ДИҚҚАТ ПСИХОЛОГИК ТЕСТ‼️
Ўзингиз ва фарзандларингиз характеридаги сиз тан олишни истамаган ва кучли томонларингизни билишни истайсизми❓
Ҳар бирингиз ўзингизга ёққан расмни танланг ва билиб олинг. 🔥
Жавоблар
👇👇👇
/channel/+f2X5QbSzFp8zOWIy
/channel/+f2X5QbSzFp8zOWIy
Sabr uchun beriladigan ajrni bilganingizda edi, dardlaringizni sevar edingiz...
Sabr - ko'zlaring ichi to'la yosh, sizib tushay deydi, ammo buni hech kim payqamaydi. Chunki sen ko'z yoshlaringni hech kimga sezdirmay darrov artib, yana tabassum qilasan...
Sabr - gulzorni orzu qilish, ammo tikonzorni bosib o'tishdir...
Sabr - nasibangda boriga va yo'g'iga rozi bo'lishingdir...
Sabr - Alloh sen bilan birga ekanligini ich ichingdan his qilishingdir...
@dunya_di 🍃
«Alhamdulillah» iborasi haqida nimalarni bilasiz? U:
- Odam alayhissalom aytgan ilk so‘zdir.
- Qur’ondagi birinchi kalimadir.
- Eng afzal duodir.
- Qiyomat kuni odamlarning eng afzali ham hamd aytuvchilar bo‘ladi.
- Jannat ko‘chati.
- Dunyo va oxirat u bilan tugaldir.
- Xursandchilikda ham, xafachilikda ham - har bir holatda aytiladi.
Ey, tangrim! To rozi bo‘lguningcha Senga hamd bo‘lsin! Rozi bo‘lganingda ham Senga hamd bo‘lsin! Rozi bo‘lganingdan keyin ham Senga hamd bo‘lsin!
@dunya_di 🍃
✅ Allohdan soʻrang...
🟡Qanday dardlaringiz boʻlsa, ularga sabr qiling...
🔵Nimani notoʻgʻri deb bilsangiz ularni tark eting...
🟡Nimadan huzurlansangiz unga shukr qiling...
🔵Va qanday kamchiligingiz boʻlsa uni Allohdan soʻrang...
💛Unutmang... Shunday yashashda davom etsangiz, hech kimga muhtoj boʻlmaysiz... Inshaalloh...
@dunya_di 🍃
🤔 Diqqat mantiqiy savol:
Bizda 3ta eshik bor ulardan faqat 1tasidan najot yo'li bor.
1-Eshik ortida qotil!
2-Eshik ortida 1yil ovqat yemagan sher.
3-Eshik ortida yong'in.
🤨 Bu qaysi eshik?
👇
ACHCHIQ HAQIQATLAR
• Negadir doim ko‘nglimizni og‘ritgandan emas - ko‘nglimizga qaraydigan insonlardan alamimizni olamiz...
• Bizni sevganlarga ozor beramizu - sevmagan insonlarga poyandoz bo‘lamiz...
• To‘g‘ri yo‘l ko‘rsatganni yomon ko‘ramizu - egri yo‘lga boshlaganni ortidan doim qolmaymiz...
• Yaxshi ko‘rgan yaqinlarimizga, kasal birodarlarimizga vaqtimiz yo‘g‘u, yetti yot begonanikiga oshga borishga har doim vaqt topamiz...
• Oilasi nochorroq singlimizga har xil baxonalar bilan yordam bermaymizu lekin - xalqni ko‘ziga qozon - qozon osh qilib ziyofat beramiz...
• Ota - onamizni haftada bir bora ko‘rib kelishga fursat yo‘q - ammo ulfatlar bilan o‘tirishga har doim ham tayyormiz...
• Ayolimizga bir necha kalima shirin so‘zimizni ayaymizu - lekin ko‘chadagi ayollarga go‘zal kalimalar orasidan go‘zallarini ayamaymiz.
