dtrdep | Unsorted

Telegram-канал dtrdep - DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

2947

Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti rasmiy sahifasi

Subscribe to a channel

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Ona_tilim

OYNA

Har bir millatning dunyoda borligini koʻrsatadurgan oinayi hayoti – tili va adabiyotidir.
✍️Abdulla Avloniy

🔸Qashqadaryo viloyati hokimligi

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Ona_tilim

Ona tilingizni qadriga yeting!

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

"Zarafshon" gazetasining 2023-yil 4-yanvar kungi soni mutolaa uchun havola qilinmoqda.
Bugungi sonda:

- Kun fidoyilari;

- Hududlar besh toifaga bo‘lindi;

- Rahbarlarni taniysizmi?;

- Mushakbozlik "kimo‘zar"ga aylandi.

Shuningdek, unda “Zarafshon” muxbirlari tayyorlagan yangiliklar, jamiyatda uchrayotgan illatlar haqidagi maqolalar chop etilgan.

Gazetadagi maqolalarni zarnews.uz sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda ham o‘qish, videolavhalarni tomosha qilish mumkin.

⚠️Samarqand viloyatida nashr etiladigan gazetalar lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosida chop etila boshlandi.
(eski yildagi nashrlar kirillda edi.)

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Kun_hikmati
#Kun_savoli
#Izohli_lugat

Kanalga ulanish 👉  /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Seminar

✨Prezident: “Yangi Oʻzbekistonni barchamiz birgalikda bunyod etamiz”

🔰Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va xalqimizga yoʻllagan Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar xalqimiz tomonidan keng oʻrganilib, vazirlik va idoralar oʻz yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda reja-dasturlarini ishlab chiqmoqdalar.

🔰Shu munosabat bilan Texnik jihatdan tartibga solish agentligida boʻlib oʻtgan maʼrifiy uchrashuvda Murojaatnomani tizimli oʻrganib borish, soha oldidagi muhim masalalarning tahlili, milliy sifat infratuzilmasining rivojlanish dasturi muhokama qilindi.

👉Batafsil

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Ilvasin nima?

Ilvasin
soʻzini yirtqich yoki sudralib yuruvchi hayvon maʼnosida tushunish koʻp uchraydi. Lekin bu xato, u goʻshti uchun ovlangan yoki ovlanadigan yovvoyi parrandalarni anglatadi:

Ilvasindan oʻzbek pazandaligida bedana, kaklik, tustovuq juda noyob masalliq tarzida ishlatiladi.
K. Mahmudov, “Oʻzbek tansiq taomlari”.

Soʻzning maʼnosini yaxshiroq tushunish uchun boshqa bir jumlani koʻrib chiqamiz:

Qirgʻiy – ilvasinga solinadigan qush.

Bu gapda qirgʻiy ov qushi ekani, u ovlanadigan qushlarni tutish uchun ishlatilishi aytilyapti. Demak, ilvasin qush maʼnosida.

@oriftolib

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Davlat_tili

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH – DAVR TALABI

DEHQONOBOD TUMANIDA TASHKIL ETILGAN DAVRA SUHBATI SHUNDAY NOMLANDI

💠2023-yil 4-yanvar kuni tuman Davlat xizmatlari agentligida hokim maslahatchisi T. Ergasheva tomonidan agentlik hamda mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi, IIB xodimlari ishtirokida tadbir o‘tkazildi.

💠Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2023-yil 1-yanvardan tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar, barcha tashkilotlarda ish qog‘ozlari, turli blankalar, ish yuritish va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish to‘liq lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosida joriy qilinishi lozimligi tushuntirib o'tildi.

👉Batafsil

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

📚Kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi

📔Fanlar akademiyasida oʻzbek tili rivoji uchun nashr etilgan “Oʻzbekiston joy nomlari”, “Davlat tilida ish yuritish”, “Ona tilim-mangu makonim” kitoblarining taqdimoti oʻtkazildi.

📕Har bir millat ziyolisining xalqi oldidagi birinchi vazifasi ona-tilini rivojlantirish va asrashdir.

📗Taqdimoti o’tkazilgan kitoblar olimlar tomonidan aynan ona tili rivoji uchu qilingan mehnatlar samarasi deyish mumkin.

📘Hazrat Alisher Navoiyning: “Tilga ixtiyorsiz – elga eʼtiborsiz” degan hikmatli soʻzlari chinakam millatsevarlik, vatanparvarlik tuygʻulari bilan yoʻgʻrilgandir. Zero, ona tilini hurmat qilmagan kishi nafaqat oʻzini, balki elini hurmat qilmagan boʻlib chiqadi. Bilasizmi, har qanday millatning daholari oʻz qadriyatlarini mustahkamlash yoʻlida, avvalo, milliy tilga kuchli eʼtibor qilib, uni qattiq himoya qilganlar.

📙Kitob taqdimotida o’zbek tilining dolzarb muammolari haqida ham so’z bordi.

