dunya_di | Unsorted

Telegram-канал dunya_di - Dun'ya_Di🍃

-

( لَا تَحۡزَنۡ اِنَّ اللّٰهَ مَعَنَا ) ,, Mahzun bo‘lmang Alloh biz bilan ‘‘ ( Qur’oni Karim Tavba surasi 40-oyat ) Rek uchun murojat: https://t.me/dunya_di_reklama1 ❗Shahsiy mavzularda javob berilmaydi

Subscribe to a channel

Dun'ya_Di🍃

Seni xursand qilmasa ham, boshingga kelgan har narsa sen uchun eng xayrlisidir..

@dunya_di🕊

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Mumkinmi nafas olsam?..
Hatto nafasimni ham g'iybat qilasiz..

@dunya_di🕊

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Ramazonning Uchinchi Jumasi ahli musilmonga muborak bo'lsin!
ushbu kunda Rasuli Akram Muhammad salallohu alayhi vasallamga salavot aytishni unutmang yaxshilarim!
Rasululloh salallohu alayhi vasallam: "Menga Juma kuni ko'p salavot aytinglar, chunki menga har juma ummatimning menga aytgan salavoti ro'baro' qilinadi. Kim menga ko'p salavot aytgan bo'lsa, (qiyomatda) menga eng yaqinlardan bo'ladi" - deganlar
(Bayhaqiy "Sunanul kubro" da rivoyat qilingan)

Allohumma salli ala sayyidina Muhammad
Allohumma salli ala sayyidina Muhammad
Allohumma salli ala sayyidina Muhammad
📿

@dunya_di🕊

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Ko‘ngil ko‘ngilga payvand bo‘lmaydi..
Gar ko‘ngillar Alloh demasa..

@dunya_di🕊

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Sizga kimman bilmadim..

Ammo Robbimga suyukli bandaman..

@dunya_di🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Тескари ҳақиқатлар...

1. Қалбингда пулга бўлган муҳаббат пасайгани сари — пул сенга кўпроқ муҳаббат қўйишни бошлайди.
2. Қизлардан ўзингни олиб қочганинг сари — уларнинг сенга интилиши кучайиб боради.
3. Илминг ошгани сари — оғриғинг ҳам катталашиб боради.
4. Шариат қонун-қоидаларини ўрганганинг сари — ҳаётинг оғирлашмайди, аксинча, енгиллашиб бораверади.
5. Ўзингни камтар тутганинг сари — ҳайбатинг ошиб бораверади.
6. Аллоҳдан қўрққанинг сари — унга яқинлашиб бораверасан.
7. Эҳсон қилганинг сари — пулинг кўпайиб кетаверади.
8. Илмингни улашганинг сари — илминг кўпайиб бораверади.
9. Ўз айбларингни тан олганинг сари — ўзингга бўлган ишонч ортиб бораверади...

@dunya_di🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Menga turmushga chiqing.
– Men sizni sevmayman.
– Unda seving.
– Men nikohdan keyin sevaman.
– Unda menga turmushga chiqing.
– Men sizni sevmayman.

#Tabassum #oila_qurish

@dunya_di🌿

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Koshki barcha ishqlar ro'za kabi goʻzal boʻlsa..
Sevishni niyat qilsak , sabrda qatʼiy tursak va soʻngida iftor kabi yetishsak..

@dunya_di🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Shayx Solih Al-Usaymin hafizahulloh aytganlar :

يجب على الصائم أن يتعلم أحكام الصيام قبل دخوله لئلا يفسد عبادته من حيث لا يشعر؛ فإن كل ما وجب العمل به فتقدّم العلم عليه واجب.

Ro'za tutgan kishi ibodatini o'zi sezmagan holda buzmaslik uchun ro'za tutishdan oldin ro'zaga boğliq hukmlarni o'rganishi kerak. Agar biron bir amalni bajarish zarur bo'lsa, unda birinchi navbatda bu haqidagi ilimga ega bo'lish zarur..

@dunya_di🍂

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

#eslatdim.. 🙂

🌈 Istig'forning ajoyibotlaridan...

🍃 Ko‘ngil rohatini xohlaysizmi? Istig‘for ayting!

🍃 Yurak shodligini xohlaysizmi? Istig‘for ayting!

🍃 Qalb hotirjamligini xohlaysizmi? Istig‘for ayting!

🍃 Badan salomatligini xohlaysizmi? Istig‘for ayting!

