dunya_di | Unsorted

Telegram-канал dunya_di - Dun'ya_Di🍃

-

( لَا تَحۡزَنۡ اِنَّ اللّٰهَ مَعَنَا ) ,, Mahzun bo‘lmang Alloh biz bilan ‘‘ ( Qur’oni Karim Tavba surasi 40-oyat ) Rek uchun murojat: https://t.me/dunya_di_reklama1 ❗Shahsiy mavzularda javob berilmaydi

Subscribe to a channel

Dun'ya_Di🍃

🌿 Duo qilayotganingizda hech ham erinmang, noumid ham bo’lmang, eng eng eng afzalini so’rang...
Siz duolaringizni unutasiz, lekin Robbim unutmaydi...
Bir kun O’zining ijobati bilan duolaringizni sizga takror eslatadi…


Dam olish kuningiz hayrli oʻtsin qadrligim ))

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Qanchalik tekis va to‘g‘ri bo‘lsang xam, baribir ba’zi odamlar seni qing‘ir-qiyshiq ko‘radi.

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🌿 Ushbu dindagi:
- gunohlarni o‘chiradigan “tasbehlar”;
- xatolarga kafforat bo‘ladigan “namozdan namozgacha (vaqt)”;
- do‘zaxdan saqlaydigan “xurmoning yarmi”;
- Robbning g‘azabini so‘ndiradigan “sadaqa”;
- sohiblariga shafoat bo‘luvchi “Qur’on”;
- amal mezonini bosadigan “ikki kalima”;
- a’zolardagi yomonliklarni ketkazadigan “tahorat”;
- o‘ntagacha ko‘paytirib beriladigan “yaxshilik”;
- shafoat qiluvchi “Rasul”;
- va mehribon “Robb” uchun...
Allohimga behisob hamd bo‘lsin!
(Adham Sharqoviy)

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

CHARCHSAYSAN….

Ba’zan hammasidan charchaysan. Qalbing ogʻriydi, koʻzyoshdan koʻzlaring shishb ketadi. Yuraging siqiladi. Dard degani ham tanada ham ruhda boʻlishi va buni har kuni his qilishga majbur ekanligingdan charchaysan. Sabablarini qilasan, duo qilasan, yalinasan, yolvorasan ammo boʻlmaydi…..) Qancha harakat qilsang ham boʻlmaydi, tanadagisiga yaxshi mutahassis, qalbdagisiga esa iymoning yetishmayotganini his qilasanu yana battar azobga choʻkasan. Oʻzingdan qochib koʻrganmisan? Ha ha oʻzingdan!!!

Qochib koʻrib mendek natijaga erisha olmaganing koʻzlaringdan ma’lum birodar. Ba’zan tugasin deysan, bitsin shu deysan. Allohga osiylik qilmayapmanmikan? deb oʻylashnida unutib oʻlimni orzu qilib qolasan. Siqilasan, ezilasan, atrofingda ota-onang va jigarlaring buni koʻrib sendan-ki battar azoblanishadi. Bir gulini hali ochilmay soʻnayotganini koʻrishni oʻzi ularni chorasiz ekanliklarini tan olishga majbur qilishadi.

Ogʻriqlarga yengilasan…..! Taqdiringga yengilasan. Bariga koʻnikasan. Hayot shu) oʻzingdan qocholmaysan!

