dtrdep | Unsorted

Telegram-канал dtrdep - DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

2947

Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti rasmiy sahifasi

Subscribe to a channel

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

MARG‘ILONDA DAVLAT TILI BO‘YICHA HOKIM MASLAHATCHILARI ISHTIROKIDA SEMINAR BO‘LIB O‘TDI
  
2024-yil 27-aprel kuni Marg‘ilon shahar hokimligi faollar zalida "Geografik obyektlarga nom berish hamda komissiyalar faoliyatini tizimli tashkil etish" mavzusida seminar tashkil qilindi.

Seminar jarayonida geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risidagi me’yoriy hujjatlar ijrosi bo‘yicha bir qator mas’ullar tomonidan ma’ruzalar qilinib, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan masalalar belgilab olindi.

Seminarda Farg‘ona viloyati hokimining maslahatchisi S.Tongotarova, Davlat kadastrlari palatasi Respublika toponimika xizmati boshqarmasi yetakchi mutaxassisi D.Qodirov, shuningdek, tuman va shahar hokimlarining maslahatchilari hamda Marg‘ilon shahridagi MFY raislari qatnashdilar.

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Yashil_makon #Davlat_tili

🌱Mamlakatimizda "Yashil makon" umummilliy loyihasi hayotga izchil tatbiq etilmoqda.

🌱Ushbu loyiha yuzasidan Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan Toshkent shahar va Sergeli tumani hokimliklari hamkorligida 28-aprel Sergeli tumani Xontepa mahallasida "O‘ZBEK TILI" bog‘ini yaratish maqsadida hashar uyushtirildi.

🌱Hasharda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, vazirlik, idora va tashkilotlar, shahar va tuman hokimlarining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilari ishtirok etishdi.

🌱Departament mudiri yig‘ilganlarni daraxt ekish va obodonlashtirish ishlarida uyushqoqlik bilan ishtirok etishga chorladi.

Kanalga ulanish 👉  /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#jarayon

▶️Noqonuniy reklamaga barham berilmoqda!

❇️Bugun Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi Ko’tarma mahallasi Kichik halqa yo’li ko’chasida joylashgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan bino va inshootlarga o’rnatilgan noqonuniy reklama banner va ko’rsatkich(o'zga tillarda yoritilgan)lari bartaraf etilib, tadbirkorlarga tegishli tavsiyalar berildi.

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Maqollar_taʼrifi

Yaxshi qoʻshningdan soʻraguncha, yomon uyingdan axtar

Bu nasihat shaklidagi maqolning maʼnosi quyidagicha: oʻz tirikchiliging uchun zarur boʻlgan narsalarni oʻzing ishlab top. Birovdan tama qilish, tilash, birovga yalinib kun koʻrish, birovning hisobiga yashash — oʻtaketgan yomon xislat va tekinxoʻrlikdir.

Boshqa shakllari:
• Qudangdan qoʻy soʻrama, qoʻshningdan un soʻrama.
• Oʻz uyingda oshing boʻlsa, kishi uyida qasding bormi?
• Yomonga yalinguncha, yotib yoningni kavla.

Oʻzbek maqollarining izohli lugʻatidan

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#mutolaa

✔️“JADID”
gazetasining navbatdagi soni bilan tanishing!

📥Yuklab olish (2024-yil, 16-son)

Kanalga ulanish 👉/channel/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Kun_hikmati
#Kun_savoli
#Izohli_lugat

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Kun_hikmati
#Kun_savoli
#Izohli_lugat

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Amir_Temur

BUGUN AMIR TEMUR TAVALLUDIGA 688-YIL TOʻLDI

▪️Buyuk sarkarda 1336-yilning 9-aprel sanasida Kesh (Shahrisabz) yaqinidagi Xoʻja Ilgʻor (Yakkabogʻ) qishlogʻida tavallud topgan.

Oradan 7 asr oʻtibdi hamki, Amir Temurning “Temur tuzuklari” asari, uning dovrugʻi, xarbiy salohiyati hanuz avlodlarga oʻrnak boʻlib kelmoqda.

▪️Sohibqiron urushlarda magʻlubiyatga uchramagan sarkarda sifatida tarixga kirdi. Amir Temur davlat tuzilishi ishlariga, ilm-fan, maʼrifat, madaniyat taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan siyosiy arbob.

▪️“Kuch – adolatda” shiori bugun biz, vorislar uchun ham dasturul amal boʻlmogʻi lozim.


Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 143-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. "Baxt haqida ballada" she'ri. Usmon Azim
2. "Umr bahori" qo‘shig‘i. Nasiba Abdullayeva
3. "Gang daryosining qizi" dramasi. Robindranat Thokur

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Davlat tilining mavqeini ko‘tarish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda

➡️ Mirobod tumanida o‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotidagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-son Farmoniga muvofiq keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan “Davlat tili to‘g‘risida”gi hamda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi qonunchilik ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi bosh mutaxassisi G.Tuychiyeva, Toshkent shahar hokimining maslahatchisi A.Ro‘zitoyev, Mirobod tumani hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Umarovalar ishtirokida maxsus ishchi guruh shakllantirilib, Mirobod tumani hokimligi, shuningdek, 110-sonli DIUM hamda №389 DMTTlardagi holatlar o‘rganildi.

❗️ O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

| Facebook | Telegram | Youtube | Web-site|

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#jarayon

Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanida Vazirlar Mahkamasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq bu sohadagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida qarori ijrosi boʻyicha Davlat tilini rivojlantirish Departamenti bosh mutaxassisi Uchqun Maxmudov oʻrganish olib bordi.

Geografik obyektlar boʻyicha olib borilgan ishlar tahlilida tumandagi har bir mahalla xaritasini shakllantirish tuman hokimligi, kadastrlar palatasi, MFY raislari bilan hamkorlikda koʻchalarni toifalarga ajratish boʻyicha yaxshi ish tashkillanganligi qayd etildi.

Birlashgan MFY oʻrganildi. Oʻrganish soʻnggida U. Maxmudov kelgusida toifaga ajratilgan koʻchalarni nomlash ishlarini mahallalar, kadastrlar palatasi bilan birgalikda davom ettirib, viloyatda Toʻraqoʻrgʻonni naʼmuna qilib koʻrsatish taklifini berdi.

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 142-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. "Bahor" she'ri. Muhammad Ali
2. "Muhabbat" operasi. Ismoil Jamilov
3. "Gang daryosining qizi" dramasi. Robindranat Thokur

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Kun_hikmati
#Kun_savoli
#Izohli_lugat

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

👉 Urgut tumanida davlat tiliga munosabat qanday

🔵 Joriy yilning 4-aprel kuni Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi Sherali Temirov Urgut tumanida bo‘lib, ushbu tumanda “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlar ijrosini oʻrgandi.
🟢O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga hamda tadbirkorlik subyektlariga kerakli tushunchalar va topshiriqlar berdi.

/channel/SamTvr

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Kun_hikmati
#Kun_savoli
#Izohli_lugat

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Jarayon

🌱Yangi yaratilayotgan yashil makonga "O‘zbek tili bog‘i" nomini berish taklifi etildi.

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Kun_hikmati
#Kun_savoli
#Izohli_lugat

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Zavq

Bahorda Baxmalda tug‘ilgan qo‘zing,
Arab ohusidan azizroq menga.


♻️sandiqcha

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Avtomobil(ulov)larning o‘zbekchadagi ma’nolarini bilasizmi?

Daewoo – Bepoyon koinot (koreyscha);

Nexia – Yorqin (ispancha);

Damas – Jilovlovchi (yunoncha);

Cielo – Osmon (ispancha);

Espero – Umid (ispancha):

Matiz – Alvon rang (ispancha - matisse).

Chevrolet – Lui Shevrole (kompaniya asoschisi) ismi:

Lacetti – Lotincha "Lacertus" dan olingan, ya’ni yoshlikka xos;

Captiva – "Maxliyo" (inglizcha Captivate dan);

Epica – Epik;

Tacuma – Braziliyadagi xurmo daraxti nomi;

Spark – Uchqun;

Malibu – Kaliforniya shtatida joylashgan shahar;

Cobalt – Kobalt kimyoviy element;

Gentra – "Gentle" so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, xushmuomalalik,  nafislikni anglatadi;

Orlando – Florida shtatida joylashgan yirik shahar;

Tahoe – Qo‘shma Shtatlardagi eng katta chuchuk suvli ko‘lning nomi;

Traverse – O‘nqir-cho‘nqir joydan o‘tish;

Impala – Kiyik (antilopalar turi);

Equinox – Tengkunlik;

TrailBlazer – Kashshof (kashfiyotchi);

Tracker – Izquvar.

Kanalga ulanish 👉/channel/UZTRJ

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#jarayon

Noqonuniy o'rnatilgan reklama qurilmalari bartaraf etilmoqda


Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar hokimligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh tadbirkorlik subyektlari tomonidan chiqarilgan tashqi reklama vositalarining qonunga mosligi o‘rganildi.

O‘rganish davomida, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi qonuni hamda  O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 6-moddasi talablariga javob bermaydigan reklama vositalari noqonuniy deb topilib olib tashlash choralari ko'rildi.

Eslatma o‘rnida:
Hurmatli tadbirkorlar!

O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi qonunida tashqi reklama va axborotni joylashtirish tartibini buzganlik bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘lishini eslatib o‘tamiz.

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Hurmatli fuqarolar!

Bektemir tumanidagi ayrim geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash uchun ovoz berishda ishtirok eting!

Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Toshkent shahar komissiyasiga Bektemir tumani hokimligining tuman hududidagi ayrim geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash bo‘yicha takliflari kelib tushgan.

Toshkent shahar hokimligi, “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-1-moddasiga muvofiq,  mahalliy aholining fikrini o‘rganish maqsadida poytaxt aholisini Bektemir tumanidagi ayrim geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash yuzasidan o‘z fikrini https://geonom.tashkent.uz saytida ovoz berish yo‘li bilan bildirishga taklif etadi.
Shu bilan birga, aholi fikri quyidagi shakllarda ham qabul qilinadi:

Og‘zaki ravishda: +998-71-210-04-13 telefon raqamiga (ish kunlari soat 09:00-dan 17:00-gacha) murojaat qilish orqali;

Yozma: 100060, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov shohko‘chasi, 51-uy pochta manziliga xat yuborish orqali;

Elektron shaklda: geonom@digitaltashkent.uz  elektron pochtasiga xat yuborish yo‘li bilan.

Mahalliy aholi ovoz berish jarayonida joriy yilning 13-aprel kunidan 27-aprel kuniga qadar qatnashishi mumkin.

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Davlat_tili

🔰2020-yil 10-aprel-O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  tomonidan «O‘zbek tili kunini belgilash to‘g‘risida»gi qonun imzolangan kun.

🔰Ushbu qonunda 21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi va shu yildan buyon bayram sifatida nishonlab kelinmoqda.

🔰Shu munosabat bilan bugun "O‘zbektelekom" AKda O‘zbek tili taraqqiyoti va rivojiga bag‘ishlangani davra suhbati o‘tkazildi.

🔰Suhbatda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Eminov, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori Inomjon Azimov, "O‘zbektelekom" AK markaziy apparati hamda tarkibidagi filial xodimlari ishtirok etishdi.

🔰Kompaniya kutubxonasiga Jamg‘arma tomonidan chop ettirilgan kitoblar taqdim etildi.

Kanalga ulanish 👉  /channel/dtrdep

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

HAYIT [a.– bayram, tantana]

1 din. Musulmonlarning bir yilda ikki marta – hijriy zulhijja oyi, ya’ni qurbon oyining o‘ninchi kuni hamda hijriy ramazon oyi tugashi bilan ertasiga, ya’ni shavvol oyining birinchi kuni bo‘ladigan diniy bayrami.

To‘y tegishliniki, hayit barchaniki. Maqol.

Qurbon hayiti (yoki Katta hayit) Musulmonlarning hijriy zulhijja oyi, ya’ni qurbon oyining o‘ninchi kuni bo‘ladigan diniy bayrami.

Qurbon hayiti arafasida qishloqi murid Tillaboy yana bir qo‘y keltirib tashladi. P.Tursun, O‘qituvchi.

Ramazon hayiti (yoki Kichik hayit) Musulmonlarning hijriy ramazon
oyi tugashi bilan ertasiga, ya’ni shavvol oyining birinchi kuni bo‘ladigan diniy bayrami.

Buning ustiga kichik hayitning bahor fasliga to‘g‘ri kelgani nur [ustiga] a’lo nur bo‘ldi. Mirmuhsin, Me’mor.

2 etn. Vafotiga yil to‘lmagan kishini hayit kunlari yo‘qlab aza tutish, eslash marosimi; ma’raka.

Onasining hayiti yaqinlashgan kunlar edi. Hademay akasining hayiti ham keladi.


3 ko‘chma Biror muvaffaqiyat, g‘alaba munosabati bilan bo‘ladigan umumiy shodlik, bayram.

-Echkiga jon qayg‘usi, qassobga moy qayg‘usi. Men nima g‘amda-yu, sizga hayit ekan-da? – dedi Akmal Qudratga. J.Abdullaxonov, Yo‘l.

4 Hayit (erkaklar va xotin-qizlar ismi).

“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” dan

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#mutolaa

✔️“JADID”
gazetasining navbatdagi soni bilan tanishing!

📥Yuklab olish (2024-yil, 15-son)

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Kun_hikmati
#Kun_savoli
#Izohli_lugat

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#bilib_oling

Arafa

✔️Arafa - bu soʻz bo'yicha bir qancha qarashlar ilgari suriladi. Bulardan eng bilingan va maqbuli sifatida Qurbon bayramidan avvalgi kun hojilar "Arafot" ( arabcha arafaning koʻplik shakli) togʻiga chiqib, haj arkonlaridan birini ado etadilar. Ushbu jarayonni nazarda tutib, Arafa so'zini mana shu diniy marosimdan kelib chiqqan deyiladi. Bayramdan oldingi kun mohiyatida ishlatiladi.

