davxizmat | Unsorted

Telegram-канал davxizmat - Davlat xizmatlari yangiliklari

49922

Subscribe to a channel

Davlat xizmatlari yangiliklari

Shaxsga doir maʼlumotlardan qonunga xilof ravishda foydalanish javobgarlikka sabab boʻladi

Soʻnggi vaqtlarda turli toʻlov operatorlari va ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkorlar tomonidan aholiga xizmat koʻrsatish, shu jumladan davlat xizmatlari koʻrsatishda ularining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetlari orqali yordam koʻrsatish taklif qilinmoqda.

“Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonunda mulkdor va (yoki) operatorning, shuningdek uchinchi shaxsning shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish bilan bogʻliq boʻlgan xodimlari oʻziga ishonib topshirilgan yoki kasbiy, xizmat yoxud mehnat majburiyatlarini bajarishi sababli maʼlum boʻlib qolgan shaxsga doir maʼlumotlarning oshkor etilishiga yoʻl qoʻymasligi belgilangan.

Biroq, aksariyat hollarda tadbirkorlar va toʻlov operatorlari tomonidan aholiga koʻrsatilgan xizmatlar yakuni boʻyicha shaxsga doir maʼlumotlarning yigʻilishi hamda bu maʼlumotlar boshqa shaxslarga berilishi va natijada undan turli gʻaraz niyatlarda foydalanish holatlari kuzatilmoqda.

❗️Eslatib oʻtamiz, shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.

Hurmatli fuqarolar, shaxsga doir maʼlumotlaringizni ishlov berish uchun toʻlov operatorlariga yoki tadbirkorlarga berish orqali kelgusida ushbu maʼlumotlardan boshqa shaxslar tomonidan gʻarazli maqsadlarda foydalanish xavfi ortishi mumkinligini eslatib oʻtamiz.

/channel/yuldasheva_shoxidaxon

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

#Bilasizmi

Gidrogeologik xulosa berish tartibidan xabardormisiz?


Xizmatdan foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxlar Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)da davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

🏢Xulosani berishga vakolatli organ:
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi “O‘zbekgidrogeologiya” davlat muassasasi.

💳Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im undirilmaydi
.

💰Xulosa berganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
BHMning 10 baravari.

⏱️Xulosa berish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish muddati: 8 ish kuni.

🗓Xulosaning amal qilish muddati: 2 yil.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 169-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

#Bilasizmi

Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish tartibidan xabardormisiz?


Ariza beruvchi arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini olish uchun yuridik va jismoniy shaxlar Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)da davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

🏢Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar):
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori: BHMning 1 baravari. Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

🗓Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 13 ish kuni.

Ma'lumot uchun, arxitektura va rejalashtirish topshirig‘i (ART) - qurilish boshlanishidan oldin olinishi kerak bo‘lgan asosiy normativ hujjatlardan biri bo‘lib, u qurilishning barcha talablarni o‘z ichiga oladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

🚀 Davlat xizmatlarini soddalashtirishga qaratilgan yana bir muhim qadam!


6-noyabr kuni Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi va suv ta’minoti tashkilotlari vakillari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu gal issiq suv ta’minoti xizmatlarini yanada qulay va samarali qilish masalalari muhokama qilindi.

🔹 Yig‘ilishda issiq suv xizmatlaridan foydalanishda ortiqcha hujjatlarni qisqartirish va jarayonlarni avtomatlashtirish bo‘yicha yangi takliflar bildirildi.

⏳ Tez orada fuqarolar byurokratiyadan holi, oson va tezkor issiq suv ta’minoti xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

📢 Yangi Davlat Xizmati Yo‘lga Qo‘yildi!


Endilikda aholi va tadbirkorlar moddiy madaniy meros obyektining davlat kadastriga kirgan yoki kirmaganligi haqidagi ma’lumotlarni olish imkoniyati yaratildi! 📜

Mazkur xizmat orqali har bir yuridik va jismoniy shaxs madaniy meros ob’yektlari haqidagi aniq va to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lishi mumkin.