• Ozgina pulimizni yo‘kotib qo‘ysak qancha asabimiz buzilib xafa bo‘lamizu - ammo xech qanday boylikka sotib olib bo‘lmaydigan vaqtimizni arzimagan narsalarga sarflayotganimizga achinmaymiz...
@dunya_di 🍃
Biroz tabassum )
Islomiy tarbiya oʻqituvchisi oʻquvchidan:
- Isming nima? — deb soʻradi.
- Ismim Yasin — deb javob berdi oʻquvchi.
- Unda bizga Yasin surasini oʻqib ber ey Yasin.
U o'quvchi surani yoddan bilishini aytib,oʻqib berdi.
So'ngra ustoz boshqa bir oʻquvchidan:
- Seni isming nima? - deb soʻradi.
- Ismim Yusuf, lekin doʻstlarim meni Kavsar deb chaqirishadi deb javob berdi )
@dunya_di 🍃
#Ibrat
Ajoyib bir nonvoy bor edi. Haridorlar kalbaki pul berishayotganini bila turib ham ularning pulini olar va so‘ragan nonlarini berardi. Yon-atrofidagilar uning bu odatini bilishar va hayron bo‘lishardi. Uning nima uchun bunday kilayotganini sababini hech kim bilmasdi... Nihoyat omonatini topshiradigan fursat yetganda nonvoy qo‘llarini ochdi va Yaratganga: "Ey Robbim, yillar davomida odamlarning menga soxta pul berganini va ularning ranjitmay istaklarini bajarganimga O‘zing shohidsan. Men ham bugun Huzuringga soxta toat-ibodat bilan bormoqdaman, meni xam ranjitmagin!!!"- deya iltijo qildi...
@dunya_di 🍃
• Ba’zilar seni taqvoli deb bilishadi;
• Ba’zilar uchun esa gunohkorsan;
• Ba’zilar axloqli deb bilsa;
• Ba’zilar sohtakor deb biladi.
Faqatgina seni o‘zing nafsing haqida xabardorsan. Va yana shunday sirlar ham borki, u sen va Alloh o‘rtasida sirdir.
Shuning uchun seni maqtaydiganlarni maqtovlari seni aldab qo‘ymasin.
Ayblaydiganlarni ayblovlari esa seni mahzun qilmasin.
@dunya_di 🍃
Ona Kabai muazzaming qarshisida xursandligidan ko‘zyoshlarini tiyolmayapti. Ko‘zini ka’badan uzmagan holda o‘g‘lini bag‘riga bosib, yuzidan, peshonasidan qayta-qayta o‘pyapti. Baytullohga olib kelgani uchun rahmat aytyapti!
Hoy o‘g‘illar, imkoningiz bo‘lgan holda ota-onaningizni Baytullohga olib kelishni kechiktirmang!
Hech bir yumushingiz ularning Baytullohda turib, “Baraka top, bolam. Tuproq olsang, oltin bo‘lsin. Bola-chaqangning rohatini ko‘r. Sendan mingdan-ming roziman, Xudoyim rozi bo‘lsin!” deyishiga teng kelolmaydi!
@dunya_di 🍃
Qani boy?
Qani kambagʻal?
Qani oqtanli?
Qani qoratanli
Qani rahbar?
Qani qul?
Hech qanday farq yoʻq, hammasi bir xil, Allohning nazdida farq faqatgina taqvo bilan.
Rosulullohﷺ dedilar:
"Qiyomat kunida Alloh taola molu-dunyoyingizga va chiroyingizga qiyo boqmas, Lekin qalbingizga va amalingizga qaraydi."
@dunya_di 🍃
🌸 Бир йигит шайхдан: “Ота-онам учун тортиқ қилишим мумкин бўлган энг афзал ҳадя қайси?” деб сўради. Шайх жавоб бериб: “Салоҳиятинг, тузалишинг (уларга энг яхши ҳадядир)” деди.
Бу ҳақда ўйлаб кўргин ва ота-онасига яхшилик қилувчи солиҳлардан бўлиш учун қаттиқ тиришгин.
Маҳмуд Зиёда.