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

"Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vassalllam ismlari"🖇

📖Muhammad — maqtaluvchi.
📚Ahmad — Allohga hamd aytuvchi.
🤗Hamid — Allohga hamdu sano aytuvchi.
📚Mahmud — maqtalgan.
📚Ahid — fazilatlar bobida yagona.
📚Vohid — axloq — odobda yagona.
📚Hoshir — o‘z ummatlarini qiyomat kuni mahshargohga yig‘uvchi.
📚Oqib — hamma payg‘ambarlar oxiri.
📚Toho — bu so‘zning ma’nosi Allohgagina ma’lum.
📚Yosin — bu so‘zning ma’nosi ham Allohgagina ma’lum.
📚Tohir — toza, pok.
📚Mutahhar — dili poklangan.
📚Tayyib — pok, xushtabiat.
📚Sayyid — Xoja.
📚Rasul — elchi, payg‘ambar.
📚Nabiy — payg‘ambar.
📚Rasulur-rohma — rahmat payg‘ambari.
📚Qayyim — to‘g‘ri yo‘ldan boruvchi.
📚Jomi’ — barcha yaxshi fazilatlarni o‘zida mujassam etuvchi.
📚Muqtafiy — ergashuvchi (haq yo‘lga).
📚Muqaffiy — ergashtiruvchi (o‘ziga).
📚Rasulul-malohim — jangu jahon payg‘ambari.
📚Rasulur — roha — rohat payg‘ambari.
📚Komil — yetuk.
Iklil — toj.
📚Muddassir — qo‘rquvdan matohga o‘ranib olgan.
📚Muzzammil — muddassir.
📚Abdulloh — Allohning bandasi.
📚Habibulloh — Allohning suyuklisi.
📚Safiyyulloh — Allohning tanlagani.
📚Najiyyulloh — Allohning sirdosh do‘sti.
📚Kalimulloh — Alloh bilan so‘zlashuvchi.
📚Xotamul-anbiyo — nabiylar oxiri, ularning xotimasi.
📚Xotamur-rosul  — Rasullar xotimasi.
📚Muqyiy — dinni turgizguvchi (rivojlantirguvchi).
📚Munjiy — xaloskor.
📚Muzakkir — eslatuvchi (Allohni va oxiratni).
📚Nosir — yordam etuvchi.
📚Mansur — yordam berilgan, dushmanlari ustidan zafar topgan.
📚Nabiyyur — rohma — rahmat payg‘ambari.
📚Nabiyyut-tavba — tavbaga targ‘ib etuvchi payg‘ambar.
📚Harisun alaykum — ummatlariga mehribon.
📚Ma’lum — hammaga ma’lum.
📚Shahir — hammaga mashhur.
📚Shohid — guvoh.
📚Shahid — guvoh.
📚Mashhud — guvohlik berilgan.
📚Bashir — xushxabar beruvchi.
📚Mubashshir  — xushxabar beruvchi.
📚Nazir — azoblardan ogohlantirguvchi.
📚Munzir — oxirat azoblaridan ogohlantirguvchi.
📚Nur — nur.
📚Siroj — chiroq, quyosh.
📚Misboh — chiroq.
📚Hudo — hidoyat qilguvchi.
📚Muxtor — tanlab olingan.
📚Ajir — dinga xizmat qilguvchi.
Jabbor — ayblarni yopguvchi.
📚Abul — Qosim — Qosimning otasi.
📚Abul — Tohir — Tohirning otasi.
📚Abut — Tayyib — Tayyibning otasi.
📚Abu Ibrohim — Ibrohimning otasi.
📚Mushaffa’ — shafoat huquqi berilgan.
📚Shafi’ — shafoat etuvchi (qiyomat kuni gunohkor ummatlarning kechirilishini
📚Allohdan so‘rovchi).
📚Solih — yaxshi ishlarni qiluvchi, 📚Allohning buyruqlarini ado etuvchi.
📚Muslih — isloh etuvchi, tuzatuvchi (o‘rtani).
📚Muhaymin — ummatlari ishini kuzatib turuvchi.
📚Sodiq — rostgo‘y.
📚Musaddiq — tasdiq etuvchi.
📚Sidq — rostgo‘y.
📚Sayyidul-mursalin — payg‘ambarlar hojasi.
📚Imomul-muttaqin — taqvodorlar peshvosi.
📚Qoidul-g‘urril — muhajjalin — qiyomat kuni sajda qilgan a’zolaridan nurlar chiqib turuvchi ibodatli ummatlarini jannatga eltuvchi.
📚Halilur-Rahmon — 📚Rahmonning do‘sti.
📚Barr — xayrli, solih amallar qiluvchi.
📚Mabarr — hamma yaxshiliklar manbai.
📚Vajih — go‘zal yuzli.
📚Nasih — nasihatgo‘y.
📚Nosih — nasihatchi.
📚Vakil — vakil, ishonch egasi, kafil.
📚Mutavakkil — tavakkal etuvchi.
📚Kafil — kafil, kafolatiga oluvchi.
📚Shafiq — shafqatli, mehribon.
📚Muqimus — sunna — sunnatni tiklovchi.
📚Muqaddas — ulug‘lanuvchi, gunohlardan pok.
📚Ruhul-Qudus — muqaddas ruh.
📚Ruhul-Haq — haqqoniy ruh.
📚Ruhul-Qist — adolatli ruh.
📚Kofiy — kifoya qiluvchi (diniy ehtiyojlarga).
📚Muktafiy — kifoyalanuvchi (Allohning amrlari bilan).
📚Bolig‘ — oliy darajalarga yetgan.
📚Muballig‘ — Alloh tomonidan kelgan barcha diniy ahkomlarni ummatlariga to‘la yetkazuvchi.
📚Shofiy — shifokor (qalb kasalliklariga va ma’naviy illatlarga nisbatan).
Vosil — yetishuvchi (Allohning roziligi va diydoriga).
📚Mavsul — yetishiluvchi (ya’ni on hazratning shafoatlariga va diydorlariga ummatlari yetishurlar, inshoolloh).
📚Sobiq — barcha fazilat va sharafda oldinda boruvchi. 
📚Soiq — ummatlarini bu dunyoda iymon va amal sari, oxiratda esa, do‘zaxdan jannat sari haydovchi.
📚Hodiy — to‘g‘ri yo‘dga boshlovchi.
📚Muhdiy — hadiya, ehson qiluvchi

