designclubuz | Unsorted

Telegram-канал designclubuz - Design Club Uzbekistan (DC)

786

Design Club Uzbekistan - dizayn va dizaynerlarni bir joyda birlashtirgan eng yirik dizayn jamiyati. Bu yerda dizayn sohasi mutaxassislari o'zlarining tajribalarini yosh dizaynerlarga yetkazishadi.

Subscribe to a channel

Design Club Uzbekistan (DC)

Design Club #1 spikeri, Fido Studio asoschisi, Mytaxi, Xabar.uz kabi ko’plab yirik loyihalar dizayni muallifi Jamshid Xoliqulovni tug'ilgan kuni bilan tabriklaymiz! Hayotingiz yasagan "frame"laringizdek chiroyli va yoqimli bo'lsin!

Uning Design Club #1 dagi nutqini quyidagi link orqali ko'rishingiz mumkin: https://youtu.be/uqpdKSJ-wE8

Design Club Uzbekistan jamoasi.

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

Laziz Hamidov “Modul 5” loyihasida dizayn haqida tajribalarini bo‘lishibdi.

Videoda dizayn haqidagi bilimlardan tashqari, u bilan Tasnif ofisida jonli suhbatlashish imkonini beruvchi aksiya ham mavjud (Shogird tushish uchun yaxshi imkoniyat) 😇.

Videoga link va aksiya shartlari: /channel/Modul_Five/606

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

Temur Sa'diy Design Club #1 da spiker bo'lib qatnashgan edi.

Festival g'oliblari va ularning ishlari bilan quyidagi linkda tanishishingiz mumkin: https://adfest.by/article/white-square-international-advertising-festival-announced-winners

Temur Sa'diy va uning jamoasiga keyingi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

"Dizaynning yomon tomoni, 6 oy, 1yil davomida umuman foyda keltirmaydi" - Laziz Hamidov.

U shuningdek, o'z nutqida Prezident matbuot xizmati logotipini ham kim qilganini aytib o'tdi.

Batafsil youtube sahifamizda: https://www.youtube.com/watch?v=uG0oL-pexiU

Videoni do'stlaringizga ham ulashing 🙂

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

22-may kuni "Ma'no Branding" grafik dizayneri, Design Club #3 spikeri Ahmad Sobitov "Lokals" reklama agentligi kreativ direktori Samara Ahmad bilan turmush qurdi.

Design Club Uzbekistan jamoasi yosh kreativ oilaga baxt tilaydi 😇

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

Tez kunda "big bang".

Rasmda kimlarni tanidingiz?)

/channel/konkurstaf/216

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

Design Club #4 dan foto-reportaj: https://telegra.ph/Design-Club-4-04-05

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

"Dizaynni tanlaganim hayotimda eng to'g'ri qarorlardan biri bo'lgan. DIzaynni tanlamagnimda hozir qaysidir supermarketda xizmatchi bo'lib ishlab yurar edim..." - Jahongir G'ulomov.

Jahongir G’ulomov Design Club #4 da "Dizayn sohilidagi faoliyat" mavzusida spiker sifatida qatnashadi.

Sana: 3-aprel. Soat: 14:00.
Manzil: Toshkent shahar, Yoshlar Ijod Saroyi.

Qatnashish uchun ro’yxatdan o’tish.

Tadbirda qatnashish bepul. Ro'yxatdan o'tish shart.

P.s: Karantin qoidalariga rioya qilgan holda tashrif buyurishingizni iltimos qilamiz. Koronavirus bo'yicha maxsus komissiya qaroriga qaraladi.

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

Aziz Tuhtasinov - produkt dizayner, "Crave Design Camp" dizayn maktabi asoschisi. Google, Design Agency, Emirates, BBDO, Tigerspike kompaniyalarida tajriba to'plagan. Noon E-commerce, KFC Arabia, Emirates Gift Vouchers, ADNOC Intranet va boshqa ko'plab veb-loyihalarning dizayni muallifi. Dubay va Toshkentda faoliyat yuritadi. Dizayn olamida 10 yildan ortiq tajribaga ega.