© arabicuz
@dunya_di 🍃
U Alloh edi☝
U sizni yòqdan bor qilgan
Hech qachon unga malol kelmaysiz
Hech qachon sizni tashlab qoymaydi
Hech qachon sizni unutmaydi
Sizga nima kerakligini u biladi
Muommoyiz bòlsa faqat u yechaoladi
Rizqingizni 24 soat u berib turibdi
U siz, siz yashay olmaysiz
Faqatgini unga muhtojsiz
U bor hayot bor
Uu kim.? U ALLOH
Shunday ekan nega Allohni sevmaysiz nega unga ibodat qilmaysiz...!!
@dunya_di 🍃
🌿 Johil ayolning jannat bashorati
Hindistonda bir johil ayol bor edi. O‘layotgan payti hech kim tushunmaydigan tilda hadeb birnarsalar deyaveribdi. Uydagilari uning gaplariga tushunmay Mavlaviy degan bir olimni boshlab kelibdilar.
Umrida arab tilida gapirmagan, hatto namoz o‘qimagan bu ayol, sof arab tilida «Mana bu ikki odam menga jannatga kiring! » deyaptilar dermish.
Mavlaviy ayolning gapidan hayratga tushib, uyidagilariga debdi:
— Bu ayol jannatning bashoratini beryapti. Jannatga ketyapman deyapti. Buning qanday amali bor edi?
— Bu ayol g‘irt beamal edi. Beamalligi tugul badamal edi. Yaramas ishlarni qilib o‘tgan edi.
— Yo‘q, yaxshilab o‘ylanglar. Buning Xudoga yoqqan bir yaxshi amali bo‘lganki, jannat bashorati berilyapti.
Surishtirib-surishtirib bilishibdiki, bu ayolning yagona yaxshi amali: azon aytilayotsa, o‘zi tushunmasa-da, ko‘pchilikka: «Jiminglar-jiminglar, azon aytilyapti! » derkan.
Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اذْكُرُوا اللَّهَ ذِكْراً كَثِيراً وَسَبِّحُوهُ بُكْرَةً وَأَصِيلًا
(سورة الأحزاب/41)
ya’ni: “Ey, imon keltirganlar! Allohni ko‘p zikr qilingiz va ertayu kech Unga tasbeh aytingiz!”.
(Ahzob surasi, 41-oyat).
@dunya_di 🍃
Nega ayol kishidan ko’ra erkak kishini sevgisi chiroyli!?
Suyanishga muhtoj boshga suyanchiq yelka, nega xunuk bo’lsin?!
@dunya_di 🍃
⭕️⭕️⭕️ ⭕️⭕️⭕️ ⭕️⭕️⭕️
ҚИЗЛАЖОНЛАРУУУУ👧👧👧
Сизга битта канални тавсия қиламан. Тезда "MY SHOP" каналига уланволинг. 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAElI5BP2x7yPMGTO8A
Бу каналнинг дўкони хам бор. 🏡
Рўзғор учун керакли🛍, антиқа🛍, ажойиб🛍, арзон🛍 ва сифатли🛍 товарларни фақат шу дўкондан топишингиз мумкин.
Байрамга зўр скидкалар кетяпти
Мен сизга ёмон нарсани тавсия қилмайман👍
Доставка хизмати мавжуд🚚
Каналга уланиш👇
https://t.me/joinchat/AAAAAElI5BP2x7yPMGTO8A
☝️ЭРИ БЕФАРК ВА ХИЕНАТ КИЛАДИГАН АЕЛЛАР УЧУН КАНАЛИМИЗДА КЕРАКЛИ НАРСАЛАР БОР.
💃 БУНИ ИШЛАТГАНДАН СУНГ ЭРИНГИЗ ОЛДИНГИЗДАН КЕТОЛМАЙ КОЛАДИ👇🏻👇🏻
/channel/+GQfZnQeRk5ozYjAy
/channel/+GQfZnQeRk5ozYjAy
🌿 Farishtalar oziqlantirgan qiz...
