#Maqola
🔰Askar maktubi – harbiyning ko‘ngil oynasi
🔰Maʼlumki, “maktub” soʻzi oʻzbek tiliga arab tilidan kirib kelgan boʻlib, “yozilgan”, “xat”, “noma” maʼnolarini bildiradi. Biroq ilk maktublar aynan qaysi yil yoki asrda paydo boʻlgani haqida aniq bir toʻxtamga kelish mushkul. Shunisi aniqki, azal-azaldan odam nasli keyingi avlodlariga oʻzidan qandaydir nishona, xabar qoldirmoqni istab yashagan. Oʻsimlik poʻstlogʻi, daraxt yaprogʻi, keyin-keyin jonivorlar terisiga yozila boshlagan maktublar shu yoʻsinda rivojlanish bosqichini bosib oʻtgan.
🔰Maktub - yarim diydor, koʻngil oynasi, deb bejiz aytilmagan. Turli sabablar tufayli kimningdir oʻziga aytishga botina olmagan gaplaringizni qogʻozda emin-erkin ifoda etishingiz mumkin.
🔰Yoshlarning harbiy xizmatda boʻlgan qarindoshlari boʻlmasa, bunday xatlarni oʻz doʻstlariga yoki ommaviy manzilga — vzvod, rota va boshqa harbiy boʻlinmalarga yozishlari mumkin.
✍Naibaxon Mamadaliyeva,
filologiya fanlari doktori
👉Maqolani_o‘qish
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
SENATORLAR LOTIN ALIFBOSI BO‘YICHA MALAKA OSHIRISHNI BOSHLADILAR
"O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING LOTIN YOZUVIGA ASOSLANGAN O‘ZBEK ALIFBOSIGA BOSQICHMA-BOSQICH TO‘LIQ O‘TISHNI TA’MINLASH CHORA-TADBIRLARI TO’G‘RISIDA" gi 61-son qarori ijrosi asosida Oliy Majlis Senati (yuqori palata) senatorlari, mas'ul xodimlaridan iborat guruh lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi, "O‘zbek adabiy tili me'yorlari va Davlat tilida ish yuritish" kursi bo‘yicha malaka oshirishni boshladilar.
Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
#Nodir_ovozlar
“Nodir ovozlar” loyihasining 119-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. "O‘zbekiston armiyasi" she'ri. Anvar Mirzo
2. "O‘zbekiston" qo‘shig‘i. Yulduz Usmonova
3. "Odamiylik qissasi" asari. Mirzakalon Ismoiliy
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Vaqf pullariga maktablar qurib, bepul ta’lim va muallimlarga ilk bor yillik maosh berishni joriy etgan. Amir Olimxonning ta’lim sohasidagi islohotlari
Buxoro amiri Sayyid Olimxon hukmronligining dastlabki kunlaridanoq xalqning shikoyatlari va takliflaridan xabardor bo‘lib borish maqsadida Arkning kirish darvozasi yonida shikoyatlar qutisi tashkil qilgan edi. Ammo bu yetarlicha natija bermagach, har juma kuni Masjidi Kalonga peshin namozini o‘qishga borish hamda qaytish paytida xalqning arzlari yozilgan xatlarni shaxsan qabul qilgan.
Oʻz: http://oyina.uz/uz/article/1322
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
#Nodir_ovozlar
“Nodir ovozlar” loyihasining 118-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. "Toparman" she'ri. Iqbol Mirzo
2. "Tanho" qo‘shig‘i. Anvar Sanayev
3. "Odamiylik qissasi" asari. Mirzakalon Ismoiliy
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
#jarayon
✅DAVLAT TILIDA ISH YURITISH – DAVR TALABI
💠Muborak tumani Statistika bo'limida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qarorining ijrosini o’rganildi.
💠Tuman hokimi maslahatchisi H.Elov hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo'linmasi rahbari F.Shirinov bilan birga davlat tilida ish yuritishning holati, ichki targ‘ibot vositalari va ish yuritish hujjatlarining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo’lishi hamda ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha ko'rsatmalar berdi.
💠 Bu kabi nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
#Yangi_kitoblar_taqdimoti
🔰 Vаzirlаr Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti tashabbusi bilan
🔰 O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan chop etilgan
📚 “Ona tilim – mangu makonim”
📚 “O‘zbekiston joy nomlarining izohli lug‘ati”
📚 “Davlat tilida ish yuritish” kitob va qo‘llanmalari
🔰 Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga taqdim etildi.
📚 Qo‘mita xodimlari orasida ushbu kitoblar taqdimoti o‘tkazildi.
👉 /channel/ACRU_Davlat_tili
Til – millat ko‘zgusi
✅Koson tuman hokimining maslahatchisi M.Hayitova 85-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, jamoa bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha muloqot qildi.
