dtrdep | Unsorted

Telegram-канал dtrdep - DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

2947

Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti rasmiy sahifasi

Subscribe to a channel

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Kun_hikmati
#Kun_savoli
#Izohli_lugat

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

ONA TILIMIZ — QADRIMIZ, SHA’NIMIZ IFODASI
uning himoyasi haqida tinimsiz qayg‘urishimiz lozim

Globallashuv insoniyat uchun beqiyos imkoniyatlar bilan birga kutilmagan xatarlarni ham keltirib chiqaryapti. Ayniqsa, qadriyatlarning qadrsizlanishi, milliy an’ana va urf-odatlar ildizining zaharlanishi, eng yomoni, milliy tillarga bo‘lgan munosabatlarning sun’iylashtirilishi ko‘plab millat va elatlarning ona tilidan ayrilib qolish ehtimolini kuchaytirmoqda.

👉 BATAFSIL

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

​​Petrushkaning oʻzbekchasi maydanozmi?

Biror tushunchaga oʻzbekcha ot qoʻyishga urinish yaxshi. Buning eng toʻgʻri yoʻli – eski oʻzbek tilida ishlatilgan turkiy soʻzlarni ishlatish, oʻzbekchada yangi soʻz yasash, qardosh tillardan turkiy muqobilini olish, imkonsiz holatlarda esa tilimizga boshqa tillardan oʻzlashgan va allaqachon singib boʻlgan yoki oʻtmishda ishlatilib, keyin unutilgan soʻzlardan foydalanish.

Baʼzan oʻzbekchalashtiramiz deb yana bir boshqa chet soʻzni taqdim etib qoʻyish mumkin. Shuning uchun soʻzning kelib chiqishi, etimologiyasiga ham qarab qoʻyish kerak.

Petrushka soʻzining ildizi yunoncha petroselinon – togʻ chechagi soʻziga borib taqaladi. Yunonchadan lotinchaga, undan ruschaga oʻzlashgan. Shakl-shamoyili oʻzgarib, rosmana rus soʻziga aylangan. Undan oʻzbekchaga oʻtgan.

Bu oshkoʻkni hozir maydanoz soʻzi bilan ifodalash ham uchrayapti. Chunki biz bilan bir oiladagi turkchada shunday ataladi. Google okamgila biror soʻzning oʻzbekchasini bilmasa, shartta turkchasini aytvoradilar. Balki, shuning taʼsirida kirib kelgandir bu soʻz.

Turk tili – ishlangan, chet soʻzlardan anchagina tozalangan, yangi tushunchalarga tez ot qoʻyib oladigan til. Lekin u ham oʻzlashmalarga boy. Chunki hech bir til faqat oʻz soʻzlari bilan yashay olmaydi. Boshqa tillar bilan quda-andachilik qiladi, soʻz olib, soʻz beradi. Maydanoz sizu bizga tanish mayda va noz soʻzlaridan iborat emas. Uning ildizi oʻrta yunon tilidagi makedonísion – Makedoniya oʻti soʻziga borib taqaladi. Makedoniya atoqli otidan yasalgan. Yunonchadan arabchaga, arabchadan turkchaga oʻtgan.

Petrushkaga qozoq va qirgʻiz qardoshlarimiz turkiycha ot bergan ekan. Qozoqchada aqjelken (oqyelkan), qirgʻizchada ashkoʻk (oshkoʻk). Menga qozoqchasi maʼqul keldi, oʻzbekchalashtirish zarur boʻlsa, shu variantni ishlatish kerak. Oshkoʻk soʻzi oʻzbekchada allaqachon bor – ovqatga solinadigan koʻkatlarni anglatadi.

Demak, bu oshkoʻkni maydanoz degandan koʻra petrushka deb ishlatavergan maʼqul. Chunki maydanozning afzallik jihati yoʻq.

@oriftolib

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

TILINI HURMAT QILGAN ELINI HAM HURMAT QILADI

Bugun tumanimizda tashqi reklamalar, jumladan, peshlavha, reklama, eʼlon va boshqa axborot matnlarining “Davlat tili haqida”gi Qonuni 20-moddasiga mosligi tuman hokimi maslahatchisi Sarvar Jabborov rahbarligida tegishli idora mutasaddilari bilan o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida tadbirkorlar tomonidan bir qator qonun buzilish holatlari aniqlandi. Ularga tegishli tartibda tushuntirish ishlari olib borilib, aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etilmoqda.