🍃 Balo-ofatlarni daf qilishni xohlaysizmi? Istig‘for ayting!

🍃 Fitnalardan omonlik xohlaysizmi? Istig‘for ayting!

🍃 Solih farzand xohlaysizmi? Istig‘for ayting!

🍃 Halol mol-mulk (boylik) xohlaysizmi? Istig‘for ayting!

🍃 Keng rizq xohlaysizmi? Istig‘for ayting!

🍃 Ajr-hasanotlarning ziyoda bo‘lishini xohlaysizmi? Istig‘for ayting!

🍃 Yomonliklarni o‘chirishni xohlaysizmi? Istig‘for ayting!!!.

📿 Astag'firulloha va atubu ilayh

❗Yaqin insonlaringizga birinchilaridan bo`lib tarqating

Barchangizdan Alloh rozi bo`lsin

@dunya_di🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Banda yolg'izlikda va ayriliqda sinov qilinadi, toki yurak Allohdan o'zga taskin topmagunga qadar🤎

#ترجمي

@dunya_di 🕊

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Birkun shunday joy topaman..
U yerda faqat men va mening ibodatlarim bo’ladi..

@dunya_di🕊

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Dunyonizni chiroyli qiladiganlarni qidirishda vaqtni behuda o'tkazmang, aksincha oxiratingizni chiroyli qiladiganlarni qidiring..

@dunya_di🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Namozni kimlar oʻqimaydi?
1-Kofirlar oʻqimaydi
2-Oʻlganlar oʻqimaydi
3-Jinnilar oʻqimaydi
4-Hayvonlar oʻqimaydi
5-Balogʻatga yetmagan bolachalar oʻqimaydi.
Endi siz namoz oʻqimaganlardan qaysi biri boʻlganingizga qaror bering.

“(Har bir narsada) Unga qaytuvchi boʻlaroq, Unga taqvo qiling, namozni toʻkis ado eting va mushriklardan boʻlmang”

(Rum surasi, 31-oyat)

@dunya_di🕊

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

MO’MINA AYOLLAR IBRATI

Islom dinida insonlarning insonlardan farqi, faqat Allohga itoati, doimiy toati, taqvosi bilan belgilanadi. Alloh aytadi: "Albatta sizlarning Alloh nazdidagi eng hurmatlirog‘ingiz taqvodorrog‘ingizdir"
(Hujurot surasi, 13-oyat).
Ayollarning yaxshisi, e’tiborlisi esa erlariga itoatda bo‘luvchi mo‘mina ayollardir. Qur’oni karimda marhamat etilgan: "Bas, ibodat-itoatli va (erlari) yo‘qligida Allohning hifzu himoyasi bilan (erlarining mol-mulklarini va o‘z iffatlarini) saqlovchi xotinlar - yaxshi xotinlardir."
(Niso surasi, 34-oyat)

@dunya_di🕊

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Sizlar yomon ko‘rgan ishda Alloh ko‘p yaxshilikni joylab qo‘ygan bo‘lishi mumkin.
(Niso surasi: 19-oyat)

Hasan Basriy bunday deydi: Boshingizga tushgan falokatlardan, baloyu-ofatlardan nafratlanmang. Balki siz nafratlangan ishda najotingiz, o’zingizga ravo ko’rgan ishda halokatingiz yashiringandir.

📚 Shifaʼu Alaliyl

@dunya_di🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Bir yigit:
Xozirgi zamonda iboli qizlar qolmagan, dedi..
Unga javoban bir qiz:
Singlingizga sovchi kelganda ularga ham shu gapni aytishni unutmang, dedi..

@dunya_di🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Ajoyib go'zal nasheed..
Nasheed : Tala al Badru..

Payg'ambarimiz Muhammad salallohu alayhi vassallam Makkadan Madinaga hijrat qilganlarida Madinadagi musulmonlar payg'ambarimizni shu nashidani kuylab qarshi olganlar ALLOH rozi bo'lsin..

@dunya_di🕊

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

DIQQAT SAVOL ‼️

QAYSI XAYVON RO’ZA KUNIDA ODAM SINGARI RO’ZA TUTADI 😳

BILMASANGIZ BILIB OLING QIZIQ SAVOL 🤔
TOG’RI JAVOBNI TOPING
👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deganlar: “Kimki yurakdan “La ilaha illalloh” degan bo‘lsa va uning yuragida bug‘doy donasicha yaxshilik (iymon) bor bo‘lsa, do‘zaxdan chiqqusidir”. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam deganlar: “Iymon uchun yaxshi joy ato qilinmishdir (ya’ni, iymonning o‘rni do‘zaxda emas, jannatdadir)”

"Al-jome' as-sahih" kitobidan

@dunya_di💫

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Кибрнинг тури ҳам уч хилдир. Булар:

1.
Аллоҳ таолога кибр қилиш.