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

💐Bugun tugʻilgan kun 💐

💐1-yanvar Samarqand viloyati hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori Sherali Temirov tavallud topgan kun.

💐Ushbu sana munosabati bilan Sherali Temirovni Maʻnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti, shuningdek, barcha davlat  tashkilotlari rahbarlari, qolaversa, hokimlarning maʻnaviy-maʻrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʻminlash masalalari boʻyicha maslahatchilari nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz.

💐Sherali Temirovga mustahkam sog'lik, oilaviy xotirjamlik, ijodiy ishlarida yuksak zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz.

Hurmat bilan,
Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

💐Bugun tug‘ilgan kun

💐 30-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Zoxid Kolbayevich Shakarov tavallud topgan kun.

💐 Qutlug‘ sana munosabati bilan Zoxid Kolbayevichga Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti, shuningdek, barcha davlat tashkilotlar rahbarlari, qolaversa, hokimlarning maʻnaviy-maʻrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʻminlash masalalari boʻyicha maslahatchilari nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz.

💐Zoxid Kolbayevichga mustahkam sog'lik, oilaviy xotirjamlik, kasbiy va ijodiy ishlarida yuksak zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz.

Hurmat bilan,
Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Navoiy va jadidlar

📖Til bobida jadid ma’rifatparvarlari zamon taqozosi bilan Navoiydan bir qadam olg‘a ketdilar. XX asr avvali dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy, xususan, iqtisodiy munosabatlar kuchaya boshlagan, taraqqiyot yo‘liga tushib olish hamma sohalarda tig‘iz aloqalarni talab qilayotgan davr bo‘lgan.

O'z: https://oyina.uz/uz/article/527

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#loyiha

🔰Kitob sevarlar uchun ajoyib loyiha!

📺 "Madaniyat va Maʼrifat" telekanalida "SIZ EFIRDASIZ" intelektual o'yini.

✔️ Oʻyinda gʻolib boʻlgan ishtirokchilar ajoyib kitoblar bilan birgalikda Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti tomonidan taqdim qilingan sovgʻalar va bebaho kitoblar bilan taqdirlanadi.

⚠️ Ushbu koʻrsatuvni navbatdagi sonlarini kuzatib boring va Siz ham ishtirok eting.

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 109-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. "Biz baxtli bo‘lamiz" she'ri. Muhammad Yusuf
2. "Muhabbat" qo‘shig‘i. Yulduz Usmonova
3. "Muhabbat" qissasi. Abdulla Qahhor

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Maqola

🔰Yangi yildan lotin yozuvidagi o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tamiz...mi?

🔰O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61-sonli “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan ekan, hujjat kuchga kirishi uchun salkam ikki yil moslashish vaqti berilgan ekan, unga buysunib, amal qilish barchamizning fuqarolik burchimizdir.

🔰Aslida lotin alifbosi tilimiz uchun biz o‘ylagandek begona emas. Lotin alifbosiga o‘tish masalasini o‘tgan asrning boshlarida yashab ijod etgan jadidlar ko‘tarib chiqqan edi.

🔰Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi faqatgina kirill alifbosidagi harflarning lotincha transkripsiyasi emas. Shu bois yangi yozuvda ayrim qoidalarni o‘rganib qo‘yish zarar qilmaydi.

✍️Akbar Rustamov,
Buxoro viloyat hokimining maslahatchisi

👉Batafsil

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Kun_hikmati
#Kun_savoli
#Izohli_lugat

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 112-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. "Derazamga uriladi qor" she'ri. Rauf Parfi
2. "Xush kelibsiz" qo‘shig‘i. Halima Nosirova
3. "Odamiylik qissasi" asari. Mirzakalon Ismoiliy

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

💐 Bugun tug‘ilgan kun Jahongir Shirov 💐

💐 5-yanvar Kattaqo'rg'on shahar hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jahongir Shirov tavallud topgan kun.
💐 Qutlug‘ sana munosabati bilan Jahongir Shirovni shahar va tumanlar hokimlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz.
💐 Kattaqo'rg'on shahrida davlat tilining rivoji va mavqeyini oshirish borasida olib borayotgan islohotlarini yuksak qadrlaymiz. Jahongir Shirovga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik tilaymiz.

Sherali TEMIROV,
Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi

Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

"Samarqand" gazetasining 2023-yil 5 yanvardagi 1-soni to'liq lotin yozuvi asosidagi o'zbek alifbosida chop etildi.
Gazeta sahifalarida:

- Yangi yilning 1-yanvaridan sohalarda bo'layotgan o'zgarishlar;
- Xorijdan kirib kelayotgan mahsulotlar olimlar nazoratidan o'tishi kerak;
- 2023 yilgi shahar budjeti;
- Sayyohlik burchi va mas'uliyati.
Bundan tashqari, muxbirlarimiz qalamiga mansub boshqa maqolalarni ham mutolaa qilishingiz mumkin.

