dtrdep | Unsorted

Telegram-канал dtrdep - DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

2947

Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti rasmiy sahifasi

Subscribe to a channel

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Yozish qiyin. Haqiqatni yozib, barchaga baravar ma’qul qilish undan ham qiyin...

✍️O'tkir Hoshimov

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Ona_tilim

O‘zbek tilini bor yo‘g‘i 6 oyda o‘rgangan yaponiyalik o‘qituvchi.


Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Kun_hikmati
#Kun_savoli
#Izohli_lugat

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Davlat_tili

✨Qozon shahrida “Kelajak o’yinlari” birinchi xalqaro musobaqasining tantanali ochilish marosimida prezidentimiz o’zbek tilida nutq so’zladi.

✨“Kelajak o’yinlari” musobaqasini 2026-yilda O’zbekistonda o’tkazish taklifi berildi.

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Patqog‘oz – Oshxonada ishlatiladigan bir martalik qog‘oz salfetka.
(Kortasarning “O‘yinning tugashi” asaridan. Olim Otaxon tarjimasi.)

“Pissalarning hidi dimoqlarni qitiqlayotgan, har qayerda qo‘llar, og‘iz-lablar artilgan patqog‘ozlar sochilib yotgan qanchadan-qancha ko‘ngilochar sayilgohlarga qadamranjida qilar edik.”

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 126-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. "Shom-u sham" g‘azali. Rustam Mirvohid
2. "Keling" qo‘shig‘i. Boburjon Xudoyqulov
3. "Dunyoning ishlari" qissasi. O‘tkir Hoshimov

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#nazorat_tadbiri
#jarayon

NOQONUNIY O‘RNATILGAN REKLAMA QURILMALARI BARTARAF ETILMOQDA

🔰“Davlat tili haqida”gi Qonun ijrosini ta'minlash va Zangiota tumanida tashqi rеklama sohasidagi faoliyatni tartibga solish borasida ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda.

🔰Xususan, bugun tuman hududidagi “Eshonguzar” mahallasi savdo rastalari, maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalaridagi holat tuman hokimining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi N.Mavlonbekova tuman Obodonlashtirish bo‘limi bilan birgalikda o'rganilib, kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko'rildi.

🔰Oʻrganish davomida  tumandagi noqonuniy reklama o'rnatgan hamda imloviy xatolar bilan e’lon matni yozgan tadbirkorlarga, shuningdek, tashkilot rahbarlariga “Ogohlantirish xati” berildi.

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Kun_hikmati
#Kun_savoli
#Izohli_lugat

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 125-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. Axtamquli Karim she'rlari
2. "Sog‘inganlarim" qo‘shig‘i. Mahmud Namozov
3. "Dunyoning ishlari" qissasi. O‘tkir Hoshimov

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#nazorat_tadbiri
#davlat_tili
#reklama

DOLZARB MAVZU

Til davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.


🇺🇿Oʻzbek tilining sofligini saqlab qolish, shuningdek Reklama toʻgʻrisidagi Qonun ijrosini taʼminlash maqsadida Navoiy shahri boʻylab viloyat hamda shahar ishchi guruhlari tomonidan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

🎥Navoiy viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan tayyorlangan lavhada mazkur jarayonlarning tafsilotlari bilan tanishishingiz mumkin.

Navoiy shahar hokimligi
axborot xizmati

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#mutolaa

✔️“JADID”
gazetasining navbatdagi soni bilan tanishing!

📥Yuklab olish (2024-yil, 8-son)

Kanalga ulanish
👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Kun_hikmati
#Kun_savoli
#Izohli_lugat

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#onatilimfaxrim

🔰Odam o‘zligini unutmasligi uchun uch narsani qo‘ldan bermasligi kerak: Vatanini, dinini va tilini.

✍️Alixonto‘ra Sog‘uniy
“Turkiston qayg‘usi” asari muallifi

Хозтовары - XO‘JALIK MOLLARI
Холодильник - MUZLATGICH
Хорош - DURUST
Хулиган - BEZORI
Цвет - RANG
Центр - MARKAZ
Через - ORQALI
Чеснок - SARIMSOQ
Чехол - G‘ILOF
Шанс - IMKON
Шофёр - HAYDOVCHI
Штраф - JARIMA
Экономный - KAMXARJ
Этаж - QAVAT
Этап - BOSQICH

⚠️O‘zbek tilidan sof foydalaning!