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Ko‘p istig‘for aytsangiz:

1. g‘amingiz ketadi,
2. qarzingiz uzilishi oson bo‘ladi,
3. sahv-xatolaringiz kechiriladi,
4. barcha yaxshilikga muyassar bo‘lasiz,
5. samo eshiklari sizga ochilgay,
6. duolaringiz qaytarilmaydi – ijobat bo‘ladi insha Alloh.

Istig‘forni qanday aytasiz?

Istig‘for lafzlaridan ba’zilari:

1. "Astag‘firulloh" (Allohdan mag‘firat so‘rayman)
2. "Astag‘firulloha va atubu ilayhi" (Allohdan mag‘firat so‘rayman va Unga tavba qilaman)
3. "Allohummag‘firli va tub alayya innaka antat tavvabur rohiym" (Iloho, O‘zing meni mag‘firat qil, tavbalarimni qabul qil. Zero, Sen tavbalarni qabul qilguvchi va Rahimli Zotsan)

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🌿 Ey ummat...

Koʻring va to umringiz oxirigacha yodingizda saqlang!

Siz suratda koʻrayotgar vayrona bu Rasululloh sollallohu alayhi vassalamga besh yoshlarigachan onalik qilgan Halima Saʼdiya roziyallohu anho onamizni uylari hisoblanadi...

Endi ham, Alloh meni suymagani uchun rizqim kam deb oʻylaysizmi?

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Umr o’tmoqda lekin
Hamma jannatga kiradigandek xotirjam

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🌿 Nasib…
Seni Yaratganga ibodat qilib faqat va faqat hayrlisini so’rashdir. Aynan so’raganim bo’lsin deb turib olish emas balki dardini huzurda to’kishdir. Bersang mingdan ming roziman ammo Sen hayrli deb bilmasang men uchun boshqa hayrlisini yozgan bo’lsang men roziman deganidir…

Alloh barchamizga eng hayrlisini bersin…
آمين

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🌿...

- Sen bilan o’qiladigan namozlar…
- Sen bilan o’qiladigan Qur’onlar…
- Sen bilan o’qiladigan duolar…
-Sen bilan kuladigan hazillar…
-va sen bilan Jannatlarda ham birga bo’lmoqlikni istayman qalbim chechagi…

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Bilasanmi nima? Ba’zan tanadagi dardlar sabab ilmdan cheklanib qolishga toʻgʻri keladi. Bu ogʻriqli albatta ammo Alloh shuni hayrli qilibdimi, demak bir hikmati bor. Dardlarimiz gunohlarimizga kafforat boʻlsin deyman holos…)

Alloh be’morlarga asoratsiz shifo bersin amiyn


@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Inson doim bir qalbga muhtoj...
Sizni sizdan koʻproq tushunadigan, oʻzingizdan koʻproq qayg'uradigan, mehr beradigan..!

