Республика таълим маркази директор ўринбосари, математика фани ўқитувчиси, блогер Исроилжон Тиллабоевнинг мулоҳазалари канали Гуруҳга марҳамат: @domlajon1 https://t.me/+WUqwChJg0-U5y_0S
Mana nima uchun yoshlarimizni chet elga yuborishdan, yuboraverishdan qo‘rqmaslik kerak, qaytib kelmaydiyu deb qo‘rqmaslik kerak. O‘zbeklar vatanini shunday sevadiki, necha yillar o‘tsa ham, qayerda yashasa ham vataniga foydali narsalarni ilinib, o‘sha joydan turib ham foydasi tegib turaveradi O‘zbekistonliklar.
Husanovning boshlagan ishiga omad tilaymiz, 10-15 yil futbol o‘ynashi mumkin, lekin agar mana bunday maktab ochsa yuz yillab xizmat qilishi mumkin xalqqa.
@domlajon
t.me/domlajon
Pedagoglar attestatsiyasi borasida kechayotgan bahslarga ekspertlar javobi
Attestatsiya natijalaridan norozi bo'layotgan pedagoglar nima qilishi kerak, degan savol hali ham kun tartibida turibdi.
"Tanaffus" podkastida ko'tarilgan quyidagi mavzular esa attestatsiya natijalaridan norozi bo'layotgan pedagoglar uchun asosiy qo'llanma bo'lib xizmat qiladi.
03:35 - Biz o'zi kimni va nima maqsadda sinayapmiz?
➡️ BATAFSIL
08:00 - Dunyo tajribasida o‘qituvchilar qay tartibda attestatsiyadan o‘tkaziladi?
➡️ BATAFSIL
10:43 - Pedagogika va kasb standartidan tuzilgan testlar saviyasi qanday?
➡️ BATAFSIL
13:59 - Pedagog mauglining onasi ismini bilmasa, yomon o‘qituvchi bo‘lib qolmaydi
➡️ BATAFSIL
15:57 - Kasb standartidan test tuzmaslik kerak
➡️ BATAFSIL
16:41 - O‘qituvchi o‘ziga ishonmasa, testdan norozi bo‘lib murojaat yo‘llamaydi
➡️ BATAFSIL
17:48 - Ayrim fanlar uchun murakkab, ayrimlari uchun sodda test tuzilganmi?
➡️ BATAFSIL
19:47 - Attestatsiya testlari yaroqsizmidi?
➡️ BATAFSIL
23:01 - Pedagogika testlari: Bir savolda ikkita to‘g‘ri javob bormi?
➡️ BATAFSIL
28:34 - Vazirlik "tarozimiz" to‘g‘ri deb qat’iy fikrida turib olmasligi kerak
➡️ BATAFSIL
29:10 - Kasb standartidan testlari qanday bo‘lishi kerak?
➡️ BATAFSIL
34:00 - Testlar valid bo‘lmasa, hammasi bir tiyin
➡️ BATAFSIL
34:38 - Aslida test tuzish bilan ilmiy tashkilotlar shug‘illanishi kerak
➡️ BATAFSIL
38:34 - O‘zbekistonda kuchli testologlar bormi?
➡️ BATAFSIL
42:16 - Testning sifatini 4 ta javobning bittasi to‘g‘ri ekanligi bilan o‘lchab bo‘lmaydi
➡️ BATAFSIL
44:21 - Vazirlik tuzgan testlarni tekshiradigan mustaqil tashkilot bormi?
➡️ BATAFSIL
49:55 - O‘qituvchi hamma narsani xotirasida saqlab yuruvchi fleshka emas
➡️ BATAFSIL
51:11 - Test ichida test bo‘lishining o‘zi xato
➡️ BATAFSIL
53:14 - Test tuzuvchilar darslikda berilgan ma’lumotlar maqsadini ham tushunmagan
➡️ BATAFSIL
56:32 - Attestatsiyada aynan darslikdan test tushishi kerakmi?
➡️ BATAFSIL
01:00:06 - Aslida malaka toifasi o‘rtasida qanday farqlar bo‘lishi kerak?
➡️ BATAFSIL
01:03:34 - Hozir o‘qituvchilarga noto‘g‘ri ball bilan baho berilmoqda
➡️ BATAFSIL
01:08:00 - Attestatsiya tizimi xalqaro akkreditatsiyadan qanday qilib o‘tdi?
➡️ BATAFSIL
01:09:52 - Testlar o‘qituvchilarga ham ochiqlanishi kerakmi?
➡️ BATAFSIL
01:11:27 - O‘qituvchilar vazirlikni sudga berishi mumkin
➡️ BATAFSIL
01:12:11 - Vazirlik test spetsifikatsiyasini xohlagancha o‘zgartiradimi?
