Ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun ipoteka olinganda bir oyda qancha pul to’lanadi?
🎯 Bu savolga javob berish uchun Depozit.uz sizga bir necha xil hisob-kitobni taqdim etadi.
1️⃣ Bir yoki ikki xonali (60 kv.m. gacha) xonadon sotib olish uchun:
Xonadon narxi – 300 mln. so’m;
Boshlang’ich badal – 75 mln. so’m;
Kredit miqdori – 225 mln. so’m;
Foiz stavkasi – yillik 18%;
Kredit muddati – 20 yil.
Oylik to’lov – 3 472 451 so’m.
2️⃣ Uch va undan ortiq xonali (60 kv.m. dan ortiq) xonadon sotib olish uchun:
Xonadon narxi – 400 mln. so’m;
Boshlang’ich badal – 100 mln. so’m;
Kredit miqdori – 300 mln. so’m;
Foiz stavkasi – yillik 18%;
Kredit muddati – 20 yil.
Oylik to’lov – 4 629 935 so’m.
❗️Oylik to’lov annuitet (har oyda bir xil summa) usulida hisoblangan.
‼️ Uy-joy narxlari taxminiy narxlarga asoslangan.
↗️ Ipotekalarni ko'rish
———
Нажмите здесь, чтобы прочитать на русском языке
To’lagan pulingizni bir qismini qaytarishni istaysizmi? Unda Keshbek (Cashback) kartalardan foydalaning!
💳 Keshbek (Cashback) karta - bu barchamizga tanish bo’lgan Uzcard va Humo kartalaridir. Farqi, keshbek tizimiga ham ulangan bo’ladi.
Bu nima degani?
💸 Agar siz keshbek tizimi yo'lga qo'yilgan do'konlardan xarid qilsangiz, shu xaridingiz uchun sizga pul to'lashadi ya'ni pulingizni ma'lum bir qismini qaytarib berishadi.
😊 Ammo, keshbek naqd berilmaydi, odatda maxsus hisob raqamga yoki karta hisobiga o’tkaziladi. Va 0,5% dan 2,5-3% gacha, kamdan-kam 10-25% gacha bo’ladi.
💡 Quyida sizlarga eng yuqori foizli keshbek kartalarni e’tiboringizga taqdim qilamiz:
1️⃣ “Anorbank”dan “TRIA – Humo kartasi”
Keshbek: 25% gacha;
Karta bahosi: 10,000 so’m;
Onlayn buyurtma va yetkazib berish: Bor.
2️⃣ “Asia Alliance Bank”dan “Alliance Club – Uzcard kartasi”
Keshbek: 10% gacha;
Karta bahosi: 36,750 so’m;
Onlayn buyurtma va yetkazib berish: Onlayn buyurtma bor.
3️⃣ “Agrobank”dan “Kobrend - Uzcard kartasi”
Keshbek: 2% gacha;
Karta bahosi: 36,750 so’m;
Onlayn buyurtma va yetkazib berish: Bor.
🌐 Barcha kartalar shartlari bilan batafsil Depozit.uz saytining Debet kartalar bo’limida tanishishingiz mumkin.
———
Нажмите здесь, чтобы прочитать на русском языке
Ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditlarining TOP 3taligi
🔑 Ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditlarining eng yaxshilarini tanlashda biz sizga yordam beramiz va quyidagi TOP 3talikni keltirib o’tamiz:
1. O’zbekiston Ipotekani Qayta Moliyalashtirish Kompaniyasi mablag’lari hisobidan “Ipoteka Bank”, “Qishloq Qurilish Bank”, “Agro Bank”, “Asaka Bank”, “O’zsanoatqurilish Bank”, “Turon Bank”, “Hamkor Bank” tomonidan beriladigan imtiyozli ipoteka krediti:
📌Maksimal summa – 323 mln. so’m;
📌Kredit muddati – 20 yil;
📌Boshlang’ich badal – 25%;
📌Foiz stavkasi – 18%.
2. “Milliy Bank”:
📌Maksimal summa – shartnomaga asosan;
📌Kredit muddati – 10 yil (imtiyozli davr – 2 yil);
📌Boshlang’ich badal va foiz stavkasi:
Boshlang’ich badal 40% – yillik 21%.
