Bu noyob xazina “Zij-i Ulug‘bek”.
U astronomiya fanining rivojlanishida hal qiluvchi rol o‘ynagan mashhur hukmdor va olim Mirzo Ulug‘bek tomonidan yozilgan asar.
Asar ham Sharq, ham G‘arb olimlari foydalangan eng sahih astronomik jadvallarni o‘z ichiga olgan.
@nigorahasanovasblog
🔥Aks” toʻplamida nashr etilgan Tillanisoning “Shakl” romani haqida muallifdan tinglaymiz!
https://youtu.be/rLAh5-hlbYE
🔥Kitobxonlar talabiga binoan toʻplam sotuvda🔥
✍️ aks: jamiyatga ko‘zgu
📕«Tongotar» - 30 000 so'm
📕«Kungaboqar» - 28 000 so'm
📕«Ajdar sayyorasi» - 25 000 so'm
📕«Havo» - 21 000 soʻm
📕«Oqdan qizilga» - 21 000 soʻm
📕«Shakl» - 27 000 soʻm
Toʻplam xarid qilsangiz maxsus 10% chegirma!
Toʻplam narxi: 152 000 soʻm
✅Chegirmada: 136 800 soʻm
📚@bookuzbekistan — yangi kitoblar!
Гулноз опани аввалги китобларини ҳеч ўқиёлмаганман. Айниқса "Комета" жуда сунъий туюлган. Руҳиятимга ўтирмагани, у яхши эмас дегани эмас.
Ҳиссиз ёзилган нарсалар кўп эди. Балки шу ҳиссизлик даврини яшагандир ўша пайт шоир?
Лекин яқинда чиққан "Ҳаво" китоби ўзидан итармади. 40-бетга келдимки, завқланишдан тўхтаганим йўқ. Дарди қайтган. Ё пишган. Хуллас аёл ундоқ, аёл бўлиб туғилма шарқда, мен хор бўлдим... каби шеърларини нимасини кўп гапиришади ҳайронман? Улар йўл-йўлакай ёзилган дикломация. Қуруқ.
Ўзи шу кунларда қизлар орасида "биз хўрланган, хўрланаётган жинсмиз..." ғояси атрофида ўхшаса-ўхшамаса, тушунса-тушунмаса ёзиш мода бўлди. Бу ҳам бир давр. Дейлик шамоллашнинг даври бор. 3-7 кун. Бу ҳам шундай. Ўз вақтини яшайди ва бошқа босқичга ўтамиз.
Гулноз опага қайтсак у табиатан табиат шоири. Гўзал, нафис ҳислар шоири. Ва шу шеърларда шоирнинг ҳақиқий ҳайбатини кўрасиз. Шеърларидан япон шеъриятининг ифори келади. У ич-ичидан бақироқ, жангари эмас. Босиқ. Балки ҳаёт босиб қўйган вулқондир?
Китоб Қатортолдаги book.uz китоб дўконида бор. "Акс" туркумида босилган.
She'riyat endi o'ladi. She'riyatning janozasiga oz qoldi. Chunki asl shoirlar endi tug'ilmaydilar. Ehtimol allaqachon o'lgan va biz o'limoldi talvasasining yoziqlari bilan aldanayotgandirmiz.
She'riyatning qotili tezlikdir. She'riyatning qotili amerikancha tezlik, ruh yemirilish, tuyg'u soniyalashishi, diqqat parchalanishidir. Qotili taraqqiyot va mediadir. Asl shoirlarni taraqqiyot allaqachon o'ldirib bo'lgan. Tezlik ruh va qalbda biror tuyg'uni pishib yetiltirmaydi, chala tug'ilagan homila kabi boshsiz, qo'lsiz, jigarsiz, ko'zsiz, noqis so'zlar jangohiga to'lib ketadi hammayoq. To'lib ketib bo'ldi. Odamlar sevmaydi. Tezlashish kerak, sevgidayam tezlashish, tezroq yashash kerak. Tuyg'u o'lib bo'ldi. Faqat analiz qoldi endi. Savol berilgan zahot javob bor. Savol bilan yashash yo'q. Hatto savolni tushinish yo'q. Ammo javob bor. Muhimi javob bor. Bugun faqat javoblar bilan yashayapmiz. Savolsiz javoblar.