Bu yetti yashar Turkiyalik qizni ismi Elul. Qutqaruvchilar uni deyarli olti kundan (147 soat) so‘ng uni vayronalar ostidan chiqarib oldilar.
-- Qizaloq ovqat yeysanmi?
-- Rahmat, yaqinda ovqatlandim..
-- Kim? Qachon ovqat berdi?
Savol esa javobsiz..Ammo qizaloqning qorni to‘q!
Alloh O‘zi mehribon.Badr jangida farishtalarni musulmonlar bilan bir safda jang qilganlarini eslang.. Zilziladan keyin qutqaruvchilar ketma ket moʻjizalarga duch kelmoqdalar..
@dunya_di 🍃
🍂 Sovuq kunda issiqlik ulashishni yagona yo‘li - mehr. Ishoning, issiq shapkayu kurtkalardan ham ko‘ra, mehr bizni ko‘proq issiq saqlaydi.
🌿 Shunday ekan, sevgi ulashing... Mehringizni ayamang... 🥰
Yaqinlaringizga hoziroq, ular qanchalik sizga ahmiyatli ekanini, ularni juda sevishingizni, qalin kiyinib, limon choy ichib yurishlarini tayinlang. Unutmang, mehrli insonlar bir-biriga juda kerak... Siz menga keraksiz, qadrligim, o‘zingizni extiyot qiling😊.
🤲 Sizni Alloh uchun yaxshi ko‘raman😊
@dunya_di 🍃
Koʻnglimda, sogʻinchga oid shunaqangi soʻzlar borki, maktublar bilan, elchilar bilan anglatishga imkon yoʻq. Vaqti soatini kutyapman, vaziyat oʻzgarib birga boʻlib qolarmiz. Men so'zlayman. Sen eshitasan…)
©️Rumiy
@dunya_di 💞
🌿 Bir kishi quduqqa tushib ketdi. Yordam so‘rab baqira boshladi. Uning faryodini eshitgan odamlar uni quduqdan qutqarib olishdi.
Keyin unga bir kosa sut berishdi. U sutni ichib bo‘lgach undan quduqqa qanday tushib ketding deya so‘rashdi.
Qanday yiqilgani aytib, sifatlab berayotuvdi, oyog‘i toyib yana quduqqa yiqilib tushdi. Odamlar uni yana chiqarib olishdi lekin....
Bu safar u o‘lib bo‘lgan edi. Birinchi marta tirik chiqdi chunki uning bir kosa sut rizqi bor ekan. Qachonki oxirgi rizqini olgach vafot etdi.
"Xech bir kishi dunyodagi rizqini to‘lig‘icha olmagunicha vafot etmaydi." deganlarida Rosulullooh sollallohu alayhi vasallam naqadar haq edilar...
@dunya_di 🍃
Донишмандлар бола тарбиясига у ҳали ҳомила ҳолида эканидаёқ киришишни маслаҳат беришади.
😉 Содда қилиб айтсак, бола қалбига ҳар хил турли ёзув ёзиш мумкин бўлган бир оқ қоғозга ўхшайди.Унга мумкин қадар яхши ёзувлар ёзиш керак.
☝️ Улар тарбиясига астойдил киришиш, яхши кишилар бўлиб етишишлари учун бутун имкониятларни ишга солиш зарур.
🤔 Бунга қандай эришиш мумкин?
✅ Бўлажак онанинг емиши ҳалол, пок бўлиши, у ҳамиша тоза, покиза юриши, кўпроқ Қуръон ўқиши, дуо ва зикрни мунтазам айтиб туришининг туғилажак фарзанднинг келгусида яхши тарбияли, одобли, эътиқодли, чин инсон бўлиб камолга етишида катта фойдаси бор.
✅ Ҳатто замонавий тиббиёт ҳам она ҳомиладорлик чоғида кўпроқ қандай кайфиятда бўлса, буларнинг ҳаммаси болага ҳам кўчишини исботлаган.
