( لَا تَحۡزَنۡ اِنَّ اللّٰهَ مَعَنَا ) ,, Mahzun bo‘lmang Alloh biz bilan ‘‘ ( Qur’oni Karim Tavba surasi 40-oyat ) Rek uchun murojat: https://t.me/dunya_di_reklama1 ❗Shahsiy mavzularda javob berilmaydi
🍂 Sovuq kunda issiqlik ulashishni yagona yo‘li - mehr. Ishoning, issiq shapkayu kurtkalardan ham ko‘ra, mehr bizni ko‘proq issiq saqlaydi.
🌿 Shunday ekan, sevgi ulashing... Mehringizni ayamang... 🥰
Yaqinlaringizga hoziroq, ular qanchalik sizga ahmiyatli ekanini, ularni juda sevishingizni, qalin kiyinib, limon choy ichib yurishlarini tayinlang. Unutmang, mehrli insonlar bir-biriga juda kerak... Siz menga keraksiz, qadrligim, o‘zingizni extiyot qiling😊.
🤲 Sizni Alloh uchun yaxshi ko‘raman😊
@dunya_di 🍃
Koʻnglimda, sogʻinchga oid shunaqangi soʻzlar borki, maktublar bilan, elchilar bilan anglatishga imkon yoʻq. Vaqti soatini kutyapman, vaziyat oʻzgarib birga boʻlib qolarmiz. Men so'zlayman. Sen eshitasan…)
©️Rumiy
@dunya_di 💞
🌿 Bir kishi quduqqa tushib ketdi. Yordam so‘rab baqira boshladi. Uning faryodini eshitgan odamlar uni quduqdan qutqarib olishdi.
Keyin unga bir kosa sut berishdi. U sutni ichib bo‘lgach undan quduqqa qanday tushib ketding deya so‘rashdi.
Qanday yiqilgani aytib, sifatlab berayotuvdi, oyog‘i toyib yana quduqqa yiqilib tushdi. Odamlar uni yana chiqarib olishdi lekin....
Bu safar u o‘lib bo‘lgan edi. Birinchi marta tirik chiqdi chunki uning bir kosa sut rizqi bor ekan. Qachonki oxirgi rizqini olgach vafot etdi.
"Xech bir kishi dunyodagi rizqini to‘lig‘icha olmagunicha vafot etmaydi." deganlarida Rosulullooh sollallohu alayhi vasallam naqadar haq edilar...
@dunya_di 🍃
Донишмандлар бола тарбиясига у ҳали ҳомила ҳолида эканидаёқ киришишни маслаҳат беришади.
😉 Содда қилиб айтсак, бола қалбига ҳар хил турли ёзув ёзиш мумкин бўлган бир оқ қоғозга ўхшайди.Унга мумкин қадар яхши ёзувлар ёзиш керак.
☝️ Улар тарбиясига астойдил киришиш, яхши кишилар бўлиб етишишлари учун бутун имкониятларни ишга солиш зарур.
🤔 Бунга қандай эришиш мумкин?
✅ Бўлажак онанинг емиши ҳалол, пок бўлиши, у ҳамиша тоза, покиза юриши, кўпроқ Қуръон ўқиши, дуо ва зикрни мунтазам айтиб туришининг туғилажак фарзанднинг келгусида яхши тарбияли, одобли, эътиқодли, чин инсон бўлиб камолга етишида катта фойдаси бор.
✅ Ҳатто замонавий тиббиёт ҳам она ҳомиладорлик чоғида кўпроқ қандай кайфиятда бўлса, буларнинг ҳаммаси болага ҳам кўчишини исботлаган.
@dunya_di 🍃
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Fotimani xursand qilgan kishi, albatta, Alloh taoloni rozi qildi, uning g‘azabiga sabab bo‘lgan esa, Alloh taoloning g‘azabiga sabab bo‘ldi.
Fotima mening bir qismim.