📌 Xizmatdan Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali foydalanish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

📍Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Qarshi mahsus prokurori U.Elmurodov bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining Qarshi shahridagi 4-mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi faoliyati bilan tanishdi.

Vazir o‘rinbosari tomonidan ichki ishlar organlarining mas’ul xodimlariga jinoiy huquqbuzarliklar, avf etish va jazoni ijro etish faoliyatiga oid so‘nggi vaqtlarda qabul qilingan qonunchilik hujjatlari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida, jumladan adliya organlari faoliyatida so‘nggi vaqtlarda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar va yangi tashabbuslar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

🌟 Yangi imkoniyatlar "Mening biznesim" modulida! 🆕

🖥 Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (new.birdarcha.uz) tizimida yangi “Mening biznesim” moduli joriy etildi. Ushbu modul orqali tadbirkorlar o'z bizneslariga doir bir qator muhim ma’lumotlarni bir joyda olishlari mumkin.

📍Misol uchun:
- Tadbirkorlik subyektlarining umumiy ma’lumotlarini
- Soliq hisobotlari va ma'lumotlarini
- Litsenziya va intellektual mulk ma’lumotlarini
- Ko‘chmas mulk ma’lumotlarini
- Bandlik va YHXX ma’lumotlarini
- Taqiqlar va It park ma’lumotlarini
- Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lumotlarini
- Qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariysi ma’lumotlarini.

Yangi imkoniyatlar yordamida biznesingizni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlarga tezda ega bo‘ling! 🏢📊

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

#Madad_loyihasi

⚡️Bugun, 2-noyabr kuni “Matonat” filmini “Zoʻr TV” telekanalida tomosha qiling!

“Matonat” filmi real voqealarga asoslangan boʻlib, Adliya vazirligi tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan “Madad” ijtimoiy-huquqiy loyihasi doirasida suratga olingan.

Oʻtkazib yubormang
!

Vaqti: 17:50

📌 Kanalga ulanish

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

#Bilasizmi

Nogironligi bo‘lgan yoshlarga (o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan) o‘qish xarajatini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibidan xabardormisiz?


Ariza beruvchi subsidiya olish uchun istalgan davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

🏢
Subsidiya O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan ajratiladi.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im undirilmaydi

📌Agentlikning Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan nogironligi bo‘lgan har bir yoshga uning talabiga muvofiq bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha bo‘lgan miqdorda subsidiya ajratiladi.


O‘qish xarajatlari uchun har oyda ajratiladigan subsidiya miqdori:
▫️kasb-hunarga o‘rgatish, kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti uchun BHMning besh baravaridan;
▫️umumta’lim fanlari uchun BHMning uch baravaridan;
▫️xorijiy tillarni o‘rgatish uchun BHMning uch baravaridan ko‘p bo‘lmasligi lozim.

❗️Bunda ariza beruvchiga faqat bir turdagi o‘quv kursida 12 oydan oshmagan muddatda o‘qish uchun subsidiya ajratiladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 341-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

🚀 Davlat xizmatlaridan foydalanish yanada qulaylashmoqda!💻

“O‘ZBEKISTON — 2030” Strategiyasi doirasida davlat xizmatlari “3 qadam” tamoyili asosida soddalashtirilgan tartibda takomillashtirilmoqda.


🔹 Yangi o‘zgarishlar qanday bo‘ladi?
Joriy yilning 30-oktabr kuni Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi va suv ta’minoti tashkilotlari vakillari ishtirokida suv ta’minotiga oid davlat xizmatlarini soddalashtirish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda suv ta'minoti xizmatlaridan foydalanishni avtomatlashtirish va talab qilinadigan ortiqcha hujjatlarni qisqartirish masalalari muhokama qilindi.

⏳ Tez orada fuqarolar oson, tezkor va byurokratiyadan holi bo'lgan suv ta’minoti xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

Oʻzbekistondagi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga saylovlarni kuzatishga kelgan Rossiya Davlat dumasi raisi oʻrinbosari Vladislav Davankov bugun Chilonzor tumani davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi.