Inson insonga muhtoj..!
Yelkasiga boshingizni qoʻyib dunyoni unitadigan, qoʻllariga qoʻlingizni berib hotirjamlik tuyadigan, koʻzlariga boqib tabassum qiladigan, eslab zavq oladigan bir insonga muhtoj..!

Ket deganda keladigan, jahil qilsangiz kuldiradigan, kulganingizda qayg'usini unitadigan, butun dunyoni faqat siz deb biladigan bir insonga muhtoj..!


@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Negadir...

Negadir dasturxonda kamroq taom qolsa, onalarning qorni hamisha «to‘q» bo‘ladi...

Negadir yangi kiyim olish navbati onalarga yetsa, ularning kiyimlari hamisha «but» bo‘ladi...

Negadir onalar aksirsa, yo‘tal tutsa, shunchaki «tomog‘i qichishgan» bo‘ladi...

Negadir oilaga tashvish tushsa, bor mas’uliyat onalar zimmasiga tushadi... O‘zlarini qurbon qilishga tayyor turadilar...

Negadir onalar hech yig‘laganini ko‘rsatmaydilar, agar ko‘zida namlik ko‘rsak, shunchaki ko‘zlari «og‘riyotgan» bo‘ladilar...

Biz mana shu «rost»larga o‘zimizni ishontirishga urinamiz, negadir?!...

@Dunya_di🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Ko'nglimizda hech kimga nisbatan yomonlik yo'q, hamma bilishi shart emas, bizni Alloh bilsa bas...

@dunya_di🌿

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

"Qabrga tayyorgarliksiz kirgan kishi kemasiz dengizga tushgan odamga o‘xshaydi.."
Abu Bakr roziyallohu anhu

@dunya_di🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🌿 Subhanalloh!

Namibiyadagi Namib sahrosi.

Suvsizlikdan hosil bo‘ladigan sahro va suv manbai bo‘lgan dengiz uchrashuvi.

Aytishlaricha, dunyoda faqat shu yerda dengiz sahro bilan «uchrashar» ekan.

Bu Alloh taoloning qudratiga, hamma narsaga qodirligiga dalolat qiladigan ko‘rinishlardan biri.

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🌿Qanday yaxshi edi...

Semichkani stakan o‘lchovi bilan olgan kunlarimiz;
Yarmini yo‘llarda to‘kib-sochib qatiq ichganlarimiz;
Nonga suzma surtib,ustiga piyoz yoki sarimsoq qo‘yib olib ko‘chada yeganlarimiz;
Yaltiroq qog‘ozli pechenye, vafli-shokolad olganimizdagi quvonchlarimiz;
Birovning uyidagi jihozlarni kamsitmaganimiz;
To‘rt-besh aka-uka,opa-singil bir tovoqdan ovqat yeganimiz va hech qanday mikrob yoki virus yuqtirmaganimiz;
Akamiz yo opamizga yangi kiyim olganlarida,eskisini men kiyaman deb quvonchdan osmonga sakraganlarimiz;
Qo‘shni yangadan tanbeh eshitib,
o‘qituvchimizdan tayoq yegan kunlarimiz;
"Hakka xabarkash"lik qilganlar bilan arazlashib, ertasi kuni unutib,qo‘l ushlashib o‘ynaganlarimiz;
Paxtaga borib,qo‘shni polizdan tarvuz-qovun o‘g‘irlab kir qo‘lchalarimiz bilan yorib yegan,
nonga pomidor surtib, bir-birimizga qarab ishtaha bilan kavshangan kunlarimiz;
Gʻamsiz, dardu iztirobsiz,
biz BIZ bo‘lgan, hamma INSON bo‘lgan paytlar...

Qanday yaxshi edi a, naqadar go‘zal edi!?

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

​​🌿 Novza masjidi oldida doim bir ayol sadaqa so‘rab o‘tiradi. Namoz vaqti kirsa niqobini taqib oladi. Boshqa vaqtlar yuzi ochiq. Qo‘lida 20 mln sig‘adigan paket ushlab olgan, lekin "Ming so‘m bering!" deydi.

▫️ Oldin ofisim Novzada edi. Har masjidga chiqqanimda "Ha, opa! Bizneslar bo‘layaptimi?" deb qo‘yardim. Kulib, "Rahmat, bo‘layapti" derdi.