U nimani yoqtirsa, menga yoqadi va uni g'azablantiradigan hamma narsa meni ham g'azablantiradi."
Al-Buxoriy, Muslim
@dunya_di 🍃
🌿 To‘rtta ish bor. Har birining evaziga alohida va’da bor
📿 Shukr. “Agar shukr qilsangiz, sizga yana ham ziyoda qilib beraman”. (Ibrohim surasi, 7-oyat).
📿 Zikr – eslash. “Shunday ekan, meni zikr qilinglar (eslanglar), men ham sizlarni eslayman”. (Baqara, 152).
📿 Duo. “Menga duo qiling, sizga ijobat qilaman”. (Gʻofir, 60)
📿 Istig‘for – kechirim so‘rash. “Modomiki istig‘for aytarkanlar, Alloh taolo ularni azoblamaydi”. (Anfol, 33)
@dunya_di 🍃
• Haqiqiy erkakning sifati ayollarga bo‘lgan ehtiromida ko‘rinadi.
• Haqiqiy pastkashning sifati esa ayollarni kamsitishida ko‘rinadi.
• Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday degandilar:
"Sizlarning eng yaxshilaringiz ahliga yaxshi bo‘lganlaringizdir. Men esa ahliga eng yaxshingizman. Ayollarni faqat jo‘mardlar hurmat qiladi, ayollarni faqat pastkashlar xorlaydi".
©️ Hofiz Ibn Asokir
@dunya_di 🍃
Tabassum ))
🌿 Farzandlarimizga oʻrgatishimiz kerak boʻlgan duo:
Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tong otsa:
اللهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ عِلْمًا نَافِعًا وَرِزْقًا طَيِّبًا وَعَمَلاً مُتَقَبَّلاً
«Allohumma inniy as’aluka ’ilman nafi’an va rizqon toyyiban va ’amalan mutaqobbala», deb aytar edilar.
Ma’nosi: Allohim, Sendan foydali ilm, pokiza rizq, qabul bo‘ladigan amal so‘rayman!
Ibn Moja va Ibn Sunniy rivoyatlari.
@dunya_di 🍃
Jamiyatdagi barcha insonlar bir-biri bilan munosabatda bo‘lar ekan, ularning o‘rtasida mehr oqibat va o‘zaro ishonch bo‘lsagina hayotlari yanada go‘zallashib boraveradi. Insonning qadr-qimmati uning mehr oqibati bilan baholanadi. Qancha boy-badavlat yoki mansabdor bo‘lmasin, u insonni mehr-oqibati bo‘lmasa, qadr-qimmati, obro‘si bo‘lmaydi.
Inson mehr-oqibatni avalo o‘z ota-onasidan oladi, o‘rganadi va yaqinlariga ota-onasiga o‘sha olgan mehrini qaytaradi. Mehr ko‘rmay katta bo‘lgan kishilarda mehr berish ham kamroq bo‘ladi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak bemehr inson bo‘ladi. Unday insonlarga yaqinlari tomonidan ko‘proq e’tibor, ko‘prok mehr berilsa, yaxshi tomonga o‘zgaradi Insha Alloh.
Hatto, gul yoki ko‘chat eksangiz ham, unga mehr berib tarbiyalamasangiz kerakli natijaga erisha olmaysiz. Shunday ekan azizlarim, bir-birimizdan mehr oqibatimizni darig‘ tutmaylik.
@dunya_di 🍃
Xar bir Farzand eshitishi kerak bulgan 7 ta gap
1. Men seni yaxshi kuraman
2. Men sen bilan faxrlanaman.
3. Sen xammasini uddalaysan.
4. Meni kechir
5. Men seni kechirdim
6. Xammasi yaxshi buladi.
7. Sen judayam AJOYIBSAN
Xattoki bu Farzand 30 yoshda bulsa xam...
@dunya_di 🍃
🌿 Subhanalloh!
Namibiyadagi Namib sahrosi.
