dunya_di | Unsorted

Telegram-канал dunya_di - Dun'ya_Di🍃

-

( لَا تَحۡزَنۡ اِنَّ اللّٰهَ مَعَنَا ) ,, Mahzun bo‘lmang Alloh biz bilan ‘‘ ( Qur’oni Karim Tavba surasi 40-oyat ) Rek uchun murojat: https://t.me/dunya_di_reklama1 ❗Shahsiy mavzularda javob berilmaydi

Subscribe to a channel

Dun'ya_Di🍃

Bir ayol shayxdan so'radi:

- Hurmatli shayx, turmushga chiqishimdan oldin tez-tez ro'za tutardim va ko'p namoz o'qirdim va Qur'on o'qishdan zavqlanar edim ... va hozir esa Allohga itoat etishning rohatini yo'qotdim.

Shayx qarshi savol berdi:

- Yaxshi ... Ayting-chi, eringizga qanday munosabatda bo'lasiz, unga qanchalik g'amxo'rsiz?

Ayol aytdi:

"Shayx, men sizdan Qur'on haqida, ro'za va namoz haqida, sizdan Allohga itoat etishning rohati haqida so'rayapman, siz esa mendan erim haqida so'rayapsiz , buni nima aloqasi bor?

Shayx dedi:

- Ha, singlim, bu to'g'ri.
Bilasizmi nega ba'zi ayollar iymonning halovatini sezmaydilar, nega ular Allohga itoat qilishdan zavq olishmaydi, nega ibodatining rohatini ko'rishmaydi?

Rasululloh ﷺ aytdilar :

ولا تَجدُ المرأة حلاوة الإيمان حتَّى تؤدِّي حقَّ زوجها

"Ayol erining haqini bajarmaguncha iymonning halovatini sezmaydi."

( Sahih at-Targib , 1939 )

Erning huquqlari qanday?

Xabar qilinishicha, Said ibn Musayyabning ayoli aytadilar:

ما كنَّا نُكلِّم أزواجَنَا إلَّا كما تُكلِّمون أمراءَكم

Biz erlarimiz bilan sizlar podshohlar bilan gaplashganday gaplashar edik .

( Hilyat al-avliyo, 5/168 )

Rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobiyalardan biridan so'radilar:
- Siz turmush qurganmisiz?

U javob berdi:
- Ha.

U ﷺ so'radi:
- Va unga nisbatan o'zingizni qanday tutasiz?

U javob berdi:
- Men unga bo'ysunishda hech qanday xato qilmayman.

Shunda Payg'ambarimiz ﷺ aytdilar:

فانظري أين أنت منه إنَّما هو جنَّتُك ونارُك

Unga qanday munosabatda bo'lganingizni qarang, chunki u sizning jannatingiz va jahannamingizdir.

( Sahih at-Targib, 1933 )

Ya'ni ayol eriga itoat qilib yo'ki jannatiy yo'ki jahannamiy bo'lishi mumkin. Va albatta bundan tushunilmaslik kerak-ki eriga itoat qilsa bo'ldi degan so'zni , avvalo Alloh va Rosuli ﷺga keyin turmush o'rtoğiga itoat qiladi.

@dunya_di🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Orzularimda yashashni nasib et Robbim..

@dunya_di🌿

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

⚡️"CHEKSIZ RIVOJ"⚡️

nomli 4⃣ bepul darsimiz boshlanmoqda

1⃣-kun 💸
Orzu, maqsad , rejalarni to‘g‘ri qo‘yish va tezlik bilan amalga oshirish mavzusi va Orzular olami amaliyotimizni birgalikda bajaramiz 💞✅

2⃣-kun 💸
O‘ziga bo‘lgan ishonch masalasida ma'lumotlar va "Ilohiy men " amaliyoti🔋

3⃣-kun 💸
Sayohatlar va sovg‘alarga ochilish suhbati hamda ✅
♻️Cheksiz imkoniyatlarim amaliyotini bajaramiz

4⃣-kun 💸
Eng kuchli pul amaliyotlari haqida ma'lumotlar beriladi✅
♻️Pullar pog‘onasidan ko'tarilish amaliyotini birgalikda bajaramiz

🥰Barchangizga rivojlanishlar sovg‘a 🎁qilmoqdamiz siz ham o‘zingiz va yaqinlaringizga ulashing💌