Kanalga ulanish
👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Davlat_tili

Taekvondo bo‘yicha Jahon chempioni Dmitriy Shokin.

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#loyiha

📻“Oriat Dono”da davlat tili bo‘yicha bilimingizni sinab ko‘ring!

⚠️Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda “Oriat Dono” radiokanali bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan “TAVAKKAL” loyihasi haftaning har dushanba kuni 8:00 dan 9:00 gacha efirga uzatilmoqda.

🏅Ushbu loyihada siz ham ishtirok eting hamda Davlat tili bo‘yicha bilimlaringizni sinab, sovg‘alarni qo‘lga kiriting!
(FM 106.5, +998712251065)

Kanalga ulanish 👉/channel/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Kun_hikmati
#Kun_savoli
#Izohli_lugat

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

2️⃣2️⃣2️⃣

💜“21-fevral – Xalqaro ona tili kuni” munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir ótkazildi

☄️BATAFSIL

✍️ Toshkent davlat agrar universiteti axborot xizmati

🌐WEB-SITE | 🌐TELEGRAM | 🌐INTAGRAM 🌐FACEBOOK | 🌐TWITTER🌐TDAUrasmiy-gt1ev">YOUTUBE

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#bilib_oling

GAJAK


1 Yuzning ikki chekkasiga yoki peshonaga husn uchun tushirib qo‘yiladigan yarim halqa shaklidagi soch; zulf.

▬ Begimjon ikki chekkasidagi gajagini silkitib, mushtlarini beliga tirab turgan edi, Adolat o‘shqirib berdi. I.Rahim, Chin muhabbat.

2 etn. Oltin, kumush va sh.k. dan egik holda yasalib, chakkaga taqiladigan bezak buyumi.

Suxsur olib boqmaydi, Gajagini taqmaydi, Ishlamagan dangasa Ko‘pchilikka yoqmaydi. “Qo‘shiqlar”.

3 sft. Egilgan, qayrilgan.

Dumi gajak o‘rdak. Kamolxonov, iltimosiga “xo‘p” degan javobni kutib, savol alomatiday gajak bo‘lib turganida, telefon jiringlab qoldi. A.Qahhor, Ikki yorti – bir butun

“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” dan

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#tanlov

🔰“ENG YAXSHI BILIMDON MAKTAB RAHBARI” TANLOVI G‘OLIBLARI ANIQLANDI.

👉batafsil

Kanalga ulanish 👉/channel/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#bilib_oling

⚠️Hujjat nomlarini o‘zbek tilining o‘z imkoniyatlari asosida shakllantira borish, hujjatchilikdagi so‘z va iboralarning o‘zbekcha muqobilini izlab topish va amaliyotga kiritish bugungi kunning talabidir.

✔️"Aкт" shunday hujjatki, unda aniqlangan muayyan hodisa yoki biron-bir faktning to‘g‘riligi tasdiqlanadi va bunga bir necha kishining guvohligi keltiriladi.

✔️Shunday ekan, bu hujjatni o‘zbek tilida "dalolatnoma" so‘zi bilan atayverish mumkin, bu so‘z mazkur hujjatning mohiyatini to‘g‘ri va to‘liq aks ettira oladi. Mazkur so‘zdagi "noma" qismi hujjatning yozma shaklda ekanligiga ishora qiladi.

✔️«Инструкция» so‘zi o‘rnida o‘zbekcha «yo‘riqnoma» so‘zini bemalol ishlatish mumkin.

📖"DAVLAT TILIDA ISH YURITISH"

Kanalga ulanish
👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Foydali

Amir Temurning til bilimlari haqida...

Sohibqiron oʻz ona tili - chigʻatoy (eski turkcha yoki eski adabiy oʻzbekcha) va forschada soʻzlashgan. Uning davrida turkcha (eski oʻzbek adabiy tili) – soʻzlashuv, adabiyot va davlat ishlari tili, forscha – huquq, davlat ishlari, adabiyot va soʻzlashuv tili, arabcha – din tili boʻlgan.