➡️ BATAFSIL
01:13:46 - Vazirlik validlik tadqiqotlari o‘tkazganda kamchiliklar sezilardi
➡️ BATAFSIL
01:14:34 - Vazirlik appelyatsiya shikoyatiga qanday javob qaytarishi kerak?
➡️ BATAFSIL
01:15:20 - Validlik talablariga javob bermaydigan test bilan o‘qituvchilarni baholashni taqiqlash kerak
➡️ BATAFSIL
01:18:30 - Har safar attestatsiyada qaysidir fandan muammo kelib chiqadi
➡️ BATAFSIL
01:19:19 - "X variant" nega tarqalib ketti?
➡️ BATAFSIL
01:23:00 - Attestatsiyadan norozi o‘qituvchilar qanday yo‘l tutishi kerak?
➡️ BATAFSIL
01:25:28 - Test vaqtida kompyuterda nosozlik bo‘lsa, attestatsiya boshqa kunga ko‘chirilishi kerakmi?
➡️ BATAFSIL
01:27:10 - 80 ball oldim deb o‘ylagan o‘qituvchilar natijasi, 50 ball chiqdimi?
➡️ BATAFSIL
01:31:47 - Test jarayonida sodir bo‘ladigan fors-major holatlar yo‘riqnomada bo‘lishi kerak
➡️ BATAFSIL
01:34:14 - Testlar ataylab qiyin tuzilganmidi?
➡️ BATAFSIL
01:35:04 - Yil o‘qituvchisi, vazir ustamasi va 70 foizlik ustamasini attestatsiyaga bog‘lash xato
➡️ BATAFSIL
01:38:03 - O‘qituvchi o‘zi kim?
➡️ BATAFSIL
01:41:13 - Attestatsiyada ko‘zi ojiz o‘qituvchilarga adolatsizlik qilindimi?
➡️ BATAFSIL
01:43:32 - Testda barcha o‘qituvchilarga bir xil standart sharoit ta’minlanishi kerak
➡️ BATAFSIL
01:46:58 - Attestatsiya natijalari bekor qilinishi kerakmi?
➡️ BATAFSIL
01:50:39 - O‘qituvchilar oxirigacha kurashishi kerak
➡️ BATAFSIL
01:55:51 - Vazirlik ochiq ishlashi kerak
➡️ BATAFSIL
01:57:29 - Attestatsiyani stressiz o‘tkazish mumkinmi?
➡️ BATAFSIL
01:58:44 - Umumiy xulosalar
➡️ BATAFSIL
📝 Izoh yozish
▶️ To'liq video — https://youtu.be/rvg_3AC3gvI
Telegram l Facebook l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube
PISA tadqiqoti faqat Prezident maktabi o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilsa, natijamiz qanday bo‘lardi?
So‘nggi kunlarda PISA 2025 xalqaro baholash tadqiqotida barcha Prezident maktablari o'quvchilarining ishtirok etayotgani turli xil bahs va munozaralarga sabab bo'lmoqda.
"Tanaffus" podkastining PISA, PIRLS hamda TIMSS xalqaro baholash dasturlariga bag'ishlangan sonida aynan shu mavzu ham ko'tarilgandi.
Ushbu son yanvarda suratgao‘olingan edi. O‘shanda nimanidir sezgan ekanmanda)
▶️ To'liq video — https://youtu.be/kL4CWIEgH4Q
@domlajon
t.me/domlajon
👨🎓Xorijga ta’lim sayohatiga chiqishni istaysizmi? Unda “IBRAT Debate”da qatnashing!
⚡️Eng zukko, eng bilimdon yoshlar bir sahnada to‘qnash keladi. Siz-chi? Ingliz tilida fikr yuritib, mantiq va nutq mahoratingizni sinab ko‘rishga tayyormisiz?
🎓🎓17-may kuni “Talabalar festivali” doirasida bo‘lib o‘tadigan “IBRAT Debate” turniri sizga nafaqat bellashuv, balki yetakchilik, jamoaviy ishlash va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi.
Bu loyiha sizga nima beradi?
🎓Xorijga ta’lim sayohati - turnir g‘oliblari xorijga sayohat qilish, bilim va tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
🎓Liderlik sari qadam – o‘z fikringizni ishonch bilan ifoda qilish, jamoadoshlaringizni ilhomlantirishni o‘rganasiz.
🎓Networking – turli OTMlardan kelgan bilimdonlar bilan tanishing, do‘stlik va hamkorlik uchun zamin yarating.