Boshlang’ich badal 35% – yillik 23%.
Boshlang’ich badal 25% – yillik 24%.
3. “InFin Bank”:
📌Maksimal summa – 1,59 mlrd. so’m;
📌Kredit muddati – 7 yil;
📌Boshlang’ich badal – 25%;
📌Foiz stavkasi – 22.99%.
🏘 Ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditlarining barcha shartlari bilan tanishish uchun depozit.uz/credit/mortgage sahifasiga o'ting va qo'shimcha shartlar qismida “Ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun”ni belgilab, eng yaxshi ipoteka kreditini tanlashingiz mumkin.
🌐 Depozit.uz sayti
1. Qaysi mashina oyiga necha puldan tushadi?
2. Avtokredit olganda oylik to'lov qancha bo'ladi?
3. Avtokredit uchun qanday hujjatlar kerak?
😊 Shu savollarga javobni bilmoqchi bo'lsangiz videoni tomosha qiling.
Avtokreditlarni ko'rish uchun shu yerga bosing.
🌐 Depozit.uz
Mikrokreditbank chakana biznesni rivojlantirish departamenti direktori Komilov Qobilbek bilan tadbirkorlik uchun imtiyozli kredit ajratish tartibi to'g'risidagi suxbatimizning to'liq videosi
Suhbat davomida quyidagi mavzularda batafsil gaplashilgan:
1. Tadbirkorlar uchun imtiyozli kredit shartlari
2. Imtiyozli kredit kimlarga berilishi
3. Agar banklar kredit yo'qligi haqida aytishsa nima qilish kerakligi haqida.
Intervyuni ko'rish jarayonida sizda qandaydir savollar paydo bo'lsa, komentariyalarda qoldiring. Ekspertlarimiz savollaringizga javob berishadi.
Videoni ko'rish - https://youtu.be/b4zac2Z8lSI
📆 11 - Fevral
⏳ Soat - 16:00
Eng yaxshi valyuta kurslarini bilib oling!
✅ Ma'lumotlar har soat yangilanadi.
———
Узнайте самый хороший курс обмена валют!
✅ Информация обновляется каждый час.
🌐 Depozit.uz veb-sayti
Moliyaviy savodxonlik rukni
Keshbek (Cashback) nima?
Keshbek (Cashback) – amalga oshirilgan to’lovning ma’lum qismi (foizi)ni xaridorga qaytarib berishni anglatuvchi atama.
😊 Bunda keshbek tizimi yo’lga qo’yilgan savdo va xizmat ko’rsatish nuqtalarida amalga oshirilgan ma’lum bir toifa tovar va xizmatlar uchun yoki barcha to’lovlar uchun keshbek berilishi mumkin.
Keshbek odatda maxsus hisob raqamga yoki karta hisobiga o’tkaziladi. Naqd berilmaydi. Lekin, belgilangan miqdorga yetganda naqdlashtirib olish imkoniyati bo’lishi mumkin.
🎯 Odatda keshbek 0,5% dan 2,5-3% gacha, kamdan-kam 10-15% gacha bo’ladi. To’plangan keshbekka shu savdo va xizmat ko’rsatish nuqtalarida to’lovni amalga oshirish mumkin bo’ladi.
———
Рубрика «Финансовая грамотность»
Что такое кэшбэк?
Кэшбэк — это термин, используемый для обозначения возврата части (процента) платежа, произведенного покупателю.
😊 При этом кэшбэк может выдаваться за оплату на определенную категорию товаров и услуг, либо на все платежи, произведенные в точках продаж и обслуживания где введена система кэшбэка.
Кэшбэк обычно переводится на специальный счет или карточный счет. Наличными не выдают. Однако есть возможность снять наличные при достижении указанной суммы.
🎯 Кэшбэк обычно составляет от 0,5% до 2,5-3%, редко 10-15%.
Собранный кэшбэк будет доступен для оплаты в этих точках продаж и услуг.
1. Ipoteka kreditiga hovli olsa bo'ladimi?
2. Hovlini ikkilamchi bozordan ham olsa bo'laveradimi?
😊 Shu savollarga javobni bilmoqchi bo'lsangiz videoni tomosha qiling.