Ehtimol, she'riyat faqat endi ijtimoiy ma'nodagi, shu dardlarni kuylash uchungina bor bo'ladi. Ammo o'ziga ona sutidek halol va pok bo'lgan asl ma'nosidan uzoqlashadi - ruhiy ma'nosidan, asl ma'nosidan. Endi she'rlarda ruh bo'lmaydi. Ehtimol, hoziram yo'q.
Qachondir qayerdandir asl shoir chiqishi mumkin - u Shimoliy Afrikaning Tuareg qabilasidan bo'ladi, yo Avstraliyaning odamxo'r ibtidoiy qabilasidan. Janubiy Amerikaning mahalliy qabilalari ichidan chiqqan biror suluv qizcha kuylagan qo'shiqda tiriladi she'riyat. Biror qoramag'iz yigit qoralamasida tirilaďi balki. Afg'oniston, Turkamaniston bilan chegaradosh, svet, gaz, internet, poyezd yetib bormagan biror qishlog'imizda tug"ilsa, ehtimol. Bir narsa aniq taraqqiyot bor joylarda endi shoir tug'ilmaydi. Qishloqdan kelib, shaharga joylashib, o"zliksiz qolgan va taraqqiyotga esh bo"lganlar endi shoir bo"lolmaydi. Ruh o'lib bo'ldi.
Nimani yo'qotayotganimizni bilmay, tinimsiz taraqqiyot so'raymiz. Tinimsiz tezlik, ijtimoiylashuv so'raymiz.
Dahshat, ruhning ijtimoiylashuvi, she'rning ijtimoiylashuvini so'raymiz. Ammo endi bularni so'rashga hojat yo'q. Shundog'am hamma narsa ijtimoiy, taraqqiyotga xos va tez.
Dahshat, ruhimiz ruhmas - endi u shunchaki ijtimoiy hodisa!
Dahshat, Endi shoirlar tug'ilmaydi!
🔥 PREMYERA | SOTUVDA
📚 AKS to'plamining navbatdagi ikki kitobi sotuvga chiqdi.
Anif
📕«Oqdan qizilga»
Ushbu asarda ayol hislari, erki va isyoni juda go'zal ifoda etilgan.
Xususan, muallif yomg'ir, daraxtlar, osmon kabi tabiat obrazlaridan inson hissiyotlarini, uning qalb to'lqinlarini tasvirlash uchun foydalanadi. She'rlarida inson hayotining mohiyati haqidagi fikrlar, o'lim va hayot, vaqtning o'tishi, shaxsning o'zligi va uning ma'naviy qiyinchiliklari xususida mulohazalar aks etadi. Shuningdek, ularda hozirgi zamon kishisining ichki qiynoqlari, o'z-o'zini anglashga bo'lgan intilishi va ichki tazyiqlardan qochishga uringan holati ko'zga tashlanadi.
Gulnoz Moʻminova
📕«Havo»
Sayyorada havo bo'lmasa, hayot yo'q, muqaddas kitoblarda dunyodagi birinchi odamning ayoli Havo (Yeva) deb atalishida ham xuddi shu belgini beradigandek tuyuladi. Havo Odamning yo'ldoshi, hamfikri, yostiqdoshi va u bilan hozirgi butun sivilizatsiya boshlanadi. Muallifning she'rlarida ham xuddi shu sayyoraning havodek muhim masalasi - odamlik masalasi goh sayyora fuqarosi, goh mehmon-gumanoid tafakkurida taftish qilinadi, ko'rsatiladi.
✍️ AKS - Jamiyatga ko'zgu.
Har bir kitob narxi: 21 000 soʻm
Buyurtma berish:
@bookuzbot / +998712300050
📚 @bookuzbekistan
Aks toʻplamining yana ikki kitobi tez orada sotuvga chiqadi!
aks: jamiyatga ko‘zgu
📚@bookuzbekistan — yangi kitoblar!