Suvsizlikdan hosil bo‘ladigan sahro va suv manbai bo‘lgan dengiz uchrashuvi.
Aytishlaricha, dunyoda faqat shu yerda dengiz sahro bilan «uchrashar» ekan.
Bu Alloh taoloning qudratiga, hamma narsaga qodirligiga dalolat qiladigan ko‘rinishlardan biri.
@dunya_di 🍃
🌿Qanday yaxshi edi...
Semichkani stakan o‘lchovi bilan olgan kunlarimiz;
Yarmini yo‘llarda to‘kib-sochib qatiq ichganlarimiz;
Nonga suzma surtib,ustiga piyoz yoki sarimsoq qo‘yib olib ko‘chada yeganlarimiz;
Yaltiroq qog‘ozli pechenye, vafli-shokolad olganimizdagi quvonchlarimiz;
Birovning uyidagi jihozlarni kamsitmaganimiz;
To‘rt-besh aka-uka,opa-singil bir tovoqdan ovqat yeganimiz va hech qanday mikrob yoki virus yuqtirmaganimiz;
Akamiz yo opamizga yangi kiyim olganlarida,eskisini men kiyaman deb quvonchdan osmonga sakraganlarimiz;
Qo‘shni yangadan tanbeh eshitib,
o‘qituvchimizdan tayoq yegan kunlarimiz;
"Hakka xabarkash"lik qilganlar bilan arazlashib, ertasi kuni unutib,qo‘l ushlashib o‘ynaganlarimiz;
Paxtaga borib,qo‘shni polizdan tarvuz-qovun o‘g‘irlab kir qo‘lchalarimiz bilan yorib yegan,
nonga pomidor surtib, bir-birimizga qarab ishtaha bilan kavshangan kunlarimiz;
Gʻamsiz, dardu iztirobsiz,
biz BIZ bo‘lgan, hamma INSON bo‘lgan paytlar...
Qanday yaxshi edi a, naqadar go‘zal edi!?
@dunya_di 🍃
🌿 Novza masjidi oldida doim bir ayol sadaqa so‘rab o‘tiradi. Namoz vaqti kirsa niqobini taqib oladi. Boshqa vaqtlar yuzi ochiq. Qo‘lida 20 mln sig‘adigan paket ushlab olgan, lekin "Ming so‘m bering!" deydi.
▫️ Oldin ofisim Novzada edi. Har masjidga chiqqanimda "Ha, opa! Bizneslar bo‘layaptimi?" deb qo‘yardim. Kulib, "Rahmat, bo‘layapti" derdi.
▪️ Yana shu masjid oldida yoshi katta, soch-soqoli oppoq qariya turadi. Uzun chopon kiyib olgan (qishin-yozin). Boshida panamasi bor. Ko‘zini ko‘r insonday qiladi. Qo‘lida hassasi bor. Namoz vaqtlari masjid oldiga keladi. Juma namozlarda 30yoshlar atrofidagi o‘g‘li bilan birga keladi. Asosan har kuni "Buyuk Ipak Yo‘li" metrosi yonidagi "MaxWay" taomxonasida katta lavash va Coca-Cola sotib oladi.
▫️ Maksim Gorkiydagi yangi masjid oldida niqob kiygan qiz qo‘lida paket ushlab, tilanchilik qiladi. Qarashlari mayus, ovozini ingichka qilib gapiradi. Masjiddan uzoqlashsa niqobini ko‘taradi. Bir marta telefonda gaplashib ketayotganini ko‘rgandim: "Mmm qan*iq qattasan? Kemisami, lavash yirdu..
Nega bularni aytayapman?
Umuman masjid oldida turganlarga ehson berish kerak emas.
Mana shunday insonlar sabab asl muhtojlarga shubha bilan qaraymiz.
Ehson qilmoqchimisiz?
Mardikor bozorga boring. Ayollar ko‘p. Halol mehnat ilinjida, badanini faxshdan qizg‘onib, mardikorlik qiladiganlar bor.
