdagi 698-son qaroriga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi va issiq suvni hisobga olish uskunalarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish davlat xizmati proaktiv shaklda ko‘rsatilishi belgilandi.
Endilikda aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan elektr, gaz, suv hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish uchun murojaat qilish talabi bekor qilindi hamda hisoblagichlarni davriy qiyoslashdan o‘tkazish muddati kelgan hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish ta'minotchi korxonalar zimmasiga yuklandi.
Ma'lumot uchun: proaktiv davlat xizmati – jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarisiz, vakolatli organlar tashabbusi bilan ko'rsatiladigan xizmatlar.
Adliya vazirligi tomonidan mazkur davlat xizmatlarini ko'rsatuvchi vakolatli organlarning mas'ul xodimlariga davra suhbati o‘tkazilib, unda proaktiv shaklda davlat xizmati koʻrsatish tartibi va muddatlari hamda ushbu davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
📌 Kanalga ulanish
#Bilasizmi
🏬Bo‘sh turgan davlat obyektlari to‘g‘risida ma’lumotnoma olish mumkinligidan xabardormisiz?
👫Davlat xizmatidan foydalanish uchun Jismoniy va yuridik shaxslar Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladilar.
🏛Vakolatli organ: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi.
💰Xizmat bepul ko‘rsatiladi.
⏰Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: real vaqt rejimida
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-son qarori.
📌 Kanalga ulanish
✅ Хabar berganimizdek, Biologik va kimyoviy mahsulotlar uchun ruxsatnoma olish xizmati ishga tushdi!
📲 Endilikda bu xizmatdan foydalanishingiz mumkin!
📌 Kanalga ulanish
#Bilasizmi
💍 Zargarlik buyumlarini hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa buyumlarni sotish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma yuborish tartibini bilasizmi?
✅ Xabarnoma yuborish uchun yuridik shaxslar “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) murojaat qiladilar.
🏬 Xabarnomani qabul qiluvchi organ: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi.
💰Xabarnoma yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi.
❗️Eslatma: har bir faoliyat yuritish turi va manziliga (filialiga) alohida xabarnoma yuboriladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori.
#Bilasizmi
🐈 Veterinariya davolash-profilaktika faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma yuborish tartibini bilasizmi?
✅ Xabarnoma yuborish uchun yuridik va jismoniy shaxslar “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) murojaat qiladilar.
🏬 Xabarnomani qabul qiluvchi organ: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari.
💰Xabarnoma yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori.
#qulaylik
🎊 Nikohdan o'tish davlat xizmatlari orqali yanada oson!
#Ziyo_ulash
Kitob javonda emas, qalblarda yashashi kerak!
“Ziyo ulash” aksiyasi — bu shunchaki kitob alishish emas, bu bilim, ilhom va ziyo ulashish demakdir!
📍Davlat xizmatlari markaziga keling.
📖 Kitob tanlang va oʻqing.
📎Oʻqib boʻlgach, qaytaring yoki oʻrniga boshqasini qoldiring.
Qisqa vaqtda ushbu tashabbus orqali koʻngillilar tomonidan 20 mingdan ortiq kitob yigʻildi va ularning 11,3 ming donasi yangi egalarini topdi.
💡 Kitob — inson hayotini oʻzgartirishi mumkin! Siz ham bilim ulashing, “bukkrossing”ga marhamat!
📌 Kanalga ulanish
#Davlat_xizmatlari
Uyli bo‘lish orzusi bilan yurganlar diqqatiga! Ipoteka kreditlari uchun subsidiya olish bo‘yicha arizalar qabuli davom etmoqda!
Arizani qayerga topshirish mumkin?
➖Davlat xizmatlari markaziga borib;
➖ Yoki my.gov.uz orqali onlayn jo‘natish mumkin.
⚠️ Muhim! Davlat xizmatlari markazalari faqat arizalarni qabul qilishda vakolatli hisoblanib, ularni ko‘rib chiqish jarayonida ishtirok etmaydi.
Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya to‘lanadigan talabgorlar komissiya va mas’ul tashkilotlar tomonidan qonuniylik, shaffoflik, adolat va haqqoniylik tamoyillari asosida tanlanadi.
🔎 Arizangizda ko‘rsatilgan ijtimoiy mezonlarga muvofiqlik bo‘yicha barcha ma’lumotlar belgilangan tartibda tekshiriladi. Bunda, arizalar komissiya va mas’ul tashkilotlar tomonidan navbat asosida ularning taqdim etilishi ketma-ketligiga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
👉 Qo‘shimcha ma’lumot va tartib haqida quyidagi havolada.
📌 Kanalga ulanish
#Bilasizmi
❓Madaniy boyliklarni realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma yuborish tartibini bilasizmi?
✅ Xabarnoma yuborish uchun yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) murojaat qiladilar.
🏬 Xabarnomani qabul qiluvchi organ: O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi
💰Xabarnoma yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi.
Unutmang, madaniy boyliklarni realizatsiya qilishda:
1️⃣ madaniy boyliklarni O‘zbekiston hududidan olib chiqish yoki vaqtincha olib chiqish uchun maxsus sertifikatga ega bo'lishingiz;
2️⃣ 50 yil muqaddam va undan oldinroq yaratilgan madaniy boyliklarni O‘zbekiston hududidan olib chiqish mumkin emasligi haqida xaridorni ogohlantirishingiz;
3️⃣ madaniy boyliklarni asrash choralarini ko‘rishingiz lozim.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori.
📌 Kanalga ulanish
#Bilasizmi
🎤Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun ruxsatnoma olish tartibidan xabardormisiz?
#Bilasizmi
🔎Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) bo‘yicha faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma yuborish tartibini bilasizmi?
Xabardornoma yuborish uchun yuridik shaxslar “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) murojaat qiladilar.
🏬Xabarnomani qabul qiluvchi organ(lar): Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar hududiy bo‘linmalari.
💰Xabarnoma yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori.
📌 Kanalga ulanish