dtrdep | Unsorted

Telegram-канал dtrdep - DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

2947

Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti rasmiy sahifasi

Subscribe to a channel

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

🇺🇿 Shayxontohur tumani Kozirobod ko’chasi atrofida faoliyat ko’rsatuvchi tadbirkorlik subʻektlarida tashqi yozuvlarning davlat tili talablariga mosligi holati o’rganildi.

📌 O’rganishlar jarayonida Toshkent shahar hokimining maslahatchisi A. Ro’zitoyev, “Yangi Kamolon”, “Kamolon”, “Kamolon Darvoza” mahallalari faollari va hokim yordamchilari faol ishtirok etishdi.

✅ Jarayonda tadbirkorlarga qisqa muddatlarda kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Тelegram | Facebook | Instagram |Twitter

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#savollar

3-savol

Turkiy tilda yaratilgan ilk doston qaysi?

⚠️Javobingizni ushbu botga yo'llashingiz mumkin.

⚠️Savollar haftaning dushanba va payshanba kunlari sahifamizga joylab boriladi.

📌Kirill yozuvida yo'llangan javoblar inobatga olinmaydi.

Kanalga ulanish
👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Maqollar_taʼrifi

☘️Pul boʻlsa — changalda shoʻrva. Changal nima?

🌿Bu maqoldagi changal soʻzi odamning yo hayvonotning changali, yaʼni panjalari orasi maʼnosida emas, balki changalzor tikanakli butalar bilan qoplangan maydon maʼnosida keltirilgan.

🌿Demak, maqolning maʼnosi quyidagicha: agar pul boʻlsa, kimsasiz changalzorda ham shoʻrva topib ichsa boʻladi. Majozan esa quyidagicha mubolagʻa qilinadi: agar pul boʻlsa, "yoʻqni yoʻndirish", topishning imkoni boʻlmagan narsani ham topish mumkin va h. k.


Oʻzbek maqollarining izohli lugʻatidan

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Vaqti_keldi

⚠️ 1989- yil, minglab (balki millionlab) odamlar tili, millati uchun ko‘chaga chiqdi!

⚠️Va shu insonlar jonini o‘rtaga qo‘yib o‘z tilimizni qaytarib olishdi!

⚠️HOZIRGI VAZIYAT OG‘IRROQ, SABABI 1989-YIL BIZ O‘ZGALARDAN O‘Z TILIMIZNI HIMOYA QILGANMIZ, HOZIR ESA O‘ZIMIZDAN.

⚠️Hamma gap o‘zimizda. Qachon "xoʻzmag", "kanstavar", "stroymaterial" deyishdan toʻxtaymiz?

⚠️Vaqti keldi: o‘zga tilni o‘z tilimizdan ustun qo'yishni, KIRILLdan foydalanishni to‘xtatishni.

/channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Vaqti_keldi

⚠️ Davlat tilimizdagi muammolar har joyda, har doim aytib oʻtiladi, yechimga kelganda juda kam gapiramiz.

⚠️ Ishoning! Takrorlab aytamiz ISHONING yechim oʻzimizda.

⚠️ Rahbar Qodir akamiz oʻz xodimlaridan oʻzga tilda hamda kirill yozuvida maʼlumot talab qilmasa.

⚠️ Kompyuterchi Qobil akamiz buyurtmachiga oʻzga tilda hamda kirill yozuvida reklama, afisha, tarqatma maʼlumotlarni tayyorlab berishni rad etib, oʻz ona tilimizga goʻzal mahsulotlar yaratsa.

⚠️"Siti"larni qurayotgan Murod akamiz binolarning nomini OʻZBEKCHA qoʻysa, investor Mehmet akamizga bino nomlari qoʻyish uchun oʻzimizni milliy nomlar taklif etilsa.

⚠️Oshpaz Sobir akamiz oʻz oshxonasini "chicken food" nomidan "Doʻmboq joʻja"ga oʻzgartirsa.

⚠️ Chet elda ishlaydigan Abdurahim akamiz "zemlyak" soʻzi oʻrnida vatandosh soʻzini ishlatsa.