🎓Unutilmas tajriba – sahnada gapirish, bahslashish, o‘rganish va o‘sish uchun noyob muhit.
Globalizatsiya davrida insoniyatning 100 yildagi o‘zgarishi.
@domlajon
t.me/domlajon
“Mutolaa” vaqti keldi #mutolaa📚
(hikoyani tinglash uchun 54 daqiqa vaqtingiz ketadi)
Nazar Eshonqulning “Bepoyon osmon” hikoyasi
San’atning shunday bir sohasi borki, unda ayol siymosi aks etmagan, uning nozik va murakkab ruhiy olami tasvirlanmagan desak, adashamiz. Adabiyotdan tortib haykaltaroshlik, miniatyura, rassomchilik, kino, teatr va raqs san’atigacha — barchasida ayol obrazi bor, u har doim ilhom manbai, go‘zallik timsoli bo‘lib kelgan.
Xuddi shu an’anani o‘zbek adabiyoti ham davom ettiradi. Nazar Eshonqul qalamiga mansub qissa va hikoyalarda ayol obrazlari alohida o‘rin egallaydi. Yozuvchi ularni faqat tashqi qiyofasi bilan emas, balki ichki olami, kechinmalari, dard va armonlari bilan tasvirlaydi. Uning qahramonlari orasida biz onamizni, opamizni, singlimizni yoki dugonamizni ko‘ramiz. Chunki bu obrazlar hayotning o‘zidan olingan, yurakdan yozilgan.
“Bepoyon osmon” hikoyasidagi Oyto‘ldi obrazini olaylik. U “tug‘mas” tamg‘asini yelkasida ko‘tarib, hayotning og‘ir yuklarini ko‘tarishga majbur. Ammo bu yuk unga na mehr, na e’tibor olib keladi. Balki aksincha — zulm, kamsitish, befarqlik olib keladi. Ayniqsa, qaynopasining unga nisbatan qilgan muomalalari o‘quvchini larzaga solmay qolmaydi.
Xulosa shuki, Nazar Eshonqul yaratgan ayol qahramonlar — bu hayotning o‘zidan olingan haykalchalar. Ular zamonaviy ayolning ichki dunyosini, baxt sari intilgan yuragini, sabr va matonatini ifodalaydi. Shuning uchun ham bu obrazlar qalbga yaqin, ruhga iliq va adabiyotimiz uchun bebaho hisoblanadi.
Hikoyani “Mutolaa” da tinglang:
🎧 Audiohikoyani bepul tinglash uchun:
https://mutolaa.com/book/bepoyon-osmon
🎙Hikoya audiosini Iroda Axmedova o‘qigan.
“Mutolaa” ilovasini mana bu yerdan yuklab oling.
Premium varianti uchun DOMLAJON10 promokodi orqali 10% chegirma.
@domlajon
t.me/domlajon
“Mutolaa” vaqti keldi #mutolaa📚
(hikoyani o‘qish yoki tinglash uchun 40 daqiqa vaqtingiz ketadi)
Shukur Xolmirzayevning “Omon ovchining oʻlimi” hikoyasi
Hikoyasida fojiali manzara tasvirlangan. Yozuvchi hikoya boshida Omon ovchiga munosabatini bildiradi. U oʻzi ham oʻlishi mumkinligini oʻylamasdi.
Yozuvchi qahramon hayotini shunchaki hikoya qilmaydi, balki uni ulgʻaytirgan ijtimoiy muhitni, sharoitni ham mahorat bilan tasvirlaydi. Yoshligidanoq tabiat jonivorlariga shafqatsizlik ruhida tarbiya topgan Omon qilmishiga yarasha jazo topdi. Ha, tabiatga nisbatan qilingan har bir yovuzlik jazosi qolmasligi Omon ovchi timsolida haqqoniy tasvir etilgan.
...urush yillari togʻda yolgʻiz qolgan odamlarni ham yeb ketishgan bu qushlar. Rost aytding... Boʻriga tashlansayam koʻzini oʻyadi oldin. – Keyin u siniq kulimsiradi. – Biron joyda shikastlanib yotib qolsang, hech chalqancha yotma...
“Mutolaa” vaqti keldi #mutolaa📚
(audiospektaklni tinglash uchun 26 daqiqa vaqtingiz ketadi)
Oʻtkir Hoshimovning “Urushning soʻnggi qurboni” hikoyasi
“Urushning so’nggi qurboni” hikoyasi orqali ikkinchi jahon urushining o'zgaruvchan, yovuz va ayanchli yuzlari bizga oydinlashadi. Urush, albatta, bizning yurtimizdan uzoq hududlarda kechayotgan bo'lsa ham, uning qora bulutlari bizni ham chetlab o’tmaganini his qilamiz. Hikoya, shubhasiz, muallifning ichki dunyosidan, uning shaxsiy kuzatishlaridan, his-tuyg'ularidan yetkazilgan. Oddiy odamlarning taqdiri, sadoqat va mehr bilan ifodalangan voqealar, so’zlar bilan mohirona tasvirlangan.