Ehson qilmoqchimisiz?
Onkologik shifoxonaga boring. Bemorlar ko‘p. Istaganingizni surishtirsangiz dori va muolajadan qiynalayotgan bo‘ladi.
Ehson qilmoqchimisiz?
Ko‘cha-ko‘yda xonim va somsa sotib kun kechiradigan onaxonlar bor. 4000 so‘mlik xonimni 10.000 so‘mdan olib, qaytimini olishni "unutib" keting. Bu ham ehson...
Shaydoyi Jannat
🌿Qanday yaxshi edi...
Semichkani stakan o‘lchovi bilan olgan kunlarimiz;
Yarmini yo‘llarda to‘kib-sochib qatiq ichganlarimiz;
Nonga suzma surtib,ustiga piyoz yoki sarimsoq qo‘yib olib ko‘chada yeganlarimiz;
Yaltiroq qog‘ozli pechenye, vafli-shokolad olganimizdagi quvonchlarimiz;
Birovning uyidagi jihozlarni kamsitmaganimiz;
To‘rt-besh aka-uka,opa-singil bir tovoqdan ovqat yeganimiz va hech qanday mikrob yoki virus yuqtirmaganimiz;
Akamiz yo opamizga yangi kiyim olganlarida,eskisini men kiyaman deb quvonchdan osmonga sakraganlarimiz;
Qo‘shni yangadan tanbeh eshitib,
o‘qituvchimizdan tayoq yegan kunlarimiz;
"Hakka xabarkash"lik qilganlar bilan arazlashib, ertasi kuni unutib,qo‘l ushlashib o‘ynaganlarimiz;
Paxtaga borib,qo‘shni polizdan tarvuz-qovun o‘g‘irlab kir qo‘lchalarimiz bilan yorib yegan,
nonga pomidor surtib, bir-birimizga qarab ishtaha bilan kavshangan kunlarimiz;
Gʻamsiz, dardu iztirobsiz,
biz BIZ bo‘lgan, hamma INSON bo‘lgan paytlar...
Qanday yaxshi edi a, naqadar go‘zal edi!?
@dunya_di 🍃
Rosulullohﷺ ning unutilayotgan sunnat amallari
• Misvok ishlatish
• Uyqudan turgandan so'ng qo'llar bilan ko'zni ishqalab uyquni ketkazish
• Bir joyga kirishdan oldin 3 marotaba izn so'rash
• Yosh bolalarga salom berish
• Taomdan ayb izlamaslik
• G'uslni tahorat bilan boshlash
• Vitr namozi
• Kunlik 12 rakat sunnat namozlarini ado etish
• Xushbo'ylanish
• Tunda idishlarning ustini yopish
• Ba'zi vaqtlarda yalangoyoq yurish
• Gunoh ishdan keyin 2 rakat tavba namozi o'qish
• Muazzinning ortidan azonni qaytarish
• Suvni o'tirib, hamda 3 ga bo'lib ichish
• Azondan keyingi duo
• Musulmonning yuziga tabassum qilish
• Zuho namozi
• Uyqudan oldin Ixlos, Falaq, Nas suralarini o'qish
©️bintu sodiq
@dunya_di 🍃
ACHCHIQ HAQIQATLAR
• Negadir doim ko‘nglimizni og‘ritgandan emas - ko‘nglimizga qaraydigan insonlardan alamimizni olamiz...
• Bizni sevganlarga ozor beramizu - sevmagan insonlarga poyandoz bo‘lamiz...
• To‘g‘ri yo‘l ko‘rsatganni yomon ko‘ramizu - egri yo‘lga boshlaganni ortidan doim qolmaymiz...
• Yaxshi ko‘rgan yaqinlarimizga, kasal birodarlarimizga vaqtimiz yo‘g‘u, yetti yot begonanikiga oshga borishga har doim vaqt topamiz...