❗️❗️❗️Oʻzimizdagi millat, vatan gʻururi har qanday qonunlardan kuchliroqdir!!!

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

💐BUGUN TUG'ILGAN KUN

💐 15-iyul Toshkent shahar hokimining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi Akmal Roʻzitoyev tavallud topgan kun.

💐 Qutlug‘ sana munosabati bilan Akmal Roʻzitoyevga  uzoq umr tilagan holda, barcha davlat  tashkilotlar rahbarlari, qolaversa, hokimlarning maʻnaviy-maʻrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʻminlash masalalari boʻyicha maslahatchilari nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz.

💐Toshkent shahrida davlat tilini rivojlantirish borasidagi keng ko'lamli ishlarni olib borayotganligingizni yuksak qadrlaymiz!

💐Shunday qutlug' kunda sizga sog'lik-salomatlik, tinchlik-omonlik, uzoq umr, mustahkam iroda tilaymiz!

Hurmat bilan

Davlat tilini rivojlantirish departamenti

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Ona_tilim

🔰Sening olamdagi narxing Vatan, millat, tilingdadir.

Anvar Obidjon

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Til – millat boqiyligi ramzi

📌Batafsil:
https://mudofaa.uz/30173/

Yangiliklarni kuzatib boring:

➡️ Telegram | LIVE |Facebook | Youtube |Instagram | Twitter

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#savollar

Savol 1

❓Qaysi tinish belgisi hujjat matnining biror bo‘lagiga qo‘shimcha izoh berish zarurati bo‘lganda qo‘llanadi?
Bunda izohlovchi so‘z, manzil nomi, mablag‘ yoki miqdoriy ko‘rsatkichni ifodalovchi raqam shu tinish belgi bilan ajaratilishi lozim.

⚠️Javobingizni ushbu botga yo'llashingiz mumkin.

Kanalga ulanish
👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Maqollar_taʼrifi

Yog‘ bo‘lmasa, chalpak qil, un bo‘lmasa — patir

Bu maqol xalq o‘rtasida yuradigan bir latifadan kelib chiqqan:
Bir maqtanchoq odam o‘z odatiga ko‘ra choyxonada maqtanib o‘tirgan ekan, bolasi kelib: «Dada, uyda yog‘ tamom bo‘libdi, yog‘ olib berarmishsiz”, debdi. Shunda dadasi: «Bor, oyingga borib ayt, yog‘ bo‘lmasa, chalpak qilsin!» degan ekan. O‘g‘li shunda: «Ie, dada, chalpak qilishga uyda un yo‘q-ku”, debdi. Haligi odam atrofdagilarga sir boy bermaslik, o‘z mavqeini saqlash uchun: «Un bo‘lmasa, patir qila qolsin” degan ekan, choyxonadagi odamlar xaxolab kulib yuborishibdi.

Mazkur maqolni mana shunday quruq maqtanchoq odamlarga nisbatan istehzo bilan aytadilar.

O‘zbek maqollarining izohli lug‘atidan

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#jarayon

QONUN IJROSI BO'YICHA NAVBATDAGI MONITORING O'TKAZILDI

📝O'zbekiston Respublikasi "Reklama to'g'risida"gi Qonunning ijrosi yuzasidan Toshkent viloyati Ohangaron shahar hokimligi davlat tili masalalariga mas'ul ishchi guruh a'zolari tomonidan joriy yilning 12-iyul kuni Dehqon bozori hududida navbatdagi monitoring o'tkazildi.

📌O'rganish natijalariga ko'ra, qonun talablariga mos kelmagan, eskirib yaroqsiz holga kelgan tashqi reklama vositalari olib tashlandi.

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Rishtonda "Reklama to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi yuzasidan navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi

Joriy yilning 11-iyul kuni Rishton tuman markazidagi tashqi reklama vositalarining amaldagi qonun talablariga mosligini o‘rganish maqsadida nazorat tadbiri tashkil qilindi.

Tadbir jarayonida qonun talablariga mos kelmaydigan, davlat tilida yozilmagan, eskirib yirtilgan tashqi reklama vositalari olib tashlandi.