Adibning ifodasi jo’shqin, yengil bo’lmagan, o’sha davrning jarohatlari va shiddatini aks ettirgan. Asar, voqealar va obrazlar orqali, ikkinchi jahon urushining dahshatlarini kitobxonlarga yetkazib berishni maqsad qilgan. Ayniqsa, Umri xola obrazining murakkabligini ko’rib, u nafaqat g’amgin, balki o’z farzandini yurakdan sevgan, har qanday qiyinchilikni o’z ustidan o’tkazishga tayyor ona sifatida tasvirlanadi. Qo’llari titragan bo’lsa ham, uning mehr-shafqati, farzandiga bo’lgan sadoqati, mashfiq ona tasvirini yaratadi. Urushni eslatadigan nafaqat dunyo, balki uning shaxsiy hayoti ham, o'z farzandini himoya qilish uchun kurashgan onaning o’zida mujassam bo’lib, uning o’limi asosan shu urush bilan bog’liq.
Umri xola o’zining oxirgi kunlarini urushning vahshiy zug'umi bilan bog'liq holda, tinchlikni orzu qilib o’tkazgan. U minglab kilometrlar uzoqlikda vafot etgan bo’lsa-da, bu urush uning o’limiga sabab bo’lishi aniq edi. Bu faqat uning taqdiri emas, balki urushning ayanchli haqiqati, insoniyatning o’zgarishsiz qolgan jabrlanuvchi obrazidir.
Audiospektaklni “Mutolaa” da tinglang:
🎧 Audiospektaklni bepul tinglash uchun:
https://mutolaa.com/book/urushning-so-nggi-qurboni-audiospektakl
🎙Audiospektaklni Yodgora Ziyomuhammedova+1 o‘qigan.
“Mutolaa” ilovasini mana bu yerdan yuklab oling.
Premium varianti uchun DOMLAJON10 promokodi orqali 10% chegirma.
@domlajon
t.me/domlajon
Germaniyadagi sotuvchisiz do‘konlar madaniyatiga bolalikdanoq qanday tarbiya qilinishi haqida misol ekan. Ekperiment qilib ko‘rish kerak tavakkal, sekin natija bo‘lsa kerak
@domlajon
t.me/domlajon.
9-may - Xotira va qadrlash kuni.
Tarix, bu tarix. Mustaqillikkacha mana shunday nishonlangan bu kun, mana bu suratga 40 yil bo‘libdi, xotira va qadrlash kunida mana shu urushda vafot etgan barcha ajdodlarimizni duo qilamiz, fursatdan foydalanib 40 yillik, menga tengdosh suratni ham xotirladim.
@domlajon
t.me/domlajon
Ҳиндистонлик талабанинг тиббиёт тизимида таълим беришнинг сифатсизлиги ҳақидаги фикрлари тармоқларда айланяпти (https://nova24.uz/.../student-iz-indii-pozhalovalsya-na.../).
Тиббий таълимнинг бу аҳволга тушгани Ўзбекистонда соҳани мукаммал биладиган мутахассисларнинг йўқлигида эмас, балки керакли мутахассисларнинг жалб этилмаганлигида!
Илмий-тадқиқот институтларида, хусусан, мен билган биологиянинг қатор соҳаларида ҳозирда фаол илмий ишлар билан шуғулланаётган, инглизчада бемалол гаплаша оладиган олимлар жуда кўп! Ўзимизнинг институтда қанча-қанча олимлар бор, аксарияти инглизчада илмий ишларини эълон қилган. Эсимга келгани ўнга яқин ҳамкасбларим генетика, молекуляр биология, микробиология ва вирусология... бўйича мутахассис. Бизга ўхшаган яна қанча илмий-тадқиқот институтлари бор.
Соҳа раҳбарларига таклиф: ҳорижликларга инглизча маъруза ўқий оладиган олимларни илмий-тадқиқот институтларидан бемалол топса бўлади. Аслида, бу масалада Ўзбекистонда ҳеч қандай муаммо йўқ! Муаммо ўша тиббиёт муассаларида маъруза ўқишга инглиз тилини билмайдиганларни тайинлаётганларда.