• Oilasi nochorroq singlimizga har xil baxonalar bilan yordam bermaymizu lekin - xalqni ko‘ziga qozon - qozon osh qilib ziyofat beramiz...
• Ota - onamizni haftada bir bora ko‘rib kelishga fursat yo‘q - ammo ulfatlar bilan o‘tirishga har doim ham tayyormiz...
• Ayolimizga bir necha kalima shirin so‘zimizni ayaymizu - lekin ko‘chadagi ayollarga go‘zal kalimalar orasidan go‘zallarini ayamaymiz.
• Ozgina pulimizni yo‘kotib qo‘ysak qancha asabimiz buzilib xafa bo‘lamizu - ammo xech qanday boylikka sotib olib bo‘lmaydigan vaqtimizni arzimagan narsalarga sarflayotganimizga achinmaymiz...
@dunya_di 🍃
Biroz tabassum )
Islomiy tarbiya oʻqituvchisi oʻquvchidan:
- Isming nima? — deb soʻradi.
- Ismim Yasin — deb javob berdi oʻquvchi.
- Unda bizga Yasin surasini oʻqib ber ey Yasin.
U o'quvchi surani yoddan bilishini aytib,oʻqib berdi.
So'ngra ustoz boshqa bir oʻquvchidan:
- Seni isming nima? - deb soʻradi.
- Ismim Yusuf, lekin doʻstlarim meni Kavsar deb chaqirishadi deb javob berdi )
@dunya_di 🍃
#Ibrat
Ajoyib bir nonvoy bor edi. Haridorlar kalbaki pul berishayotganini bila turib ham ularning pulini olar va so‘ragan nonlarini berardi. Yon-atrofidagilar uning bu odatini bilishar va hayron bo‘lishardi. Uning nima uchun bunday kilayotganini sababini hech kim bilmasdi... Nihoyat omonatini topshiradigan fursat yetganda nonvoy qo‘llarini ochdi va Yaratganga: "Ey Robbim, yillar davomida odamlarning menga soxta pul berganini va ularning ranjitmay istaklarini bajarganimga O‘zing shohidsan. Men ham bugun Huzuringga soxta toat-ibodat bilan bormoqdaman, meni xam ranjitmagin!!!"- deya iltijo qildi...
@dunya_di 🍃
• Ba’zilar seni taqvoli deb bilishadi;
• Ba’zilar uchun esa gunohkorsan;
• Ba’zilar axloqli deb bilsa;
• Ba’zilar sohtakor deb biladi.
Faqatgina seni o‘zing nafsing haqida xabardorsan. Va yana shunday sirlar ham borki, u sen va Alloh o‘rtasida sirdir.
Shuning uchun seni maqtaydiganlarni maqtovlari seni aldab qo‘ymasin.
Ayblaydiganlarni ayblovlari esa seni mahzun qilmasin.
@dunya_di 🍃
Ona Kabai muazzaming qarshisida xursandligidan ko‘zyoshlarini tiyolmayapti. Ko‘zini ka’badan uzmagan holda o‘g‘lini bag‘riga bosib, yuzidan, peshonasidan qayta-qayta o‘pyapti. Baytullohga olib kelgani uchun rahmat aytyapti!
Hoy o‘g‘illar, imkoningiz bo‘lgan holda ota-onaningizni Baytullohga olib kelishni kechiktirmang!
Hech bir yumushingiz ularning Baytullohda turib, “Baraka top, bolam. Tuproq olsang, oltin bo‘lsin. Bola-chaqangning rohatini ko‘r. Sendan mingdan-ming roziman, Xudoyim rozi bo‘lsin!” deyishiga teng kelolmaydi!
@dunya_di 🍃
Qani boy?
Qani kambagʻal?
Qani oqtanli?
Qani qoratanli
Qani rahbar?
Qani qul?
Hech qanday farq yoʻq, hammasi bir xil, Allohning nazdida farq faqatgina taqvo bilan.