🔥Uzoq kutilgan “Aks” toʻplamining navbatdagi asari haqida.
📔 Anif “Oqdan qizilga”
https://youtu.be/bD63yCD2Tvk?si=c52j1P2BT8kg4XOT
Шоир ўзини даволаш учун ҳам ёзиладиган шеърлар – конфессионал шеърият «Оқдан қизилга» тўплами мисолида
Йўналишнинг асосчиларидан саналган Роберт Лоуэлл ҳам ўз биполяр бузилишидан халос бўлиш учун ёзган, у ҳатто руҳий касалхонада ўтган кунлари, ўша дамдаги кечинмаларини ҳам шеър қилади.
Oʻz: https://oyina.uz/kiril/article/3382
Ўз: https://oyina.uz/kiril/article/3383
Расмий саҳифаларимиз👇
Telegram | Facebook | X | Instagram
Yangi nashri eʼtiborimni tortgani sababli "Oʻtkan kunlar"ni qayta oʻqidim. Oxirgi marta oʻn yillar oldin oʻqigandim. Hozir asardagi ayollar obrazi eʼtiborimni tortdi. Butun asarda birorta esi butun ayol yoʻq. Qoʻpol qilib aytganda, hammasi tovuqmiya. Erlar tomonidan xotinlariga past nazar bilan qaraladi, ularning gapi jiddiyga olinmaydi. Oʻzbek oyim, Oftob oyim, Kumush, hech birida zarra qadar intellekt koʻrinmaydi. Oʻsha davrdagi zamona zaylini hisobga olsak, ayollardan buni talab qilish xato oʻzi.
Ularning orasida eng yaxshisi Zaynab. Juda yaxshi inson boʻlgani uchun ham unga hamma jabr qildi. Kumush esa ayyor tulki edi. Asar ommalashganidan beri Kumush ismi doim urfda boʻldi, Zaynab ismi esa ancha kam. Oʻquvchilar ham negadir doim Kumushni ulugʻlab, Zaynabni qoralaydi. Holbuki Zaynabning hech kimga qasdi yoʻq edi.
Zaynab ota-onasining rizoligi bilan erga tegdi. Toʻydan keyin Otabek unga qaramasa ham, alohida yotsa ham, tuzuk soʻz aytmasa ham sabr qildi. Kumushdan aynitishga harakat qilmadi. Taqdiriga koʻnib, oʻz hayoti bilan yashab yuraverdi. Kumush esa Toshkent kela solib Otabekni Zaynabni taloq qilishga undadi. Xalq soʻzi bilan aytganda, togʻdan kelib bogʻdagini quvdi.
Koʻzguga qarab turib, Zaynabni oʻzidan chiroyli deb hisoblagan va hasadiga chidolmay, alamini olish uchun uyda odam yoʻqligidan foydalanib Zaynabning xonasiga kirgan, birinchi boʻlib kundoshlik zahrini sochgan ham Kumush. Ota-onasi, hatto eri ham Margʻilonga qaytib ketishini istab turganda, Zaynabni taloq qildirish uchun atay Toshkentda qolgan ham Kumush. Meni yaxshi koʻradi, shu bois koʻp janjal qoʻzitsam erim aybni Zaynabdan koʻrib uni taloq qiladi deb Zaynabning tinch roʻzgʻorini buzgan ham Kumush.
Har doim moʻmin-qobil farzand boʻlgani bois ota-onasi tomonidan siylanmagan, erga tegib eridan mehr koʻrmagan, uni shu uyga olib kelgan qaynonasi Kumush tomonga ogʻishidan jabr koʻrgan, adolatsizlik, tengsizlik qurboni boʻlgan, Kumush tomonidan doimiy provakatsiyaga uchragan esa Zaynab.