Ҳеч кимни танқид қилмоқчи эмасман, менимча, илк тажрибада камчилик ва нуқсонлар бўлади, албатта. Мақсадим, шахсий таклифимни билдириш, холос. Хулоса ўзларидан.
KO'PCHILIK UCHUN QIZIQ SAVOLGA JAVOB!
Xalqaro reytinglarda “TOP-100” talik universitetlarga grant asosida o‘qishga kirgan nomzodlarga “El-yurt umidi” stipendiyasi imtihonlarsiz ajratiladi. “TOP-300” talikda bo‘lgan universitetlarga grantga kirganlarga xalqaro transport va turar joy xarajatlari imtihonlarsiz qoplab beriladi. “TOP-20” talikdagi universitetlar bakalavriatiga 50 foiz grant asosida qabul qilingan Prezident maktablari bitiruvchilariga stipendiyalar tanlovlarsiz ajratiladi.
Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi
Sirtqi ta’limga qabul butunlay yopildi.
Prezident farmoniga ko’ra, 2025/2026-o’quv yilidan boshlab ta’limning sirtqi shakliga qabul tugatildi.
Mazkur talab davlat oliygohlari uchun ham, nodavlat (xususiy) oliygohlar uchun ham birdek amal qiladi;
Dastlab pedagogika yo‘nalishida sirtqi shakl tugatilgan edi. Endi barcha yo‘nalishda tugatildi.
Sirtqining o’rniga kunduzgi ta’limdan boshqa muqobil ta’lim shakllari bo’yicha qabul kvotalari bosqichma-bosqich oshirib boriladi. Bu ko’proq masofaviy ta’lim shakli bo’lishi mumkin.
Sirtqi yopilgani balki kadrlar sifatiga taʼsir qilar, kutamiz.
@domlajon
t.me/domlajon
Xayotda siz kutmagan joydan katta omad kulib boqishi mumkin, muhimi siz ko‘nglingizni cho‘ktirmay olg‘a qadam tashlashga kuch topa olishingiz kerak.
@domlajon
t.me/domlajon
"Work and travel" дастурларида иштирок этувчи талабалар учун ссуда ажратилади
Ҳукумат қарори билан 2025 йил 15 майдан "Work and travel" халқаро дастурлари доирасида ишлаш ва саёҳат қилиш учун хорижий давлатларга бориш ва келиш ҳамда бошқа харажатларни қоплаш мақсадида талаба ёшларга ссуда ажратиш тартиби жорий этилади.
Мазкур давлатларга Европа Иттифоқи давлатлари, Жанубий Корея, Япония, Буюк Британия, АҚШ, Канада, Австралия, Янги Зеландия киритилган.
Ҳар йили 2 000 нафаргача талаба ёшларга БҲМнинг 40 баравари (15 млн) миқдорида ссуда ажратилади.
Ссуда ажратиш ҳақидаги аризалар давлат хизматлари маркази ёки ЯИДХП (my.gov.uz) орқали қабул қилинади.
Талаба ажратилган ссудани хорижий давлатдан келганидан сўнг 1 ой муддатда қайтариш мажбуриятини олади.
@domlajon
t.me/domlajon
“Mutolaa” vaqti keldi #mutolaa📚
(hikoyani o‘qish yoki tinglash uchun 16 daqiqa vaqtingiz ketadi)
Abdulhamid Choʻlponning “Qor qoʻynida lola” hikoyasi
Hikoyada ayollarning ayanchli taqdiri yoritilgan. Xatto hikoya nomida ham chuqur maʻno yashiringan. Darhaqiqat, lola qor qoʻynida yashay olmaydi - u bir kun nobud boʻladi, albatta.
Oʻsha davrda qorda qolgan lolalar kam emas edi. Choʻlpon bu hikoyani yozish orqali xalq orasida boʻlayotgan ishlarni, adolatsizlikni jamiyatga yetkazishni maqsad qilgan edi.
Hikoyani “Mutolaa” da o'qing:
📖 Hikoyani bepul o‘qish uchun:
https://mutolaa.com/book/qor-qo-ynida-lola
🎧 Audiohikoyani bepul tinglash uchun:
https://mutolaa.com/book/qor-qo-ynida-lola
🎙Hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.
“Mutolaa” ilovasini mana bu yerdan yuklab oling.
Premium varianti uchun DOMLAJON10 promokodi orqali 10% chegirma.
@domlajon
t.me/domlajon
PISA тадқиқотида президент мактаблари ҳам қатнашаётгани муҳокамаларни келтириб чиқарди
Бу йилги халқаро PISA тадқиқотида Ўзбекистондаги барча президент мактаблари ва 3 та ихтисослаштирилган мактаб ҳам қатнашмоқда. Жамоатчилик фаоллари натижаларнинг сунъий яхшиланиши эҳтимолига эътибор қаратди. Мактаб вазири Ҳилола Умарова мактаблар тасодифан танлаб олинганини айтиб, вазирликка кўзбўямачилик эмас, ҳаққоний таҳлил кераклигини билдирди.