Rosulullohﷺ dedilar:
"Qiyomat kunida Alloh taola molu-dunyoyingizga va chiroyingizga qiyo boqmas, Lekin qalbingizga va amalingizga qaraydi."
@dunya_di 🍃
🌸 Бир йигит шайхдан: “Ота-онам учун тортиқ қилишим мумкин бўлган энг афзал ҳадя қайси?” деб сўради. Шайх жавоб бериб: “Салоҳиятинг, тузалишинг (уларга энг яхши ҳадядир)” деди.
Бу ҳақда ўйлаб кўргин ва ота-онасига яхшилик қилувчи солиҳлардан бўлиш учун қаттиқ тиришгин.
Маҳмуд Зиёда.
© arabicuz
@dunya_di 🍃
U Alloh edi☝
U sizni yòqdan bor qilgan
Hech qachon unga malol kelmaysiz
Hech qachon sizni tashlab qoymaydi
Hech qachon sizni unutmaydi
Sizga nima kerakligini u biladi
Muommoyiz bòlsa faqat u yechaoladi
Rizqingizni 24 soat u berib turibdi
U siz, siz yashay olmaysiz
Faqatgini unga muhtojsiz
U bor hayot bor
Uu kim.? U ALLOH
Shunday ekan nega Allohni sevmaysiz nega unga ibodat qilmaysiz...!!
@dunya_di 🍃
🌿 Duo qilayotganingizda hech ham erinmang, noumid ham bo’lmang, eng eng eng afzalini so’rang...
Siz duolaringizni unutasiz, lekin Robbim unutmaydi...
Bir kun O’zining ijobati bilan duolaringizni sizga takror eslatadi…
✨ Dam olish kuningiz hayrli oʻtsin qadrligim ))
@dunya_di 🍃
Qanchalik tekis va to‘g‘ri bo‘lsang xam, baribir ba’zi odamlar seni qing‘ir-qiyshiq ko‘radi.
@dunya_di 🍃
🌿 Ushbu dindagi:
- gunohlarni o‘chiradigan “tasbehlar”;
- xatolarga kafforat bo‘ladigan “namozdan namozgacha (vaqt)”;
- do‘zaxdan saqlaydigan “xurmoning yarmi”;
- Robbning g‘azabini so‘ndiradigan “sadaqa”;
- sohiblariga shafoat bo‘luvchi “Qur’on”;
- amal mezonini bosadigan “ikki kalima”;
- a’zolardagi yomonliklarni ketkazadigan “tahorat”;
- o‘ntagacha ko‘paytirib beriladigan “yaxshilik”;
- shafoat qiluvchi “Rasul”;
- va mehribon “Robb” uchun...
Allohimga behisob hamd bo‘lsin!
(Adham Sharqoviy)
@dunya_di 🍃
CHARCHSAYSAN….
Ba’zan hammasidan charchaysan. Qalbing ogʻriydi, koʻzyoshdan koʻzlaring shishb ketadi. Yuraging siqiladi. Dard degani ham tanada ham ruhda boʻlishi va buni har kuni his qilishga majbur ekanligingdan charchaysan. Sabablarini qilasan, duo qilasan, yalinasan, yolvorasan ammo boʻlmaydi…..) Qancha harakat qilsang ham boʻlmaydi, tanadagisiga yaxshi mutahassis, qalbdagisiga esa iymoning yetishmayotganini his qilasanu yana battar azobga choʻkasan. Oʻzingdan qochib koʻrganmisan? Ha ha oʻzingdan!!!
Qochib koʻrib mendek natijaga erisha olmaganing koʻzlaringdan ma’lum birodar. Ba’zan tugasin deysan, bitsin shu deysan. Allohga osiylik qilmayapmanmikan? deb oʻylashnida unutib oʻlimni orzu qilib qolasan. Siqilasan, ezilasan, atrofingda ota-onang va jigarlaring buni koʻrib sendan-ki battar azoblanishadi. Bir gulini hali ochilmay soʻnayotganini koʻrishni oʻzi ularni chorasiz ekanliklarini tan olishga majbur qilishadi.