✅Barcha tashkilotlarda ish qog‘ozlari, turli blankalar, ish yuritish va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish to‘liq lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosida bo‘lishini ta’minlash hamda so‘nggi yillarda mamlakatimizda o‘zbek tilini rivojlantirish, uning hayotimizdagi o‘rni va ta’sirini oshirish borasida chiqarilgan qaror hamda farmonlar yuzasidan o‘qituvchilar bilan suhbatlashildi. Krill alifbosidagi ko‘rgazmalar, uchragan ba'zi xatoliklar yuzasidan ogohlantirish berildi.
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Taqdimot #MTRK
📚Kitoblar taqdimoti!
📺 O‘zbekiston_24
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Qish lug’ati
Ayoz – Bu so’z ham turkiy tillarga oid so’z sanaladi. Odatda quruq sovuq , achchiq sovuq uchun ishlatiladi. Bu so’zning tagi qadimgi turkiy tilda ham uchraydigan va “ochiq ko’k yuzi, osmon” ma’nolarini bildiradigan so’zga borib taqaladi.
Ayoz, o'tgan kuningni unutma,
Xom chorig'ingni quritma.
Buyug’ /Buyuq/ – qattiq sovuq. Bu ot qadimgi turkiy tilda “sovuqdan qotib o’lib qolmoq” ma’nosidagi bud- fe’lidan yasalgan so’zdir. Buyuq so’zi shevalarimizda ishlatilib kelinadi. Farg’onada, Qo’qon atrofida bu so’zni ko’p eshitganman. Odatda issiqroq havoda qavat-qavat qalin kiyinib olgan odamga e’tiroz ohangida : “Namuncha qalin kiyinib olibsan? Buyug’da qolganmisan?” deyiladi. Bud- so’zi Mahmud Qoshg’ariyning Devonida uch o’rinda keladi. Devonda shunday o’rnak bor: “Er tumlugqa budtı”- Odam sovuqdan qotib qoldi va o’ldi.
Bulduruq - Ayozli, sovuq kunlarda yoki tuman paytlarida nam havo zarralarining muzlashi natijasida hosil boʻladigan mayda qattiq qor; qirov.
Izg’irin - “sovuqqa shiddat bilan yo’naluvchi shamol” ma’nosida ishlatiladi. Bu ot izg’ir- feliga –ın qo’shimchasini qo’shish bilan yasalgan. Umuman olganda sovuq shamol desa bo’ladi.
Qahraton – bu so’z juda ham shiddatli sovuq ma’nosini bildirib, doim “qahraton qish, qahraton sovuq” birikmalari bilan ko’rinadi.
Qirov – sovuq havo natijasida paydo bo’lgan oppoq qorsimon zarralar. Bu so’z ham Devonda kıragu shaklida uchramoqda. G’ undoshining v ga o’zgarishi natijasida so’z “qirov qıråv” ga aylangan
Tuman - atmosferaning quyi qatlamlarida yuzaga keladigan mayda suv zarralari. Qadimgi turkiy tilda ham bu so’z xuddi shunday tuman shaklida bo’lgan.
Tumov - burundan suv yoki nazla oqish kasalligidir. Umuman olganda burundan suyuqlik oqishidir. Bu so’z Mahmud Qoshg’ariyning “Devoni Lug’ati’t turk” asarida tumagu shaklida keladi. G’ undoshining v ga o’zgarishi natijasida so’z “tumov tumåv” ga aylangan (qadimgi turkiy tildagi buzagu- buzåv kabi).
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
#Kun_hikmati
#Kun_savoli
#Izohli_lugat
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Nodir_ovozlar
“Nodir ovozlar” loyihasining 116-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. Mirtemir she'rlari
2. "Parvona" qo‘shig‘i. Abdulla Shomag‘rupov
3. "Odamiylik qissasi" asari. Mirzakalon Ismoiliy
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Kun_hikmati
#Kun_savoli
#Izohli_lugat
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#jarayon
📌REKLAMALAR SOF O'ZBEK TILIDA VA IMLO XATOLARDAN HOLI BO'LSIN!
🔹Ilm-fan, texnika shiddat bilan rivojlanayotgan davrda ona tilimiz sofligini saqlash, joylarga nom tanlashda ma’naviyatimiz va mentalitetimizga xos o‘zbekcha nomlar berish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridandir.
🔸Bugun tilimizga kirib kelayotgan yangi atamalarni o'zbekcha muqobillarini yaratish, оna tilimiz bilan bog'liq og'riqli nuqtalarimizni hal qilish ishiga barchamiz mas'ulmiz.
🔹Shu maqsadda ishchi guruh markaziy ko'chalar bo'ylab savdo do‘konlari va maishiy xizmat uylarining yozuvlarini monitoringdan o'tkazishdi.