Keyinchalik esa bu so'zning semantik doirasi kengayib, boshqa bayramlar yoki muhim hodisalardan oldingi kunga ham shu atamani qo'llay boshlaydilar. (Masalan: Navro'z arafasi, To'y arafasi).

Bu soʻzning togʻ nomidan tashqari o'zagi arabcha "arafa", ya'ni bizga tanish bo'lgan bilmoq mazmunidagi irfon, ma'rifat so'zlarining o'zagi boʻlib, oldindan bayram daragini bilish, idrok qilish deb talqin qilinadi.
Yana, xalq ogʻzida yolg'on arafa degan so'z ham ishlatiladi. Bu Qurbon bayramidan ikki kun oldinga toʻgʻri keladi.
@shevashunos

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#jarayon

📝O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 10-fevraldagi 61-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Muborak tuman hokimi maslahatchisi H.Elov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Muborak tuman bo‘linmasi rahbari F.Shirinovlar tomonidan Muborak tuman "A.Navoiy" MFY da o‘rganish ishlari olib borildi.

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Eng avvalgi so‘z

Yurtimizda yuz ming yil muqaddam yashagan neandertal odamning tarix muzeyimizdagi qiyofasiga qarab yana o‘zimga savol beraman. Rasmana insonga aylanmagan bu ibtidoiy ong egasining birinchi so‘zi nima edi? Xayolimga kelgan javob shu bo‘ldi: u toshni toshga urib chaq etgan tovushni eshitganu chaq deya ovoz chiqarib o‘zining birinchi so‘zini aytgan. Toshni toshga chaqqan, keyinroq tosh bilan danak chaqqan, yong‘ok chaqqan, bolasiga ham chaq! deb buyurgan.

Bora-bora toshdan o‘t chiqarib uni ham chaq dedi. Ko‘kda chaq etib yongan olov ham chaq bo‘ldi. Keyinchalik chaqmoq, chaqin, chaqmoqtosh so‘zlari paydo bo‘ldi.

BATAFSIL:👇
http://til.gov.uz/uz/news-and-announcements/anons/81

Erkin VOHIDOV, O'zbekiston xalq shoiri

📚 So'z latofati kitobidan

Bizning manzil:

👉 http://til.gov.uz/uz/
👉 /channel/dtrdep

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Mahalla chegaralarini aniq bo’lishi ko’p masalalarni hal qilishda muhim ahamiyatga ega. Masalan, aholi sonini mahalla kesimida aniqlash, kam ta’minlangan oilalarga manzilli yordam ko’rsatish va mahalla infrastrukturasini rivojlantirish uchun ajratilgan mablag’lardan samarali foydalanish kabi masalalarni aytish mumkin.

Ma’muriy chegaralarni aniq belgilash uchun Toshkent shahri va tumanlari chegaralariga oid 1956 — 2021-yillar davomida vakolatli davlat organlari tomonidan qabul qilingan hujjatlar nusxalari arxivlardan izlab topildi. Ular asosida Toshkent shahrining aniq ma’muriy chegaralari elektron xaritaga tushirildi.

Hozirda Mirobod, Mirzo Ulug’bek, Sergeli, Yangihayot, Yashnobod tumanlarining mahalla chegaralari Xalq deputatlari Toshkent shahri Kengashi tomonidan tasdiqlangan.

Bektemir va Yakkasaroy tumanlarining mahalla chegaralari regulation.uz saytida jamoatchilik muhokamasiga qo’yilgan.

Shayxontohur, Yunusobod, Olmаzor, Uchtepa, Chilonzor tumanlarida mahalla chegaralariga aniqlik kiritish bo’yicha ishlar davom etmoqda.

Ushbu sohada olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma'lumot — Toshkent shahar hokimligi huzuridagi "Raqamli rivojlanish departamenti" MChJ direktori o'rinbosarining intervyusida.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Twitter | Linkedin

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

“O‘zbek adabiy til me`yorlari va davlat tilida ish yuritish” o`quv kursi yakunlandi

✅ Koson tumanida Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tomonidan navbatdagi 3-bosqich kurs tinglovchilaridan yakuniy nazorat sinovlari olindi.

✅Mazkur o‘quv kursida jami 25 nafar tinglovchi lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini krill alifbosi bilan qiyoslashni, o‘zbek adabiy til me`yorlari, o‘zbek tilining imlo qoidalari, tinish belgilariga oid bilimlarini mustahkamlashdi.

🔷Tinglovchilar nutq madaniyatiga rioya qilgan holda fikrini yozma hamda og‘zaki ifodalash, hujjat tili va uslubi, hujjat turlari, rasmiy hujjatlarni to‘g‘ri va savodli yoza olish malakalariga ega bo‘lishdi. Savodxonligini oshirishdi. Kurs muvafaqqiyatli yakunlandi.

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…
Subscribe to a channel