▪️ Yana shu masjid oldida yoshi katta, soch-soqoli oppoq qariya turadi. Uzun chopon kiyib olgan (qishin-yozin). Boshida panamasi bor. Ko‘zini ko‘r insonday qiladi. Qo‘lida hassasi bor. Namoz vaqtlari masjid oldiga keladi. Juma namozlarda 30yoshlar atrofidagi o‘g‘li bilan birga keladi. Asosan har kuni "Buyuk Ipak Yo‘li" metrosi yonidagi "MaxWay" taomxonasida katta lavash va Coca-Cola sotib oladi.

▫️ Maksim Gorkiydagi yangi masjid oldida niqob kiygan qiz qo‘lida paket ushlab, tilanchilik qiladi. Qarashlari mayus, ovozini ingichka qilib gapiradi. Masjiddan uzoqlashsa niqobini ko‘taradi. Bir marta telefonda gaplashib ketayotganini ko‘rgandim: "Mmm qan*iq qattasan? Kemisami, lavash yirdu..

Nega bularni aytayapman?

Umuman masjid oldida turganlarga ehson berish kerak emas.
Mana shunday insonlar sabab asl muhtojlarga shubha bilan qaraymiz.

Ehson qilmoqchimisiz?

Mardikor bozorga boring. Ayollar ko‘p. Halol mehnat ilinjida, badanini faxshdan qizg‘onib, mardikorlik qiladiganlar bor.

Ehson qilmoqchimisiz?

Onkologik shifoxonaga boring. Bemorlar ko‘p. Istaganingizni surishtirsangiz dori va muolajadan qiynalayotgan bo‘ladi.

Ehson qilmoqchimisiz?

Ko‘cha-ko‘yda xonim va somsa sotib kun kechiradigan onaxonlar bor. 4000 so‘mlik xonimni 10.000 so‘mdan olib, qaytimini olishni "unutib" keting. Bu ham ehson...

Shaydoyi Jannat

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🌿Qanday yaxshi edi...

Semichkani stakan o‘lchovi bilan olgan kunlarimiz;
Yarmini yo‘llarda to‘kib-sochib qatiq ichganlarimiz;
Nonga suzma surtib,ustiga piyoz yoki sarimsoq qo‘yib olib ko‘chada yeganlarimiz;
Yaltiroq qog‘ozli pechenye, vafli-shokolad olganimizdagi quvonchlarimiz;
Birovning uyidagi jihozlarni kamsitmaganimiz;
To‘rt-besh aka-uka,opa-singil bir tovoqdan ovqat yeganimiz va hech qanday mikrob yoki virus yuqtirmaganimiz;
Akamiz yo opamizga yangi kiyim olganlarida,eskisini men kiyaman deb quvonchdan osmonga sakraganlarimiz;
Qo‘shni yangadan tanbeh eshitib,
o‘qituvchimizdan tayoq yegan kunlarimiz;
"Hakka xabarkash"lik qilganlar bilan arazlashib, ertasi kuni unutib,qo‘l ushlashib o‘ynaganlarimiz;
Paxtaga borib,qo‘shni polizdan tarvuz-qovun o‘g‘irlab kir qo‘lchalarimiz bilan yorib yegan,
nonga pomidor surtib, bir-birimizga qarab ishtaha bilan kavshangan kunlarimiz;
Gʻamsiz, dardu iztirobsiz,
biz BIZ bo‘lgan, hamma INSON bo‘lgan paytlar...

Qanday yaxshi edi a, naqadar go‘zal edi!?

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Rosulullohﷺ ning unutilayotgan sunnat amallari

• Misvok ishlatish
• Uyqudan turgandan so'ng qo'llar bilan ko'zni ishqalab uyquni ketkazish
• Bir joyga kirishdan oldin 3 marotaba izn so'rash
• Yosh bolalarga salom berish
• Taomdan ayb izlamaslik
• G'uslni tahorat bilan boshlash
• Vitr namozi
• Kunlik 12 rakat sunnat namozlarini ado etish
• Xushbo'ylanish
• Tunda idishlarning ustini yopish
• Ba'zi vaqtlarda yalangoyoq yurish
• Gunoh ishdan keyin 2 rakat tavba namozi o'qish
• Muazzinning ortidan azonni qaytarish
• Suvni o'tirib, hamda 3 ga bo'lib ichish
• Azondan keyingi duo
• Musulmonning yuziga tabassum qilish
• Zuho namozi
• Uyqudan oldin Ixlos, Falaq, Nas suralarini o'qish

©️bintu sodiq

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🌿 Аgar, Аlloh siz bilan boʼlsa, kim sizga qarshi chiqa oladi?!