Portfolio: www.aziztuhtasinov.com
Crave Design Camp: https://www.wecrave.cc/

Aziz Tuhtasinov "Onlayn o'rganish: afsona va haqiqatlar" mavzusida Design Club #4 da spiker bo'ladi.

Sana: 3-aprel. Soat: 14:00.
Manzil: Toshkent shahar, Yoshlar Ijod Saroyi.

Qatnashish uchun ro’yxatdan o’tish.

Tadbirda qatnashish bepul. Ro'yxatdan o'tish shart.

P.s: Karantin qoidalariga rioya qilgan holda tashrif buyurishingizni iltimos qilamiz. Koronavirus bo'yicha maxsus komissiya qaroriga qaraladi.

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

Bizda dizaynerlar uchun ish bor!

Siz bu ishda daromaddan tashqari, kreativ jamoada katta loyihalar ustida ishlash va tajriba orttirish imkoniga ham ega bo'lasiz. Ofisga kelib ishlanadi (full time). Masofadan olmaymiz.

Toshkent propiska, diplom hamda mahalladan ma'lumotnoma kerak emas.

Asosiy talab: Portfolio (busiz iloji yo'q) va dizayn dasturlarida erkin ishlay olish (qolgan keyslarni o'zimiz o'rgatamiz).

Portfolioni telegramda @nurjahon_farmonov ga jo'nating.

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

Nima ham deymiz, Dale Ahmadi maktabi))

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

Laziz Hamidovning Coca Cola Uzbekistan kompaniyasi ichimliklari uchun tayyorlagan yangicha qadoq dizayn konsepsiyasi: https://www.instagram.com/p/CMbj-M5HYYq/?utm_source=ig_web_copy_link

Bu dizaynda milliy kolorit va naqshlar, Cola brend rangi hamda marketing shiori (haqiqiy ta'm) bilan juda chiroyli uyg'unlashtirilgan.

Dizayner o'z twitterida yozishicha, Cola kompaniyasiga dizayn ma'qul kelgan va unga aloqaga chiqishgan.

Laziz Hamidov Design Club ning #1 da spiker bo'lib ishtirok etgan edi.

@designclubuz

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

Design Club #3 dan foto-reportaj: https://telegra.ph/Design-Club-3-dan-foto-reportaj-02-07

Design Club Uzbekistan jamoasi tadbirni o'tkazishda yordam bergan barchaga, jumladan, Yoshlar ijod saroyi ma'muriyatiga hamda teleboshlovchi Jaloliddin Mirzayevga o'z minnatdorchiligini bildiradi.

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

Design Club Uzbekistan #3 da taqdimot qiladigan spikerlar:

1. Sardor Qodirov
- Grafik va veb dizayner, bloger. Freelancer sifatida eng ko'p onlayn o'quv-darslarini sotgan dizayner, dizayn sferasida eng ko'p obunachiga ega bo'lgan bloger. Mavzu: "Dizayn va pul"

2.
Ahmad Sobitov - "Mano Branding"da grafik dizayner. "Mobiuz", Jizzax viloyati brendlarining dizayni muallifi. "Artograph agency" da grafik dizayner bo'lib ishlagan. Dizayn olamida 8 yillik tajribaga ega. Mavzu: "Kecha va kunduz"

3. A'zam Saidumarov
- "Useit" va "Space Marketing" art-direktori, O'zbekistonda birinchi raqamli logistika servisi "Arrow Green Logistics" (agl.uz) da grafik dizayner. Rossiyaning "Brending Oliy Maktabi" (ВШБ) talabasi. Grafik dizayn olamida 9 yillik tajribaga ega. "PR Uzbekistan" (@pruzb) guruhi asoschisi. Mavzu: "Dizayner vs. Mijoz".