Batafsil ma'lumot uchun shu yerga bosing.
🌐 Depozit.uz
Ekspertga savol rukni
Savol: Rasmiy daromad manbai bo’lmasa, kredit olsa bo’ladimi?
Savolga Aloqabank Chakana biznes departamenti direktori O’roqov Jo’rabek Tuymurodovich javob beradi:
Afsuski yo’q. Rasmiy daromadga ega bo’lmagan jismoniy shaxslarga kredit ajratilmasligi qonun hujjatlarida belgilab berilgan.
Qonunchilikka asosan, kreditlar o’z faoliyati natijasida olingan daromadlarga ega bo’lgan jismoniy shaxslarga beriladi. Bunday daromadlarga oylik ish haqi, pensiya, dividend va boshqa tasdiqlangan daromadlar kiradi.
———
Рубрика «Вопрос эксперту»
Вопрос: Можно ли получить кредит, если нет официального источника дохода?
На вопрос отвечает Ураков Джурабек Туймуродович, Директор департамента розничного бизнеса Алокабанка:
К сожалению, нет. Законодательством установлено, что кредиты не предоставляются физическим лицам, не имеющим официального дохода.
По закону, кредиты выдаются физическим лицам, имеющим доход от своей деятельности. К такому доходу относятся ежемесячная заработная плата, пенсия, дивиденды и другой утвержденный доход.
Mablag’larni qisman yechish imkoniyatiga ega omonatlar
🤔 Omonatga pul qo’ysam: “shoshilinch pul kerak bo’lib qolsa-chi”, “qaytarib olsam foizi kuyadi” - deb ikkilanyapsizmi? Unda pulingizni qisman yechish imkoniyatiga ega omonatga qo’ying.
💰 Bu turdagi omonatlar bo’yicha omonatchi istalgan vaqtda foizlarni yo’qotmagan holda mablag’larni qisman yechish imkoniyatiga ega bo’lib, bunda faqatgina omonat shartnomasida belgilangan minimal summadan kam bo’lmagan miqdorda mablag’ omonat hisob raqamida saqlab qolinishi shart. Qolganini esa hech qanday cheklovlarsiz yechib olishingiz mumkin. Bunda foizlar kuymaydi.
Quyida mablag’larni qisman yechish imkoniyatiga ega eng yaxshi 3 ta omonat shartlarini keltirib o’tamiz:
1️⃣ “Aloqabank”dan “Chorak asr onlayn” omonati:
• Yillik foiz: 19%;
• Minimal summa: 50 ming so’m;
• Muddat: 24 oy.
2️⃣ “Qishloq Qurilish Bank”dan “Yangi maqsad" omonati:
• Yillik foiz: 17-18%;
• Minimal summa: 1 mln so’m;
• Muddat: 370-540 kungacha.
3️⃣ “Asakabank”dan “On-line” omonati:
• Yillik foiz: 18%;
• Minimal summa: 3 mln so’m;
• Muddat: 13 oy.
📋 Mablag’larni qisman yechish mumkin bo’lgan omonatlarning barcha shartlari bilan tanishish uchun depozit.uz/uz/deposits sahifasiga o'ting va qo'shimcha shartlar qismida "mablag’larni qisman yechish" belgisini tanlab, o’zingiz uchun eng foydali omonatni saralashingiz mumkin.
🌐 Depozit.uz sayti
Moliyaviy savodxonlik rukni
Imtiyozli davr nima?
💁🏻♂ Imtiyozli davr – bu bank tomonidan o’rnatilgan ma’lum davr bo’lib, bu davr mobaynida bankka kredit uchun faqat hisoblangan foizlar to’lanadi.
🕰 Kredit turiga qarab imtiyozli davr bir oydan bir necha yilgacha bo’lgan oraliqni tashkil etishi mumkin.
⌛️ Imtiyozli davr tugaganidan so’ng, foizlar bilan birgalikda asosiy qarz to’lov grafikiga asosan qaytarila boshlaydi.
