✅ Хabar berganimizdek, madaniy boyliklarni O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish yoki vaqtincha olib chiqish huquqini beruvchi sertifikat olish xizmati ishga tushdi!
📲 Endilikda ushbu xizmatdan “Litsenziya” axborot tizimi orqali foydalanishingiz mumkin.
Telegram | Facebook | Bot
Davlat xizmatlari markazlarining asosiy tamoyillaridan biri:
Mamnuniyat va sharaf bilan insonlarga yordam berish.
#Adliya_xabari
Andijon viloyati Qo'rg'ontepa tumani davlat xizmatlari markazining Qorasuv filiali yangi binosining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Ochilish marosimida, O'zbekiston Respublikasi adliya vaziri A.Tashkulov va Qo'rg'ontepa tuman hokimi ishtirok etdilar.
Adliya vaziri mazkur marosimda nutq soʻzlab, yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlar fuqarolarimizning huquqlarini taʼminlashga, ularga tez, oson va qulay davlat xizmatlarini koʻrsatishga, vaqtlarini tejashga xizmat qilishini taʼkidlab oʻtdi.
Shuningdek, Adliya vazirligi tomonidan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida M.Normatovning tug'ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi muddati o'tkazilib qayd etilgan holda fuqaroga shaxsan vazir tomonidan tug'ilganlik haqidagi guvohnoma topshirildi.
Telegram | Facebook | Bot
✨ Kompozit xizmatlar doirasi kengaymoqda!
#International_Legal_Forum
The Age of Digital Technologies: A Legal Perspective on the Future
#bilasizmi
🚘 Avtotransport vositasi uchun reklama joyining pasportini rasmiylashtirish tartibini bilasizmi?
‼️ Eslatma: reklamani joylashtirishga bo‘lgan huquq uchun miqdori Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan belgilanadigan yig'imni to'lash lozim.
#Bilasizmi
❓Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi rasmiy davlat hujjatlari (shahodatnoma, sertifikat) dublikatini olish tartibidan xabardormisiz?
Quyidagi hollarda dublikat beriladi:
🔹shahodatnoma (sertifikat) yo‘qotilganda;
🔹shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgartirilganda;
🔹shahodatnoma (sertifikat) yaroqsiz holga kelgan, buzilgan hollarda.
✅Davlat xizmatidan foydalanish uchun ariza beruvchi yoki uning ishonchli vakili Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.
🏛Vakolatli organ: Tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari.
💰Xizmat bepul ko‘rsatiladi.
⏰Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 5 ish kuni.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori.
Telegram | Facebook | Bot
#Xalqaro_yuridik_forum.
2025-yil 29-30-may
Toshkent yana “Tashkent Law Spring” IV Xalqaro yuridik forumiga mezbonlik qiladi.
❗️Asosiy mavzu – “Raqamli texnologiyalar davri: kelajakka huquqiy nazar”
🔰Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish
‼️Unutmang, yangi familiya, ism yoki ota ismi yangi hujjatlar demakdir.
📈 Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar bo'yicha o'rtacha bahosi eng yuqori bo'lgan hududlar:
1. Farg'ona viloyati – 99,24 %
2. Xorazm viloyati – 99,22 %
3. Buxoro va Samarqand viloyatlari – 99,19 %
4. Andijon viloyati – 99,17 %
🔼Ko‘rsatilgan xizmatlar o'rtacha bahosi eng yuqori bo'lgan davlat xizmatlari markazlari:
1. Chust, Yakkasaroy, Bo'ka tumanlari va Ohangaron shahri – 99,44 %
2. Bulung'ur, Izboskan, Nukus tumanlari – 99,42 %
3. Bog'ot, Termiz va Buxoro tumanlari - 99,41 %
📉 Ko‘rsatilgan xizmatlar bo'yicha o'rtacha bahosi quyi bo'lgan hududlar:
1. Qashqadaryo viloyati – 94,71 %
2. Toshkent shahar – 98,11 %
🔽Ko‘rsatilgan xizmatlar bo'yicha o'rtacha bahosi quyi bo'lgan davlat xizmatlari markazlari:
1. Quva tumani - 85,86 %
2. Yuqorichirchiq tumani - 88,10 %
3. Mirobod tumani - 89,72 %
Telegram | Facebook | Bot
#Yuridik_lokatsiya
Yuridik lokatsiya bu gal Davlat xizmatlari markazida.