Tadbir bo'lib o'tadigan sana: 6-fevral. Soat: 14:00.
Manzil: Toshkent shahar, Yoshlar Ijod Saroyi.

Qatnashish uchun: Ro'yxatdan o'tish

P.s: Tadbirda qatnashish bepul. Ro'yxatdan o'tish sh

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

"Dizayner bo'lishimga ota-onam, kattalar qarshi bo'lishgan..."

Ahmad Sobitov - Grafik dizayner. "Kecha va kunduz" mavzusida, Design Club #3 da spiker sifatida qatnashib, auditoriya bilan o'z bilimlarini bo'lishadi.

Sana: 6-fevral. Soat: 14:00.
Manzil: Toshkent shahar, Yoshlar Ijod Saroyi.

Qatnashish uchun: Ro'yxatdan o'tish

P.s: Tadbirda qatnashish bepul. Ro'yxatdan o'tish shart!

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

Design Club ning aksariyat spiker-trenerlari o'z nutqida aytib o'tadigan mashhur tanlov - "TAF!21 - uchinchi Toshkent reklama festivali"ga 1-sentyabrga qadar arizalar qabul qilinadi.

Ikki yil davomida TAF!da 105 ta kompaniya, 23 ta chet el va mahalliy hay'at a'zolari va ma'ruzachilar qatnashdilar, 1400 dan ziyod reklama konferensiyasi ishtirokchilari ularning ma'ruzalarini tingladi. Tanlov 35 ta nominatsiya va 4 ta toifa bo‘yicha o‘tkazildi, g‘oliblarga 78 ta mukofot berildi.

Joriy yilda yangi format e'lon qilindi. Urg‘u iste'molchilar bilan samarali reklama kommunikatsiyalariga berilmoqda. Tanlov keyslari – muvaffaqiyatli marketing loyihalari.

▫️TAF!21 – o‘z iste'molchilarini hurmat qiladigan va ular bilan muloqotga jiddiy qaraydigan brendlar uchun!

▫️TAF!21 – brendlarga bu muloqotni ajoyib tarzda, ijodiy yuksaklikda o‘tkazishda yordam beruvchi agentliklar uchun!

▫️TAF!21– brendlar bilan muloqotdan foyda oladigan iste'molchilar uchun!

Tanlovda 10 ta nominatsiya mavjud. Masalan, yangi mahsulotni yo‘lga qo‘yish, mashhur shaxs bilan reklama kampaniyasi, SMM, rebrending va boshqalar.

G‘oliblarni 45 ta ekspert-marketolog va yurtimizdagi mashhur brendlar va agentliklarning rahbarlari aniqlaydilar. Birinchi marta parallel ravishda Telegram-botda iste'molchilarning ochiq ovoz berishi o‘tkaziladi, unda allaqachon 300 000 dan ziyod iste'molchi ro‘yxatdan o‘tgan.

Bizga qo‘shiling! O‘z muvaffaqiyatingizni reklama qiling, iste'molchilaringiz uchun eng yaxshi brendlarga aylaning!

Yaxshi reklama biznesni rivojlantiradi!

👉 marketing.uz

#TAF21

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

Design Club da yozgi amaliyotlar davri!

Bizda doimiy ravishda mutaxassislar yetishmovchiligi muammosi bor edi, biz ularni o'zimiz yetishtirishga qaror qildik. 2021-yil yoz uchun Design Club Uzbekistan amaliyot davrini e'lon qiladi.

Amaliyotchilar real proyektlarda ishlab, tajriba orttirish, hamda media sohasida eng aktiv kasblarni bepul o'rganish va jamoa bilan sayohatlarga chiqish imkoniga ega bo'lishadi.

Amaliyot dizayn, video-prodakshn, marketing hamda proyekt-menejerlik sohalarini o'z ichiga oladi.

Xohlovchilar ariza (CV, resume) larni @nurjahon_farmonov akkauntiga yuboring.