Xarakter jihatdan, Kumush yengiltabiatroq. U ming makr bilan boʻsh-bayov Otabekni ming maqomga oʻynatib keldi. Kumush shaytonning urgʻochisi. Ilk bor bu hovliga adashib kirib qolgan Otabekka koʻz suzishidan boshlab, to oʻlim toʻshagida yotganda ham Otabekning Zaynabni taloq qilganini eshitib koʻzlari ochilishi, yengil tortishigacha shuni koʻrishimiz mumkin. Zaynab esa tabiatan ma'sum, bezarar, sodda, koʻnuvchan. Unga tegishmasa u ham hech kimga tegmasdi. Xulosa qiladigan boʻlsam, Kumush asardagi salbiy qahramon. Zaynab esa uning jabrdiydasi. Qiz koʻrsangiz ismini Zaynab qoʻying.
@salimov_blogi
Мазкур адабий танлов Мустақил ижодкор ёшлар ташаббуси билан ўтказилмоқда. Ташаббускорлар ижодкор аёл-қизларнинг асарларини кенгроқ аудиторияга етказиш, уларни маънавий ва моддий қўллаб-қувватлаш, ижодий ва интеллектуал соҳаларда кучли эканлигини намоён этишни ўз олдига мақсад қилган.
Танлов низоми билан танишиш учун босинг!
***
Бир замонлар
Кунгабоқар даласи олдида
Кулиб хайрлашгувчи ошиқлар эдик
Бошимизда турарди порлаб
Кўкнинг улкан кунгабоқари –
Ҳадафларга сиғмас ҳадсиз сарилиги билан
Сен сурурнинг олтин донларила
Гўваржин боқардинг
Мен қизил гул иси билан
Капалак ўстирардим
Умидимнинг боши қоронғу эди
Кўк кунгабоқари теграсин
Баҳайбат боларидай айланаётган сайёраларга
...Энди аҳволимизга боқ
Нима бўлди бизга, севгилим?
Врубелнинг изтироб чекаётган иблиси каби*
Ҳолимиз афтода бунчалар
Наҳот, иккимизни яна
Вақт машинаси туртиб юборган бўлса?
Ноябрь туманлигин оралаб юрган
Кулранг руҳлар бизга хайрихоҳ эмасмиди?
Биласанми, ҳеч нимани ўйлагим келмаяпти
Илло, кеч куз
На қуёшни севар,
На кунгабоқарларни
*Врубелнинг “Ўтирган иблис” асарига ишора
Гулноз Мўминова
30.11.-01.12.
“Мендан иблисларимни олиб қўйманг, негаки улар билан бирга малакларим ҳам ғойиб бўлади”.
Райнер Мария Рильке
Asli Sanjarning "Haram" kitobini tarjima qilganimda Usmonlilar imperiyasidagi nikoh masalalari eʼtiborimni tortgandi. Yigit va qiz nikohlanishdan oldin ikkala tomon aniq shartlarini aytadi va bu yuridik hujjat maqomida roʻyxatga olinadi. Deylik, qiz "Agar erim ikkinchi xotin olguday boʻlsa ajrashaman" degan shartni nikoh shartnomasiga kiritgan holatlar bor.
Yana bir muhim jihat, bu mahr. Qiz mahrga xohlagan narsasi va summasini soʻrashi mumkin. Bunda yigitning moliyaviy ahvoli hisobga olinadi albatta. Agar tomonlarning istagi va imkoni mos kelmasa bunda hech bir tomon ayblanmaydi. Katta summa soʻralganda, mahrni boʻlib-boʻlib berish ham mumkin boʻlgan. Bunda asosan mabodo ajrashishsa yoki er vafot etsa, ayol oʻzini va bolalarini ta'minlay olishi hisobga olingan, shu bois mahrga uy va kattaroq pul soʻralgan. Shuningdek, ayolga doimiy nafaqa berib turilgan. Erkakning topgan pulida uyda oʻtirgan ayolining tengma teng haqqi bor, ayolning ehtiyojlari uchun har doim pul berib turish kerak.
Shularni oʻqib, dindorlikka da'vo qilayotgan erkaklarga bir qarayman. Koʻpi uy yo mashina olguday boʻlsa oʻzining emas, ota-onasining nomiga oladi. Nega? Mabodo ajrashsa xotini da'vo qilolmasligi uchun. Chunki nikohdan keyin sotib olingan mol-mulk erkak va ayol oʻrtasida teng taqsimlanadi sudda.