Adliya vaziri oʻrinbosari X. Meliyev markazda V. Davankov bilan uchrashuv oʻtkazdi. Tomonlar fuqarolarga muhim masalalarni tez va qulay hal qilishga koʻmaklashadigan raqamlashtirilgan, proaktiv va kompozit xizmatlarni joriy etish masalalarini muhokama qildi.

Taʼkidlanishicha, davlat xizmatlari markazlari orqali 400 ga yaqin turdagi xizmatlardan foydalanish mumkin. Oʻtgan yilning oʻzida markazlar orqali mamlakat aholisiga 13 millionga yaqin davlat xizmatlari koʻrsatilgan.

Bir binoda DXM bilan bir qatorda adliya boʻlimi, bepul huquqiy maslahat beruvchi “Madad” NNT va yuridik xizmat koʻrsatish markazi joylashgani tufayli, fuqarolar barcha huquqiy masalalarni boshqa idoralarga qoʻshimcha tashrif buyurmasdan, joyning oʻzida hal qilish imkoniyatiga ega boʻlmoqdalar.

/channel/yuldasheva_shoxidaxon

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Sayyor qabulda aholi murojaatlari hal etilmoqda

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

🚀 Davlat xizmatlaridan foydalanish yanada oson bo'ladi!💻

“O‘ZBEKISTON — 2030” Strategiyasiga asosan YIDXPda joriy etilgan davlat xizmatlari “3 qadam” tamoyili asosida soddalashtirilmoqda.


🔺Rejalar qanday?
Joriy yilning 23 oktabr kuni kommunal sohadagi davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonlarini soddalashtirish masalalari Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi va vakolatli organlarning mas'ul xodimlari ishtirokida muhokama qilindi.
Muhokama natijasida davlat xizmatidan foydalanishni yanada avtomatlashtirish va talab qilinadigan hujjatlarni qisqartirishga kelishib olindi.

⏳Tez orada xizmatlarning yangi talqinidan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

✔️Hozirgi vaqtga qadar 100 dan ortiq ommabop davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida talab etiladigan ortiqcha ma'lumotlar olib tashlandi. Bu esa fuqarolarga davlat xizmatlaridan yanada qulay va tezkor foydalanish imkoniyatini bermoqda.

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

#Bilasizmi

🔰 Ko‘chmas mulk sotish yoki sotib olishda "Ko‘chmas mulk tarixi haqida ma’lumot" olish xizmatidan foydalanib, mulkka nisbatan amaldagi va avvalgi huquqlar, mulk davlat ro‘yxatiga qachon kiritilgani, huquqni tasdiqlovchi hujjatlar turi, kim tomonidan berilgani, sanasi va raqami haqidagi ma’lumotlarni bilib olish mumkin.

📄Ma’lumotnomani olish uchun davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etish, yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YIDXP) yoki O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining davreestr.uz veb-saytida ro‘yxatdan o‘tish kerak.

🏢Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar):

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
BHMning 50 foizi. Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

🗓Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 3 ish kuni.

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 380-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

Mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlariga infratuzilmani nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirish xarajatlarining bir qismini qoplab beriladi!

📍Subsidiya olish uchun tadbirkor Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan so‘rov yuborishi lozim.

✅ Bunda, tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan mehmonxonaning kamida uchta xonasi nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rindiqli aravachasidan foydalanishi uchun qulay tarzda jihozlanganda, shuningdek, eshitishi va ko‘rishi uchun displey hamda ovozli qurilmalar o‘rnatilganda, ushbu tadbirkorlik sub'ektlariga har bir maxsus jihozlangan xona uchun quyidagi miqdorlarda subsidiya ajratiladi:

▪️ yulduz toifasini olgan mehmonxonalarga — 2 million so‘m;
▪️ yulduz toifasini olmagan mehmonxonalarga — 1 million so‘m.