(Postni do'stlaringizga ham ulashing)

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

BMW, Mercedes-Benz kompaniyalari bilan dizaynerni nima bog'lab turadi? Aynan shu savolga Design Club #1 spikeri videoda javob berib o'tgan.

Videoni tomosha qiling va do'stlaringizga ham ulashing 😇

https://youtu.be/uqpdKSJ-wE8

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

"Click" jamoasiga Jeday dizaynerlar kerak!

Talablar:
- Rus tilida erkin suhbatlasha olish;
- Kamida 2 yillik tajriba;
- Fotoshopov, Corelov, Illustratorovlar bilan yaxshi kelisha olish.

Oylik suhbatda asosida.

Portfolio larni @azamkhuja_rasulov akkauntiga yuboring.

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

"Kutib oling, sahnada Temur Sa'diy": https://www.youtube.com/watch?v=AxEnja_qVbg

Bizdan eng ko'p so'ralgan "You Tube dan ko'rsak bo'ladimi" savoliga javobimiz tayyor! 😎

"MA'NO Branding" asoschisi Temur Sa'diyning o'sha mashxur nutqini you tube orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Kanalimizga obuna bo'ling, "like" tugmasini bosing hamda videoda aytilgan tavsiyalarga amal qiling. Do'stlaringizga ulashishni ham unutmang 🙂

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

Bugun grafik dizayner, "Mobiuz" hamda "Jizzax" viloyati logolari muallifi, Design Club #3 spikeri Ahmad Sobitovning tug’ilgan kuni.

29 yoshingiz muborak bo’lsin. O’zbek dizayn bozoriga yangicha yo'nalishdagi ishlar taqdim etish yo'lida hech qachon charchamang.

Design Club Uzbekistan jamoasi.

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

Kirish binoning orqa tarafidagi eshikdan

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

Design Club #4 yaqinlashib kelmoqda! Spikerlarimiz:

1. Jahongir G’ulomov - grafik dizayner, bloger. Redfox jamoasida ustoz dizayner. Respublikada SMM dizayn bo’yicha eng yaxshi kadrlardan biri. Dizayn olamida 8 yillik tajribaga ega. Mavzu: "Dizayn sohilidagi faoliyat".

2
. Murodxo'ja Muratov - grafik va veb dizayner, IT-menejer. UIC Group rahbari. Dizayn olamida 6 yillik tajribaga ega. Mavzu: "O'zbekcha UI/UX".

3. Aziz Tuhtasinov - produkt dizayner, "Crave Design Camp" dizayn maktabi asoschisi. Google, Design Agency, Emirates kompaniyalarida tajriba to'plagan. Noon E-commerce, KFC Arabia, Emirates Gift Vouchers va boshqa ko'plab veb-loyihalarning dizayni muallifi. Dizayn olamida 10 yildan ortiq tajribaga ega. Mavzu: "Onlayn o'rganish: afsona va haqiqatlar".

Sana: 3-aprel. Soat: 14:00.
Manzil: Toshkent shahar, Yoshlar Ijod Saroyi.

Qatnashish uchun ro’yxatdan o’tish. (Tadbirda qatnashish bepul!)

P.s: Karantin qoidalariga rioya qilgan holda kelishingiz so'raladi.

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

Murodxo'ja Muratov - grafik va veb dizayner, IT-menejer. UIC Group rahbari. Dizayn olamida 6 yillik tajribaga ega.

Telegram blog: @muratovuz
Portfolio: https://dribbble.com/murod

Murodxo'ja Muratov "O'zbekcha UI/UX" mavzusida Design Club #4 da spiker sifatida qatnashadi.

Sana: 3-aprel. Soat: 14:00.
Manzil: Toshkent shahar, Yoshlar Ijod Saroyi.

Qatnashish uchun ro’yxatdan o’tish.

Tadbirda qatnashish bepul. Ro'yxatdan o'tish shart.