Koʻpi ayolini uyga tiqib qoʻyadiyu, uning ehtiyojlariga pul bermaydi. Bu eng yomoni. Ishlari yurishmay, qoʻlida puli boʻlmasa tushunsa boʻladi. Ammo ishlab, qoʻlida puli boʻla turib oilasidan ayash na dinga, na insoniylikka toʻgʻri keladi. Odam mol emaski, faqat qornini toʻydirib qoʻyish bilan kifoyalansangiz. Uning ham siz kabi nimadir yegisi, nimadir kiygisi, nimadir olgisi, qaygadir borgisi keladi.
Ajrashgach aliment toʻlashdan qochib yurgan, oyligini kam koʻrsatish uchun qorovullikka yozilib olgan erkaklar koʻp. Ajrashgach yoki eri vafot etgach erning uyiga ham, ota uyiga ham sigʻmay yurgan ayollar koʻp. Mahr va ayolga nafaqa ayni shu masalalar yuzasidan joriy qilingan. Bu yerda sal yuqoridagi postda aytganim, keraksiz udumlar emas, insonning yashab qolishi va inson sifatida qadr topishi markaziy oʻrinda.
Bugun mediaga qarasak, katta mahr soʻragan qizlarni olaboʻjiga chiqarish kompaniyasi boshlanganini koʻramiz. Qoʻyib bersa, qonunniyam, dinniyam faqat oʻzimizga qulay tomonini olib, boshqasiga koʻz yumsak... Dindor erkaklar ayolim menga boʻysunishi kerak deb, uning majburiyatlarini sanash bilan band. Oʻzining majburiyatlarini esa hatto toʻliq bilmasa kerak. Menimcha, jamiyatimizdagi asosiy muammo ham shunda. Oʻz majburiyatimizga bepisand qaraymiz, oʻzgadan esa ortigʻi bilan talab qilamiz.
Masalan, "Haram" unaqa kuchli asar emasday. Biroq mana shu masalalar yoritilgani eʼtiborga molik.
@salimov_blogi
📣Diqqat, tanlov!
“AKS” - JAMIYATGA KO‘ZGU
🎉«Yangi asr avlodi» nashriyoti “AKS” turkumida chop etilgan kitoblar bo‘yicha tanlov eʼlon qiladi.
Tanlov uch yo‘nalishda bo‘lib o‘tadi:
📝- Eng mazmunli taqriz;
🌌- Eng kreativ foto;
🎬- Eng qiziqarli videorolik.
Demak, “AKS” turkumidagi oltita kitob (yoki bittasi) bo‘yicha taqriz yozishingiz yoki kitoblarni original tarzda suratga tushirishingiz yo bo‘lmasa ushbu kitoblar ishtirokida qisqa va maʼnoli rolik ishlashingiz kerak. So‘ng taqriz, foto yoki videoni ijtimoiy tarmoqlarda (Telegram kanal yoki Facebook, Instagram sahifasi) ulashasiz. Uning havolasini va telefon raqamingizni @bookuz_marketing manziliga jo‘natasiz. G‘oliblarni hakamlar hayʼati aniqlaydi.
🎁 Uch yo‘nalish bo‘yicha 1, 2, 3 o‘rin g‘oliblari diplom, qimmatbaho sovg‘alar, kitoblar to‘plami bilan taqdirlanadi.
🥇 Jumladan, 1 o‘rin egalari bookreader, 2,3 o‘rin egalari kitob vaucherlari, mualliflardan maxsus sovg‘alar taqdim etiladi.
Tanlov materiallari 5 fevraldan 20 fevralgacha qabul qilinadi. G‘oliblar taqdimot kuni taqdirlanadi. Barchaga omad!
📚@bookuzbekistan
"Ҳаво" тўплами учун танқидлар мавсумини очиқ деб эълон қиламан. Жонтемир бошлаб берди. Газига босинглар😄
Читать полностью…#anons
🎬 O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron bilan "o‘shal damlar"ni eslaymiz...