Ogʻriqlarga yengilasan…..! Taqdiringga yengilasan. Bariga koʻnikasan. Hayot shu) oʻzingdan qocholmaysan!
@dunya_di 🍃
"Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vassalllam ismlari"🖇
📖Muhammad — maqtaluvchi.
📚Ahmad — Allohga hamd aytuvchi.
🤗Hamid — Allohga hamdu sano aytuvchi.
📚Mahmud — maqtalgan.
📚Ahid — fazilatlar bobida yagona.
📚Vohid — axloq — odobda yagona.
📚Hoshir — o‘z ummatlarini qiyomat kuni mahshargohga yig‘uvchi.
📚Oqib — hamma payg‘ambarlar oxiri.
📚Toho — bu so‘zning ma’nosi Allohgagina ma’lum.
📚Yosin — bu so‘zning ma’nosi ham Allohgagina ma’lum.
📚Tohir — toza, pok.
📚Mutahhar — dili poklangan.
📚Tayyib — pok, xushtabiat.
📚Sayyid — Xoja.
📚Rasul — elchi, payg‘ambar.
📚Nabiy — payg‘ambar.
📚Rasulur-rohma — rahmat payg‘ambari.
📚Qayyim — to‘g‘ri yo‘ldan boruvchi.
📚Jomi’ — barcha yaxshi fazilatlarni o‘zida mujassam etuvchi.
📚Muqtafiy — ergashuvchi (haq yo‘lga).
📚Muqaffiy — ergashtiruvchi (o‘ziga).
📚Rasulul-malohim — jangu jahon payg‘ambari.
📚Rasulur — roha — rohat payg‘ambari.
📚Komil — yetuk.
Iklil — toj.
📚Muddassir — qo‘rquvdan matohga o‘ranib olgan.
📚Muzzammil — muddassir.
📚Abdulloh — Allohning bandasi.
📚Habibulloh — Allohning suyuklisi.
📚Safiyyulloh — Allohning tanlagani.
📚Najiyyulloh — Allohning sirdosh do‘sti.
📚Kalimulloh — Alloh bilan so‘zlashuvchi.
📚Xotamul-anbiyo — nabiylar oxiri, ularning xotimasi.
📚Xotamur-rosul — Rasullar xotimasi.
📚Muqyiy — dinni turgizguvchi (rivojlantirguvchi).
📚Munjiy — xaloskor.
📚Muzakkir — eslatuvchi (Allohni va oxiratni).
📚Nosir — yordam etuvchi.
📚Mansur — yordam berilgan, dushmanlari ustidan zafar topgan.
📚Nabiyyur — rohma — rahmat payg‘ambari.
📚Nabiyyut-tavba — tavbaga targ‘ib etuvchi payg‘ambar.
📚Harisun alaykum — ummatlariga mehribon.
📚Ma’lum — hammaga ma’lum.
📚Shahir — hammaga mashhur.
📚Shohid — guvoh.
📚Shahid — guvoh.
📚Mashhud — guvohlik berilgan.
📚Bashir — xushxabar beruvchi.
📚Mubashshir — xushxabar beruvchi.
📚Nazir — azoblardan ogohlantirguvchi.
📚Munzir — oxirat azoblaridan ogohlantirguvchi.
📚Nur — nur.
📚Siroj — chiroq, quyosh.
📚Misboh — chiroq.
📚Hudo — hidoyat qilguvchi.
📚Muxtor — tanlab olingan.
📚Ajir — dinga xizmat qilguvchi.
Jabbor — ayblarni yopguvchi.
📚Abul — Qosim — Qosimning otasi.
📚Abul — Tohir — Tohirning otasi.
📚Abut — Tayyib — Tayyibning otasi.
📚Abu Ibrohim — Ibrohimning otasi.