📌Amaliyotlarimiz
⏰soat 14:00 da bo‘lib o‘tadi✅
👇👇👇👇👇👇👇👇👇
/channel/Ps_Nilufar_Baxtiyorovna
👆👆👆👆👆👆👆👆👆

♻️Sizni cheksiz rivojlanishlar kutmoqda shoshiling 🏃🏻‍♀🏃🏻‍♀🏃🏻‍♀

Dastlabki 20 ta qo'shilgan odam uchun
♻️"O'zimga omadni jalb etaman" ♻️kitobi pdf shaklda sovg'a qilinadi✅

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

XITOYDEGI NARXLANI QARELA QIZLA😍

40 50 MING SÓMGA SHUNAQA ASAL KÓYLELANI ZAKAZ QILISHSHI ÓRGATAMAN🥰

BU KÒYLELA JUDA YENGIL BÓLADI, SHUNING UCHUN QÓRQMASELAYAM BÓLADI KARGOSI QIMMAT BÓB KETADI DIB👌

INTERNET MAGAZIN OCHIB USTIGA BEMALOL 3 4 BARAVAR QÓYIB SOTSELA BÓLADI, SHUNDAYAM BOZORDAN ARZONGA SOTASILA😉

BUNAQA IMKONIYATTI QÓLDAN BOY BERMELA, KURSGA TÓLAGAN PULILANI BITTA KIYIM SOTIB CHIQARVOLASILA HAM FOYDAGAYAM KIRASILA, SHU 50 100 MING PULLI USHAB ÓTIRGANILA BILAN ISHLATIB TASHASHILA MUMKUNU LEKIN KÓPAYMIDI😅

GURUPPAMGA QOʻSHILVOLILA👇

/channel/sobirjonova_biznes

/channel/sobirjonova_biznes

/channel/sobirjonova_biznes

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🔸 "Fotiha" surasi - Allohning qahridan saqlaydi.
🔸 "Yasin" surasi - Oxiratda chanqog‘ingizni qondiradi.
🔸 "Voqea" surasi - Kambag‘allikdan, ochlikdan saqlaydi.
🔸 "Mulk" surasi - Qabr azobidan saqlaydi.
🔸 "Ixlos" surasi - Ikkiyuzlamachi, yomonlardan saqlaydi.
🔸 "Falaq" surasi - Kulfatdan saqlaydi.
🔸 "Nas" surasi - Yomon hayollardan saqlaydi.
🔸 "Yusuf" surasi - Yurak siqilishi, mazlumlik, g‘am qayg‘uda foyda In Shaa Allah

@dunya_di🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Ya Robbim bu Juma shunday bir Juma bo’lsinki,
Avf tilagan avfsiz,shifo tilagan shifosiz,farzand tilagan farzandsiz,ofiyat tilagan ofiyatsiz,jannat so’ragan jannatsiz,hidoyat so’ragan hidoyatsiz,najot tilagan najotsiz,sabr so’ragan sabrsiz ,ilm tilagan ilimsiz qoldirilmasin!

Qaysi bandang qayerda nima talabida bo’lsa bu juma hurmatidan ularning duolarini qabul ayla!
Barcha musulmon ahliga rahmat eshiklaringni keng qilib och!
Hayrli murodbaxsh Jumalar❤️

JUMA MUBORAK❤️

@dunya_di🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

- Er ayolini yi'glagan holda ko'rib, unga: "Yiglama! Chunki, sen Allohning amonatisan. Alloh meni amonati ustida hisob-kitob qiladi" dedi.

Ayollarga yaxshilik qilinglar..🖤


@dunya_di🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Hasan Basriy aytdilar: Istig‘for aytadigan kishini Alloh azoblaydi deb o‘ylamayman..

- Nima uchun? deyishdi..

- Isig‘for aytishni uning ko‘ngliga kim soldi? dedi..

- Alloh, deyishdi..

- Qanday qilib o‘zi kechirim so‘rashga undab yana azoblashi mumkin?! dedi..


«Modomiki ular istig‘for aytar ekanlar, Alloh ularni azoblamas»..