P.s: Karantin qoidalariga rioya qilgan holda tashrif buyurishingizni iltimos qilamiz. Koronavirus bo'yicha maxsus komissiya qaroriga qaraladi.

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

Jahongir G’ulomov - grafik dizayner, bloger. Redfox jamoasida ustoz dizayner. Respublikada SMM dizayn bo’yicha eng yaxshi kadrlardan biri. Dizayn olamida 8 yillik tajribaga ega.

Telegram blog: @gulomovdesignblog
Portfolio: @jakhongirgulomov_portfolio

Jahongir G’ulomov Design Club #4 da "Dizayn sohilidagi faoliyat" mavzusida spiker sifatida qatnashadi.

Sana: 3-aprel. Soat: 14:00.
Manzil: Toshkent shahar, Yoshlar Ijod Saroyi.

Qatnashish uchun ro’yxatdan o’tish.

Tadbirda qatnashish bepul. Ro'yxatdan o'tish shart.

P.s: Karantin qoidalariga rioya qilgan holda tashrif buyurishingizni iltimos qilamiz. Koronavirus bo'yicha maxsus komissiya qaroriga qaraladi.

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

Farrux Sharipov va Synthesis Creative Lab jamoasi Pepsi Uzbekistan kompaniyasi ichimliklariga qilgan bahorgi qadoq dizaynlari: /channel/synthesiscreative/283

Bu dizaynda ham milliy kolorit va o'ziga hos shrift noziklik bilan birlashtirilgan. Ayniqsa dizaynni taqdim etilishi kuchli ishlangan.

Farrux va uning jamoasi (Synthesis Creative Lab) hozirda Pepsi Uzbekistan bilan dizayn va marketing bo'yicha hamkorlik qiladi. Shu qadoqdagi pepsilar sotuvga chiqqan.

Farrux Sharipov Design Club #2 spikeri bo'lgan edi.

@designclubuz

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

Bahor va Navro'z ilhomlanish davri 🔥

Design Club da spiker sifatida qatnashgan 2 dizayner facebook va instagram da o'z dizaynlarini e'lon qildi. Ikkala ish ham juda chiroyli chiqqan. Quyida shu dizaynlarni keltiramiz:

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

Eslatma:

Bugun, soat 14:00 da Design Club Uzbekistan #3 bo'lib o'tadi. Kirish bepul, 14:00 da kirish to'xtatilinadi. Boshlanish vaqtidan ertaroq kelishingiz so'raladi.

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

Bugun dizayner, O’rta Osiyoda birinchi raqamli kreativ jamoa hisoblanadigan “MA’NO Branding” asoschisi Temur Sa’diyning tug’ilgan kuni.

31 yoshingiz muborak bo’lsin. O’zbek dizayn salohiyatini chet elga tanitish yo’lida hech qachon charchamang.

Design Club Uzbekistan jamoasi.

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Design Club Uzbekistan (DC)

Design Club #3 da taqdimot qiladigan 3-spiker:

A'zam Saidumarov - "Useit" va "Space Marketing" art-direktori, O'zbekistonda birinchi raqamli logistika servisi "Arrow Green Logistics" (agl.uz) da grafik dizayner. Rossiyaning "Brending Oliy Maktabi" (ВШБ) talabasi. Grafik dizayn olamida 9 yillik tajribaga ega. "PR Uzbekistan" (@pruzb) guruhi asoschisi.

A'zam Saidumarov "Dizayner vs. Mijoz" mavzusida, Design Club #3 da spiker sifatida qatnashib, auditoriyaga mijozlar bilan qanday muomala qilish, dizayn maxsulotni ularga qanday qilib sotish bo'yicha o'z bilimlarini bo'lishadi.

Sana: 6-fevral. Soat: 14:00.
Manzil: Toshkent shahar, Yoshlar Ijod Saroyi.

Qatnashish uchun: Ro'yxatdan o'tish

P.s: Tadbirda qatnashish bepul. Ro'yxatdan o'tish shart!

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…
Subscribe to a channel