Maqolalar bilan gazetaning samarkandnews.uz veb-sayti hamda ijtimoiy tarmоqlardagi sahifalarida ham tanishish imkoniyatiga egasiz.

https://online.anyflip.com/ljhgk/icdt/mobile/

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#oʻzbekchasi_bor

Oʻz tilingizni qanchalik yaxshi bilasiz?

Marhamat, bilimingizni sinab koʻring: javobni yashirin jumlani ochishdan oldin topishga harakat qiling.

«Циркуль» oʻzbek tilida pargar deyiladi.

@mening_tilim
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Davlat_tili

📺"DIYOR YANGILIKLARI" Davlat tili masalalari bo‘yicha hokim maslahatchilari vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilish xususida.

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 111-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. "Ota yurt" she'ri. Zebo Mirzo
2. "Assalom" qo‘shig‘i. Estrada yulduzlari
3. "Odamiylik qissasi" asari. Mirzakalon Ismoiliy

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#bilib_oling

🔰"Lo‘ttiboz" so‘zining maʼnosini bilasizmi?

🔰Taniqli shoir Eshqobil Shukur ushbu so‘zning kelib chiqish tarixi haqida hikoya qiladi.

📺 "Bobo so‘z"

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Kun_hikmati
#Kun_savoli
#Izohli_lugat

Kanalga ulanish 👉  /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Nodir_ovozlar

Kirib kelayotgan Yangi yil barchangizga muborak bo‘lsin!

“Nodir ovozlar” loyihasining 110-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. "Yangi yil kechasi" she'ri. Muhammad Yusuf
2. "Yangi yil" qo‘shig‘i. Estrada yulduzlari
3. O‘zbekiston xalq artisti Rimma Ahmedova monologi

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#bilib_oling

Kasb egasi va kasb nomi

Rus tilidan tarjima qilganda koʻpincha kasb egasi va kasb nomini adashtirib qoʻyadilar. Rasmga qaraydigan boʻlsak, SMM-menejer kasbi deyilgan, aslida bu kasb emas, kasb egasining nomidir.

Farqlab olish uchun sodda qilib tushuntiramiz:
• kasb nomi — jonsiz (kasb);
• kasb egasi — jonli (odam).

Aytaylik, siz novvoyxonada non yopasiz. Novvoy — bu sizning nomingiz, kasbingiz emas. Unda kasbingiz nima? Kasbingiz — novvoychilik.

Kasb nomlari odatda -lik (baʼzi hollarda -chilik) qoʻshimchasi yordamida hosil boʻladi.

SMM-menejer kasbi ❌
SMM-menejerlik kasbi ✅

Oʻqituvchi kasbi ❌
Oʻqituvchilik kasbi ✅

Zargar kasbi ❌
Zargarlik kasbi ✅

Arxitektor kasbi ❌
Arxitektura kasbi ✅
Meʼmorchilik kasbi ✅

Dizayn kasbi ❌
Dizayner kasbi ❌
Dizaynerlik kasbi ✅

@xatoliklar_lotin

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Kun_hikmati
#Kun_savoli
#Izohli_lugat

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Ona_tilim

💫O'z tilingni bugun asray olmasang, ertaga o'zligingni ham boy berasan!

Kanalga ulanish
👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Jarayon

🔅Nishon tumanida "Reklama to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi yuzasidan nazorat tadbirlari tashkil qilindi.

🔅Nishon tumani ko‘chalarida joylashgan xizmat ko‘rsatish va savdo shoxobchalarining nomlanishi, joylashtirilgan reklama vositalari va qurilmalarining “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni talablariga mosligi o‘rganildi.

🔅"Reklama to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi yuzasidan Nishon hokimligi ishchi guruhi tomonidan hududdagi tashqi targ‘ibot vositalari va tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan tashqi reklamalarni monitoring qilindi.

O.Abdurahmonova
Nishon tuman hokimining maslahatchisi

Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#bilib_oling

🔰Taniqli shoir Eshqobil Shukur “SO'QOQ” so‘zining kelib chiqish tarixi haqida hikoya qiladi.

📺"Bobo so‘z"

Kanalga ulanish
👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#bilib_oling

Dakki nima?

✔️Oʻrinsiz, nojoʻya ish, xatti-harakat uchun aytilgan qattiq tanbeh, taʼzir, koyishdir.
Qizigʻi shundaki, manbalar bu soʻzning tarixini hind tilidagi zarb, turtki, iztirob maʼnosidagi dhakka soʻziga olib boradi.

✔️Buni "dakki eshitmoq", "dakki yemoq" iboralarida koʻp eshitganmiz. Yoshligimizda bobolarimiz, ustozlarimiz bizga dars berishlari bilan bir qatorda dakki ham berishgan. Shunday maqol bor: Chakki yursang, dakki yersan.

shevashunos
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…
Subscribe to a channel