Oʻrta chogʻ davlatlariga boʻlganidek Temurbek davlatida ham asosiy huquqiy ishlar – soliqlar yigʻish, gʻaznachilik ishlari, moliya ishlari fors tilida olib borilgan.

Temurbek oʻz yurishlari chogʻlarida kotiblariga kunlik ishlarni turkcha va forscha tillarda yozib borishlarini buyurgan. Temurbek tarixining bilingan 3 ta tamal asaridan 2 tasi, Nizomiddin Shomiy – Zafarnoma, Sharafiddin Ali Yazdiy – Zafarnoma, aynan shu kunlik qoʻlyozmalarga asoslanib yozilgan kitoblardir.

Rasmiy yozuv turi esa arab alifbosiga asoslangan fors va turk (eski uygʻur alifbosiga asoslangan oʻzbek yozuvi) yozuvlari edi.

➡️
Telegram I Facebook I markaziyharbiyokrug">Youtube

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

21-FEVRAL — XALQARO ONA TILI KUNI

21-fevral — Xalqaro ona tili kuni sifatida dunyo hamjamiyati tomonidan keng nishonlanadi.

Xalqaro ona tili kuni Bangladesh tashabbusi bilan e’lon qilingan va 1999-yilda YUNESKO Bosh konferensiyasida tasdiqlangan. Ona tili kuni 2000-yildan buyon butun dunyoda nishonlanadi.

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

“Madaniyat va maʼrifat” telekanalida til mavzusidagi koʻrsatuv boshlanish arafasida. Jonli efirda uzatiladi.

Vaqt-imkon boʻlsa, koʻring.

@oriftolib

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Tilbuzarlar
(Yarmi hazil)

Yurtbuzarlar bo‘lardi,
Bo‘lardi dil buzarlar.
Bugun paydo bo‘lgandir,
Madaniy tilbuzarlar.

Ota-bobosi o‘zbek,
O‘rischa chuldiraydi.
Na yarar o‘zbekchaga,
Na ruschaga yaraydi.

Обед deydi tushlikni
Kechki ovqatni – ужин.
Nonushtani – завтрак
Tilini chalganmi jin?

Подвадить qilding, deydi,
Gar  birovdan pand yesa.
“Gap yo‘q, классный” der
Shirinroq bir qand yesa.

“Давай” desam sensirab,
Xafa bo‘lar deb katta –
Deydi: “aka, давайинг”
Bilet der, demas patta.

Tashqi reklama degan,
Balo-yu ofat chiqdi.
Tilni to‘qsonga buklab,
Tiriklay go‘rga tiqdi.

Har bir so‘zda o‘n xato,
Tilga beradi zarba.
Oddiygina fe’lni ham,
Yozishadi bosh harfda.

Televizor va kompyuter,
Tilning kushandasidir.
Bugun Navoiy tili
Tilning sharmandasidir.

Kinolarni ko‘rsangiz,
Qiynalib, bosadi ter.
“Votti” der buxorolik,
Qo‘qonlik ham “votti” der.

Короче, братишка,
Gapimni quloqqa quy:
Раз tilni bilmaysanmi
Вабше gapirmagin, qo‘y!

Abdunabi  Hamro

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Davlat_tili

⚠️UYG‘OQ SO‘Z ||
"Ona tiliga e’tiborni hammamiz o‘zimizdan boshlashimiz kerak!"

Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazi

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#mutolaa

“Men bu tilni o‘zbek tilining qipchoq lahjasiga o‘xshataman” – Mutaxassis alpinistlar chiqishni orzu qilgan tog‘da yashaydigan balqarlar haqida.

👉maqolani o‘qish

Kanalga ulanish
👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#nazorat_tadbiri
#reklama
#davlat_tili

❗️REKLAMA TILI QONUN BILAN TARTIBGA SOLINADI.

🗺Navoiy shahri bo‘ylab hududdagi tashqi yozuvlar (peshlavha, reklama va boshqa e’lon, axborot matnlar)ning “Davlat tili to‘g‘risida” hamda “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda joylashtirilishi holatini o‘rganish va amaliy yordam berish ishlari davom etmoqda.
O‘rganish jarayonida ma’nan eskirgan va Qonun talablariga mos kelmaydigan tashqi reklamalar olib tashlanmoqda.