◀️ "O'shal damlar... "
🗓 26-yanvar, Yakshanba kuni
⏰ 20:20da
💬 Facebook 📸 Instagram ✅ Telegram 📹 YouTubeЧитать полностью…
Портрет
Ўўўтирибман,
Креслода ястаниб, ҳа, ҳар кунги иш кунидагидек.
Ва жимир-жимир овоз бор руҳимда.
Социал бир тўлқинни кутиб чарчаган ва эндиликда суякларим ичра секин-секин жон бераётган жасоратли салоҳиятимнинг ингроқ овозини эшитяпман.
Курсипарастликдан мутлақо ҳоли бир истакларимнинг, ён-атрофимдаги ақл ва интеллект одамларини бошқа Ватанларга кетиб қолишидан асраб қолиш илинжимнинг тоборо сўниб бораётган овозини эшитяпман.
Бир илоҳий (ва ёки оддий) эътиборни, тоза насимлар эсаётган иллюзиямдаги муҳитни кутиб, фозил бир жамиятларнинг об-ҳавосига эҳтиёж сезаётган эрксевар истеъдодимнинг тоборо ингичкалашаётган томирларимни ёриб чиққиси келаётган шивирларини эшитяпман.
Ва балки тирикчилик куйида оввора эканидан чекаётган надоматларини ҳам.
Томирларим бўйлаб тинмай айланиб юрган ва баъзан юрагимга босим бериб, югураётган қоним зарраларидаги йиғлоқ гўдакчаларнинг "эй, аёл, эй она, мени туғ!" деган ялинч йиғиларини ҳам тинглаяпман.
Аввало, Ўзингга адолат қил!
Ўўўтирибман, ҳалиям
13.01.25 й
🔥 KATTA PREMYERA | SOTUVDA
📚 AKS to'plamining dastlabki uchta kitobi sotuvga chiqdi. Kitoblar va mualliflar haqida rasmlardan batafsil o'qishingiz mumkin.
Tongotar - 30 000 so'm
Kungaboqar - 28 000 so'm
Ajdar sayyorasi - 25 000 so'm
✍️ AKS - Jamiyatga ko'zgu.
Buyurtma berish:
@bookuzbot / +998712300050
📚 @bookuzbekistan
#anons
#premyera
"Mahalla" telekanalida dublyaj qilinib, namoyish etilayotgan yana bir ajoyib kino - "MUALLIM"
◀️ "Muallim" b/f
🗓 28-dekabr, Shanba kuni
⏰ 23:00 da
"Mahalla" telekanalida tomosha qiling!
💬 Facebook 📸 Instagram ✅ Telegram 📹 YouTube
Буюк кинорежиссёр Сергей Параджанов қамоқда ўтирган кезлари Микеланжело Антониони, Федерико Феллини ва Тонино Гуерро 40 минг доллар йиғиб, ҳибсдаги шароитни яхшилашни илтимос қилиб, “Союзкино”га юборишади. “Союзкино” эса совғани рад этади: “Қамоқда ҳамма бир хил шароитда ўтириши керак...”
Шунга қарамай, Феллини доимий равишда Параджановга озиқ-овқат посилкалари жўнатиб туради. Зона раҳбари Сергейни сўроққа тутади: “Ким бу Феллини?” Параджанов ҳазиломуз жавоб қайтаради: “У менинг укам Фёдор, октябрь ойида Италияга инқилобчи бувимизни кўргани борган. Ҳатто унинг фамилиясини олди: Феллини, итальянча “бузилмас” деган маънони англатади”.
Зонада режиссёрнинг қаламларини олиб қўйишади ва унга чизишни тақиқлашади. Шунда у кефир қопқоғидаги буюк шахсларнинг суратларини йиғиб, уларни тирноқлари билан ўйиб, елим билан тўлдиради ва “Паражджанов медаллари”ни ясайди. Бу медаллар билан ўз вақтида Феллини, Мастроянни, Софи Лорен ва Милош Форман тақдирланган эди. Ана шунақа! Даҳолар ҳибсда ҳам даҳо!