Hurmatli tadbirkorlar, tashqi reklama vositalarini joylashtirishda va imlo xatolarsiz chop etishda "Davlat tili haqida"gi Qonun talablariga rioya qiling.


Bizni kuzatib boring.

➖➖➖➖➖
Obuna bo'ling:

🌍Web sayt 📹YouTube 💬Facebook 🌐Instagram TelegramTelegram

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#onatilimfaxrim

Shukur, mening kunim boshlandi,
Tilimga erk, ko‘zim yoshlandi.
Javob bersin o‘zbek tilida,
Men tomondan so‘roq boshlandi.

✍️Anvar Mirzo she’ri (parcha)

Сквозняк - YELVIZAK
Сольёный - TUZKANGAN, TUZLAMA
Соус - QAYLA
Справка - MA’LUMOTNOMA
Сразу - DARHOL
Ссобой - OLIBKETAR(o‘zi bilan)
Стаж - MALAKA, TAJRIBA
Сто процент - YUZ FOIZ
Столовая - OSHXONA
Стройка - QURILISH
Субботник - SHANBALIK, HASHAR
Счёт - HISOB (HISOB VARAG'I)
Так - XO‘SH
Так что - SHUNDAY EKAN

⚠️O‘zbek tilidan sof foydalaning!

Kanalga ulanish
👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Kun_tarixi
#Navoiy_583

🗓️ Bugun atoqli davlat va jamoat arbobi, turkiy (o‘zbek) tilining asoschisi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi xalqimiz tomonidan keng nishonlanmoqda.

🏢O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasida ham mutafakkir bobomizning bebaho ilmiy-ijodiy merosi, alohida o‘rniga bag‘ishlangan ma’naviy tadbir tashkil etildi.

📃 Zero, alloma asarlarida yuksak umuminsoniy g‘oyalar, ona tilimizning cheksiz ifoda imkoniyatlari butun jozibasi bilan namoyon etilib, millionlab kitobxonlarni ezgulikka, ilm-ma’rifatga, komillikka chorlab kelmoqda.


Shu bois hazrat Navoiy nafaqat turkiy xalqlar, balki butun bashariyatning buyuk ijodkoridir, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#jarayon

YOSHLAR BILAN MAʼNAVIY-MAʼRIFIY UCHRASHUV


Joriy yilning 6-fevral kuni “Shon-sharaf” muzeyida Olmazor tumani mudofaa ishlari bo‘limi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va G‘alaba bog‘i rahbariyati hamkorligida yoshlar bilan Vatanparvarlik, maʼnaviy-maʼrifiy ruhdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

👉batafsil

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

O‘ZBЕK NAVOIYNI O‘QIMAY QO‘YSA

O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa,
Oltin boshning kalla bo‘lgani shudir.
Bedil qolib, Demyan Bedniyni suysa,
Qora sochning malla bo‘lgani shudir.

O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa,
Dod demoqqa palla bo‘lgani shudir.
Ma’rifatdan ayri o‘ynasa, kulsa,
Aza chog‘i yalla bo‘lgani shudir.

O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa,
Aldangani, alla bo‘lgani shudir.
Yulg‘ich aziz bo‘lib, bilgich xor bo‘lsa,
Paytavaning salla bo‘lgani shudir.

El komil bo‘lmasa yurt bo‘lmas ulug‘,
Beqadr mahalla bo‘lgani shudir.
Qalb to‘lanur xalqning rizqi ham to‘lug‘,
Ombor to‘la g‘alla bo‘lgani shudir.

O‘zbek o‘zligini anglasa bekam,
Uning «Barakalla» bo‘lgani shudir.
Olamga: «Navoiy nasliman», degan
Ovozi baralla bo‘lgani shudir.


✍️ Erkin Vohidov

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Kun_hikmati
#Kun_savoli
#Izohli_lugat

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

​​#bilib_oling

O‘zbek tilida “qo‘rqmoq” maʼnosini beruvchi 40 ta so‘z va ibora

qo‘rqdi
seskandi
xavotirlandi
hadiksiradi
hayiqdi
hurkidi
xavfsiradi
rangi oqardi
yuragi orqaga tortdi
kapalagi uchdi
yuragi yorildi
o‘takasi yorildi
cho‘chib ketdi
ichi o‘tib ketdi
tahlikaga tushdi
dahshatga tushdi
vahimaga tushdi
sarosimaga tushdi
titrab ketdi
yuragi taka-puka bo‘ldi
ishtonini ho‘llab qo‘ydi
qo‘rquvdan qaltiradi
dag‘-dag‘ titradi
ko‘zi kosasidan chiqdi
joyidan jilolmay qoldi
tili kalimaga aylanmay qoldi
kayfi uchib ketdi
ichiga g‘ulg‘ula tushdi
rangi dokadek oqardi
yuragi shuvilladi
oyog‘iga qaltiroq turdi
nafasi chiqmay qoldi
sovuq ter bosdi
labiga uchiq chiqdi
yuragi tushdi
rangida rang qolmadi
bir sakrab tushdi
dami ichiga tushdi
yuragi tovoniga tushdi