👉 https://kun.uz/kr/30242253
Kun.uz расмий канали
Kutilgan farmon eʼlon qilindi.
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Iqtidorli mutaxassislarning xorijda ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash, ularda kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-77-son Farmoni qabul qilindi.
🔹 Farmonga ko‘ra, Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi etib qayta tashkil etildi;
Jamg‘arma faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish va muvofiqlashtirish maqsadida “El-yurt umidi” jamg‘armasining Boshqaruv kengashi tashkil etildi;
🔹 ochiq stipendiya tanlovlariga asoslangan xorijiy nufuzli oliy ta’lim, ilmiy va boshqa tashkilotlarning bakalavriat, magistratura
va doktorantura dasturlari bilan bir qatorda istiqbolli va talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha vazirlik, idora, iqtisodiyot tarmoqlarining strategik korxonalari, shuningdek, yetakchi oliy ta’lim muassasalari, tadqiqot va tahliliy markazlari xodimlarining muddati 1 oydan 6 oyga qadar bo‘lgan maqsadli stajirovka o‘tashi dasturi Jamg‘arma asosiy ta’lim dasturlari etib belgilandi;
🔹 “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari orqali xorijiy nufuzli ta’lim, ilmiy va boshqa tashkilotlarining bakalavriat, magistratura
va doktorantura dasturlarida ta’lim olish uchun eng munosib nomzodlarni saralash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etildi;
🔹 Bakalavriat bo‘yicha QS (Quacquarelli Symonds) hamda magistratura
va doktorantura bo‘yicha THE (The Times Nigher Education) xalqaro reyting tashkilotlarining global reytingi natijalariga ko‘ra:
🔹 birinchi 100 talikka kiritilgan xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari ta’lim dasturlariga o‘qish xarajatlari (tuition fee) to‘liq qoplanadigan grant asosida qabul qilingan nomzodlarga “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyalari tanlovlarsiz;
🔹 birinchi 300 talikka kiritilgan xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari ta’lim dasturlariga o‘qish xarajatlari (tuition fee) to‘liq qoplanadigan grant asosida qabul qilingan nomzodlarga xalqaro transport va turar-joy xarajatlari uchun “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyalari tanlovlarsiz;
🔹 birinchi 20 talikka kiritilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim dasturlariga o‘qish xarajatlari (tuition fee) kamida 50 foiz qoplanadigan grant asosida qabul qilingan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablari bitiruvchilariga
“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi.
🔹 Bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlarida ta’lim olish uchun stipendiya kvotalarini ajratishda STEM (fan, texnologiya, injeneriya va matematika) hamda iqtisodiyotning drayver sohalariga (energetika, transport, urbanizatsiya, arxitektura va qurilish, qishloq va suv xo‘jaligi, geodeziya, yer munosabatlari), shuningdek, davlat boshqaruvi va boshqa dolzarb ijtimoiy (tibbiyot, ta’lim) yo‘nalishlarga maqsadli asosda ustuvorlik beriladi.
BATAFSIL O'QING ПОДРОБНО MORE
manbaa: 🌆 EYUF axborot xizmati.
@domlajon
t.me/domlajon
"Attestatsiya natijalari bekor qilinishi kerak" — ekspertlar
Ayni kunlarda o‘tkazilayotgan pedagoglar attestatsiyasi test sinovlarida tushayotgan savollarning validligi hali-hamon so‘roq ostida qolmoqda.
Ta’lim bo‘yicha 4 ta bloger suhbatlashdik.
Mehmonlarimiz barcha attestatsiya natijalarini bekor qilib, jarayonni to‘xtatish kerakligini aytmoqda. Bu haqda "Tanaffus" podkastining 16-sonida so‘z bordi.
Podkast davomida ekspertlar attestatsiya jarayonini tashkil etishdan tortib, o‘qituvchilarning asosiy noroziligiga sabab bo‘layotgan testlar validligi haqida to‘liq gapirib berishdi.
O‘ylaymizki, ushbu sonimizni ko‘rgan har bir pedagog attestatsiya jarayonida qanday harakat qilish lozimligi, appelyatsiya berish tartibi, shikoyatlarga vazirlik tomonidan shablon javob qaytarilganda qanday yo‘l tutish kerakligini bilib oladilar.
Marhamat, "Tanaffus" podkastining attestatsiya mavzusiga bag‘ishlangan sonini hoziroq tomosha qiling.