@dunya_di 🍃
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Fotimani xursand qilgan kishi, albatta, Alloh taoloni rozi qildi, uning g‘azabiga sabab bo‘lgan esa, Alloh taoloning g‘azabiga sabab bo‘ldi.
Fotima mening bir qismim.
U nimani yoqtirsa, menga yoqadi va uni g'azablantiradigan hamma narsa meni ham g'azablantiradi."
Al-Buxoriy, Muslim
@dunya_di 🍃
🌿 To‘rtta ish bor. Har birining evaziga alohida va’da bor
📿 Shukr. “Agar shukr qilsangiz, sizga yana ham ziyoda qilib beraman”. (Ibrohim surasi, 7-oyat).
📿 Zikr – eslash. “Shunday ekan, meni zikr qilinglar (eslanglar), men ham sizlarni eslayman”. (Baqara, 152).
📿 Duo. “Menga duo qiling, sizga ijobat qilaman”. (Gʻofir, 60)
📿 Istig‘for – kechirim so‘rash. “Modomiki istig‘for aytarkanlar, Alloh taolo ularni azoblamaydi”. (Anfol, 33)
@dunya_di 🍃
• Haqiqiy erkakning sifati ayollarga bo‘lgan ehtiromida ko‘rinadi.
• Haqiqiy pastkashning sifati esa ayollarni kamsitishida ko‘rinadi.
• Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday degandilar:
"Sizlarning eng yaxshilaringiz ahliga yaxshi bo‘lganlaringizdir. Men esa ahliga eng yaxshingizman. Ayollarni faqat jo‘mardlar hurmat qiladi, ayollarni faqat pastkashlar xorlaydi".
©️ Hofiz Ibn Asokir
@dunya_di 🍃
Tabassum ))
🌿 Farzandlarimizga oʻrgatishimiz kerak boʻlgan duo:
Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tong otsa:
اللهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ عِلْمًا نَافِعًا وَرِزْقًا طَيِّبًا وَعَمَلاً مُتَقَبَّلاً
«Allohumma inniy as’aluka ’ilman nafi’an va rizqon toyyiban va ’amalan mutaqobbala», deb aytar edilar.
Ma’nosi: Allohim, Sendan foydali ilm, pokiza rizq, qabul bo‘ladigan amal so‘rayman!
Ibn Moja va Ibn Sunniy rivoyatlari.
@dunya_di 🍃
Jamiyatdagi barcha insonlar bir-biri bilan munosabatda bo‘lar ekan, ularning o‘rtasida mehr oqibat va o‘zaro ishonch bo‘lsagina hayotlari yanada go‘zallashib boraveradi. Insonning qadr-qimmati uning mehr oqibati bilan baholanadi. Qancha boy-badavlat yoki mansabdor bo‘lmasin, u insonni mehr-oqibati bo‘lmasa, qadr-qimmati, obro‘si bo‘lmaydi.
Inson mehr-oqibatni avalo o‘z ota-onasidan oladi, o‘rganadi va yaqinlariga ota-onasiga o‘sha olgan mehrini qaytaradi. Mehr ko‘rmay katta bo‘lgan kishilarda mehr berish ham kamroq bo‘ladi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak bemehr inson bo‘ladi. Unday insonlarga yaqinlari tomonidan ko‘proq e’tibor, ko‘prok mehr berilsa, yaxshi tomonga o‘zgaradi Insha Alloh.
Hatto, gul yoki ko‘chat eksangiz ham, unga mehr berib tarbiyalamasangiz kerakli natijaga erisha olmaysiz. Shunday ekan azizlarim, bir-birimizdan mehr oqibatimizni darig‘ tutmaylik.
@dunya_di 🍃
Xar bir Farzand eshitishi kerak bulgan 7 ta gap
1. Men seni yaxshi kuraman
2. Men sen bilan faxrlanaman.
3. Sen xammasini uddalaysan.
4. Meni kechir
5. Men seni kechirdim
6. Xammasi yaxshi buladi.
7. Sen judayam AJOYIBSAN
Xattoki bu Farzand 30 yoshda bulsa xam...
@dunya_di 🍃