🌿 Аgar, Аlloh sizga qarshi boʼlsa, kim siz bilan turib bera oladi?!

🌿 Аgar, siz Аllohni tanib olsangiz, demak, hamma narsani qoʼlga kiritibsiz.

🌿 Аgar, Аllohni tanimay oʼtsangiz, hech nimani bilmay oʼtibsiz!

🌿 Ey, Robbim! Seni topgan nima yoʼqotibdi?!
Seni yoʼqotgan nima topibdi?!

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

JANNAT TUPROG‘I

Muallim o‘quvchilardan imtihon oldi. Javob varaqalarini tekshirgach , ularni yana shogirdlariga tarqatdi. Shunda o‘quvchilardan biri:
— Ustoz, mening javoblarimga birorta ham tuzatish kiritmagansiz, xatosi yo‘q. Ammo, nega menga o‘n ball emas, sakkiz ball qo‘ydingiz? — deb so‘radi. Muallim:
— Sen tuzgan jumlalar menga ma’qul kelmadi, shu tufayli ikki ball kam qo‘ydim, — deb javob berdi.

Aslida, o‘quvchi imtihonning barcha savollariga to‘g‘ri javob bergan, yozma ishni ham ma’noli yozgan edi. Biroq, ustoz uning sinfdagi eng iqtidorli, a’lochi bola ekanini tan olgisi kelmayotgandi. O‘quvchi bahosidan hadeb norozi bo‘lganini ko‘rib, muallim uning ta’zirini berib qo‘ymoqchi bo‘ldi:
— Agar menga jannat tuprog‘idan olib kelsang, senga o‘n ball qo‘yib beraman, — deb shart qo‘ydi.

Ertasi kuni o‘quvchi xaltachani to‘ldirib tuproq olib keldi.
— Bu nima? — so‘radi ustoz.
— Jannat tuprog‘i, — deya javob berdi bola.
— Qayerdan olding buni?
— Onamni tuproq ustidan yurgizib, o‘shandan olib kelaverdim. Esingizda bo‘lsa, bizga "Jannat onalar oyog‘i ostidadir", degan hadisni o‘rgatgan edingiz.

Bunday javobni eshitgan ustoz shogirdining zakovati-yu farosatiga qoyil qolib, unga eng yuqori bahoni qo‘ydi.

P.S.: Onasini qadrlaydiganlardan buyuk insonlar chiqadi!

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🍃🍃🍃
— Hayot nima? — so‘radim bir kuni bobomdan.
— Azon bilan namoz orasi, — deb javob qildilar
— Bu nima degani? Umr shunchalar qisqami, bobojon?
Tabassum qilib dedilar:
— Sen nima deb o‘ylaganding. Hayot shunchalar qisqa. Lekin u azon bilan o‘sha namozni bilasanmi?
— Yo‘q, bilmayman.
— U shunday azonki, namozi yo‘q. U shunday namozki, azoni yo‘q.
— Ular nima, bobojon?
— Esingdami, Tolib amaking yangi tug‘ilgan chaqoloqning qulog‘iga azon aytgandi. O‘sha namozsiz azon bo‘ladi.
— Azonsiz namoz-chi, bobojon?
Yuzimga termuldilar. Termuldilar va:
— Bir kuni bobongning paymonasi to‘lib, qazo qilganida, uni ham bilib olasan, bolam, — dedilar.