😊 Kredit olganda imtiyozli davr mobaynida kredit bo’yicha asosiy qarzni qaytarish yoki imtiyozli davrdan umuman foydalanmaslik bo’yicha hech qanday cheklov mavjud emas.
------
Рубрика «Финансовая грамотность»
Что такое льготный период?
💁🏻♂ Льготный период – это определенный период, установленный банком, в течении которого клиент выплачивает банку только начисленные проценты по кредиту.
🕰 В зависимости от вида кредита льготный период может составлять от одного месяца до нескольких лет.
⌛️ После истечения льготного периода начинается возврат основного долга по кредиту.
😊 При получении кредита нет никаких ограничений по возврату основного долга в течении льготного периода, а также есть возможность вовсе не пользоваться льготным периодом.
🌐 Depozit.uz sayti
Ba'zida rejalar har doim ham amalga oshavermay, “Kredit qarzdorligini qaytarolmasam nima bo‘ladi?” degan savol tug'ilishi mumkin.
📝 Ushbu maqolada shunday vaziyatda qanday choralar ko'rilishi, nima yordamlar berilishi, muddatlar va ish qachon sudgacha borishi haqida gaplashamiz.
👉🏻 Batafsil o'qish
———
Иногда планы не всегда сбываются, и у вас возникает вопрос: “что если я не смогу погасить кредитную задолженность?
📝 В этой статье мы расскажем о том, какие меры могут быть приняты в такой ситуации, какая помощь будет оказана, о сроках и когда дело дойдет до суда.
👉🏻 Читать подробнее
Xorijiy kredit taklif etayotganlarga ishonish kerakmi?
🤔 Soʻnggi bir oy ichida, koʻplab foydalanuvchilarimizdan “arzon foizlarda xorijiy kredit taklif qilishyapti, olsakmikan, nima maslahat berasiz?” mazmunidagi savollar kelib tushdi.
💁🏻♂️ Ushbu maqolada bu kabi takliflar firibgarlik ekanligi va qanday qilib firibgarlikni aniqlash yoʻllari haqida gaplashamiz.
👉🏻 Batafsil o'qish
———
Стоит ли доверять тем, кто предлагает иностранный кредит?
🤔 В течение последнего месяца, нам поступило большое количество вопросов от наших пользователей о предложении неких лиц выделить иностранный кредит под низкие проценты.
💁🏻♂️ В этой статье мы поговорим о том, почему такие предложения являются мошенническими и как не попасть в ловушку мошенников.
👉🏻Читать подробнее
📆 02 - Fevral
⏳ Soat - 15:00
Eng yaxshi valyuta kurslarini bilib oling!
✅ Ma'lumotlar har soat yangilanadi.
———
Узнайте самый хороший курс обмена валют!
✅ Информация обновляется каждый час.
🌐 Depozit.uz veb-sayti
Haftani nima bilan boshlasam ekan deyapsizmi?
💡 Bu borada depozit.uz ajoyib yechim taklif etadi.
🎯 O'tgan haftada chiqqan barcha postlarimizni bitta qilib jamladik. Quyida ularning mavzulari. O'zingizni qiziqtirgan mavzuni bosish orqali ularni o'qishingiz mumkin.
1️⃣ Avtokredit olish uchun qanday hujjatlar kerak?
2️⃣ Rasmiy daromad manbai bo’lmasa, kredit olsa bo’ladimi?
3️⃣ Eng yaxshi avtokreditlar qayerda?
4️⃣ Ipoteka kreditiga hovli olsa bo'ladimi?
5️⃣ Tadbirkorlik uchun imtiyozli kredit ajratish taribi haqida intervyu
6️⃣ Keshbek (Cashback) nima?
7️⃣ Ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti beriladimi?
8️⃣ Avtokredit olganda oylik to'lov qancha bo'ladi?
9️⃣ Dividend nima? Har oy kelib turadigan pulmi?
🔟 Ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditlarining TOP 3taligi
1️⃣1️⃣ Qanday qilib soliqdan ozod bo'lish mumkin?
1️⃣2️⃣ To’lagan pulingizni bir qismini qaytarishni istaysizmi?
✅ Mavzu linklarini bosish orqali o'zingiz istagan maqolani yoki video ko'rishingiz va o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin.