Shuningdek, aholi va tadbirkorlik subyektlari vakillari o‘rtasida 2023-yilning yanvar oyidan boshlab ish hujjatlari, reklama va targ'ibot vositalari to‘liq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yoritilishi yuzasidan tushunchalar berildi.

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Taqdimot

🔰Yangi loyiha taqdimoti bo‘lib o‘tdi

🔰Bugun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilgan “Yangi avlod o‘quv lug‘atlari va ularning mobil ilovasini yaratish” loyihasi yakuniy hisoboti hamda taqdimoti o‘tkazildi.

🔰Oʻzbek tilining yangi avlod elektron lugʻatini ishlab chiqishdan maqsad, oʻzbek tilidagi omonimlar, paronimlar va soʻzlarni asos va qoʻshimchalarga ajratgan holda soʻzlar lugʻatini tashkil qilish, mashq va vazifalarni onlayn holda yaratish maqsadida yangi avlod lugʻatlarini veb sahifasini hamda mobil ilovasini yaratishni amalga oshirishda iborat.

🔰Ushbu loyiha ona tili o‘qituvchilariga foydali qo‘llanma, o‘quvchilarga esa keng imkoniyatlarga ega manba bo‘ladi.

Kanalga ulanish 👉/channel/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

https://telegra.ph/TASHQI-REKLAMA-MATNLARI-QONUN-TALABLARIGA-MOS-BOLSIN-07-10

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Ijro

QAROR IJROSI AMALDA

🔰O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 10-fevraldagi 61-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Muborak tumani hokimining maslahatchisi H.Elov va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi xodimlari tomonidan Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.

📝Mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida mas'ullarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#bilib_oling

Eng qadimgi harf

Mutaxassislarning fikricha, dunyodagi eng qadimiy harf — "O" harfi. Miloddan avvalgi 1300-yillarda finikiya alifbosida ilk bor paydo bo‘lgan bu harf hozirgi kundagi deyarli barcha alifbolardan joy egallagan.

Ayni damda dunyoda 65 turdagi alifbo mavjud.

Kanalga ulanish
👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Javoblar

✔️

2- savolning javobi: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida” 2020-yil 10-apreldagi O‘RQ-615-son Qonuniga asosan.

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Qarshi shahridagi eskirgan tashqi reklama va targʼibot bannerlari yangilanmoqda

Qarshi shahridagi yirik hajmli tashqi reklama va targʼibot bannerlari xatlovdan oʼtkazilib, maʼnan va estetik jihatdan eskirganlari olinib, yangilariga almashtirildi. Jarayon davom etmoqda.

👉@qarshishaharhokimligi

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#bilib_oling

Kirill alifbosidagi Цц undoshining lotin yozuvida ifodalanishi

Koʻpchilik kirill alifbosidagi ц harfi ishtirok etgan oʻzlashma soʻzlarni lotin alifbosida yozishga qiynaladi, buning sababi oddiy: u turli hollarda s yoki ts bilan ifodalanadi. Quyidagi qoidalarni bilib olsangiz, qachon s va qachon ts bilan yozish kerakligi borasida qiynalmaysiz:

1. Lotin yozuvida Цц undoshi quyidagi hollarda “s” bilan ifodalanadi:
a) soʻz boshida: sirk, sement, sentner kabi;
b) soʻz oʻrtasida undosh tovushdan keyin: konstruksiya, direksiya, induksiya, deduksiya, aksent, ssenariy kabi;
d) soʻz oxirida: abzas, shpris, kvars kabi;
e) old qoʻshimchadan keyin: telesentr, antisiklon, episentr kabi;
f) soʻz boshida a mustaqil boʻgʻin boʻlib kelganda: aseton, asetilin, asetat kabi.

2. Soʻz oʻrtasida ikki unli tovush orasida “ts” yoziladi: assimilatsiya, dissimilatsiya, kalkulatsiya, Sitseron, assotsiatsiya kabi.


Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Pixini yorgan

Koʻp ish koʻrgan, koʻp ishlarni boshdan kechirib, ayyor, quv boʻlib ketgan odam haqida gapirganda pixi qayrilgan, pixini yorgan, pix yorgan kabi iboralar ishlatiladi.