©Mavlon Marasulov

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Alisher_Navoiy_tavalludining_583_yilligi

Respublikamiz bo'ylab ta'lim muassasalarida Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag'ishlab tadbir hamda ochiq darslar tashkil etilmoqda.

Unda o'quvchilarimiz faol ishtirok etib, Navoiy merosini yanada chuqurroq o'rganishmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#ALISHER_NAVOIYNING_MAHORATI
#Navoiy_582

🗓 9 fevral - Buyuk shoir, mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun.

Alisher Navoiyning qalamiga mansub yuqoridagi misralarni chapdan o‘ngga, tepadan pastga qarata o‘qing...

Navoiyni har kim, har kuni oʻqishi kerak!

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Kun_hikmati
#Kun_savoli
#Izohli_lugat

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 116-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. Halima Xudoyberdiyeva she'rlari
2. "O‘g‘limga o‘xshaydi" qo‘shig‘i. Kommuna Ismoilova
3. "Dunyoning ishlari" qissasi. O‘tkir Hoshimov

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Jarayon

🔰Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O'zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi faoliyati haqida to‘liq ma'lumot olishingiz mumkin.

🎥Havola

Kanalga ulanish 👉/channel/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Lotincha imloni qulaylashtiradigan terilma

2020-yili bir terilma bilan boʻlishgandim. Uni ayti va tarjima sohasi mutaxassisi Hamza Foziljonov ishlab chiqqan. Biroq bu klaviaturadan koʻpchilik xabarsiz ekan.

Hammasi oddiy: terilmani Windowsʼga oʻrnatsangiz, va dagi begilar va tutuq belgisi muammosiz chiqadi. Kirilcha Э oʻrnida ʼ belgisi, Ё oʻrnida ʼ belgisi joylashgan. Terilmaning boshqa zoʻr qulayliklari ham bor. Ichidagi rasmli qoʻllanmada hammasi koʻrsatilgan.

Dastur 500 kb atrofida va juda yengil oʻrnaydi. Oʻrnatilgach, terilmalar qatoridan oʻzbek lotin klaviaturasini tanlaysiz. Boʻldi.

🟢 Eslatma: dastur arxivlangan holatda. Oʻrnatishdan oldin arxiv ochuvchi dasturda yoyib olasiz. Soʻng Setup.exe fayliga bosasiz va qadamlarni tasdiqlaysiz.

👉 Batafsil

@oriftolib

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#bilib_oling

YAХОB


1 q.х. Hоsildоrlikni оshirish, sho‘r yuvish, yеrni zаrаrli hаshаrоtlаrdаn tоzаlаsh uchun ekin mаydоnigа qishdа, ertа bаhоrdа qo‘yilаdigаn suv; qаvs suvi.

Hаdеmаy yеrlаrgа yaхоb suvi bеrish pаllаsi bоshlаnаdi. Sho‘rni yuvish turibdi оldimizdа. S.Kаrоmаtоv, So‘nggi bаrхаn.

Yaхоb bеrmоq Yaхоb (suvi) оqizmоq, yaхоb suvigа bоstirmоq.

Bоg‘lаr vа tоkzоrlаrgа qishdа yaхоb bеrilishi judа yaхshi nаtijаlаr bеrаdi. Gаzеtаdаn.

2 shv. Muzli suv; muzdаy suv

O‘zbek tilining izohli lug‘ati” dan

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Kun_hikmati
#Kun_savoli
#Izohli_lugat

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Ona_tilim

O‘zbek tilidan sof foydalanaylik!

O'zbek tili - ijtimoiy rolik

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 120-soni so‘z mulkining sultoni, buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlanadi.
1. "O‘lmasun" g‘azali. Razzoq Hamroyev o‘qigan
2. "Men o‘zimni topmasam" qo‘shig‘i. Yulduz Usmonova
3. "Dunyoning ishlari" qissasi. O‘tkir Hoshimov

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#arxiv

📌9-fevral — buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavallud topgan kun!