Xizmat bo'yicha batafsil ma'lumot

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

#bilasizmi

❗️Topilmalar va yo‘qolgan ashyolarning elektron reyestri yuritiladi.

✅Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli yo‘qotilib, topib olingan ashyolarni Davlat xizmatlari markazlariga topshirish, saqlash, egalariga qaytarish yoki ularni davlat arxiv idoralariga topshirish, shuningdek topilmalar va yo‘qolgan ashyolar reyestrini yuritish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan davlat xizmatini sifati yaxshilandi.

🧑🏻‍💻Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli yo‘qolgan va topib olingan ashyolarni qabul qilish, saqlash, egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish Davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

📝O‘zining yoki yaqin qarindoshlarining (eri yoki xotini, farzandlari, nevaralari, aka-uka va opa-singillari) yo‘qolgan ashyolarini topish bo‘yicha jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslarning vakillari Markazga shaxsan kelib yoki YIDXP orqali murojaat qilishlari mumkin.

🗓️Topilmalar markazda 6 oy davomida saqlanadi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi 28-son qarori

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

FHDY organlarida Elektron navbat tizimini optimallashtirish loyihasi mas’ullar tomonidan muhokama qilindi
 
FHDY organlariga tashrif buyuruvchilar oqimini o‘rganish va tahlil qilish hamda ish samaradorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan yangi talqindagi Elektron navbatni boshqarish tizimi soha vakillari ishtirokida ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv davomida tizimning fuqarolar tomonidan FHDY organlariga onlayn elektron navbatga yozilishi yoki bevosita murojaat qilganda elektron navbat chiptalarini olish bilan oldingi navbatda turgan fuqarolar soni haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishi, navbatlar haqidagi ma’lumotlarni monitoring qilish hamda tashrif buyuruvchilar oqimini tahlil qilish orqali yuklamalarni boshqarish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shundan so‘ng, adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev tomonidan tashrif buyuruvchilarga sifatli davlat xizmatlarini ko‘rsatish, FHDY organlariga onlayn navbatga yozilish imkoniyatlarini kengaytirish hamda monitoring qilish imkoniyatlarini yaratish borasida soha vakillariga bir qator topshiriqlar berildi.

/channel/yuldasheva_shoxidaxon

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

#Bilasizmi

Qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish tartibidan xabardormisiz?


📄 Ruxsatnoma olish uchun ariza beruvchilar (jismoniy va yuridik shaxslar) Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi va so'rovnoma to'ldiradi.

🏢Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar):
Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari va tuman (shahar) qurilish bo‘limlari.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori: BHMning 30 foizi miqdorida. YIDXP orqali murojaat etilganda ushbu yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limida probatsiya nazoratidagi shaxslar bilan uchrashdi.

Tadbirda adliya vaziri o‘rinbosari X. Meliyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Probatsiya to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati, probatsiya nazoratidagi shaxslarning huquq va majburiyatlari, davlat organlarining pobatsiya sohasidagi vakolatlari hamda jazoni ijro etish sohasidagi so‘nggi qonunchilik yangiliklari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi va probatsiya nazoratidagi shaxslarning takliflari eshitildi.

Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilariga adliya va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida olib borilayotgan islohotlar haqida ham ma’lumotlar berildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

🦟 Uy-joyingiz termit va boshqa hasharotlardan zararlanganmi?


🆕 Yangi davlat xizmati aynan shuni aniqlashga yordam beradi!

🔶 2025-yil 1-yanvardan boshlab, uy-joylarni termit va hasharotlardan zararlanganlik holatini aniqlash va yashash uchun yaroqsiz deb topish bo‘yicha maxsus davlat xizmati ishga tushadi.

✔️ Bu xizmat tuman va shahar hokimliklari tomonidan tashkil etilgan maxsus komissiyalar orqali ko‘rsatiladi. Yuridik va jismoniy shaxslar xizmatdan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron tarzda ariza yuborishi mumkin.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-noyabrdagi 734-son qarori

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

📢 Yangi qulaylik! Xorijga chiqish biometrik pasporti endi pochta orqali o'zi yetib keladi! 🆕


🔺Buning uchun fuqaro so'rovnoma to'ldirganda xorijga chiqish biometrik pasportini pochta orqali olishni belgilab ketishi kerak. Pasport tayyor bo'lganida maxsus ma’lumotlarni yig‘ish punkti xodimlari tomonidan pochta xizmatiga topshiriladi.

Bu xizmat uchun to‘lov xarajatlari fuqaroning o‘zi tomonidan qoplanadi, va to‘lov miqdorini pochta xizmati belgilaydi.

📩 Pochta xizmati xodimi pasport kelganidan so‘ng foydalanuvchi bilan bog‘lanib, uning manziliga yetkazib beradi. Bunda, Toshkent va viloyat markazlarida bir ish kunida, boshqa hududlarda esa ikki ish kunida yetkazib berish amalga oshiriladi.

❗️ Agar kelishilgan vaqtda manzilda bo‘lmasangiz, xorijga chiqish biometrik pasportini o‘n ish kuni davomida shu hududdagi pochta bo‘limidan olishingiz mumkin bo'ladi.

Asos: 2024-yil 4-noyabrdagi 380-son Prezident qarori

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

🆕 Yangi Qulaylik ❗️

Endilikda, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalash uchun yuridik shaxslar "Litsenziya" axborot tizimi orqali murojaat qilishlari mumkin bo'ladi 📲.

🔹 Litsenziyalar 🏛 Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan ✅ 5 yil muddatga taqdim qilinadi.

🔜 2026-yil 1-yanvardan boshlab ushbu faoliyatning ayrim kichik turlari ham alohida litsenziyalash tartibiga kiritiladi. Misol uchun:

🚚 Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning olib kirish faoliyati;
🏬 Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash va realizatsiya qilish faoliyati;
⚙️ Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ishlab chiqarish, tayyorlash va saqlash faoliyati va boshqalar.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-oktabrdagi 725-son qarori.

Batafsil ma'lumot


Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

👉 So‘rovnoma

🟡 Sizning fikringiz davlat xizmatlaridan foydalanishni yengillashtirishga sabab bo‘lishi mumkin.

📱 Bugun raqamlashtirish tufayli aholiga 670 dan ortiq davlat xizmatlari onlayn shaklda ko‘rsatilmoqda.

❗️ Shunga qaramay, byurokratik to‘siqlarni kamaytirish, davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladigan ishlar ko‘p. Bu jarayonda har bir yurtdoshimizning ishtiroki juda muhim. 

🧑‍💻 Ushbu maqsadlarga erishish uchun Sizni qisqa so‘rovnomamizda ishtirok etishga taklif etamiz.

💬💬💬💬💬💬

👉 Опрос

🟡 Ваше мнение может облегчить пользование госуслугами.

📱  Сегодня, благодаря цифровизации, более 670 государственных услуг предоставляются населению онлайн.

❗️Однако, вместе с тем, необходимо проделать большую работу в плане сокращения бюрократических барьеров и обеспечения открытости государственных органов. Участие каждого гражданина в этом процессе очень важно.

🧑‍💻В целях достижения поставленных задач мы приглашаем Вас принять участие в нашем небольшом опросе.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

#Adliya_xabari

O‘zbekiston davlat xizmatlarini raqamlashtirishni jadallashtirmoqda: Tojikistondagi forumda adliya vaziri o‘rinbosari sohadagi ustuvorliklar va yutuqlar haqida so‘zlab berdi

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

📢 Yangi davlat xizmati joriy etiladi!

Endilikda to‘lovga qobiliyatsizlik alomati mavjud bo‘lgan korxona rahbari sudgacha sanatsiyani davlat tomonidan yordam ko‘rsatilgan holda o‘tkazish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.