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🌱 Bir kishi ayoli bilan nonushta qilib bo'lgach, ish xonasiga kalitlarini olish uchun kirib ketdi.
Stol va televizor ustida chang borligini ko'rdi va kalitlarni olmasdan, ayolini chaqirib, undan kalitlarni olib berishini iltimos qildi.
Ayoli kalitlarga qo'l uzatarkan, stol ustidagi changda barmoqlar bilan yozilgan «Seni sevaman..» yozuvini ko'rdi.
Xonadan chiqayotganda esa, televizor ustidagi changda
«Sen mening suyukli rafiqamsan..» yozuvini ko'rdi.
Ayol kalitlarni xojasiga uzatarkan, tabassum qildi va,
«Vazifa tushunarli bo'ldi, bundan keyin uy ishlariga yanada e'tiborliroq bo'laman.
Menga ajoyib shaklda, muhabbat ila tushuntirganingiz uchun sizdan minnatdorman» dedi.

Bu aqlli va Allohdan qo'rqqan, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallamdan o'rnak olgan bir mo'minning ishidir.

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🌿 Sevish gunoh deydilar, lekin adashadilar. Sevish gunoh bo’lganida Rasulullah sallallahu alayhi va sallam sevarmidilar? Bir kuni Hazrati Aisha ulardan;

⁃ “Meni sevasizmi ya Rasulullah?” deb so’raganlarida..
⁃ “Albatta sevaman ya Aisha!” degandilar.

Lekin bu javob, Hazrati Aishaga yetmadi. Yana xam ko’prog’iga qiziqtilar.

⁃ “Meni qanday sevasiz ya Rasulullah?” deb so’radilar.

⁃ “Ko’r tugum kabi!” degandilar sarvari olam sallallahu alayhi va sallam.

Ko’r tugum nima bilasizmi? Ko’r tugum, xech qachon yechilmaydi. Sirga to’la ko’r tugum. Toki kesilmaguncha, uni xech kim yecha olmaydi. Ora orada yana so’rardilar Hazrati Aisha radiyallahu anhu;

⁃ “Ko’r tugum qanday ahvolda ya Rasulullah?”
Fahri koinot esa;
⁃ “Ilk kungi kabi!” derdilar doim.

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🌿 Ishq bir hasratdir..
Hojar onamizdek bir goʻdak bilan choʻllarda Allohga omonat yashamoqdir.

🌿 Ishq ishonchdir...
Ibrohim Xalilullohdek eng sevganini eng sevganiga ikrom qilmoqdir.

🌿 Ishq hayodir..
Odam Atodek gunohlardan uyalib qirq yil osmonga qaray olmasdan yigʻlab, avf soʻramoqdir.

🌿 Ishq fidoyilikdir..
Yaʼqub alayhissalom kabi Allohga qilgan birgina xatosi uchun eng suyganining firoqida hijronda yashamoqdir.

🌿 Ishq fidokorlikdir.. Xuddiki bor davlatini din uchun fido qilgan Xadicha onamizdek.

🌿 Ishq rashkdir..
Xuddiki Oisha onamizdek, vafot etgan boʻlsalar ham sevganlarini Xadicha onamizdan qizgʻanib koʻz yosh toʻkkandek.

🌿 Ishq kechirishdir..
Yusuf alayhissalomdek oʻziga minglarcha xiyonatlarga sevgi bilan javob bergandek.

🌿Ishq yigʻlamoqdir.. Tanimaydigan ummatining gunohlari uchun yigʻlamoq kabi..

🌿Ishq Alloh uchun moʻminni sevmoqdir...Xuddiki Sevimlisi Hamzaning jigarini sugʻurib olgan Vahshiydan moʻmin boʻlgani uchun nafratlanmagan Habibimiz (s.a.v)dir..!

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

- Uchar likopchalarni koʻrganmisiz?
- Yoʻq.🤔
- Uylansangiz koʻrasiz..😂

📱@dunya_di📱

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Hammaham yaxshilik qilish imkonyatiga ega emas..
Lekin hamma yomonlik qilimaslik imkonyatiga ega..

@dunya_di🍂

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Qalbda to'fon ko'tarilsa, shunchaki qalb eshigingizni yoping..
Atrofdagilar talofat ko'rmasin.

@dunya_di🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Yusuf surasi manga quyidagi narsalarni oʻrgatdi..

• Muammo albatta bir kun tugaydi..

• Mahzun boʻlgan albatta bir kun kuladi..

• Yoʻqolgan va sogʻingan albatta bir kun qaytadi..

• Ba’zi tushlar haqiqatga aylanadi..

@dunya_di❤️

Читать полностью…
Subscribe to a channel