⚠️O'zgartirish bo'yicha ishchi guruh tomonidan muhlat belgilandi.
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Taqdimot
📘O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
📚Oʻzbek tili rivoji uchun nashr etilgan “Oʻzbekiston joy nomlarining izohli lug'ati”, “Davlat tilida ish yuritish”, “Ona tilim-mangu makonim” "Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug'ati" kitoblarining taqdimoti oʻtkazildi.
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
🔰“O‘ztransgaz” AJ boshqaruv apparatida, “Vatanimga tayanchman” mavzusida vatanparvarlik soati o‘tkazildi.
🫡“Vatanimga tayanchman” mavzusida o‘tkazilgan vatanparvarlik soatida, Jamiyat xodimlariga, Armiyamizning tarixi, Qurolli Kuchlarning rivojlanish strategiyasi, Yangi O‘zbekiston armiyasi oldida turgan ustuvor vazifalar to‘g‘risida, zamonaviy Slaydlar asosida tushunchalar berildi.
✨Shuningdek, tadbirda keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining boshchiligida milliy armiyamizni isloh qilish bo‘yicha chuqur o‘ylangan va uzoq muddatga mo‘ljallangan, Strategiya va Milliy xavfsizlik konsepsiyasi hamda Mudofaa doktrinasi asosida qator islohotlar amalga oshirilganligi ta’kidlab otildi. Bundan tashqari, tadbir doirasida barcha xodimlar “14-yanvar-Vatan himoyachilari kuni” bilan tabriklandi hamda ularga sovg‘alar topshirildi.
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
#bilib_oling
"ZONTIK" so‘zining maʼnosini bilasizmi?
Taniqli shoir Eshqobil Shukur ushbu so‘zning kelib chiqish tarixi haqida hikoya qiladi.
📺 "Bobo so‘z"
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
#chaqchaqlashaylik
OʻZIMIZNING “AYVA”
Besh jildli Oʻzbek tilining izohli lugʻatida (Toshkent, 2006-yil, 1-jild, 249-bet) behi olmasimon xushboʻy meva boʻlib, asli forscha soʻz ekani aytilgan.
Qiziq, hamma narsa nuqul “xorij (iy til) dan kirib kelaverar ekan-da, a? Masalan, shu oddiy mevalar ham?
Yo ota-bobolarimiz behi yemaganmi?
Yoʻq, manbalarga qarasak, bu “taʼna”larimiz oʻrinsizligi maʼlum boʻladi.
Mahmud Qoshgʻariyning “Devonu logʻotit-turk” asarida keltirilishicha, eski oʻzbek (qadimgi turk) tilida behi “AVIYA” deb atalgan.
Bu hozirgi oʻris tilidagi “AYVA” (BEHI) soʻzining oʻzginasi boʻlib, 18-asrda turkiy tildan oʻrischaga oʻzlashgan va dissimilyatsiya natijasida bugungi shaklini olgan.
Dalil: “AYVA – ot tyurk. ajva, yujnoye derevo i yego plod. (M.N.Sviridova. “Etimologicheskiy slovar sovremennogo russkogo yazыka”, Maskov, 2014, 15-bet).
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Tavsifnoma va tavsiyanoma: farqi nimada?
Koʻpincha bu ikki hujjat koʻrik-tanlovlar, musobaqalar, reytinglar uchun tayyorlanadi. Ularning bir-biridan farqi bor. “Davlat tilida ish yuritish” kitobiga yuzlanamiz.
Tavsifnoma – maʼlum bir shaxsning mehnat va ijtimoiy faoliyati, shuningdek, uning oʻziga xos xislat va fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjat.
Tavsiyanoma – biror shaxsni maʼlum lavozimga yoki turli tashkilotlarga aʼzo boʻlishi, biror mukofotga sazovor boʻlishi, koʻrik-tanlovda qatnashishi uchun tavsiya etish maqsadida tuziladigan rasmiy hujjat.
Ikkovining chatishma shakli ham bor – tavsifiy tavsiyanoma. U tavsifnoma boʻladi, faqat hujjat oxiridan tavsiya mazmunidagi jumla ham oʻrin oladi.
Tavsifnoma va tavsiyanomalarda maʼlumotlar uchinchi shaxs tilidan yoziladi.
Yuqorida tilga olingan kitobda tavsifnoma muassasa maʼmuriyati yoki jamoat tashkilotlari nomidan yozilishi koʻrsatilgan. Bunday hujjatga shu tashkilotlarning rahbar va mutasaddilari imzo chekadi. Biroq amaliyotda tashkilot nomidan emas, shaxs nomidan yozilgan tavsifnomalar ham uchraydi.
Tavsifnomada shaxsning mehnat faoliyati, shaxsiy xususiyat va fazilatlari va shularga koʻra xulosa beriladi.