🌐 Depozit.uz veb sayti
1. IT-kompaniya ochsangiz soliqlardan ozod bo'lasizmi?
2. Xodimlaringiz ham daromad solig'i to'lashmaydimi?
3. Qanday qilib soliqdan ozod bo'lish mumkin?
😊 Shu savollarga javobni bilmoqchi bo'lsangiz videoni tomosha qiling.
Tadbirkorlar uchun imtiyozli kreditlarni ko'rish uchun shu yerga bosing.
🌐 Depozit.uz
Dividend nima? Har oy kelib turadigan pulmi?
Dividend bu - Siz aksiyador bo'lganingizdan keyin sizga to'lanadigan foydaning bir qismi.
Dividend foydasi qanday o'lchanadi? Bu miqdor aksiyadorlar jamiyati olgan foydasi, aksiya soni va qiymatiga bog'liq.
🤓 Soddaroq tushuntiramiz...
💁🏻♂️ Aytaylik, siz aksiya sotib oldingiz. Sizning aksiyangiz aksiyadorlar jamiyatini barcha aksiyalarining 10%ini tashkil etadi. Jamiyat 1 yilda 100 mln so'm foyda oldi.
💰 Shu foydaning 10%i, ya'ni 10 mln so'mi sizning foydangiz, dividendingiz bo'ladi!
Ana endi dividend nima ekanligini bilib oldingiz, keyingi safar qanday terminni tushuntirib beraylik?
📊 Aksiyalarni ko'rish
———
Дивиденды - что это? Это ежемесячно получаемые деньги?
Дивиденды это - часть прибыли, которую Вы получаете став акционером.
Как рассчитать дивиденды? Дивиденды рассчитываются исходя из полученной прибыли, количества акций и их стоимости.
🤓 Объясним это по простому...
💁🏻♀️ К примеру, Вы приобрели акции, ваши акции составляют 10% от всех акций компании. Компания за год получила чистую прибыль в размере 100 млн. сум.
💰 10% от этой прибыли, то есть 10 млн. сум и будут являться Вашими дивидендами!
Теперь Вы знаете что такое дивиденды. О каком термине Вы бы хотели узнать в следующий раз?
📊 Узнать об акциях
📆 12 - Fevral
⏳ Soat - 16:00
Eng yaxshi valyuta kurslarini bilib oling!
✅ Ma'lumotlar har soat yangilanadi.
———
Узнайте самый хороший курс обмена валют!
✅ Информация обновляется каждый час.
🌐 Depozit.uz veb-sayti
Tadbirkorlik uchun imtiyozli kredit haqida intervyu
💁🏻♂️ Mikrokreditbank ATB chakana biznesni rivojlantirish departamenti direktori Komilov Qobilbek bilan tadbirkorlik uchun imtiyozli kredit ajratish tartibi to'g'risidagi suxbatimizdan qisqacha lavha.
🎯 Bugun namoyish etiladigan to'liq videoni ko'rish orqali siz:
1. Tadbirkorlik uchun imtiyozli kredit shartlari
2. Bu kreditlar ta‘minotiga nima berilishi
3. Imtiyozli kreditlar qanday maqsadlarga berilishi
4. Bankda bu kredit hali ochilmadi deb javob berilsa nima qilish kerakligi
5. Bank xizmat sifati sizga ma‘qul kelmasa nima qilish kerakligi
kabi savollarga to'liq va qiziqarli javoblar olasiz!
To'liq videoning namoyish etilish sanasi:
⏳Sana: 11-fevral (Bugun)
🕰Vaqt: 20:30
🌐 Depozit.uz veb-sayti
Ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti beriladimi?
🙅🏻♂️ Yaqin kunlargacha ushbu savolni bergan shaxs ko’p hollarda rad javobini olar edi.
💁🏻♂️ Hozirda esa, aksincha, “ha albatta beriladi, nafaqat ko’p kvartirali uylardan xonadon sotib olish uchun, balki yakka tartibda qurilgan uy-joy sotib olish uchun ham ipoteka krediti olishingiz mumkin” degan javob ipoteka krediti olmoqchi bo’lgan mijoz e’tiborini qaratadi.