Videoni koʻrish 👉 https://www.youtube.com/watch?v=ezw9z3hB_Rw
Telegram | Facebook | Bot
#Adliya_xabari
❗️Tadbirkorlar diqqatiga!!!
#bilasizmi
📢 Qonunchilikka muvofiq 2025-yil 15-apreldan 2026-yil yakuniga qadar eksperiment tariqasida Toshkent shahrida haydovchidan tashqari 4 dan ortiq va 8 tadan ko'p bo'lmagan o'rindiqlarga va yuqori qulayliklarga ega avtotransport vositalarida o'zini o'zi band qilgan shaxslar yo'nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
🌟 Bir markaz, bir nuqtada biz sizga xizmat ko'rsatamiz!
#Bilasizmi
Nodavlat arxivlarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma yuborish tartibidan xabardormisiz?
Xabardor qiluvchilar faoliyatni amalga oshirishni boshlashi uchun vakolatli organga “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali xabarnoma yuboradi.
🏢 Xabarnomani qabul qiluvchi organ: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi.
💰Xabarnoma yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 50 foizi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori.
Telegram | Facebook | Bot
#Ziyo_ulash
Kitob javonda emas, qalblarda yashashi kerak!
“Ziyo ulash” aksiyasi — bu shunchaki kitob alishish emas, bu bilim, ilhom va ziyo ulashish demakdir!
📍Davlat xizmatlari markaziga keling.
📖 Kitob tanlang va oʻqing.
Telegram | Facebook | Bot
Hurmatli kanalimiz obunachilari
Kanalimizda Sizga kerakli huquqiy ma’lumotlarni Siz istagan vaqtda va shaklda yetkazish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
Mazkur so‘rovnomada faol ishtirok etishga chaqiramiz.
📌 Kanalga ulanish
✅Jismoniy va yuridik shaxslar davlat xizmatlari markazlarida fuqarolar doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan va yuridik shaxslar pochta manzilidan (joylashgan yeridan) qat’i nazar, davlat xizmatlarini eksterritorial tamoyil bo‘yicha olishga haqli.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-fevraldagi PQ-4193-son qarori.
Telegram | Facebook | Bot
#Adliya_xabari
Anqara shahrida fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish sohasini takomillashtirishga qaratilgan uchrashuv o‘tkazilmoqda.
Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Moldova va Turkiya davlatlari Adliya vazirliklarining mas’ul vakillari ishtirok etib, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan imkoniyatlar muhokama qilinmoqda.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vakilining taqdimoti o'tkazilib, sohadagi raqamlashtirish hamda fuqarolarga yaratilgan qulayliklar borasida mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida xorijiy tomon vakillari tanishtirildi.
Sohani yanada takomillashtirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish maqsadida 10 dan ortiq davlatlardan tashrif buyurgan Adliya vazirliklari va FHDY organlari vakillari o‘zaro ish tajribalarini almashishmoqda.
Telegram | Facebook | Bot
#Adliya_davlat_xizmatlari
📚Biometrik pasportni ID kartaga almashtirish uchun ariza yuborish tartibidan xabardormisiz?
Batafsil videorolikda....
📌 Kanalga ulanish
#Yangi_xizmat
📌 Talabgorlarni arxiv hujjatlarini tartibga keltirishga kompetentligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati joriy etiladi.
#Ziyo_ulash
Kitob javonda emas, qalblarda yashashi kerak!
“Ziyo ulash” aksiyasi — bu shunchaki kitob alishish emas, bu bilim, ilhom va ziyo ulashish demakdir!
📍Davlat xizmatlari markaziga keling.
📖 Kitob tanlang va oʻqing.
📎Oʻqib boʻlgach, qaytaring yoki oʻrniga boshqasini qoldiring.
Qisqa vaqtda ushbu tashabbus orqali koʻngillilar tomonidan 23 mingdan ortiq kitob yigʻildi va ularning 14 ming donasi yangi egalarini topdi.
💡 Kitob — inson hayotini oʻzgartirishi mumkin! Siz ham bilim ulashing, “bukkrossing”ga marhamat!
Telegram | Facebook | Bot
Tadbirkorlik subyektlarini ro'yxatdan o'tkazishda qonunchilikka muvofiq nom tanlashda muammo yo'q.
"Ishonch" nashrida Davlat xizmatlari markazlarida tadbirkorlik subyektlarini ro'yxatdan o'tkazishda O', Q, G', H harflari qatnashgan nomlarni tanlash imkoni yo'qligi haqida maqola e'lon qilingan.