(Anfol surasi 33 oyat)

@Dunya_Di

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

- Sen qaysi olmani xohlaysan?
- Eng kattasini.
- Sen odob saqlab, kichkinasini deyishing kerak edi.
- Odobli bo’lish uchun yolg’on gapirishim kerakmi?


@dunya_di🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Barchangizga Iydul fitr muborak bo'lsin..

@dunya_di🌿

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Kelishingdan ketishing tez bo’ldiku ramazon 🌙

@dunya_di🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

#Bismillah
#BizdaKonkurs💣💣💣

Ushbu sovrinlar sizniki bo'lishi mumkin.🤩
Konkurs hamma uchun va hamma o'zi uchun)🙃

1🥇 Hadis va hayot to'plam
2🥈 Oltin silsila - Sahihul Buxoriy to'plam
3🥉 Tafsiri hilol to'plam
4🏅 Odinaxon Muhammad Sodiq barcha kitoblari (9 ta)
5🏅 Odoblar xazinasi to'plam
6🏅 Islom tarixi to'plam
7🏅 100 ming so'mlik vaucher
8🏅 100 ming so'mlik vaucher
9🏅 100 ming so'mlik voucher
10🏅 100 ming so'mlik vaucher

Sovg'alarni yutib olish uchun quyidagi havolaga bosing:

http://t.me/alamiy_konkurs_bot?start=5780732216

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Ba’zan eng ko’p gaplashmoqchi bolgan insoning uchun mavzu topilmaydi, Ammo u bilan o’tkan sukut ham maroqli

@dunya_di🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

@dunya_di

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

#Laylatul_Qodr

25-kecha...

Uboda ibn Somit roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarga Qadr kechasi haqida xabar berish uchun chiqdilar. Shunda musulmonlardan ikki kishi nizolashib qoldi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Sizlarga xabar bergani chiqqan edim. Ammo falonchi va pistonchi nizolashib qolishdi. Shuning uchun uni to'qqizinchi, yettinchi va beshinchida izlanglar".
Buxoriy rivoyat qilgan.

Hadisda aytilgan uch kun Ramazon oyining oxirgi uch toq kechalaridir:

- 25-kecha;

- 27-kecha;

- 29-kecha.

Bu kechalarni - undagi ibodat, tilovat, zikr, istig'for, duolarni - g'animat bilaylik..

@dunya_di🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

VITEK энди Ўзбекистонда жуда арзон нархда! Қиш ва ёз мавсуми учун кондиционер!

Деворга ўрнатилади, хона ҳавосини тозалаб беради.

● Тўрт хил режимда ишлайди ✅
● Пульт орқали бошқарилади ✅
● 25-30 квадратни иситади ✅
● 1-2КВ (экономний) ✅
● Иситиши +40, совутиши зўр ✅

🇩🇪 Германия маҳсулоти.
📃 Гарантия 3 йил.

⚡️ Хозирда чегирма:
Эски нархи: 679 000 сўм
💸 Акция нархи: 349 000 сўм

✅ ФАҚАТГИНА 1 КУН ЧEГИРМА!

БУЮРТМА БEРИШ:👇
📞
+998913318151
+998913318151

🚚 ЕТКАЗИБ БEРИШ БОР! Тўлов қўлингизга олганда қиласиз.

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🌿Hayot xuddi bir kitobdir. Har kuni yangi sahifa... Bir sahifasi mahzun kechsa, keyingi sahifasi quvonchga toʻla.

🍃Shuning uchun ham xavotirlanmang! Hayot sahifalarini varoqlayvering-da, qiyinchilik baribir oʻtib ketishini biling va hech qachon taslim boʻlmang...

#moychechak_ifori

@Dunya_di🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🌿Hech kimga quloq solmang.  Oʻzingizning fikrlaringiz, oʻylaringizga tayaning. Hech kimni ortidan yurmang. Bu hayot. Hech kim sizning baxtingizni qurib bermaydi. Koʻpchilikni hasad boshqaradi. Quloq solmang. Oʻzingizning yoʻlingizdan yuring va ortingizdan gapirayotganlarga ahamiyat bermang. Ular gapirishdi,  gapirishyapti va gapirishda davom etaverishadi. Sizni bular tashvishga solmasligi kerak. Seving. Harakat qiling. Orzu qiling. Va, har doim kuchli boʻling! 