Pixini yorgan iborasiga baʼzan tullak soʻzi ham qoʻshiladi. Tullak soʻzi bulturgi, ikki yoki uch yillik parrandaga nisbatan ishlatiladi. Bunday parranda allaqachon tullagan, tullab chiqqan boʻladi. Demak, u qari, maʼlum bir “hayotiy yoʻl”ni bosib oʻtgan. Tullak soʻzi iboraning maʼnosini yanada kuchaytiradi va oʻtaketgan firibgar, ayyor, makkor kishini anglatadi:

Jinoyatchining kattasi – uning akasi Ziyodilla. Pixini yorgan tullak. (H. Gʻulom, “Mashʼal”.)

Pixini yorgan iborasining burganing koʻzini koʻrgan shaklidagi sinonimi ham bor. Bu iborada kinoya yanada kuchaygan. Burga – juda mayda hasharot. Uning koʻzini koʻrish uchun maxsus mikroskop kerak. Iboradagi mubolagʻa kishining makkorligini boʻrttirib ifodalashga xizmat qilyapti.

@oriftolib

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Davlat_tili

Eʼtibor bering!

⚠️ Dunyoda ikki xil yozuvdan foydalanadigan davlat yoʻq!

⚠️ Dunyoda oʻz tili uchun kurashib, tili, millati rivoji uchun ulkan hissa qoʻshib qatagʻon boʻlgan jadidlari bor boʻlgan, lekin oʻsha jadidlarni unutgan xalq yoki davlat yoʻq!

⚠️Dunyodagi keng foydalanadigan ijtimoiy tarmoqlar oʻz dasturiga oʻzbek tilini (lotin yozuvida) yuklagan bir davrda oʻsha tarmoqda oʻzga tilda (oʻzbek boʻla turib) yoki kirill yozuvida maʼlumot joylaydigan xalq yoʻq!

⚠️Dunyoda oʻz tili ulkan tarixga ega va gʻoʻzal boʻla turib, BEKATni "astanovka" deb ataydigan bizdek xalq yoʻq!

⚠️Dunyoda oʻzga tilda mukammal soʻzlashadigan insonni qadrlab, oʻz tilida adabiycha mukammal soʻzlagan insonni ustidan kuladigan millat yoʻq!

⚠️Dunyoda nutqida asosan rus soʻzlaridan foydalanib, kamiga doʻkon, ovqatlanish joylari, bino nomlarini inglizcha nomlaydiganlar yoʻq!

⚠️Balki, vaqti kelgandir, tilimizga va yozuvimizga eʼtiborli boʻlishga!!!

⁉️ Vazirmisiz, rahbarmisiz, shoir yoki hokimmisiz sizning haqqingiz yoʻq oʻzga tilda yoki kirill yozuvida maʼlumot talab qilishga.

Kanalga ulanish 👉  /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

​​#bilib_oling

“Parol” so‘zining o‘zbekchasi

Bu so‘zni bugun ham ishlatamiz. Lekin parol maʼnosida qo‘llamaymiz.

Gap imo, imo-ishora, imlamoq, im qilmoq, im qoqmoq so‘zlari tarkibidagi im haqida ketyapti.

Mahmud Koshg‘ariy “Devonu lug‘atit turk”
da im so‘zini shunday sharhlaydi: shoh askarlariga qo‘yilgan, tayinlangan yashirin belgi, parol. Bu belgi qush yoki qurol nomi, yoki biror so‘zdan iborat bo‘lishi mumkin. To‘qnashganda uni aytib o‘zlarini tanitadilar. Maqolda shunday kelgan: “Im bilsa, er o‘lmas”. Yaʼni kishi yashirin belgini bilsa, nohaq o‘lmaydi.

Bu izohdan im so‘zi parol maʼnosini to‘la-to‘kis ifodalashini anglash mumkin.

Im so‘zi ishora maʼnosida qadimda ham qo‘llangan. Jumladan, “Devon”da imlamoq imlash, ko‘z yoki qo‘l bilan ishora qilish deb sharhlangan.