   Бу энг ёмон кибрдир. Бу ҳолат Фиръавн ва Намруднинг кибрига ўхшаш бўлиб, Аллоҳ таолога банда бўлишдан ўзини олиб қочишдир. Фиръавн қавмига нидо қилиб, “Мен сизларнинг энг улуғ раббингизман”, деган эди (Нозиот сураси, 24-оят). 
Фиръавн Аллоҳга банда эканини тан олмади, ўзини илоҳ деб эълон қилди, кибру ҳавога берилди. Унинг оқибати денгизда ғарқ бўлиш билан тугади.

2.
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламга кибр қилиш.

   Бу ҳолат Макка кофирларига ўхшаб Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламга бўйсунишдан жоҳиллик ва саркашлик ила кибр қилишдан иборат. 
Мушриклар ва кофирларнинг пайғамбарларга имон келтирмасликларига анбиёларнинг оддий инсон боласи эканлари, худди бошқа одамлар каби еб-ичиб, бозорларда юришлари сабаб қилиб келтирилганди. Гўё пайғамбар бу ишларни қилмаслиги керакдек. Аслида Аллоҳ таоло инсониятни тўғри йўлга бошлаш учун одамлар ичидан энг пок инсонларни пайғамбарлик учун танлади.

3.
Бандаларга кибр қилиш.

   Бу ўзини бошқалардан устун қўйиб, ўзгаларга ҳақорат назари билан қарашдан иборат. Одамлар бир-бирига кибр қилишларига илм, ибодат, насал-насаб, ҳусн, бойлик, мартаба ва шу кабилар сабаб бўлади.
Одилхон қори Юнусхон ўғли

@dunya_di🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

To’satdan kelsa yoningga Azroil.
Tayyormisan aytchi do’stim qabrga?

Olib ketadigan nimang bor?
Amalingdan boshqa.

Yaqinlaring tikadilar kafaningni tomchi-tomchi yosh ila. Minib olasan tahtadan bir otga.

So’ngra kirasan qopqorong’u qora tuproqga. Tayyormisan aytchi do’stim Munkar va Nakirga?

Dunyo nomli bu olamga kimlar kelib ketdi? Sendan kuchli podshohlar va sultonlar.

Xech biri o’zi bilan birga boylik olib ketolmadi. Dunyoga ega bo’lolmadi.

Allah’ni unutganlar, boylikga ko’milganlar. Kibru havo ila yurganlar, shirin-shakar yeganlar, turli xil kiyinganlar va tilla taxtda o’tirganlar tuproq tagiga kirdilar.

Allah’ga ishonganlar, iymondan boshqa boylikga ega bo’lmaganlar.

Allah yo’lida jon berganlar, Allah uchun yashaganlar.

Qur’anni qalbining bahori qilganlar. Namaz ne’matidan kechmaganlar.

Harom sevgidan ko’ra, halol yolg’izlikni tanlaganlar.

Otam onam sizga fido bo’lsin Ya HabibAllah deganlar.

Allah’dan umid uzmaganlar. Unga qalbdan bog’langanlar.

Payg’ambarlar, Siddiqlar, Shahidlar, dunyoning rangiga aldanmagan Mo’minlar Jannat tamon ketdilar.

Allah tamon ketdilar! Rasul tamon ketdilar.

Bu dunyo shunday g’arip xondir.
Lekin sabr qil imtixondir..

@dunya_di🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Nafs haqida ta'sirli hikoya

❗Yaqin insonlaringizga birinchilaridan bo`lib tarqating

Barchangizdan Alloh rozi bo`lsin

@dunya_di🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

OLIMNING QALB SO‘ZLARI

Bundan bir necha yillar avval Muhammad Said Ramazon Butiy zavjalarining vafotlaridan so‘ng, o‘zlarining «Minal fikri va-al qalb» deb nomlangan kitoblarida juda ham ta’sirli gaplarni yozib qoldirgan ekanlar. Sizlarning e’tiboringizga ushbu parchani keltirib o‘tishni istadim:

«Ey Amira, sen yorug‘ dunyoni tark etganingdan keyin ham quyosh avvalgidek o‘zining joyidan chiqyapti. Sen bilan men Payg‘ambar alayhissalomning hadislari haqida so‘zlashib o‘tiradigan uyimizning darchasidan o‘sha yorug‘lik haliyam tushyapti. Biz yoz vaqtida salqin izlab chiqib anorning soyasida o‘tirardik, o‘sha anor bu yil ham meva qildi. O‘sha sen bilan men taniydigan odamlar hali ham bizning uyimizga kelib-ketib turibdi.