#moychechak_ifori

@Dunya_di🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

SOLIHA AYOL sifatlari.

Abu Hurayra Roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «
Yo Rasulalloh, ayollarning qandog‘i eng yaxshisidir», - deyildi. «Qachon nazar solsa, surur bag‘ishlaydigani. Qachon amr qilsa, itoat qiladigani va eriga o‘z jonida va molida u yoqtirmaydigan narsa ila hilof qilmaydigani», - dedilar» («Sunan» egalari rivoyat qilganlar.)

"Baxtiyor oila" kitobidan..

@dunya_di🕊

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

#VAFO🍃

Bir kishi uylandi. U ayolini juda yaxshi ko‘rardi. Kutilmaganda ayolida g‘alati kasallik paydo bo‘libdi. Butun badaniga husnbuzar toshib, avvalgi chiroyidan asar ham qolmabdi. Dard borgan sari avj olibdi.

Kasallik boshlangan vaqtda er safarda ekan. U qaytayotganida falokat yuz beribdi, ko‘zi jarohatlanib, ko‘rmay qolibdi. Shu alfozda er-xotin 40 yil birga hayot kechirishibdi. Vaqti-soati yetib, ayol vafot etibdi. Er bir umrlik hamrohini, vafodor, itoatli xotinini yo‘qotganidan qattiq xafa bo‘libdi.

Ayolni dafn etishgach, hamma uy-uyiga tarqalibdi. Er ham o‘z uyiga ketmoqchi bo‘libdi. Shunda yonidagi do‘sti so‘rabdi:
– Qayoqqa ketyapsan?
– Uyimga.
– Qanday qilib ketasan, axir birov yetaklamasa, yo‘lingni topolmaysan-ku!
– Mening ko‘zlarim ochiq, – debdi u.
– Faqat shuncha yil o‘zimni shu holga solib yurdim. Ayolimning kasali oqibatlari meni shunday yo‘l tutishga majbur qildi. U juda yaxshi ayol edi, kasalligidan xabardorligimni bilganida, umr bo‘yi o‘ksinib yashardi. Qalbini yaralagim kelmadi.
“Erim xunukligimni bilmaydi-ku,” deya xotirjam yashashi uchun shunday yo‘l tutdim. U qirq yil kasalligini o‘ylamay, ko‘ngli o‘ksimay yashaganidan xursandman..🍃


@dunya_di

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Masjid ul Aqso 🇵🇸 devorida yozilgan gap :

Muhammad sollallohu alayhi vasallam ummati taslim bo’lmaydi .

@dunya_di🌿

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

#kunlik_hadis

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Rosululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Men bilgan narsani bilganingizda edi, oz kulib, koʻp yigʻlardingiz», dedilar”

Buhoriy rivoyati


@dunya_di🕊

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Sevgi shunday ajib bir tuyg’uki.
Bir qarashda mag’rur ko’zlarni ko’r qilib qo’yadi

@dunya_di🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Robbimning rahmati
yerga yog'ilgan,
Mo'minga mag'firat
va'da qilingan.
Osiylar azobdan
ozod etilgan,
Qalblarning rohati
Hayit muborak!

Ey Allohim bugun shunday Hayit bo'lsinki, kechirilmagan banda, shifo topmagan xasta, huzr qilmagan qalb, uyg'onmagan vijdon, Alloh deb so'zlamagan til qolmasin! Alloh bu kunning fazilatidan xonadoningizga O'zining xayru barokatlarini yog'dirsin..
Hayit muborak bo'lsin!
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh..

@dunya_di🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Arafa kuni aytiladigan eng yaxshi duo !
​​

–Rasululloh ﷺ aytdilar: «Duoning eng yaxshisi arafa kunida qilingan duodir.Men va mendan ilgari oʻtgan paygʻambarlar duoda aytgan eng yaxshi soʻzlari :

لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللَّهُ وَحْدَهُ لاَ شَرِيكَ لَهُ، لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ، وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ

–«Ла илаҳа иллаллоҳу ваҳдаҳу ла шарийка лаҳу, лаҳул мулку ва лаҳул ҳамду ва ҳува ала кулли шайин қодийр»

–Allohdan oʻzga iloh yoʻq. U yolgʻiz sheriksiz. Mulk ham , hamd ham Uniki va U barcha narsaga qodir.