📚Mushaffa’ — shafoat huquqi berilgan.
📚Shafi’ — shafoat etuvchi (qiyomat kuni gunohkor ummatlarning kechirilishini
📚Allohdan so‘rovchi).
📚Solih — yaxshi ishlarni qiluvchi, 📚Allohning buyruqlarini ado etuvchi.
📚Muslih — isloh etuvchi, tuzatuvchi (o‘rtani).
📚Muhaymin — ummatlari ishini kuzatib turuvchi.
📚Sodiq — rostgo‘y.
📚Musaddiq — tasdiq etuvchi.
📚Sidq — rostgo‘y.
📚Sayyidul-mursalin — payg‘ambarlar hojasi.
📚Imomul-muttaqin — taqvodorlar peshvosi.
📚Qoidul-g‘urril — muhajjalin — qiyomat kuni sajda qilgan a’zolaridan nurlar chiqib turuvchi ibodatli ummatlarini jannatga eltuvchi.
📚Halilur-Rahmon — 📚Rahmonning do‘sti.
📚Barr — xayrli, solih amallar qiluvchi.
📚Mabarr — hamma yaxshiliklar manbai.
📚Vajih — go‘zal yuzli.
📚Nasih — nasihatgo‘y.
📚Nosih — nasihatchi.
📚Vakil — vakil, ishonch egasi, kafil.
📚Mutavakkil — tavakkal etuvchi.
📚Kafil — kafil, kafolatiga oluvchi.
📚Shafiq — shafqatli, mehribon.
📚Muqimus — sunna — sunnatni tiklovchi.
📚Muqaddas — ulug‘lanuvchi, gunohlardan pok.
📚Ruhul-Qudus — muqaddas ruh.
📚Ruhul-Haq — haqqoniy ruh.
📚Ruhul-Qist — adolatli ruh.
📚Kofiy — kifoya qiluvchi (diniy ehtiyojlarga).
📚Muktafiy — kifoyalanuvchi (Allohning amrlari bilan).
📚Bolig‘ — oliy darajalarga yetgan.
📚Muballig‘ — Alloh tomonidan kelgan barcha diniy ahkomlarni ummatlariga to‘la yetkazuvchi.
📚Shofiy — shifokor (qalb kasalliklariga va ma’naviy illatlarga nisbatan).
Vosil — yetishuvchi (Allohning roziligi va diydoriga).
📚Mavsul — yetishiluvchi (ya’ni on hazratning shafoatlariga va diydorlariga ummatlari yetishurlar, inshoolloh).
📚Sobiq — barcha fazilat va sharafda oldinda boruvchi.
📚Soiq — ummatlarini bu dunyoda iymon va amal sari, oxiratda esa, do‘zaxdan jannat sari haydovchi.
📚Hodiy — to‘g‘ri yo‘dga boshlovchi.
📚Muhdiy — hadiya, ehson qiluvchi
@dunya_di 🍃
Ko‘p istig‘for aytsangiz:
1. g‘amingiz ketadi,
2. qarzingiz uzilishi oson bo‘ladi,
3. sahv-xatolaringiz kechiriladi,
4. barcha yaxshilikga muyassar bo‘lasiz,
5. samo eshiklari sizga ochilgay,
6. duolaringiz qaytarilmaydi – ijobat bo‘ladi insha Alloh.
Istig‘forni qanday aytasiz?
Istig‘for lafzlaridan ba’zilari:
1. "Astag‘firulloh" (Allohdan mag‘firat so‘rayman)
2. "Astag‘firulloha va atubu ilayhi" (Allohdan mag‘firat so‘rayman va Unga tavba qilaman)
3. "Allohummag‘firli va tub alayya innaka antat tavvabur rohiym" (Iloho, O‘zing meni mag‘firat qil, tavbalarimni qabul qil. Zero, Sen tavbalarni qabul qilguvchi va Rahimli Zotsan)
@dunya_di 🍃