Tavsiyanoma tashkilot nomidan ham, alohida shaxs nomidan ham berilishi mumkin. Tavsiyanoma matnida tavsiya qilinayotgan shaxsning xususiyatlari va u egallaydigan lavozim, oladigan mukofotga munosibligiga ishonch bildiriladi.
Tavsiyanoma tavsifnomaga oʻxshab ketadi, shu sababli ularning koʻpchiligi tavsifiy tavsiyanoma shaklida boʻladi. Yuqoridagi qoʻllanmaga koʻra, ular orasidagi asosiy farq bunday: tavsifnomalarda shaxsning barcha ijobiy, salbiy xususiyatlari qayd qilinadi. Tavsiyanomalarda esa uning ijobiy xususiyatlari koʻrsatilishi bilan birga, keyinchalik uning zimmasiga yuklatiladigan vazifani bajara olishiga ishonch bildiriladi va tavsiya etiladi.
Lekin men shu paytgacha kishining salbiy xususiyatlari koʻrsatilgan tavsifnomani koʻrmaganman 🙃.
Tavsifnoma biroz kengroq, hajman kattaroq boʻladi. Tavsiyanoma esa hajman kichikroq, unda mavzuga bevosita aloqador muhim jihatlargina sanab oʻtiladi. Tavsifnomada biror mukofot yoki lavozimga tavsiya qilish haqida gap boʻlmaydi.
Mukofotlar uchun tavsiyanoma oʻrniga taqdimnoma ham berilishi mumkin. U ham shakl va mazmun jihatidan tavsiyanomadek boʻladi.
Manba: 👉 @oriftolib
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#bilasizmi
Mevalarning bandi, ya’ni “dumcha” si “SAVAQ” deb yuritiladi. Olma savag‘idan uzilar (Maqol).
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
#Nodir_ovozlar
“Nodir ovozlar” loyihasining 117-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. "Gələcəyə səyahət" ("Kelajakka sayohat") she'ri. Ozarbayjon xalq shoiri Rasul Mirzo
2. "Biz mehriban ailəyik" ("Biz mehribon oilamiz") qo‘shig‘i. O‘zbekiston va Ozarbayjon xalq artisti Nasiba Abdullayeva
3. "Odamiylik qissasi" asari. Mirzakalon Ismoiliy
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Taqdimot
🔰Yangi kitoblar taqdimoti
✨Joriy yilning 10-yanvar kuni Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida “Ona tilim – mangu makonim”, “Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug‘ati”, “O‘zbekiston joy nomlarining izohli lug‘ati” nomli kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
🔅Taqdimot Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, FA va Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
💫Tadbirda Qo‘mita va jamg‘arma mutasaddi xodimlari, yurtimizda faoliyat yuritayotgan milliy madaniy markazlar raislari va faollari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
👉Batafsil
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
🖇 Zarafshon shahri Konchilar mahallasi hududida faoliyat koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasining “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonuni, xususan, 6-moddasi ijrosi, reklama tili davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida, imlo qoidalari asosida yozilishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
❗️Shahar hokimligi, investitsiya va va tashqi savdo boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida 10 dan ortiq tadbirkorlarga kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar va ogohlantirishlar berildi.
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Seminar
🔰Qonunning mustahkamligi qonun tilining mukammaligidadir
🔰Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan aynan ushbu qaror mazmun-mohiyatini ochib berishga bagʻishlangan “Normativ-huquqiy hujjat loyihalarini lingvistik ekspertizasi” mavzusida seminar tashkil etildi.
🔰Til qonunning asosiy tamoyili, uning organizmi, bir-biri bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan koʻp narsalardan leksik birliklar – qonun ijodkorlarining hech bir inkorsiz va aniq ifodalaydigan soʻzlari hisoblanadi.
👉Batafsil
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#oʻzbekchasi_bor
Oʻz tilingizni qanchalik yaxshi bilasiz?
Marhamat, bilimingizni sinab koʻring: javobni yashirin jumlani ochishdan oldin topishga harakat qiling.
«Гепард» oʻzbek tilida chita deyiladi.
👉 @mening_tilim
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#oʻzbekchasi_bor
Oʻz tilingizni qanchalik yaxshi bilasiz?
Marhamat, bilimingizni sinab koʻring: javobni yashirin jumlani ochishdan oldin topishga harakat qiling.
«Диагностика» oʻzbek tilida «Tashxisot» deyiladi.
👉 @mening_tilim
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Ona_tilim
⚠️O‘zbek tilidan sof holda foydalanaylik!
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Ona_tilim
🔰Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazining O‘zbek tili kursi tinglovchilaridan yangi yil tabrigi!
Kanalga ulanish 👉 /channel/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook