Shuni doim yodda tuting:
Sizga nasib qilmagani — siz uchun bitilmagan.
Sizga taqdir qilingani esa zinhor sizdan o‘tib ketmaydi..
@dunya_di🌿
🌿Baxtli boʻlishni xohlaysanmi:
— orqangdan gapirgan har kimsaga quloq solma;
— har vaʼdaga ishonma;
— har taniganingni oʻzingga oʻxshatma;
— hech kimga oʻz qadridan ortiq baho berma;
— axlatda oʻsgan “gul”dan ehtiyot boʻl;
— seni koʻra olmaganlarni kulib tark et;
— oliy maqsading yoʻlidan chalgʻima;
— eng ogʻir kunlaringda ham haqdan voz kechma!
Shunda baxt eshik ochadi va: “Baxtli boʻlish navbati senda!” deya seni oʻz ogʻushiga oladi.
©️moychechak_ifori
@dunya_di🕊
Sen va o‘zimni jannatda o‘tirgan holda ko‘ribman. Dunyoning mahzun kunlarini kulishib eslayotgan ekanmiz..
@dunya_di🍃
Ya Robbim bu Juma shunday bir Juma bo’lsinki,
Avf tilagan avfsiz,shifo tilagan shifosiz,farzand tilagan farzandsiz,ofiyat tilagan ofiyatsiz,jannat so’ragan jannatsiz,hidoyat so’ragan hidoyatsiz,najot tilagan najotsiz,sabr so’ragan sabrsiz ,ilm tilagan ilimsiz qoldirilmasin!
Qaysi bandang qayerda nima talabida bo’lsa bu juma hurmatidan ularning duolarini qabul ayla!
Barcha musulmon ahliga rahmat eshiklaringni keng qilib och!
Hayrli murodbaxsh Jumalar❤️
JUMA MUBORAK❤️
@dunya_di🍃
Yahyo ibn Muʼoz rohimahulloh aytadilar:
«Bechora odam bolasi, agar do‘zaxdan kambag‘allikdan qo‘rqqanchalik qo‘rqqanda edi, jannatga kirgan bo‘lardi».
«Risolatul Qushayriya»
@dunya_di🍃
Dars tayyorlashda yoki imtihonga kirishda o‘qiladigan duo
(Tahoratli holda dars tayyorlagan yaxshi. Duolar «Bismilloh...»dan so‘ng o‘qiladi.)
Robbi zidni ‘ilman va fahman val-hiqni bis-solihin. Robbishroh li sodri va yassir li amri vahlul ‘uqdatan min lisani yafqohu qovli ya Hafiz, ya Roqib, ya Nasir, ya Alloh. Robbi yassir va la tu’assir. Robbi tammim bil-xoyri.
Rabbim! Ilmimni va zehnimni orttir va meni solih bandalaring qatoriga qo‘sh.
Rabbim! Ko‘ksimni och, ishimni oson ayla va tilimning tugunini yechgin, so‘zimni tushunsinlar. O‘ Hofiz, yo Roqib, yo Nosir, yo Alloh.
Rabbim! Oson qilgin, qiyin qilma. Rabbim, (ishimni) yaxshilik bilan tugatgin.
(Imtihonga kirishdan oldin uch, besh yoki yetti marta Oyatal kursi” o‘qiladi.)
@dunya_di🍃
Kulib yashaydigan insonlar bilan yaxshi munosabatda bõling,chunki Ular Qayerdadir yolg’iz
@dunya_di🍃
Duoning hikmati va fazilatlari
Yuqorida tilga olinganidek, duo va zikr biri birini to‘ldirib keladi. Aslida duo nima? “Duo” so‘zi arab tilida chaqirish, so‘rash ma’nolarini anglatadi. Aslida duo bandaning ruhiy holatidan kelib chiqib Yaratganga hissiy murojaatidir. Ko‘pincha ana shu duo bilan “talab qilish” degan narsani aralashtirilib yuboriladi. “Talab qilish” – bu so‘rovchining tili bilan nutq qiladigan so‘rovidir. “Menga uzoq umr, sog‘lik bergin” kabi. Duo esa, so‘rovchida paydo bo‘ladigan ruhiy holat hisoblanadi. Banda chinakam duo qilar ekan, uning qalbi uyg‘oq, hislari titroq holda o‘zining qilgan gunohlariga iqrorlik ila Allohga yuzlanishi vujudga keladi. Agar duo qilinayotgan paytda til boshqa, dil boshqa narsani desa, albatta u duo bo‘lmaydi. Bandaning biror narsani so‘rashi bilan astoydil duo qilishida farq bor. Yillar davomida so‘rab, so‘raganiga erisha olmay yurganlar qancha, chunki u haqiqiy duo qilish holatiga sazovor bo‘lgani yo‘q. Chinakam duoning boshlanishi bandaning qilgan gunohlariga iqror bo‘lishi bilan boshlanadi. Alloh taolo o‘zining kalomida:
“Qachonki, bandalarim sendan men haqimda so‘rasalar, bas, albatta, men yaqindirman. Duo qiluvchi duo qilganda duosini ijobat qilurman”, deb marhamat qilgan (Baqara surasi, 186-oyat).
Astoydil duo qilganlarning duolari qabul bo‘lishiga shubha yo‘q. Chunki buni Alloh va’da qilyapti. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadislarida:
“Har kecha Rabbimiz dunyo osmoniga tushadi va “Kim menga duo qiladi, men ijobat qilsam, kim mendan so‘raydi, men unga ato qilsam, kim menga istig‘for aytadi, men uni mag‘firat qilsam”, deydi”, deganlar.
Duo manfaatni jalb qiladigan va zararni daf qiladigan kuchli sababdir. Allohning G‘aniy, Same’, Karim, Rahim va Qodir sifati borki u o‘ziga duo qilishga amr qiladi.
No‘‘mon ibn Bashir r.a.dan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Duo ibodatdir”, dedilar va Rabbingiz: “Menga duo qiling, sizga ijobat qilurman. Albatta, mening ibodatimdan kibr qilganlar jahannamga xoru zor hollarida kirurlar” oyatini qiroat qildilar”. (Abu Dovud rivoyati).
@Dunya_di🍃
Hayotda sevish emas sevilish muhim, chunki seni sevgan insongina baxtli qila oladi ❤️
@Dunya_di🍃
Sening zikring ila qalblar orom olar ekan. Bas, bizning dardlarimiz sababi, Seni unutib qo’yayotganimizdadir..
@dunya_di🕊
Madina Muhammad💞
●Psixologiya
●Islom
●SMM
●Marketing
●Mobilographya
●Islomiy akademiya asoschisi
●IELTS ga tayyorlanmoqdalar
●"Qizil pomada" transformatsion kursi o'quvchisi
●Bir nechta islomiy vebinarlar sohibasi
●Chetdan mahsulot zakaz qilish
●Bir necha Islomiy kurslar tolibasi
●Sog'lom, tetik, baxtli turmush tarzi tarafdori!
⏭Akademiyamda qiz ayollarga arab tili, tajvid, hifz fanlar boʻyicha darslar oʻtiladi!
Sahifamga qo'shilish uchun⏬
/channel/+dMpzvFlBR480MTM6
/channel/+dMpzvFlBR480MTM6
/channel/+dMpzvFlBR480MTM6
Sen men uchun shunday inson bo’lki bu dunyoda seni yo’qotmaslik uchun intilib yashay…!
@Dunya_di🍃
Sendan tez-tez habar olib turgim keladi ey qalb..
Ammo savollaringdan qo'rqaman..
@dunya_di🌿
Ey ko'ngil!
Qani so'zla:
- "Tomchi tushmasa, suv topiladimi?
Shamol esmasa, daraxt qimirlaydimi?
"Alloh" demasa, qalb uyg'onadimi?!.."
-Rumiy
@dunya_di🌿
Kasallikdan shifo istab o‘qiladigan duo
Biror kasallikka yo‘liqqan kishi, bu kasallikdan xalos bo‘lishi uchun hech vaqt o‘tkazmay, mutaxassis shifokorlarga murojaat qilishi, uning tavsiyalariga amal qilib, ayni paytda duodan ham foydalanmog‘i lozim. Bu duolarni bemorning o‘zi o‘qishi yoki birov unga o‘qishi mumkin.
Tahoratli holda avvalo Fotiha surasi, so‘ngra Qur’oni karimdan shifo oyatlari o‘qiladi.
Bismillahir rohmanir rohiym. Va yashfi suduro qovmin mu’miniyna va yuzhib g‘oyzo qulubihim.
«Alloh mo‘minlar qavmi siynalariga shifo beradi va dillaridagi alamni ketkazadi» (Tavba, 14-15).
Ya ayyuhan-nasu qod jaatkum mav’izotun min Robbikum va shifaun lima fis-suduri va hudan va rohmatan lil-mu’miniyn.
«Ey odamlar! Sizlarga Robbingizdan va’z (nasihat), dillardagi narsa (shirk illati)ga shifo va mo‘minlarga hidoyat va rahmat keldi» (Yunus, 57).
Va nunazzilu minal Qur’ani ma huva shifaun va rohmatun lil-muminiyn.
«(Biz) Qur’onda(n) mo‘‘minlar uchun shifo va rahmat bo‘lgan (oyat)larni nozil qilurmiz» (Al-Isro, 82).
Qul huva lil-laziyna amanu hudan va shifaun
«Ayting: «(Ushbu Qur’on) imon keltirgan zotlar uchun hidoyat va shifodir».
Bu oyatlar o‘qilgach, bunday duo etiladi: «Allohumma Robban-nasi azhibil-basa, ishfi Antash-shafiy la shifaa illa shifauka, shifaan la yug‘odiru saqoman».
«Allohim, ey insonlarning Rabbi, kasallikni mahv etuvchi! Ortda kasallikni qoldirmaydigan shifo ber. Shifo berguvchi faqat O‘zingsan. Sendan o‘zga shifo berguvchi yo‘qdir» (Abu Dovud. «Janoiz», 3107-hadis).
Allohumma ishfi ‘abdaka yankalaka ‘aduvvan av yamshi laka ila solatin.
«Allohim, shu bandangga shifo berginki, Sening bir dushmaningga ziyon yetkazsin yoxud Sening rizoligingga erishmoq uchun namoz o‘qishga yurib borsin».
Bismillahi arqika min kulli shayin yuzika min sharri kulli nafsin av ‘aynu hasidiyn. Allohumma yashfiyka, bismillahi arqika.
«Senga iztirob beruvchi hamma narsadan, har hasadgo‘y nafsdan yoxud ko‘zdan Allohning nomi ila senga shifo so‘rayman. Alloh nomi ila senga shifo so‘rayman» (Termiziy. «Janoiz», 972-hadis).
@dunya_di🍃
Baxt so‘zi Qur'onning birgina joyida kelgan:
"Baxtiyorlar jannatdadirlar unda mangu qoluvchidirlar" (Hud surasi 108-oyat)
Endi ishondingizmi baxtiyorlik
bu dunyoda bo‘lmasligiga..
@dunya_di🕊
«Rosululloh sollallohu alayhi vasallam namoz o‘qishni o‘zlari uchun rohat deb bilganlar, namozdan boshqa dunyoviy ishlarni xorg‘inlik sanaganlar».
📚 Abulhasan Muborakfuriy «Mirʼotul mafotih sharhu mishkotil masobih» kitobidan
@dunya_di🍃
Unutma inson dunyolarga hokim bo’lar lekin, Har doim kichkinagina qalbga asirdir 🖤
@Dunya_di🍃
Ya Robbim bu Juma shunday bir Juma bo’lsinki,
Avf tilagan avfsiz,shifo tilagan shifosiz,farzand tilagan farzandsiz,ofiyat tilagan ofiyatsiz,jannat so’ragan jannatsiz,hidoyat so’ragan hidoyatsiz,najot tilagan najotsiz,sabr so’ragan sabrsiz ,ilm tilagan ilimsiz qoldirilmasin!
Qaysi bandang qayerda nima talabida bo’lsa bu juma hurmatidan ularning duolarini qabul ayla!
Barcha musulmon ahliga rahmat eshiklaringni keng qilib och!
Hayrli murodbaxsh Jumalar❤️
JUMA MUBORAK❤️
@dunya_di🍃
Bu hayotda maqsadsiz yashab boʻlmaydi, bizni har kuni ertalab issiq joyimizdan turgʻazadigan ham ana shu buyuk maqsadimiz boʻladi.
Katta maqsadlarga erishish uchun kichik odatlarni shakllantirish kerak, qanday qilib odatlarni shakllantirsam boʻladi deysizmi, unda quyidagi havola orqali men tavsiya qilgan videoni tomosha qiling va barcha savollaringizga javob oling!
https://youtu.be/aLpkkIjd3Kg
👆🏻👆🏻👆🏻👆🏻
Dushmanga aylangan do’stingga achinma, agar u do’st bo’lganida dushmanga aylanmas edi.