Bugun parol so‘zi ko‘p ishlatiladi. Ayniqsa, internet va texnologiyalar bilan bog‘liq matnlarda, dastur va ilovalarda unga albatta yo‘liqasiz. Mana shu joylarda im so‘zini parol so‘zi o‘rnida bemalol qo‘llash mumkin.

Lekin uni asl egalari, yaʼni biz qabul qila olamizmi-yo‘qmi – shudir masala.

manba

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

📖Inson kitob bilan, kitob inson bilan tirik!

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Davlat_tili

Diqqat tanlov!

❗️O‘zingizni sinab ko‘ring hamda o'zbek tili bo‘yicha bilimlaringizni yanada oshiring. Sizda qimmatli sovg‘alar to'plamini qo‘lga kiritish imkoni bor.

❕O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi munosabati bilan sahifamizda o‘zbek tiliga oid savollar berib boriladi.

❗️21-oktabr “O‘zbek tili bayrami” arafasida
savollarga eng ko‘p to‘g‘ri javob yo‘llagan ishtirokchilar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan chop etilgan kitoblar to‘plami, shu jumladan, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” (lotin yozuviga asoslangan) to‘plami bilan taqdirlanadi.
(Sovg‘alar o‘z egalariga yetkaziladi)

⚠️Javobingizni quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin.👉
/channel/Davlat_tili_jamgarmaa_bot

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Davlat_tili

🔰Qadring baland bo'lsin ona tilim!

✍️Sayyora Samandarova she'ri

Kanalga ulanish
👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Davlat_tili

🔰Navbatdagi g‘olibga kitoblar to‘plami topshirildi.

🔰Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda “Oriat Dona” radiokanali bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan “TAVAKKAL” loyihasi haftaning har dushanba kuni 8:00 dan 9:00 gacha efirga uzatilmoqda.

🔰Navbatdagi g‘olibga kitoblar to‘plami topshirildi.

🔰Ushbu loyihada siz ham ishtirok eting hamda Davlat tili bo‘yicha bilimlaringizni sinab, sovg‘alarni qo‘lga kiriting!

Kanalga ulanish 👉/channel/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

​​#Davlat_tili

Davlat tili toʻgʻrisidagi qonun: xorijda qanday?

🇦🇿OZARBAYJON

✔️Konstitutsiyaga koʻra, davlat tili ozarbayjon tili hisoblanadi. “Davlat tili toʻgʻrisida”gi qonunga koʻra, tashkilotlarda ish yuritish davlat tilida olib boriladi. Qonun talabiga rioya qilmaslik tegishli javobgarlikka sabab boʻladi.

🇩🇪GERMANIYA

✔️“Maʼmuriy amaliyotlar toʻgʻrisida“gi qonunga koʻra, maʼmuriy amaliyotlar uchun rasmiy til sifatida nemis tili belgilangan. Agar masʼul idoraga nemis tilidan boshqa tilda murojaat qilinsa, organ darhol uning nemis tiliga tarjimasini talab qilishi kerak. Nemis tilidan boshqa tilda murojaatlar koʻrib chiqilmaydi.

🇶🇦QATAR

✔️2019-yilda qabul qilingan yangi qonunga koʻra, Qatarda barcha davlat organlari va rasmiy hujjatlarda arab tilidan majburiy foydalaniladi. Qonun talablariga amal qilmaganlik uchun 50 000 qatar riali (14 000 AQSH dollari atrofida) miqdorida jarima belgilangan.

🇹🇷TURKIYA

✔️Barcha yozishmalar, yozuv va hisob-kitoblar hech qanday istisnolarsiz turk tilida olib borilishi talab etiladi. Ushbu talabga rioya qilmaganlik maʼmuriy jarimaga tortilishga sabab boʻladi. Turk yuridik shaxslari oʻrtasida tuzilgan turk tilida boʻlmagan shartnomalar bekor qilinadi.

🇷🇺ROSSIYA

✔️“Davlat tili toʻgʻrisida”gi Rossiya Federal qonuniga koʻra, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, Rossiya hududida faoliyat yurituvchi har qanday tashkilot davlat tili (rus tili)da ish yuritishi, tashkilotni nomlashda ham davlat tilidan foydalanishi belgilangan.