Sen bilan qarindosh bo‘lgan odamlarning hammasi sen vafot qilganingdan keyin uy-uyiga qaytib ketdi-yu, illo men o‘zim g‘arib bo‘lib qoldim. Sening qoshu kamoningdan ko‘ra go‘zalroq qoshu kamonlarni ko‘rdim. Sendan ko‘ra chiroyliroq ayollar dunyoda borligi ham rost. Illo, men tahajjudga turib ibodat qilganimda, orqamda turib omin deyishlaringni sog‘indim.

Qur’on o‘qiganimda orqamda yig‘lab tinglashlaringni sog‘indim. Senday ayolni endi men topolmayman deb qo‘rqaman. Sen qachon gap boshlasang, gapning avvalida «Ilohim oxiratda ham ismingiz shunday bo‘lsin derding (Said degani baxtli degani), shu gaplaringni sog‘indim. Ilohim oxiratda ham ismingiz Said bo‘lsin deyishdan hech qachon erinmasligingni sog‘indim...».

Subhanalloh, Alloh bu ikki muborak zotlarni jannatlarda qayta topishishlarini nasib etsin. Darajotlarini yuqori qilgan bo‘lsin. Robbim bizlarni ham ularning kabi mazmunli xayot kechirishimizni va bizlarga ham shunday go‘zal juftlarni taqdir etib, O‘zi ta’minlagan bo‘lsin.
@dunya_di🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Hayotda qanday yashamoqdasiz..?

🌱 – Umidsizlikka tushmang... Umidsizlik Allohning rahmatiga noshukrlik bo‘ladi.

🌱 – Gʻazablanmang...
Gʻazab fazilatlarni barbod qiladi.

🌱 – Kek saqlamang...
Kek saqlash hayotning go‘zalligini o‘chirib yuboradi.

🌱 – Mahzun bo‘lmang...
Mahzunlik jismga ham, asabga ham talofat yetkazib, chidab bo‘lmas g‘am-g‘ussaga giriftor qiladi.

🌱 – Zamonlar tasarrufi Allohning qazo va qadar saltanati ostida ekanini unutmang...

🌱– Atrofingdagi voqealarga beparvo bo‘lmang... Boshqalarga samimiy hamdard bo‘lish – insoniy xususiyatlardandir.

🌱 – Hargiz xudbin bo‘la ko‘rmang...
Boshqalarga yaxshilikni ravo ko‘rish (iysor) insoniy fazilatlarning eng go‘zalidir.

🌱 – Qo‘lga kirita olmagan narsangizga mahzun bo‘lmang...
Agar u peshonangga yozilgan bo‘lsa, nasib qilaveradi.

📿«Bizga Alloh yozib qo‘ygan narsadan o‘zgasi zinhor yetmaydi» (Tavba surasi, 51-oyat)

❗Yaqin insonlaringizga birinchilaridan bo`lib tarqating

Barchangizdan Alloh rozi bo`lsin

@dunya_di🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

إِنَّ اللَّهَ يَغْفِرُ الذُّنُوبَ جَمِيعًا ۚ 

«Albatta Alloh (O’zi xohlagan bandalarining) barcha gunohlarini mag‘firat qilur». .

[39:53]

@dunya_di🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

@dunya_di🕊

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Agar bir qalbda nima borligini bilishni hohlasang, soʻzlariga eʼtibor qil..
Chunki til, sohibi hohlasa hohlamasa qalbida nima borligini oshkor qiladi..

Ibni Qoyyum Rohimahulloh..

@dunya_di🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Eng muhimi,Vaqtini siz bilan birga o'tkazishni chin dildan xoxlaydigan odam bilan o'tkazishdir..

@dunya_di

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Agar kimdir sizga doimo Allohni eslatib tursa, shuni bilingki, ularning sizga bo'lgan muhabbati haqiqiy..

@dunya_di🕊

Читать полностью…
Subscribe to a channel