Sudgacha sanatsiya – qarzdor yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari) yoki uning mol-mulki egasi, kreditorlar va boshqa shaxslar tomonidan qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash hamda to‘lovga qobiliyatsizligining oldini olish uchun ko‘riladigan chora-tadbirlar hisoblanadi.

🏛 Sudgacha sanatsiyani davlat tomonidan yordam ko‘rsatilgan holda o‘tkazish haqidagi qaror Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan qabul qilinadi.

Batafsil ma'lumot

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

#Bilasizmi

🔰“Hunarmand” uyushmasi a’zosi bo‘lgan va tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan shaxslar internet saytlarini tashkil etish, o‘z mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonchalariga chiqarish yoki reklama xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratish bo‘yicha tavsiya berishni so‘rab o‘zining doimiy yashash manzilidagi hokim yordamchisiga yozma, “Onlayn mahalla” elektron platformasi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron ariza bilan murojaat qilishi mumkin.


🏢Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ:
Tuman (shahar) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im undirilmaydi

📌Mahalliy mehnat organi usta va dasturchi o‘rtasida tuzilgan shartnomada ko‘rsatilgan umumiy summaning:
1 — 3-toifadagi tuman (shahar)lar uchun xarajatlarning 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha,
4-5-toifadagi tuman (shahar)lar uchun xarajatlarning 75 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravarigacha bo‘lgan miqdorda subsidiya ajratadi hamda ikki ish kuni ichida subsidiyani ustaning bankdagi hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.

❕Ushbu subsidiya turidan foydalanish huquqi bir marta beriladi.

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyuldagi 307-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

Сайловда қандай овоз берилади?

/channel/yuldasheva_shoxidaxon

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

#Bilasizmi

Sport pasportini olish tartibi qanday?


Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat qiladi yoki elektron tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) tizimidan ro‘yxatdan o‘tadi.

🏢Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori: BHMning 1/6 (oltidan bir) qismi.
▫️Ariza YIDXP orqali taqdim etilganda, ariza beruvchidan davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etganda to‘lanadigan summaning 90 foizi miqdorida yig‘im to‘lanadi.
▫️“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga yig‘im miqdorining 50 foizi undiriladi.

🗓Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 7 kun.

📌Sport pasportining amal qilish muddati 5 yil.

📑Davlat xizmatidan foydalanish uchun 16 yoshga to‘lmagan shaxslarning elektron shaklda 3x4 o‘lchamli oq fondagi fotosuratini elektron nusxasini tayyorlab qo'yish maqsadga muvofiq.

✔️ Izoh: sport pasporti — yagona namunadagi hujjat bo‘lib, sportchining jismoniy tarbiya va sport tashkilotiga mansubligini hamda uning sport malakasini tasdiqlaydi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-iyuldagi 309-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

#Adliya_sarhisob

DXMda qachon navbat kam boʻladi: davlat xizmatlari markazlariga oid muhim raqamlar (2024-yil 9 oylik)

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat

Читать полностью…

Davlat xizmatlari yangiliklari

#Davlat_xizmatlari

Xitoyning Suchjou shahridan kelgan investor Yuan Dongsheng Oqdaryo tuman davlat xizmatlari markazida “Yaxing Guoji Maoyi” MCHJni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Maʼlumki, markazlarda mamlakatimizga investitsiya olib kirish niyatida boʻlgan ishbilarmonlar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Xususan, investorlar xonasi, navbatsiz xizmat koʻrsatish shular jumlasidan. Yuan Dongsheng ham 5 daqiqa ichida davlat xizmatlaridan foydalanib, yurtimizda qonuniy tadbirkorlik bilan shugʻullanish imkoniyatiga ega boʻldi.

Asosan eksport, import va servis faoliyat turi bilan shugʻullanuvchi korxona nooziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirish, sotib olish, qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Investor kelgusida 30 dan ortiq ishlab chiqarish va xizmat turlarini yoʻlga qoʻyish niyatida.

📌 Kanalga ulanish

Читать полностью…
Subscribe to a channel