Ko‘rsatuvni ko‘rishni boshlashingiz bilanoq bir dona layk va izoh yozib, bizning loyihamizni qo‘llab-quvvatlab qo‘yasiz degan umiddamiz.
▶️ To'liq video — https://youtu.be/rvg_3AC3gvI
@domlajon
t.me/domlajon
Mana shu videoni ko‘rib xursand bo‘lib ketdim. Xalqaro siyosatdan ozgina xabari bor odam bunday nozik ishlar ham davlat imidji uchun katta maʼno bildirishini biladi.
@domlajon
t.me/domlajon
Мана бу совға миллион доллардан ҳам катта совғадир. Шахсан президентимизнинг ўзлари отахон учун Тошкентдан самолёт жўнатибдилар. Бизда бекорга бу байрам хотира ва Қадрлаш куни деб айтилмаган!
@domlajon
t.me/domlajon
Davlatimiz rahbari qarori bilan ikkinchi jahon ururshida xizmat qilgan ulug‘ bobolarimizga 10 ming dollardan mukofot berilishi belgilandi.
Aytish kerakki, bu mukofot, butun MDHdagi eng katta mukofotdir. Kecha ijtimoiy himoya milliy agentligi raisi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva va Otabek Umarov mana shu pul mukofotlarini o‘zlari berib ketibdi. Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida yagona qolgan urushning faxriy qatnashchisi Usmonjon ota Rahimovning xonadoniga kelgandagi lavha.
"dollardami?", deyishlaridan😍
Ehh bunday tarixning tirik guvohlari jami necha nafar qolganlar ekan-a...
@domlajon
t.me/domlajon
Farg‘ona vodiysi: bojxonachilar tamaki kontrabandasiga qarshi kurashmoqdalar, lekin noqonuniy bozor gullab-yashnamoqda
Farg‘ona viloyatida bojxona boshqarmasi xodimlari 150 mln so‘mlik noqonuniy sigaret aylanmasining oldini oldilar. Dang‘ara tumanidagi tezkor tadbir davomida “Damas” avtomobili to‘xtatildi, uning ichi va u kirgan uy ko‘zdan kechirilganda, chet elda ishlab chiqarilgan, aksiz markasi va hujjatlari bo‘lmagan 10 000 quti kontrabanda sigaret aniqlandi.
Shunga qaramay, noqonuniy sigaretlarni butun Farg‘ona vodiysida oson topsa bo‘ladi. Qizig‘i shundaki, Namanganda kontrabanda sotiladigan asosiy markazlardan biri viloyat Soliq inspeksiyasining qarshisida joylashgan “Sardoba” bozori sanaladi.
Ushbu fakt bo‘yicha tergovoldi tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
@domlajon
t.me/domlajon
Ikki tasma haqida maʼlumot.
Aholimiz o‘rtasida Sharaf lentasini ommalashtirishimiz kerak.
@domlajon
t.me/domlajon
Attestatsiya bo‘yicha apellyatsiyangizga berilgan javobdan qoniqmagan bo'lsangiz, ushbu namunadagi arizadan foydalanib, sudga shikoyat arizasi kiritishingiz mumkin.
Ariza matnini o'zingizga moslab olsangiz bo'ladi. Bu yerda umumiy yozilgan. Ushbu arizani to'ldirib, hududingizdagi ma'muriy sudga topshirasiz.
Sudning ijobiy qaroridan keyin ma'naviy zarar undirish uchun Fuqarolik sudiga murojaat qilsangiz bo'ladi.
@domlajon
t.me/domlajon
Yaqinda Xindistonlik talaba bizning tibbiyot OTMimizga kirgani va keyin bu yerdagi o‘qitish, sharoitlar haqida tanqid qilib chiqqan posti haqida barcha o‘qigan edi.
Shu post orqasidan Oliy taʼlim vaziri xindistonlik talabalar bilan uchrashibdi.
Albatta, Xindiston va pokistonlik talabalar tibbiyot yo‘nalishida o‘qishi bizda ko‘paydi. Ularni bizda o‘qishiga bittagina sababi bor, taʼlim sifatimiz yuqori jozibadorligi emas, shunchaki o‘zlaridagi 10 ming dollardan ziyod kontrakt bizda 3-4 ming atrofida, arzonligi.