@dunya_di🍃
Ota va ona bilan muomala borasida rioya etiladigan 35 odob
1. Ularning huzurida qoʻl telefonini oʻchirib qoʻyish.
2. Ular soʻzlayotganda jim quloq tutish.
3. Fikrlarini qabul qilish.
4. Soʻzlarini tasdiqlab, qoʻshilib turish.
5. Ularga oʻzni hokisor tutib nazar solish.
6. Ularni doim maqtab va olqishlab turish.
7. Quvonchli xabarlarda birga xursand boʻlish.
8. Yoqimsiz xabarlarni ularga aytmaslik.
9. Doʻstlari va yaxshi koʻrgan kishilarni maqtab turish.
10. Ular amalga oshirayotgan ishlarni esga olib turish.
11. Takror va takror soʻzlashsa ham gaplarini tasdiqlab turish.
12. Oʻtmishdagi koʻngilxira ishlarni esga olmaslik.
13. Kesatiq, piching gaplardan chetlanish.
14. Ularga ehtirom koʻrsatgan holda oʻtirish.
15. Fikrlari sayozlikda ayblamaslik.
16. Gapirayotganlarida gaplarini boʻlmaslik.
17. Yoshlarini hurmat qilib, nabiralar bilan ularni bezovta qilmaslik.
18. Ularning oldida nabiralarni jazolamaslik.
19. Barcha nasihat va koʻrsatmalarni qabul qilish.
20. Huzurlarida oilaning rahbari ekanliklari bildirib, boʻysinib turish.
21. Ularga ovozni balandlatmaslik.
22. Ulardan oldin yoki oldlarida yurmaslik.
23. Ulardan avval ovqatlanmaslik.
24. Ularga baqrayib qaramaslik.
25. Baʼzan loyiq boʻlishmasada, ehtiroman ular bilan faxrlanish.
26. Ularga oyoq uzatmaslik yoki orqa oʻgirib yotmaslik.
27. Ular tanbeh berib urishayotganlarida, gap qaytarib soʻkishib ketmaslik.
28. Hamisha ularning haqqiga duoda boʻlish.
29. Oldlarida horgʻinlik va charchoqni sezdirmaslik.
30. Ulardan xato sodir boʻlsa kulmaslik.
31. Talab qilmaslaridan avval xizmatlariga shay turish.
32. Ularga jahl qilmaslik, gʻazablanmaslik va ziyoratlarida muntazam boʻlish.
33. Ular bilan suhbatda eng yaxshi soʻzlarni tanlab gapirish.
34. Ularni oʻzlariga yoqqan, eng mahbub ismlar bilan chaqirish.
35. Boshqa insonlardan va boshqa narsalardan ota-onani muqaddam qoʻyish.
Muhim jihat: Ota-ona siz uchun (xuddi) yer ustidagi bir xazinadirlar. (Vafot etib) yer ostiga dafn etilmaslaridan avval ularni gʻanimat biling. Xizmatlarini qiling, ehtirom koʻrsatib ulkan ajru-savoblarga erishing.
@Dunya_di🍃
Duo qilish odoblari
Har narsada bo‘lgani kabi duoda ham o‘ziga yarasha odoblari bor.
Umar r.a.dan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollalllohu alayhi vasallam qachon duoda ikki qo‘llarini ko‘tarsalar, ularni yuzlariga surtmasdan turib qaytarmas edilar”. (Abu Dovud va Termiziy rivoyati).
Duodagi odoblardan biri bandaning azmu qaror bilan ikkilanmay so‘ramoqligidir. Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Biringiz zinhor “Allohim agar xohlasang meni mag‘firat qilgin”, demasin. Azmu qaror ila so‘rasin, chunki uni majbur qiluvchi yo‘q”, dedilar”. (Sunan sohiblari rivoyati).
Gunoh aralashtirmay, qarindoshlik rishtalarini uzmay duo qilish uning asosiy odoblaridan hisoblanadi. Bundan tashqari duoda mubolag‘aga ketmaslik, haddan oshmaslik, duoni o‘zidan boshlamoqlik, uch marta duo qilmoqlik, qiblaga qarab, hamdu-sano va salavot ila boshlamoqlik, sharafli vaqtlarni ixtiyor qilmoqlik ham duo qilishning odoblaridandir.
@Dunya_di🍃
Ya Robbim bu Juma shunday bir Juma bo’lsinki,
Avf tilagan avfsiz,shifo tilagan shifosiz,farzand tilagan farzandsiz,ofiyat tilagan ofiyatsiz,jannat so’ragan jannatsiz,hidoyat so’ragan hidoyatsiz,najot tilagan najotsiz,sabr so’ragan sabrsiz ,ilm tilagan ilimsiz qoldirilmasin!
Qaysi bandang qayerda nima talabida bo’lsa bu juma hurmatidan ularning duolarini qabul ayla!
Barcha musulmon ahliga rahmat eshiklaringni keng qilib och!
Hayrli murodbaxsh Jumalar❤️
JUMA MUBORAK❤️
@dunya_di🍃