Adliya vazirligi ushbu maqola yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi.
“Firma nomlari to‘g‘risida” gi Qonunga muvofiq firma nomida adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga o‘xshash bo‘lgan belgilar ko‘rsatilmasligi belgilangan.
Davlat xizmatlari markazlarida mazkur qonun va boshqa qonunchilik talablarini buzmagan holda xizmat ko'rsatib kelinmoqda va O', Q, G', H harflari qatnashgan nomlarni tanlashda muammo yo'q.
Misol tariqasida joriy yilning aprel oyining o'zida “MO‘JIZA MED SENTR”, “BOG‘OT MEBEL N-1” va “XO‘JAQO‘RG‘ON YAYLOVI” nomi bilan ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarni keltirishimiz mumkin.
#Adliya_xabari
❗️Hurmatli fuqarolar!
2025-yil 10-aprel kuni soat 08:00 dan 18:00 ga qadar Marg'ilon shahridagi ayrim mahallalarda elektr ta’minotidagi nosozliklar tufayli ta'minot vaqtincha o‘chirilganligi ma'lum bo'ldi.
Shu sababli Marg'ilon shahar Davlat xizmatlari markazi hamda shahar FHDY bo'limida ham elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirilgan.
Fuqarolardan yaqin hududdagi Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishlarini yoki my.gov.uz portali orqali onlayn tarzda davlat xizmatlaridan foydalanishlarini so‘raymiz.
Noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz!
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Bizni kuzatib boring:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook 📱fargonaadliyaboshqarmasi?si=cEGyuGaf9W8tsD26">Youtube
#Bilasizmi
💰Quyidagi shaxslarga davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlar bo‘yicha 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llaniladi:
✅“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga;
✅I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga.
❗️Tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlarda ushbu chegirma qo'llanilmaydi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoni
Telegram | Facebook | Bot
💼 O'z-o'zini band qilgan shaxs sifatida ro'yxatdan o'tish tartibini bilasizmi?
‼️Mehnat staji hisoblanishi uchun yiliga BHMning 1 baravari miqdorida ijtimoiy soliq to'lash lozim.
#infografika
"Litsensizya" axborot tizimi haqida yuqoridagi infografikada batafsil tanishishingiz mumkin
Telegram | Facebook | Bot
🔹 Hurmatli fuqarolar! 🔹
📢 2025-yil 3-aprel kuni soat 09:00 dan 16:00 gacha Nurafshon shahrida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirilishi rejalashtirilgan. Shu sababli Nurafshon shahar Davlat xizmatlari markazida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi!
✅ Fuqarolardan yaqin hududdagi Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishlarini yoki my.gov.uz portali orqali onlayn tarzda davlat xizmatlaridan foydalanishlarini so‘raymiz.
⚡️ Noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz!
📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇
✅Telegram | ✅Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|📹Youtube
#Bilasizmi
📃Rentgen uskunasidan foydalanish uchun ruxsatnoma
🔹Litsenziya nomi:
Rentgen uskunasidan foydalanish uchun ruxsatnoma
👫Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik shaxslar
🏢Litsenziyalovchi organ(lar):
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi.
💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida
💰Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im:
bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari.
📆 Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:
10 kun.
📆Litsenziyaning amal qilish muddati:
3 yil
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022 yildagi 86-son qarori
Telegram | Facebook | Bot
#Bilasizmi
Firma nomlarini band qilish uchun buyurtma berish tartibidan xabardormisiz?
Jismoniy va yuridik shaxslar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etadi yoki Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimidagi shaxsiy kabineti orqali ro‘yxatdan o‘tadi.
🏢 Vakolatli organ: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari.
💰Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori: BHMning 50 foizi miqdorida.
🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 2 ish kuni.
Ariza beruvchi tanlagan firma nomi Tizimda 60 kun davomida zaxiraga olinadi va ushbu muddat tugagandan so‘ng firma nomining zaxirasi avtomatik tarzda bekor qilinadi.
#Bilasizmi
🚜Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari ro‘yxatda turganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish tartibidan xabardormisiz?
👫Davlat xizmatidan foydalanish uchun jismoniy va yuridik shaxslar Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladilar.
🏛Vakolatli organ: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi.
💰Xizmat uchun undiriladigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi.
⏰Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: real vaqt rejimida.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-son qarori.
Telegram | Facebook | Bot