🔑 Ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditlarining batafsil shartlari bilan bizning saytimizda tanishing.
———
Выдаётся ли ипотечный кредит для покупки жилья на вторичном рынке?
🙅🏻♂️ До недавнего времени каждый кто задавал этот вопрос чаще получал однозначный ответ - нет.
💁🏻♂️ Теперь же, наоборот, банки все чаще привлекают внимание клиентов ответом «Да, конечно выдаётся, и даже такой кредит можно взять не только для покупки квартиры в многоквартирном доме, но и для покупки индивидуального дома».
🔑 Ознакомьтесь с подробными условиями ипотечного кредита на покупку жилья на вторичном рынке на нашем сайте.
Mikrokreditbank ATB chakana biznesni rivojlantirish departamenti direktori bilan intervyu
Suhbat mavzusi - Tadbirkorlik uchun imtiyozli kredit ajratish taribi haqida.
💁🏻♂️ Ko'plab foydalanuvchilarimiz "14% lik kreditni qanday olsa bo'ladi?", "Ish boshlamoqchiman lekin garovim, daromadim yo'q, qanday kredit olsa bo'ladi?" kabi ko'plab savollar yo'llashmoqda.
🎯 Shu sababli ushbu savollarga aniq va asoslantirilgan javoblar olish maqsadida shu intervyuni tashkil qildik.
📨 O'zingizni qiziqtirgan savollarni kommentariyda qoldiring.
Eng yaxshi avtokreditlar qayerda?
🚗 Ikkimlamchi bozordan kreditga mashina sotib olmoqchisiz, lekin qayerda bunday taklif borligini bilmayabsizmi? Depozit.uz jamoasi bu borada sizga yaqindan yordam beradi. Quyida ikkilamchi bozordan mashina sotib olish uchun avtokreditlar shartlarini keltirdik.
1️⃣ Turon bank:
Maksimal summa – 245 mln. so’m
Kredit muddati – 3 yilgacha
Boshlang’ich badal va foiz stavkasi:
• Boshlang‘ich badal 30% - yillik 26%;
• Boshlang‘ich badal 40% - yillik 25%;
• Boshlang‘ich badal 50% - yillik 24%.
Muhim! Avtokredit ishlab chiqarilganiga 4 yildan oshmagan mashina sotib olish uchun beriladi.
2️⃣ Ipoteka bank:
Maksimal summa – 367.5 mln. so’m
Kredit muddati – 3 yilgacha
Boshlang’ich badal – 30%
Foiz stavkasi – yillik 26%
3️⃣ Infin lizing:
Maksimal summa – avtomobil bahosidan kelib chiqib
Kredit muddati – 4 yilgacha
Boshlang’ich badal – 30%
Foiz stavkasi – yillik 39%
4️⃣ Mogo.uz:
Maksimal summa – 100 mln. so’m
Kredit muddati – 5 yilgacha
Boshlang’ich badal – 30%
Foiz stavkasi – yillik 45%
Batafsil shartlar bilan depozit.uz saytimizda tanishishingiz mumkin.
Avtokredit olish uchun qanday hujjatlar kerak?
💡 Bu savolga javobni ham saytimiz orqali oson ko’rib olishingiz mumkin.
🎯 Buning uchun 2 ta qadam kifoya!
Avtokreditlar sahifasida:
1. Avtokredit bo’yicha “ma’lumot” tugmasini bosing.
2. Hujjatlar bo’limiga o’ting va to’liq ro’yxat bilan tanishishingiz mumkin.
😊 Barchasi qulay va oson!
🌐 Depozit.uz sayti
"Moshina oyiga nechpuldan tushvotti?"
💰 Bizga "oylik to'lov qancha?", "har oy nechpuldan to'layman?", "Oyma-oy nechpuldan bo'ladi, hisoblab beringlar" kabi savollar juda ko'p kelmoqda.
⚙️ Shu sababli bugun qanday qilib saytimiz orqali istalgan avtokredit uchun oylik to'lov qancha bo'lishini bilib olishni o'rgatamiz.