(Imom Termiziy rivoyati)

@dunya_di

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Nima uchun kelgan bo’lsang, o’sha uchun yasha!

Shu birgina so’z ham qalbi ochiq inson uchun hidoyat kaliti bo’la oladi.

Biz insonlar bu dunyoga nima uchun kelganmiz?!
Yeb ichib, yotib, oila qurib, o’zimizdan nasl qoldirish uchunmi?
Mol mulk to’plab faqat bu dunyoga manfaat beruvchi narsalarga sarflash uchunmi?
Bo’ldimi?
Bor yog’i shumi?
Yeb ichib, yotib, nasil qoldirishni hayvonlar ham qila oladi axir..

Lekin inson aslida nima uchun yaralgan?
Musulmonlarning kitobi,
Allohning kalomi Qur’onga yuzlanamiz..
Men jin va insonni O'zimga ibodat qilishlari uchungina
yaratdim.
(Zoriyot, 56.)

Nima uchun yaralgan bo’lsak, o’sha uchun yashash vaqti keldi birodarlar…
Birinchi ibodat Namozdir..
İlm olish,
Allohga taqvo qilish,
shukr keltirish va tavba qilish,
Robbni qalban his qilish,
Uning mehrini his qilish bilan birga g’azabidan qo’rqish,
insonlarga yaxshilik qilish,
sizga nisbatan qilingan nohaqliklarni kechirish bular bari ibodatning bir ko’rinishidir..

Biz sizlarni yomonlik va yaxshilik ila imtihon uchun sinaymiz hamda Bizgagina qaytarilursiz.
(Anbiyo, 35)
Dunyo amal diyoridir.
Oxirat esa jazo va mukofot diyori..
Kim bu dunyoda amal qilmasa,
U dunyoda nadomat chekadi..
İmom Ahmad

Qaytish esa faqat Allohga!

Qayerda bo'lsangiz ham, hattoki mustahkam qal'alarda bo'lsangiz ham, o'lim sizni topadir.
(Niso, 78)
Bir kun barcha boradi Allohning huzuriga.
Biroq Allohga qaytish bilan Allohga o’z vaqtida qaytishning juda katta farqi bor.
Allohning huzuriga bormasingizdan avval Allohga qayting!
İlm oling, Robbingizni taning!
O’qing, o’rganing!
Dunyoviy bilimlarga qo’shib, shariiy ilmni o’rganish ham farzdir!
Allohni tanimas ekansiz, shuni bilib qo’ying!
O’zingizni, O’zligingizni aslo topa olmaysiz..

@Dunya_di🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Romantika nikohda, yoki shaytonning fitnasidan keyin boshlanadi...

@dunya_di🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

QADR KECHASI ALOMATLARI


Qadr kechasining 7 ta alomati
1. Qadr kechasida sokinlik hukm suradi. Atrof musaffo, yorug', xuddi sukunatga o'ralgan yog'duli oy charaqlab turgandek bo'ladi.

2. Osmondagi yulduzlar uchmaydi, boshqa jismlar qaltis harakat qilmaydi. Kasalliklar paydo bo'lmaydi.

3. Havo mo'tadil bo'ladi, juda issiq ham, juda sovuq ham bo'lmaydi.

4. Ertalab quyosh qizarib, tog'araga o'xshash, yog'dusi juda zaif bo'lib ufqdan bosh ko'taradi. Sababi o'sha tun va kunda ko'p farishtalar yerga tushib-chiqib turishi oqibatida quyosh nurlarini ham to'sib qo'yadi.

5. Qadr kechasida yomg'ir-qor yog'maydi, yog'sa ham o'ta mayin va yoqimli bo'ladi. Sho'r suvlar chuchuk bo'ladi.

6. Daraxtlar o'z shoxlarini yerga egiltirib turadi.

7. O'sha kuni shaytonlar chiqishiga yo'l qo'yilmaydi.

O'ylaymizki InshaALLOH bugun qadr kechasidir!
Bu tunni g'animat bilaylik.

🍃@dunya_di🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

@dunya_di

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Bir kishing bo'lsa-yu, u bilan soatlab suhbat qilsang. Ayni damda ko'ngil shuni istayabdi...🧡

@dunya_di🍃

Читать полностью…
Subscribe to a channel