🇮🇪IRLANDIYA

✔️Davlat tili sifatida irland va ingliz tili qabul qilingan. Davlat organlarida davlat tillari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinayotganini tekshirish boʻyicha alohida organ mavjud. Agar davlat organi ushbu tashkilotga hujjatlarni taqdim qilmasa, ular bilan hamkorlik qilmasa, ushbu organ mansabdor shaxsi uchun 2000 yevrogacha jarima yoki 6 oy qamoq jazosi belgilangan. Bu tekshiruvlar natijasida til toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilgani aniqlansa, davlat organi mansabdor shaxsi javobgarlikka tortilishi mumkin.

🇬🇪GRUZIYA

✔️“Davlat tili toʻgʻrisida“gi qonunga koʻra, davlat korxona va tashkilotlarida faqat gruzin tilida ish yuritiladi, zarurat tugʻilsa, hujjatlar boshqa tillarga tarjima qilinishi mumkin, ammo bu tarjimalar rasmiy hujjat hisoblanmaydi.

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Toshkent_viloyati
#Bekobod_tumani
#Haftalik_ish_reja_ijrosi

Toshkent viloyati Bekobod tumani hokimining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi S. Suvonova Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Bekobod tuman bo‘limi bosh mutaxassisi M. Sherbekov bilan hamkorlikda tashqi yozuvlarni davlat tilida bo‘lishini ta'minlash yuzasidan targ'ibot tadbirini o'tkazdi.

  Targ‘ibot tadbirida Istiqlol va Bo‘ston mahallasida joylashgan savdo va xizmat ko‘rsatish maskanlaridagi tashqi reklama vositalarining Qonun hujjatlari talablariga mos kelishi holatini o‘rganildi. O‘rganish jarayonida tashqi yozuvlarning qonun hujjatlari talablariga javob bermaydiganlari aniqlanib, subyekt egalariga  tushuntirilib, ogohlantirildi.

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Ona_tilim

Qadring baland bo'lsin, Ona tilim!

Sherzod Qudratxo‘jayev

Kanalga ulanish
👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

O‘zbek tilidagi Telegram kanallar anchagina. Lekin ular orasida ziyolilarga mo‘ljallangan, millat ruhi va imiji uchun jon kuydiradiganlari sanoqli. Aynan shunday kanallarning saralarini sizga tavsiya qilamiz:

🔍🔥“Oyina.uz” – dolzarb mavzudagi tanqidiy maqolalari va tahlillari, materiallarga o‘ziga xos yondashuvi bilan qisqa vaqtda jamoatchilik tiliga tushgan portal. Materiallari o‘quvchini tafakkur qilishga chorlaydi. Portal allaqachon ziyolilarning minbariga aylanib ulgurdi. Eng sara va ishonchli yangiliklar ham shu yerda.

📺⚡️“Madaniyat va ma’rifat” telekanali – O‘zbekistonda yagona bo‘lgan madaniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi telekanalning rasmiy sahifasi. Unda millat ziyolilarining teran fikrlari, shuningdek, ilm-fan, san’at, teatr, kino va kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi ko‘rsatuvlar joylab boriladi. “Qaqnus”ning barcha sonlarini ham shu yerdan topasiz.

📰🚀“Ma’rifat” gazetasi – ta’lim sohasini yorituvchi ko‘p yillik ziyolilar nashri. Kanalda turli dars ishlanmalari, tahliliy-tanqidiy materiallar, o‘qituvchilar ish faoliyatida asqotadigan metodik maqolalar mavjud. Ta’lim tizimiga doir yangiliklarning ishonchli manbasi hisoblanadi.

🎥🎯“O‘zbekiston tarixi” – Davlatchiligimiz tarixidan hikoya qiluvchi kanal. Unda dolzarb mavzularda professor, olim va turli soha vakillari bilan intervyular, tarixiy obidalar hamda yurtimizning ko‘zga ko‘ringan manzillariga sayohatlar, tok-shoular va ko‘plab qiziqarli ko‘rsatuvlarni tomosha qilishingiz mumkin.

Читать полностью…
Subscribe to a channel