@shohruxabdurasulov
Меҳрсиз жамиятда нур қидирган қалблар: «Тонготар»нинг ижтимоий драмаси
Асар жамиятдаги оғир масалалар – оилавий зўравонлик, аёлларнинг ҳуқуқсизлиги ва оғир шароитлардаги сабр-матонат мавзуларини ёритиб беради. Аёл – сабр қилиш, чидам қилиш учун яратилган деган фикр жамиятда аёлларнинг ҳуқуқларини чеклаш ва уларнинг мушкул тақдирларини ўзгармас деб қабул қилиш ғоясини акс эттиради. Эрнинг ўз боласини сотиш ғояси зўравонлик чегараларининг қай даражада бузилганини ва инсонийликнинг йўқолганини кўрсатади. Бу ҳолат инсон қадрининг молиялаштирилган жамиятда қандай арзонлашиб кетганини намоён этади.
Ўқиш: https://telegra.ph/Me%D2%B3rsiz-zhamiyatda-nur-%D2%9Bidirgan-%D2%9Balblar-Tongotarning-izhtimoij-dramasi-12-06
#Шарқ_юлдузи (08/2024)
#Наср
Гулноз Мўминова
Чалахотин
“…Сен вужудимда сира кутилмаганда пайдо бўлдинг. Аввал кўксимда нимадир
ғимирлагандек туюлди, сўнг ғалати оғриқ бошланди, бир неча кундан кейин
танамдан нимадир бўртиб чиққанини сездим. Мен қўрқиб юрган ҳодиса шу қадар
тез содир бўлишини кутмагандим…
Чошгоҳда, ҳамма қайлулага кирган маҳал, секингина меҳмонхонамиз эшигини
ичкаридан беркитиб, пардаларни туширдим, чироқни ёқдим. Сўнг устига бир
пайтлар онамнинг чевар қўллари билан тикилган мунчоқли дастрўмол ташлаб
қўйилган тошойна қаршисига бориб, кўйлагимни кўтариб қарадим. Эвоҳ! Ўзимдан
ўзим уялиб, шарт этагимни туширдим. Бундан кейин нима қилиш ҳақида ўйлай
бошладим. Энг аввал иссиқ кийимлар солинган тугунни очиб, сариқ жемперимни
излашга тушдим.
O'tish metafizikasi marosimi yoxud “Havo” oshkor qilgan isitma – Telegraph
https://telegra.ph/Otish-metafizikasi-marosimi-yoxud-Havo-oshkor-qilgan-isitma-12-01
Zaminimizda qish oyoqlanyapti. Unga qo'shilib “Havo” ham. “Havo” orqali esa sariqlanayotgan hislarning yuqumlari va zehniyatimiz sari emaklayotgan yangi bir tafakkur... Yuqumlanayotgan va emaklayotgan qismlarni ikkiga kesib tahlil qilamanki, birida sizgayam, mengayam ustiga binolar qurib tashlagan urbanistik ruhiyatimizda nafas olish uchun bo'sh joy ( Antonino o'z filmlarida ochiq, bo'm-bo'sh makonlar orqali urg'ulaganidek) qolsin – bu bo'sh joy esa sizu mendan “havo” ga to'yish uchun singishni talab etadi, ikkinchisi esa yangi havo sipqoruvchilarga bo'sh joy ochish uchun iyulning qovjiragan harorati ichida bahoriy shabadani tanangizning eng so`nggi irodasi orqali hosil qilishni…
ИЛЛЮЗИЯ ВА ҲАҚИҚАТ ОРАСИДА
Тилланисо Нурёғду бир нечта шеърий ва ҳикоялар тўплами муаллифи. «Шакл» — унинг илк экспериментал романи. Тилланисонинг ижоди инсон руҳияти, изоляция ва ҳаётдан маъно қидириш каби экзистенциал мавзуларни ўрганади. Асарларидаги персонажлар кимлигини, яшашдан мақсадини излайди, кўпинча ўзларини жамиятдан ажралиб қолган ҳис қилишади. Мутолаа ўқувчига ўз ҳаёти ва дунё ҳақида чуқур фикр юритишга ёрдам беради.
"Шакл" ҳақида: https://telegra.ph/ILLYUZIYA-VA-%D2%B2A%D2%9AI%D2%9AAT-ORASIDA-11-29