🎯 Oylik to'lovni 3ta qadam orqali bilib olishingiz mumkin:
1. Avtomobil markasi, modeli va pozitsiyasini tanlaysiz
2. Boshlang'ich to'lov va kredit muddatini belgilaysiz
3. To'lov grafigi tugmasiga bosasiz.
📊 Qarab turibsizki ekraningizda oylik to'lov grafigi aks etib turibdi.
💁🏻♂️ Keyingi safar saytimizdagi qaysi funksiyani batafsil tushuntiraylik?
"Qanaqa документ, hujjatlar kerak bo'ladi o'zi?"
🤔 Bizga shu turdagi savollar ko'p kelayotgani uchun bugun shu savolga batafsil javob bermoqchimiz. Keling, ushbu masalani avtokreditlar misolida ko'rib chiqamiz.
Asosiy hujjatlar 3 ta hisoblanadi:
1️⃣ Birinchi navbatda siz pasportni taqdim etishingiz zarur. Ba'zi banklar hozirda shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etish imkoniyatini beradi, ammo pasport ko'p hollarda asosiy hujjat hisoblanadi.
2️⃣ Ikkinchi talab qilinadigan hujjat bu - oxirgi davr mobaynida olgan daromadlaringizni aks ettiruvchi ma’lumotnoma. Bunda talab qilingan oxirgi davr oralig’i hamma bank uchun farq qilishi mumkin, shuning uchun buni hujjat topshirishdan avval aniqlashtirish kerak bo'ladi. Daromadni tasdiqlovchi hujjatsiz avtokredit olish mumkinmi degan savolga ko'p duch kelamiz. Bu holda, javobimiz aniq - yo'q. Chunki sizning daromadingiz kreditni o'z vaqtida qaytarilishi uchun asos hisoblanadi.
3️⃣ Bankka taqdim etiladigan uchinchi hujjat bu - mijoz va avtomobil sotuvchisi o'rtasida tuzilgan transport vositasini sotib olish to’g’risida shartnoma.
Ushbu ro'yxat barcha banklar uchun tayanch ro’yxat hisoblanadi va har bir bank o'zining ichki siyosatidan kelib chiqib boshqa qo'shimcha hujjatlarni talab qilish huquqiga ega.
🌐 Depozit.uz veb-sayti
1. Tadbirkorlarga qanday imtiyozli kreditlar bor?
2. Qancha summa beriladi?
3. Rostan ham ta'minot kerak emasmi?
😊 Shu savollarga javobni bilmoqchi bo'lsangiz videoni tomosha qiling.
Batafsil ma'lumot uchun shu yerga bosing.
🌐 Depozit.uz
1. Imtiyozli ipoteka kreditlarini 2ta turi bor. Ular qanday?
2. Bu turdagi ipotekaga qancha summa beriladi?
3. Boshlang'ich to'lovlar qanday?
😊Shu savollarga javobni bilmoqchi bo'lsangiz videoni tomosha qiling.
Batafsil ma'lumot uchun shu yerga bosing.
Aloqabankning “Chorak Asr Onlayn” omonati endi yanada baland foizda!
Omonat foizi endilikda 19% va mablag’larni istalgan vaqtda foizlarni yo’qotmasdan yechish imkoniyati mavjud omonatlar orasida eng yuqori foiz stavkaga egadir.
👉🏻Batafsil o'qish
———
Вклад “Чорак аср онлайн” от Алокабанк теперь с ещё более высокой ставкой!
Процент вклада составляет 19% и имеет самую высокую процентную ставку среди вкладов с возможностью частичного снятия денег без потери процентов.
👉🏻Читать подробнее
Otabek aka Bakirov bilan kredit bozori istiqbollari to‘g‘risida suxbatimizning to'liq videosi
Suhbat davomida quyidagi mavzularda batafsil gaplashilgan:
1. Kredit bozori
2. Ipoteka kreditlari
3. Milliy va xorijiy valyuta haqida.
Intervyuni ko'rish jarayonida sizda qandaydir savollar paydo bo'lsa, komentariyalarda qoldiring. Ekspertlarimiz savollaringizga javob berishadi.
Videoni ko'rish - https://youtu.be/IRmZx9Ik0hk