🪧Yangilangan "Reklama tili" moddasiga ko‘ra, avvalgidek, ro‘yxatdan o‘tgan mahsulot belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari hamda logotiplar asl tilda ko‘rsatilishi mumkin. Reklamaning o‘zi davlat tilida tarqatilishi shart. Qonun talablariga rioya etmaslik bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravaridan 100 baravarigacha jarima solishga asos bo'ladi.


HURMATLI HAMSHAHARLAR! SHUNI UNUTMANGKI, DAVLAT TILIGA HURMAT NAFAQAT FUQAROLIK, BALKI YUKSAK INSONIY BURCH VA MA'NAVIYAT BELGISIDIR!


Navoiy shahar hokimligi
axborot xizmati

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Olmazor tumanidagi 249-umumta’lim maktabida tumandagi umumta’lim maktablari kutubxonachilari uchun o‘quv amaliy seminar tashkil etildi.


🔹 Seminarda Toshkent shahar Bolalar kutubxonasi direktori F.Yulchieva, Respublika pedagogik ta’lim resurs markazi bo‘lim boshlig‘i A.O‘tkirov, Olmazor tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi D.Umurzakova, Olmazor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi metodisti D.Raximovalar ishtirok etdilar.

📚 Seminar davomida umumta’lim maktablarda davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishish maqsadida kutubxonachilariga “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” kitobi taqdim etildi.

🎗 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

DIQQAT E'LON !!!

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi tomonidan qoʻshni Qirgʻiziston va Qozogʻiston Respublikalarida faoliyat olib borayotgan ona tili va adabiyot oʻqituvchilari uchun oʻquv seminarining 4-soni tashkil qilinmoqda.

📈 Seminarning asosiy maqsadi: Seminar ishtirokchilarini mustaqillikdan soʻng oʻzbek tili, adabiyoti va uni oʻqitish sohasidagi yangiliklar, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar, oʻqitishning zamonaviy texnologiylari bilan yaqindan tanishtirish.

📚 Oʻquv seminari har oyda bir marta, masofaviy (onlayn) shaklda tashkil qilinib, unda respublikamizning taniqli tilshunos, adabiyotshunos olimlari oʻz ma’ruzalari bilan ishtirok etadi.

🕒 Seminarning navbatdagi soni oʻtkazilish vaqti: 2024-yil 23-fevral, soat 15:00 (Toshkent vaqti bilan).

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#joy_nomlari_tarixi📍

QAYNAR – Kitob tumanidagi mahalla nomi.

🟢Mahallada Qaynarbuloq qishlog‘i ham bor. Biroq aholi qishloq nomini qisqartirib, Qaynar deb ataydi. Har ikki joy nomi mazkur qishloqdagi Qaynarbuloq chashmasi nomidan olingan. Qishloqda O‘zbekiston xalq baxshisi Abdulla shoir yashab o‘tgan va chashma haqida “Qaynab chiqishlaring kumush qo‘ng‘iroq, Kuyingga bir umr solgayman quloq. Tug‘ilib o‘sgan yurti shoirning, Suvlari shakarday shul Qaynarbuloq”, deya boshlanguvchi she’r yozgan.

🟢Qaynar mahallasi Taxtaqoracha dovoni bilan tutashib ketgan bo‘lib, hududda Sovuqbuloq, Mingbuloq, Suvbuloq, Rohatbuloq, Qo‘tirbuloq, Sassiqbuloq, Ko‘rbuloq, Devonabuloq va boshqa ko‘plab buloqlar bor. Rohatbuloq shundoqqina dovonga chiqishda asfalt yo‘l bo‘yida joylashgan bo‘lib, ijodkorlar: “Mingchinor”ga kirmay o‘tmas ne-ne mehmon, qo‘nog‘i, Chanqov bosgan yo‘lovchiga peshvoz Rohatbulog‘i”, deya Qaynarni madh etishgan.

🟢To‘ra Nafasovning “Qashqadaryo qishloqnomasi” kitobida (351-352-betlar) Qaynarbuloq nomi “yer osti suvining ko‘pligi, oqim yo‘nalishining o‘ta qiyaligi sababli katta miqdordagi suv qaynagan singari oqib chiqadigan buloq”, deya izohlangan va buloq nomi qishloq nomiga o‘tganligi aytilgan.

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…
Subscribe to a channel