📝Alisher Navoiy tavalludining 525 yilligi keng nishonlanishi toʻgʻrisidagi hujjat.
1967-yil. Toshkent.

📜Ushbu fotohujjat O‘zbekiston Milliy arxivida saqlanmoqda.

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Navoiy_tavalludining_583_yilligi

9-fevral — buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun.

Haq yo‘linda kim sanga bir harf o‘qutmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila.


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

9-fevral – Alisher Navoiy tavallud topgan kun (1441-1501)

✨Bugun Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan erta tongdan shoir nomi bilan ataluvchi bog’da qad rostlagan ulug‘ ajdodimiz haykali oldida tadbir o‘tkazildi.

✨Tadbirda xorijdan tashrif buyurgan olimlar, shoirlar, Navoiy ijodini o‘rganayotgan talabalar ishtirok etdilar va o‘zbek tilida nutq so‘zladilar.

✨Buyuk shoir va mutafakkir haykali poyiga gulchambar qo'yildi.

✨Bugun Adiblar xiyobonida ajoyib muhit hukm surmoqda.

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 119-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. Miraziz A'zam she'rlari
2. "Naylayin" qo‘shig‘i. Ochilxon Otaxonov
3. "Dunyoning ishlari" qissasi. O‘tkir Hoshimov

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Navoiy_tavalludining_583_yilligi

Yurtimiz bo'ylab Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan g'azalxonlik festivallari, tanlov, ochiq darslar va sahna ko'rinishlari tashkil etilmoqda.
__________

✔️Fotolavhalarda Surxondaryo, Namangan viloyatlari va Toshkent shahrida joylashgan ta'lim muassasalaridagi jarayonlar aks etgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Ona_tilim

⚠️O‘zga tilning hisobiga o‘z tilini unutish yoki unutgandek ko‘rsatish o‘zligidan voz kechishdir.

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#ajdodlarga_hurmat

🫥“Navoiyazot”AJ xodimlarining iqtidor va qobiliyatini yuzaga chiqarish, ular qalbida ajdodlarga bo‘lgan hurmatni shakllantirish, barkamol avlodni voyaga yetkazishdagi mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan “Alisher Navoiy va Bobur merosi beqiyos ma’naviy xazinadir” ko‘rik-tanlovi yuqori saviyada tashkil etildi.

🫥 Tanlov shartlariga puxta hozirlik ko‘rgan kimyogarlar o‘z chiqishlarida ulug‘ bobokalonlarimiz hayoti va ijodiga oid ma’lumotlarni taqdim etdilar.

🫥 G‘azalxonlik mahorati shartida tanlov ishtirokchilari tomonidan Alisher Navoiy va Bobur ijodidan namunalar keltirildi.

🫥 Namoyish etilgan sahna ko‘rinishlari soha vakillarining aktyorlik mahoratini ham sinovdan o‘tkazdi.

🫥 Bellashuv qatnashchilari bir qator nominatsiyalar bo‘yicha jamiyat kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan taqdirlandi.

🫥 Ko‘rik-tanlovning maqsadi g‘olib yoki mag‘lubni aniqlash emas, ajdodlarimiz qoldirgan boy adabiy, ma’naviy merosni targ‘ib etish, ular hayoti va ijodini o‘rganish va kelajak avlodni Alisher Navoiy va Boburdek siymolarga munosib avlodlar qilib tarbiyalashdan iborat.

👍"NAVOIYAZOT" AJ AXBOROT XIZMATI

✉️telegram |📱instagram |📱facebook|🌐Web-site 🌐NavoiyazotAJPress">youtube

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 118-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. Guljamol Asqarova she'rlari
2. "Bo‘lmasa bo‘lmas" qo‘shig‘i. Zulayho Boyxonova
3. "Dunyoning ishlari" qissasi. O‘tkir Hoshimov

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#jarayon

🔰Vazirlar Mahkamasining “Davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash masalalari to‘g‘risida”gi yig‘ilishi bayoni, “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining talablari yuzasidan organishlar davom etmoqda.

🔰Jizzax viloyati G‘allaorol tumani “G’allaoroltumangaz” gaz ta’minoti bo’limida va tuman elektr ta’minoti korxonasida o‘rganish va targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borildi.

🔰O‘rganishlar davomida “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun talablarini buzgan tashkilot mutasaddilari ogohlantirilib, tushuntirish ishlari olib borildi.

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Kun_hikmati
#Kun_savoli
#Izohli_lugat

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…
Subscribe to a channel