Bu talabalarning talabini 100 foiz taʼminlash kerak, bular valyuta olib kiryapti bizning davlatga!
https://kun.uz/38764892?fbclid=IwZXh0bgNhZW0CMTEAAR7F-e8dLjw3Y1SUNcNC-IDgDW2lTDDZrYsF-D2UsuLe3-LI76JzZaZmxqwInA_aem_54ky-W9cOko-gSbY5p5NVg
@domlajon
t.me/domlajon
#UBS
#1_bosqich
💪💪💪💪💪💪
"UBS FAN OLIMPIADASI - 2025" boshlandi
⚡️Bugundan maktab o'quvchilari orziqib kutgan "UBS fan olimpiadasi"ning 1-bosqichiga START BERILDI.
O‘tgan yili men mazkur universitet olimpiadasining taqdirlash marosimiga borib, juda xursand bo‘lgan edim. O‘quvchilar uchun juda sifatli darajada olimpiada o‘tkazgan edilar.
Bu yil ham anʼanaviy olimpiadasiga start beribdilar.
Barcha yishlar qatnashsa manfaat topadigan olimpiada, marhamat barcha yoshlarga ushbu eʼlonni tarqatsangiz, ham bilimini sinaydilar, ham qimmatbaho sovg‘alar yutadilar.
Olimpiada grafigi:
➡️ 6-may - biologiya,
➡️ 7-may - matematika,
➡️ 8-may - ingliz tili,
➡️ 9-may - ona tili,
➡️ 10-may - tarix (shuningdek, yuqoridagi fanlardan o‘sha kuni topshira olmay qolgan o‘quvchilar uchun)
➡️ 11-may - qo‘shimcha kun (barcha sinflar bo‘yicha olimpiada fanlaridan o'z vaqtida ishtirok eta olmay qolgan ishtirokchilar uchun)
❗️Olimpiadaning 1-bosqichi ushbu grafik asosida soat 00:00 da boshlanadi va 23:59 gacha, ya’ni to‘liq bir sutka davomida ishtirokchilarga kirib ishlash imkoniyati beriladi. Soat 23:59 dan keyin tizimga kirish va topshiriqlar ustida ishlashga ruxsat etilmaydi.📢Roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilar uchun platformadagi barcha testlar bugundan boshlab 24 soat davomida 11-may 23:59 ga qadar ochiq turadi.
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etiladi
Prezident farmoni bilan Prezident Administratsiyasi huzurida Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etildi.
Agentlik mustaqil davlat boshqaruv organi hisoblanib, ta’limda sifat nazoratini amalga oshiradi. Buning uchun ta’lim tashkilotlarini maxsus va kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazadi hamda ularning reytingini yuritadi.
Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Agentlik tizimiga o‘tkaziladi.
Agentlik direktori Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod qilinadi hamda uning maqomi Prezident maslahatchisi o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
@domlajon
t.me/domlajon
“Mutolaa” vaqti keldi #mutolaa📚
(hikoyani o‘qish yoki tinglash uchun 1 soat-u 15 daqiqa vaqtingiz ketadi)
Jek Londonning “Hayotga muhabbat” hikoyasi
Jek Londonning “Hayotga muhabbat” asarini inson qalbiga chuqur ta’sir etuvchi, beqiyos durdona asarlar qatoriga kiritish mumkin. Bu hikoyada hayotning muqaddasligi, shukronalik tuyg‘usining yuksak qadri, insoniy bardosh va umid tarannum etiladi.
Asarni o‘qigan har bir kitobxon yuragida o‘zgacha hislar uyg‘onadi — hayotga bo‘lgan muhabbat yanada mustahkamlanadi. Undagi voqealar zanjiri, xususan do‘stga xiyonat kabi og‘riqli lahzalar ham bejiz emas: ular orqali biz chin do‘stlik va sadoqatning qadriga yetishga undalaymiz.
Bu asar hayotni sevish, unga minnatdor bo‘lish, hatto og‘ir sharoitda ham yashashga intilish kabi yuksak tuyg‘ularni uyg‘otadi. Shu bois, “Hayotga muhabbat” nafaqat adabiy, balki ruhiy quvvat baxsh etuvchi asar sifatida alohida e’tiborga loyiq, nazarimda.
Olimlar indamay uni oʻz holiga qoʻyib qoʻydilar. Ular oʻziga bildirmay uning karavotini tekshirdilar. Karavotning osti suxari bilan toʻla edi. Toʻshakning ichiga ham suxari toʻldirgan ekan.
❗️Хотира ва қадрлаш куни муносабати билан қуйидаги кунлар дам олинади:
➖9 май (жума) — Хотира ва қадрлаш куни;
➖10 май (шанба) — 5 кунлик иш ҳафтасида ишловчилар учун дам олиш куни, 6 кунлик иш ҳафтасида ишловчилар учун иш куни;
➖11 май (якшанба) — дам олиш куни.
@domlajon
t.me/domlajon